Amir Temur va tarix📝 @amir_temur_mp3 Channel on Telegram

Amir Temur va tarix📝

@amir_temur_mp3


🔷️ Assalomu Alaykum Va Rohmatullohi Va Barokatuh Aziz Dindoshim.

🔸Bizda son emas, sifat muhim!
══════════════
🔷️ Admin:@attoriy
🔷️ Guruh: https://t.me/Amir_Temur_mp3

Amir Temur va tarix (Uzbek)

Assalomu Alaykum Va Rohmatullohi Va Barokatuh Aziz Dindoshim! Sizni Amir Temur va tarix mavzusidagi Telegram kanalimizga taklif etamiz. Bu kanalda Amir Temur haqida ma'lumotlar, tarixiy voqealar, qisqa video va audiolavhalar paylashiladi. Kanalimizda Amir Temurning hayoti, ijodiy faoliyati va uning o'zbek xalqiga qattiq munosabati haqida ma'lumotlar olishingiz mumkin. Bizga qo'shiluvchilarmiz o'z fikrlarini, savollarini va mulohazalarini yozishlari va fikrlarini ifodalashlari uchun hushyorlik bilan kutib qolamiz. Sizga qanday yordam bera olishimiz mumkin? Amir Temur va tarix kanali siz uchun! Kanalga obuna bo'ling va tarixga sayohat qiling! Admin: @attoriy. Guruh: @Amir_Temur_Mp3_Guruh.

Amir Temur va tarix📝

06 Jul, 15:00


Буюк саркарда Амир Темур босиб олган ҳудудлар харитаси, 1371–1404-йиллар.

👉 https://t.me/Amir_Temur_mp3

Amir Temur va tarix📝

25 Jun, 06:00


Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universitetida 2024/2025-o'quv yili uchun qabul davom etyapti!

Ariza topshirish onlayn va bepul: tift.uz/apply | @tift_admission_bot

Yo‘nalishlar:

🏦 Iqtisodiyot:
• Bank ishi
• Iqtisodiyot
• Buxgalteriya hisobi va moliya
• Moliya
• Menejment
• Soliqlar va soliqqa tortish
• Turizm va mehmondo‘stlik
• Xalqaro munosabatlar

👩🏻‍🏫 Pedagogika:
• Pedagogika
• Jismoniy madaniyat
• Tarix

👷🏻Arxitektura va qurilish:
• Arxitektura
• Kadastr

📖 Tillar va adabiyot:
• Filologiya va tillarni o'qitish: Ingliz tili
• O‘zbek tili va adabiyoti
• Koreys filologiyasi

🖥 Kompyuter injiniringi (IT) va matematika:
• Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Matematika

📍Markaziy qabul ofisi manzili:
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Amir temur shoh ko'chasi, 15-uy.

☎️ Batafsil ma'lumot uchun:
+998712029229

Amir Temur va tarix📝

26 May, 16:57


Amir Temur diplomatiyasi uning harbiy muvaffaqiyatlari kabi muhim bo'lgan.

U o'z saltanatini mustahkamlash va kengaytirish uchun murakkab va har tomonlama puxta o'ylangan diplomatik strategiyalardan foydalangan.

Temurning diplomatik faoliyati quyidagi asosiy jihatlarni o'z ichiga oladi:

ittifoqlar tuzish;
nikoh orqali diplomatiya;
savdo yo'llarini nazorat qilish;
elchilar yuborish;
qo'rqitish va kuch ishlatish;
madaniy va ilmiy almashuvlar.

Temur davrida Samarqand ilm-fan va madaniyat markaziga aylangan, bu esa uning diplomatik muvaffaqiyatlaridan biri edi.

#AmirTemur #Diplomatiya #Tarix #O'zbekiston

Amir Temur va tarix📝

22 May, 02:02


📚Sohibqiron Amir Temurga tegishli boʻlgan va hozirgi davrga qadar saqlanib qolgan ashyolar haqida bilasizmi?

