Aholiga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish hamda yetkazib berilayotgan elektr energiyasini tarmoqlarda hamda transformator punktlarida texnologik yoʼqotishlarini oldini olish maqsadida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali tomonidan hududlarda mavjud elektr qurilmalari nazoratdan o’tkazilib aniqlangan muammolar yuzasidan kerakli choralar ko’rilmoqda.
Xususan, shahar va tumanlarda mavjud har bir tarnsformator punktlari va 6-10 kV kuchlanishli tarmoqlarni joriy va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilib, teplovizor qurilmasi yordamida qizigan ulanmalarni,transformatorlarni qizish holatlari aniqlanib, kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali matbuot xizmati
Het.uz | Facebook | Instagram | YouTube | Telegram