Kokand University (official) @kokanduniversity Channel on Telegram

Kokand University (official)

@kokanduniversity


🏛 Qo‘qon universitetining rasmiy axborot kanali 📚

🏛 Официальный новостной канал Кокандского университета 📚

🏛 Official informational channel of the Kokand University 📚

Kokand University (official) (English)

Welcome to the official informational channel of Kokand University! If you are looking for the latest news, updates, and information about Kokand University, then look no further than our Telegram channel @kokanduniversity. Stay connected with us to stay informed about all the exciting events, academic programs, research projects, and more happening at Kokand University. Whether you are a current student, alumni, faculty member, or just interested in higher education, our channel has something for everyone. Join us today and be a part of the Kokand University community! 🏛📚

Kokand University (official)

19 Feb, 16:23


😎Yotoqxona talabalarining talab va takliflari oʻrganildi

🔠alabalarning talab va takliflarini oʻrganish maqsadida universitet mas'ullari tomonidan talabalar turar joyida psixologik trening va profilaktika ishlari amalga oshirildi.

💙Jumladan, talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, sport musobaqalarini tashkil etish boʻyicha taklif va tushuntirish ishlari olib borildi.

📌 Shuningdek, Yoshlar bilan ishlash departamenti bosh mutaxassisi va Yoshlar yetakchisi tomonidan talabalarning talab va takliflar oʻrganildi.

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

19 Feb, 14:15


🏫 Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi ochiq dars bo'lib o'tadi!

😎Iqtisodiyot yoʻnalishi talabalari uchun xorijiy til(ingliz tili) fanidan "Interactive English" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tadi.

💙Ochiq darsni ijtimoiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Madumarov Muhammadodil Matkomilovich oʻtib beradi.

📌 Mazkur ochiq darsga qiziquvchi talabalar quyidagi telegram profiliga murojaat qilishlari soʻraladi:

🕊@mamatin2010

📆 Ma'lumot uchun, binar dars 21-fevral soat 8:30 da B-303-xonada bo'lib o'tadi.

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

19 Feb, 13:23


# ilmiy_faoliyat

👏 Tabriklaymiz!

🏫 Qoʻqon universiteti Moliya departamenti boshlig‘i Yuldashev Jaxongir To‘raboyevich iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻldi.

☄️ Ushbu ilmiy daraja O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2025-yil 12-fevraldagi 367/1-sonli qaroriga muvofiq taqdim etildi.

Qoʻqon universiteti jamoasi nomidan Yuldashev Jaxongir To‘raboyevichni samimiy tabriklaymiz, keyingi faoliyatlarida ulkan zafar va muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

19 Feb, 12:27


Christopher Kortenning Qoʻqon universitetidagi faoliyati davom etmoqda!

🇵🇱Avvalroq, Polshadagi Adam Mickiewicz universitetining fan doktori Christopher Korten Qoʻqon universitetida talabalarga saboq berishi haqida xabar bergan edik.

🔴Xorijlik fan doktori Christopher Korten ayni paytda lingvistika mutaxassisligining magistrantlariga dars oʻtmoqda.

🎬 Ushbu video orqali Christopher Kortenni Qoʻqon universiteti haqida ilk taassurotlari va qizgʻin dars jarayonlari haqida qisqa kadrlarni e'tiboringizga havola qilamiz.

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

19 Feb, 11:20


🏫 Qoʻqon universitetida professor-o'qituvchilarning loyiha taqdimoti o‘tkazildi!

📝 Bugun Qoʻqon universitetida professor-o‘qituvchilarning mahalliy loyiha tanlovlarida ishtirok etish imkoniyatlari muhokama qilindi. Tadbir davomida o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda universitetda o'qitiladigan fanlar bo'yicha laboratoriyalar tashkil etishga mo'ljallangan loyihalar ham namoyish etildi. Ustozlar ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirish va talabalarga zamonaviy bilim berish maqsadida innovatsion laboratoriyalar yaratish takliflarini ilgari surdilar.

🩷Albatta, mazkur tashabbuslar zamirida universitetning ilmiy va innovatsion salohiyatini oshirish hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish koʻzda tutilgan.

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

19 Feb, 04:25


🌐 Web of Science hamda Scopus ilmiy bazalarida indekslanadigan nufuzli jurnalda ilmiy maqola nashr etildi!

📁"Bulletin of the Karaganda University. Mathematics Series" jurnalida universitetimizning Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi dotsenti Mamajonov Sanjarbek Mirzayevichning O'zbekiston Milliy universiteti hamda Qo'qon davlat pedagogika instituti olimlari bilan hammualliflikda "Geometric properties of the Minkowski operator" mavzusidagi maqolasi nashr etildi.

Mazkur ilmiy maqolada mavzu doirasida soʻnggi oʻzgarishlar va dolzarb muammolarga e'tibor qaratilib, zarur tahlil, taklif va xulosalar keltirib oʻtilgan.

📚Maqolalarni ushbu havolalar orqali o'qish mumkin: https://doi.org/10.31489/2024m4/127-137

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

18 Feb, 12:58


🏫 Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari uchun seminar-trening boʻlib oʻtdi!

Seminar treningda Qo’qon universiteti professor-o’qituvchilari H.Gʻofurov, F. Mulaydinov, A.Abduhamidov, O.Umarov, Sh.Po'latovlar “UG INTERNATIONAL SUMMER COURSE" oʻzaro hamkorlik va integratsiyani kengaytirish yuzasidan malaka oshirish dasturidagi ishtiroki hamda xizmat safarida olgan tajribalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

🩷Seminar-trening davomida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga javob berildi.

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

15 Feb, 16:02


“Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun” loyihasi doirasida viloyat seminari tashkil etildi

Farg‘ona viloyatidagi faol xotin-qizlarda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, turli sohalarda gender tengligiga erishish, oilada va jamiyatda ayollar nufuzini oshirish hamda xotin-qizlar faollarining faoliyat samaradorligini rivojlantirish maqsadida “Oqila va o‘qimishli onalar millatning buyuk kelajagini yaratadi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Kavlonova Komila Anvarovna, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Farg‘ona viloyati filiali rahbari Akbarov Ahadjon Ibrohimovich, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi JXX huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik O‘rinova Dilshoda Adhamovna hamda Qo‘qon universiteti prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Qobilova Zebo Bakirovna ham o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

15 Feb, 11:08


🏫 Qoʻqon universitetida boburxonlik haftaligi nihoyasiga yetdi!

📝 Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan haftalik doirasida "Soʻz sehri", "Nazm va navo", Bobur hayotiga bagʻishlangan maqolalar tanlovi, ''KUQUIZ" musobaqalari boʻlib oʻtdi.

🎬 Tadbirlardagi qiziqarli jarayonlar qisqa kadrlarda!

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

14 Feb, 15:48


📺📺📺📺📺📺

🏫 Qoʻqon universitetiga Le Cordon Bleu institutining Istanbuldagi filiali texnik direktori Erik Ruppenning tashrifi "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturi nigohida

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

14 Feb, 13:10


🔖 Bitiruvchi kurs magistrantlari dissertatsiyalarining dastlabki himoyasi boʻlib oʻtdi

🏫 Qoʻqon universitetida magistrantlarining dissertatsiyalari muhokama qilinib, ilmiy salohiyati baholandi.

Himoya jarayonida ilmiy rahbarlar, professor-oʻqituvchilar va soha mutaxassislari ishtirok etib, magistrantlarga ilmiy ishlarining dolzarbligi va amaliy ahamiyatini oshirish boʻyicha tavsiyalar berdilar.

🟢Dastlabki himoya bosqichidan oʻtgan magistrantlar yakuniy himoya oldidan oʻz dissertatsiyalarini takomillashtirish imkoniyatiga ega boʻldilar.

