𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️ @dehqonobod_yoshlar_press Channel on Telegram

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

@dehqonobod_yoshlar_press


Dehqonobod 24 kanalida tumandagi tezkor va sifatli xabarlar bilan tanishib boring!

🔹instagram.com/dehqonobod_24

🔹facebook.com/dehqonobod.24

🔹youtube.com/@dehqonobod_24

Admin: @Temurbek_Yusupov

Murojaat: 👇
@Dehqonobod_24_admini

Dehqonobod 24 (Uzbek)

Dehqonob 24 kanalida tumandagi tezkor va sifatli xabarlar bilan tanishib boring! Bu kanalda Dehqonob tumani bo'ylab eng so'nggi yangiliklarni o'rganishingiz mumkin. Kanalda admin @Temurbek_Yusupov tomonidan boshqariladi va sizga murojaat uchun @Dehqonobod_24_admini ga yozishingiz mumkin. Agar siz Dehqonob maydoniga qiziqish duysangiz, iltimos, kanalga a'zo bo'ling va eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling. Ushbu kanal orqali Instagram, Facebook va YouTube sahifalariga ham mansub bo'lishingiz mumkin. Ajoyib so'zlar va tasviriy ma'lumotlar orqali Dehqonob 24 kanali sizni o'zining banketiga olib keladi. Sizni kutib qolamiz!

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

19 Feb, 07:24


#Tezkor
❗️Endi, Tomorqasini qarovsiz qoldirgan xonadon egalari uch karra yuqori soliq to‘laydi


Aholi tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan har chorakda o‘rganish olib boriladi.

O‘rganish davomida xonadondagi tomorqa va ijara yerlarida ekin ekilmagan va qarovsiz qoldirilgan bo‘lsa quyidagi choralar qo‘llaniladi.

1. Imtiyozli kreditlar ajratilmaydi.
2. Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun yordamlar (moddiy yordam yoki bola puli kabi) to‘xtatiladi.
3. Yer solig‘i uch karra yuqori miqdorda hisoblanadi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

19 Feb, 07:16


⚡️Diqqat e'lon:

🏠Zudlik bilan tuman markazidan uy sotiladi.

📐12 so'tix,
🏠 Umumiy 7 xonali,
🛠️ Xonalar yaxshi ta’mirlangan.
🔥 Tabiiy gaz va elektir tarmog'i ulangan,
🚰 Oq suv yetib kelgan,
Oshxona, hovuz, hammom va xojatxona bor,
🪑Kelishilgan holda barcha jihozlar va texnikalar qoʻshib beriladi.
🌳 Mevali daraxtlar ko’chati ekilgan.
📑 Hujjat-dokumentlari joyida,
Yashash uchun barcha sharoitlar mavjud.

💰Narxi kelishiladi.

🚩 Manzil: Dehqonobod tumani, Qarashina shaharchasi
⛳️ Mo'ljal: Davlat xizmatlari markazining orqa tomonida.

❗️Qolgan ma'lumotlar telifonda aytiladi.
Murojaat uchun:
📞
+998-95-737-58-82

🆁🅴🅺🅻🅰🅼🅰 berish uchun murojaat: @Dehqonobod_24_admini

#reklama

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

19 Feb, 05:28


#Chellenj “Milliy libos – millat g‘ururi!”

Dehqonobod tuman 1-son politexnikumida ham yosh avlod vakillarini oʻzbek milliy qadriyatlari va milliy liboslariga boʻlgan hurmat bilan tarbiyalash borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

19 Feb, 03:52


Dehqonobodda xurmo daraxtini yetishtirish boʻyicha oʻquv seminari tashkil etildi

Dehqonobod tumanida muhtaram yurtboshimizning xurmo daraxtini yetishtirishni keng yoʻlga qoʻyish yuzasidan ilgari surgan tashabbuslari qoʻllab-quvvatlangan holda, o’z mahallalariga borib tadbiq qilishlari uchun mahalla fuqarolar yigʻini raislari ishtirokida xurmo daraxtini ekib, parvarishlash yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi.

Batafsil videoda:

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

18 Feb, 18:45


#badiiy_tanaffus
🎥 Isoq Norchayev - Chambilim chamanim!

Dehqonobodlik xushovoz xonanda Isoq Norchayevdan Dehqonobodimizni madhini kuylovchi ajoyib qo'shiq va klip.

