🌌 KOINOTDA ENERGIYANING 8TA QONUNI.
Tabiatda shunday bir qonun mavjud - bu hamma narsa energiyadan iboratligidir. U yaratilmaydi va parchalanmaydi, u doimiy xarakatda, u o'z shaklini o'zgartirib turadi. Atrofimizdagi har qanday narsa, buyum - elektron, proton, netron va undanam kichik atomlardan iboratdir. U musbat va manfiy zaryadlangan bo'ladi va undan energiya ajralib chiqadi, bundan kelib chiqadiki biz hammamiz energiyadan iboratmiz.
Borliqda energiyaning 8ta qonuni mavjud:
1. 💫TRANSMUTATSIYA QONUNI:
Yani o'zgarish qonuni energiya yuqori va past chastota maydonlarga o'tib o'zgarib turadi. U xech qachon o'lmaydi faqat transformatsiya bo'ladi yani shaklini boshqa bir shaklga o’zgartirib turadi. Ruhiy kuch olami yani oliy ong qudrati, yuqori energiyaning bizni dunyoga past energiya ko’rinishida o'tishidir.
2🌀VIBRATSIYA va REZONANS QONUNI:
Vibratsiya bu tebranishdir, ikkita bir xil narsa bir-biriga tegsa tebranish hosil bo’ladi, vibratsiyaning shu holati rezonans holati deyiladi. O’y-fiklar xarakatdagi to'lqindir. Diqqat bir joyga qaratilsa vibratsiya kuchayib, o'ziga o'xshash boshqa vibratsiyalar oqimini o'ziga tortib oladi. Masalan: siz salbiy to'lqinda bo'lsangiz omadsizlik ketidan omadsizlik kelaveradi va har safar vaziyat oldingisidan qaltislashib boraveradi. Niyatingiz e’tiborli bo’ling.
3☯ QUTUBLILIK QONUNI:
Hayotda hamma narsa qutubli yani qarama-qarshi tomoni bo’ladi. Sizda har doim tanlash xuquqi bor. Siz hohlagan tomonni tanlashingiz mumkin, hayotingiz shunga, fikrlashingizga bog'liq! Yani omad yoki omadsizlik, baxt yoki baxtsizlik, kambag'allik yoki boylik, muammo yoki yechim va hokazo...
Agar siz yomon holatda bo’lsangiz e'tiboringizni uni qarama qarshi tomoniga qaratib, yaxshi tomonni tanlashingiz mumkin.
4.☸ RITM QONUNI:
Masalan: Siz bir vaqtning o’zida 2xil joyda bo'lolmaysiz! Hamma narsa ritm qonuniga asosan ishlaydi. Masalan fasllar almashinishi yoki kun tugab tun kelishi. Hammasi sizning xolatingizga fikrlashingizga bog'liq, vaziyatlar doim o'zgarib turishiga, bitta holat saqlanib turmasligiga tayyor turishingiz lozim. Yani qishdan keyin baxorga tayyorgarlik qilib ekish fasliga tayyorlanasiz, vaziyat o’zgarishi sizning xissiyotlaringizga bog'liq.
5. ✨ NISBIYLIK QONUNI:
Siz taqqoslamaguningizcha hech narsa o'zgarmaydi, ammo siz uni nima bilan taqqoslashingizga bog'liq. Yaxshi narsa bilan taqqoslasangiz vaziyatingiz yomonga o'xshab ko'rinadi, agar yomroq narsaga taqqoslasangiz vaziyatingiz yaxshi bo'lib ko’rinadi va shukronalikni his qilasiz. Bir narsa 2xil yondashuv. Bu holatda hayotingiz qanday bo’lishini o'zingiz hal qilasiz, yani taqqoslamang va fikrni faqat yaxshi narsalarga qarating.
6. ☄ XARAKAT QONUNI:
Borliq doim xarakatda, energiya ham doimiy xarakatda bo'ladi. Turib qolgan energiya balansning buzilishiga sabab bo’ladi. Tabiatda hamma narsa o'tkazuvchidir. Nima bilan shug'ullanishingizdan qat'iy nazar xarakatsiz natija ⭕️ga teng. Yani biznes boshlash uchun mayda qadam tashlash kerak. Energiya to’g’ri xarakatlanishi bu Borliqdagi hamma narsa balansda bo'lishini ta'minlaydi.
7. 💥SABAB va NATIJA QONUNI:
Siz hamisha o’y-fikrlaringizni sababga qaratishingiz kerak. Xarakatingizni yaxshi tomonga yo'naltirishingiz natija olishingizda kerak bo'ladi. Natija faqat moddiy dunyoda namoyon bo'ladi. Koinotga qanday fikrlar jo'natsangiz huddi shunday sabab bo'lib qaytadi. Hozirgi holatingiz bu natija! Yani sizning o’y-fikrlaringiz natijasidir. Atrof olam sizni aksingizdir!
8.🔆YETILISH QONUNI:
Har narsa yetilishi uchun ma'lum bir vaqt kerak bo'ladi, undan oldin pishib yetilmagan hisoblanadi. Go'yo bu urug'dir yani u yetilishi uchun, amalga oshishi va moddiylashtirib natija olish uchun, koinotga vaqt kerak. Bu holatni sezish, kutish, anglash va albatta ishonish kerak. Ma’lum bir vaqt ketadigan jarayonning tezligi ishonchga bog’liq. Buning uchun ishonishingiz va xarakatlaringizni to'xtatmasligingiz lozim. Biror natijaga erishish uchun, vizualizatsiya bilan to'xtovsiz shug'ullanish talab etiladi. Vizualizatsiya - bu tasavvur qilish jarayonidir.
🔮🔮🔮🔮🔮🔮🔮🔮🔮🔮🔮🔮
@psixodiamond