FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY) @adliya_fargona Channel on Telegram

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

@adliya_fargona


Bizga murojaatingiz bormi?
@faradliya_bot
facebook da
https://www.facebook.com/groups/707837036273804/?ref=share

Insagram: https://www.instagram.com/adliya_fargona/

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY) (Uzbek)

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY) kanalini tanishing! Bu kanal Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasining rasmiy kanali hisoblanadi. Kanaldan fasliy ma'lumotlar, yangiliklar va so'nggi yangiliklar olishingiz mumkin. Adliya sohasi bilan shug'ullanuvchilar uchun eng aktual va foydali ma'lumotlar bu kanalda joylashgan. Agar sizda adliya sohasiga oid savollaringiz yoki murojaatlaringiz bo'lsa, @faradliya_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin. Ayniqsa, Facebook va Instagram sahifalarimizni ham kuzatib boring! Adliya bilan bog'liq so'nggi yangiliklardan birinchi bo'lib xabardor bo'lish uchun FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY) kanaliga obuna bo'ling!

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Feb, 11:30


#Sayyor_qabul

“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mutaxassislari ishtirokida sayyor qabul o'tkaziladi

Mazkur qabulda tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari (milliy brendlar), sanoat na'munalari va foydali modellar davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun talabnomalar va hujjatlar birlamchi tekshirilib, guvohnoma berish ehtimoli yuqori bo‘lgan intellektual mulk obyektlariga Markaz mutaxassislari tomonidan talabnoma topshirish orqali ko‘maklashiladi.

✔️Mazkur sayyor qabul 2025-yil 19-fevral kuni soat 10 00 da Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi binosida o'tkaziladi.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Feb, 11:16


#Ziyo_ulash

Kitob bering, kitob oling – ziyo ulashing !

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2025 yil 27- yanvardagi 27-um-son buyrug‘iga asosan joriy yilning 1-fevral kunidan “Kitob ulash” ijtimoiy loyihasiga start berilgan.

Jumladan, Muhiddin Darveshev nomidagi “Hangoma” askiyachilar va qiziqchilar teatri badiiy rahbari, so‘z ustasi, “Shuhrat” medali sohibi Mansurjon Oxunov ham aksiyada ishtirok etdi. U Uchko‘prik tuman Davlat xizmatlari markazidagi moʻjaz kutubxonaga o‘zining sevib mutolaa qilgan kitoblarini xalq ixtiyoriga topshirdi. 

Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, Ushbu loyiha doirasida adliya tizimida faoliyat olib boruvchi barcha xodimlar, shuningdek davlat xizmatlari markazlariga kelgan aholi tomonidan ixtiyoriylik asosida kitoblar taqdim etilmoqda.

Ushbu loyihada faol ishtirok eting va ziyo ulashing!

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Feb, 10:36


#Adliya_xabari

“Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi

2025-yilning 15-fevraldan 15-martiga qadar respublikamizda “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkaziladi.
Mazkur oylik davomida aholi oʻrtasida intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafakt mahsulotlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, mualliflik sohasida qaroqchilikka, shu jumladan “plagiatga” qarshi kurashish maqsadida ishlab chiqaruvchi, sotuvchi, nashriyot va koʻngil ochar maskanlarda huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan profilaktika chora-tadbirlar, xususan, ogohlantirish va noqonuniy harakat uchun javobgarlik mavjudligi haqidagi targʻibotni kuchaytirish yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, isteʼmolchilarda kontrafakt tovarni aslidan farqlash koʻnikmasini hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari olib boriladi. Fuqarolarning mazkur sohada huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan targʻibot tadbirlari oʻtkaziladi.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Feb, 09:17


Farg‘ona 24
16.02.2025

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov va keng jamoatchilik ishtirokida Quva tumanidagi “Karkidon” suv ombori hududida “Yashil belbog‘” loyihasiga start berildi.
Unda Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.

https://t.me/Fargona_trk

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Feb, 06:09


Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida “Sudlar tomonidan bekor qilingan va haqiqiy emas, deb topilgan ishlar” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda  viloyatda faoliyat olib borayotgan xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi 110 nafar notariuslar, tumanlararo maʼmuriy sudlar sudyalari hamda adliya vakillari ishtirok etdi.

Notariuslar tomonidan mol-mulk, merosni belgilash kabi ko‘plab amalga oshirilayotgan harakatlar baʼzi hollarda sudlar tomonidan haqiqiy emas, deb topilayotgani ayni haqiqat.

Shu nuqtai nazardan sudyalar va notariuslar seminar davomida savol-javoblar tarzida muammolarga yechim topishdi. Kelgusida nizolarning kelib chiqishini oldini olishda amaliyotni qonunga muvofiqlashtirish yuzasidan kelishib olindi.  

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Feb, 05:14


#Yashil_makon

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yashil makon” loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Quva tumanidagi  Karkidon suv ombori hududida ajratilgan adir maydonlarga Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan maydonlar  tosh va turli unsurlardan tozalanib  560 tup manzarali daraxtlar o‘tqazildi.

Maʼlumot o‘rnida aytish mumkinki, 2024 yilda “Yashil makon” loyihasi davomida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimlari tomonidan ona yer bag‘riga 6 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxt va buta ko‘chatlari ekilgan edi. Joriy yilda ham “Yashil makon” loyihasi adliya tizimida ham umummilliy harakat va qadriyat sifatida namoyon bo'layotganini kuzatish mumkin.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

08 Feb, 10:45


#Ziyo_ulash

❗️Hududlarda "Kitob ulash" ijtimoiy loyihasi davom etmoqda

Bu loyiha ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma'rifat ulashish imkonini yaratadi.

Oltiariq tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markaziga elimiz suygan san'atkor, O‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Qilichbek Tojiyev ushbu loyihada ishtirok etish maqsadida tashrif buyurdi.

Q.Tojiyev "Ziyo ulash" kitob almashish loyihasida barchani faol ishtirok etishga chaqirdi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:

🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

08 Feb, 08:23


#Adliya_xabari

❗️Mahallalar jamoat joylari va yashash xonadonlarida xavfsiz muhit yaratish yuzasidan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Rishton tumani adliya bo'limi tomonidan tumanning "Markaz", "Dehqonobod", "Istiqbol" MFYlarida mahalla yettiligi vakillari va mahalla faollari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan targ`ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Mazkur tadbirda MFY “mahalla yettiligi”ga faoliyatlariga doir uslubiy qo‘llanmalar yetkazildi va mavjud muammoli holatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

08 Feb, 06:51


#Adliya_xabari

Fargʻonada Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi koʻtarinkilik bilan nishonlanmoqda.


Bugun buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligi munosabati bilan Fargʻona shahridagi Alisher Navoiy haykali poyiga gul qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

08 Feb, 04:59


#OAV_biz_haqimizda

Adliya vazirligi “Ziyo ulash” kitob ulashish aksiyasini kengaytirmoqda

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

07 Feb, 13:11


#Adliya_fidoyilari

Manzuraxon NORTOJIYEVA - Farg‘ona viloyat Uchko'prik tumani FHDY bo‘limi mudirasi.

M.Nortojiyeva 42 yilga yaqin huquqshunoslik sohasida, shundan 29 yil FHFY sohasida faoliyat olib bormoqda. Manzuraxon opa salmoqli vaqt davomida yuzlab shogirdlar chiqardi, yosh huquqshunoslarning maslahatchisiga aylandi.

Qirq yillab bir sohada ishlash insondan metin iroda va sabr va matonat, fidoyilik talab qiladi. Manzuraxon opa ana shunday yuristlardan.

Batafsil lavhada kuzating👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

07 Feb, 11:18


#Биласизми

✔️ Ҳуқуқбузарликлар учун жазо муқаррарлигини таъминлаш мақсадида синов тариқасида криминоген вазият оғир ҳудудлардаги профилактика бўлинмаларида маъмурий амалиёт гуруҳлари фаолияти йўлга қўйилади.

