"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali @xorazmenergo Channel on Telegram

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

@xorazmenergo


"Hududiy elektr tarmoqlari"AJ Xorazm hududiy filialining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali

""Ishonch" telefon: 1154
Murojaatlar uchun: @xorazmhetmuloqot

Hududiy elektr tarmoqlari AJ Xorazm hududiy filiali (Uzbek)

Hududiy elektr tarmoqlari AJ Xorazm hududiy filialining telegram ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy kanali nn"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali telegram kanalida elektroenergiya sohasidagi so'nggi yangiliklar, texnikaviy ma'lumotlar, xizmatlardan foydalanish bo'yicha qulayliklar va boshqalar haqida ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Kanalda hududiy elektr tarmoqlari sohasi bilan bog'liq savollaringizga javob olishingiz hamda mehnat bozorlar, sohasi so'nggi yangiliklari va qonunchilik bilan tanishingiz mumkin. AJ Xorazm hududiy filialining telegram kanaliga a'zo bo'lib, yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'ling. Ijtimoiy tarmoqda hamkorlikda yangi yuksakliklarga yulduzlaning!
"Ishonch" telefon: 1154 nMurojaatlar uchun: @xorazmhetmuloqot

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

29 Jan, 16:09


Ijtimoiy tarmoqlarda  “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ nomidan noma’lum ilovani havola orqali yuklab olib,  barcha kommunal to‘lovlar uchun 200.000 so‘m taqdim etilishi to‘g‘risida xabarlar tarqalmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari"  AJ mazkur xabarlar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qilgan holda bunday ilovalarni ko‘chirib olmaslik va tavsiya etilgan havolalarga kirmaslikni so‘rab qoladi.

Iste’molchilardan zarur hollarda rasmiy "HET BILLING”  mobil ilovasini Google play hamda App store orqali bepul yuklab olishlari mumkinigini eslatib o‘tamiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

29 Jan, 15:08


Hazorasp, Urganch, Qoʻshkoʻpir tumanlarining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Hazorasp tumanining: Amudaryo, Aloqali koʻl, Yangibozor (soat 10:00 dan 15:00 gacha), Otaliq, Sulaymonqalʼa, Sharof Rashidov, Ishchilar, Oybek mahallalarida (soat 10:00 dan 18:00 gacha);

Urganch tumanining: Yuqori jirmiz, Qoramon, Beruniy, Kattabogʻ mahallalarida (soat 10:00 dan 16:00 gacha);

Qoʻshkoʻpir tumanining: Yovgʻir, Gulzor, Yangilik (soat 11:00 dan 13:00 gacha), Kenagas, Dovud, Qoramon, Zarbdor, Mashrab Oʻzbekiston, Shixmaxshad mahallalarida (soat 11:00 dan 18:00 gacha);

Joriy yilning 30-yanvar kuni joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

29 Jan, 11:26


Xiva shahrida infratuzilmani yaxshilash va aholiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda amaliy ishlar bajarilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan Xiva shahar “Angarik” mahallasidagi elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari jadal sur’atda davom etmoqda. Ushbu ta’mirlash doirasida eskirgan yog‘och ustunlar o‘rniga yangidan 15 ta temir-beton ustunlari o‘rnatilmoqda.

Shuningdek, ushbu mahalla aholisini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan SIP kabeli o‘tkazilmoqda. Bu esa, elektr energiyasini aholiga uzluksiz va barqaror yetkazib berish imkoniyatini oshiradi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

29 Jan, 05:17


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan hududlarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini yangilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Tafsilotlar “O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” tahliliy dasturining navbatdagi sonida.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

29 Jan, 04:01


Xonqa tumanining “Do’stlik” mahallasini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida

Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash va aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida, tegishli qarorga asosida Xonqa tumanining “Do’stlik” mahallasida yangidan qurilish va mukammal ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bugungi kunda, mazkur mahalladagi eski yog’och ustunlari o’rniga yangi 32 ta temir beton ustunlari va 1,5 km SIP kabel o’tkazish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, elektr energiyasini yetkazib berishda yo’qotishlarni kamaytirish maqsadida mahalladagi mavjud 2 ta quvvati 100 kVAli bo’lgan transformatorlarni va 3,8 km havo tarmog’ini mukammal ta’mirlash ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

28 Jan, 14:05


Xorazm viloyati prokuraturasi va “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali bilan birgalikda Shovot tumanidagi yirik isteʼmolchilar bilan energo resurslarni tejash va ulardan oqilona foydalanish boʻyicha profilaktik tushuntirishlar oʻtkazildi.

Xususan, Shovot tumanidagi elektr energiyasini isteʼmol qilayotgan yirik isteʼmolchilarga yillik isteʼmolining 50 foizi miqdorida quyosh panellari va geliokollektor oʻrnatish boʻyicha tushuntirish berildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

28 Jan, 13:52


Аҳоли ва хўжалик субъектлари биноларининг камида 50 фоизида қуёш панеллари ўрнатилади – Энергетика вазири

Бундан ташқари истеъмол қилинаётган электр энергия, табиий газ ва бошқа иссиқлик манбаларини тежаш, жумладан, бинолардаги энергосамарадорлик ресурсларидан умумий фойдаланиш бўйича дастур тайёрланади.

