Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal @edu_xabar Channel on Telegram

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

@edu_xabar


Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal (Uzbek)

Edu_xabar kanali Ta’lim xabarlari Rasmiy kanal nomi ostida sizga yangiliklar, maslahatlar, va ta’lim bilan bog’liq turli mavzularni o’z ichiga olgan kanal. Edu_xabar kanali o’quvchilar, o’qituvchilar, va ta’lim sohasiga qiziquvchi har bir kishiga yo’naltilgan. Bu kanalda o’quv jarayonida yordam berish, yaxshi o’qituvchilar, va zamonaviy ta’lim texnologiyalari mavzularida yangiliklarni o’rgatish maqsadlanadi. Kanalga obuna bo’ling va sizga ta’lim sohasidagi eng so’ngi yangiliklar to’g’ri va samimiy tarzda yetkaziladi. Ta’lim haqida eng so’ngi va ajoyib yangiliklarni bilish uchun edu_xabar kanaliga a’zo bo’ling!

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

01 Oct, 08:31


🔥 O‘rningdan tur!

Shogird donishmand ustozidan so‘radi:

– Ustoz, yiqilganimni bilsangiz nima derdingiz?
Tur!

– Yana yiqilsamchi?
Qayta tur!

– Bu "yiqil-tur" qancha davom etadi?
Tirik ekansan yiqil va qayta o‘rningdan tur. Yiqilib turmagan, o‘likdir!

Ha, hayot yiqilish va qayta turishdan iborat. "Yiqil-tur"lar soni qancha ko‘pligi Sizning muvaffaqiyat darajangizni belgilaydi. Xatolar qilishga o‘zingizga ruxsat bering. Ularni tuzating ! Muvaffaqiyatga shunday erishiladi.

Umuman yiqilmay yashasa ham bo‘ladi, ammo, bu qo‘rquv ostidagi ushalmas orzular yo‘li. Yiqilib turmaslik bu, o‘lim...

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

28 Sep, 08:31


❗️ ERTAGA degan so‘zni unuting!

Quyidagi gaplarni bir o‘qib ko‘ring:
▪️ Bugun kech bo‘ldi, ertaga kitob o‘qiyman!
▪️ Bugun charchadim, yaxshilab dam olib ertadan boshlayman.
▪️ Bugun hech iloji bo‘lmadi, ertadan amallayman.
▪️ Ertadan albatta rivojlanishni boshlayman!


Bu kabi misollarni o‘nlab keltirish mumkin. Lekin o‘sha ERTAGA qachon keladi?

Insonning umri abadiy emas. ERTAGA bormizmi yoki yo‘q — o‘zimiz bilmaymiz.

Demak, ERTAGA so‘zini unutib, harakatni BUGUNdan, HOZIRdan boshlash kerak!

🎓
@edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

25 Sep, 12:01


Oliy ta'lim vaziri metroda

Avtomobilsiz kun doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovnng jamoat transportidan foydalangannini ko‘rgan talabalar bundan hayratga tushdi.

🎓
@edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

25 Sep, 07:15


⚡️ 1-bosqich talabalari ijara pulini qoplab berish uchun ariza berishlari mumkin

Ulardan ariza 24–27-sentyabr kunlari onlayn olinadi.

❗️ Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

24 Sep, 09:13


Tibbiyot oliygohlari talabalari shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi

Joriy o‘quv yilidan barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

Unga ko'ra:

➡️ 1-bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;

➡️ 2-bosqichda klinik fanlardan imtihon topshiradi.

Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

23 Sep, 04:09


AGAR SIZGA HECH NARSANI UDDALAY OLMASLIGINGIZNI AYTISHSA, QUYIDAGI FAKTLARNI YODGA OLING:

🔰 Uolt Disney yangi g‘oyalar o‘ylab topa olmagani uchun gazetadan ishdan haydalgan.

🔰 Betxovenning boshlang‘ich o‘qituvchisi uni butunlay qobiliyatsiz deb hisoblagan.

🔰 Edisonning ustozi uni aqlsiz va hech narsani o‘rgana olmaydi degan.

🔰 Eynshteyn 4 yoshgacha gapirmagan. O‘qituvchisi uning aqliy salohiyati ortda qolgan deb ta’kidlagan.

🔰 Buyuk haykaltarosh Rodenning otasi: "Mening o‘g‘lim ahmoq. U uch safar ham san’at maktabiga o‘qishga kira olmadi", degan.

🔰 Mendeleyev kimyodan "3" bahoga o‘qigan.

🔰 Radioni o‘ylab topgan Marko do‘stlariga ovozni masofadan turib havoda yetkazib beraman deganida hamma uni aqldan ozgan deb psixiatrga borishi kerakligini aytgan. Lekin bir necha oydan so‘ng uning radiosi ko‘pchilik dengizchilar hayotini saqlab qolgan.

〽️ Yaqinlarga ulashing!

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

22 Sep, 13:56


🪐 Yerda vaqtincha «Ikkinchi oy» paydo bo'ladi!

2024 PT5 asteroidi noyabr oyining oxirigacha orbitada aylanadi va "Kichikroq oy"ga o'xshaydi.

Yangi yo'ldosh deyarli 57 kun davomida Yerning tortishish kuchi ta'sirida bo'ladi: 29-sentyabrdan 25 noyabrgacha.

〽️ Yaqinlarga ulashing!

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

21 Sep, 04:01


Aqlini endigina tanigan bola ham ORZU qiladi. Lekin hamma ham o‘z orzularini MAQSADga aylantira olmaydi...

Barchamizga eng ezgu, eng yuksak maqsadlarni ko‘zlash va unga erishish nasib etsin!

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

20 Sep, 04:09


​​Nima uchun ko’p kitob o’qish kerak?

