✅ JAVOB: Hozircha bunday tartib mavjud emas.
Joriy yilning 28-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilgan edi. Ushbu muloqotda Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga oid bir qator TAKLIFLARni ilgari surgan edi.
Jumladan, kelgusida uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy ta’lim olish imkoniyati yaratilishi aytilgandi.
Bu taklif maqomida bo‘lib, hozircha bu borada biron hujjat qabul qilinmadi. Ya’ni uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar qaysi holatda masofaviy ta’lim oladi, buning uchun nimalar qilishi kerak, kimga qanday ariza beradi, bunda ta’lim shaklini masofaviyga ko‘chirish tarzida bo‘ladimi yoki kunduzgida qolaverib, vaqtincha masofaviy o‘qib turadimi, hozircha bu savollarning birontasiga rasmiy javob yo‘q. Shunga oid biron rasmiy hujjat qabul qilinsa, undan keyingina aytish mumkin.
Xullas, bugungi kunda uch yoshgacha farzandi bor talaba-qizlar oliygoh ma’muriyatidan masofaviy o‘qishni talab qilishi befoyda.
👉 @xushnudbek 👈