Sirdaryo tumani Yoshlar kanali @sirdaryo_tuman_yoshlar Channel on Telegram

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

@sirdaryo_tuman_yoshlar


Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida biz qayg'uramiz har bir yoshning muamosi bizning muamomiz.

- Yoshlar ishlari agentligi

- Sirdaryo tuman bo'limi boshlig'i

- Dehqonov Rustamjonning shaxsiy kanali

- @Sirdaryo_Tuman_Yoshlar

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali (Uzbek)

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali - bu har bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida o'z fikrlarini bo'lsharek, muhokama qilish va amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladigan Telegram kanali. Bu kanalda, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan taqdim etilgan eng so'nggi yangiliklar, Sirdaryo tuman bo'limi boshlig'i tomonidan berilgan maqolalar, Dehqonov Rustamjonning shaxsiy tajribalari va ko'ngilga ishonadigan qisqa hikoyalar mavjud. Agar siz ham bir yosh bo'lib, jamiyatda o'z fikrlaringizni va qarashlaringizni bayon etmoqchi bo'lsangiz, @sirdaryo_tuman_yoshlar kanaliga a'zo bo'ling va birgalikda muhokama qilish imkoniyatidan foydalaning. Sirdaryo tumani Yoshlar kanali - yoshlar uchun, yoshlar bilan.

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

04 Feb, 15:10


📚 Kitobxonlar uchun ajoyib xushxabar | Yangi loyiha

— Bir dona kitob oʻqib noutbuk, planshet, quloqchin, shopperlar va kitoblarni yutib olishni xohlaysizmi?
— Unda, “Mutolaachi” tanloviga marhamat!

🔥 Eng qizig'i, tanlovda ishtirok etish mutlaqo BEPUL.

— Mutolaa vaqti keldi!


👇Havola ustiga bosing:
https://t.me/mutolaachitanlovbot?start=6256347251

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

04 Feb, 06:33


"Yoshlar ovozi" gazetasining navbatdagi sonida 2024-yilning 4-choragi davomida samarali faoliyat olib borgan (TOP-100) mahalladagi yoshlar yetakchilari to'g'risida ma'lumot chop etildi.

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

03 Feb, 16:44


Аламли видео.

Нега яҳудийлар турли соҳаларда ривожланиб кетган? Дунёда деярли 1,5 млрд мусулмон биродарларимиз бор, аммо анча кам бўлган яҳудийлар кўплаб ихтиролар қилган, нисбатан анча кўп нобел олган. Буни сабаби нимада?

Покистонлик олим Фаррух Салим бу бўйича тадқиқот ўтказган экан

🇺🇿 (Тошкентликлар👇)
👉https://t.me/+6Kq_uxh2KYUzMjhi

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

01 Feb, 14:06


⚡️Bu yoshlar bilan butun O'zbekiston faxrlansa arziydi!

Dunyoning eng nufuzli universitetlarida o'z bilimi, mehnati va harakati bilan tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan bir guruh yoshlar bilan tanishing. Ularning rejalari va niyatlari olam-olam. Eng xayron qolarlisi, ular hamma ta'lim olishni orzu qiladigan oliygohlarga 100% grant asosida qabul qilinishgan, xususan Harvard, Stanford, Colombia, MIT va yana o'nlab nufuzli top universitetlar shu jumlasidandir.

Bugun biz ular bilan yoshlar uchun yangi loyihalarni muhokama qildik, yangi rejalar tuzdik. Umid qilamanki, o'zbekistonlik yoshlar uchun global maydonda loyihalarimiz yana ko'payadi!

#uzbekpower #top100 #youth #uzbekistan

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

01 Feb, 14:06


Sirdaryoda "Milliy liboslar kuni" o’tkazilmoqda

Bizning sahifalarimiz:

🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

01 Feb, 14:06


Sirdaryoda "Milliy liboslar kuni" o’tkazilmoqda.

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi hamda Viloyat hokimligi tashabbusi bilan haftaning har Juma va Shanba kunlari - milliy liboslar kuni sifatida tavsiya etildi.

Hududlardagi korxona va tashkilotlar xodimlari hamda mahallalardagi xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylar oʻrtasida milliy qadriyatlarimizni keng targʻib qilish maqsadida mazkur loyiha tashkil etilgan boʻlib, turli maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham oʻtkazilmoqda.

