Javohir | blog @javohir_shaxsiyblog Channel on Telegram

Javohir | blog

@javohir_shaxsiyblog


Ushbu blogda barchasi menga tegishli demoqchi emasman aksincha menga tasir qilgan hikmatlarni sizlar bilan bo'lishmoqdaman

Savol va takliflar uchun: @JavohirPardaev

Javohir | blog (Uzbek)

Javohir | blog ning mazmuni ajoyib va foydali hikmatlar va savollar bilan to'ldirilgan. Bu blogda o'qib, o'rganish, va fikrlash imkoniyati mavjud. Javohirning shaxsiy blogida, o'qituvchilari, talabalar, va har bir kishi qiziq va foydali narsalarni topishi mumkin. Bu blog sizga yaxshi qilib o'z fikrlaringizni ifodalash, yangi narsalarni o'rganish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olishda yordam beradi. Javohir | blog sizni tajribalar, fikrlar, va yangi dunyoqarashlarga yo'llab borishga chaqiradi. Agar siz ham hikmatlar ulashish, o'rganish, va fikrlashni sevasangiz, ushbu blog siz uchun mo'ljallangan. Ushbu blog bilan aloqa uchun, @javohir_shaxsiyblog ga murojaat qiling. Sizning savollaringiz va takliflaringiz sizni kutmoqda.

Javohir | blog

05 Nov, 13:04


Odamlar aybingizni yuzingizga emas, yuz kishiga aytishadi.

Javohir | blog

05 Nov, 08:44


Erkak kishi hamma muammolarni xal qila oladi. Faqat muammolar ham insof bilan bitta-bitta kelgani yaxshi.

Javohir | blog

31 Oct, 07:47


Agar insonga xohlagan narsasi berilsa, u o'zi xohlamagan narsani ham xohlaydi.

©️Konstantin Melixon

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

30 Oct, 07:36


Bola uchun ajratilgan besh-o'n daqiqa vaqt kelajakda oylab-yillab davom etadigan qayg'u-alamlar oldini olishini anglab yetgan ota-ona naqadar baxtli!

©️ Tohir Malik ("Jinoyatning uzun yo'li" kitobidan)

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

30 Oct, 07:04


Bir inson menga o'zida nima bo'lsa barini bergan. Men esa evaziga ada deganman, xolos.

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

30 Oct, 07:02


Jahlimiz bir lahza. Samimiyatimiz esa o'lguncha. Bir lahzamizga chidagan qadrdonlar butun umr samimiyatimizga guvoh bo'lishadi.

Javohir | blog

27 Oct, 17:29


Bir ota kechasi yig'lagan bolasiga alla aytib uxlatayotgan, yig'laganda ovutib ko'tarib yurgan, kashasini tayyorlab berayotgan bo'lsa - ayoliga yordam berayotgan emas, otalik qilayotgan bo'ladi!

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

27 Oct, 17:28


Ey o'g'lim, tajribang hali juda kam,
Bilmaysan, bu yo'lda seni ne kutar.
Keksalar etagin ushlagil mahkam,
Ular sendan oldin ko'rganlar xatar.

© Xayrulla Hamidov

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

26 Oct, 12:38


Eng yaxshi qarzdorlik - kutubxonadan qarzdorlik!

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

26 Oct, 05:06


Mantiq sizni A dan B ga olib boradi. Tasavvur esa hamma joyga olib boradi.

©️Albert Eynshteyn

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

25 Oct, 03:21


Qo'y umr bo'yi bo'ridan qo'rqib yashaydi. Vaholanki uni cho'pon pishirib yeydi.

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

23 Oct, 17:33


Sevgi o'limdek kuchli, shishadek mo'rt.

© Gi de Mopassan

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

21 Oct, 07:30


Mutloq haqiqat: inson o'zi xohlagan hamma narsaga vaqt topadi🧑‍🦯🥀🕐

Javohir | blog

20 Oct, 00:32


Ey it, uxlama asri taraqqiy vaqtida...

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

20 Oct, 00:32


Sizning kelajagingiz ko'proq kim bilan vaqt o'tkazishingizga bog'liq.

