103_Press_Official @press_official_103_uz Channel on Telegram

103_Press_Official

@press_official_103_uz


Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Республика тез тиббий ёрдам маркази ва унинг вилоят филиаллари расмий матбуот канали!!!

103 Press Official (Uzbek)

103 Press Official kanali – bu O‘zbekistondagi Соғлиқни сақлаш вазирлиги, Республика tеz tиbbiy yordam markazi va uning viloyat filiallari rasmiy matbuot kanali. Bu kanalda so‘nggi yangiliklar, maqolalar va tavsiyalar bilan tanishing. Agar siz Соғлиқni saqlash sohasidagi eng oxirgi ma'lumotlardan xabardor bo'lishni xohlaysiz, 103 Press Official kanaliga obuna bo'ling va eng zamonaviy ma'lumotlardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling!

103_Press_Official

02 Jan, 13:47


Axborot 24 | Bayram kunlarida tez tibbiy yordam faoliyati
#2jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

103_Press_Official

01 Jan, 14:45


no comment | Respublika tez tibbiy yordam markazi
#1jan #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram

103_Press_Official

31 Dec, 19:01


Aziz yurtdoshlar!

Barchangizni Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan kirib kelgan yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etib, sizlarga tinchlik-omonlik, sihat-salomatlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilashni oʻzim uchun katta baxt, deb bilaman.

Albatta, hayot bor ekan, uning yutuq va quvonchlari, tashvish va muammolari ham boʻlishi tabiiydir. Ammo inson va xalq aql-zakovati, halol mehnati, mustahkam irodasi bilan har qanday sinovlardan munosib oʻtishga qodir.

Shu maʼnoda, 2024-yil el-yurtimiz uchun qut-barakali va omadli keldi. Eng muhimi, yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, turli millat vakillari oʻrtasida doʻstlik va hamjihatlik hukm surmoqda.

Taʼkidlash joizki, 2024-yil tez tibbiy yordam tizimi uchun samarali, qut-barakali va, albatta, omadli keldi. Sohada koʻplab yutuqlarga erishildi. Barcha erishgan yutuqlarimiz uchun hurmatli xodimlarimizga chin dildan minnatdorlik bildiramiz.

Sizlarni Yangi yil bayrami bilan yana bir bor qutlab, bu yil ham oʻtgan yillarimizdagi kabi fayzli va barakali yil boʻlishini tilayman.

Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori


#tez_tibbiy_yordam #tabrik #yangi_yil

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

31 Dec, 18:51


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

103_Press_Official

31 Dec, 10:31


Президент Шавкат Мирзиёевнинг 2024 йилдаги ташқи сиёсий тадбирларга, давлат ва жамият ҳаётига дахлдор воқеаларга бой бўлган серқирра фаолияти факт ва рақамларда

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

103_Press_Official

31 Dec, 02:52


Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati hududiy filialida tez tibbiy yordam xizmatining rivojlanishiga, moddiy-texnik baza mustahkamlanishiga bagʻishlangan videolavha.

#tez_tibbiy_yordam #islohot #Buxoro #sarhisob

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

30 Dec, 07:33


Margʻilon shahar Tez tibbiy yordam stansiyasi yangi binoda faoliyatini boshladi

Yangi yil bayrami arafasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Fargʻona viloyati hududiy filiali Margʻilon shahar Tez tibbiy yordam stansiyasi yangi binoda ish boshladi.

“Tashabbusli budjet” loyihasi hisobidan mazkur binoni joriy taʼmirlash uchun 1,3 mlrd soʻm mablagʻ ajratilgan.

Tez tibbiy yordam stansiyasi hududdagi 55 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida istiqomat qiluvchi 250 mingdan ziyod aholiga tez tibbiy yordam xizmatini koʻrsatib kelmoqda.

Tantanali ochilish marosimida Margʻilon shahar hokimi Sh.Nisbatxonov, Respublika tez tibbiy yordam markazi Fargʻona filiali direktori Bahromjon Tashbaltayev va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

#tez_tibbiy_yordam #Fergana #bino

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

28 Dec, 09:53


🎄 Yil yakunida ijobiy natijalarni e’tirof etib, amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qilish kelgusi muvaffaqiyatlarning muhim omilidir.

Shu maqsadda Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialida “Yilning eng yaxshilari” tanlovi o‘tkazildi.