Milliy liboslarimiz, kiyinish madaniyatini keng targʻib etishga bagʻishlangan bu kabi tadbirlar yoshlarimizning oʻzbekona liboslarga boʻlgan qiziqish va hurmatini oshirishga yordam beradi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

31 Jan, 17:57


Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи органлар томонидан ўтказилган тезкор тадбирларда жами 111 кг. наркотик модда мусодара қилинди

Самарқанд вилоятида ўтказилган тезкор тадбирда Тожикистон Республикасининг Сўғд вилояти Панжикент туманидан айланма йўллар орқали 10 кг. 894 гр. “опий” моддасини Ургут тумани ҳудудига олиб келган Тожикистон фуқаролари – 1980, 1982, 1989 йилларда туғилган 3 нафар ака-ука қўлга олинди.
Шунингдек, тезкор тадбир давом эттирилиб, уларнинг жиноий шериги бўлган, Ургут туманида истиқомат қилувчи, 1982 й.т. аёл ҳам ушланиб, унинг яшаш хонадонида сақланаётган 13 кг. 85 гр. “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.
Ҳозирда мазкур шахсларга нисбатан жиноят иши қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Бошқа ҳолатда эса, “ўзбек-тожик” давлат чегарасининг Тошкент вилояти Бекобод тумани “Турон” МФЙ ҳудудидан ўтувчи қисмида олиб борилган тезкор қидирув тадбирлари давомида, Тожикистон Республикасининг Сўғд вилояти Мастчох туманидан Бекобод туманига оқиб ўтувчи Далварзин канали орқали оқизиб юборилган 3 дона елим идишдаги жами 8 кг. 381 гр. “опий” ва 59 кг. 296 гр. “гашиш” моддалари борлиги аниқланди.
Шунингдек, тезкор тадбир давом эттирилиб, ушбу гиёҳвандлик воситаларини қабул қилиб олиш мақсадида чегара ҳудудига келган вақтларида Бекобод шаҳри ва туманида истиқомат қилувчи, 1985, 1989, 1996 ва 1997 йилларда туғилган 4 нафар фуқаро қўлга олинди. Таъкидлаш лозимки, улардан 2 нафари муқаддам судланган шахслар ҳисобланади.
Ҳозирда уларга нисбатан Жиноят Кодексининг 246-моддаси 2-қисми ва 273-моддаси 5-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, қамоқ эҳтиёт чораси қўлланилди.

Бекобод туманида қайд этилган яна бир ҳолатда, “ўзбек-тожик” давлат чегарасидан тахминан 400-500 метр узоқликдаги дала майдонида муқаддам номаълум шахслар томонидан қолдириб кетилган 1 дона спорт сумкаси ичида 3 кг. 942 гр. “опий” ва 15 кг. 473 гр. “гашиш” моддалари борлиги аниқланиб, процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.
Ҳозирда ҳолат юзасидан Жиноят Кодексининг 273-моддаси 5-қисми билан жиноят иши қўзғатилиб, гиёҳвандлик воситаларини қолдириб кетган шахсларни аниқлаш бўйича зарур чора-тадбирлар амалга оширилмоқда.

Каналга аъзо бўлинг👇👇👇
🇺🇿 Xavfsizlik 🇺🇿

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

22 Jan, 07:31


Kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi

🇺🇿Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra:

2025-yil 1-fevraldan kasblarga o‘qitish maqsadida ajratiladigan stipendiyalar nogironligi bo‘lgan shaxslarga, shuningdek, muddati 3 oydan ko‘p davom etadigan o‘quv kurslariga qabul qilingan Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalarning ishsiz a’zolariga to‘lanadi.

2025-yil 1-maygacha ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambag‘al oilalar a’zolarini kasb-hunarga o‘qitish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha vaucher tizimi joriy qilinadi.

🗓 Mazkur tizim 2025-yil 1-fevraldan Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan o‘tkaziladi.

#huquqiy_yangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

22 Jan, 07:31


Chiroyli suratlar tushura olmaysizmi?

👧Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar akademiyasi” loyihasi sizlarga professional fotograf bo‘lishingiz uchun bepul kurslarni taqdim etadi!

📹 Fotografiya kursi

Kurslarni mobil ilova
orqali ham o‘rganishingiz mumkin:

📱Google Play 🍏App Store

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

22 Jan, 07:31


Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Эркинжон Оқбутаевич Турдимов Сирдарё вилояти ҳокими вазифасини бажарувчи этиб тайинланди.

Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен исполняющим обязанности хокима Сырдарьинской области.

Facebook|Instagram|X

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

21 Jan, 11:22


Sirdaryolik yoshlar diqqatiga!

Siz tadbirkormisiz?
Volontyor yoki tashabbuskormisiz?

Kitobxonlik,san’at, hunarmandchilik, smm, mobilografiya yo’nalishlarida amalga oshirishni istagan takliflaringiz bormi? Unda bu e’lon aynan siz uchun!

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi
tomonidan siz aziz yoshlarning takliflarini o'rganish, g'oya va tashabbuslaringizni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus telegram bot ishga tushirildi

Ushbu bot orqali siz o’zingizni qiziqtirgan savol,taklif, g'oya va tashabbuslaringizni @Sirdaryolikyoshlarbot orqali yozib qoldirishingiz hamda quyidagi raqamlar (91) 500 41 41 raqami orqali bog’lanishingiz mumkin

Har qanday taklif, tashabbus, g’oya va fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring — biz esa albatta sizlar bilan bog’lanamiz

Eslatma: Aziz yoshlar taklif, g’oya hamda tashabbuslaringizni yo’llashda ma’lumotlaringizni aniq va batafsil kiritishni unutmang.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

21 Jan, 11:21


#Huquqiy_savodxonlik

📖“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar toʻgʻrisida”gi qonunning 3-moddasi

📌 Ushbu moddada:

🔰diniy taʼlim muassasi;
🔰diniy tashkilot;
🔰missionerlik;
🔰prozelitizm kabi atamalarga taʼrif berilgan.

