Ishq Safari ⚘️ @jaloliddin_rumiy_hikmatlaridan Channel on Telegram

Ishq Safari ⚘️

@jaloliddin_rumiy_hikmatlaridan


Ishq Safari ⚘️ (Uzbek)

Ishq Safari ⚘️ kanali - bu sevgi, muhabbat, va romantika haqida so'zlar bilan to'ldirilgan joy. Kanalda sevgi haqida hikoyalar, hikmatlar, va mantiqiy fikrlar paydo bo'ladi. Bu kanal, jaloliddin rumiyning eng zamonaviy hikmatlaridan iborat. Jaloliddin Rumiy - dunyoning eng mashhur shoiri va fikr-figoni. U shoir sevgi, muhabbat, va odamlar orasidagi aloqani yaxshi ko'rsatadi. Ishq Safari ⚘️ kanali bilan ajoyib va ma'naviy so'zlar bilan tanishib, sevgi va muhabbat haqida o'rganishingiz mumkin. Kanaldagi maqolalar jaloliddin rumiy hikoyalaridan olingan, qiziqarli va o'zgacha fikrlarni qamrab oladi. Kanalda MuhammadSafo_pg ga murojaat qilishingiz mumkin.

Ishq Safari ⚘️

05 Feb, 14:26


Ishqdagi inson ishq urug'ini qalblarga ekib yuradi.
~ Sufiy Ayol

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

04 Feb, 18:19


Ишқни, ақл иши деб ўйламагин! Ҳаттоки Гул, ҳар бир кўнгилнинг Муршидидир. Кимнидир ёқимли ҳиди билан шод этади. Яна кимнидир тикони билан иршод этади.
~ Ҳазрати Шамс Табризий

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

01 Feb, 15:32


Аллоҳ Ҳу таоло учун бир-бирларига муҳаббат қуйганларда айрилиқ йўқдир... Улар икки дунёда ҳам абадий биргадирлар!

Сўфи Аҳмад


Муҳаббат Даргоҳи

Ishq Safari ⚘️

30 Jan, 06:56


Ey Shams...

Ey qalbimning quyoshi, Shams!
Men seni izlamadim,
Chunki seni izlay olishim uchun avval sen mening ichimga nur bo‘lib tushishing kerak edi.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Sen yo‘q eding, lekin men seni borliqning har nuqtasida topdim.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Men seni sevganim uchun emas,
Sevishni sendan o‘rganganim uchun sevaman...


•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Seni ko‘rmasam ham,
Ko‘zlarim seni izlamasa ham,
Yuragim biladiki, Sen doim shu yerdasan.

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

22 Jan, 01:19


So’rsakim, sen bilgaymusen Nuhni,
Ul Rasuli Haqni, nuri Ruhni?

Sen degaysen: Nega bilmasmen, kabir?
Ul quyosh-u oydan ham ravshan axir.

Nuhni ayturlar kitoblar bob aro,
Ne imomlar har kuni mehrob aro.

Nomi Qur’onda bitilmishdir yana,
Qissalar insho etilmishdir yana.

Rost dersen, chun bilarsen vasfini,
Sen vale aslida bilmassen ani.


Gar desangkim: “Bilmagayman kimdir ul?”
Nuhni yolg’iz Nuhga monandlar bilur.


Lang chumoli filni bilgaymu sira?
Pashsha Isrofilni bilgaymu sira?

Bul so’zing ham to’g’ri so’zdir ey falon,
Mohiyatni chunki bilmassen hamon.

Lekin oshnam, mohiyat asli nima?
Bul jihatni barcha ham bilmas dema.

Mohiyat ul garchi dengiz ichra dur,
Ahli komil nazdida ravshan erur.

Mulki borliq ichra Haqning zotidin,
Ham buyukroq sir-u asror bormikin?

Ulki mahramlarga mahfiymas ayon,
O’zga sirlar endi qolgaymi nihon?

~ Hazrati Mavlono Rumiy

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

21 Jan, 16:25


Bir kun sen bilan suhbat qururmiz!
Va bir kun sen bilan bo'lamiz birga,
Axir dilimizda juda yaqinmiz
Garchi ko'rinishda bo'lsakda boshqa...
~ Elif Şafaq

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

20 Jan, 15:41


Sajdaga tekkan burunlar osmonga ko‘tarilib ketmaydi.
Tuproq sajdasiga emas, ko‘ngil sajdasiga.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Shunday bir Yor sevginki bolam;
Qo‘lida suv idishi ila iftorni kutgan ro‘zador kabi kutsin seni.

