Menimcha, baxt insonlar uchun istalgan narsa bo’lishi mumkin. Baxt kimdir uchun uy-joy, kimdir uchun karyera, kimdir uchun sayohat, kimdir uchun oila, kimdir uchun farzand, kimdir uchun talabalik, kimdir uchun sog’liq, kimdir uchun tinchlik, kimdir uchun esa pul va hakazo. Sizga nima yetishmayotgan bo’lsa shunga erishish baxt! Hozirgi holatingizdan qoniqishingiz bu baxt! Baxt bu siz!
Tasavvur qiling, og’ir dardga chalingan inson uzoq yillar davomida tuzalib shifo topdi, uning ko’zlaridagi quvonch va shukronalik hissi bu baxt. Uzoq yillar davomida farzandsiz yurgan oilaga Allohning farzand ato etishi bu baxt. Orzu qilgan narsangizni qo’lga kiritishingiz bu baxt.
Siz uchun baxt nima? 💞
P.S. Shunaqa aqlli fikrlar kelib qoladida kechasi🙈😅
#tungihayollar #nightthoughts