🗡 Amir Temur qilichi. Tigʻ qismi poʻlatdan, sopi esa oltindan yasalib, qimmatbaho toshlar qadalgan bu qilich hozirda Erondagi “Mashhad” saroy muzeyida saqlanmoqda.

🛡Amir Temur sovuti. Laʼl va zumrad qadalgan ushbu sovut Turkiyadagi milliy universitet muzeyidan joy olgan.

📖 “Temur tuzuklari” asarining asl qoʻlyozmasi. Ushbu asar hozirda Fransiyaning “Rotshild” muzeyiga qoʻyilgan.

💍 Amir Temur uzugi. Oltindan yasalib, qimmatbaho nefrit tosh qadalgan va fors tilida “Rosti-Rusti”, yaʼni “Kuch adolatdadir” yozuvli bu uzuk AQShdagi Metropoliten muzeyida saqlanmoqda.

💎 Amir Temur yoquti. Bu bebaho boylik Sohibqironga Hindistonga qilgan yurishida hadya qilingan. Unga qadar ham 800 yillik tarixga ega boʻlgan. Bu yoqut hozirda Quvaytdagi “Islom boyliklari” xususiy kolleksioneri muzeyidan oʻrin egallangan.

@Amir_Temur_mp3

Amir Temur va tarix📝

21 May, 03:22


🔶 ULUG‘BEK RASADXONASI.

Ayrim qoʻlyozmalar ("Boburnoma")ga koʻra, balandligi 30,4 m dan iborat 3 qavatli qilib qurilgan. Unda oʻndan ortiq turli astronomik qurilma va asboblar bo'lgan. Ulardan eng asosiysi radiusi 40,2 m li qoʻshaloq yoydan iborat kvadrant (yoki sekstantga yaqin) qurilma hisoblanadi. Rasadxonada kichik oʻlchamli asboblar: armillyar sfera, 2, 4 va 7 halqadaniborat oʻlchov asboblari, triangula, quyosh hamda yulduz soatlari, asturlob va boshqalar boʻlgan. Bu ilmiy uskunalar yordamida Quyosh, Oy, sayyoralar va alohida yulduzlar kuzatilgan. Mirzo Ulugʻbekning eng yirik astronomik asari "Ziji Koʻragoniy" rasadxonada yaratilgan. Uning qurilishi va keyingi ilmiy faoliyati Ulugʻbek taklifi bilan yigʻilgan qator mashhur olimlar: Gʻiyosiddin Koshiy, Qozizoda Rumiy, Ali Qushchi va boshqalar nomi bilan bogʻliq.

Ⓜ️anba: Vikipediya
══════════════
🌐:
@Amir_Temur_mp3     
══════════════

Amir Temur va tarix📝

19 May, 02:45


Do'st-dushmandan kimki menga iltijo qilib kelgudek bo'lsa, do'stlarga shunday muomala qildimki, do'stligi yanada ortdi, dushmanlarga esa shunday munosabatda bo'ldimki, ularning dushmanligi do'stlikka aylandi.

• Amir Temur ibn Amir Taragʻay ibn Amir Barqul
══════════════
🌐:
@Amir_Temur_mp3     
══════════════

Amir Temur va tarix📝

18 May, 07:39


Amir Temur har bir farmonini maslahatlashuv orqali amalga oshirgan. Sohibqiron Turon tuprog‘ida hukm surgan saltanatlarning tarixini yaxshi bilgan. Shu bois har bir zamonda hukmronlik qilgan g‘oya va mafkuralarning falsafiy negizini chuqur anglagan. Bu bilim asosida o‘z davlati uchun mafkuraning falsafiy asoslarini yaratgan. Xavfsizlik kengashi ham ana shu bilimlar hosilasidir. Kengashlarda nafaqat harbiy masalalar, balki xalq manfaatiga xizmat qiladigan ijtimoiy masalalar ham ko‘rilgan va hayotga tatbiq etilgan. Umuman olganda, Amir Temur yuritgan siyosat bag‘rikengligi, ko‘pchilikning fikriga tayanishi bilan ham qadrli. Eng muhimi, bunday qadriyatlarning davlat boshqaruvida ilgari surilgani faqat Turonga xos bo‘lgan jihatlardir. Davlat miqyosida chaqirilgan yig‘inlarda ko‘rilayotgan masala yuzasidan anjuman qatnashchilari amali va mavqeidan qat’i nazar fikrlarini bildirgan. Bunday ochiqlik muhitini Amir Temurning o‘zi yaratgan edi.