👉 https://kun.uz/kr/49456364

Kun.uz расмий канали

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

28 Jan, 04:16


Axborot 24 | Prezident Shavkat Mirziyoyev «Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot» yili davlat dasturi loyihasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

27 Jan, 18:42


“Binokor” mahallasi aholisiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan aholiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Urganch shahar “Binokor” mahallasi aholisiga sifatli elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida 10 ta tayanch ustunlari va 350 metr ochiq sim kabelini yangidan oʻtkazish ishlari bajarilmoqda.

Aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amaliy ishlar viloyatimizning barcha hududlarida davom etmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

27 Jan, 17:39


Qoʻshkoʻpir, Gurlan, Hazorasp, Urganch, Yangibozor, Bogʻot tumanlari va Urganch shahrining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar boʻlishi mumkin.
 
Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilariOʻzbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:
 
Qoʻshkoʻpir tumanining: Xosiyon, Tagalak, Koʻnazey mahallalarida (soat 11:00 dan 13:00 gacha);
 
Gurlan tumanining: Chinobod, Toza yorgan, Olgʻa, Katli mahallalarida (soat 10:00 dan 18:00 gacha);
 
Hazorasp tumanining: Boʻston, Qovunchi, Bogʻdor,Mustaqillik, Navroʻz mahallalarida (soat 10:00 dan 18:00 gacha);
 
Urganch tumanining: Xojiboylar, Turkmanlar, Shoxidonlar (soat 10:00 dan 14:00 gacha), Beshayvon, Uch koʻprik, Oq ariq mahallalarida (soat 10:00 dan 18:00 gacha);
 
Yangibozor tumanining: Qadriyat, Istiqlol, Iftixor, Oltin koʻl, Choʻbolonchi mahallalarida (soat 10:00 dan 16:00 gacha);
 
Bogʻot tumanining: Nurli maskan, Gulshan, Obod mahallalarida va
Oltin qum shaharchasi (soat 10:00 dan 16:00 gacha), Boʻka maxallasida (soat 10:00 dan 18:00 gacha);
 
Urganch shahrining:Kamolot, Shodlik, Beshayvon mahallalarida (soat 10:00 dan 18:00 gacha);

Joriy yilning 28-yanvar kuni joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʻlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʻraymiz.
 
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali
Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

27 Jan, 14:56


Urganch shahrining "Ko'xna qal'a" mahallasida joylashgan 3347-sonli transformator punktidan chiquvchi 6 kVli kabel tarmog'ida ehitiyotsizlik natijasida nosozlik yuzaga kelgan.

Tezkor chiqish brigadalari tomonidan nosozlik aniqlanib, bartaraf qilish ishlari bajarildi.

Ushbu nosozlik natijasida "Ko'xna qal'a", “Feruz” va “Mustaqillik” mahallalarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatildi.

Tez fursatda nosozlikni aniqlanib, elektr energiyasi to'liq tiklandi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

25 Jan, 04:09


Inson manfaatlari oliy qadriyatdir

Mamlakatimizda inson manfaatlari, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash, aholi tomonidan yo’llangan har bir murojaatga mas’uliay bilan yondashgan holda ijobiy hal etish har bir tashkilotining burchi hisoblanadi. Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialiga yo’llangan har bir murojaat joyiga borgan holda ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda.

Xususan, Yangiariq tumani “Ogahiy” mahallasi fuqarolari xonadonlarida elektr quvvati kamligi yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filialiga murojaat yo’llangan edi. Bugungi kunda mazkur mahallada o‘rganish ishlari o’tkazilib, aholini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 10 ta yangi temir beton ustunlari va 350 metr zamonaviy SIP tarmog’i o‘tkazilib, aholi xonadonlariga ulash ishlari olib borilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

24 Jan, 04:04


Yangiariq tumanida "Xo'jalar" mahallasida "Obod xonadon, obod ko'cha, obod mahalla" dasturi doirasida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan elektr energiyasini yaxshilash ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

23 Jan, 11:34


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar tо‘g‘risida matbuot anjumani о‘tkazildi

Bugun, 23 yanvar kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida ““Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan sohada raqamlashtirish bо‘yicha olib borilayotgan ishlar: mavjud muammolar va kelgusi rejalar” mavzuiga bag‘ishlangan matbuot anjumani о‘tkazildi.

Jamiyat mutasaddilari ishtirok etgan anjumanda soha mutaxassislari, keng jamoatchilik va OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etdilar.