👉 Batafsil

#tez_tibbiy_yordam #Fergana #yangi_yil #tanlov

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

28 Dec, 08:38


Buxoro viloyati filialida bayram shukuhi

Yangi 2025-yilning kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi.

Shu bayram munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati filialida “Yangi yil - yangi orzular, yangi rejalar, yangi maqsadlar va yangi natijalar demakdir” shiori ostida hozirgi kunda ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi boʻlgan 500 dan ziyod ishchi-xodimlarga Filial Kasaba uyushma qoʻmitasi hamda Filiali Maʼmuriyati tomonidan Yangi yil bayrami sovgʻalari hamda moddiy yordam koʻrsatildi.🎁🎄🛷

#tez_tibbiy_yordam #Buxoro #yangi_yil

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

24 Dec, 14:19


Президент Шавкат Мирзиёев ҳузурида соғлиқни сақлаш соҳасида қилинган ишлар ва 2025 йилга мўлжалланган устувор вазифалар кўриб чиқилди.

На совещании при Президенте Шавкате Мирзиёеве рассмотрена проделанная работа в сфере здравоохранения и определены приоритетные задачи на 2025 год.

#Mirziyoyev #taqdimot #tibbiyot #rejalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

103_Press_Official

24 Dec, 05:01


Buxoroda oʻquv-simulyatsiya markazi faoliyati yoʻlga qoʻyildi

Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyati hududiy filialida oʻquv simulyatsiya markazining faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Oʻquv simulyatsiya markazida asosan tez tibbiy yordam xizmatida faoliyat yuritayotgan shifokor va feldsherlarning malakasi oshirilmoqda.

#tez_tibbiy_yordam #Buxoro #malaka_oshirish

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

23 Dec, 03:56


“Tibbiyot va zamon” ijtimoiy-ommabop, ijtimoiy-maʼnaviy jurnalining 6-sonida “Dardlar va daqiqalar ichra kelayotgan umrlar” maqola chop etildi (14-16 betlar).

Maqaolada Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyati filialining Mingbuloq tez tibbiy yordam shohobchasi haqida soʻz yuritildi.

👉 Batafsil

#tez_tibbiy_yordam #islohot #Namangan #Mingbuloq

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

21 Dec, 15:59


Tez tibbiy yordam aholiga yaqinlashmoqda

Davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Respublikaning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Sirdaryo viloyatida ham tez tibbiy yordamning yagona vertikal boshqaruv tizimi yo‘lga qo‘yildi.

👉 Batafsil

#tez_tibbiy_yordam #islohot #Sirdaryo

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

21 Dec, 15:03


"Qamchiq" dovonida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazildi

Joriy yilning 18-19-dekabr kunlari "Qamchiq" dovonida 40 dan ziyod korxona hamda tashkilotlar kuch va vositalari jalb etilgan xolda qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazildi.

Mazkur mashqlarda Respublika tez tibbiy yordam markazi Namangan hududiy filiali vakillari ham faol ishtirok etdilar.

#tez_tibbiy_yordam #mashq #Namangan

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

20 Dec, 14:34


Sog‘liqni saqlash sohasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Efir: 20.12.2024 | 18:30
#Toshkent
Muxbir:
Dovudxon G‘ulomjonov

🚀TELEGRAM | 🌐INSTAGRAM
🌐FACEBOOK | 📹YOUTUBE

103_Press_Official

20 Dec, 13:09


21:00  19.12.2024

TEZ TIBBIY YORDAM SIFATI ORTIB, AHOLIGA YANADA YAQINLASHTIRMOQDA

#Toshkent

muxbir: Sohiba Akromova

https://t.me/zamon_lavhalar

103_Press_Official

17 Dec, 13:57


🇺🇿🇨🇳 Xitoy halq Respublikasi delegatsiya aʼzolari Samarqandda

Joriy yilning 15-dekabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialiga Xitoy halq Respublikasidan delegatsiya aʼzolari tashrif buyurdi.

Delegatsiya aʼzolari tez tibbiy yordam xizmatining faoliyati, tez tibbiy yordam avtotransport vositalari hamda oʻquv simulyatsion boʻlimi hamda Call-markaz faoliyati bilan tanishishdi.

Shuningdek, tashrif jarayonida filial rahbariyati va delegatsiya aʼzolari tomonidan 2025-yilda xodimlarning Xitoyda malaka oshirish boʻyicha rejalari kelishib olindi.