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring!🔽

🌐
iiau.uz|📝Facebook|📷Instagram|📨Telegram|📹YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

21 Jan, 11:21


#Videomurojaat

❗️Farzandlaringizni turli buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan asrang


🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

20 Jan, 13:13


#xalqaro_olimpiada

🏆Sirdaryolik o’quvchi XALQARO MATEMATIKA olimpiadasi 🥉BRONZA medalini qo’lga kiritdi.

🏆 Malayziyada bo’lib o’tayotgan SEAMO-Xalqaro Matematika olimpiadasining final bosqichida IDEAL STUDY xususiy maktabi o’quvchilari Super natijalar qayd etishdi.

🏆Finalchilarimiz;

⭐️IFTIXOR RASULJONOV 🥉BRONZA medalini qo’lga kiritdi. Jahonda 3️⃣o’rin. Bomba natija malades IFTIXOR!

⭐️BILOLBEK SHAVKATOV va AKBARSHOX BO’RIBOYEVlar MERIT medalini qo’lga kiritishdi.

⭐️SHAHRIYOR USMONOVga biroz omad yetishmadi. Unga keyingi olimpiadada omad tilaymiz. Finalgacha kelishning o’zi katta natija.

⚡️O’quvchilarimizni shaxsan O’zbekistonning Malayziyadagi elchisi tabrikladi.

Dunyoni bilim bilan zabt etamiz!

☎️ 999770886

Bizning sahifalarimiz:
🕊Telegram 📱Instagrame

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

19 Jan, 07:41


Sirdaryolik yoshlar diqqatiga!

Siz tadbirkormisiz?
Volontyor yoki tashabbuskormisiz?

Kitobxonlik,san’at, hunarmandchilik, smm, mobilografiya yo’nalishlarida amalga oshirishni istagan takliflaringiz bormi? Unda bu e’lon aynan siz uchun!

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi
tomonidan siz aziz yoshlarning takliflarini o'rganish, g'oya va tashabbuslaringizni qo'llab-quvvatlash maqsadida maxsus telegram bot ishga tushirildi

Ushbu bot orqali siz o’zingizni qiziqtirgan savol,taklif, g'oya va tashabbuslaringizni @Sirdaryolikyoshlarbot orqali yozib qoldirishingiz hamda quyidagi raqamlar (91) 500 41 41 raqami orqali bog’lanishingiz mumkin

Har qanday taklif, tashabbus, g’oya va fikr-mulohazalaringizni yozib qoldiring — biz esa albatta sizlar bilan bog’lanamiz

Eslatma: Aziz yoshlar taklif, g’oya hamda tashabbuslaringizni yo’llashda ma’lumotlaringizni aniq va batafsil kiritishni unutmang.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

17 Jan, 18:41


Диққат тарқатинг!!!
Халқаро экспертлар томонидан Ўзбекистонликлар эътироф этилмоқда.

Бир неча ривожланган давлатларда ўзбеклар эришган ютуқлари, мамлакатимизнинг ривожланаётганлиги, халқаро сиёсатчилар томонидан ҳолисона таҳлил қилиниб ижобий фикрлар билдирилмоқда.
Зеро ўзбек ёшлари дунёвий билимларни ҳамда чет тилларини мукаммал ўзлаштириши орқали Европа, АҚШ ва бошқа ривожланган давлатларда истеъдодларини намоён қилишмоқда.
Фикрларимизнинг тасдиғи сифатида юқоридаги видеони кўришни тавсия қиламиз.

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

17 Jan, 06:10


Farzandingiz kelajagi uchun qanday bepul kurslarni tashkil qilaylik ?


Hurmatli ota-onalar!

Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumanida Prezidentimizning PQ-178 qaroriga asosan tashkil etilgan "IT-shaharcha" farzandlaringiz uchun sifatli va bepul ta'limni taqdim etishda davom etmoqda.

Endi esa, bolalaringiz uchun qaysi yo'nalishlarda bepul kurslar tashkil qilishni rejalashtirayotganimizda sizning fikringiz juda muhim!
Sizni quyidagi qisqa so'rovnomada ishtirok etib, qiziqarli va foydali kurslarni birgalikda tanlashga taklif qilamiz.
📝 Nima uchun bu muhim?