~ Mavlono Rumiy

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

19 Jan, 15:20


Yomon narsaga qaramangizlar! Yuraklarizni og'ritib qo'yadi...
~ Hazrat Qurbonali Ahmad Boqiybilloh (q.s)

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

19 Jan, 09:35


Izlab yurgan birodarlarimiz diqqatiga "Tasavvuf dargohi" kanali yana ishga tushibdi☺️

@Tasavvuf_dargohi 👈

Ishq Safari ⚘️

16 Jan, 08:07


Qaysi biri fozil ilm yoki aql?
Aslida ilmni aqlga solmaslik fozil.
Ilm aqlga solinishi bilan ilm o'zini sof xususiyatini o'zgartiradi va nafs o'ziga bir zumda moslab oladi.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Sahobalar eshitdik va itoat qildik deyishgan. (Baqara, 285) Nimaga deb so'ramagan ekanlar. Bu komil iymon va taslimiyat ifodasidir.

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

Ular o‘z aqliga emas, vahiydan kelgan ilohiy amrga tayanishni afzal ko‘rganlar. Demak ilmni aqlga emas, aqlni ilmga moslashtirish zarur...

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

03 Jan, 14:36


Бир шоир шундай ёзган экан:

"Агар қуруқ лой бўлсанг ёки оддий тош бўлсанг, қалб аҳлининг суҳбатига боргин, ёқутга айланасан".

@hazina_nur

Ishq Safari ⚘️

31 Dec, 04:06


#by_ishq_safari 💌

Bugun yil yakuni ekan. Bu yil sizga qanday xulosalar berdi? 🌱❄️

Ishq Safari ⚘️

30 Dec, 10:33


"Kim bir kishining hayotiga nur olib kelsa, Alloh uning hayotini O'zining nuriga burkab qo‘yadi."
~ Shayx Abdulqodir Jiyloniy (q.s)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

"Bir odamning qalbini muhabbat bilan tiriltirish ming rakat namozdan afzalroqdir."
~ Ali ibn Abu Tolib (r.a)

•┈•┈•┈•┈•❁✿❁•┈•┈•┈•┈•

"Kimki birodarining qalbiga quvonch kiritsa, Alloh unga Qiyomat kuni ulkan quvonch baxsh etadi."
~ Ibn Mas'ud (r.a)

💌 by Ishq Safari ⚘️

Ishq Safari ⚘️

11 Nov, 21:31


📌📌📌📌📌📌📌

💌 Ishq Safari 🌷 kanal faoliyati shu joyda yakunlandi. Vaqtingizga rozi bo'ling. Alloh muhabbatiga oshno qilsin. Yuhibbuhum Yuhibbunahu🤲🍁

Ishq Safari ⚘️

28 Oct, 05:32


👉 Savobli ishga hissa qo'shing!

Haqiqatni aytsam, bu so‘rovni yozish menga oson emas, lekin ilm yo‘lida bir katta orzuyim bor: maqsadim –
mana shu institutda o‘qish.

🕹 Bu orzuga erishishda sizning yordamingiz katta ahamiyatga ega. Men shunchaki moliyaviy yordam so‘ramayman; sizni men taqdim etayotgan kurslardan foydalanishga taklif qilmoqdaman. Shu orqali, siz menga ilm olishimda ko‘mak berib, savobli amalda ham ishtirok etasiz.

Taklif qilinayotgan kurslar:


Mnemonika kursi (xotirani kuchaytirish)

TOG English kursi

Mental arifmetika trenerligi (matematika ko‘nikmalarini oshirish)





Quyidagi usullari orqali:

1. Sizga qiziqarli bo‘lgan kursni tanlang va uni o‘z narxingizda qo‘llab-quvvatlang.

2. Mablag‘ni ushbu kartaga o‘tkazing: 9860 1201 5810 9302 (Amonova Mashhura)

3. Keyin esa
@Mashhura_Amonova ga qaysi kurs uchun ekanligini va to‘lovni tasdiqlash uchun skrinshot yuboring.

Shu tarzda, siz nafaqat savobli ish qilgan bo‘lasiz, balki o‘zingiz uchun ham foydali bilimlarga ega bo‘lasiz. Yordamingiz va qo‘llab-quvvatlashingiz uchun oldindan rahmat!

Yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying ↩️

Ishq Safari ⚘️

26 Oct, 17:12


Nafsin sevdi, o'zini ham o'zgani ham qiynadi,
Ruhin sevdi, o'zini ham o'zgani ham o'yladi.🍁

📝Muhammad Safo 👈

Ishq Safari ⚘️

16 Oct, 07:01


Nafs bilan sevgan ham og'rinar ham og'ritar,
Qalb bilan sevgan ham nur berar ham dur berar...🍁

Muhammad Safo 👈