#tez_tibbiy_yordam #Xitoy #Samarqand

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

15 Dec, 19:28


Tez tibbiy yordam tizimida sanitar aviatsiyani tashkil etish masalalari muhokama qilindi

🚁 Joriy yilning 14-15-dekabr kunlari Toshkent shahrida Respublika tez tibbiy yordam markazi xodimlari uchun mamlakatimiz tez tibbiy yordam tizimida sanitar aviatsiya faoliyatini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi.

🇮🇹 Seminar Italiyaning “Leonardo Helicopters” kompaniyasi vakillari tomonidan tashkil etildi. Italiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam tizimida sanitar aviatsiyani tashkil etish konsepsiyasini taqdim etdi.

‼️ Seminar davomida vertolyotlar turi, ularni tegishli tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, boshqarish va shu kabi ham tashkiliy, ham texnik xarakterdagi masalalar muhokama qilindi. Respublika tez tibbiy yordam markazi vakillari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar berildi.

🤝 Uchrashuvlar doʻstona ruhda oʻtdi.

#tez_tibbiy_yordam #helicopter

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

10 Dec, 05:57


📊 Ўзбекистонда доимий аҳоли сони 37,5 миллиондан ошди

📈 Статистика агентлиги маълумотларига кўра, 2024 йилнинг 9 декабрь ҳолатига Ўзбекистоннинг доимий аҳолиси 👨‍👩‍👧‍👦 37 535 605 кишини ташкил этган.

Шундан:

🧍🏻‍♀️ АЁЛЛАР СОНИ – 18,6 млн киши

🧍🏻‍♂️ЭРКАКЛАР СОНИ – 18,9 млн киши


🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

103_Press_Official

10 Dec, 04:06


Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmasi Samarqand viloyati Kengashi hamda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali bilan hamkorlikda tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi

#tez_tibbiy_yordam #zakovat #Samarqand #Konstitutsiya

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

03 Dec, 07:59


Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Respublika tez tibbiy yordam markazi rahbariyati bilan uchrashdi

Bugun Respublika tez tibbiy yordam markazida Janubiy Koreyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi Kim Se Ra xonim va Markaz direktori A.X. Gafurov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Koreya Xalqaro sogʻliqni saqlash jamgʻarmasi (KOFIH) bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Shifoxonagacha shoshilinch tibbiy yordam xizmati salohiyatini oshirish” loyihasining 1-bosqichi yakunlari hamda ushbu loyihaning 2-bosqichi rejalari muhokama qilindi.

Markaz tomonidan Toshkent va Samarqand shaharlarida oʻquv-simulyatsiya markazini tashkil etish, mahalliy instruktorlar tayyorlash va 4 000 ga yaqin tez tibbiy yordam xodimlarini bazaviy va kengaytirilgan reanimatsiya, neonatal reanimatsiya, pediatriya amaliyotida bazaviy reanimatsiya, shifoxonagacha travma holatlari, shoshilinch tugʻruq oʻqitish boʻyicha batafsil maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv iliq va doʻstona ruhda oʻtdi.

#tez_tibbiy_yordam #KOFIH #hamkorlik #Korea

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

02 Dec, 14:21


Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori forumda maʼruza qildi

Xabar berganimizdek, joriy yilning 25-30-noyabr kunlari Respublika tez tibbiy yordam markazi delegatsiyasi Moskva shahrida boʻlib, u yerda “Tez tibbiy yordam: zamonaviy strategiyalar va innovatsiyalar” xalqaro forumda ishtirok etdi.

29-noyabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori A.X. Gafurov forumda “Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam. Kecha-bugun-ertaga” mavzusida maʼruza qildi.

Maʼruza mamlakatimizda XX asr boshidan hozirgi kungacha tez tibbiy yordam tizimini rivojlantirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, maʼruzachi Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam tizimini yanada rivojlantirish boʻyicha istiqbolli rejalar ham taqdim etdi.

#tez_tibbiy_yordam #tashrif #Moskva #forum

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

28 Nov, 00:32


Respublika tez tibbiy yordam markazi vakillari Moskva viloyati markaziy tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasiga tashrif buyurishdi

27-noyabr kuni Respublika tez tibbiy yordam markazi delegatsiyasi Moskva viloyati tez va shoshilinch tibbiy yordam markaziy stansiyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida oʻzbekistonlik vakillari yagona dispetcherlik markazi, tibbiy-maslahat markazi, tez tibbiy yordam brigadalari ishi, maʼmuriy va boshqaruv xodimlari faoliyati, shuningdek, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash masalalari bilan tanishdi.

