Grantlar.uz @grandlaruz Channel on Telegram

Grantlar.uz

@grandlaruz


Grantlar.uz – butun dunyoda va barcha sohalarda ta'lim olish imkoniyatlari haqida ishonchli xabarlar.

Admin: @user_jahongir

Grantlar.uz (Uzbek)

Grantlar.uz kanali taʻlim sohasida oʻquv yurtlarida va boshqa sohalarda taʻlim olish imkoniyatlari toʻgʻrisida eng soʻnggi va ishonchli xabarlar bilan taʻminlaydi. Kanalda dunyodagi eng yangi grantlar, stipendiyalar va oʻquv imkoniyatlari haqida eng muhim yangiliklar koʻrsatiladi. Bu kanal orqali talabalarga, yoshlar va isteʻdodli shaxslarga dunyodagi eng yaxshi taʻlim olish imkoniyatlarini bilishlari mumkin. Grantlar.uz kanali admini @user_jahongir boʻlib, kanalga qiziqarli maqolalar va maʻlumotlar qoʻshib beradi. Siz ham Grantlar.uz kanaliga a'zo boʻling va eng soʻnggi grantlar va oʻquv imkoniyatlari toʻgʻrisida xabardor boʻling!

Grantlar.uz

22 Jan, 05:02


🇰🇷 Woosong Universiteti - Janubiy Koreya

🎓 Bakalavr (Business, Hotel Management, IT)

💵 Narx: Semestriga 3200$
🔥 Grant 30%-40% dan

📌 Talab: IELTS 5.0

❗️Hujjatlar qabul qilish ohirgi sanasi: 25-Iyun

https://t.me/Central_study

📱Batafsil: +998889832552

online konsultatsa

Grantlar.uz

30 Sep, 12:13


International Diversity Scholarship: AQShdagi Maryville College bakalavriat kurslarida bepul o’qish imkoniyati!

Maryville College bakalavriatda oʻqishni xohlaydigan xorijiy talabalarga International Diversity Scholarship grantini taklif qiladi.

Grantni oliygohdagi istalgan bakalavrlik kursi uchun qoʻlga kiritish mumkin.

Grant imkoniyati: Grantni yutib olgan talaba 4 yillik oʻqish davomida kotrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.

Arizalar 2025-yil 15-yanvargacha qabul qilinadi. Oʻqish 2025-yil sentabrdan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/international-diversity-award-aqsh-bakalavr-kurslarida-bepul-oqish-uchun-grant/

@grandlaruz

Grantlar.uz

27 Sep, 10:05


AQSH: ayol-qizlarga bakalavriatda o'qish uchun to'liq grant, bepul turar joy va oziq-ovqat!

AQSHdagi Simmons universiteti bakalavriatda o'qishni xohlovchi nomzodlarga Simmons Distinguished Scholar Award grantini taklif qiladi.

Bu universitetning bakalavriat kurslariga faqat ayol-qizlar qabul qilinadi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt to'lovidan to'liq ozod qilinadi
– Bepul turar joy va oziq-ovqat ta'minlanadi

2025-yil kuzgi semestrda o'qishni boshlash uchun arizalar 2024-yil 1-dekabrgacha davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/simmons-university-aqsh-bakalavr-kursida-bepul-oqish-turar-joy-taminoti-oqish-xarajatlari-uchun-qoshimcha-3000-aqsh-dollari-miqdorida-yordam-puli/

@grandlaruz

Grantlar.uz

27 Sep, 10:04


Hajviy she'rlar uchun Wergle Flomp Humor Poetry Contest tanlovi: mukofot – 2000 AQSh dollari!

Tanlovda 250 qatorgacha boʻlgan sheʼrlar bilan qatnashish mumkin (ingliz tilida). Istalgan yoshdagi nomzodlar qatnashishi mumkin.

Mukofotlar:
– 1-o’rin: 2000 dollar va Duotrope platformasiga 2 yillik obuna.
– 2-o’rin: 500 dollar.
– 2-oʻrin: 250 dollar.
– 10 ta eʼtiborga sazovor she’rlar mualliflarining har biriga 100 dollardan.