Ta’kidlanganidek, keyingi yillarda sohaga raqamlashtirish jarayonlarini keng tatbiq etish bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta farmon va qarori qabul qilingan bо‘lib, ularga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan jami 15 ta asosiy ustuvor loyiha amalga oshirilishi belgilangan.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

07 Jan, 09:39


2016 — 2024-yillarda respublika iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash ko‘rsatkichlari:

2016-yil – 45,7 mlrd kVt⋅soat;
2017-yil – 47,4 mlrd kVt⋅soat;
2018-yil – 50,5 mlrd kVt⋅soat;
2019-yil – 52,7 mlrd kVt⋅soat;
2020-yil – 55,8 mlrd kVt⋅soat;
2021-yil – 59,1 mlrd kVt⋅soat;
2022-yil – 62,6 mlrd kVt⋅soat;
2023-yil – 66,1 mlrd kVt⋅soat;
2024-yil – 67,5 mlrd kVt⋅soat*.

2024-yili iste’molchilarga 2016-yildagiga nisbatan 21,8 mlrd kVt⋅soat yoki 48 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berildi.

*tezkor ma’lumot

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

06 Jan, 14:07


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “Ҳадеб таъмирлаш деб свет ўчирилади, лекин қани таъмирлаш?”nomli mavzusi yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan

RASMIY MUNOSABAT

Mazkur murojaat yuzasidan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan elektr uzatish ustuni Urganch tumani “Shodlik” mahallasi “Tinchlik” ko‘chasi joylashganligi aniqlanib, ushbu mahallani sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida yangi turdagi SIB tarmog‘i o‘tkazilgan bo’lib, mahalladagi barcha xonadonlar yangi elektr tarmog‘iga ulanganligi sababli murojaatda ko‘rsatilgan elektr tarmog’i ustuni joyidan olib tashlanganligini ma‘lum qilamiz.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

06 Jan, 11:17


Korrupsiya haqida xabar bering!

Hurmatli fuqarolar! Agar siz, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning filial va korxonalari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga duch kelsangiz, quyidagi aloqa manzillariga xabar berishingizni so‘raymiz:

Ishonch telefoni: +998781507561,

Telegram-bot: @HETanticor_bot ,

Call-markaz: 1154

Eslatib o‘tamiz: Qonunchilikda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar qiluvchi shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida bo‘lishi belgilangan.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

06 Jan, 10:00


"Chakka sholikor" mahallasida joylashgan 5168-sonli 250 kVAli transformatorida kelib chiqqan nosozlik tufayli ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.

Kelib chiqqan nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf qilish, iste'molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan, tezkor chiqish brigadalari va maxsus texnika vositalari jalb qilingan holda nosoz transformator o‘rniga Urganch tuman elektr ta’minoti zaxiradagi yangi transformatorga almashtirildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

06 Jan, 05:05


Xonqa tumanining ayrim hududlari elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar boʼlishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi isteʼmolchilari Oʼzbekiston Respublikasi elektr stantsiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidan viloyatimizning:

Xonqa tumanining: Pahlavonlar, Fidoiylar, Barkamollik, Ezgulik, Gulguncha, Ehtirom, Vatanparvar mahallalarida;

Joriy yilning 6-yanvar kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi taʼminotida vaqtinchalik uzilishlar boʼlishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr soʼraymiz.

“Hududiy elektr tarmoqlari” АJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

04 Jan, 04:38


⚡️Qishda elektr energiyasini tejash bo‘yicha 10 ta maslahat.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

03 Jan, 15:43


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tasarrufidagi barcha shahar va tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan joylarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va yangilashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin tomonidan Xonqa tumanining “Do’stlik” mahallasi aholisi uchun yetkazib berilayotgan elektr energiyasi sifati yanada yaxshilash, elektr tarmog‘idagi yo‘qotishlarni kamaytirish maqsadida 14162-sonli transformator punktidan chiquvchi 0,4 kVli elektr uzatish tarmog‘i o'rniga zamonaviy SIP kabellar o‘tkazish ishlari bilan tanishdi. Shu bilan birga, mahalladagi elektr energiyasi sifati yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlashildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

03 Jan, 05:47


Rasman: Vazirlar Mahkamasining 894-son qarori talablari notoʻgʻri talqin qilinmoqda. Qoidalarning 85-bandida maishiy isteʼmolchilar koʻzda tutilmagan

Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi isteʼmoli 200 kilovattdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 soʻm emas, 540 soʻmdan toʻlanadi” mazmunida notoʻgʻri maʼlumot aylanmoqda.

Ayrim blogerlarning qaror mohiyatini toʻla anglab yetmay turib, notoʻgʻri maʼlumot tarqatishlari tufayli aholi orasida turli tushunmovchiliklar paydo boʻlmoqda.

Biz bloger va jurnalistlarni ijtimoiy masʼuliyatli boʻlishga, xayp ortidan quvib, oʻzlari tushunib yetmagan maʼlumotni tarqatishdan tiyilishga chaqiramiz.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

03 Jan, 04:51


Ijtimoiy tarmoqlarda “Elektr energiyasi iste’moli 200 kilovatdan oshsa, har bir kilovatt uchun 900 sо‘m emas, 540 sо‘mdan tо‘lanadi” mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur xabar mutlaqo asossiz ekanligini ma’lum qiladi.