Delegatsiyamiz, ayniqsa, tibbiy maslahat markazi faoliyati bilan qiziqdi, chunki ayni paytda Oʻzbekistonda tez yordam chaqiruv markazlari orqali bemorlarga tibbiy maslahatlar yoʻlga qoʻyish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

Bugun vakillarimiz “Tez tibbiy yordam: zamonaviy strategiyalar va innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etadi.

Delegatsiyamiz tashrifi davom etmoqda.

#tez_tibbiy_yordam #tashrif #Moskva

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

26 Nov, 13:04


Respublika tez tibbiy yordam markazi vakillari Moskva shahriga xizmat safarini amalga oshirmoqda

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori A.X. Gafurov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasi poytaxtiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida delegatsiya Moskva shahrining A.S. Puchkova nomidagi tez va shoshilinch tibbiy yordam markaziy stansiyasi, Moskva sogʻliqni saqlash departamenti N.V. Sklifosovskiy nomidagi Tez tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti, Moskva viloyati tez va shoshilinch tibbiy yordam markaziy stansiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishga asoslangan kompaniyalar bilan bir qator uchrashuvlar oʻtkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, vakillarimiz 28-29-noyabr kunlari “Tez tibbiy yordam: zamonaviy strategiyalar va innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro forumda ishtirok etadi. Forumda Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori A.X. Gafurov maʼruza qiladi.

Delegatsiyaning tashrifi davom etmoqda.

#tez_tibbiy_yordam #tashrif #Moskva

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

26 Nov, 12:09


Mamlakatimizda shakllangan shoshilinch va tez tibbiy yordam xizmatining inson hayoti va salomatligini asrashdagi oʻrni nihoyatda muhim.

Biroq, yoʻllarimizda “tez yordam” mashinasiga yoʻl bermaslik holatlari tez-tez uchrab turibdi. Holbuki, bu hayotda hech bir inson tasodifiy baxtsiz hodisalardan, sogʻligʻi bilan bogʻliq muammo yuz berishidan kafolatlanmagan. Shunday ekan, oʻzining va oʻzgalarning sogʻligʻi uchun hamisha eʼtiborli va masʼuliyatli boʻlish insoniylikning muhim qoidasidir.

Shu bilan birga Yoʻl harakatining boshqa qatnashchilariga nisbatan imtiyozga ega boʻlishi uchun maxsus xizmatlarning transport vositalarida koʻk yoki qizil yoxud koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishora yoqilgan boʻlishi shart. Ular oʻzlariga yoʻl berilayotganligiga ishonch hosil qilganlaridan soʻnggina imtiyozdan foydalanishlari mumkin.

Hurmatli haydovchilar! Yoʻl harakati qoidalarga amal qiling, zero inson salomatligi eng aziz neʼmat, hisoblanadi.

#tez_tibbiy_yordam #Fergana

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

21 Nov, 13:04


🔴 ✏️✏️✏️

Президентимизнинг тегишли Фармонига биноан, Асилбек Анварович Худаяров Ўзбекистон Республикаси соғлиқни сақлаш вазири лавозимига тайинланди.

🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

103_Press_Official

20 Nov, 08:55


⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb eʼlon qilishni taklif qildi.

Kanalga ulanish: 
@uzauz

103_Press_Official

20 Nov, 00:50


Tabibni oldiga olib borgan avtomashina “Tez tibbiy yordam” xizmatiga taalluqli emas.

Ijtimoiy tarmoqlarda “Tez yordamda kasallarni kasalxonagamas tabibni oldiga olib kelishyaptimi?” nomli videolavha tarqaldi.

Mazkur videolavhada Qoʻqon shahrida yashovchi “Qoʻqonlik tabib” I. Soliyev huzuriga tez yordam moshinasida olib kelingan bemor, aynan, avtotransport vositasi 103 xizmatiga tegishli toʻgʻrisida izoh berilmoqda.

Respublika tez tibbiy yordam markazi ushbu holat yuzasidan oʻrganish oʻtkazdi hamda quyidagilarni maʼlum qiladi.

Oʻrganishlar davomida aniqlanishicha, mazkur avtomashina tez tibbiy yordam xizmatiga emas, balki Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan xususiy klinikalardan biriga tegishli. Videolavhadagi avtotransport vositasining orqa eshigida 103 xizmatiga taalluqli emas telefon raqami koʻrsatilgan.

Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi barcha tez tibbiy yordam mashinalarida 103 xizmatiga doir logotiplari tushirilgan.

Respublika tez tibbiy yordam markazi
Matbuot xizmati


#rasmiy_munosabat #tez_tibbiy_yordam

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

18 Nov, 07:12


Respublika tez tibbiy yordam markazi Jizzax viloyati filiali direktori oʻrinbosari Durdona Jabborovaning 2024-yil 11-noyabrdagi “Tong yulduzi” gazetasining 46-sonida (13-bet) “Eng katta boylik” hamda 2024-yil 6-noyabrdagi “Hurriyat” gazetasining 44-sonida (8-bet) “Tez yordam”ning tezkor ishlari nomli maqolalar nashr etildi

#tez_tibbiy_yordam #maqola #Jizzax

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

18 Nov, 03:35


"Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi toʻgʻrisida"gi qonun 1991-yil 18-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oʻtkazilgan VII sessiyasida qabul qilingan.

Davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Davlatchiligimiz tarixining qaysi davrini olmaylik, bayroq ajdodlarimiz uchun ozodlik, kuch-qudrat, jasorat, gʻalaba timsoli boʻlgan.

Bayrogʻimiz 1992-yil 2-martidan Oʻzbekiston toʻlaqonli suveren respublika sifatida tan olinganining ramzi sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh qarorgohi oldida ham hilpiray boshladi.

Aziz yurtdoshlar!

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi Sizlarni muborakbod etadi!

#tez_tibbiy_yordam #Uzbekistan

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

15 Nov, 04:52


"TEZ YORDAM"NI SEKINLATAYOTGAN SABABLAR

#tez_tibbiy_yordam

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

10 Nov, 06:14


💐 Байрамингиз муборак бўлсин, азиз тиббиёт ходимлари!

🌐@ssvuz | 🌐@ssvmatbuotkotibi |🌐 Facebook | 🌐Instagram

103_Press_Official

10 Nov, 05:32


“Tibbiyot xodimlari kuni” munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining buyrugʻiga muvofiq tez tibbiy yordam sohasida faoliyat yuritayotgan bir qator xodimlari “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash aʼlochisi” koʻ krak nishoni va Sogʻliqni saqlash vazirining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

👉 Batafsil

#tez_tibbiy_yordam #mukofot #bayram

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

09 Nov, 08:31


Hurmatli tibbiyot sohasi xodimlari!

Xalq salomatligi yoʻlida sidqidildan mehnat qilib kelayotgan Siz, aziz hamkasblarimni yurtimizda keng nishonlanayotgan Tibbiyot xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ushbu kasb bayrami mamlakatimiz miqyosida doimiy nishonlanib, bu kunda sohada salmoqli natijalarga erishgan tibbiyot xodimlari davlatimizning nufuzli mukofotlari bilan taqdirlanishi ezgu anʼanaga aylanib ulgurdi.

Barchamizga yaxshi maʼlumki, tez tibbiy yordam tizimi koʻplab sinovlar, murakkab sharoitlardan oʻtib, bugun sohada mutlaqo yangi transformatsiya jarayonlari kechmoqda. Taʼbir joiz boʻlsa, Oʻzbekistonda tez tibbiy yordam sohasi transformatsiyasi uzoq muddatga moʻljallangan strategiya, umummilliy loyiha darajasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ushbu loyihani amalga oshirishdagi eng katta kuch, shubhasiz, Siz — malakali shifokorlar, mahoratli ustozlar, mehribon hamshiralar hamda malakali haydovchilar hisoblanasiz.

Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Miromonovichning sohaga qaratayotgan yuksak eʼtiboriga “labbay” deb javob berishimizga va xalqimiz salomatligini saqlash, ularni tizimdan rozi qilishimizga barcha sharoitlar muhayyo qilinmoqda.

Aziz hamkasblar!

Bugun sogʻliqni saqlash tizimidagi ulkan oʻzgarishlarni barchamiz his qilib turibmiz. Tez tibbiy yordam tizimini raqamlashtirish, innovatsion davo usullarini joriy etish, avtomatlashtirilgan elektron boshqaruv tizimini hayotga tadbiq qilinishi soha xodimlarini ortiqcha qogʻozbozlikdan, bemorlarni esa turli ovoragarchiliklardan xalos etmoqda.

Qadrli doʻstlar!