Sheʼrlar 2025-yil 1-aprelgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/hajviy-sherlar-uchun-wergle-flomp-humor-poetry-contest-tanlovi/

@grandlaruz

Grantlar.uz

24 Sep, 15:18


Oʻqish bepul boʻlgan oliygoh – Deep Springs kolleji (AQSH)

Universitetdagi taʼlim xususiyatlari:
– Faqat bakalavriat bosqichi kurslari taklif etiladi.
– Qabul qilingan barcha talabaga toʻliq grant beriladi (grant taʼlim, turar joy va oziq-ovqat xarajatini qoplaydi).
– Oʻqish davomida ranchoda haftasiga kamida 20 soat ishlash talab etiladi.

Qabul

Arizalar 2024-yil 2-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/oqish-bepul-universitetlar-deep-springs-kolleji-aqsh/

@grandlaruz

Grantlar.uz

23 Sep, 10:52


Scientific Internships: Avstriyada haq toʻlanadigan amaliyot!

Avstriya fan va texnologiya instituti qiziquvchilar uchun ilmiy amaliyot dasturlarini taklif qiladi.

Kimlar qatnasha oladi?
Bakalavriat, magistratura talabalari hamda bakalavrlik yoki magistrlik diplomiga ega nomzodlar.

Amaliyotchilarga oyiga kamida 1462 yevro haq toʻlanadi.

Arizalar yil boʻyi qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/scientific-internships-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-hamda-bitiruvchilari-uchun-avstriyada-amaliyot/

@grandlaruz

Grantlar.uz

23 Sep, 08:04


Summer@EPFL: Bakalavr va magistrlar uchun Shveytsariyada haq toʻlanadigan amaliyot dasturi!

Summer@EPFL dasturi bakalavriat va magistratura talabalariga yozgi taʼtilda Shveytsariyada 2-3 oy davomida amaliyot oʻtash imkonini beradi.

Dasturga qabul qilinganlarga beriladigan imtiyozlar:
– Oyiga 1800 CHF (taxminan 2024 AQSH dollari) miqdorida stipendiya beriladi.
– Safar xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlanadi.

Nomzodlar quyidagi sohalardan biri boʻyicha tahsil olayotgan boʻlishi kerak:
– Kompyuter fanlari
– Kompyuter injiniringi
– Telekommunikatsiyalar
– Elektrotexnika

Arizalar qabuli 2024-yil noyabr oyidan 2024-yil 1-dekabrgacha davom etadi (2025-yilgi yozgi amaliyot uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/summerepfl-bakalavriat-va-magistratura-talabalari-uchun-shveytsariyada-xarajatlar-qoplanadigan-amaliyot/

@grandlaruz

Grantlar.uz

23 Sep, 08:03


ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

Tanlovda hozirda OTMda oʻqiyotgan yoki 2024-yili OTM talabasi boʻladigan hamda kamida 18 yosh boʻlgan nomzod qatnashishi mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Insholar ingliz tilida, 300 soʻzdan oshmaydigan qilib yoziladi.

Gʻolibga 1000 AQSH dollari taqdim etiladi.

Insholar 2024-yil 30-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/servicescape-scholarship-insho-yozib-1000-dollar-yutib-oling/

@grandlaruz

Grantlar.uz

22 Sep, 13:18


Barqaror rivojlanish sohasida yetakchilik boʻyicha bepul kurslar; joy – 500 ta, AQSHga bepul safar qilish imkoniyati!

UPG Sustainability Leadership dasturi insonlar va tashkilotlarni barqaror rivojlanish sohasida ijobiy yetakchilikka chaqiruvchi harakatdir.

Dastur 500 dan ortiq 18-35 yoshli yoshlarga barqaror rivojlanishdagi yetakchilik boʻyicha 2 oylik bepul onlayn kurslarni taklif etadi.

Datsur imkoniyatlari:
– 500 dan ortiq ishtirokchi bepul 2 oylik onlayn kursda ishtirok etadi.
– Ulardan 60 nafar eng munosiblari AQSHdagi 1 haftalik kursda qatnashadi: kursda qatnashish bilan bogʻliq barcha xarajat qoplanadi.
– Kursni tamomlagan barcha 500 dan ortiq ishtirokchiga sertifikat beriladi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/upg-sustainability-leadership-barqaror-rivojlanish-sohasida-yetakchilik-boyicha-bepul-kurslar/

@grandlaruz

Grantlar.uz

20 Sep, 13:34


Janubiy Koreya: Dunyoning 53-raqamli oliygohida oʻqish uchun toʻliq grant!