Xabarda "Hisob-kitob davrida iste’molchilar tomonidan (maishiy iste’molchilardan tashqari) elektr energiyasi iste’moli shartnomaviy miqdordan 10 foiz va undan ortishiga yо‘l qо‘yilgan taqdirda, ortiq iste’mol qilingan elektr energiyasi uchun belgilangan tarifning ikki baravari miqdorida qо‘shimcha tо‘lov undiriladi." keltirilgan jumlani о‘zidayoq maishiy iste’molchilardan tashqari deb aniq ifoda etilgan

Hukumatning tegishli qaroriga asosan bu tartib faqatgina yuridik shaxslar uchun amal qiladi.

Ijtimoiy tarmoqdagi turli xil kanallar adminlari va egalaridan bunday assosiz xabarlarni taratmaslikni sо‘rab qolamiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

31 Dec, 19:07


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

31 Dec, 17:09


XORAZM VILOYATIDA BAYRAM KUNLARI AHOLINI BARQAROR ELEKTR ENERGIYASI BILAN TA’MINLASH MAQSADIDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisining topshirig‘iga asosan bayram kunlari aholiga uzluksiz elektr energiyasini yetkazib berish maqsadida Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin boshchiligida ishchi guruh tomonidan Gurlan tuman elektr ta'minoti tomonidan tashkil etilgan tezkor chiquvchi brigadalar, maxsus avtotransport vositalari xizmatga tayyorligi va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqin tanishmoqdalar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

31 Dec, 16:35


Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchisi Ulug‘bek Mustafoyev "Hududiy elektr tarmoqlari " AJda faoliyat yuritayotgan barcha ishchi-xodimlarni hamda xamkorlarni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan samimiy muborakbod etadi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

31 Dec, 13:11


#live
#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Urganch shahar Xonqa ko'chasidagi elektr tarmog'ining ustuniga avtotransport vositasini kelib urilishi natijasida  podstansiya "Suvchi" chiquvchi 6 kVli elektr uzatish tarmog'iga zarar yetkazilgan.

Ayni damda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin nazorati asosida tezkor chiqish brigadalar tomonidan ushbu avariya holatini bartaraf qilish ishlari olib borilmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

30 Dec, 21:25


#live #24_soatlik_navbatchilik_asosida



“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali bosh muhandisi Sh.Abdullayev tomonidan Xonqa tuman elektr ta'minoti tomonidan tashkil etilgan tezkor chiquvchi brigadalari, maxsus avtotransport vositalari xizmatga tayyorligi va xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqin tanishmoqdalar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

29 Dec, 23:13


#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Navbatdagi maxsus brigadalardan tashkil topgan tezkor guruhlar manzili— Xiva shahri va Xiva tumani elektr taʼminotlari.

Habar berganimizdek, elektr ta'minoti tizimi barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar uzluksiz davom etmoqda.

Viloyatimiz hududida yomgʻirli ob-havo kuzatilayotganligi sababli "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin Xiva shahar va Xiva tuman elektr ta'minotidagi tezkor brigadalardan tashkil topgan guruhlarning shay holatlari ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

29 Dec, 22:46


#24_soatlik_navbatchilik_asosida

Bayram kunlarida elektr ta'minoti tizimi barqarorligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar uzluksiz davom etmoqda.

Bayram kunlari aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida barcha tuman va shaharlarda 24 soatlik ish rejimida faoliyat olib borayotgan maxsus brigadalardan tashkil topgan tezkor guruhlarning Yangiariq tumanida tashkil etilgan tezkor chiqish birigadalar faoliyati va ishchi xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan oʻrganildi.

Ayni damda, viloyat hududida yomgʻirli ob-havo kuzatilayotganligi sababli "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin Yangiariq tuman elektr ta'minotidagi tezkor brigadalardan tashkil topgan guruhlarning shay holatlari bilan yaqindan tanishdi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

28 Dec, 20:48


#live #24_soatlik_navbatchilik_asosida

Ayni damda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin bayram kunlari aholiga uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlash va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan avariya holatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida Shovot tuman elektr ta'minotidagi tezkor brigadalardan tashkil topgan guruhlarning shay holatlar va navbatchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

28 Dec, 19:57


#live #24_soatlik_navbatchilik_asosida

Bayram kunlari xalqimiz uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida elektr ta'minoti tizimida ham qoʻshimcha chora tadbirlar olib borilmoqda.

Xorazm viloyatining barcha tuman va shaharlarida bayram kunlari aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida barcha tuman va shaharlarda maxsus brigadalardan tashkil topgan guruhlar uzluksiz 24 soatlik ish rejimida faoliyat olib bormoqdalar.