📌 Улар зиммасига профилактика инспекторларига тушган мурожаатлар юзасидан жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган ҳужжатларини ўрганиб, таркибида маъмурий ҳуқуқбузарлик бўлган ҳолатлар юзасидан белгиланган ҳужжатларни расмийлаштириш вазифаси юкланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

07 Feb, 11:06


#Adliya_xabari

✔️So'x tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan "Huquqiy targ'bot kuni" doirasida tumandagi “Chumoqcha” MFY da "Mening mahallamda jinoyat sodir bo‘lmaydi" dasturi bo'yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida “mahalla yettiligi” va MFY faollariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-1-sonli qaror mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

07 Feb, 09:48


#Adliya_xabari

Prezidentimizning mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirishga oid qarori ijrosini yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida hududlarda o‘tkazilayotgan tadbirlar tafsiloti.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

07 Feb, 07:49


#Adliya_xabari

❗️"Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi" dasturi doirasida targ'ibot tadbirlari davom etmoqda

Fargʻona tumani adliya bolimi tomonidan tumanning "Navroz," "Toshqo'rg'onaziz", "Shohimardonobod", "Mozortagi", "Oqtom", "Bo'ston", "Xoja Axmad Vale", "Sanoat" hamda "Xosilot" MFYlarida "mahalla yettiligi" vakillari va mahalla faollari ishtirokida seminar va davra suhbatlari bo'lib o'tdi.

Mazkur seminarlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi va qaror ijrosi yuzasidan targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

07 Feb, 07:09


#Ziyo_ulash

❗️"Kitob ulash" ijtimoiy loyihasi davom etmoqda

Barchamizga ma'lum, Adliya vazirining 2025-yil 27-yanvardagi 27-um-sonli buyrug'iga asosan joriy yilning 1-fevral kunidan boshlab Adliya vazirligi tizimida "Kitob ulash" ijtimoiy loyihasiga start berildi.

Bu loyiha katta ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lib, undagi kitoblar boshqalarga bilim va ma'rifat ulashish imkonini yaratadi.

Rishton tuman adliya bo'limi davlat xizmatlari markaziga tuman Nuroniylar jamg'armasi raisi Tursunxo'ja Abduraxmonov hamda elimiz suygan san'atkor Valijon Qodirovlar loyihada ishtirok etish maqsadida markazga tashrif buyurdilar.

Markazga kelgan fuqarolarga ziyo ulashish maqsadida turli mavzulardagi, rang-barang kitoblarni ezgu tilaklar izhor qilgan holda taqdim etdilar hamda "Ziyo ulash" kitob almashish loyihasida barchani faol ishtirok etishlarini targi'b qildilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

07 Feb, 06:56


#Eslatma

Adliya vazirligining Instagram, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifalari hamda “Adliya yangiliklari” Telegram kanali rasmiy maqomga ega.

❗️Sahifalarning nomidagi maxsus belgi (✔️) orqali ularni oson ajratib olishingiz mumkin.

Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini va Telegram messenjeridagi kanallarini eslatib o‘tamiz:

📱 Telegram
@adliyangiliklari
@huquqiyaxborot
@huquqiyaxborot_lotin (lotin)
@pravoinf (rus)
@leginf (ingliz)

📱 Facebook
https://www.facebook.com/minjustuz

📱 Instagram
https://www.instagram.com/adliyanews

📱 Youtube
https://www.youtube.com/c/Adliya

📱 X (Twitter)
https://x.com/MinjustUzb

Axborotni ishonchli manbalardan oling!

🖥 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Jan, 11:41


#adliya_xabari

❗️Mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha har birimiz masʼulmiz

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan Marg‘ilon hamda Quvasoy shaharlarida o'quv seminarlar tashkil etildi.

Mazkur seminarlarda mahallalarda sog‘lom muhitni saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqilishi, kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mahallalarga "Mahalla–tuman–viloyat" darajasida bevosita masʼul rahbarlarning biriktirilishi va aniq sohaviy javobgarlik yuklatilganligi, bu borada “mahalla yettiligi”ning masʼuliyati haqida alohida tushuntirishlar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Jan, 08:11


‼️Tadbirkorlar diqqatiga!!!

“Tovar belgisiga ega bo‘lishning afzalliklari” mavzusida tadbirkorlik subyektlariga intellektual mulk obyektlarini yaratish hamda ularni davlat tomonidan muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor qabul oʻtkaziladi.

✔️Mazkur sayyor qabul 2025-yil 31-yanvar kuni soat 10:00 da Farg’ona viloyat adliya boshqarmasida o'tkaziladi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Jan, 06:36


#Adliya_xabari

❗️Prezident qarorlari hayotda va nazoratda

Farg'ona viloyat hokimligida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlari ijrosini tashkil etish yuzasidan oʻquv-amaliy seminar oʻtkazildi.

Batafsil 👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Jan, 05:16


#jonli_radio_muloqot

Farg'ona viloyat "Farg'ona" teleradiokanalining 90.8 to‘lqinida efirga uzatilgan "Huquq soati" dasturida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi Inson resurslari shubasi boshlig'i A.Adermatovning "Adliya idoralarining bugungi kundagi faoliyati" masalasida aholi bilan jonli muloqot asosida savollarga javob berishlari yuzasidan radiomuloqoti (2-qism)

Batafsil 👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Jan, 04:29


#OAV_biz_haqimizda

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tizimidagi bo'lim xodimlarining turli huquqiy sohalardagi maqolalari gazeta va jurnallarda chop etilmoqda.

Jumladan, Dang'ara tuman adliya boʻlimi boshlig'i V.Erkaboyevning "Kimlar davlat bojidan ozod etiladi?" nomli maqolasi hamda Qo'qon shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig‘i X. Xakimovning "Rag'batlantirish tartibi belgilandi" rukni ostidagi maqolasi "Dang'ara" gazetasining 2025-yil 27-yanvar kungi 2-3-(7689-7690)-sonida chop etildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Jan, 04:13


Маъмурий жарима: миқдори, тўлаш муддатлари, имтиёзлар ва мажбурий ундирув

Жариманинг миқдори маъмурий ҳуқуқбузарлик содир этилган вақтдаги, давом этаётган маъмурий ҳуқуқбузарлик учун эса бу ҳуқуқбузарлик аниқланган вақтдаги БҲМдан келиб чиққан ҳолда белгиланади.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Jan, 04:11


Қандай ишлар ўриндошлик асосида ишлаш ҳисобланмайдиган ишлар ҳисобланади?

Тиббиёт ходимларининг белгиланган вақт нормасидан ортиқча навбатчилик қилиши ўриндошлик асосида ишлаш ҳисобланмайди.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Jan, 13:10


#OAV_biz_haqimizda

"Marg'ilon haqiqati" gazetasining 2025-yil 13-yanvar kungi 1-2-sonida Marg'ilon shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Q. Giyasovning "Marg'ilon shahrida budjet tashkilotlari manfaatlari professional huquqiy himoya qilinmoqda" mavzusida, bosh yuriskonsult I.Abduraimxojiyevning Pensiya masalasida maqolalari chop etildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Jan, 11:35


#Men_bilgan_adliya

Adliya organlariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz? Adliya organlari va muassasalari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz?

Ushbu savollarga tadbirkorlar, MFaktor loyihasi asoschilari Hasan va Husan Mamasaidovlar javob berdi. Batafsil 👉 videoda.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Jan, 08:43


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Hafta mobaynida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida ma'lumot.

Batafsil videoda👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Jan, 07:46


#Adliya_xabari

Farg 'ona viloyati bo'ylab o'tkazilayotgan sayyor qabul Quvasoy shahar davlat xizmatlari markazida davom etmoqda


Avvalo, Quvasoy shahar davlat xizmatlari markazi hamda FHDY bo'limida amalga oshirilayotgan ishlar, xizmatlardan foydalanayotgan aholining kayfiyati o'rganildi. Jarayonlar davomida tadbirkorlar ishtirokida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini takomillashtirish, talab va takliflarini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o'tkazildi.

O‘rganish jarayonida davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi


Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

18 Jan, 05:09


#Jamoatchilik_muhokamasi

Bir yilda 500 mingdan ortiq fuqaroning davlat organlariga ortiqcha murojaat qilish bilan bogʻliq ovoragarchiligiga chek qoʻyiladi


Prezidentning “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi Farmoni loyihasida davlat xizmatlari yoʻnalishida quyidagi oʻzgarishlar koʻzda tutilmoqda.

