Uorren Baffetning “Berkshire Hathaway“ moliyaviy konglomerati 2024-yilning III choragidagi savdolar bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qildi. Kompaniya “Apple“ va “Bank of America“ aksiyalarini sotishda davom etdi. Natijada kompaniyaning naqd puli $325,2 mlrdgacha ko'paydi.
Konglomerat egalik qiladigan “Apple“ aksiyalarining qiymati III chorakda deyarli 17% ga kamayib, $69,9 mlrdga yetdi. Iyun oyi oxiriga kelib “Berkshire Hathaway“ portfelidagi “Apple“ paketi $84,2 mlrdga baholangan.
“Berkshire Hathaway“ 2023 yilning IV choragidan boshlab “Apple“dagi ulushini kamaytirmoqda. May oyida boʻlib oʻtgan aksiyadorlarning yillik yigʻilishida Baffet buni soliq sabablari bilan izohladi — hozirda investitsiya foydasiga 21% stavkada soliq solinadi, ammo AQSh hukumati kelajakda oʻsib borayotgan budjet taqchilligini moliyalashtirish uchun uni oshirishi mumkin.
Manbaa - Kapdepo
@Thedailyuz - Biznes & Siyosiy Jurnal!