DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

@dtiym


Davlat tilida ish yuritish asoslarini o'qitish va malaka oshirish markazining rasmiy sahifasi.


Telefon: +998 99 728 29 00
Takliflar uchun: @muhammadaziz_omonov

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

22 Oct, 13:03


https://youtu.be/WQC6lo2lNQM

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

22 Oct, 12:58


Diyor Yangiliklari|| Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

#20oktabr, #Sirdaryo

📡 @Sirdaryo_Mtrk

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

21 Oct, 05:02


#bayraming_muborak_ona_tilim

Milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz, yuksak madaniyatimiz belgisi, g‘urur va iftixorimiz hamda mustaqil mamlakatimiz ramzi bo‘lgan O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr — “O‘zbek tili bayrami kuni” bilan samimiy tabriklaymiz.

Nafis va maftunkor ona tilimizning nufuzini oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizga ulkan muvaffaqiyatlar, omad va zafarlar tilaymiz.

Jannatmakon yurtimiz, jozibador ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbat Sizni aslo tark etmasin!

Hurmat va ehtirom bilan,
Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka
oshirish markazi jamoasi



Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

19 Oct, 12:54


“DAVLAT TILI TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR” respublika ilmiy-amaliy anjumanidan lavhalar.

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

19 Oct, 05:28


Ayni daqiqalarda Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida “DAVLAT TILI TARAQQIYOTI: MUAMMO VA YECHIMLAR” respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Anjumanni Markazning rasmiy facebook sahifasida , yoki zoom ilovasi orqali jonli kuzating.

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

18 Oct, 19:22


https://facebook.com/events/s/davlat-tili-taraqqiyoti-muammo/1069378481350891/

Ilmiy-amaliy anjumanni soat 10:00dan boshlab Markazning rasmiy facebook sahifasida ham jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin bo’ladi.

DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA MALAKA OSHIRISH MARKAZI

17 Oct, 06:20


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli Farmonida xorijiy mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili o‘qituvchilarining masofaviy shaklda malakasini oshirish vazifasi belgilangan.

Mazkur vazifa ijrosi yuzasidan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazida xorijiy mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari uchun “Oliy ta’lim muassasalarining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish” kursi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Dastlabki tashkil etilgan guruhda Yaponiyadan (2 nafar), Pokistondan (1 nafar), Afg‘onistondan (1 nafar), Qozog‘istondan (4 nafar) va qo‘shni Qirg‘iziston respublikasidan (11 nafar)  Oliy ta’lim muassasalarida o‘zbek tili va adabiyoti fanidan dars beruvchi  mutaxassislar ishtirok etmoqdalar.

O‘quv kursini Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori I.Azimov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tinglovchilarga kelgusi faoliyatida omadlar tilab, xorijda o‘zbek tilini o‘qitishda ularning xizmatlarini e'tirof etdi.

Kurslar muntazam tashkil etib boriladi.

Bizning manzillar:
Veb-sahifa |Telegram | Facebook | Youtube