«Мактабгача таълим» @maktabgacha_mt Channel on Telegram

«Мактабгача таълим»

@maktabgacha_mt


Бизнинг каналимизда:👇

↪️Мактабгача таълим янгиликлари жойлаштириб борилади

Боғланиш учун:

@Messengerse1_bot

га мурожаат қилишингиз мумкин.

каналимиз
👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEKZKsSzD61McloMeQ

«Мактабгача таълим» (Uzbek)

«Мактабгача таълим» канали янгиликлар билан тангланган, мактабгача таълим учун илмий маълумотларни жойлаштирадиган оммавий каналдир. Агар сиз мактабгача таълимга, учунчи насабига тайёрлик кўрсатмоқчи бўлсангиз, уларда ўз муаммолар ёки масалиҳалар бўйича кўп турли мажмулотларни топишингиз мумкин. Мактабгача таълимга оид янгиликлар билан баҳс қилиш ва ўз фикрингизни изҳор қилиш имкониятини топишингиз мумкин. Каналга ёзилган маълумотларда фойдаланувчиларнинг ишончли манбаийлиги ва ишонч келтириш мумкин. Бизни каналда кўринг ва янгиликларимиздан тез орда хабардор бўлинг!👇 n👉Боғланиш учун: @Messengerse1_bot 📞 n👇Каналга қўшилиш учун: https://t.me/joinchat/AAAAAEKZKsSzD61McloMeQ

«Мактабгача таълим»

09 Feb, 12:13


https://t.me/ozing_yasa

«Мактабгача таълим»

09 Feb, 12:12


https://t.me/+QpkqxF8YpLoMnRXd

«Мактабгача таълим»

07 Nov, 07:49


#pedagoglar_diqqatiga
#tarbiyachilar_diqqatiga

DIDAKTIK O'YIN
(ko'z gimnastikasi)

("Mening bog’cham" o'yini)

Juda ham ko‘p ishladik,
Ko‘zlarimiz toliqdi.

(ko’zlarni pirpiratishadi)
Termulib biz osmonga,
(chapga-o’ngga qarashadi)
Quyoshjonni koramiz.
(yuqoriga qarashadi)
Hozir ko‘zimiz yumib,
(kaftlar bilan yuzni yopishadi)
Kamalakni chizamiz.
Nurlarida cho‘milib,
Quyosh tomon boramiz.
O‘ngga, chapga, song ortga
-
(yoy bo’ylab yuqoriga, o’ngga va chapga, yuqoriga qarashadi)
Pastga asta uchamiz.
(pastga qarashadi)
Qo‘llarni qattiq siqib,
Qo‘rquv nima bilmaymiz.

(ko’zlarni yumib, ochishadi va pirpiratishadi)

https://t.me/+QpkqxF8YpLoMnRXd

«Мактабгача таълим»

06 Nov, 13:20


🍂"Kuz boyliklari"

🎭 Sahnalashtirilgan ertak

👫👯‍♂️Toshkent shahar Olmazor tumani "Guldasta oromgohi" nomli 146-DMTT tarbiyalanuvchilari ishtirok etgan.

_______

🍂"Богатства осени"

🎭Инсценированная сказка

👫👯Приняли участие воспитанники 146-го ГДОО "Гулдаста оромгоҳи" Алмазарского района города Ташкента.


https://t.me/+QpkqxF8YpLoMnRXd

«Мактабгача таълим»

06 Nov, 11:29


#kreativ

🤩 Ham quvnoq, ham qiziq

https://t.me/+QpkqxF8YpLoMnRXd

«Мактабгача таълим»

03 Nov, 08:13


⚡️Qisqa muddatli malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Ayni kunlarda respublika bo'ylab maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi davom etmoqda.

Eslatib o'tamiz, maktabgacha taʼlim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichida respublika bo‘ylab 700 nafar master-trenerlarning o‘qitilishi rejalashtirilgan. Ushbu qisqa muddatli malaka oshirish kursining 1-bosqichida 30 nafar master-trenerlarning o‘qitilgan edi.

https://t.me/+QpkqxF8YpLoMnRXd

«Мактабгача таълим»

02 Nov, 07:10


⚡️Maktabgacha ta'lim tashkiloti OAV nigohida

🔹Toshkent viloyati Angren shahridagi 14-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 3 yildan beri Shuhrat Bobojonov rahbarlik qiladi.
Bugun Shuhrat aka o‘zining tashabbuskorligi, talabchanligi bilan el nazariga tushgan.

📹Kuni-kecha ustozning faoliyati “Sevimli” telekanalining “Zamon” informatsion telekanalida batafsil yoritildi.

https://t.me/+QpkqxF8YpLoMnRXd

«Мактабгача таълим»

02 Nov, 07:09


⚡️Saxovatpesha insonlar ko‘payaversin!

Yurtimizda so'nggi yillarda maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, bolalarni har tomonlama intellektual, zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga joriy etish, ularning maktabga tayyorgarlik darajasini oshirish kabi ko'plab amaliy ishlar qilinmoqda.

Albatta bu kabi tizimli o'zgarishlar ota-onalar, buva-buvijonlar hamda millat kelajagiga befarq bo'lmagan keng jamoatchilikning e'tiborida bo'lib kelmoqda.

Kuni-kecha xuddi shunday fuqarolardan biri - maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchisining onasi Anvarova Umidaxon homiyligi asosida Toshkent shahar, Yashnobod tumani, 557-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga elektr plita, muzlatgich, televizor hamda tarbiyalanuvchilar uchun turli xil o‘yinchoqlar homiylik asosida sovg‘a qilindi. 

https://t.me/+QpkqxF8YpLoMnRXd

«Мактабгача таълим»

01 Nov, 10:22


#Xalqaro_loyiha

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi

🔹Ayni kunlarda viloyatimizda ham Maktabgacha ta’lim agentligining Jahon Banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi bilan birgalikda 2023-yilning 30-oktabr kunidan 3-noyabr kuniga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.

🔹“O‘yinga asoslangan ta’lim” mavzusidagi o‘quv kursiga 33 nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari qamrab olingan bo‘lib, 5 kun davomida sifatli erta ta’lim va maktabgacha ta’lim pedagoglarining roli, o‘yinga asoslangan ta’lim va pedagogika tamoyillari kabi mavzularda mashg‘ulotlar olib boriladi.

https://t.me/+QpkqxF8YpLoMnRXd