Koreyadagi KAIST oliygohi bakalavriatda oʻqishni xohlovchilarga KAIST International Student Undergraduate Scholarships grantini taklif qiladi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasidan toʻliq ozod qilinadi.
– Oyiga 250 AQSH dollari stipendiya.
– Tibbiy sugʻurta xarajatlari qoplanadi.

2025-yilda oʻqishni boshlash uchun qabul muddati:
– 2024-yil 20-sentabrdan 20-oktabrgacha (oʻqish 2025-yil bahorgi semestrdan)
– 2024-yil 6-noyabrdan 2025-yil 7-yanvargacha (oʻqish 2025-yil bahorgi yoki kuzgi semestrdan)

Grant haqida batafsil👇
https://grantlar.uz/kaist-bakalavr-kursi/

Foydali:

👉 Shu grant gʻolibi bilan ovozli suhbat

👉 Shu grant g'olibi bilan matnli suhbat

@grandlaruz

Grantlar.uz

20 Sep, 13:33


Barcha bosqich talabalari va yaqinda talaba boʻladiganlar uchun biznes rejalar tanlovi: mukofot 2000 Kanada dollari!

Tanlovda istalgan soha/mutaxassilik boʻyicha oʻqiyotgan talabalar va 2024-2025-yil oʻqishni boshlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Biznes reja ingliz tilida yozilishi kerak.

Mukofot: Gʻolib 2000 Kanada dollari (taxminan 1456 AQSH dollari) miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Arizalar 2024-yil 31-dekabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/biznes-tadbirkorlik-sohasi-talabalari-uchun-tanlov-mukofot-2000-kanada-dollari/

@grandlaruz

Grantlar.uz

18 Sep, 23:55


University of Twente: Gollandiyada magistraturani oʻqish uchun toʻliq va qisman grantlar; joy – 50 ta!

Gollandiyadagi Twente universiteti magistraturada oʻqishni xohlovchilarga University of Twente Scholarships (UTS) grantlarini taklif etadi.

Grantlar universitetdagi deyarli barcha magistrlik dasturlari uchun taqdim etiladi.

Bu yilgi qabulda taxminan 50 nafar talabaga ushbu grant ajratilishi rejalashtirilgan.

Grant imkoniyatlari:
– Grant yutib olgan talabalarga, ularning natijalariga qarab, yiliga 3000 ming yevrodan 22 000 yevrogacha mablagʻ taqdim qilinadi.

Universitetda yillik kontrakt summasi 12 785 yevrodan 17 000 yevrogacha.

Qabul muddatlari:
- 2024-yil 15-oktabrdan 2025-yil 1-fevralgacha
- 2025-yil 1-fevraldan 1-maygacha

Batafsil👇
https://grantlar.uz/university-of-twente-magistratura-kursi-uchun-22-000-yevrogacha-grantlar/

@grandlaruz

Grantlar.uz

18 Sep, 15:07


AQSh: Ayol-qizlar uchun barcha xarajatlari qoplanadigan 4 haftalik dastur!

SUSIs for Young Women Leaders – ayol-qiz talabalar uchun moʻljallangan, AQSHda boʻlib oʻtadigan 4 haftalik yetakchilik dasturidir.

Dastur ma’ruzalar, seminarlar, taqdimot, munozara va boshqa mashgʻulotlardan iborat boʻladi.

Dasturga bakalavriatning 1, 2 yoki 3-kursida tahsil olayotgan 18-25 yoshli ayol-qizlar qatnashishi mumkin.

Moddiy imkoniyatlar:
– AQSHga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Mahalliy va boshqa safarlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– AQSHda turli mashgʻulor, tadbirlarga borish uchun transport taʼminlanadi.
– Kitoblar, madaniy tadbirlar, pochta xizmatlari va boshqa kundalik xarajatlar uchun mablagʻ ajratiladi.
– Bepul turar joy va oziq-ovqat taʼminlanadi.

Arizalar 2024-yil 20-oktabr, 18:00 gacha qabul qilinadi.

👉 DASTUR HAQIDA BATAFSIL MA'LUMOT

@grandlaruz

Grantlar.uz

17 Sep, 11:27


UWC: Oʻzbekistonlik maktabning yuqori sinf o'quvchilari hamda kollej/litsey oʻquvchilari uchun oʻqishni xorijda grant asosida davom ettirish imkoniyati!

United World Colleges – dunyoning 4 ta qitʼasida joylashgan 18 ta maktab va kollejlar tizimidir.

