Nilubeauty retseptlar💞 @nilubeauty_retsept Channel on Telegram

Nilubeauty retseptlar💞

@nilubeauty_retsept


Oliy ma'lumotli medic va kosmetolog

🫰Bilganlarimni sizga ham õrgataman.
Kanal: @Nilu_beauty

@Cosmetics_adminka

Nilubeauty retseptlar💞 (Uzbek)

Nilubeauty retseptlar💞 kanali - bu oliy ma'lumotli medic va kosmetolog Nilu tomonidan boshlangan. Kanalda sizga go'zal hisoblangan retseptlar, tajribalar va tavsiyalar taqdim etiladi. Nilu, bilganlarini foydali ma'lumotlar bilan sizga ham tanishtirib berishga intiladi. Kanalda @Nilu_beauty va @Cosmetics_adminka orqali sizga yangiliklar va mahsulotlar haqida ma'lumotlar taqdim etiladi. Siz ham Nilubeauty retseptlar💞 kanaliga a'zo bo'lib, go'zal va sog'lom ko'rinish uchun foydali tavsiyalar olishingiz mumkin.

Nilubeauty retseptlar💞

05 Jan, 06:49


1 osh qoshiq toza asal 150 gr yangi siqilgan olma suviga qo'shib, har kun ertalab och qoringa ichilsa, jigardagi tiqilmalarni ochadi.
Bu muolaja 15 kun qilinadi.
Har 3 oyda yana takrorlash mumkin.

@Nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

25 Dec, 15:53


Ajinlarni ketqizish uchun judayam foydali maska:

1. kraxmal 1 ch.q
2. kastarovaya maslo 1 ch.q
3. bepanten maz
4. aevit kapsulasi 2 dona

Masalliqlarni bir massaga kelib olguncha aralashtiramiz, 15-20 daqiqaga yuzimizga surib qo’yamiz va iliq suvda yuvib tashlaymiz. Maskadan keyin namlantiruvchi krem yoki maz surishni unutmang.

         Ulashib qo'ying 💌

@Nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

27 Nov, 15:31


Ortiqcha tuklarni ketqizadigan maska.

📌 Periks vodorod - 2 qoshiq
🍋 Limon suvi - 2 qoshiq
🥡 Osh sodasi - 1 qoshiq
🪥 Tish pastasi - 1 qoshiq

Yaxshilab aralashtirib kerakli zonaga surasiz.15-20 daqiqadan so‘ng yuvib tashlaysiz. Doim ishlatadigan bo‘lsangiz tuklaringiz kamayadi, chiqishi sekinlashadi.

@Nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

21 Nov, 16:18


Koʻz ostidagi ajindan qanday xalos boʻlish mumkin?

Bu muammodan quyidagi tavsiya orqali xalos boʻlish mumkin.

🔶 Yarimta limonni suvi chiqarib olinadi. Unga oz miqdorda tuz hamda 1 dona tuxum oqi qoʻshiladi. Barchasi aralashtiriladi va yuzga surtiladi. 15 daqiqadan soʻng issiq suvda yuz yuviladi.


@Nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

12 Nov, 05:05


Assalomu aleykum Latofatlilar sizlarga foydali ma'lumotlar bilan keldim

🧑‍🎓Kuzda uy sharoitida tayyorlash mumkin bo'lgan yuz niqob teringizni namlantirish va oziqlantirishga yordam beradi. Quyida sodda va samarali niqoblar retseptlarini topasiz:

🥢Namlovchi niqob – avokado va asal
Kerakli mahsulotlar
: yarimta avokado, 1 osh qoshiq asal.
Tayyorlash: Avokadoni ezib, silliq massa holiga keltiring va asaldan qo‘shib, aralashtiring. Toza yuzga 15-20 daqiqa davomida surting, keyin iliq suv bilan yuving.
♻️Ta’siri: Terni chuqur namlantirib, unga mayinlik va yorqinlik beradi.

Bu niqoblarni haftasiga 1-2 marta ishlatish terini sog‘lom va parvarishli saqlashda yordam beradi.

Nilubeauty retseptlar💞

11 Nov, 16:43


🌱Yuzingiz uchun ko‘k choyli niqob

Ko‘k choy nafaqat iste’mol qilish, balki yuzga niqob sifatida foydalanish uchun ham tavsiya qilinadi. Choy bargi terini yosh va sog‘lom ko‘rsatish xususiyatiga ega bo‘lgan antioksidantlarning manbasi hisoblanadi. Uy sharoitida ko‘k choydan niqob tayyorlash uchun, 1 osh qoshiq xamirturushga 1 osh qoshiq ko‘k choy qo‘shib ustidan qaynagan suv qo‘shing.