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

14 Feb, 10:15


🔖 Tayanch doktorantlar uchun muhim uchrashuv bo‘lib oʻtdi

🏫 Qoʻqon universitetida Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor, kafedra mudirlari hamda Ilmiy tadqiqotlar departamenti tayanch doktorantura talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🩷Uchrashuv davomida PhD tadqiqotchilariga dissertatsiya yozish tartibi, malakaviy imtihon topshirish jarayoni hamda kafedralarning ilmiy tadqiqotlardagi o‘rni tushuntirildi. Shuningdek, doktorantlarga ilmiy ishlari bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

🔠 Mazkur uchrashuv tayanch doktorantlar uchun ilmiy faoliyatni samarali tashkil etish va tadqiqotlarni sifatli amalga oshirishga yo‘naltirilgan muhim qadam bo‘ldi.

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

08 Feb, 09:19


🏫 Qoʻqon universiteti xodimi malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladi!

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2025-yil 21-yanvardagi buyrugʻiga asosan Qoʻqon universiteti Devonxona va arxiv mutaxassisi Meliboyeva Goʻzalxon Turapovna joriy yilning 4-6-fevral kunlari tashkil etilgan "Oliy ta’lim tashkilotlarida hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomini oshirish" mavzusidagi 26 soatlik kursda oʻqib malakasini oshirdi.

👏 Yakunda faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

07 Feb, 10:00


Milliy libos – ma’naviyat ko‘zgusi!

O‘zbek milliy liboslari bu – nafaqat go‘zallik, balki xalqimizning asriy an’analari, madaniy merosi va milliy g‘ururining yorqin timsoli!

🏫 Qoʻqon universitetida ham milliy liboslar kuni an'anaga aylangan. Bu an'ana orqali talaba-yoshlarda nafaqat milliy kiyimlarga, balki xalqimizning tarixiy qadriyatlariga hurmat hissi va milliy gʻurur yuksaltiriladi!

🎬 Milliy liboslar kuniga oid qizgʻin jarayonlar, talabalarning fikr-mulohazalariga qiziqqan boʻlsangiz, ushbu videoni koʻrishni tavsiya qilamiz.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Feb, 15:38


Global ta'lim va tadqiqotlarni kuchaytirish: UniSZA va Qo'qon universiteti kuchlarini birlashtiradi

Qoʻqon universiteti Malayziyaning Sulton Zaynal Abidin universiteti (UniSZA) hamkorlik munosabatlarini oʻrnatish uchun kelishuv shartnomasini imzoladi.

Bu hamkorlik, birinchi navbatda, tadqiqot salohiyatini mustahkamlash va akademik bilimlarni oʻzaro manfaatli oʻzlashtirish, shuningdek, taʼlim, innovatsiyalar va boʻlajak kadrlarni tayyorlash orqali iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga salmoqli hissa qoʻshishga qaratilgan.

Ushbu kelishuv bir nechta asosiy tashabbuslarga asoslanadi, xususan:
1. Seminar va trening dasturlari – ikkala tomon ham kelishilgan shartlar va shartlar asosida seminarlar tashkil etish, o‘quv dasturlari, kurslar va treninglar tashkil qilishda hamkorlik qiladi;
2. Tadqiqot va  loyihalar — har ikki universitet tomonidan tayinlangan barcha tadqiqot takliflari va ishlab chiqish loyihalarida qo'shma tadqiqotchilar sifatida ishlaydi;
3. Ta'lim dasturlari — ikkala tomon ham kelishilgan shartlar va talablar asosida talabalar yoki professor-oʻqituvchilar uchun ta'lim dasturlarini amalga oshirishda yordam beradi.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Feb, 12:20


Le Cordon Bleu institutining Istanbuldagi filiali texnik direktori Erik Ruppen universitet oshxonasida master klass oʻtib berdi

🏫 Qoʻqon universiteti oshxonasida Fargʻona viloyatidagi oshpazlar uchun Erik Ruppen oʻz mahoratini namoyish etib, master klass oʻtib berdi.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Feb, 11:52


🏫 Qoʻqon universitetida xonatlas festivali!

Millliy libos – ma'naviyat koʻzgusi! Har bir millatning oʻzigagina xos boʻlgan liboslari mavjud. Sharq xalqlari orasida oʻzbek xalqi oʻzining atlas, adras, beqasam, banoras kabi liboslari bilan mashhurdir. Oʻzbekning milliy liboslarida tabiatning kamalak ranglari jilo topgan.

Milliy liboslar nafaqat insonga koʻrkamlik, balki milliy gʻurur ham baxsh etadi. Bugun oʻtkazilgan festivalda ming yillik qadriyatlarimiz e'zozlandi.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Jan, 14:51


Unutilmas seminar-trening!

"Psixologik konsultatsiyaga kirish: muloqot va tahlil ko‘nikmalari" mavzusidagi seminar-trening barcha talabalarda iliq taassurot qoldirdi.

Yakunda "Taskin" nomli psixologik markazi rahbari Naimjon Azimov Qoʻqon universiteti, seminar-trening va talabalar haqida oʻz fikrlarini aytib oʻtdi.

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Jan, 12:45


Turkiy universitetlar ittifoqiga raislikni qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi!

Tadbirda Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, TURKUNIB tarkibiga kiruvchi oliy ta'lim muassasalari rektorlari hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari ishtirok etishdi.

Ushbu tadbir davomida Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibining o‘rinbosari M.Azimov tabrik so‘zi eshitildi va Ozarbayjon davlat iqtisodiyot universiteti rektori tomonidan Toshkent Xalqaro universiteti direktori Iskandar Yuldashevga rasmiy kalit topshirildi.

Marosimning ikkinchi qismida Toshkent Xalqaro universiteti talaba-yoshlari ishtirokida milliy kuy va raqslar ijro etildi.

🩷Mazkur tadbirda Qoʻqon universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zeboxon Qobilova ham faol ishtirok etdi.

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Jan, 11:38


🏫 Qo‘qon universiteti talabalari uchun qiziqarli seminar-trening bo‘lib o‘tdi

🔖Seminar-treningni "Taskin" nomli psixologik markazi rahbari Naimjon Azimov va ushbu markaz masʼul xodimi, kriminalist psixolog Azamat Bahriddinov olib bordi.

Seminar-treningda para psixologiya, ezoterika, ilmiy psixologiya, inson faoliyati davomida yo‘l qo‘yadigan xatolar, mijozlar bilan ishlash, o‘z-o‘ziga baho berish, o‘ziga ishonch mavzulariga to‘xtalib o‘tildi.

🩷Trening davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, shuningdek, yakunda tashrif uchun minnatdorchilik bildirib o‘tildi.

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Jan, 05:04


Hurmatli talaba-yoshlar!

🎓 Avval xabar berganimizdek, Startap loyihalar tanlovining birinchi bosqichi o’tkazildi va jamoalar saralab olindi. Birinchi bosqich g’oliblarini, Qo‘qon universiteti, Qo’qon universiteti Andijon filiali va Toshkent Xalqaro Univeristeti hamkorligida startap loyihalar tanlovining final bosqichida ishtirok etishga taklif qilamiz!

🏆 Ushbu tanlov sizning innovatsion qobiliyatingizni namoyish etish, yangi tajribalar orttirish va muvaffaqiyat sari bir qadam yaqinlashish uchun ajoyib imkoniyatdir.

💡 O‘z g‘oyalaringizni taqdim eting va o‘sish uchun noyob imkoniyatlardan foydalaning! Tanlovda ishtirok etib, o‘z g‘oyalaringizni haqiqatga aylantirishga shoshiling!

Tanlov g‘oliblari quyidagi tartibda diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

🥇1-o‘rin – 10 000 000 so‘m;
🥈2-o‘rin – 8 000 000 so‘m;
🥉3-o‘rin – 6 000 000 so‘m.

Qo'shimcha ma'lumot uchun @AA_Umarov telegram manziliga bog'lanishingiz mumkin.