Sizga ham ilindik.
Tomosha qilishni tavsiya etamiz.


Kanalimiz: Dehqonobod 24 ✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

18 Feb, 17:44


Dehqonobodlik Afgʻon urishi ishtirokchilari uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Dehqonobod tumani hokimligi tashabbusida tuman mudofaa ishlari hamda Oʻzbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi Qashqadaryo viloyat Dehqonobod tumani boʻlimlari hamkorligida 15-fevral kuni sobiq Ittifoq qo’shinlarining Afgʻoniston hududidan chiqarilganiga 36 yil to’lgani munosabati bilan Dehqonobod tumanidan harbiy xizmatga jo‘natilgan, 1978-1989–yillarda Afg‘oniston hududidagi jangovar harakatlarda ishtirok etgan urush qatnashchilari taklif etilib, bayram tadbiri tashkil etildi.

Bayramda tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarli ham ishtirok etib, yigʻilganlarni bayram bilan tabriklashdi. Bayram tadbiri doirasida bir qator baynalmilal jangchilarga ko’krak nishonlari va barcha tadbir ishtirokchilariga tuman hokimligining tashakkurnomalari va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir yakunida Oʻzbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlar birlashmasi Qashqadaryo viloyat Dehqonobod tumani boʻlimi raisi Bahodir Xudoyorov tomonidan tuman hokimi Sherzod Shokirovga Oʻzbekiston “Veteran” jangchi faxriylar birlashmasining «“Veteran” birlashmasi oldidagi xizmatlari uchun» esdalik koʻkrak nishonini topshirdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

18 Feb, 04:01


⁉️ Diqqat e’lon:

⛳️Tuman markazidan uy qurish uchun yer maydoni sotiladi.


🏘 4 so'tixli yer (Hovlining yarim qismi sotiladi.)
🏝Ko'chatlari bor,
🏠 Tandirxona, hojatxona bor,
🔥 gaz ⚡️elektr 💧oq suv ulangan.
Ichimlik suvi va sho’r suv uchun 2 ta hovuz bor.
🏠 Hammom issiq-sovuq suv,
🏕 Issiqxona va ichida limon ko’chatlari mavjud.
🧱 1 mashina to’kilgan tosh va molxona uchun poydevor bor.

💰Narxi kelishiladi.

⛳️Manzil: Qorashina shaharcha “Istiqlol” MFY.
🎯Mo'ljal: Musaxon eshon boba ko'chasi.

Murojaat uchun:
📞
+998993547718
📞
+998939015767

🆁🅴🅺🅻🅰🅼🅰 berish uchun murojaat:
@Dehqonobod_24_admini

#reklama

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

17 Feb, 12:17


Foto: Dehqonobod togʻlarida bahor nafasi

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

17 Feb, 11:26


Foto: Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov tashabbusi bilan tuman markazidagi “Tanga orom” jome masjidi yonidagi bo’sh yer maydoniga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxt ko’chatlarini ekilib, bogʻ tashkil etilmoqda.

Mazkur ishlarda tuman obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari jonbozlik koʻrsatmoqda.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

08 Feb, 16:56


Video: Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas'ul tashkilot mutasaddilari tomonidan “Boʻston”, “Oʻzbekiston”, “Nodira” mahallalarida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy qurilishlar hamda o'rnatish mumkin bo'lmagan joyda o'rnatilgan reklama bannerlari, inson ko'nglini xira qiluvchi tozalik holatiga zid holatlar yuzasidan reyd tadbirlari o'tkazildi.

Mazkur reyd tadbirlari qolgan mahallalarda ham davom etishi koʻzda tutilgan!

Qisqacha videoda: 👆🏻

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

08 Feb, 10:31


#Live M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining tumandan o'tuvchi qismi tartibga olinib, obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda

Ishlar qizgʻin davom etmoqda


Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

08 Feb, 09:29


#Chellenj
Kun fotosi: Oʻzbek milliy liboslari, Oʻzbek milliy qadriyatlari haqiqiy ma’noda elimizning or-nomusidir!

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

08 Feb, 07:22


#Live Tumanni obodonlashtirishga qaratilgan reyd tadbirlari davom etmoqda

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas'ul tashkilot mutasaddilari tomonidan “Boʻston”, Oʻzbekiston, “Nodira”, “Istiqlol” mahallalarida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy qurilishlar hamda o'rnatish mumkin bo'lmagan joyda o'rnatilgan reklama bannerlari, inson ko'nglini xira qiluvchi tozalik holatiga zid holatlar yuzasidan reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.