Oʻzlari tanlagan davlatdagi kollej/maktabga qabul qilingan oʻquvchilar u yerda 2 yillik “International Baccalaureate (IB) Diploma” kursini oʻqiydi.

UWC qabul qilingan oʻquvchilarning moliyaviy holatida qarab, toʻliq yoki qisman grant ajratadi.

Toʻliq grant quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
– Oʻqish pulidan toʻliq ozod qilinadi.
– Bepul yotoqxona va oziq-ovqat taʼminalandi.
– Darsliklar olib beriladi.

Bu yilgi qabul 2024-yil 27-oktabrgacha davom etadi.

Qabul qilinganlar 2025-yil sentabrdan oʻqishni boshlaydi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/ib-diploma-kurslarini-dunyoning-turli-davlatlarida-oqish-imkoniyati-haqida/

Foydali:

👉 Shu dastur g'olibi bilan suhbat

@grandlaruz

Grantlar.uz

17 Sep, 11:27


Open Doors onlayn olimpiadasi; 400 nafar sovrindorlar Rossiyada bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida grant asosida oʻqiydi!

Open Doors olimpiadasida bakalavriat, magistratura, PhD yoki postdoktorantura bosqichida oʻqishni xohlovchilar qatnashishi mumkin.

Olimpiada 14 ta yoʻnalish boʻyicha onlayn tarzda boʻladi, unda ingliz yoki rus tilida ishtirok etish mumkin.

Sovrindorlarga beriladigan imkoniyatlar:
– Yoʻnalishiga mos istalgan magistrlik yoki PhD kursiga imtihonsiz va toʻlovlarsiz kirish.
– Oʻqishdagi toʻlov-kontrakt summasi Rossiya hukumati tomonidan toʻliq qoplanadi.
Oylik stipendiya berilishi mumkin.

Har yili 400 nafargacha ishtirokchi sovrindor boʻladi.

Roʻyxatdan oʻtish muddatlari:
– Bakalavriat, magistratura va PhD bosqichi uchun: 2024-yil 20-noyabr
– Postdoktorantura uchun: 2024-yil 10-dekabr

Batafsil👇
https://grantlar.uz/rossiya-open-doors-onlayn-olimpiadasi/

@grandlaruz

Grantlar.uz

15 Sep, 10:08


Weinstein JAMS International Fellowship: AQSHda 4 oygacha amaliyot oʻtash uchun 20 ming dollar stipendiya!

Bu dastur nizolarni muqobil ravishda hal qilish sohasida tajribaga ega va shu sohaga oʻzini bagʻishlagan kishilarga moʻljallangan.

Yiliga oʻrtacha 12 nafar nomzod qabul qilinadi va ularning har biriga AQSHda 1-4 oy amaliyot oʻtashi uchun 20 ming dollargacha mablagʻ ajratiladi.

Arizalar 2024-yil 22-noyabrgacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weinstein-jams-international-fellowship/

@grandlaruz

Grantlar.uz

14 Sep, 10:07


Germaniya universitetlarida magistraturani oʻqish uchun DAAD grantlari

DAAD tomonidan taqdim etiladigan “Master Studies for All Academic Disciplines” grantlari deyarli barcha sohalar boʻyicha magistraturani Germaniyada oʻqish imkonini beradi (ingliz yoki nemis tilida oʻqish mumkin).

Universitetni bitirganiga 6 yildan oshmagan yoki 2025-yili bakalavriatni bitiruvchilar ariza berishi mumkin.

Grant imtiyozlari:
– Oyiga 934 yevro stipendiya
– Tibbiy sugʻurta xarajati qoplanadi.
– Germaniyaga borish va kelish xarajatlari qoplanadi.
– Oʻqish va tadqiqot xarajatlari uchun bir martalik mablagʻ va boshqalar.

Arizalar 2024-yil 31-oktabrgacha qabul qilinadi. Oʻqish 2025-yil kuzidan boshlanadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/germaniyada-oqish-uchun-daad-grantlari/

@grandlaruz

Grantlar.uz

14 Sep, 10:07


Vienna BioCenter Summer School: bakalavr va magistrlar uchun Avstriyada toʻliq moliyalashtiriladigan 2 oylik yozgi maktab!