Ayni damda, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori S.Beregin Qo'shko'pir tuman elektr ta'minotidagi tezkor brigadalardan tashkil topgan guruhlarning shay holatlar va navbatchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

27 Dec, 15:39


BAYRAM KUNLARI ELEKTR ENERGIYASINING BARQAROR YETKAZIB BERISH CHORALARI KO‘RILADI

“Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Asrorjon Asqarov yangi yil va bayram kunlari – 2024-yil 30-dekabrdan 2025-yil 3-yanvargacha iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlashga bag‘ishlangan elektr tarmoqlari shtabining yig‘ilishini o‘tkazdi.

Batafsil
______________________

ПРЕДПРИНИМАЮТСЯ МЕРЫ ПО СТАБИЛЬНОЙ ПОСТАВКЕ ЭЛЕКТРОЭНЕРГИИ В ПРАЗДНИЧНЫЕ ДНИ

Председатель правления «Региональные электрические сети» Асроржон Аскаров провел штаб электросетевого комплекса, посвященный обеспечению надежного электроснабжения потребителей в период новогодних и праздничных дней – с 30 декабря 2024 года по 3 января 2025 года.

Подробнее

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

26 Dec, 07:49


REJADAN TASHQARI TEKSHIRUVLAR TALON-TAROJ QILISH HOLATLARINI OLDINI OLMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Komplayens nazorat tuzilmalari tomonidan muntazam ravishda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va noqonuniy holatlarni aniqlashga qaratilgan tadbirlar о‘tkazib kelinmoqda.

Joriy yilning о‘tgan davri davomida Komplayens nazorat xizmati xodimlari tomonidan reyd tadbirlari о‘tkazilib, ularda qiymati 71 065,1 mlrd. sо‘mlik 67 989,2 ming kVt.soat elektr energiyasidan qonunga xilof ravishda foydalanish holati aniqlangan va qayta hisob-kitob qilingan.

Bundan tashqari elektr energiyasi ta’minotida rejadan tashqari tekshiruv va monitoring tadbirlari natijasida 165 ta qoidabuzarlik aniqlanib, 32 531,2 mlrd. sо‘mga yaqin moliyaviy xato va kamchiliklar hamda 23 635,2 mlrd. sо‘mdan ortiq о‘zlashtirish va talon-taroj qilish holatlari oldi olindi.

Batafsil

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

25 Dec, 15:02


“JANUBIY” PODSTANSIYASIDA AVARIYA HOLATLARINI OLDI OLISH MAQSADIDA TA’MIRLASH ISHLARI OLIB BORILMOQDA

Viloyatimiz aholisi va ijtimoiy soha obyektlarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash hamda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan avariyaviy holatlarni oldini olish maqsadida, podstansiyalarda mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Ayni vaqtda Urganch tumanida joylashgan "Janubiy" 110/6 kVli podstansiyasida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari tomonidan elektr qurilmalarni ko’rikdan o’tkazish va o'z muddatida almashtirilishi kerak bo’lgan qurilmalar yangisiga almashtirilmoqda.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

25 Dec, 05:17


Jahon banki tomonidan Xorazm viloyatida yangi 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishi loyihasi doirasida bank kafolati ko‘rinishidagi 3,5 mln dollarlik moliyalashtirishni ma’qulladi.

Ushbu kafolat "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJning quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh fotoelektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi.

Xorazm viloyatidagi ushbu obyektni qurish va ekspluatatsiya qilish bilan Fransiyaning "Voltalia" kompaniyasi shug‘ullanadi.

Quyosh elektr stansiyasini 2025-yil yakuniga qadar ishga tushirish rejalashtirilgan. U 183 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 240 million kVt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi.

Uning faoliyati yiliga 100 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini kamaytirish va 91 mingga yaqin uy xo‘jaliklarini toza energiya bilan ta’minlash imkonini berishi kutilmoqda. Loyiha mamlakatning toza energiya ishlab chiqarishni ko‘paytirish va “yashil” iqtisodiyotga o‘tish borasidagi sa’y-harakatlariga salmoqli hissa qo‘shadi.

Quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish uchun “Voltalia” tomonidan “Sarimay Foreign Enterprise LLC” loyiha kompaniyasi tashkil etilgan. Kompaniya ushbu obyekt loyihasini ishlab chiqish, moliyalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilish uchun javob beradi.

Jahon banki tomonidan taqdim etilgan 3,5 mln dollargacha bo‘lgan bank kafolati “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning Sarimay Foreign Enterprise LLC kompaniyasidan elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha to‘lov majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi. Ushbu kafolat, shuningdek, Xorazm viloyatida loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 80 million dollarlik qo‘shimcha kapital investitsiyalarni, shu jumladan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan 54 million dollardan ortiq moliyalashtirishni jalb qilishga yordam berdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

24 Dec, 09:50


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ barcha elektr energiyasi iste’molchilarini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabriklagan holda, bayram munosabati bilan e’lon qilingan bayram va qo‘shimcha dam olish kunlari (28-dekabr 1-yanvar) davomida qarzdorlik tufayli xonadoningizda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar bo‘lishini oldini olish maqsadida foydalanilgan elektr energiyasi uchun mamlakatimizda mavjud to‘lov tizimlari (Click, Payme, Paynet) hamda banklarning mobil ilovalari orqali to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkinligini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Ma’lumot uchun: respublikamizda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning joriy etilishi munosabati bilan qarzdorlar avtomatik tarzda tarmoqdan ajratiladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

22 Dec, 17:50


Bayramingiz muborak bo'lsin hurmatli energetiklar!