©️ Robert Kiyosaki ("Pul oqimining kvadrati" kitobidan)

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

19 Oct, 05:49


Ovozingni eshitishlarini xohlasang, ba'zida sukut saqla...

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

19 Oct, 05:49


Yolg'iz qolishni istagan paytim yolg'iz qolmaslikni istagan bo'laman.

Javohir | blog

18 Oct, 03:53


Tandir tobga keldi, hamir tugadi.
Aql boshga keldi, umr tugadi.

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

17 Oct, 08:11


Baxt haqida besh daqiqa so'zlash mumkin, undan ortiq emas. Sen o'zingni baxtliligingdan ortiq hech nima deya olmaysan. Baxtsizlik haqida esa insonlar tongdan kun botgunga qadar so'zlab berishlari mumkin.

© Erix Mariya Remark

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

16 Oct, 04:37


Azob beradigani yolg'iz qolish emas, balki yolg'iz tashlab ketilishdir.

📚 Aso (Fotih Duman)


@javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

14 Oct, 02:59


Hamma bir kishidan nafratlansa, buni tekshirish kerak!
Hamma bir kishini sevsa, buni ham tekshirish kerak!

© Konfutsiy

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

13 Oct, 02:40


Oyga qarasangiz Xudoning go'zalligini ko'rasiz, quyoshga qarasangiz kuch-qudratini.

©️ Charli Chaplin

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

13 Oct, 02:39


Siz uyda o'tirib charchagan bo'lsangiz, ba'zilar uy qidirib charchadi...

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

12 Oct, 11:13


- Nega uchala qizim ham baxtsiz?! - Yaratganga nola qilardi ota.
Ammo yigitlik chog'ida aldab ketgan necha-necha qizlar dodini eslolmasdi ham.

©️ Nodirabegim Ibrohimova ("Men, Dadam va Alsgeymer" kitobidan)

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

12 Oct, 02:28


Sizlar mening ustimdan kulasizlar, chunki men sizlardan farq qilaman.
Men esa sizlarning ustingizdan kulaman. Chunki sizlar bir-biringizdan farq qilmaysizlar.

© Mixail Bulgakov

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

12 Oct, 02:28


Hech qaysi dori "o'pib qo'yay, tuzalib qolasan!" - degan jumlangizchalik ta'sirli emas, Ona.

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

12 Oct, 02:28


Agar siz o'ylamasdan gapirgan bo'lsangiz, demak, ko'nglingizdagi gapni aytgansiz.

© Bernard Shou

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

12 Oct, 02:15


Qachonlardir meni ovqatlanib, so'ng uxlaganim uchun maqtashardi...

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

11 Oct, 05:47


Sevgi - insondan boshqa hech narsaga muhtoj bo'lmaslikdir.

© Konstantin Melixan

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

10 Oct, 13:17


Oshpaz ikkita bo'lsa ovqat yo sho'r bo'ladi, yo bemaza.

(Fors maqoli)

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

10 Oct, 13:15


Hammasi yaxshi-yu... degan jumla bor joyda hammasi yaxshi emasligi aytilgan bo'ladi...

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

10 Oct, 03:15


Dunyoda har kimning bor o'z matlabi,
Tuya so'rab bo'lmas echkiboqardan.
Pismiqdan faylasuf chiqmagan kabi,
Haqgo'y ham chiqmaydi betga chopardan...

© Abdulla Oripov

📌 @javohir_shaxsiyblog

Javohir | blog

10 Oct, 03:05


Bahor o'rtasida gullar to'kildi,
O'rmon uvilladi, qoldi daraxtsiz.
Bahor ikkimizga turlicha keldi -
Sen baxtli bo'lding-u, men bo'ldim baxtsiz...

Qars yopildi eshik.. G'alat nihoya!
Ayo, tushunolmay qoldim, to'g'risi:
Shundoq tugaydimi endi voqea,
Senga jazo yo'qmi, yurak o'g'risi?

© Xayrulla Hamidov

📌 @javohir_shaxsiyblog

5,788

subscribers

115

photos

5

videos