Reyd tadbirlari davomida mas'ullar tomonidan noqonuniy qurilishlarni amalga oshirgan va mumkin bo'lmagan joyda reklama bannerlari o'rnatgan, tozalik qoidalariga rioya qilmagan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarga loqaydlik bilan qaragan tadbirkorlarga ogohlantirishlar berildi hamda bir qator holatlarni shu vaqtning o'zida bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Qolgan tadbirkorlarga ham qattiy ogohlantirishlar berilmoqda.

Oldin ogohlantirish berilgan ammo o'ziga xulosa olmagan tadbirkorlarga qonun doirasidagi choralar qo'llanishi belgilanmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

07 Feb, 14:09


#Chellenj “Milliy libos – millat g‘ururi!”

Dehqonobod tumanidagi 70-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktabida yosh avlod vakillarini oʻzbek milliy qadriyatlari va milliy liboslariga boʻlgan hurmat bilan tarbiyalash borasida keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

07 Feb, 05:33


“Milliy libos – millat g‘ururi!”

Dehqonobod tuman hokimligi xodimlari ham “Milliy libos – millat g‘ururi!” shiori ostida o‘zbek milliy liboslari va bosh kiyimlarini yosh avlodga targ‘ib qilishda o‘zlari faollik ko‘rsatib na’muna bo‘lyaptilar.

Shu o’rinda milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash, kelajak avlodga yetkazish va milliy liboslarimizni keng targ‘ib qilish har birimizning asosiy vazifamiz bo‘lishi lozim.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

06 Feb, 11:45


#Chellenj Oʻzbek milliy qadriyatlari va oʻzbek milliy liboslariga boʻlgan hurmat oiladan boshlanadi

Dehqonobod tumanida istiqomat qiluvchi Jumayevlar oilasida milliylik shukuhi!

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

06 Feb, 10:48


⚡️Diqqat e'lon:

🏠Zudlik bilan uy sotiladi.

📐6 so'tix,
🏠 4 xonali,
🔥 Elektir tarmog'i ulangan,
🚰 Oq suv yetib kelgan,
Oshxona, tandirxona, hovuz, hammom va xojatxona bor,
📑 Hujjat-dokumentlari joyida,
Yashash uchun barcha sharoitlar mavjud.

💰Narxi kelishiladi.

🚩 Manzil: Dehqonobod tumani, Qarashina shaharchasi
⛳️ Mo'ljal: "Do'stlik" MFY, DAVLAT XIZMATLARI binosining orqa tomonida.

❗️Qolgan ma'lumotlar telifonda aytiladi.
Murojaat uchun:
📞
+998939098866
📞 +998908760398
📞 +998940432227

🆁🅴🅺🅻🅰🅼🅰 berish uchun murojaat: @Dehqonobod_24_admini

#reklama

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

05 Feb, 14:11


#Chellenj Oʻzbek milliy liboslari, Oʻzbek milliy qadriyatlari haqiqiy ma’noda elimizning or-nomusidir!

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

04 Feb, 14:54


Video: Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas'ul tashkilot mutasaddilari tomonidan “Oqrabot”, “Yashnobod”, “Oʻzbekiston”, “Yangi Oʻzbekiston” mahallalarida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy qurilishlar hamda o'rnatish mumkin bo'lmagan joyda o'rnatilgan reklama bannerlari, inson ko'nglini xira qiluvchi tozalik holatiga zid holatlar yuzasidan reyd tadbirlari o'tkazildi.

Mazkur reyd tadbirlari qolgan mahallalarda ham davom etishi koʻzda tutilgan!

Qisqacha videoda: 👆🏻

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

04 Feb, 14:50


⚡️Diqqat e'lon:

🏠Zudlik bilan uy sotiladi.

📐6 so'tix,
🏠 4 xonali,
🔥 Elektir tarmog'i ulangan,
🚰 Oq suv yetib kelgan,
Yonida savdo doʻkoni qurilgan!
☑️ Katta uyga sifatli qilib, poydevor qurilgan.
Oshxona, tandirxona, hovuz, hammom va xojatxona bor,
📑 Hujjat dokumentlari joyida,
Yashash uchun barcha sharoitlar mavjud.

💰Narxi kelishiladi.