📅 Sana: 23.01.2025
🕒 Vaqt: 10:00
📍 O'tkazilish joyi: Qo’qon universiteti Turizm binosi Majlislar zali


Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

21 Jan, 15:52


🏫 Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi seminar-trening bo'lib o'tadi.

Hurmatli talabalar! 
Sizlarni  "Psixologik konsultatsiyaga kirish: muloqot va tahlil ko‘nikmalari" mavzusidagi seminar-treningga taklif etamiz!

Ma'ruzachi: Naimjon Azimov

🎯 Seminar dasturi: 
🔵Psixologik konsultatsiya jarayoniga kirish.
🟣Muloqot texnikalari: faol tinglash va mijoz bilan ishonchli munosabat o‘rnatish.
🔵Muammolarni tahlil qilishda zamonaviy usullar va yondashuvlar.
🟣Mijozning his-tuyg‘ulari va ehtiyojlarini aniqlash bo‘yicha mashg‘ulotlar.
🔵Psixologik konsultatsiyadagi etik me'yorlar.

🗓 Sana: 22.01.2025
🕒 Vaqt: 11:00
📍 Joy: Qo‘qon Universiteti,
C binosi ma’ruzalar zali


Sizni tadbirimizda ko‘rishdan mamnun bo‘lamiz!

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

21 Jan, 04:31


#mutolaa_zavqi

ANVAR VA RA‘NO SOG‘INCHI

(Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani taassurotlari)

📚14 yashar o‘zbek qizi o‘qigan kitoblar ro‘yxatiga qarab, labimni tishlayman. 17 yoshlik kitobxon qizga havaslanman. Endi bu Qodiriyning orzusidagi bir qiz-da dersiz. Lekin o‘tgan davr oralig‘ida bu kitoblarning yarmini ham o‘qita olmadik qizlarimizga (Qodiriyning orzusi hamon orzuligicha qolayotgani g‘oyat achinarli!). Tahsilni muqaddas kitoblardan boshlagan Ra’no keyin Hazrat Navoiyning barcha asarlarini mutolaa qilgan...

📖Romandan Anvar haqida o‘qiymiz: “O‘n uch yoshida maktab pro‘g‘rammasini bitirib, yosh bo‘lsa ham xalfalik, ya’ni domlag‘a ko‘makchilik qila boshladi. Va har kun bolalar ozod bo‘lg‘andan keyin maxdum unga kofiyadan dars berar va “Gulistoni Sa’diy”dan bir necha band o‘qutub, ma’nosi bilan yodlatar edi. O‘n besh yoshida maktabni yolg‘iz o‘zi idora qilish darajasiga yetganidek, yaxshig‘ina forsiyxon va bir daraja arab tiliga oshno bo‘ldi”. Shu yerga yetganingizda xalqimizning o‘ta donolik bilan aytgan: “Bo‘larmanning bolasi o‘n beshida bosh bo‘lar, bo‘lmasmanning bolasi yigirma beshda yosh bo‘lar” maqoli chaqindek chaqnab o‘tadi...

🔖Ushbu parcha Qoʻqon universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori Zeboxon Qobilova maqolasidan oʻrin olgan.

🔖 Maqolada Anvar va Ra'no shaxsiyatidagi bugungi yosh avlodga ibrat boʻladigan jihatlar tilga olingan. Quyidagi havola orqali maqolani batafsil oʻqishingiz mumkin:

https://telegra.ph/ANVAR-VA-RANO-SOGINCHI-01-20

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

20 Jan, 15:16


Xorijlik fan doktori Qoʻqon universitetining talabalariga saboq beradi!

🇪🇸Ispaniyaning Salamanca universitetining fan doktori Dr.María de los Ángeles Pérez Sánchez bugun Qoʻqon universiteti bilan yaqindan tanishdi.

Chet ellik olima Qoʻqon universiteti direktori Gʻafurjon Zaxidov bilan uchrashdi va Turizm majmuasi hamda universitet muzeyida boʻldi.

📌Ma'lumot uchun, xorijlik olima bir yarim yil davomida turizm va mehmondoʻstlik yoʻnalishi talabalariga dars oʻtish bilan birga, universitet professor-oʻqituvchilari bilan hamkorlikda loyihalarni tayyorlash, ilmiy ishlar olib borish, xorijiy jurnallarda maqolalar chop etish kabi masalalar bilan shugʻullanadi.

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

20 Jan, 06:37


Talabalar koʻtarinki ruhda kutib olindi!

Bugun erta tongdan Ta'lim fakulteti ta'lim kafedrasi oʻqituvchilari tomonidan masofaviy ta'lim shakli talabalari xush kayfiyat bilan kutib olindi va boshlanadigan kunni mazmunli oʻtkazishlari uchun motivatsion tilaklar bildirilib, kasbiy doska, va qiziqarli savollar tashkil etildi.

Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

18 Jan, 10:00


#ilmiy_faoliyat

Dissertatsiya ishi himoyasi


🏫 Qoʻqon universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.12.2020.1.130.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 18-yanvar kuni soat 12:00 dagi majlisida Qo‘qon universiteti Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi katta oʻqituvchisi Yusupov Abbosxon Aliyevichning 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Kichik biznes sub’ektlari faoliyatida inson resurslaridan samarali foydalanish mexanizmini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengashda tadqiqot ishi keng muhokama etildi va 100 ovoz bilan munosib baholandi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

18 Jan, 09:22


Xalqaro Nordik universiteti rektori Qoʻqon universitetida!

👍 Xalqaro Nordik universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov Qoʻqon universitetiga tashrif buyurdi!

🩷Tashrif mobaynida Qoʻqon universitetining Turizm majmuasi, auditoriyalar va muzey bilan yaqindan tanishildi.

Professor Sherzod Mustafakulov universitet muzeyiga Nordik universiteti logotipi tushirilgan sovgʻa taqdim etdi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

18 Jan, 07:13


#ilmiy_faoliyat

Dissertatsiya ishi himoyasi


🏫 Qoʻqon universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/31.12.2020.1.130.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 18-yanvar kuni soat 10:00 dagi majlisida Qo‘qon universiteti Ilmiy tadqiqot departamenti boshlig‘i Xursanaliyev Boburmirzo Farhod oʻgʻlining 08.00.15 – “Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbekistonda kichik biznesni yirik biznesga transformatsiyalashuvini takomillashtirish” mavzusida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Ilmiy kengashda tadqiqot ishi keng muhokama etildi va 100 ovoz bilan munosib baholandi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

17 Jan, 14:00


🇮🇩 Indoneziyaning Gunadarma universitetida professor-oʻqituvchilarimizning malaka oshirishlari davom etmoqda!

🏫 Malaka oshirish davomida Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari seminarlarda ishtirok etib, Gunadarma universiteti oʻquv va ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishmoqda.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

17 Jan, 12:52


Iqtisodchi olimlar tomonidan mahorat darsi tashkil etildi

🏫 Qoʻqon universitetining taklifiga binoan sirtqi ta'lim shakli talabalariga O‘zFA akademigi Saidasror Saidaxmedovich Gulyamov hamda Toshkent davlat agrar universiteti professori Saidov Muhammad Ali Xakimovich tomonidan qiziqarli mahorat darsi oʻtib berildi.

🔠alabalar mahorat darsi davomida "Oʻzbekistondagi agromarketing siyosati va uning iqtisodiyotini raqamlashtirishdagi muammolari" va "Qishloq xoʻjaligini raqamlashtirishda xorijiy tajribalar va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalar" mavzularida qimmatli ma'lumotlarga ega boʻldilar.

📌 Yakunda olimlarning tashrifi uchun minnatdorchilik bildirilib, sertifikat va esdalik sovgʻalari taqdim etildi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

12 Jan, 13:03


💻Bulutli hisoblash atamasi haqida eshitganmisiz?

Bu atama nimani anglatadi? U bizga nima uchun kerak va qanday hollarda foydalanamiz? Bulutli hisoblash xavfsizligini ta'minlash uchun nimalar qilish kerak?