1️⃣ kompozit va proaktiv shakldagi davlat xizmatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda:

6 turdagi davlat xizmatlarini kompozit shaklda (yani bir ariza orqali ikki va undan ortiq davlat xizmatlarini koʻrsatish) koʻrsatish belgilanmoqda (mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish va kadastr pasportini shakllantirish; yer uchastkalari auksion orqali realizatsiya qilinganda dehqon xoʻjaliklarini roʻyxatdan oʻtkazish kabilar).

Mazkur tartiblar yoki takliflarning joriy etilishi bilan bir yilda 500 mingdan ortiq fuqaroning davlat organlariga ortiqcha murojaat qilish bilan bogʻliq ovoragarchiligiga chek qoʻyiladi;

2️⃣ davlat xizmatlarini soddalashtirish (BPR) yoʻnalishida:
25 turdagi davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonlarini toʻliq qayta koʻrib chiqish va soddalashtirish nazarda tutilgan.
Bunda, aholi va tadbirkorlardan maʼlumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinadi hamda ularni avtomatik tarzda davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlaridan olish imkoniyati yaratiladi.

Ushbu tadbirlar natijasida davlat xizmatidan foydalanishning oʻrtacha vaqtini 3-4 daqiqaga tushirish reja qilingan. Bunda, bir yilda 100 mingdan ortiq arizani rasmiylashtirish uchun fuqarolarning 6672 soat yoki 270 kundan ortiq vaqti tejalishiga erishiladi.

3️⃣ arxiv sohasida koʻrsatiladigan elektron davlat xizmatlarining qamrov darajasini oshirish yoʻnalishida:
2025-yil yakuniga qadar arxiv sohasidagi barcha davlat xizmatlarini elektron shaklga oʻtkazish koʻzda tutilmoqda.

Xususan, nodavlat arxivlar faoliyatini tashkil etish hamda arxiv xodimlarining kasbiy kompetentlik guvohnomalarini berish kabi davlat xizmatlari koʻrsatishning yangicha tartibi yoʻlga qoʻyiladi.

🗓 Loyiha 2025-yil 22-yanvarga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi.

2025-yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, oʻz takliflaringizni uzbekistan2030.uz onlayn portali hamda regulation.gov.uz Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali orqali bildirishga chaqiramiz.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Jan, 12:58


#Adliya_xabari

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tuman, shahar adliya bo‘limlari va YXKM boshliqlari uchun Rishton tumanida kengaytirilgan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Mazkur yig'ilishda "Adliya mahalla", "Onlayn mahalla" hamda "Huquqiy mahalla" platformalaridan foydalanish, tajriba almashish va tizimda ish yuritish samaradorligini yanada oshirish masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, tizimda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga oid "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish" siyosati hamda "O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlarining odob-axloq qoidalari" bo'yicha ham alohida to'xtalib o'tildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Jan, 11:34


#radio_reportaj

Farg'ona viloyat "Ruxsor" teleradiokanalining 106.7 to‘lqinida efirga uzatilgan "Huquqiy savodxonlik vaqti" dasturida Farg'ona shahar adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i Sh.Tolipov va bo'lim bosh maslahatchisi S.Iminboyevlarning aholi bilan jonli muloqot asosida savollariga javob berishlari bo'yicha radio reportaji (3-qism)

Batafsil 👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Jan, 10:56


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3599, 17.01.2025 y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizomda Insofsiz ijrochilarning yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi belgilangan. Xususan, Reyestrni shakllantirish asoslari va murojaat qilish, reyestrni yuritish hamda insofsiz ijrochini reyestrdan chiqarish tartibiga oid qoidalar belgilanmoqda.

Davlat xaridlari sohasidagi ishtirokchi yoki ijrochini Reyestrga kiritish yuzasidan yozma yoki elektron shaklda davlat buyurtmachisi va (yoki) xarid qilish tartib-taomillari ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi vakolatli davlat organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar murojaat qilishadi.

Insofsiz ijrochilarning yagona reyestri Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan shakllantiriladigan roʻyxat boʻlib, unga:

xarid qilish tartib-taomillari yakunlari boʻyicha belgilangan shartlar asosida davlat buyurtmachisi bilan shartnoma tuzishni va davlat xaridlarini amalga oshirishni rad etgan yoki boshqacha usulda boʻyin tovlagan xarid qilish tartib-taomillari gʻoliblari toʻgʻrisidagi;

majburiyatlarni bajarmaganlikda yoxud tegishli tarzda bajarmaganlikda belgilangan tartibda aybdor deb topilgan ijrochilar haqidagi, bundan majburiyatlar bartaraf etib boʻlmaydigan kuchlar oqibatida bajarilmagan yoki tegishli tarzda bajarilmagan hollar mustasno;

davlat xaridlari jarayonida yolgʻon yoki soxta hujjatlarni taqdim etgan, ayni bitta lotda ishtirok etgan affillangan shaxslar yoki manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida maʼlumotlarni ochib bermagan ishtirokchilar toʻgʻrisidagi;

sudning qaroriga koʻra firibgarlik, soxtalashtirish va korrupsiya bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan ijrochilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.

Maʼlumot uchun: “Davlat xaridlari toʻgʻrisida”gi Qonunning 48-moddasiga muvofiq, insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritilgan ijrochining ikki yil davomida davlat xaridlarida ishtirok etishi mumkin emas, bu muddat tugaganidan keyin ijrochi Insofsiz ijrochilarning yagona reyestridan chiqarilgan hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Jan, 10:19


🚀 Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha yangilik!

🖥 Endi ushbu faoliyatga ruxsatnoma olish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki “Litsenziya” axborot tizimi orqali murojaat qilish mumkin.

⏱️ Ariza ko‘rib chiqish muddati: 6 ish kuni.

Ushbu xizmatning asosiy maqsadi yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki ularni maxsus iste’mol qilish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solish, yer osti suvlaridan oqilona foydalanish, yer osti suvlari zaxiralarining kamayib ketishi yoki sathining ko‘tarilib ketishining oldini olish, suv olish miqdori va sifatini nazorat qilib borish hamda yer osti suvlaridan foydalanuvchilar yoki ularni iste’mol qiluvchilar hisobini yuritishdan iborat.

Batafsil: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-yanvardagi 9-sonli qarori.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Jan, 06:58


#Adliya_sarhisob

Adliyada kimlar ishlaydi?

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

17 Jan, 06:56


#Huquqiy_mahalla

❗️Aholining huquqiy muammolari oʻrganilmoqda

Rishton tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan "Mahalla yettiligi" bilan hamkorlikda “Minor ” MFYda uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi.

Loyiha doirasida adliya boʻlimi xodimlari ishtirokida mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolari ko'rib chiqildi va platformaga kiritildi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan choralar belgilanib, ish yurituviga olindi.

Aholining murojaatlarini oʻrganish bilan birgalikda ularga yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida tushunchalar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

28 Dec, 12:25


#Adliya_xabari

❗️Bu videoni albatta ko‘ring

✔️Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasi tizimidagi xodimlar ishtirokida Yangi yil bayramiga bag'ishlangan "Zakovat" o‘yini ham juda qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.

Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu o‘yinda

Rishton tuman adliya bo'limining "Rishton" jamoasi 1-o‘rinni,
Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining "Boshqarma" jamoasi 2-o‘rinni,
O'zbekiston tuman adliya bo'limining "O'zbekiston" jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarimizni muborakbod etamiz! Kelayotgan yangi 2025-yil barchaga muborak bo'lsin!

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
✈️Telegram 🌐Websayt 📷 Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

27 Dec, 15:56


#Adliya_xabari

❗️"Zakovat" intellektual o‘yini aqlni charxlab, shaxsni yana yangidan yangi bilimlar olishga undaydigan o'yindir.

🥳Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasi tizimidagi xodimlar ishtirokida Yangi yil bayramiga bag'ishlangan "Zakovat" o‘yini ham juda qiziqarli tarzda bo‘lib o‘tdi.

✔️Qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tgan ushbu o‘yinda

🥇Rishton tuman adliya bo'limining "Rishton" jamoasi 1-o‘rinni,
🥈Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasining "Boshqarma" jamoasi 2-o‘rinni,
🥉O'zbekiston tuman adliya bo'limining "O'zbekiston" jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

💥G‘oliblikni qo‘lga kiritgan xodimlarimizni muborakbod etamiz! Kelayotgan yangi 2025-yil barchaga muborak bo'lsin!