20 daqiqadan keyin 1 choy qoshiq limon sharbati qo‘shing va aralashtiring. Yuzingizga surtib. 20 daqiqadan keyin yuvib tashlang.

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

27 Oct, 07:26


Қул теримиз майин ва ёқимли  булиши учун
​​👏Уйда мавжуд бўлган воситалар ёрдамида қўл терисини парвариш қилиш йўлларини кўриб чиқамиз.

1. Қўлингизни илиқ сувда намловчи совун билан ювинг. Унча катта бўлмаган идишни илиқ сувга тўлдиринг, бир неча томчи зайтун ёғи қўшинг ва қўлингизни 5 дақиқа давомида идиш ичига қўйиб ивитиб туринг.

2. 2 ош қошиқ шакар ёки тузга бир неча томчи зайтун ёғини аралаширинг ва 2 дақиқа давомида қўлларингизни бир-бирига ишқаланг. Бу қон айланишини яхшилаб улик хужайраларни олиб ташлайди

3. Юмшоқ мочалкага бироз намловчи совун суринг ва қўлингизнинг ҳар иккала томонига айланма ҳаракатлар билан ишқаланг. Илиқ сувда ювинг.

4. Қўлингиз намлигини сақлаган ҳолда тоза сочиқ билан сал артинг.

5. Қўлингиз терисига озиқлантирувчи крем суртинг

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

18 Oct, 09:09


💕Tabiiy yosharib , yuzizni namlantirishni xoxlasangiz , albatta bu maskadan foydalanib ko'ring 😍

Yog’li yuzlar uchun 🫶🏻

Kerak bòladi 📝

Tvorog 1 koshiq
Tuxum sarig’i dona
Zaytun yog’i 1 ch, qoshiq
Yarimta bodring tyorkadan chiqarilgani

Hammasini aralashtirib yuzilarga 10 minutga surtasila, 💯 tabiiy maska

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

17 Oct, 06:57


Yuzga boteks effektini beruvchi niqob

Ulashib qo'ying 💌

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

10 Oct, 09:03


🛡Sochlar uchun niqob - sinalgan usul

✔️Uy sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan niqoblarning turi ko‘p. Ularning eng oddiy va samaralilaridan biri qatiqdir. Qatiqni sal isitib, sochlaringizga suring va 40 daqiqa ushlab turing.

✔️So‘ng boshingizni har doimgidek shampun bilan yuvib tashlang. Bunday usul sochni muloyim qilib, uni oziqlantiradi va namlantiradi.

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

07 Oct, 17:24


Sochlarni mustahkamlovchi , toʻkilishini oldini oluvchi , yog'lanishiga qarshi tabiiy sprey tayyorlashni oʻrganamiz. 🌱


Kerakli qoʻshimchalar :
Lavroriy riys 10 dona
Krapiva (aptekada bo'ladi paketchada) 2 ta
Rozmarin shoxchasi (korzinkadan topsangiz boʻladi)
1 ta

Tayyorlanishi : 2 litr suvga barcha qoʻshimchalar solinadi yarim soat qaynatib sovugandan so'ng sprey idishga quyib foydalanish mumkin.


@Nilu_beauty

Nilubeauty retseptlar💞

29 Sep, 13:31


Yuzdagi dog‘larni ketqizuvchi maska.

📌Bodring suvi
📌Kraxmal - 2 choy qoshiq

Yaxshilab bir massa bo‘guncha aralashtirib toza yuzga 15-20 daqiqaga surib qo‘yasiz va iliq suvda yuvib tashlaysiz.

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

27 Sep, 15:49


#Yuzga_niqob

Masalliqlar:
3 osh qoshiq suli yormasi.
1 paket romashka choyi.
Yalpizning qurigan barglari.

Uchala masalliqni aralashtiring.
100 gr. qaynagan suv quying va ustini yopib qo‘ying. Ozroq vaqt o‘tib iliq masalliqlar shishib iliq holatga keladi.
Iliqligicha tozalangan yuzingiz va hattoki ko‘z atrofiga ham qalin qilib surib 15 daqiqadan so‘ng iliq suvda yuvib tashlang.

Yuzingiz yosh chaqaloqni yuzi kabi mayin bo‘lib mayda ajinlar ham asta yuzingizni tark etishni boshlaydi.


@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

20 Sep, 17:49


Yuzni 1 zumda oqartiramiz☺️

Guruch kerak bòladi bizga.....