🚩 Manzil: Dehqonobod tumani,
⛳️ Mo'ljal: "Oydin yoʻl" MFY, Kelajak koʻchasi.

❗️Qolgan ma'lumotlar telifonda aytiladi.
Murojaat uchun:
📞
+998993838344

🆁🅴🅺🅻🅰🅼🅰 berish uchun murojaat: @Dehqonobod_24_admini

#reklama

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

04 Feb, 05:41


#Live M-39 xalqaro avtomobil yo‘lining tumandan o'tuvchi qismi tartibga olinib, obodonlashtirish ishlari olib boriladi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas'ul tashkilot mutasaddilari tomonidan “Oqrabot”, “Yashnobod”, “Oʻzbekiston”, “Yangi Oʻzbekiston” mahallalarida M-39 xalqaro avtomobil yo‘li yoqasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar tomonidan amalga oshirilgan noqonuniy qurilishlar hamda o'rnatish mumkin bo'lmagan joyda o'rnatilgan reklama bannerlari, inson ko'nglini xira qiluvchi tozalik holatiga zid holatlar yuzasidan reyd tadbirlari o'tkazilmoqda.

Reyd tadbirlari davomida mas'ullar tomonidan noqonuniy qurilishlarni amalga oshirgan va mumkin bo'lmagan joyda reklama bannerlari o'rnatgan, tozalik qoidalariga rioya qilmagan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarga loqaydlik bilan qaragan tadbirkorlarga ogohlantirishlar berildi hamda bir qator holatlarni shu vaqtning o'zida bartaraf etish choralari koʻrilmoqda. Qolgan tadbirkorlarga ham qattiy ogohlantirishlar berilmoqda.

Oldin ogohlantirish berilgan ammo o'ziga xulosa olmagan tadbirkorlarga qonun doirasidagi choralar qo'llanishi belgilanmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

23 Jan, 07:10


Dehqonobodda sayyor sud majlisi o‘tkazildi

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda o‘tkazilgan islohotlar natijasida jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishda yangi ish uslublari tatbiq qilinib, aholi va jamoatchilik bilan uzviy muloqot yo‘lga qo‘yildi. Bunda esa davlat organlari va jamoat tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikning o‘rnatilganligi yaxshi samara bermoqda.

Shu o'rinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudi raisi Shahzod Baxtiyorov raisligida tuman hokimligi zalida yoshlar va faollar ishtirokida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.

Sud ishida Dehqonobod tuman IIB boshligʻi taqdimnomasiga asosan "Insonparvarlik" prinsipi qoʻllanib, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 73-moddasi 3-qismiga tegishli bandlari bilan sud tomonidan tayinlangan ahloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash va jazoni oʻtash davrida oʻzining jinoiy qilmishlarini anglab yetgan, tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan, jazo oʻtash davomida oʻzini ijobiy tomondan koʻrsatgan va axloq tuzalgan shaxslarga nisbatan yigʻma jild hujjatlari koʻrib chiqilib, 10 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatdan ilgari shartli ozod qilindi.

Majlis yakunida Shahzod Baxtiyorov tomonidan kelgusida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni sodir etmaslik, ushbu ishlarning oxiri yaxshilikka olib kelmasligi haqida ishtirokchilarga tushunchalar berildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

22 Jan, 07:13


Ichki ishlar vaziri rahbarligida tashkil etilgan respublika ishchi guruhi a’zolari Dehqonobodda

Davlatimiz rahbarining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vaziri general-leytenant Poʻlat Bobojonov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatida oʻz faoliyatini olib bormoqda.

Jumladan, bugun mazkur ishchi guruh a’zolari Ichki ishlar vazirligi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Umid Nurakbayev, viloyat prokuraturasi boʻlim boshligʻi Aziz Ochilov, viloyat IIB JXX yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Nodir Ismatov Dehqonobod tumanida boʻlib, tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari bilan birgalikda tuman hokimligi faollar zalida hamkor davlat organlari va tashkilotlar masʼullari, “mahalla yettiligi” vakillari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda mazkur qarorning mazmun mohiyatini ijro organlarining barcha boʻgʻinlariga yetkazish, interfaol metodlardan foydalangan holda uning samaradorligini oshirish masalasiga eʼtibor qaratildi.
Qaror talablaridan kelib chiqib, viloyatning har bir tuman va mahallalariga ichki ishlar organlari, prokuratura, Milliy gvardiya, hokimiyat hamda aloqador tashkilotlarning masʼullari biriktirildi.