1️⃣ Farzandlaringiz uchun eng zarur va foydali kurslarni tanlash
2️⃣ Ta'lim va qobiliyatlarni rivojlantirish imkoniyatlarini kengaytirish
3️⃣ Kelajakdagi muvaffaqiyatga yo'l ochish

So'rovnomani to'ldirish vaqti: 2-3 daqiqa

📍 Havola: 👉 [ HAVOLA ] 👈

Farzandlaringiz uchun eng yaxshi imkoniyatlarni yaratishda bizga yordam berganingiz uchun rahmat! 💛

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

15 Jan, 18:21


Sirdaryoda yoshlar yetakchilari uchun o‘quv-seminari yakuniga yetdi.

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan 4 kunlik seminar yoshlar yetakchilari uchun nihoyatda manfaatli bo‘ldi. Seminarda har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan mahallada yoshlar bilan ishlash bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar berildi.

Shuningdek, o‘quv davomida amalga oshirilayotgan ishlarning ijro nazorati, “Yoshlar balansi”, mudofaa organlari bilan tizimli ishlash, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishlarida seminarlar tashkil etildi.

Bu kabi o‘quv-seminari yoshlar yetakchilari uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, ularning professional rivojlanishiga va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

14 Jan, 14:56


OAV biz haqimizda

Sirdaryo tumani Paxtakor mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati hamda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar.


Batafsil tafsilotlar Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining “Oramizdagi qahramonlar” ko’rsatuvining navbatdagi sonida.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

13 Jan, 15:40


Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi!

Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni izohda qoldiring?

@alisher_sadullaev

Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram 📸 Instagram
📷 Facebook 📺 YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

13 Jan, 15:14


Mahalladagi yoshlar yetakchilari "ASSALOM SIRDARYO" ko'ngilochar dasturida mehmon bo’lishdi

Batafsil tafsilotlar Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining "Assalom Sirdaryo" tonggi ko’gilochar dasturida 

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

13 Jan, 15:13


OAV biz haqimizda

📁Yoshlar yetakchilari uchun o'quv seminari o’tkazilmoqda

Batafsil tafsilotlar Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturida.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

13 Jan, 15:13


Har bir ota-ona farzandining yorug‘ kelajagi, ilm yo‘lida muvaffaqiyatga erishishi uchun hech narsadan qaytmaydi. Ba’zan mehr va sabrni, ba’zan esa qattiqqo‘llik va matonatni tanlaydi. Bu fidoyilikning ortida faqat bitta maqsad bor: farzandining ertasi bugundan yorug‘ bo‘lishi!

Videoni tomosha qiling va fikrlaringizni izohda qoldiring?

@alisher_sadullaev

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

12 Jan, 06:37


🎉Bugun tavallud kun!

Bugun, 12-yanvar Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo tumani bo'limi Xazina mahallasi yoshlar yetakchisi Mamaro'ziyev Elyor tavallud topgan kun!

Hurmatli Mamaro'ziyev Elyor Yoshlar ishlari agentligi Sirdaryo tumani bo'limi jamoasi va barcha sirdaryolik yoshlar nomidan tavallud kuningiz bilan muborakbod etib, sizga uzoq-umr, mustahkam sog'lik, ma'suliyatli va sharafli faoliyatingizda omad tilab qolamiz.

Shukrona kuningiz muborak bo'lsin!

📲 @Sirdaryo_Tuman_Yoshlar

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

11 Jan, 04:22


📺"Diyor yangiliklari"
📁Yosh tadbirkorlar faoliyati
📍Sirdaryo tumani

@Sirdaryo_Mtrk 🎥

Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram 📸 Instagram
📷 Facebook 📺 YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

10 Jan, 16:00


📺"Diyor yangiliklari"
📁Yosh tadbirkorlar faoliyati
📍Sirdaryo tumani

@Sirdaryo_Mtrk 🎥

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

09 Jan, 15:31


#Live
#Sirdaryotv

Bugun erta tongdan Yangiyer shahrining Shodiyona mahallasi, Sardoba tumanining Qo’rg’ontepa mahallasi hamda Sirdaryo tumanining Paxtakor va Islomobod mahallalari yoshlar yetakchilari Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasining "Assalom Sirdaryo" tonggi ko’gilochar dasturida mehmon bo’lishdi hamda ular ishtirokida yoshlar uchun foydali samimiy suhbat tashkil etildi.

Suhbat davomida mahalladagi yoshlar yetakchilari tomonidan 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, 2025-yilda tashkil etiladigan yangi loyihalar ustida fikr-mulohazalar almashildi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

27 Dec, 12:23


#Live
#Qorbobolarkarvoni

Ayni vaqtda Qorbobolar karvoni Oqoltin tumani yoshlari hamda bolajonlariga yangi yil kayfiyatini ulashishmoqda!

Qorbobolar karvoni viloyatimiz bo’ylab davom etmoqda,keyingi manzil Mirzaobod tumani! Mirzaobodlik yoshlar, bolajonlar tayyormisiz!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

27 Dec, 11:52


#Qorbobolarkarvoni

🎅Qorbobolar karvoni Sardoba tumanida!