Odamlar biror xastalikdan dard cheksa, joni ogʻrisa albatta, kechayu kunduz yordamga shay, oʻz kasbiga, qasamyodiga sodiq tez tibbiy yordam xodimlaridan najot kutadi. Xalqimiz tez tibbiy yordam xodimlarini dunyodagi eng ulugʻ kasb egalari, fidoyi insonlar sifatida biladi va mashaqqatli mehnatini yuksak qadrlaydi. Bu esa, sizu-bizga katta masʼuliyat yuklaydi.

Tilagim, shu xalq, shu Vatan uchun chin dildan xizmat qilish, elning mehriga sazovor boʻlish shu millat farzandi sifatida barchamizga nasib etsin! Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, fayzu baraka tilayman.

Kasb bayramingiz muborak boʻlsin!

Abduvoitjon Xuseynovich Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori


#tez_tibbiy_yordam #tabrik #bayram #Uzbekistan

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

09 Nov, 07:15


Ўзбекистон Республикаси Президентининг Ўзбекистон соғлиқни сақлаш соҳаси ходимларига байрам табриги

Праздничное поздравление Президента Республики Узбекистан работникам сферы здравоохранения Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

103_Press_Official

08 Nov, 14:38


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tibbiyot xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Respublika tez tibbiy yordam markazining Navoiy viloyati filiali Qiziltepa tumani boʻlimi bosh feldsheri Avezova Gulnora Rustamovna II darajali “Salomatlik” ordeni bilan hamda Respublika tez tibbiy yordam markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialining Beruniy tumani boʻlimi haydovchisi Tangirbergenov Rustam “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.

#tez_tibbiy_yordam #mukofot #Uzbekistan

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

07 Nov, 07:09


Toshkent viloyati filiali xodimlari Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi tadbirlarida ishtirok etdi

Toshkent viloyati hokimining 2024-yil 24-iyuldagi tegishli qaroriga muvofiq, 2024-yilning 5-7-noyabr kunlari Nurafshon shahrida "Boshqaruv organlari, FVDqT hududiy quyi boʻgʻinlarini kommunal soha tarmoqlarida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan avariyalar bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish boʻyicha harakatlari" mavzusida Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi oʻtkazildi.

Shu munosabat bilan Toshkent viloyati Nurafshon shahrida "Alanga-818" signal boʻyicha Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqini oʻtkazish yuzasidan ustuvor vazifalariga bagʻishlangan tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filialining rahbar oʻrinbosari hamda tez tibbiy yordam xodimlari ishtirok etishdi.

#tez_tibbiy_yordam #Toshkent_viloyati

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

07 Nov, 06:10


Samarqandda "Tibbiyot xodimlari kuni” nishonlandi

Samarqand viloyati hokimligi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi tomonidan tashkil qilingan “Tibbiyot xodimlari kuni”ga bagʻishlangan tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda bir qancha nominatsiyalar tashkil qilinib, ushbu nominatsiyalar oʻrtasida “Tez tibbiy yordam shifokori” nominatsiyasi gʻolibligiga Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali Sifatni monitoring va nazorat qilish boʻlimi boshligʻi Shopulotov Shoxrux Asliddinovich munosib deb topilib, boshqarma boshligʻining esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

#tez_tibbiy_yordam #tadbir #Samarqand

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

07 Nov, 04:45


“Yilning eng yaxshi tez tibbiy yordam shifokori” nominatsiyasi boʻyicha Samarqand viloyati filiali xodimi gʻolib boʻldi

11-noyabr Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Samarqand viloyatida “Yilning eng yaxshi tez tibbiy yordam shifokori” nominatsiyasi boʻyicha konkurs oʻtkazildi.

Mazkur konkursda 1-oʻrinni Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali Samarqand shahar 2-son tez tibbiy yordam stansiyasi mudirasi Isayeva Nadira Maxammatovna gʻolib boʻldi va munosib tarzda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Resrpublika kengashi tomonidan taqdirlanib, esdalik sovgʻalar topshirildi.

#tez_tibbiy_yordam #konkurs #Samarqand #kasaba

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

06 Nov, 08:55


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилоти Давлат раҳбарлари кенгаши мажлисидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на заседании Совета глав государств Организации тюркских государств

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Summit of the Heads of State of the Organization of Turkic States

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

103_Press_Official

06 Nov, 05:53


Andijon filiali vakillari voleybol boʻyicha musobaqada gʻolib boʻldi

Andijon viloyatda tibbiyot xodimlar orasida voleybol musobaqasi oʻtkazildi.