Shuningdek, Prezidentining “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor maqsadlarga erishish, Oʻzbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Jamoat xavfsizligi konsepsiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning amaliy ijrosini taʼminlash boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratishning tashkiliy-profilaktik asoslarini zamon talablariga moslashtirish, sodir etiladigan qonunbuzilishlarning asl omillarini oʻz vaqtida aniqlash va kompleks chora-tadbirlar bilan manzilli bartaraf etish orqali jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, huquqbuzarlikni sodir etishga sabab boʻlayotgan ijtimoiy-maishiy muammolarni ijtimoiy profilaktika choralari tizimi orqali hal etish hamda aholida shaxsiy xavfsizlik hissini shakllantirish borasida samarali chora-tadbirlarning mazmun-mohiyati haqida masʼullar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar berildi.

Oʻtgan yilda jinoyat sodir etilgan har bir mahallada kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda jinoyatlarni barvaqt profilaktika qilishning mahallalar kesimida choraklik manzilli chora-tadbirlarini belgilagan holda mahalla-tuman-viloyat darajasida uning ijrosi uchun bevosita masʼul rahbarlarni biriktirish va aniq sohaviy javobgarlikni yuklash, ilmiy-amaliy yondashuvlar asosida joylarga chiqqan holda maqsadli oʻrganishlarni oʻtkazish orqali huquqbuzarliklarga sabab boʻlayotgan asl omillarni aniqlash va barham berish boʻyicha tashkiliy-huquqiy choralarni koʻrish, mahallalarda yoshlar, ayollar va ishsizlar tomonidan, shuningdek, oila-turmush munosabatlari doirasida sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olishda “mahalla yettiligi” har bir vakilining aniq masʼuliyatini belgilandi.
Kelgusida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishning samarali tizimini shakllantirish maqsadida “E-ijtimoiy profilaktika”, “E-maʼmuriy ish” axborot tizimlarini amaliyotga keng jalb etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

20 Jan, 13:15


🚚 O‘zbekistonda Germaniya mehnat bozori uchun yuk mashinasi haydovchilari tayyorlanadi

Migratsiya agentligi, Germaniyaning SBH West GmbH hamda "Vatanparvar" tashkilotlari o‘rtasida imzolangan uch tomonlama kelishuvga ko‘ra, 700 nafar o‘zbekistonlik yuk mashinalari, avtobus va lokomotiv haydovchisi sifatida 🇺🇿O‘zbekiston hududida nemis tiliga o‘qitiladi.

Shuningdek, ular "Vatanparvar" tashkilotida kasbiy qayta tayyorlov kurslarida malaka oshiradi va 🇩🇪Germaniyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga yuboriladi.

💰Oylik maosh: oyiga 2400-2600€.

Hozirgi kunda bir guruh tinglovchilar onlayn darslarda ishtirok etmoqda. Yaqin kunlarda yangi guruhlar ochilishi va keng miqyosli o‘qishlar boshlanishi ma'lum qilindi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

20 Jan, 10:25


#Tayinlov

⚡️Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Dehqonobod tumani boʻlimiga yangi boshliq tayinlandi


Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qashqadaryo viloyati boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan — Berdiyev Zafar Nadirovich Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Dehqonobod tumani boʻlimi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Bugungi yigʻilishda tuman hokimi Sherzod Shokirov Zafar Berdiyevni jamoatchilik vakillariga tanishtirib, yangi rahbarning keyingi faoliyatiga omad tiladi.

Zafar Berdiyev — 1988-yilda Qarshi tumanida tugʻilgan.

Tayinlovga qadar Zafar Berdiyev Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qarshi shahar boʻlimi katta tezkor vakili lavozimida faoliyat yuritgan.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

20 Jan, 08:45


Video: Dehqonobodning viqorli togʻlarida qish manzaralari

Video by: Temurbek Yusupov.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

18 Jan, 12:05


Dehqonobod tumanida toʻy va marosimlar, ma’rakalarda isrofgarchiliklarni, qarindoshlar oʻrtasidagi hamda erta nikohni oldini olish borasida targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Dehqonobod tumanidagi 5-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tumandagi imom-xatiblari, imom noiblari, ulamolar va imom-domlalar ishtirokida 14.09.2019-yildagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining “Toʻylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o’tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risidagi” 2736-III-son qo‘shma qarori ijrosi, toʻy va marosimlar, ma’rakalarda isrofgarchiliklarni, erta hamda qarindoshlar oʻrtasidagi nikohni oldini olish borasida targʻibot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Hozirgi kunda to‘ylar, oilaviy tantanalar, marhumlar xotirasi, haj va umraga borib-keluvchilarni kutib olishga bag‘ishlangan yig‘inlar, ulardagi bir-biridan o‘tib tushadigan, kimo‘zarga, riyoga, isrofga to‘la ishlar xalqimizning jiddiy muammolaridan biri bo‘lib kelmoqda.