Qorbobolar karvoni Sardoba tumani yoshlari hamda bolajonlariga yangi yil kayfiyatini ulashishmoqda

👉 Telegram | Instagram | Web-site | Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

27 Dec, 11:13


#Live
#Qorbobolarkarvoni

Ayni vaqtda Qorbobolar karvoni Oqoltin tumanining Mustaqillik, Obod, Toshkent hamda Yangi hayot mahallalari yoshlari hamda bolajonlariga yangi yil kayfiyatini ulashishmoqda.
Bizni kuzatishda davom eting!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

27 Dec, 09:17


Қорбоболар карвони Ховосда, байрам байрамдек бўсинда....

Одамлар, кутилмаган ташрифдан ҳайратда...

Фақат шу қор бўмадида-а😒

📱Канал😐Sirdaryolik_insider

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

24 Dec, 12:45


#Xushxabar
#OʻzbekistonBelgisi

Bugun Toshkent shahrida joylashgan Yoshlar ijod saroyida “Yoshlar forumi — 2024” doirasida “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Quvonarlisi,Sirdaryo tumani Islomobod mahallasi yoshlar yetakchisi Azimboyev Azizbek Abdumurod o’g’li hamda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa mahallasi yoshlar yetakchisi Mamirov O‘rolboy Anarboyevich “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanishdi.

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi jamoasi nomidan, yoshlar yetakchilarimizni ushbu yukasak mukofatni qo’lga kiritganligi bilan tabriklaymiz hamda kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilaymiz!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

22 Dec, 08:55


https://youtube.com/shorts/nNGNqaSlGzI?feature=share

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

21 Dec, 17:32


https://youtube.com/shorts/DvwClN-qAAI?feature=share

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

19 Dec, 09:44


Бир масжид пештахтасидаги ёзув

"Фарзандларингизга ибодат қилишдан аввал одоб ва аҳлоқли бўлишни ўргатинг. Акс холда…
• намоз ўқийдиган бир ўғри;
• рўза тутадиган бир бузуқ;
• ҳажга борадиган ёлғончи;
• қурбонлик қиладиган бир судхўр;
• шаҳодат келтирадиган бир терорчи бўлиб етишиши мумкин…"

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

19 Dec, 06:57


#Live

Ayni vaqtda Sirdaryolik faol yoshlar yetakchilari “Mahalladagi yoshlar yetakchilarining I-forumi” da ishtirok etishmoqda

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

08 Dec, 13:09


"Eng namunali yoshlar yetakchisi" tanlovining tuman bosqichiga start berildi.

Sirdaryo tumanidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan "Eng namunali yoshlar yetakchisi"ni aniqlang!

Mazkur so‘rovnomada eng ko'p ovoz to'plagan 3 nafar yoshlar yetakchilari Sirdaryo tumani Yoshlar ishlari bo'limi boshlig'i tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Eslatib o‘tamiz: So‘rovnomaning tuman bosqichi 18-dekabr 18:00gacha davom etadi.

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

08 Dec, 04:36


8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni!

🇺🇿 Hurmatli yurtdoshlar!
Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinganining 32 yilligi bilan samimiy tabriklaymiz!

Konstitutsiya – bu milliy taraqqiyot yo‘lida adolatli jamiyat asoslarini belgilovchi mustahkam poydevordir. U mamlakatimizning huquqiy negizini yaratib, har birimizning erkinlik va huquqlarimiz kafolati hisoblanadi.

🤝Keling, Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar asosida yurtimiz ravnaqiga o‘z hissamizni qo‘shishda davom etaylik!

Yurtimiz tinchligi va farovonligi bardavom bo‘lsin!

Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram 📸 Instagram
📷
Facebook 📺 YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

07 Dec, 14:22


“Yoshlar forumi – 2024” doirasida, 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan, O‘zbekiston bolalar tashikoloti sardorlari ishtirokida "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot garovi" shiori ostida "Zakovat" intellektual o'yini tashkil etildi.

#Yoshlarforumi2024

📲
@Sirdaryo_Tuman_Yoshlar

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

18 Nov, 10:49


#Live

Bu yil Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligiga 33 yil toʻldi.

Sana munosabati bilan, Guliston shahrida "Millat bayrog'i" shiori ostida avtokarvon tashkil etildi.

Ushbu avtokarvonda 100 dan oshiq avtomobillar ishtirok etdi.


Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram 📸 Instagram
📷 Facebook 📺 YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

18 Nov, 10:49


🇺🇿Mangu hilpirayver Vatan bayrog'i!

O‘zbekiston bolalar tashkiloti Sirdaryo viloyati sardorlari davlatimiz bayrog’i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan #Millat_bayrogʼi chellenjida faol ishtirok etishdi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram 📸 Instagram
📷 Facebook 📺 YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

18 Nov, 10:35


"Peng-Sheng-2" GTSdan gaz bilan ta'minlanuvchi Sirdaryo tumani mahallalarida 18 noyabr kuni soat 15:00 dan kech soat 17:00 ga qadar tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha toʻxtatiladi.