🎬Bu savollarga javob topishni istasangiz ushbu videoni ko‘rishni tavsiya qilamiz.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

12 Jan, 04:00


✏️ “So’z sehri” mushoira uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Sirtqi va masofaviy ta'lim shakli talabalari uchun unutilmas "Soʻz sehri" ijodiy uchrashuvi oʻtkazildi.

Mazkur uchrashuv talabalarning  ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ijod olamiga yangicha nafas bilan kirib kelayotgan yosh iste’dod egalarini kashf etish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida oʻtkazildi.

Ishtirokchilarning adib va shoirlarimiz ijodidan aytgan namunalari barchaga koʻtarinki ruh bagʻishladi.

Yakunda eng yaxshi  ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

11 Jan, 12:34


"Yilning eng yaxshi tarbiyachisi–2025" kasbiy koʻrik tanlovining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi!

🏫 Qoʻqon universitetida Ta'lim fakulteti maktabgacha ta'lim yoʻnalishi talabalari va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar oʻrtasida "Yilning eng yaxshi tarbiyachisi – 2025" koʻrik tanlovining saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning saralash bosqichida eng yuqori malakali va fidoyi tarbiyachilar o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etib, haqiqiy professionallar sifatida o‘zlarini ko‘rsatishdi.

Yakunda 32 ta talabgordan 6 tasi asosiy bosqichga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

Tanlovning keyingi bosqichlarida qolgan ishtirokchilarga muvaffaqiyat va omad tilaymiz!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

10 Jan, 14:04


📚Kitob mutolaa qilishga qiziqasizmi?

📖 Ammo qulay va tinch muhitga ega joy topolmayapsizmi? Unday boʻlsa ushbu video aynan siz uchun! Biz sizga Qoʻqon universitetida kitob oʻqish uchun qulay boʻlgan bir nechta joylarni e'tiboringizga havola qilamiz!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

10 Jan, 13:02


🏫 Qirol Sejong instituti endi Qoʻqon universitetida!

Qoʻqon universiteti talabalari uchun yana bir imkoniyat! Endi talabalar universitetda ochilishi rejalashtirilayotgan King Sejong institutida koreys tilini va madaniyatini puxta oʻrganishlari mumkin!

Dunyo boʻylab 270 dan ortiq joylarda ochilgan Qirol Sejong instituti orqali har bir talaba yuqori darajada koreys tilini oʻrganish imkoniyatiga ega boʻladi.

‼️Ma'lumot uchun, Qoʻqon universitetida Qirol Sejong instituti joriy yilning iyul oyida ochilishi rejalashtirilgan.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

10 Jan, 11:00


🏫 Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilarining Turkiyada malaka oshirishlari davom etmoqda!

Ayni paytda Turkiyaning "Yildiz" texnika universitetida boʻlib turgan Ta'lim fakulteti, Ta'lim kafedrasi professor-oʻqituvchilari Eraliyeva Zamira Rasuljonovna hamda Qoʻchqarova Feruza Maxammatqosimovnalar universitet professori Seydi Ahmet Satici ma'ruzalarida ishtirok etishib, ularga Qoʻqon universiteti nomidan sovgʻalar taqdim etishdi.

Bundan tashqari, Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari talabalar bilan qiziqarli ma'ruzalarni olib bormoqda!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

10 Jan, 07:10


🏫 Qo'qon universitetida navbatdagi seminar-trening bo'lib o'tdi

Ta'lim fakultetining masofaviy va sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi tomonidan "Miyaning maʼnaviy imkoniyatlari va xulq-atvor psixofiziologiyasi" mavzusida seminar-trening muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadbirda ishtirokchilar miya faoliyatini rivojlantirish, stressni boshqarish va ijobiy fikrlash kabi mavzularda yangi bilimlarni oldilar. Seminar-trening psixologlar tomonidan olib borilib, talabalar uchun foydali tajribalar va bilimlar taqdim etildi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

10 Jan, 05:30


✍️ Sirtqi va masofaviy ta'lim shakli talabalari uchun "So’z sehri" ijodiy uchrashuvi bo'lib o'tadi!

🏫 Qo‘qon universitetida talabalarning  ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oshirish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ijod olamiga yangicha nafas bilan kirib kelayotgan yosh iste’dod egalarini kashf etish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida “So’z sehri” mushoira uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu klubda a’zolarinig ijod namunalari, ifodali o‘qilgan eng sara she’rlar ijtimoiy tarmoqlarda yoritib boriladi.

🕰 O‘tkazilish vaqti: 2025-yil 10-yanvar, soat 14:00. (Qo‘qon universiteti Turizm muzeyi).

Kokand University (official)

09 Jan, 10:44


📣“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari ishlab chiqilib, keng jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

🔴Davlat dasturi loyihasida 5 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 2025-yil uchun amaliy chora-tadbirlar, normativ-huquqiy hujjatlar ro‘yxati va maqsadli ko‘rsatkichlar nazarda tutilmoqda.

🔴Loyihada atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” masalalari, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy, davlat boshqaruvi, sud-huquq, xavfsizlik va tashqi siyosat yo‘nalishlarida 2025-yilga mo‘ljallangan keng ko‘lamli islohotlar nazarda tutilgan.

🟠Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

🔴 “Taraqqiyot strategiyasi” markazi barcha yurtdoshlarimizdan 2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o‘z takliflarini Markazning maxsus uzbekistan2030.uz onlayn portali orqali bildirishlarini so‘raydi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

09 Jan, 04:10


Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari Turkiyaning "Yildiz" texnika universitetida!

Ayni paytda Ta'lim fakulteti, Ta'lim kafedrasi professor-oʻqituvchilari Eraliyeva Zamira Rasuljonovna hamda Qoʻchqarova Feruza Maxammatqosimovnalar Istanbul shahrida joylashgan "Yildiz" texnika universitetida malaka oshirmoqdalar.

Shuningdek, mazkur "Yildiz" texnika universitetida Qoʻqon universiteti professor-oʻqituvchilari talabalarga quyidagi mavzularda dars oʻtishmoqda:

🔵Learning through play as a form of organizing children's lives and activities.
🩷The need to use STEAM educational technology in preschool education.
🔴Multistudio – as a STEAM educational module for organizing effective activities for preschool children based on the synthesis of artistic and technical creativity.
🟢The use of electronic educational resources in developing children's constructive activity and technical creativity in preschool educational organizations.

Professor-oʻqituvchilarimizga oʻzaro tajriba almashishda, malaka oshirishda omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

07 Jan, 13:36


Talabalar uchun unutilmas shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqasi boʻlib oʻtdi!

Besh muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan musobaqalar talabalar oʻrtasida qizgʻin murosasiz kechdi.

🏆 Yakunda gʻoliblarga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

07 Jan, 05:50


🧑‍💻 "0 dan kompyuter savodxonligi" to‘garagiga taklif etamiz❗️

💻 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha qo‘shimcha ta'lim olish, amaliy bilim va ko‘nikmasini oshirish istagidagi talabalar ushbu to‘garak mashg‘ulotlarida qatnashishlari mumkin.

📍Tyutor: Haydarova Kamolaxon - Raqamli texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi.

🕰 O‘tkazish vaqti: seshanba, juma kunlari 10:00.

🔥 Bepul to‘garak mashg‘ulotlarida ishtirok eting va bo‘sh vaqtingizdan unumli foydalaning!

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Jan, 14:33


Shaxmat, shashka va stol tennisi musobaqasiga taklif etamiz!

🏫 Qoʻqon universiteti talabalarini besh tashabbus doirasida o‘tkazilayotgan shaxmat, shashka va stol tennisi 🏓 turniriga taklif etamiz!

Intrigaga boy boʻlishi kutilayotgan musobaqalar ertaga 7-yanvar kuni soat 13:30 da A bino Book cafeda boʻlib oʻtadi!

Musobaqada ishtirok etuvchilar Yoshlar ishlari departamentiga murojaat qilishlari so’raladi.