Amir Temur jamiyatni toza, xalqni yuksak axloq doirasida tutishga intildi, bu xususda ham maxsus qonun va qoidalarni joriy qildi”, deb yozadi akademik Bo‘riboy Ahmadov. Darhaqiqat, Amir Temurga zamondosh tarixchilarning guvohlik berishicha, sohibqironning insonparvar g‘oyalari saltanatning barcha viloyatlarida targ‘ib qilingan va qayerda adolat buzilsa, buzg‘unchilar qonun posbonlari tomonidan jazoga tortilgan. Shuningdek, Temur davlatida ma’rifatga e’tibor kuchli bo‘lgani mamlakat boshqaruviga ijobiy ta’sir o‘tkazgan. Aynan shu jihat Temur saltanatida ijtimoiy hayotni yaxshilashga yordam bergan. Xususan, Sharafiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Fasih Xavofiyning “Mujmali Fasihiy”, Xondamirning “Xulosat ul-axbor” asarlarida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘sha davr shifoxonalarida madrasalarda bilim olgan yuzlab iste’dodli tabiblar ishlagan. Bu yetuk shifokorlar bemorni davolash bilan birga madrasalarda ta’lim ham bergan.

@Amir_Temur_mp3

Amir Temur va tarix📝

17 May, 08:22


Amir Temur davrida oilaga bo‘lgan e’tibor!

Amir Temur davrida oilalarga alohida e’tibor qaratilgan. Amir Temurning buyuk asari “Temur tuzuklari”ni varaqlar ekanmiz, oila masalasiga, farzandlar tarbiyasi va kelajagiga alohida e’tibor berilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Buyuk sohibqiron Amir Temur oila qurish masalasiga davlat yumushlaridek juda jiddiy e’tibor bergan. Buyuk Sohibqiron xususan oila qurish, farzandlarni uylantirish va kelin tanlash haqida kuyidagi fikrlarni bildirgan: “O‘g‘illarim, nabiralarim va yaqinlarimni uylantirmoq tashvishida kelin izlamoqqa e’tibor berdim. Bu ishni davlat yumushlari bilan teng ko‘rdim. Kelin bo‘lmishning nasl-nasabini, yetti pushtini surishtirdim. Xos odamlar orqali sog‘liq-salomatligini, jismonan kamolatini aniqladim. Kelin bo‘lmish nasl-nasabasi, odob-axloqi, sog‘lom va baquvvatligi bilan barcha qusurlardan xoli bo‘lsagina el-yurtga katta to‘y-tomosha berib, kelin tushurdim.

@Amir_Temur_mp3

Amir Temur va tarix📝

14 May, 04:02


Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.

• Amir Temur
═════════════
🌐:
@Amir_Temur_mp3     
══════════════

Amir Temur va tarix📝

13 May, 11:07


,,OQSAROY"
Oqsaroy — Shahrisabzdagi meʼmoriy yodgorlik (1380—1404). Amir Temur qurdirgan. Shaharning shimoli sharqidagi bosh maydonda joylashgan. Bir zamonlar muhtasham, xashamatli boʻlgan bu saroyning bizgacha yemirilib, haroba holga kelgan ulkan peshtogʻi, ikki chekkasidagi minorasi, saroy poydevorining bir qismigina saqlangan. Oqsaroyning hozirgi koʻrinishi ham salobatli va goʻzaldir. Bu salobatlilik va goʻzallikka gʻishtlarning yaxlit boʻlib koʻrinishini taʼminlash — old va shimoliy devor yuzasini sirkor parchinlar bilan bir tekisda ishlash tufayli erishilgan. Peshtoq ravogʻining eni 22,5 m, balandligi 40 m, umumiy balandligi 50 m dan oshadi. Peshtoq minorasi ichidagi aylanma zina orqali yuqoriga chiqilgan.
══════════════
🌐Kanal:
@Amir_Temur_mp3
══════════════