Aholi iste'molchilari soni - 3100 ta
Ulgurji iste'molchilari soni - 38
ta

Noqulayliklar uchun "Hududgaz Sirdaryo" gaz ta'minoti filiali iste'molchilardan uzr so'raydi.

Bizning sahifalarimiz:
🕊
Telegram 📸 Instagram
📷
Facebook 📺 YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

18 Nov, 03:18


Davlat bayrog‘i — milliy g‘ururimiz timsoli!

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i xalqimizning boy tarixi, jasorati va ezgu intilishlarining ramzidir. U har bir yurtdoshimizga Vatanimizga bo‘lgan chuqur muhabbat va iftixorni his etish imkonini beradi.

⭐️Yoshlar ishlari agentligi barchangizni 18-noyabr — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan samimiy muborakbod etadi! Bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, yurtimiz shaʼni va shon-sharafini dunyoga yoyishda davom etsin!

#Millat_bayrogʼi

Bizning sahifalarimiz:
🕊 Telegram 📸 Instagram
📷 Facebook 📺 YouTube

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

17 Nov, 16:37


#Sirdaryo_tumani
#Viloyat_hokimi_kubogi

Sirdaryo tumani 6-umumta'lim maktabida "Viloyat hokimi kubogi" doirasida Shaxmat sport musobaqasining tuman bosqichi bo'lib o'tdi.Sektorlar bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan shaxmatchilar tuman bosqichida o'zaro bellashishdi.
Musobaqa so'ngida g'oliblikni qo'lga kiritgan shaxmatchilar viloyat bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritdilar.

Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz
!!!

📲 @Sirdaryo_Tuman_Yoshlar

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

17 Nov, 11:55


#Yoshlar_ishlari_agentligi
#Sirdaryo_tumani
#Navoiy_MFY
#Bayrog'im_faxrim

🇺🇿Bayrog‘imiz — faxrimiz, g‘ururimiz!

O'zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan "Millat bayrog‘i" shiori ostida nishonlanadigan bayram tadbirlari barchamiz faol ishtirok etaylik!

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

16 Nov, 16:33


O’zbekiston Respublikasi Prezidentning Oliy Majlis Senati a’zolarini tayinlash to‘g‘risidagi farmoniga ko’ra senatorlar etib tayinlanganlar.

Ziyo Azamat Hamid o‘g‘li
– O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti direktori;

Yo‘lchiyeva Munojatxon Abduvaliyevna – Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti professori;

Ko‘chimov Abdusaid Ko‘chimovich – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori;

Rafiqov Qudratilla Mirsagatovich – O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi;

Raxmankulov Mir-Akbar Xodji-Akbarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori;

Safoyev Sodiq Solixovich – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari;

Sa’dullayev Alisher Zafar o‘g‘li – O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori;

Turdiyev Sodiqjon – O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash «Nuroniy» jamg‘armasi boshqaruvi raisi;

Xudaybergenov Tursinxan Aydarovich – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi.

@alisher_sadullaev

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

16 Nov, 04:22


#Millat_bayrogi

Sirdaryo tumani Paxtakor mahallasi yoshlar yetakchisi "Millat bayrog‘i” chellenjida ishtirok etib o’z xonadoniga davlatimiz bayrog’ini o’rnatdi.

🇺🇿 #Millat_bayrogʼi chellenjida siz ham faol ishtirok eting!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

15 Nov, 16:40


O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligiga bag'ishlab Sirdaryo tumani Yoshlari ishlari agentligi boshchiligida mahalladagi yoshlar yetakchilari o'z xonadonlariga
Davlat bayrog'ini o'rnatdilar.


📲 @Sirdaryo_Tuman_Yoshlar

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

13 Nov, 15:17


❄️❄️❄️❄️


📲 @Azizbek_Azimbayev

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

13 Nov, 10:35


📌Jurnalistikaga qiziqadiganlar shu yerdamisiz ?

Sizlar uchun tez orada bir manfaatli loyihaga start berish arafasidamiz !

✔️Agarda siz Jurnalistika kasbiga qiziqsangiz
✔️Oʻzingizni kamera qarshisida sinab videokontentlar yaratmoqchi boʻlsangiz.
✔️Unda bu loyiha aynan sizlar uchun.

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasida joylashgan “Yoshlar media markazi” siz boʻlajak jurnalistlarga katta imkoniyatlar eshigini ochmoqda.

Barcha qiziquvchi yoshlarni 17-noyabr, shanba kuni yoshlar markazida boʻlib oʻtadigan kastingda kutib qolamiz!
👉@jurnalist_abdusalomova murojaat qiling va roʻyxatdan oʻting.

Ha aytgancha bizda barcha loyihalar bepul. Imkoniyatni qoʻldan boy bermang aziz yoshlar !

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

13 Nov, 04:04


Sirdaryoda "Yo'lovchilar bog'i" aksiyasi tashkil etildi.