Barcha qiziquvchi talabalarni kutib qolamiz!

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Jan, 14:00


#ilmiy_faoliyat

✍️ Tabriklaymiz!

🏫 Qoʻqon universitetining Ta'lim fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi oʻqituvchisi Orziqulov Husniddin Toʻlqin oʻgʻli pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻldi.

Ushbu ilmiy daraja O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 25-dekabrdagi 365/1-sonli va Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy kengashning tegishli qarorlariga asosan taqdim etildi.

🟢Qoʻqon universiteti jamoasi nomidan Xusniddin Orziqulovni samimiy tabriklaymiz! Keyingi ilmiy-ijodiy ishlariga muvaffaqiyat va barkamollik tilaymiz!

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Jan, 13:00


#ilmiy_faoliyat

🏫 Qo'qon universiteti Andijon filiali o'qituvchisi Qodirov Abdulazizbek Luqmonjon o'g'li "Dilmurod Quronovning adabiy-tanqidiy qarashlari" mavzusidagi 10.00.02- O'zbek adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini 2025-yil 4-yanvarda muvaffaqiyatli himoya qildi.

Qo'qon universiteti jamoasi Qodirov Abdulazizbek Luqmonjon o'g'lini mazkur yutuqlar bilan tabriklaydi. Keyingi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Tadqiqotchining ilmiy rahbari Qo'qon universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Qobilova Zeboxon Bakirovnani ham shogirdlar yutuqlari bilan tabriklaymiz!

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Jan, 12:25


#ilmiy_faoliyat

🏫 Qo'qon universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar departamenti mutaxasisi Tursunova Namunaxon Xaydarali qizi "Muhammad Aminxo‘ja Muqimiy g‘azaliyoti poetikasi" mavzusidagi 10.00.02- O'zbek adabiyoti ixtisosligidan filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiyasini 2025-yil 4-yanvarda muvaffaqiyatli himoya qildi.

Qo'qon universiteti jamoasi Tursunova Namunaxon Xaydarali qizini mazkur yutuqlar bilan tabriklaydi. Keyingi ilmiy va pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

Tadqiqotchining ilmiy rahbari Qo'qon universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektori, filologiya fanlari doktori, professor Qobilova Zeboxon Bakirovnani ham shogirdlar yutuqlari bilan tabriklaymiz!

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Jan, 09:00


Sirtqi ta'lim shakli talabalari uchun tanishuv darslari tashkil etildi

Yuqori saviyada tashkil etilgan tanishuv darslarida mas'ullar tomonidan sirtqi ta'lim shaklining iqtisodiyot va moliya yoʻnalishi talabalariga universitetdagi departamentlar faoliyati, ECTS kredit-modul tizimi asosida o‘qish va uning afzalliklari, HEMIS ta'lim platformasidan foydalanish, baholash mezonlari, GPA ko‘rsatkichlari va "Universitetning odob-axloq qoidalari" bilan yaqindan tanishtirildi.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

06 Jan, 06:04


Masofaviy ta'lim shakli talabalari uchun imtihonlarga start berildi!

🏫 Ayni paytda Qoʻqon universitetida masofaviy ta'lim shakli talabalari uchun yakuniy imtihonlar boʻlib oʻtmoqda. Talabalar oʻzlashtirgan fanlar boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazishmoqda.

Barcha talabalarga imtihonlarda omad va muvaffaqiyat tilab qolamiz!

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

05 Jan, 08:46


Kiberxavfsizlik darslari davom etadi

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq va messenjerlarga kiberhujumlar kun sayin ortmoqda.

🌐Shuningdek, internet tarmoqlarini rivojlanishi natijasida bir qancha yot g’oyalarga ega, ta’qiqlangan saytlar faoliyat yuritmoqda.

⁉️Xo’sh, instagramda ikki bosqichli tekshiruvni oʻrnatish qanchalik zarur? Qanday saytlar man etilgan?

🎬 Bu haqda bilishni istasangiz ushbu videoni oxirigacha koʻrishni tavsiya qilamiz.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

04 Jan, 13:03


#ilmiy_faoliyat

✍️ Tabriklaymiz!

🏫 Qoʻqon universitetining Marketing va PR departamenti boshlig‘i oʻrinbosari Xusanov Murodjon Sunnatullayevich iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega boʻldi.

Ushbu ilmiy daraja O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasining 2024-yil 30-noyabrdagi 364/1-sonli va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi ilmiy kengashning tegishli qarorlariga asosan taqdim etildi.

🟢Qoʻqon universiteti jamoasi nomidan Murodjon Xusanovni samimiy tabriklaymiz! Keyingi ilmiy-ijodiy ishlariga muvaffaqiyat va barkamollik tilaymiz!

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

02 Jan, 08:07


🏫 Qo‘qon universiteti – cheksiz imkoniyatlar maskani!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

31 Dec, 19:05


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Kokand University (official)

31 Dec, 06:01


Aziz ustozlar va talaba-yoshlar!

Sizlarni kirib kelayotgan yangi yil bilan samimiy muborakbod etamiz!

Kelayotgan 2025-yil barchamiz uchun yangi istiqbolli imkoniyatlar, barqaror rivojlanish va farovonlik yiliga aylansin.

Sizlarga yangi yilda sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olam-olam quvonch, Vatanimiz ravnaqi, xalqimizning farovonligi yoʻlida olib borayotgan sharafli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Qoʻqon universiteti direktori
Gʻafurjon Zaxidov


🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

29 Dec, 08:01


🏫 Qo‘qon universiteti uchun unutilmas 2024-yil!

O‘tib borayotgan 2024-yilda Qo‘qon universitetida sodir bo‘lgan eng muhim voqealar qisqa kadrlarda

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

27 Dec, 09:50


Professor oʻqituvchi va xodimlar uchun mahorat darslari davom etmoqda!

Mahorat darslarida ishtirokchilar "Jaholatga qarshi ma'rifat bilan!", "Zamonaviy ilmiy trendlar", "Loyihalar bilan ishlash: mahalliy va xalqaro grantlar" mavzulari boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

Ayni paytda professor-oʻqituvchilar uchun mahorat darslari davom etmoqda!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

26 Dec, 13:10


Professor oʻqituvchi va xodimlar uchun seminar-treningni birinchi kuni yakunlandi

Olib borilayotgan ilimy-tadqiqot va pedagogik mahorat darslarida ishtirokchilar belgilangan mavzular boʻyicha zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

Ma'lumot uchun, ushbu seminar-trening darslari ertaga 27-dekabr kuni ham davom etadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

26 Dec, 08:50


🏫 Qoʻqon universitetining professor-oʻqituvchilari uchun pedagogik mahorat darslari boʻlib oʻtmoqda!

Pedagogik mahorat darslarida "Islomda jamiyat va jamiyat mulki xavfsizligining ta'minlanishi", "Ko'nikmalarga asoslangan ta'lim: mohiyat, mazmun va yondashuv", "Pedagogik texnika kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishning omili sifatida" kabi mavzularda ma'ruzalar tinglanmoqda.

👆Ma'lumot uchun, ushbu seminar-trening darslari 26-27-dekabr kunlari boʻlib oʻtadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Nov, 14:45


29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) davom etmoqda!

Ayni paytda yarmarkada bo‘lib turgan Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi mudiri Hamidjon Rasulov yarmarkaning professor-o‘qituvchilar talabalarga nechog‘lik ahamiyati to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi 21-23 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Nov, 12:01


🏫 Qo'qon universitetida yangi – “Kitob javoningizga“ loyihasi!

❤️‍🔥Hurmatli bilimga chanqoq talabalar! Mazkur loyihada o'zingiz sevib mutolaa qilgan asaringizni targ'ib qilishingiz, tavsiya qilishingiz mumkin! Ziyo tarqatishga shoshiling!

🔠Loyihamizning birinchi ishtirokchisi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor, professor Zebo Qobilova O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Isajon Sultonning “Genetik” romanini o'qishga tavsiya qiladi.