🖥 MICROSOFT kompaniyasi asoschisi Bill Geyts yiliga 50 ta atrofida kitob o’qiydi. Bu haftasiga 1 ta kitob degani.

Qanday qilib shuncha narsalarni o’rgangansiz degan savolga, muhandis, yozuvchi va ixtirochi Ilon Mask juda ko’p kitob o’qiyman deb javob bergan. Yoshligida u juda ko’p kitob o’qiganligini gapirib bergan.

📱 FACEBOOK kompaniyasi asoschisi, dasturchi va tadbirkor Mark Sukerberg har 2 haftada bitta kitob o’qiydi. Bu yiliga 24 ta kitob degani.

Tadbirkor va dunyodagi eng yirik investor Uorren Baffet bo’sh vaqtining 80% qismini kitob o’qishga sarflaydi. O’z biznesini yo’lga qo’ygunga qadar kuniga 500 sahifa o’qigan.

Barcha millarderlar ko’p kitob o’qiganlar va o’qimoqdalar. Ular oddiy odamdan ko’ra 20-50 barobar ko’proq ma’lumot iste’mol qiladilar. Shuning uchun ham ularning aqlliligiga hayron bo’lmaslik kerak. Ho’sh siz hali ham kitob o’qish foydali ekanligiga shubhangiz bormi?

Menda kitob o’qishga vaqt yo’q!

Ayrim odamlar kitob o’qish uchun vaqtim yo’q deb hisoblaydilar. Huddi ular tarmoqli biznes yurutadigan katta biznesmenlardan ham bandroqdeklar. Bu bir bahona holos. Keling buni isbotlaymiz. Har bir odam yiliga 100 ta kitob o’qishi mumkin.
100 ta kitob agar kitobda 50 000 tadan so'z bo'lsa jami = 5 millionta so’z
5 million so’z / 200 ta so’z minutiga = 25 000 minut
25 000 minut / 60 minut = 417 soat.

Nima, sizda bir yilda 417 soat vaqt yo’qmi?

Tadqiqotlar har bir zamonaviy odam har yili ijtimoiy tarmoqlarga 608 soat va 1642 soatni esa YouTube uchun, filmlar va televizor ko’rish uchun sarflashini aniqladi. Jami 2250 soat. Bu 2250 soat davomida foydalidan ko’ra befoyda materiallarga ko’proq vaqt sarflashingizni o’zingiz ham yahshi bilasiz. Agar siz bo’sh vaqtingizni 20-50% qismini kitob o’qishga sarflasangiz to’g’ri va omadli hayot kechirish uchun to’g’ri yo’lga tushib olasiz.

Nima uchun kitob o’qish kerak?

Kitob o’qish har qanday ishda ustunikka yetaklovchi muhim omildir. Kitob tanlashda nafaqat badiiy, balki, har qanday sohada foydasi tegadigan kitoblarni o’qing. Kitobni diqqat bilan tanlash kerak va imkon boricha amaliyotda qo’llanilishi kerak. Millarderlar o’z muvofaqqiyatlarini kitob o’qish bilan bog’lashadi.

Nega doim kitob o’qish kerak? Chunki millarderlar shunday qilishadi.

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

19 Sep, 06:03


Taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydiganlar uchun ajratiladi

Vazirlar Mahkamasining 16-sentyabrdagi 579-sonli qarori bilan taʼlim krediti ajratishga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Endilikda:

⁃ oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim kreditini faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratish tizimini yoʻlga qoʻyish;

⁃ oliy taʼlim tashkilotlarida tahsil olayotgan ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatgichi “3” dan past boʻlgan taqdirda, toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida taʼlim krediti ajratish amaliyoti joriy qilinadi.

Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari talabalari uchun taʼlim krediti ular toʻgʻrisidagi maʼlumot Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining kontrakt.edu.uz va HEMIS axborot tizimida; oʻrta-maxsus va professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun esa ular toʻgʻrisidagi maʼlumot prof.edu.uz axborot tizimida mavjud boʻlgan taqdirda ajratiladi.

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

18 Sep, 10:13


⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

✍️ test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya)👈

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

18 Sep, 09:14


💰 Talabaning bir oylik xarajati qancha?

Viloyatdan Toshkentga kelib tahsil olayotgan talabalar bilan suhbat uyushtirildi. Ular bergan ma'lumotlarga ko‘ra, o‘rta hisobdagi talabaning bir oylik xarajatlari quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi.

Yo‘l xarajatlari ─ metro va avtobus uchun oyiga o'rtacha 120 ming so‘m;

kunlik tushlik xarajatlari ─ o‘rtacha 30 ming so‘m (bir oyda 900 ming so‘m),

Oyiga oziq-ovqat xaridi ─ 500 ming so‘m;

o‘quv qurollari va dars topshiriqlari bo‘yicha kompyuter xizmatlari ─ 300 ming so‘m;

telefon xarajatlari ─ 80 ming so‘m;

kvartira ijarasi ─ kishi boshiga 600 ming so‘mdan boshlanadi;

kiyim-kechak xaridi ─ 500 ming so‘m;

universitetdagi turli xarajatlar ─ 150 ming so‘m.

Bir talabaning eng minimal darajadagi xarajatlari hisoblanganda bir oyda 3 150 000 so‘mni tashkil qiladi.

Shuningdek, aksariyat talabalar til kurslariga qatnashi kerak. Buning uchun ham oyiga eng kamida 600 ming so‘m ajratish kerak.

Sizchi? Oyiga qancha xarajat qilasiz?

🎓 @edu_xabar – Ta‘lim xabarlari

Ta’lim xabarlari | Rasmiy kanal

21 Dec, 13:03


Channel created