Tafsilotlar "MY5" telekanali Hudud informatsion dasturida.

muxbir: Sevara Ahmadqulova

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

11 Nov, 16:26


Bugun bir videoni ko‘rib qattiq ta’sirlandim va sizlar bilan bo‘lishgim keldi.

G‘allaorollik singlimiz
tuman markazidan 80 kilometr olisdagi “Jiydali” mahallasida o‘zidagi cheksiz imkoniyati, jasorati sababli bugungi kunda shu qishloq bolalari uchun o‘z uyida shinamgina kutubxona ochibdi. Bizni yana bir xursand qilgan holat G'allaorol tuman Yoshlar ishlari agentligi jamoasi esa, mazkur tashabbus uchun kitoblar to'plamlari sovg'a qilib, kutubxona fondini kengaytirishga yordam qilishibdi.

Nargiza ochgan “Umid” kutubxonasi nafaqat yoshlarni kitob o‘qishga qiziqtiradi, balki hayotdagi har bir sinovga duch kelgan insonlarga umid bag‘ishlaydi.

Kutubxona ochgan yana qaysi qahramonlarni bilasiz? Izohlarda yozib qoldiring!

@alisher_sadullaev

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

11 Nov, 16:16


⚡️Diqqat, e’lon!

🇺🇿 Sirdaryo viloyati hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi, viloyat Sport boshqarmasi xamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi viloyat bo'linmasi hamkorligida shaxmat hamda para shaxmat bo'yicha “Sirdaryo viloyati hokimi kubogi”ga start berilmoqda

🟡 Musoboqalar 4 bosqichda tashkil etiladi. Mahalla,sektor tuman (shahar) hamda viloyat bosqichlari 13-noyabrdan 19-noyabrgacha o'tkaziladi. Parashaxmatchilar viloyat bosqichida to'g'ridan to'g'ri ishtirok etishadi.

Musobaqa Fide reytingidagi ochkolarga qarab 4 guruhlarga bo'linadi:
1)Havaskor qizlar
2)Havaskor erkaklar
3)Professional qizlar
4)Professional erkaklar yo’nalishlari.

Shaxmat musobaqasida 7 yoshdan 70 yoshgacha bo'lgan Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi barcha fuqorolar ishtirok etishlari mumkin.

 🟡 Toʻliq maʼlumotga ega boʻlish uchun NIZOM bilan tanishib chiqing hamda ro'yxatdan o’tish uchun mahallangizdagi yoshlar yetakchisiga murojaat qiling!

Barchangizni shaxmat musobaqalarida kutamiz!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

10 Nov, 11:43


🌱 Sirdaryoda yoshlar tashabbusi bilan “Yo’lovchilar bog’i” yaratilmoqda.

🌳 Avval xabar berganimizdek 10-20-noyabr kunlari Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi tashabbusi bilan Sirdaryo tumanining Islomobod mahallasi hududidan o’tgan M-34 yo’l bo’yida, Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida “Yo’lovchilar bog’i” aksiyasi tashkil etilmoqda.

Bugun keng jamoatchilik, 600 nafardan oshiq faol yoshlar, yoshlar yetakchilari hamda nuroniylarimiz ishtirokida ushbu aksiyaga start berildi.

Aksiyaning birinchi kunida 100 ga yaqin vodiy va voha viloyatlaridan hamda qo’shni Rossiya, Turkmaniston va Tojikiston davlatlaridan viloyatimizga tashrif buyurgan yo'lovchilar ishtirok etib, o’zlarining samimiy fikrlarini bildirdi.

“Yurtingizda daraxt ekishga bo’lgan qiziqishni ko’rib juda hayratlandim. Bugun ushbu aksiyada yoshlar bilan men ham faol ishtirok etdim bundan juda hursandman. O'ylaymanki bu ko’chatlar kelajakda Sirdaryoga tashrif buyurishimga yana bir sabab bo’ladi”-deydi Tataristonlik yo’lovchi Islam Abashev.

Xususan, loyiha doirasida 2000 dan ziyod mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

🌳 Aksiya davom etmoqda keling siz ham kelajak uchun nihol ekib, umummilliy harakatga qo’shiling!

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

01 Nov, 02:50


#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Mahalladagi eng bilimdon yoshlar aniqlandi. Sirdaryoda "Yosh kitobxon" tanlovining mahalla bosqichlari bo’lib o’tdi.

Tafsilotlar "MY5" telekanali Hudud informatsion dasturida.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

30 Oct, 17:28


🤾‍♂️ Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani yoshlari gandbol bo‘yicha Respublika bosqichiga tayyor!

📲 @Sirdaryotumanpress

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

30 Oct, 17:27


📖 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasidagi "Yosh kitobxon" tanlovining Sirdaryo tumani, "Oqibat" mahallasi bosqichi ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

30 Oct, 14:49


OAV biz haqimizda

Ayni damda, Sirdaryo teleradiokanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ridan efirga uzatilayotgan "Ko‘zgudagi biz" ko‘rsatuvining navbatdagi sonida, Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Mirqodir Sadullayev ham ishtirok etmoqda.