📖“Genetik” romani irsiyatning, bir jihatdan, alohida inson taqdirida, qolaversa, ayrim xalq taqdirida va, umuman olganda, muayyan ma’noda, bashariyat qismatida o‘ynagan, o‘ynayotgan, o‘ynashi mumkin bo‘lgan o‘rni, ahamiyati haqida yozilgan. Asar o‘zbek degan millat irsiyatdagi, u bilan hamkor va hamnafas tomirlarning insoniyat shakllanishi va qaror topishidagi ahamiyati xususida, bu muammolarning Yaratgan qudrati bilan aloqadorliklari haqida. Shu ma’noda “Genetik” teran millatparvarlik va ayni vaqtda, insonparvarlik ruhida yaratilgan asardir.

Matnni Zebo Qobilova o’qigan.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Nov, 11:01


👮‍♂️"Muvaffaqiyatli ish izlash sirlari" mavzusida unutilmas seminar-trening boʻlib oʻtdi

🏫 Qiziqarli seminar-treningni Qoʻqon universitetining tadbirkor talabasi Shodmonov Javlon Muzaffarjon oʻgʻli oʻtib berdi.

Talabalar trening davomida munosib ish topish, muvaffaqiyatli ishga joylashish, professional kadrga aylanish, kasb tanlashda nimalarga e'tibor berish kabi koʻplab savollarga munosib javob oldilar.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Nov, 09:30


“Psixologlar – inson qalbining muhandislari” shiori ostida tadbirlar davom etmoqda!

22-noyabr “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan universitetimizning A binosida talabalar tomonidan "Qafasdagi hayvon", "Temperament", "3 daqiqalik test" kabi treninglar tashkil etildi.

Trening davomida talabalar o‘zlari uchun qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lishdi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Nov, 08:01


🏫 Qoʻqon universiteti vakillari 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) da ishtirok etmoqda

❤️‍🔥Yarmarkada xorijiy turistik kompaniyalar, milliy va hududiy tashkilotlar, assotsiatsiyalar, vakolatxonalar, mehmonxonalar, aviakompaniyalar, onlayn bronlash tizimlari, shuningdek, transport kompaniyalari va Qoʻqon universiteti Xalqaro turizm kafedrasi va talabalar faol ishtirok etmoqda.

🟢Ayni paytda TXTY dasturi doirasida konferensiyalar, B2B uchrashuvlari, davra suhbatlari, turizm xizmatlari va hunarmandchilik ko‘rgazmalari, O‘zbekiston hududlari turizm salohiyati taqdimotlari, gastronomik va boshqa ko‘plab tadbirlar boʻlib oʻtmoqda.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Nov, 07:00


Psixologlar – inson qalbining muhandislari!

22-noyabr “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan universitetimizning B binosida koʻngilochar psixologik treninglar boʻlib oʻtdi.

“Pedagogika va psixologiya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va psixologiya yo'nalishi talabalari tomonidan treninglar va interaktiv oʻyinlar orqali barchaga erta tongdan ijobiy kayfiyat ulashildi.

Ayni paytda “Psixologlar – inson qalbining muhandislari” shiori ostida tadbirlar davom etmoqda!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

16 Nov, 06:00


🏫 Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi ochiq dars bo'lib o'tadi.

Universitet talabalari uchun Matematika va uni o'qitish metodikasi fanidan "Kompleks sonlar. Mavhum son tushunchasi. Kompleks son va uning turli shakllari" mavzusida ochiq dars bo'lib o'tadi.

Ochiq darsni Qo'qon universiteti, Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi dotsenti Mamajonov Sanjarbek Mirzayevich o'tib beradi. Tashqi ekspert sifatida Qo'qon davlat pedagogika instituti professor v.b., fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent M.Mamajonov taklif etilgan.

Mazkur ochiq darsda barcha talabalarni kutib qolamiz!

Ma'lumot uchun, ochiq dars 18-noyabr soat 15:00 da B-406-xonada bo'lib o'tadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

16 Nov, 04:01


🏫 Qoʻqon universitetida KU QUIZ musobaqasining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtdi

Navbatdan tashqari boʻlib oʻtgan KU QUIZ musobaqasida 11 ta jamoa vakillari o‘z bilim imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Mazkur musobaqada Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi oʻqituvchilari ham talabalar bilan faol ishtirok etishdi va quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:

🏆 1-oʻrin – "Oregado" jamoasi;
🏆 2-oʻrin – "Akira" jamoasi:
🏆 3-o'rin – "Yoshlar" va "Astreoid" jamoasi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

15 Nov, 11:14


🏫 Qo’qon universiteti va “Halovat - Oila akademiyasi”dan yana bir ajoyib imkoniyat!

Qo’qon universitetida universitet talabalari uchun “Maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi” mavzusida seminar-trening mashg’ulotlari bo’lib o’tadi.

Ushbu darslarda siz bolani ta’limga qiziqtirish, o’quvchi-bolalar bilan ishlashda pedagogik mahoratni oshirish, kasbiy malakani rivojlantirishga doir zaruriy bilimlaringizni yanada takomillashtirib borasiz!

Biz sizlarni 19-noyabr kuni ushbu seminar-trening mashgʻulotlarida kutib qolamiz!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺You tube

Kokand University (official)

15 Nov, 06:35


🏫 Qoʻqon universiteti talabasi "Samarqand Marafon 2024" musobaqasida ishtirok etdi

🏃🏻‍♂️‍➡️Turizm va iqtisodiyot fakulteti Iqtisodiyot yo'nalishi talabasi Demenchuk Dmitriy Olegovich Samarqand shahrida oʻtkazilgan "Samarqand Marafon 2024" xayriya yugurish musobaqasida faol ishtirok etdi.

⚠️Ma'lumot uchun, “Samarkand Marafon” turkumidagi musobaqalar mamlakatimizdagi eng peshqadam sport voqeasi hisoblanib, u butun dunyodan xayriya maqsadlari uchun shijoatli minglab ishtirokchilarni birlashtiradi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺You tube

Kokand University (official)

14 Nov, 10:01


‼️Tayanch doktorantura uchun kirish imtihonlari davom etmoqda!

💙Ayni paytda tayanch doktoranturaga 8 ta yoʻnalish boʻyicha kirish imtihonlari qizgʻin davom etmoqda!

🟢Talabgorlar belgilangan fanlar boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishmoqda.

🌐 Website🕊 Telegram |📱 Facebook |📱 Instagram |📺 YouTube

Kokand University (official)

14 Nov, 08:49


🧑‍💻Qoʻqon universitetida IT sohasi boʻyicha forum boʻlib oʻtdi!

Mazkur forum "Qoʻshimcha daromaddan, asosiy daromadgacha" mavzusida boʻlib, Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

Shuningdek, forumda talabalarga mehmonlar tomonidan "IT ni oʻrganish nega kerak?", "Dasturchilar qancha daromad topadi?", SMM mutaxassislariga talab qanday? mavzularida ma'ruza qilindi.

Talabalar mavzular yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺You tube

Kokand University (official)

08 Nov, 13:02


🏫 Qoʻqon universitetida KU QUIZ musobaqasining 3- bosqichi boʻlib oʻtdi

🩷Qiziqarli va intrigaga boy musobaqada 10 ta jamoa vakillari o‘z bilim imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishdi va yakunda quyidagi jamoalar gʻoliblikni qoʻlga kiritdi:

🏆 1-oʻrin – "Oregado" jamoasi;
🏆 2-oʻrin – "Asteroid" jamoasi:
🏆 3-o'rin – "Safari" jamoasi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

08 Nov, 12:00


🇷🇺G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali vakillari Qoʻqon universitetida

🏫 Bugun Qoʻqon universitetiga G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali vakillari tashrif buyurdi.