Bu maktabda 2024-yil 30-iyungacha bakalavriatning kamida 2-kursini yoki magistraturaning kamida 1-kursini tamomlaydigan nomzodlar qatnashishi mumkin.

Maktab 2025-yil 1-iyuldan 31-avgustgacha Venada boʻlib oʻtadi.

Dastur quyidagilar bilan taʼminlaydi:
– Bepul turar joy
– Tibbiy sugʻurta
– 1400 yevro stipendiya
– Jamoat transportidan bepul foydalanish
– Venaga borish-kelish xarajatlari qoplanadi
– Bepul ijtimoiy tadbirlar, ekskursiyalar va boshqa mashgʻulotlar
– Yakuniy nutq gʻoliblariga mukofotlar

Dasturga 20 nafargacha talaba qabul qilinadi. Qatnashish uchun til sertifikati (IELTS, TOEFL va h.k.) talab etilmaydi.

Arizalar 2024-yil 1-dekabrdan 2025-yil 31-yanvargacha qabul qilinadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/austria-fully-funded-summer-school-in-vienna/

P.S. Hozirdan tayyorgarlik koʻrilishi uchun ertaroq maʼlumot berilmoqda.

@grandlaruz

Grantlar.uz

12 Sep, 12:36


Stamps Scholarship: AQSHda bakalavriat uchun toʻliq grant, bepul turar joy va 12 000 dollar mablagʻ!

Mayami universiteti bakalavriatda oʻqishni xohlovchilar uchun Stamps Scholarship dasturini taklif etadi.

Maktab, kollej yoki litseyda oxirgi sinf/kurs vaqti ariza topshiradiganlar bu grantga talabgorlik qilishi mumkin.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt summasi va boshqa badallar qoplanadi
– Bepul turar joy
– Bepul oziq-ovqat
– Noutbuk va darsliklar olish uchun mablagʻ
– Bepul tibbiy sugʻurta
– Tadqiqotlar uchun 12 ming dollar mablagʻ

Arizalar 2024-yil 1-noyabrgacha qabul qilinadi (2025-yilning bahorgi yoki kuzgi semestri uchun).

Batafsil👇
https://grantlar.uz/stamps-scholarship-aqshda-bakalavr-kursi-uchun-toliq-grant/

@grandlaruz

Grantlar.uz

12 Sep, 10:04


Weidenfeld-Hoffmann Scholarships and Leadership Programme: Oksford universitetida magistraturani oʻqish uchun toʻliq grant!

Bu dastur rivojlanayotgan davlatlardan boʻlgan nomzodlarga Oksford universitetining 43 ta magistrlik kursida toʻliq grant asosida oʻqish imkonini beradi.

Grant imkoniyatlari:
– Kontrakt puli to’liq qoplanadi.
– Yiliga kamida 19 237 funt-sterling miqdoridagi stipendiya beriladi.

Arizalar 2025-yil 7-yanvargacha qabul qilinadi (qabul muddati yoʻnalishga qarab farq qiladi).

Maʼlumot uchun: THE reytingiga koʻra, Oksford universiteti 2024-yilda dunyoning eng nufuzli oliygohlari roʻyxatida 1-oʻrinni egallab turibdi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/weidenfeld-hoffmann-scholarships-and-leadership-programme/

@grandlaruz

Grantlar.uz

11 Sep, 12:28


Qozogʻistondagi Nazarbayev universiteti: qabul jarayoni, taʼlim, toʻliq va qisman grantlar

Nazarbayev universiteti Markaziy Osiyodagi eng nufuzli universitetlardan biri. Universitetda taʼlim toʻliq ingliz tilida olib boriladi.

Universitet xususiyatlari:
– Bu universitet dunyoning nufuzli oliygohlari, jumladan, Ivy League universitetlarining strategik hamkori hisoblanadi
– Xalqaro talabalar uchun bir necha turdagi grantlar taklif qiladi
– Nazarboyev universiteti Osiyodagi eng yaxshi 11% va dunyodagi eng yaxshi 30% tadqiqot universitetlari qatoriga kiradi
– Universitet bitiruvchilar Apple, Google, Amazon, Booking, Netflix, Meta, UNDP va dunyoning boshqa yetakchi kompaniyalarida ishlamoqda

Qabul jarayoni har yili qish fasli boshida boshlanadi va 2 oy davom etadi.

Batafsil👇
https://grantlar.uz/blog/qozogistondagi-nazarbayev-universiteti/

@grandlaruz