Ushbu ko‘rsatuvda "Kambag‘allikdan farovonlik sari!" umumilliy harakati bo‘yicha viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tegishliligi bo‘yicha ma'sullar, xususan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yoshlar siyosatidagi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jurnalist va fuqarolardan kelib tushayotgan savollarga atroflicha javoblar berilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

30 Oct, 13:34


Mahalladagi eng bilimdon yoshlar aniqlandi

📚 Bugun kitobsevar yoshlar mahallada jam bo’lishdi. Sirdaryo viloyatining 239 ta mahallasidan 15 mingdan oshiq yoshlar 3 yosh toifasi bo’yicha “Yosh kitobxon” tanlovida bellashdilar.

G’olib bo’lgan ishtirokchilar sektor bosqichi yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Ishtirokchilar bundan tashqari 4 ta bosqichda bellashadilar. Kuchli tayyorgarlik ko'rganlar esa respublika bosqichida ham munosib ishtirok etib elektromobil sohibiga ega bo’lishadi.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

22 Oct, 14:52


Sirdaryo tumani "Ilg'or" mahallasida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida "Gulhan atrofida" tadbiri tashkil etildi.

📲 @Sirdaryo_Tuman_Yoshlar

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

20 Oct, 05:48


#Diqqat #Tezkor

“Futbol shou” loyihasi yo’lga qo’yildi!

Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqaramasi, viloyat Sport boshqarmasi hamda elimiz suygan san’atkor Dilshodbek Kattabekov tomonidan Bugun soat 16:00 da Sirdaryo viloyatning F-River jamoasi Umid Junior jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.

Barchangizni Yangiyer shahridagi katta futbol oqshomiga “Futbol shou” loyihasiga taklif etamiz! Kirish mutlaqo bepul!

Manzil: Yangiyer shahar Markaziy stadioni.

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

19 Oct, 15:23


⚡️“Yoshlar va saylov” forumi

Sirdaryo viloyatining Guliston shahar markazida “Yoshlar va saylov” forumi bo‘lib o‘tdi. Forum doirasida yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishga yo‘naltirilgan interaktiv uchrashuvlar, qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, yoshlarning saylov jarayonlaridagi ishtiroki keng muhokama qilindi.

Qolaversa, yigit-qizlar uchun foydali bo‘lgan 10 ga yaqin loyihalar, platformalar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Forumda 2 mingdan ortiq faol yoshlar ishtirok etishdi.

#kelajaguchun #saylov24 #saylovgaboraman #ovozberaman

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

19 Oct, 13:34


#voleybol #sirdaryo #viloyat

⚡️ Bugun Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha (qizlar o‘rtasida) viloyat bosqichi musobaqasi bo‘lib o‘tdi


🟡 Mahalla yoshlari o‘rtasida tashkil etilayotgan musobaqaning viloyat bosqichi murosasiz baxslarga boy bo‘ldi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra;

16-21 yosh (qiz bolalar)
🥇-o‘rin Sardoba tumani (Birlashgan mahallasi
🥈-o‘rin Yangiyer shahar (Binokor mahallasi
🥉-o‘rin Boyovut tumani (Iftixor mahallasi)

22-30 yosh (qiz bolalar)
🥇-o‘rin Sirdaryo tumani (Matonat mahallasi)
🥈-o‘rin Mirzaobod tumani (Yangi xayot mahallasi)
🥉-o‘rin Sardoba tumani (Birlashgan mahallasi)

🟡 G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

🎙 Sport haqida yangiliklarni birinchilardan boʻlib, ushbu telegram kanali orqali kuzatib boring.

🇺🇿 Bizning sahifalarimiz:
🚀Telegram 🔵Facebook 📷Instagram

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

19 Oct, 13:21


Sirdaryo tumani mahallalarida
"Mahalla ligasi" musobaqalari tashkil etilib,ushbu tadbirlarda mahalla yoshlari faol ishtirok etishmoqdalar.

Sirdaryo tumani Yoshlar kanali

19 Oct, 04:37


#voleybol #sirdaryo #viloyat

⚡️ Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida 🖐 "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha o’g’il bolalar o’rtasida o‘tkazilgan viloyat bosqichi musobaqasi yakunlandi

Musobaqa natijasiga ko‘ra;

16-21 yosh (o‘g‘il bolalar)
🥇-o‘rin Sirdaryo tumani (Ishonch mahallasi)
🥈-o‘rin Yangiyer shahar (Binokor mahallasi)
🥉-o‘rin Boyovut tumani (Iftixor mahallasi)

22-30 yosh (o‘g‘il bolalar)
🥇-o‘rin Guliston tumani (Chortoq mahallasi)
🥈-o‘rin Mirzaobod tumani (Navro‘z mahallasi)
🥉-o‘rin Sayxunobod tumani (Baxmalsoy mahallasi)

🟡 G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi

Bizning sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐 Instagram 🌐Facebook