🟢Dastlab, mehmonlar Qoʻqon universitetining asosiy kampusi, auditoriyalari, yotoqxonasi, turizm majmuasi, sport kompleksi, kutubxona, ovoz yozish studiyasi bilan yaqindan tanishtirildi.

💙Soʻngra Axborot kutubxona markazi majlislar zalida Qoʻqon universiteti faoliyati haqida taqdimot boʻlib oʻtdi. Taqdimotda Qoʻqon universitetining oʻquv jarayoni, xalqaro hamkorlik aloqalari, ilmiy-pedagogik kadrlar malaka oshirish tizimi, Qoʻqon universiteti Andijon filiali faoliyati va kelgusidagi istiqbolli rejalarga toʻxtalib oʻtildi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

08 Nov, 07:05


🇹🇷Endi Turk tilini oʻrganish biz bilan oson!

Hurmatli talabalar! KU Yoshlar akademiyasi turk tili toʻgaragiga start berilganini ma'lum qiladi!

🩷Sizda turk tilida ravon soʻzlashib, mukammal oʻrganish imkoniyati bor.

‼️Shoshiling bunday imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

🧑🏻‍💻Ushbu toʻgarakda qatnashish uchun Registrator ofisga murojaat qiling!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

08 Nov, 04:21


#10fakt

"10 fakt" loyihasi bu gal buyuk ajdodimiz Muhammad al-Xorazmiy haqida ma’lumotlar beradi.

1️⃣ Xorazmiy “0” raqamini ixtiro qilgan.

2️⃣ Alloma butun dunyoda keng foydalanilayotgan o‘nlik sanoq sistemasini ilmiy muomalaga kiritgan.

3️⃣Hali G‘arbda ko‘pchilik yer tekislikdan iborat, deb ishonib yurgan bir paytda, Xorazmiy sayyoramiz yumaloq shaklda ekanini isbotlagan.

4️⃣ Quyosh soatlarining eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan “marmar plita” ning yasalish usulini Xorazmiy kashf etgan.

Siz qaysi faktlarni birinchi marta eshityapsiz? Loyihamizni kuzatib borib, o‘zingiz uchun yangi bilimlar maydonini kashf qiling!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

07 Nov, 14:01


🏫 Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi binar dars bo'lib o'tdi

😎Universitet talabalari uchun korporativ moliya fanidan "Korporativ moliyada korxonalarni boshqarish tajribasi. QO'QON BIOKIMYO AJ misolida" mavzusida binar dars bo'lib o'tdi.

💙Binar darsni Xalqaro turizm va iqtisodiyot kafedrasi oʻqituvchisi Muratov Aziz Akbarovich va "Qo'qon biokimyo" aksiyadorlik jamiyati direktori Yarikulov Jaxongir Nurmamatovich oʻtib berdi.

📌 Mazkur binar darsda barcha talabalar mavzu doirasida zarur bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

29 Oct, 15:02


#ilmiy_faoliyat

Navbatdagi ilmiy ish muhokamasi boʻlib oʻtdi

😎Mazkur yigʻilishda tadqiqotchi Orziqulov Xusniddin To‘lqin o‘g‘lining 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazriyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)" ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan "Bо‘lajak bоshlang‘iсh sinf о‘qituvсhilarining tarbiyaviy faoliyatga doir kоmреtеntligini rivоjlantirish mеtоdikasi" mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining seminar muhokamasi boʻlib oʻtdi.

🟢Seminarda universitet rahbariyati, ilmiy kengash a'zolari va tadqiqotchilar ishtirok etdi. Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

29 Oct, 14:31


Adabiyot yashasa – millat yashaydi!

🏫 Qoʻqon universitetida yosh, iste'dodli yozuvchi Sherzod Ortiqovni "Sevdik, kuldik, yigʻladik" kitobining taqdimoti boʻlib oʻtdi.

📚Mazkur kitob taqdimotida soʻz olganlar talabalarga kitob mutolaasinng ahamiyati, bugungi kun adabiyoti, yoshlarga berilgan imkoniyatlardan foydalanishni ta'kidlashdi.

Shuningdek, talabalar yangi asar boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

29 Oct, 14:01


#ilmiy_faoliyat

🏫 Qoʻqon universitetining Ta'lim kafedrasida dissertatsiya muhokamasi boʻlib oʻtdi

Mazkur yigʻlishda tadqiqotchi Parpiyev Odil Olimovichni "Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida fikrni yozma ifodalashda pragmatik yondashuv" mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Muhokama davomida tadqiqotchi dissertatsiyasining qisqacha mohiyati, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati haqida soʻz yuritdi, shuningdek, kafedra a'zolari tomonidan berilgan savollarga munosib javob berdi.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

29 Oct, 12:42


Akademik va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

🏫 Qoʻqon universitetiga taniqli iqtisodchi olim, O‘zFA akademigi Saidasror Saidaxmedovich Gulyamov tashrif buyurdi.

Dastlab, O‘zFA akademigi Saidasror Saidaxmedovich universitetdagi turizm majmuasi, oʻquv auditoriyalari va muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

😎Soʻngra talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizda yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, jumladan, ularning oliy ta’limga qamrab olinishi, tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi, raqamlashtirish, sun'iy intellekt va boshqa ko‘plab qiziqarli mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi.

😎Akademik suhbat jarayonida talaba yoshlarga O‘zbekistonning mustaqillik yillarida qo‘lga kiritilgan yutuqlari, xorijiy mamlakatlarning taraqqiyot modellari, mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan rivojlanishga doir ko‘plab ma’lumotlarni berib o‘tdi.

🩷Shuningdek, Yangi O‘zbekistonni “ijtimoiy davlat” tamoyili asosida qurish, inson huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish, ekologiya, ayniqsa, suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani, erkin bozor mexanizmlarini joriy qilish, sog‘lom raqobat va xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash kabi mavzularga ham e’tibor qaratildi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

29 Oct, 06:33


🌴Xorijda yozgi stajirovka!

🏫 Qo‘qon universitetining barcha yo‘nalishida tahsil oladigan (1-3-bosqichlar) talabalari uchun yozgi ta'tilni 3 oy (20.06-20.09) davomida Bolgariyada mehmonxona va restoran xizmatlari bo‘yicha tajriba orttirish imkoniyati taqdim etiladigan Work and travel!

🩷Qulayligi sizga 3 oy mobaynida ham ish o’rganish ham sayohat qilish imkoniyatini beradi!

🟣Ta'minlanadi:
sug‘urta;
borish va qaytish uchun samolyot chiptasi (Istanbulgacha samolyot, yashash joyigacha avtobus);
turar joy;
3 mahal ovqat.


Talablar:

🟢qizil pasportga ega bo‘lish;
🟠rus yoki ingliz tilida erkin suhbat qilis.


‼️Hujjatlarni qabul qilish muddati - 31- oktyabrgacha (Xalqaro hamkorlik departamentida qabul qilinadi).

🔹Onlayn ro‘yxatdan o’tish uchun:
https://forms.gle/rZ7njW7YsUA1vZ3dA

🔹Oflayn ro‘yxatdan o‘tish: 
Axborot kutubxona markazi (AKM), 2-etaj

☎️ Murojat uchun:
Tel: +998916987161 @Interdepme
Telegram kanal:
@KUXAB

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

28 Oct, 14:01


🏫 KU Yoshlar akademiyasining faoliyati davom etmoqda!

😎Hurmatli talabalar! Boʻsh vaqtingizni mazmunli oʻtkazishni, turli sport toʻgaraklarida ishtirok etishni, ingliz tili va nemis tillarini chuqur oʻrganishni xohlaysizmi?

😎Unday boʻlsa sizga Ku Yoshlar akademiyasi yaqindan yordam beradi! Mazkur akademiya loyihalarida faol ishtirok eting! Vaqtingizni mazmunli va maroqli oʻtkazing!

🩷KU Yoshlar akademiyasiga a'zo boʻlish uchun Registrator ofisga murojaat qiling!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

28 Oct, 13:00


🏫 Qoʻqon universiteti talabalarini yangi asar taqdimotiga taklif etamiz!