Foydali bòldimi sizga
)

✈️@CosmetologSanjarovna

Nilubeauty retseptlar💞

17 Sep, 17:51


Қош ўстиришга энг яхши ёғлар

Касторивий (канакунжут) ёғи - энг кўп тарқалган ва машҳур ёғлардан.
Эффект бўлиши учун 100% органик бўлган, қора рангли совуқ отжимда олинган бўлиши керак. Қошга суртилгандан кейин ярим соат ўтиб митселяркада ювиб ташласа ҳам бўлади ювмаса ҳам бўлади.

Ўсма ёғи - бу ёғ иссиқлик севади шунинг учун бу ёғни қошга ишлатгандан кейин устига пакет ёки стрейч қилиб сочиқ билан ёпиб қойса  эффекти тезроқ бўлади.

Яна кокос ёғи ҳам яхши қош ва киприк учун
Вазелин ҳам ишлатса бўлади(вазелини виксатор қилиб ишлатсаям бўлади.


@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

16 Sep, 15:06


Yog‘li yuzlar uchun poralarni tozalovchi va ajinlarni yoyuvchi maska🤩.

🥚 Tuxum oqi
💦 Issiq suv
🥡 Kraxmal

Yaxshilab aralashtirib toza yuzga 15 daqiqaga surib iliq suvda yuvib tashlaysiz.Quruq yuzlar uchun mumkin emas.

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

15 Sep, 17:25


Yuzni oqartiruvchi layfxak☺️.

Tonalka
Pudra

Aralashtirib yuzingizga surtsangiz yuzingiz tiniq va oppoq bo‘ladi. Yuzida ugridan qolgan dog‘lar va qizarishlarni ham yopadi😊.

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

07 Sep, 16:19


Yuzni va qoraygan zonalarni oqartiruvchi maska 🔥😍

Kerak bo’ladi:

Guruch uni 1 qoshiq
Sut 1 qoshiq

Aralashtiramiz va yuzimizga yoki qoraygan zonalarga 10 minutga suramiz

Haftada 2 marta ishlatilinadi

Ulashib qo'ying 💌

📱MAN BILAN BOGʻLANISH
🌐INSTAGRAM
📱YOU TUBE
📍Toshkent shahar. Yashnobod tumani.Parkent koʻchasi 204
📞 +998330679393

Nilubeauty retseptlar💞

02 Sep, 03:47


Vazn yo‘qotishga yordam beradi. Qolaversa, uning foydasi bisyor.

☕️ Kofeni, chindan ham kerak bo‘lgandagina iching (yani xar kuni emas), shunda u tetiklashtiradi;

☕️ Ozish uchun, ovqatdan 1-2 soat o‘tgach iching, faqat, shakarsiz va gazaksiz ichish kerak:

☕️ Kofedan so‘ng, doyim, yetarli miqdorda suv iching;

☕️Kofe, past qon bosimini, normallashtirishga yordam beradi.

Bizdan yiroqlashmang ⭐️

Ulashib qo'ying 💌

💁‍♀📱MAN BILAN BOGʻLANISH
🌐INSTAGRAM
📱YOU TUBE
📍Toshkent shahar. Yashnobod tumani.Parkent koʻchasi 204
📞 +998330679393

Nilubeauty retseptlar💞

29 Aug, 17:43


Endi kosmetologga borib yuzingizni plastik qilishingizni hojati yoʻq🙂‍↔️.

📌 Osh sodasi - 0.5 choy qoshiq
📌 Aloye geli - 1 choy qoshiq
📌 Gurunch uni - 1 choy qoshiq
📌 Kastor yogʻi - 1 choy qoshiq
📌 Koʻk choy - 1 qoshiq

Yaxshilab aralashtirib toza yuzga 20 daqiqaga surasiz. Yuzni chuqur namlaydi, yoshartiradi.

📱MAN BILAN BOGʻLANISH
🌐INSTAGRAM
📱YOU TUBE
📍Toshkent shahar. Yashnobod tumani.Parkent koʻchasi 204
📞 +998330679393

Nilubeauty retseptlar💞

22 Aug, 16:11


Asal kraxmal va tuzdan tayyorlangan xitoy go‘zallik niqobi

Bu aralashma terini mukammal oziqlantiradi, teri ohangini tekislaydi, yangi paydo bo‘lgan dog‘larining ko‘rinishini sezilarli darajada kamaytiradi.

Tarkibi:
•1 choy qoshiq asal (suyuq asal)
•1 choy qoshiq kraxmal
•1 choy qoshiq tuz

Asal va kraxmalni bir hil oq rangga kirgunga qadar aralashtiring. Bir choy qoshiq maydalangan dengiz tuzi qo‘shing (oddiy yodlangan tuz bilan o‘rnini almashtirish ham mumkin)

Niqob tayyor, endi barcha tayyorlangan aralashma tugamaguncha yuzga bir necha qatlamlarda surtish mumkin.