Bugun 22-dekabr Xalqaro energetiklar kuni munosabati bilan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali direktori Suxrob Maqsudovich so'zga chiqib, bugungi kunda jamiyatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularning natijalari hamda kelgusi yillarda amalga oshiriladigan ishlar rejalari yuzasidan so'z yuritib, barcha energiya soxasida xizmat qilayotgan xodimlarni bayram bilan tabrikladi.

Shundan so'ng, energetika sohasini rivojlantirish, elektr energiyasi tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo'shgan salmoqli hissasi, jamiyat faoliyatida o'z mehnati bilan boshqalarga o'rnak va namuna bo'lganligi uchun "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filialining bir guruh xodimlari faxriy yorliq va esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

22 Dec, 05:55


Bayramingiz muborak boʻlsin aziz Energetiklar!

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

07 Dec, 12:49


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

07 Dec, 11:18


#Konstitutsiya_erkin_va_farovon_hayot_garovi!

📚 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun.


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

05 Dec, 14:31


Tuproqqal'a tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar bо‘lishi mumkin.

Hurmatli elektr energiyasi iste’molchilari О‘zbekiston Respublikasi elektr stansiyalari va tarmoqlarini texnikaviy ekspluatatsiya qilish qoidalariga asosan jamiyat tomonidani viloyatimizning:

Tuproqqal'a tumanining Sharlauq, Yoshlik, Muhabbat, mahallalarida;

Joriy yilning 6-dekabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha joriy profilaktika ishlari sababli elektr energiyasi ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bо‘lishi mumkin. Keltirilgan noqulayliklar uchun Sizdan uzr sо‘raymiz.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

18 Nov, 13:03


#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kuchlarni birlashtirib kurashish mumkin.

Batafsil ushbu videoda👆

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

18 Nov, 07:56


#Muqaddasdir_Vatan_Bayrog'i!

🇺🇿18-NOYABR – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGAN KUN


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

16 Nov, 06:02


Joriy yilning 15-noyabr kuni soat 22:25 da "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali dispetcherlik bo'limiga Xonqa tumanida joylashgan "Issiqxona" podstansiyasida yong'in chiqqanligi yuzasidan murojaat kelib tushdi. Mazkur murojaat yuzasidan Xonqa elektr ta'minotining tezkor brigadasi 22:38 da yong'in sodir bo'layotgan joyga borib, yong'in bartaraf etildi.

Mazkur holat yuzasidan Xonqa tumanida joylashgan "Issiqxona" podstansiyasida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, yuqoridagi Xonqa tumanida joylashgan "Issiqxona" podstansiyasidan aholi xonadonlari elektr energiyasi iste’mol qilmaydi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

15 Nov, 14:05


Bugun "Hududiy elektr tarmoqlari" aksiyadorlik jamiyatida о‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi va О‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi.

Unda mazkur tashkilot mas’ullari, hududiy korxonalardan kelgan mutaxassislar, energetiklar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Shuningdek, tadbirda Vazirlar Mahkamasining “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” respublika tanlovini o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 20-iyuldagi 125-son majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” shiori ostida hududiy korxona va filiallar tomonidan о‘tkazilgan tanlov g‘oliblari esdalik va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

15 Nov, 07:05


Viloyatimiz aholisi va ijtimoiy soha obyektlarining elektr ta’minotini yanada yaxshilash, kuz-qish mavsumida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlash, tarmoqlar yuklamаsini me’yoridа saqlash hamda yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlari va podstansiyalar bosqichma-bosqich mukammal ta’mirlanmoqda.

Xususan, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari tomonidan Shovot tumanidagi 110/35/10 kVli “Shovot” podstansiyasiga 7 ta yangi zamonaviy K-59 tipidagi yacheykalar o'rnatilmoqda.

Buning natijasida, ushbu podstansiyadan elektr energiyasi bilan taʼminlangan 980 ta yuridik va 11 879 ta aholi isteʼmolchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi yaxshilanadi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

14 Nov, 09:41


Hurmatli fuqarolar!

Joriy yil 15-noyabrdan 15-dekabrgacha respublikamizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi“ o‘tkaziladi.