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

27 Dec, 12:05


#Yangi_yil_shukuhi

🎁Yangi yil sovg'alari bilan fayzli. Bayram sovg'alari o'z egalariga yetib bormoqda.

🔔Yangi yil bayrami barchaga muborak bo'lsin!

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

27 Dec, 09:32


#Adliya_xabari

"Zakovat" intellektual o‘yini barchani birdek qiziqtirib keladi.

Farg‘ona viloyat Adliya boshqarmasi tashabbusi bilan ayni daqiqalarda tizimdagi xodimlar ishtirokida Yangi yil bayramiga bag'ishlangan "Zakovat" intellektual o‘yini bo‘lib o‘tmoqda.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

26 Dec, 12:04


#Adliya_aralashgach

Adliya bo'limlari: aholining muammolarini o'rganish va huquqiy yechimini topish- asosiy maqsadimiz

Farg'ona shahar adliya bo'limiga kelib tushgan murojaatlar o'rganilib, fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida, sayyor sud tartibida ijobiy yechim topmoqda.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

26 Dec, 08:14


‼️Mukammal kompaniya nomini Milliynom.uz platformasi orqali tanlang

✔️Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida “Milliynom.uz” platformasi yaratilgan. Mazkur platforma fuqarolar ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

🔗Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega.

⁉️Bundan tashqari firma, xizmat ko‘rsatish obyektlarini nomlashda mazkur platformadan foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ulanish:👇
https://www.milliynom.uz

😀Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

26 Dec, 04:06


Davlat xizmatlari orqali “O’z-o’zini band qilgan shaxslarni ro’yxatdan o’tkazish" tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videorolikda....

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

26 Dec, 04:05


❗️Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi

“O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori (847-son, 18.12.2024 y.) qabul qilindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Dec, 12:14


#Adliya_va_yoshlar

❗️Otaliqqa olingan yoshlarning muammolari huquqiy yechim topmoqda

Farg'ona shahar adliya bo'limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning muammolari o'rganilganda, 18 yoshli Ubaydullo Tursunboyevning ham muammosi ish yurituvga olingan edi.

Fuqarolik ishlari bo'yicha Farg'ona tumanlararo sudi tomonidan o'tkazilgan sayyor sudda U.Tursunboyevning muammosi atroflicha ko'rib chiqildi va uning murojaati ijobiy yechim topdi.

Batafsil videolavhada👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Dec, 09:53


Давлат хизматлари соҳасидаги сўнгги янгиликлар ва енгилликлар маълум қилинди

Ўзбекистонда давлат хизматларини кўрсатишда бюрократизм, сансалорлик ва бошқа маъмурий тўсиқларни бартараф этиш, эскирган ва замон талабларига мос келмайдиган тартиб-таомилларни тубдан қисқартиришга қаратилган тизимли ишлар амалга оширилмоқда.

👉 https://kun.uz/kr/52482810

Kun.uz расмий канали

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Dec, 05:15


#Adliya_xabari

Fargona tuman adliya bo'limi tomonidan navbatdagi "Huquqiy targ'ibot kuni" tadbiri o'tkazildi.

Farg'ona tuman adliya bo'limining barcha tarkibiy bo'linmalari va Madad NNT xodimlari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmon ijrosi yuzasidan tumanning olis hududi hisoblangan "Yuqori Gulshan" MFYda fuqarolarning huquqiy muammolarini aniqlash hamda ularga huquqiy tushuntirishlar berish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalliy aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Bundan tashqari, uyma -uy yurib, aholining kundalik muammolari o'rganilib, tahlil qilindi va huquqiy tushuntirishlar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Dec, 03:59


#Ochiq_adliya

⚡️Adliya vazirligi respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining axborot jihatdan "Ochiqlik indeksi"da birinchi oʻrinni egalladi

Oliy Majlis huzuridagi Axborot sohasini va ommaviy kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha Jamoatchilik kengashi 2024-yil uchun ham Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir boʻlishlari darajasini (axborot jihatdan ochiqlik indeksi) oʻrgandi.

Indeks doirasida Oʻzbekistonda faoliyat yuritib kelgan 21 ta respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining milliy va xalqaro elektron OAVlardagi chiqishlari monitoring qilindi va yakuniy reytingi tuzildi.

Reyting koʻrsatkichlari respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va ularning mansabdor shaxslari tomonidan eʼlon qilingan emas, balki ular toʻgʻrisida chop etilgan maqolalar va koʻrishlar soni, shuningdek, tanqidiy munosabatlar asosida shakllantirishni nazarda tutadi.

2024-yil uchun respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining OAVda hozir boʻlishlari darajasi (axborot jihatdan ochiqlik indeksi) monitoringi yakunlariga koʻra Adliya vazirligi 4,09 koʻrsatkich bilan birinchi oʻrinni egalladi.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Dec, 11:39


#Adliya_aralashgach

O'ktamjon Pattanov: 19 yillik muammo adliya va sud idoralari tomonidan yechim topganidan minnatdorman


Farg'ona shahar adliya bo'limida fuqarolik ishlari bo'yicha Farg'ona tumanlararo sudi tomonidan o'tkazilgan navbatdagi sayyor sudda adliya bo'limiga kelib tushgan murojaatlar o'rganildi, fuqarolarning uzog'i yaqin bo'ldi va murojaatlar ijobiy yechim topdi.

Batafsil videolavhada👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Dec, 09:54


#Adliya_va_yoshlar

❗️Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish-oliy burchimiz!

Farg'ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy texnika mutaxassisliklari bo'yicha tayyorlash markazi "Chavandozlik" yo'nalishida "Konstitutsiyada mudofaa va xavfsizlik masalalari" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida yoshlarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizda aks etgan normalar, inson va fuqarolarning burchlari, shuningdek tashqi siyosat to‘g‘risida batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir so'ngida chaqiriluvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷 Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Nov, 09:01


Жамоат жойида қилиш тақиқланган 7 та асосий ҳаракат ҳақида батафсил

Шундай ҳаракатлар борки, бизга арзимас ва одатий туюлса ҳам уларни кўчада (ёки ижтимоий объектларда) қилиш жавобгарликка сабаб бўлиши мумкин.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Nov, 08:45


#Adliya_va_yoshlar

‼️Ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasida Farg‘ona Davlat universiteti Yurisprudensiya yo'nalishi talabalari uchun “Ochiq eshiklar” kuni tashkil etildi.

✔️Yoshlar dastlab boshqarmada fuqarolarga hamda xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar. Shu bilan birga adliya organlari faoliyati haqida batafsil tushunchaga ega boʻldilar.

🔗Shundan so‘ng oʻquvchilar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Unda yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda adliya organlariga ishga kirish yuzasidan berilgan savollariga javob berildi.

😀 Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

29 Nov, 05:14


#Konstitutsiya_kelajagimiz_kafolati

Har bir shaxs mulkdor bo‘lishga haqli.
Bank operatsiyalarining, omonatlarning va hisobvaraqlarning sir tutilishi, shuningdek meros huquqi qonun bilan kafolatlanadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi


😄 Ushbu videorolik "Adliya-yoshlarga ko'makdosh" klubi a'zolari ishtirokida tayyorlangan.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

28 Nov, 16:03


#Rasmiy_munosabat

MUNOSABAT

Joriy yilning 28-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda "Farg'ona shahar yagona darchasida shuncha bo'sh darcha, fuqarolar kutish bilan ovora..." mazmunida xabar tarqatilgan.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi e'lon qilingan xabarga nisbatan ushbularni bildiradi:

Farg‘ona shahar Davlat xizmatlari markazida 29 ta shtat birligida 29 nafar xodim ishlaydi. Joriy yilning 28-noyabr holatiga ko‘ra, 3 nafar xodim bola parvarishlash ta’tilida, 1 nafar xodim homiladorlik va tug‘ish ta’tilida, 1 nafar xodim “Situatsion markaz” ga biriktirilgan, 3 nafar xodimga soat 8:00 dan 12:00 gacha to‘liqsiz ish vaqti belgilangan,  3 nafar xodim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Quvasoy shahrida joylashgan mahallalarda manzilli huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish uchun jalb etilgan.