Mazkur musobaqada 350 nafardan ziyod sogʻliqni saqlash xodimlari ishtirok etib, erkaklar orasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filiali xodimlari mutloq gʻolib deb topildi va viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi rahbariyati tomonidan munosib taqdirlandi.

Respublika tez tibbiy yordam markazi Andijon filialining voleybol jamoasini tabriklaymiz!

#tez_tibbiy_yordam #Andijon #voleybol

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

30 Oct, 15:00


Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filiali futbol boʻyicha viloyat kubogi sohibi boʻldi

⚽️ Bugun Xorazm viloyatining Urganch shahridagi “Yoshlik” sport majmuasida futbol boʻyicha havaskor jamoalar oʻrtasida viloyat kubogi musobaqasining final uchrashuvi oʻtkazildi.

🏆 Qizgʻin bellashuvlarga boy boʻlib oʻtgan final uchrashuvida Respublika tez tibbiy yordam markaz Xorazm viloyat filiali jamoasi Urganch shahar jamoasi ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonib "Xorazm viloyati kubogi" sohibi boʻlishdi.

👏 Respublika tez tibbiy yordam markazi Xorazm viloyati filialining futbol jamoasini tabriklaymiz!

#tez_tibbiy_yordam #Xorazm #futbol

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

30 Oct, 14:25


Tez tibbiy yordam markazi Toshkent viloyati filaili binosining qurilishi uchun 10 milliard soʻm mablagʻ ajratildi

Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida “Nurafshon business city” hududida Tez tibbiy yordam markazi viloyat filiali binosinining qurilishi uchun 1,60 gektar yer maydoni hamda 10 milliard soʻm mablagʻ ajratildi.

Bu haqda viloyat hokimining tegishli farmoyishi imzolandi.

Mazkur majmuada Tez tibbiy yordam markazi viloyat filiali, Call-markaz, Sanaviatsiya xizmati, Nurafshon shahar tez tibbiy yordam boʻlimi, Simulatsion oʻquv markazi, Avtoxoʻjalik boʻlimi, Texnik xizmat koʻrsatish boʻlimlari joylashadi.

Zamon talablariga mos yangi bino qurilishi va jihozlanishi uchun budjetdan zaruriy mablagʻlar ajratilmoqda. Aytish mumkin, shu kunga qadar, 23 milliard soʻmdan ziyod mablagʻlar yoʻnaltirilgan. Mazkur bino joriy yil yakuniga qadar, foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.

#tez_tibbiy_yordam #Toshkent_viloyati #islohot #qurilish

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

26 Oct, 11:34


🇺🇿 27-oktabr - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi kuni

#saylov #tez_tibbiy_yordam #Uzbekistan

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

25 Oct, 05:25


Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!

Sizlarni Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy tabriklayman!

Oʻz hayotini fuqarolarimizning tinchligi va osoyishtaligi, huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, jamiyatimizda qonun ustuvorligini taʼminlashdek sharafli va masʼuliyatli ishga bagʻishlab kelayotgan siz, aziz xodimlar, harbiy xizmatchilar, taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, tinglovchi-kursantlari, muhtaram faxriylarga chuqur minnatdorchilik izhor etamiz.

Barchangizga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, uzoq-umr, oilangizga totuvlik, dasturxoningizga qut-baraka tilaymiz.

Yurtimizda jamoat xavfsizligi va tartibini saqlash, qonuniylik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori


#tabrik #tez_tibbiy_yordam #tinchlik

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

24 Oct, 10:35


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “БРИКС плюс” форматидаги саммитда сўзлаган нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на саммите в формате «БРИКС плюс»

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the “BRICS plus” format

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

103_Press_Official

21 Oct, 11:21


Ўзбек тили байрами муносабати билан Ўзбекистон халқига табрик

Поздравление народу Узбекистана в связи с Праздником узбекского языка

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

103_Press_Official

21 Oct, 04:03


Qadrli yurtdoshlar!

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan Respublika tez tibbiy yordam markazi nomidan Siz azizlarni samimiy muborakbod etaman!

Til – har bir millatning gʻururi, mustaqillik belgisi, kelajagi. Tilsiz hech bir millat toʻlaqonli xalq boʻla olmaydi. Usiz Vatanning erki yoʻq. Bu yorugʻ olamda oʻzbek tili ham millatimizning faxri, dunyo tan olishiga hissa qoʻshgan ijtimoiy aloqa vositasidir.