😎Barcha talabalarni yosh, iste'dodli yozuvchi Sherzod Ortiqovni "Sevdik, kuldik, yigʻladik" kitobining taqdimotiga taklif etamiz!

📚Ushbu kitob har bir oʻqirmanni goʻzal va maftunkor esse olamiga dadil yetaklab, jamiyat hayotidagi turfa xil insonlarning oʻzaro munosabatini yaqindan tanishtiradi.

✍️ Ma'lumot uchun, mazkur kitob taqdimotiga Qoʻqonlik taniqli shoira va tarjimon Dilfuzaxon Qosimova va Dangʻara tumani axborot kutubxona markazi direktori Sayyoraxon Ernazarova tashrif buyuradi.

📆 Barcha talabalarni ertaga soat 13:30 da Axborot kutubxona markazida boʻlib oʻtadigan kitob taqdimotida kutib qolamiz!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

27 Oct, 05:10


🏫 Qo'qon universitetidagi 181-saylov uchastkasida ham ovoz berish jarayonlari davom etmoqda. Ushbu jarayonlarda aholining siyosiy faolligi yaqqol o'z aksini topib, ko'tarinki ruhda davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, ovoz berish jarayoni bugun kechki soat 20:00 ga qadar davom etadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

27 Oct, 05:00


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida ovoz berish jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda

🏫 Qoʻqon universitetidagi 180-saylov uchastkasida ham soat 08:00 da Vatanimiz madhiyasi yangradi va shundan soʻng ovoz berish jarayoni boshlandi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

26 Oct, 07:01


Unutilmas osh chempionati!

🏫 Qoʻqon universitetida besh muhim tashabbus doirasida talabalarning boʻsh vaqtini oʻtkazish maqsadida osh chempionati boʻlib oʻtdi.

🎬 Katta taassurotlarga boy boʻlgan osh chempionati qisqa kadrlarda!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

25 Oct, 09:48


🏫 Qoʻqon universiteti jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy qutlaydi!

👮🏻‍♀️ Bugun, 25-oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni! Shu munosabat bilan Qoʻqon universiteti jamoasi universitet profilaktika inspektori, katta leytenant Odilova Zeboxon Adxamjon qizini samimiy muborakbod etadi!

🇺🇿 Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

25 Oct, 09:48


🏫 Qoʻqon universiteti Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy qutlaydi!

👮‍♂️ Bugun, 25-oktabr Ichki ishlar organlari xodimlari kuni! Shu munosabat bilan Qoʻqon universiteti jamoasi universitet profilaktika inspektori, katta leytenant Maxmudjon Maxammadjon oʻgʻlini samimiy muborakbod etadi!

🇺🇿 Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor boʻlsin!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

25 Oct, 06:10


🏫 Qo‘qon universitetida unutilmas osh chempionati bo‘lib o‘tdi!

Osh chempionatida 1-kurs talabalari bir jamoa bo‘lib o‘z mahoratlarini namoyon etishdi.

Oshni baholashda oshpazlar chempionat qatnashuvchilarining sanitariya-gigiyenaga rioya qilishi, kiyinish madaniyati, masalliqlarning, ovqatning mazasi va boshqa jihatlariga e'tibor qaratishdi.

🔥Yakunda quyidagi yoʻnalish talabalari tayyorlagan milliy taom eng yaxshi oʻrinlardan joy oldi:

1-o‘rin xorijiy til yo‘nalishi;
2-kiberxavfsizlik yo‘nalishi;
3-psixologiya yo‘nalishi.

👏Ma'lumot uchun, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 1-kurs xorijiy til yo‘nalishi talabalari Samarqandga sayohat qilish uchun vaucher bilan taqdirlanishdi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 14:00


🏫 Qoʻqon universiteti direktori universitet grant sohiblari bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

❤️‍🔥Ochiq muloqotda Qoʻqon universiteti direktori Gʻafurjon Zaxidov talabalarni grant sohibi boʻlganliklari bilan muborakbod etib, ularni bundanda yuksak marralarni zabt etishga undadi.

✔️Bundan tashqari, direktor ularni yetuk kadr boʻlishi uchun aslo toʻxtab qolmaslik, ilm yoʻlida barcha imkoniyatlardan foydalanish, hamisha katta maqsadlar sari qadam bosishlari zarurligini ta’kidladi.

📌 Ma'lumot uchun, universitet granti talabalarga eng yuqori GPA ko‘rsatkich to‘plagan talabalarga beriladi.

🌐 Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 13:20


#hamkorlik_memorandumi

🏫 Qoʻqon universiteti va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Fargʻona filiali oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun Qoʻqon universitetiga Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) Fargʻona filiali rahbariyati va talabalari tashrif buyurishdi.

🩷 Dastlab mehmonlarga ekskursiya tashkil etilib, ularga universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, turizm majmuasi, muzey, yotoqxona, dars jarayonlari, kutubxona, ovoz yozish studiyasi, robototexnika laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

🤝 Soʻngra Qoʻqon universiteti Zaxidov Gʻafurjon Erkinovich va Toshkent axborot texnologiyalar universiteti (TATU) Fargʻona filiali direktori Muxtarov Farrux Muhammadovich tomonidan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” davlat dasturi doirasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

👆Batafsil: https://telegra.ph/Hamkorlik-memorandumi-imzolandi-10-22

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 11:01


🏫 Qoʻqon universitetida "Yil talabasi" tanlovi oʻtkaziladi!

🔠oʻqon universitetining iqtidorli talabalarini "Yil talabasi" tanloviga taklif etamiz! Tanlov uchun hujjatlar 1-noyabrgacha qabul qilinadi va unda 2-3-4-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

Tanlov ikki bosqichda quyidagi 7 nominatsiya boʻyicha oʻtkaziladi:

1️⃣ “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”
2️⃣“Yilning eng faol targ'ibotchi talabasi”
3️⃣“Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”
4️⃣“Yilning eng faol sportchi talabasi”
5️⃣“Yilning eng faol iqtidorli talabasi”
6️⃣ “Yilning eng faol ijodkor talabasi”
7️⃣“Yilning eng faol tadbirkor talabasi” (xotin-qizlar uchun)

📄Batafsil ma'lumot uchun tanlov nizomi bilan tanishing!

👨‍💻 Hujjatlar tegishli dekanatlar tomonidan qabul qilinadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 09:10


🇺🇿 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami!

🏫 Qoʻqon universiteti rahbariyati o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan qutlaydi!

O‘zbek tilining qadim tarixi yorqin kelajakka ziyo bo‘lib, mangu yashnasin!

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 06:01


📺📺📺📺📺📺

🏫 Qoʻqon universitetida 27-oktyabr Oliy Majlis qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlarining sayloviga muddatdan oldin ovoz berish jarayonlari boʻlib oʻtmoqda.

Qoʻqon universiteti 180-saylov uchastkasidagi muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari "Muloqot" telekanali nigohida.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube

Kokand University (official)

22 Oct, 04:40


🏫 Qo'qon universiteti talabalari uchun navbatdagi binar dars bo'lib o'tadi.

😎Universitet talabalari uchun Matematika o'qitish metodikasi I fanidan "Boshlang'ich sinflarda o'qitishni tashkil qilish" mavzusida binar dars bo'lib o'tadi.

💙Binar darsni Qo'qon universiteti, Raqamli texnologiyalar va matematika kafedrasi dotsenti Mamajonov Sanjarbek Mirzayevich va Qo'qon davlat pedagogika instituti dotsenti Turakulov Xamidullo Shamsidinovich o'tib beradi.

📌 Mazkur binar darsda barcha talabalarni kutib qolamiz!

📆 Ma'lumot uchun, binar dars 23-oktabr soat 13:30 da A-405-xonada bo'lib o'tadi.

🌐Web-site🕊Telegram|📱Facebook|📱Instagram|📺YouTube