Fuqaro E. T. soat 12:41 da Markazga tashrif buyurgan. Mazkur vaqtda 8 nafar xodim ish joyida bo‘lgan, qolgan 11 nafar xodim esa tushlikka chiqqan. Binoda mavjud 4 ta konditsionerning 3 tasi ishlab turgan.

Markaz direktori mijozga elektron navbat qurilmasidan kerakli soha (toifa)ni  tanlab navbat taloni olishi lozimligini tushuntirgan. Resepshinga biriktirilgan mas’ul xodim unga navbat talonini taqdim etgan. So‘ngra operator elektron navbat tizimi orqali mijozni chaqirib, xizmat ko‘rsatgan.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 307-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatish reglamentiga muvofiq Markazda mijozlarga faqat elektron navbat tizimi asosida xizmat ko‘rsatiladi.

Operator tomonidan navbati kelmagan yoki navbat taloni olmagan mijozlarga xizmat ko‘rsatish taqiqlanadi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

28 Nov, 10:01


#Adliya_va_yoshlar

‼️OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR - HAMISHA E'TIBORDA

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning muammolarini o‘rganish hamda ularning bandligini taʼminlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

✔️Toshloq tumani, "Hamrak" MFY da yashovchi O'rinboyeva Madinaxon Muhammad qizi ishsiz yoshlar toifasiga kiradi, oilaviy sharoiti va sog'ligi sababli doimiy ish o‘rinlarida ishlash imkoni bo'lmagan. Tikuvchilik bo'yicha hunari borligi, uy sharoitida tikuvchilik bilan shug‘ullanish uchun tikuv mashinasiga ehtiyoji bo'lib, adliya boshqarmasi va homiylar ko'magida unga tikuv mashinasi hadya qilingan edi.

🔗Bugungi kunda Madinaxon sevimli mashg'uloti orqali qo'shimcha mablag' topishga erishmoqda.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

28 Nov, 06:40


#Konstitutsiya_kelajagimiz_kafolati

O‘zbekiston — boshqaruvning respublika shakliga ega bo‘lgan suveren, demokratik, huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat.
Davlatning “O‘zbekiston Respublikasi” va “O‘zbekiston” degan nomlari bir ma’noni anglatadi.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 1-moddasi


😄 Ushbu videorolik "Adliya-yoshlarga ko'makdosh" klubi a'zolari ishtirokida tayyorlangan.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

28 Nov, 06:19


#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

28 Nov, 06:19


#Diqqat_tanlov

⚡️“Huquq maktabi” tanlovida gʻolib boʻlib Iphone 16 Pro yutib oling!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida “Huquq maktabi” mobil ilovasini ommalashtirish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi!

❗️Diqqat: Adliya organlari va muassasalari xodimlari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

1-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasini tarqatish

❗️Siz yaqin doʻstlaringiz va tanishlaringizni “Huquq maktabi” mobil ilovasidan foydalanishga jalb qilishingiz kerak. Buning uchun:
▫️ avval ilovadan roʻyxatdan oʻtish lozim.
▫️ roʻyxatdan oʻtganingizdan soʻng sizga alohida referal havola va maxsus kod taqdim etiladi.
▫️ushbu havola va maxsus kodni sms yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlar orqali doʻstlaringizga yuborasiz.
▫️ kamida 20 nafar doʻstlaringiz havola orqali maxsus kodni kiritgan holda roʻyxatdan oʻtgan boʻlishi kerak.

2-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasidagi kurslarda ishtirok etish
▫️ilovadan roʻyxatdan oʻting
▫️soʻngra ilova orqali turli kurslarda qatnashib, “Oltin sertifikat”ga ega boʻling.

✔️Gʻoliblarni aniqlash

5-dekabr kuni har bir yoʻnalish boʻyicha talablarni bajargan ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlash yoʻli bilan gʻolib aniqlanadi.

✔️Sovrinlar
▫️ 2 ta Iphone 16 Pro (har bir yoʻnalish boʻyicha 1 tadan)

🗓 Tanlov muddati
Tanlov joriy yilning 4-dekabrigacha davom etadi.

📍Taqdirlash marosimi
Gʻoliblar 8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan taqdirlanadi.

⚠️ ESLATMA!
Bir shaxs ayni vaqda har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham tanlovda ishtirok etishi mumkin! Har ikkala yoʻnalishda qatnashgan ayni bir shaxs har ikkala yoʻnalish boʻyicha ham gʻolib boʻlganida sovrinlarning 1 tasi beriladi, ikkinchi yoʻnalish uchun qayta tasodifiy tanlash oʻtkaziladi.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

27 Nov, 13:07


"Bank xodimi" qo‘ng‘irog‘i: Telefon orqali firibgarlikdan qanday himoyalanish mumkin?

Tavsifi:
Siz hech qachon o‘zini bank xodimi deb tanishtirgan noma'lum raqamdan qo‘ng‘iroq olganmisiz? Ular sizga kartangizda shubhali harakatlar borligini aytishadi va darhol shaxsiy ma'lumotlaringizni berishingizni talab qilishadi. Bu firibgarlik! 💳

Bugungi videomizda kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassis bilan birgalikda telefon orqali amalga oshiriladigan firibgarlik sxemalarini ochib beramiz. Ular qanday ishlashini, qanday aldamchi usullardan foydalanishlarini va ushbu firibgarlikka qanday qarshi turish kerakligini o‘rganamiz.

👉 Bu videoda siz uchun foydali maslahatlar va amaliy ko‘rsatmalarni tayyorladik:

"Bank xodimlari" qo‘ng‘irog‘i orqali firibgarlik sxemalari
Firibgarlardan himoyalanish uchun eng yaxshi usullar
Agar firibgarlarga shaxsiy ma'lumotlaringizni berib qo‘ygan bo‘lsangiz nima qilish kerak?
Firibgarlardan o‘zingizni himoya qiling va shaxsiy ma'lumotlaringizni saqlang! 🔐

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

27 Nov, 11:44


#Adliya_xabari

❗️Aholining huquqiy madaniyatini oshirish - bugungi kun talabi

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi va Farg‘ona viloyati ichki ishlar boshqarmasi tomonidan qabul qilingan qo'shma qaror ijrosi - Uchko'prik tumanida.

Uchko'prik tuman musiqa maktabi binosida adliya bo‘limi va tuman ichki ishlar bo‘limi tomonidan aholi o‘rtasida, xususan mahallalarda, firibgarlik va axborot texnologiyalari sohasida jinoyat sodir etilishini oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo'lib o'tdi.

Targ'ibot tadbirlarining asosiy maqsadi aholining huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish va qonuniylikni mustahkamlashdan iboratdir.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

26 Nov, 09:49


#Buni_bilish_muhim

‼️Kuz-qish mavsumida elektr, gaz va boshqa energiya manbaalaridan oqilona foydalanish, tejash, ularning behuda ishlatilishi va isrof etilinishini oldini olishga barchamiz mas'ul ekanimizni unutmang!

Batafsil infografikada🔼

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

26 Nov, 05:44


#Adliya_va_yoshlar

❗️"Huquq sinfi"da dars mashg'uloti

Farg'ona shahar adliya boʻlimi YXKM xodimlari tomonidan otaliqqa olingan 11-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining "huquq sinfi" o’quvchilari uchun “Mamlakat kelajagi — qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik tuyg'usini kuchaytirishga qaratilgan dars mashg'uloti o'tkazildi.

Mashg'ulot so'ngida o'quvchilarni qiziqtirgan huquqiy savollarga batafsil javob berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

26 Nov, 04:56


‼️Mukammal kompaniya nomini Milliynom.uz platformasi orqali tanlang

✔️Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida “Milliynom.uz” platformasi yaratilgan. Mazkur platforma fuqarolar ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

🔗Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega.