Sizlarni yana bir bor ushbu shukuhli kun - Oʻzbek tili bayrami munosabati bilan chin dildan tabriklayman. Xalqmiz dasturxoniga fayz-baraka, barchangizga sogʻliq, oilalaringizga tinchlik-xotirjamlik tilayman.

Abduvoitjon Gafurov
Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori


#tez_tibbiy_yordam #til_bayrami #Uzbekistan

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

18 Oct, 14:07


2024-yil 18-oktabr kuni “Fargʻona haqiqati” gazetasining 43-sonida Respublika tez tibbiy yordam markazi Fargʻona filiali direktori B. Tashbaltayevning “Biz inson qadri uchun xizmat qilamiz” nomli maqola chop etildi.

#tez_tibbiy_yordam #Fergana #maqola #islohot

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

18 Oct, 05:34


Samarqandda futbol bo'yicha musobaqa o'tkazildi

Aholi salomatligini mustahkamlash Davlat rahbarining doimiy e’tiborlarida bo‘lgan masalalardan biridir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonida ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o‘rtasida sport musobaqalarini muntazam ravishda o‘tkazish belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2024-yilning 15-oktabr kuni ilk marotaba Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filialida “Direktor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

“Direktor kubogi” mini-futbol musobaqasida Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali tuman va shahar tez tibbiy yordam stansiyalari vakillaridan iborat terma jamoalar a’zolari ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunida dastlab, Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali direktori Murod Eshbekov tomonidan joriy etilgan qator nominatsiyalar bo‘yicha hakamlarning xulosasiga ko‘ra mahoratli o‘yinchilar taqdirlanishdi.

Bunda “Eng zo‘r hujumchi” nominatsiyasi bo‘yicha Samarqand shahar 3-son tez tibbiy yordam stansiyasi terma jamoasi o‘yinchisi Qulmmamatov Sanjar Shavkatovich, “Eng zo‘r darvozabon” nominatsiyasi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tuman tez tibbiy yordam stansiyasi terma jamoasi darvozaboni Mardonov Ulug‘bek Azimovichlar g‘olib deb topildi.

Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga “Direktor kubogi” topshirildi.

Musobaqa yakunlariga ko‘ra,
🥇1-o‘rin Kattaqo‘rg‘on tuman tez tibbiy yordam stansiyasi jamoasiga;
🥈2-o‘rin Pastdarg‘om tuman tez tibbiy yordam stansiyasi jamoasiga;
🥉3-o‘rin esa, Paxtachi tuman tez tibbiy yordam stansiyasi terma jamoasiga nasib qildi.

“Direktor kubogi” musobaqasida yaxshi natijalarga erishgan terma jamoalar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.

#tez_tibbiy_yordam #Samarqand #futbol

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

103_Press_Official

11 Oct, 09:58


Президент Шавкат Мирзиёевнинг шоир ва мутафаккир Махтумқули Фироғий таваллудининг 300 йиллигига бағишланган халқаро форумдаги нутқи

Выступление Президента Шавката Мирзиёева на международном форуме, посвящённом 300-летию поэта и мыслителя Махтумкули Фраги

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the International Forum dedicated to the 300th anniversary of poet and philosopher Magtymguly Fragi’s birthday

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

103_Press_Official

10 Oct, 04:31


‼️ Joriy yilning 10-11-oktabr kunlari Xiva shahrida “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilishning dolzarb muammolari: kritik holatlar, ularning patogenezi, tashhislash va intensiv davolash masalalari” mavzusidagi XIX Respublika ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilmoqda.

📹 Anjuman tadbirlarini ushbu havola orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

🚑 Tadbirda tez tibbiy yordam sohasi vakillari ham ishtrok etmoqda.
__________
‼️10-11 октября текущего года в городе Хиве проходит XIX Республиканская научно-практическая конференция на тему: “Актуальные проблемы организации экстренной медицинской помощи: критические состояния в экстренной медицине, вопросы патогенеза, диагностики и интенсивной терапии”.

📹 Работу конференции вы можете смотреть по данной ссылке в прямом эфире.

🚑 В работе конференции участвуют представители сферы скорой медицинской помощи.

#conference #tez_tibbiy_yordam

Telegram💬 Facebook 📹 Youtube 🌐Instagram

9,319

subscribers

1,597

photos

332

videos