Amir Temur va tarix📝

13 May, 08:31


“Puldor bo'lishning ikkita yo'li mavjud, xolos. Birinchisi nihoyasiz istaklarni jilovlash, ikkinchisi esa pulni ko'paytirishdir. Ikkalasini bir vaqtda amalga oshirgan inson donodir”.

© Benjamin Franklin


@Amir_Temur_mp3

Amir Temur va tarix📝

13 May, 05:08


Boburiy hukmdor buyuk Avrangzeb Olamgir. Avrangzebni hindlar va boshqa gʻayrimusulmonlar tomonidan yomonlashga urinishadi, lekin haqiqiy musulmon olimlarini uning xizmatlari tufayli Olamgirni Akbarshoxdan koʻra ancha buyukroq ekanini isbotlashgan.

@Amir_Temur_mp3

Amir Temur va tarix📝

12 May, 10:05


​​🕌 Фаластиннинг мусулмонлар учун қандай қадри бор-ки, йилдан йилга у учун жонини фидо қилувчилар сони кўпайса кўпаядики, лекин камаймайди?

Фарзандларингизга айтиб беринг - Фаластинда бизнинг илк қибламиз бўлган! Айнан ўша ерда инсоният саййиди Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам билан меърож ҳодисаси содир бўлган!

Аллоҳ ушбу ерни муқаддас қилиб, олдинги кўплаб пайғамбарлар учун бошпана бўлишини ирода қилган:

Иброҳим алайҳиссалом Фаластинга кўчиб ўтган;

Лут алайҳиссалом қавми ҳалок қилингандан сўнг у зот Фаластинга йўл олганлар;

Довуд алайҳиссалом Фаластинда гумбаз қурганлар;

Сулаймон алаҳиссалом Фаластинда бўла туриб бутун дунёга подшохлик қилган;

Қуръондаги Намл сураси, 18 оятдаги ҳодиса ҳам Фаластин яқинидаги Асқалон шаҳрининг ан-намл водийсида содир бўлган;

Фаластинда Закариё алаҳиссаломнинг ҳам гумбазлари бор;

Аллоҳ Мусо алаҳиссаломга бани исроил Фаластинга йўл олишини буюришини ваҳий қилган;

Фаластин Мусулмонлар Ватанидир!

@Amir_Temur_mp3

Amir Temur va tarix📝

12 May, 06:00


🔶 AMIR TEMUR QABRI.

1941 yilda 20 iyunda Amir Temur qabri ochiladi va ikki kun o‘tgach Germaniya SSSRga hujum qiladi. Shundan so‘ng odamlar orasida Temur qabrining ochilishi tufayli urush boshlandi degan gap so‘zlar tarqaladi. Lekin, fashistlar Sovet Ittifoqiga hujum qilish rejasini ancha oldin tuzib qo‘ygan edilar. Ikkinchi jahon urushining boshlanishini Amir Temur qabrining ochilishi bilan bog‘laydiganlar juda ko‘p. Bu haqda katta ilmiy maqolalar, hujjatli filmlar, ko‘rsatuvlar ham tayyorlangan edi. Temur qabridan olingan bosh suyak parchalari o‘z joyiga qaytarilgach, urush barham topgan degan taxminlar ham yo‘q emas.
👉
Qabr Ochilishi Haqida To'liqroq(Video)
══════════════
🌐:
@Amir_Temur_mp3     
══════════════