Niqobni yuzga 25 daqiqa ushlab turish kerak, keyin yuviladi

Ulashib qo'ying 💌

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

19 Aug, 16:39


ozuqa beruvchi niqoblar

🌸 Terini doimiy ravishda foydali mikroelementlar bilan oziqlantirib turish lozim.

Buning uchun uy sharoitida bizga quyidagi vositalar yordam beradi:

🌸 Bir dona tuxum sarig‘ini olma yoki sabzi sharbati (mevadan sharbat olish uchun uni qirg‘ichdan chiqarib dokaga solib siqamiz) bilan aralashtiriladi va yuzga 10-15 daqiqaga suriladi. So‘ng iliq suv bilan yuvib tashlanadi.

Yana bir niqobni tayyorlash uchun bizga tvorog yordam beradi.

🌺 Bir osh qoshiq tvorogni 1 choy qoshiq suyuq asal bilan aralashtiramiz va yuzga 10-15 daqiqaga surib qo‘yamiz

(Muhim! Asalga allergiya yo‘qligini teriga ozgina surib ko‘rib oldindan tekshirib olish zarur). So‘ng iliq suvda yuvib tashlaymiz.

O‘zingizga mehr berishni unutmang, shunda sizni yana-da qadrlashadi.

Ulashib qo'ying 💌

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

19 Aug, 02:57


🛡Sochlar uchun niqob - sinalgan usul

✔️Uy sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan niqoblarning turi ko‘p. Ularning eng oddiy va samaralilaridan biri qatiqdir. Qatiqni sal isitib, sochlaringizga suring va 40 daqiqa ushlab turing.

✔️So‘ng boshingizni har doimgidek shampun bilan yuvib tashlang. Bunday usul sochni muloyim qilib, uni oziqlantiradi va namlantiradi.

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

17 Aug, 08:33


Kosmetologlar fikricha, 10 yoshga yoshartiruvchi niqob

Bu niqobdan yiliga 2-marta foydalanish kifoya qiladi. Kerakli mahsulotlar quyidagilar:

• 1 osh qoshiq asal
• 1 osh qoshiq smetana
• 50 gr tvorog
• 1 tuxum
• 6 tomchi limon suvi
• 1 ampuladan aloe, vitamin B1 va B12 (dorixonada sotiladi)

Barcha mahsulotlarni aralashtiring. Kechqurun tozalab yuvilgan yuzga (ko‘z ostiga ham) surtib, 15-20 daqiqa davomida shu holatda qoldiring. So‘ngra iliq suvda yuving.

Niqobni ikki hafta davomida yuzda qo‘llang. Olti oydan so‘ng muolajani takrorlash mumkin


@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

14 Aug, 01:52


ZANJABIL (IMBIR) OZDIRADIMI?

Ortiqcha vaznni kamaytirishdagi choy: 2 dona limon shirasi siqib olinadi va 300 ml.ga yetguncha qaynoq suv qo‘shiladi. Unga 2 choy qoshiq asal va 1-2 choy qoshiq maydalangan zanjabil qo‘shiladi. Choyni iliq holida ichish tavsiya etiladi

Ulashib qo'ying 💌

@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

10 Aug, 11:35


🪞Kiprik parvarishi

Homiladorlik va tug'ruqdan so'ng ayollarda qosh va kipriklar siyraklashishi mumkin. Lekin ularni parvarishlash, vitaminga boy ovqatlanish sababli yana o'z holiga ba'zida esa oldingidan ham uzun va qalinroq qilish mumkin. Quyida qosh-kiprik uchun balzam retseptinj keltiramiz, keling, uni birgalikda sinab ko'ramiz? 😌

Tarkibi:
«A» vitamini - 20 tomchi,
«E» vitamini - 15 tomchi,
1 choy qoshiq kastor yog‘i.


Kechasi 2 oy davomida kirpiklarni (qoshlarga ham mumkin) doimiy ravishda yog‘lash tavsiya etiladi.
Bir oy ichida kirpiklar qalinlashdi va ayniqsa sezilarli darajada - uzun bo'lishi mumkin.


✈️@nilubeauty_retsept

Nilubeauty retseptlar💞

05 Aug, 02:51


Chiroylilarimga zòr retsept òrgataman☺️

Yoqdimi sizga💋

Hatyabi reaksiya bilan bildirib qòying kutaman😇

@CosmetologSanjarovna