⁉️Bundan tashqari firma, xizmat ko‘rsatish obyektlarini nomlashda mazkur platformadan foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ulanish:👇
https://www.milliynom.uz

😀Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

26 Nov, 04:32


#ZuravonlikOqlanmaydi

🟧 Bugun biz birgalikda zoʻravonlikka nisbatan: “Yetar, bas!” deya xitob qilamiz.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Nov, 12:38


#Adliya_va_yoshlar

❗️O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2021-yil 2-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan “IDROK” intellektual o‘yinini tashkil etish to‘g‘risida”gi 296-um-son buyrug‘i ijrosi yuzasidan “Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi!” degan bosh g‘oya asosida Farg‘ona yuridik texnikumida “IDROK” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

✔️Mazkur intellektual o'yin texnikum yoshlarining intellektual salohiyatini oshirish, ularga o'z bilimini va iqtidorini namoyon etishga imkoniyatlar yaratish, shuningdek yigit-qizlar orasida o'z kasbini sevish, ilm-fanga ishtiyoq va yurt kelajagiga daxldorlik tuyg'ularini yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

🔗O‘yin natijalariga ko‘ra “Albion” jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi va Respublika bosqichida o'z bilimlarini sinovdan o'tkazadi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Nov, 11:23


#Adliya_va_yoshlar

❗️Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — inson shaʼni, qadr-qimmati va huquqlarining mustahkam kafolati

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

✔️Shunday tadbirlardan biri Farg'ona shahridagi 52788-sonli harbiy qismda bo'lib o'tdi.

Tadbirda yangi Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati, asosiy qonunimizda aks etgan normalar to‘g‘risida batafsil tushuncha berildi. Konstitutsiya nafaqat bugungi kunning qomusi, balki u ertangi kunimiz, qurayotgan jamiyatimiz istiqbolini aniqlab beruvchi hujjat, yoshlarimizning yo‘lini yoritib turuvchi mayoq ekanligi taʼkidlandi.

Tadbir so'ngida harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Nov, 11:49


#OAV_biz_haqimizda
#Adliya_va_yoshlar

‼️Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun turli mavzularda suhbatlar o‘tkazilib, ularning muammolari tinglanmoqda. Aniqlangan muammolar darajasi bo‘yicha tasniflanib, bunda eng avvalo ijtimoiy, moliyaviy va oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarga birinchi navbatda yordam ko‘rsatilmoqda.

✔️Jarayonlarda 70 nafar yoshlarning muammolari hal etildi, 110 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi, 61 nafar yoshlar yo‘nalish bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitildi, yer ajratilishi bo‘yicha 201 nafar yoshlarga amaliy yordam ko‘rsatildi va 81 nafar yoshlar davolanishga yo‘naltirildi.

Albatta, bu kabi amaliy tadbirlar yoshlarning har jihatdan yetuk, kelajak qadamlari va intilishlari yuqori bo‘lib kamolga yetishlari, jonajon vatanimiz uchun naf keltiradigan mutaxassis bo‘lishlariga erishish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Nov, 09:58


#Adliya_xabari

Farg’onada - “Huquqiy mahalla” loyihasi


Quvasoy shahar, "Mo’yan" mahalla fuqarolar yig'inida Adliya vazirining 2024-yil 12-noyabr kungi “Adliya organlari tomonidan aholining huquqiy muammolarini hal etish tizimini tashkil etish hamda fuqarolarning qonunlarda mustahkamlanib qo‘yilgan huquq va qonuniy manfaatlarining ta’minlanishi holatini monitoring qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 384-um-son buyrug'ining 7-bandi ijrosi yuzasidan “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida adliya boshqarmasi hamda Quvasoy adliya bo'limi xodimlari tomonidan mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud muammolari so'rovnoma asosida o'rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf qilish choralari ko'rilmoqda.

Aholini qiynayotgan asosiy masalalar kadastr va shaxsga doir hujjatlarni rasmiylashtirish, bandlik, subsidiya olish, ta'lim krediti, uy-joy ta'miri, moddiy yordam hamda oilaviy munosabatlar bilan bog'liqligi sababli aholiga huquqiy tushuntirishlar va zarur hollarda davlat xizmatlari ko’rsatilmoqda.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Nov, 09:05


#Adliya_va_yoshlar

⚡️Yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Farg'ona yuridik texnikumi sirtqi ta'lim bitiruvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suhbati davomida o‘quvchilarga Konstitutsiyaning mazmun – mohiyati, kiritilgan o‘zgarishlar, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda burchlari hamda mehnat qonunchiligi yuzasidan tushunchalar berib o‘tildi.

Tadbir so'ngida o‘quvchilar tomonidan berilgan savollarga Toshkent davlat yuridik universiteti katta o'qituvchisi M.Karimjonov batafsil javob berdi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Nov, 08:24


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taminotini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3579, 2024 yil 21-noyabr) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

Ushbu Nizomda bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taminotini qoʻllash tartibi belgilandi.

Bojxona toʻlovlarini toʻlashning bosh taminoti ayni bir shaxs tomonidan muayyan vaqt ichida bir nechta bojxona operatsiyalarini bajarish chogʻida yuzaga keladigan bojxona toʻlovlarining toʻlanishini bank kafolatini taqdim etish, sugʻurtalash yoki tovarlarni garovga qoʻyish orqali taʼminlash hisoblanadi.

Toʻlovchi bosh taʼminotni Bojxona kodeksining 336, 337 va 338-moddalarida belgilangan hollarda yuzaga keladigan bir yoki bir nechta majburiyat boʻyicha istalgan vaqtda taqdim etishi mumkin.

Bosh taʼminot:
taʼminlov hujjatlarining (bank kafolati, sugʻurta polisi yoxud garov shartnomasi) amal qilish muddatlari toʻlovchining bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlaridan koʻp boʻlganda;
bojxona toʻlovlari bosh taʼminot hisobidan undirilishi mumkin boʻlganda qabul qilinadi.

Bosh taʼminotni qabul qilish uchun ariza Bojxona qoʻmitasiga yozma yoki uning rasmiy veb-sayti orqali elektron tarzda berilishi mumkin.

Bojxona qoʻmitasi tomonidan ariza 10 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi hamda bosh taʼminotni qabul qilish yoki uni qabul qilishni rad etish haqida qaror chiqariladi.

Bosh taʼminotni qabul qilish haqidagi arizani koʻrib chiqish hamda bosh taʼminotni qabul qilish haqida qaror chiqarish uchun yigʻim undirilmaydi.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Nov, 07:54


#Adliya_va_yoshlar

❗️"Huquq sinflari"dagi dars mashg'ulotlari davom etmoqda

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularni qonunga itoatkor, huquqbuzarlikka toqatsizlik ruhida tarbiyalash borasida turli tadbirlar tashkillashtirilmoqda.

Jumladan, Marg'ilon shahrining 15-umumta’lim maktabida Toshkent davlat yuridik universitetining Mehnat huquqi kafedrasi katta o'qituvchisi M.Karimjonov tomonidan “Huquqiy davlat” mavzusida o’quvchi-yoshlar bilan dars mashg'uloti tashkil etildi.

Suhbat shaklida o'tkazilgan ushbu mashg'ulotda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.

😀Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Nov, 07:22


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan tovarlarning ro‘yxati va ularning belgilari (ro‘yxat raqami 3576, 2024-yil 19-noyabr) davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Xususan, mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatda ishlab chiqaruvchilar hamda import qiluvchilar tomonidan plastmassalar, qog‘ozlar, metallar, yog‘och va yog‘och materiallari, to‘qimachilik, shishalar, kompozit materiallar, batareya va akkumulatorlar uchun qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan belgilar ko‘rsatib o‘tilgan.

Ta’kidlash lozimki, yuqoridagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazish jarayonida tadbirkorlik subyektlari tomonidan bildirilgan takliflar asosida ushbu hujjat rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘n sakkiz oydan keyin kuchga kirishi belgilandi.

Ma’lumot uchun: Ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan qayta ishlanishi to‘g‘risidagi ma’lumot ko‘rsatilishi majburiy bo‘lgan tovarlarning ro‘yxati va ularning belgilari avval Adliya vazirligida davlat ro‘xatidan o‘tkazilmasdan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan amalga kiritilgan bo‘lib, ushbu hujjat Adliya vazirligining tegishli taqdimnomasiga asosan bekor qilingan.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

21 Nov, 06:46


#Sayyor_qabul

Farg‘ona viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli Farg'ona shahridagi "Monomarkaz" binosida o‘tkazildi.


✔️Sayyor qabulda tegishli boshqarma va tashkilotlar masʼullari qatnashib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganildi.