Shu munosbat bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ fuqarolardan xonadondagi elektr, gaz va issiqlik ta’minoti qurilmalarini doimiy nazorat qilib borishi va ulardan foydalanishda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etish, xonani isitishda gaz plitasidan foydalanmaslik, yosh bolalarni qarovsiz qoldirmaslik va ularga gaz jihozlaridan foydalanishga ruxsat bermaslikni sо‘rab qoladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

14 Nov, 05:48


Bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tizim tarkibidagi hududiy filiallar va korxonalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim” Respublika tanlovi doirasida “Xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi” filialida joylardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga mas’ul xodimlar uchun malaka oshirish o‘quvlari tashkil etildi.

Uch kun davom etadigan malaka oshirishda xodimlar dastur asosida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish uslublari, korxonada ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish va ularni bugungi kun talablari bilan uyg‘unlashtirish hamda davlat tilida ish yuritish yо‘nalishlarida о‘z bilim va kо‘nikmalarini oshiradilar.

Shu bilan bir qatoda malaka oshirish yakunlariga kо‘ra ishtirokchilarga “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ sertifikatlari topshiriladi.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

08 Nov, 06:58


#Energetika_xavfsizligi_oyi

Umumiy foydalanishdagi elektr energiyasiga o'zboshimchalik bilan ulanish , hisobga olish asboblariga qasddan shikast yetkazish, hisobga olish asboblari asboblarini o'zgartirish holatlari aniqlansa O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan.

Hurmatli iste'molchilari! Elektr energiyasidan qonunda belgilangan tartibda foydalanishingizni so'rab qolamiz!

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

08 Nov, 05:39


#Energetika_xavfsizligi_oyi

“SALOM, MEN IS GAZIMAN!” — KO‘RINMAS QOTIL O‘ZI HAQIDA GAPIRIB BERDI


Har yili ko‘plab insonlarni nobud qiluvchi kulfat – is gazi haqida nimalar bilamiz?

Kun.uz ijodkorlari tayyorlagan animatsiya orqali siz bu gaz va uning hujumidan saqlanish haqida eng muhim narsalarni bilib olasiz.

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

08 Nov, 05:39


#Energetika_xavfsizligi_oyi

Noyabr oyi - energetika xavfsizligi oyligi

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

07 Nov, 11:13


О‘zbekiston Respublikasi hududida elektr energiyasi sohasining rivojlanish tarixi (5-qism).

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

07 Nov, 11:13


О‘zbekiston Respublikasi hududida elektr energiyasi sohasining rivojlanish tarixi (5-qism).

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

07 Nov, 04:30


#Energetika_xavfsizligi_oyi

Maxsus reportaj
: Xorazm viloyatida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

07 Nov, 04:30


Xorazm viloyatida aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

06 Nov, 13:20


Maxsus reportaj | Aholi uzluksiz elektr energiyasi bilan ta'minlanmoqda
#6nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

06 Nov, 10:11


#Energetika_xavfsizligi_oyi

ELEKTR ENERGIYASINI TEJANG!


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

06 Nov, 04:40


“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko'rish ishlari va aholini elektr energiyasi bilan ta'minlash borasida amalga oshirilgan ishlar mavzusida ommaviy axborot vositalari uchun matbuot anjumani tashkil etildi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ
Xorazm hududiy filiali matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

06 Nov, 04:06


#Energetika_xavfsizligi_oyi

Kundalik hayotimizda elektr jihozlaridan xavfsiz foydalanish bo‘yicha mazkur ko‘rsatmalarga rioya qilsak, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan noxush vaziyatlarni oldini olgan bo‘lardik.


Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

24 Oct, 11:40


#Jarayon

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan kuz-qish mavsumida aholiga uzluksiz elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.

Xususan, Urganch shahridagi 110/6 kV “Suvchi” podstansiyasidagi qurilmalarning moy satxi, murvat qotirmalar va elektr uzatish kabellarining sozligi ko'zdan kechirilib, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan nosozliklarning oldi olindi.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
Xorazm hududiy filiali Matbuot xizmati

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

24 Oct, 05:04


TABIIY BOYLIKLARNI VA ENERGIYANI TEJANG!

Facebook | Telegram | YouTube | Instagram | X | het.uz

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

23 Oct, 13:11


Muqobil yoqilg‘i mahsulotlarida ishlovchi isitish pechlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari yuzasidan tavsiyalar.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

23 Oct, 04:10


YASHIL ENERGIYADAN FOYDALANISH ZAMON TALABI

Xorazmenergo

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

21 Oct, 13:21


"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali ma'muriy binosida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Qadring baland bо‘lsin, ona tilim” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda, filialning Umumiy masalalari bo'yicha direktor o'rinbosari S.G'ayipova, 29-son umumiy о‘rta ta’lim maktabi o'qtuvchisi Y.Artiqova va filiali xotin-qizlari ishtirok etishdi.

O‘zaro erkin va ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Davlat tilining nufuzini oshirishga qaratilgan so‘nggi o‘zgarishlar, til siyosatini takomillashtirish borasida olib borilayotgan islohotlar bilan bir qatorda o‘zbek tilining boy va jozibasi haqida maʼlumotlar berildi.