🔗Qabul davomida 15 nafarga yaqin fuqarolarning pensiya tayinlash, yer-kadastr, mehnat munosabatlari va arxiv masalalari bo'yicha murojaatlari tinglanib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Hal etish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

😀Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

14 Nov, 09:23


#Adliya_va_yoshlar

❗️Huquqiy savodxonligi yuksak yoshlar- kelajagimiz

✔️Yoshlarning huquqiy salohiyatlarini yuksaltirish, ularning huquq va burchlarini tushuntirish, huquqiy sohadagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida Toshloq tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "huquq sinfi" tashkil etilgan 24-umumta'lim maktabida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

📝Dars davomida yoshlarga huquq va axloq haqida ma'lumot, huquq sohalari, huquq turlari hamda yoshlar sohasidagi qonun hujjatlarning mazmum-mohiyati yetkazildi.

🔗Dars jarayonida o'quvchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷 Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

14 Nov, 08:35


#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

14 Nov, 05:07


#Adliya_va_yoshlar

❗️Quvasoy shahar adliya bo'limi tashabbusi bilan shahardagi 3-ixtisoslashtirilgan maktabning 10-11-sinf o'quvchilari ishtirokida huquqshunoslik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

✔️Davra suhbatida advokat I.Karimjonov, adliya bo'limi boshlig'i B.Toxirjonov va yuridik xizmat markazi rahbari A.Absuraximovlar huquqshunoslik kasbining obro'si, insonlarga huquqiy yordam berish va bu kasbning huquqiy tartibni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi yuzasidan fikr bildirdilar.

🔗Suhbat davomida o'quvchilar huquqiy masalalarni yechish va huquqiy munosabatlarni amaliyotda qo'llash yuzasidan o'zlarini qiziqtirgan savollariga to'liq javob oldilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷 Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

14 Nov, 04:26


#Audio_podkast

🔖 DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANIDAN OLIMPIADA HAQIDA MAXSUS AUDIO-PODKAST!

👤 SPIKERLAR:

O.Boyquvatov – Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i;
N.Hakimov – Respublika ta'lim markazi Ijtimoiy fanlar bo‘limi boshlig‘i;
O.Shernayev – Respublika ta'lim markazi Davlat va huquq asoslari fani metodisti

🗓 15.11.2024
15:00

Kelajak huquqshunoslari, Sizni kutib qolamiz!

📎Savollarni izohlarda qoldiring!

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

13 Nov, 11:54


Yana bir adliya fidoyisi tantanali kuzatildi

Adliya vazirligi hamda adliya organlari va muassasalarining bir qator xodimlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga deputat etib saylandi.

Xususan, bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Abdumannop Buriyev 46-Toshkent viloyati saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi deputatligiga saylandi.

Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasida tantanali kuzatish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi va tizim xodimlari Buriyev Abdumannop Abdurahmatovichni samimiy muborakbod etadi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, g‘ayrat va shijoat doimiy hamroh bo‘lishini tilaydi.

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷 Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

13 Nov, 11:25


#Adliya_xabari

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarining navbatdagi hay'at majlisi bo‘lib o‘tdi

Y
ig‘ilishda 2024-yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o'tgan yig'ilishda joriy yilning o‘tgan davri mobaynida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, shuningdek kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷 Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

13 Nov, 09:43


#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Tashkulov tashrif so'ngida Quva tumanining “Bo'ston" mahalla fuqarolari yigʻini “Mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.


Uchrashuvda vazir fuqaro-mahalla-adliya tizimi asosida muammolarni hal qilish mexanizmi bo'yicha Quva tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Shuningdek, Adliya vaziri tomonidan tuman adliya bo'limi va MFY xodimlariga aholi uchun ijtimoiy yordam va subsidiyalar ajratilishida hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligi ta'kidlandi.

MFY xodimlari sohada uchrayotgan ayrim muammolar va ularni bartaraf qilish bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷 Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

02 Nov, 16:05


#Adliya_xabari

“Adliya spartakiadasi – 2024”

‼️Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va Adliya vazirligi tizimi xodimlari o‘rtasida jamoaviy ruhni mustahkamlash tashabbusi doirasida o'tkazilgan Adliya spartakiadasida Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi jamoasi faol ishtirok etdi.

✔️Adliya vazirligi markaziy apparati, hududiy boshqarmalar, adliya muassasalari vakillaridan iborat 24 ta jamoa 8 ta sport turi — mini-futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi, yengil atletika, darts, arqon tortish bo‘yicha bellashdilar.

💥Ushbu musobaqalari barcha ishtirokchilar o‘zidagi bor salohiyatni to‘liq namoyon etib, eng so‘nggi soniyalargacha sog‘lom raqobat ruhida kurash olib bordilar.

🥇Musobaqa natijalariga ko‘ra Farg‘ona viloyati jamoasi sportning shashka turi bo'yicha 2-o'rinni hamda sportning mini-futbol turi bo'yicha faxrli 1️⃣-o'rinni egallab, spartakiada g‘olibi bo'ldilar. G'olib va sovrindorlar Adliya vazirligining medal va sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
🎉Yutuqlar bardavom bo'lsin!!!


😀Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

02 Nov, 10:59


#Adliya_xabari

“Qo'qon” erkin iqtisodiy zonasi hamda "Boboshbek" ishlab chiqarish va savdo kompleksida tadbirkorlarning tovar belgilari o'rganildi

‼️Xususan, tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan shart-sharoitlar hamda ularning tovar belgilari  bo'yicha qiynayotgan muammolar o‘rgandildi. O‘rganishlar jarayonida ushbu sanoat zonasidagi "SADAF SUT" oilaviy korxonasi, 'SILICATE UNIVERSAL' MChJ hamda boshqa tadbirkorlar faoliyati bilan tanishildi va ularga o‘z brendiga ega bo‘lish hamda uning afzalliklari to‘g‘risida huquqiy tushuntirishlar berildi.
✔️Mazkur sayyor qabul davomida sanoat zonasidagi tadbirkorlar intellektual mulk sohasiga oid savollarga javob olish hamda vakolatli organlarga joyida murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.


😀Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

02 Nov, 05:12


#Adliya_xabari

⚡️Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish yuzasidan huquqiy yordam ko‘rsatish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi

✔️Joriy yilning 1-noyabr kuni Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari tomonidan Farg'ona viloyatida tadbirkorlar va hunarmandlarga oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish hamda ularni himoya qilish masalalari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi, shuningdek ularga ixtiro, foydali model va sanoat namunalari, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida ma’lumot beruvchi buklet hamda flayerlar topshirildi. Bundan tashqari, tadbirkorlarga hududdagi geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazishning afzalliklari haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

😀Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

01 Nov, 13:17


#Adliya_xabari

📌Quavasoy shahar adliya boʻlimi tomonidan 24 nafar ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun A.Navoiy MFY “Mahalla yettiligi”, shahar IIB Probatsiya xizmati, “Inson” ijtimoiy himoya markazi, Kambag’allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi, Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan suhbatlashildi, ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish talab etilgan murojaatlar shahar adliya boʻlimining ish yurituviga olindi.
♻️Tadbirda ushbu toifadagi shaxslarga qonunchilikda boʻlayotgan oʻzgarishlar, ularga berilgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

01 Nov, 12:09


#Adliya_va_yoshlar

🏆 Beshariq tuman adliya bo'limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda vatanparvarlik tuyg‘usini yanada oshirish, ularni sportga jalb qilish hamda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilish maqsadida "Sportga eʼtibor - millat kelajagiga e'tibor" shiori ostida "Adliya kubogi" sport musobaqalari tashkil etildi.

📃 "Adliya kubogi" sport musobaqasida sportning KARATE turi bo'yicha bahsga start berildi. Yoshlar ushbu o'yinda sport bilan muntazam yaxshi natijalarga olib kelishini yana bir bor his qildilar.
Musobaqa so'ngida g'olib yoshlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alar topshirildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

01 Nov, 06:05


#Adliya_xabari

❗️ Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi va Marg'ilon shahar adliya boʻlimi xodimlari tomonidan shahar ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Marg‘ilon shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi binosida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy koʻmak" huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan suhbatlashildi, ayrim murojaatlar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi hamda o‘rganish talab etilgan murojaatlar shahar adliya boʻlimining ish yurituviga olindi.
♻️Tadbirda ushbu toifadagi shaxslarga qonunchilikda boʻlayotgan oʻzgarishlar, ularga berilgan imtiyozlar hamda saylov jarayoni haqida batafsil maʼlumotlar berildi.
❇️ Shuningdek, ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslar uchun Mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

01 Nov, 05:57


Siz "Huquq maktabi" —mobil ilovasini yuklab oldingizmi?

❗️Agar sizda ilovani yuklab olish bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa mazkur videoqo'llanma orqali
tez va oson roʻyxatdan oʻtishni bilib olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquq_talimi

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

01 Nov, 05:50


Уй бекаси иш стажига эга бўлиши мумкинми?

Бугунги кунда банд бўлмаган фуқароларга ўзини ўзи банд қилган ҳолда ижтимоий солиқ тўлаш орқали иш стажига эга бўлиш имконияти яратилган.

Батафсил 👉 Ўқиш

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

31 Oct, 11:29


#Adliya_va_yoshlar

📌 Farg’ona viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Quvasoy shahar adliya bo’limi, shahar hokimligi hamkorligida adliya bo’limiga
biriktirilgan uyushmagan hamda uyushgan yoshlarning 40 nafari uchun ularning vaqtini mazmunli o’tkazish va tadbirkorlikka qiziqtirish maqsadida Quvasoy shahridagi "Pakana MFYda" joylashgan “Bunyodkor” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida 7 mlrd so’mlik investitsiya hisobiga qurib bitkazilgan, 2022-yilda ishga tushirilgan va hozirda samarali faoliyat yuritib kelayotgan "iDECOMEBELS" MCHJ qo'shma korxonasiga ekskursiya uyushtirildi.

🔩 Mazkur korxona rahbari B.Usmonov korxona tomonidan yiliga 5 000 dona sifatli mebellar ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligi, unda 45 ta yangi ish o’rinlari yaratilganligi, hunar o'rganib, tadbirkorlik bilan shug'ullanmoqchi bo'lgan yoshlarni ish o'rni bilan ta'minlash mumkinligi haqida batafsil ma'lumot berildi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

😀 Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

31 Oct, 05:10


#Sayyor_qabul

📣📣 Tadbirkorlar diqqatiga!

Oʻz brendingizni patentlangan yoki patentlanmaganligi haqida maʼlumotga ega boʻlishni xohlaysizmi? Unda Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabulda ishtirok eting!

Sayyor qabul davomida tadbirkorlarga oʻz brendiga ega boʻlishning afzalliklari va intellektual mulk obyektlarini roʻyxatga olish tartibi va ularni huquqiy himoya qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar beriladi. Shuningdek, tovar belgisini va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish istagini bildirgan tadbirkorlarning talabnomalarini qabul qilish boʻyicha sayyor xizmatlar koʻrsatiladi.

🗓 Sanasi va vaqti: 1-noyabr, 10:30 da

📍 Oʻtkazilish joyi: Chilonzor tuman adliya boʻlimi binosida (manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7G-uy, Novza masjid yonida).

Roʻyxatdan oʻtish uchun:
📞 +99899-913-33-64

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

30 Oct, 11:59


#Buni_bilish_foydali

⁉️Vasiyatnoma nima va u kim tomonidan qanday hollarda tuziladi?
Ushbu savollarga Fargona shahrida xususiy amaliyot bilan shugullanuvchi notarius H.Haydarov javob beradi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

30 Oct, 11:30


#Sayyor_qabul

❗️Qo‘shtepa tumanidagi Madaniyat uyi binosida Farg‘ona viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.
❇️Sayyor qabulda tegishli boshqarma va tashkilotlar masʼullari qatnashib, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘rganildi.
♻️Qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari tinglanib, tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Hal etish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀 Telegram 🌐 Websayt 📷 Instagram 🔵 Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Oct, 06:16


Fargʻonada 9 oy davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga 154 mingdan ziyod elektron raqamli imzo kalitlari berildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Oct, 05:32


#Adliya_tabrigi

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!


Sizlarni, 25-oktabr — Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz.

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi


📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Oct, 04:49


Yoshlarda yangi gʻoya asosida huquqiy immunitet shakllantirildi

https://xs.uz/uz/post/yoshlarda-yangi-goya-asosida-huquqij-immunitet-shakllantirildi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

25 Oct, 04:20


#Foydali

📎 "Saylov uchastkasi manzilini aniqlash" xizmatidan foydalanish tartibi haqida bilasizmi?

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga muvofiq, ovoz berish saylov kuni soat 8.00 dan 20.00 gacha o‘tkaziladi.

Ovoz berish vaqti va joyi to‘g‘risida uchastka saylov komissiyasi saylovchilarni saylovdan kamida o‘n kun oldin xabardor qiladi.

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Oct, 12:11


#Davlat_xizmatlari

📎Face-ID orqali hujjatlarsiz davlat xizmatlaridan foydalaning!


Adliya vazirligi barcha davlat xizmatlari markazlarida yuz qiyofasi orqali shaxsni avtomatik aniqlash tizimini yo‘lga qo‘ydi!

Hujjat ko‘rsatishga hojat yo‘q! Barcha kerakli ma'lumotlar avtomatik tarzda aniqlanadi!

💡Tezkor va qulay! Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada yengil va tezkor bo‘ladi!

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Oct, 11:50


#saylov2024
#anjuman_FarDU

"SAYLOV MENING TAQDIRIMDA"

💠 Farg'ona davlat universitetining Ma'naviyat va Ma'rifat markazida "Saylov mening taqdirimda" mavzusidagi ilmiy - amaliy konferensiya tashkil qilindi.

Unda Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi vakillari ham ishtirok etdi

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Oct, 09:19


#Buni_bilish_foydali

⁉️Qonunchilikda meros masalasi qanday hal etiladi? Kimlar vorislar hisoblanadi?
Ushbu savollarga Fargona shahrida xususiy amaliyot bilan shugullanuvchi notarius Sh.Sharabitdinov javob beradi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Oct, 07:21


#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Oct, 06:21


#Adliya_sarhisob

2024-yil III chorakda qaysi hujjat eng ko‘p o‘qildi?
Lex.uz statistikasi

📌 Kanalga ulanish

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Oct, 05:11


‼️Sayyor qabul o‘tkazildi

✔️Adliya vazirining 2024-yil 14-oktabrdagi "Ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilingan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan "Huquqiy ko‘mak" huquqiy aksiyasini o‘tkazish to‘g‘risida"gi buyrug‘i ijrosi yuzasidan Toshloq tuman adliya bo‘limi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

✔️Qabulga FHDY, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, Davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT xodimlari hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar jalb etildi. Qabul davomida 50 nafardan ortiq shaxslar ishtirok etdi.

✔️Xodimlar tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, ish bilan ta'minlash, yer masalalari, meros masalasi, soliq, pensiya, moddiy yordam olish kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.  

✔️Sayyor qabul davomida 3 ta murojaatlar joyida qanoatlantirildi, 7 ta murojaatlar ko‘rib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi, ko‘plab masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi, 10 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

24 Oct, 04:20


#Adliya_sarhisob

DXMda qachon navbat kam boʻladi: davlat xizmatlari markazlariga oid muhim raqamlar (2024-yil 9 oylik)

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)

23 Oct, 13:35


#Adliya_xabari

📌Farg‘ona davlat universitetining Ma’naviyat va Ma’rifat markazida “Saylov mening taqdirimda” mavzusida ilmiy - amaliy konferensiya tashkil etildi.
Anjuman avvalida FarDU rektori B.Shermuhammadov mamlakatimizda Davlatimiz rahbari islohotlari natijasida takomillashib borayotgan saylov tizimi, yoshlarning saylov jarayonidagi ishtiroki hamda aholining siyosiy savodxonligi borasida nutq so‘zladi.
❇️Mazkur anjumanda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasining huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i M.Toshmatova, FarDUning O'zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti R.Akbarov, Huquq ta'limi kafedrasi katta o'qituvchisi D.Mamajonovalar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib, "Saylov qonunchiligidagi yangiliklar", "Saylov kuni fuqarolarning siyosiy huquqlarini amalga oshirish mexanizmlari", "Fuqarolarning Konstitutsiyada belgilangan saylov huquqlari va tamoyillar" mavzularida taqdimot o‘tkazdilar.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook

5,355

subscribers

7,620

photos

1,445

videos