Tadbir doirasida "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali xodimlari o‘rtasida “Qadring baland bо‘lsin, ona tilim” mavzusida o‘tkazilgan xodimlarning sovodxonligi doirasidagi tanlov g‘oliblari esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi
.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

18 Oct, 09:57


Xiva tuman hokimligida fermer xoʻjalik rahbarlari, o'rta va yirik ishlab chiqarish korxonalari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari uchun elektr energiyasini va tabiiy gazni iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish bо‘yicha kо‘rgazmali о‘quv seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda, soha vakillari tomonidan qayta tiklanuvchi, muqobil energiya manbasi bо‘lmish quyosh panellarining afzalliklari, ularni о‘rnatgan iste'molchilarga beriladigan imtiyozlar, kredit mablag‘lari hisobidan quyosh panellarini о‘rnatish bо‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbir sо‘nggida ishtirokchilar о‘zlarini qiziqtirgan savollarga tо‘liq javob oldilar.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

18 Oct, 06:49


Elektr energiyasi samaradorligi va tejamkorligi yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki katta miqdordagi mablag‘larni iqtisod qilish, uni boshqa istiqbolli loyihalar ro‘yobi uchun yo‘naltirish imkonini beradi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga asosan "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan aholi o'rtasida targ'ibot tadbirlari tashkil qilinib, soha vakillari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Olib borilgan targ'ibot tadbirlari natijasida "Bebbiy med kilinika” MCHJ quvvati 30 kVt bо‘lgan quyosh panellari о‘rnatib, quyosh paneli ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi orqali 1 oyda 4410 kVt/s (3 million 175 ming sо‘m) iqtisod qilishga erishadi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

18 Oct, 06:49


Keyingi yillarda mamlakatimizda ustuvor yo‘nalishlardan biri barchamiz uchun global masalaga aylanayotgan elektr energiyasidan oqilona foydalanish, arzon, ishonchli va barqaror zamonaviy energiyani joriy etish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. “Yashil energiya” manbaidan foydalanish bu boradagi oqilona yechim sifatida baholanmoqda.

Viloyatimiz bo'ylab isrofgarchilikni kamaytirish, iqtisodiyot tarmoqlari ob'ektlarida energiya samaradorligini oshirish va energiya resurslaridan oqilona foydalanish bo'yicha targ'ibot tadbirlari izchilik bilan olib borilmoqda.

Natijada, bir oylik istemoli 39490 kVt/s tashkil qiladigan "Sharob Shahob shams oilaviy korxonasi" bugungi kunda jami 100 kVt quyosh panellarini o'rnatib, quyosh panellari orqali 14700 kVt/s (10 584 000 so'm) elektr energiyasi iqtisod qiladi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

18 Oct, 06:49


Quyosh panellari: qulay va samarali

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va quyosh panellarini o’rnatishni jaddalashtirish ishlari olib borilmoqda.

Hududlarda olib borilgan amaliy seminarlar natijasida "Urgach agroholod" MCHJ bugungi kunda 455 kVt elektr energiya ishlab chiqaruvchi quyosh panellarini o'rnatdi.

"Urgach agroholod" MCHJ quyosh panellarini o'rnatmasdan oldin bir oylik istemoli o'rtacha 55000 kvt/s tashkil qilgan bo'lsa endilikda o'rnatilgan 455 kvt quyosh paneli ishlab chiqarayotgan elektr energiyasi 1 oyda 66885 kVt/s ni tashkil qiladi. Bu degani har oyda "Urgach agroholod" MCHJ foydasiga o`z istemolidan tashqari 11885 kVts yani 8 557 200 so'm sof foyda qiladi.

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

18 Oct, 05:37


QAYTA TIKLANUVCHI ENERGIYA MANBALARI TARG'IBOTI
17.10.2024

📲@XorazmTELEKANAL✔️

📲DASTURNING HD versiyasi👇

🎥 YouTube

📺 OnlineTV
📻 Online Radio

"Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali

16 Oct, 14:33


Bugun, Xiva shahrida elektr energiyasini hamda tabiiy gazni iqtisod qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va undan oqilona foydalanish bо‘yicha kо‘rgazmali о‘quv seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Seminarda viloyat prokuroturasi, "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Xorazm hududiy filiali, tuman sektor rahbarlari, yirik tadbirkorlik subyektlari, tegishli davlat va nodavlat tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Ushbu seminar davomida quyosh panellarining afzalliklari, tadbirkorlik subyektlariga bо‘lib tо‘lash sharti bilan hamda aholi xonadonlariga kredit mablag‘lari hisobidan quyosh panellarini о‘rnatish bо‘yicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, bugungi kunda quyosh panel o'rnatib o'z iste'molidan ortaganini sotib qo'shimcha mablag' qilayotgan iste'molchilar so'zga chiqib, quyosh panellarni o'ratishni va oilada hamda tadbirkorlik faoliyatida qo'shimcha imtiyozlar haqida seminar qatnashchilariga o'z maslahatlarini berishdi.