Yigʻilishda Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov va tuman prokurori Otabek Usanov ham ishtirok etib, imom-xatiblarni to‘y-ma’raka marosimlardagi isrofgarchilik, umra ziyoratidan qaytgandan keyin har xil xo‘jako‘rsin marosimlari uyushtirishdek illatlarning oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlarini yanada kuchaytirishga chaqirdi.

Mas’ullar ziyolilar va keksalarni aholiga, ayniqsa, yuqoridagi kabi isrofgarchilik va dabdaba qilayotganlarga tushuntirish ishlarini ko‘paytirishga, bu kabi «illatlarga birgalikda barham berishga» chaqirdi.

Shu bilan birgalikda, tuman hokimi jamiyatimizdagi erta nikoh va qarindoshlar oʻrtasidagi turmushlar yana bir o’g’riqli nuqtamiz ekanligini, bunday nikohlarni oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladi.
Tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻining oʻrinbosari esa ushbu nikohlarning oqibatlari, nogiron farzandlarninga dunyoga kelish ehtimoli haqida tushunchalar berdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

17 Jan, 10:00


Tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari va mas’ullarning fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabuli boʻlib oʻtdi

Tumandagi Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari, tegishli soha mas’ullari tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o’tkazildi.

Sherzod Shokirov tomonidan ommaviy qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va murojaatchilarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

28 Dec, 18:38


#TEZKOR #PREMYERA

«ARISTOKRATLAR» JAMOASINING YANGI KONSERT DASTURI

Dam olish kunida badiiy chekinish...!

Tomosha qiling va dam oling!


Tanishlarga yuboramiz...🔃

Kanalimiz: Dehqonobod 24 ✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

27 Dec, 17:17


#Bayram_shukuhi

🎅🏻 Qorbobolar Dehqonobod ahlini yaqinlashib kelayotgan yangi yil bilan tabriklashmoqda

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

27 Dec, 14:37


⚡️“Boyqoʻrgʻon” mahallasida ham birdamlik mevasi boʻlgan ravon yoʻl aholiga xizmat qila boshladi

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 2-mavsumi doirasida tumanning “Boyqoʻrgʻon” mahallasidagi Chaygul qishlogʻidan “Farovon” mahallasidagi Qoʻtirbulogʻ qishlogʻigacha boʻlgan yoʻlning 2470 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish taklifi 7709 ta ovoz bilan gʻolib deb topilgan edi.

Bugun mazkur loyiha doirasida asfaltlash ishlari o’z nihoyasiga yetdi hamda yangi, ravon yoʻl xalqqa xizmat qila boshladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

27 Dec, 04:20


🎄Dehqonobodliklar uchun koʻngil ochar yangi yil dasturlari namoyish etiladi

🎅 Bayram munosabati bilan bugun, 27-dekabr sanasi soat 16:00 da tuman markazidagi Mustaqillik maydonida o’rnatilgan ulkan “Yangi yil archasi” yonida tumandoshlarimiz va aziz bolajonlarimiz uchun ko’ngil ochar yangi yil dasturlari namoyish etiladi.

Barcha tumandoshlarimizni mazkur bayram sayliga taklif etamiz!

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

26 Dec, 12:27


Dehqonobod tumanida "Prezident sovg`alari" o`z egalariga topshirildi

Yangi yil shukuhi yurtimiz bo‘ylab kezib yurgan shu kunlarda Prezident sovg‘asini hammadan ham ko‘ra bolajonlar o‘zgacha ishtiyoq bilan orziqib kutadi.

Shu munosabat bilan bugun Dehqonobod tumanida tuman hokimligi, "Inson" ijtimoiy xizmatlari markazi hamkorligida bayram dasturi tashkil etildi. Tadbirda tuman hokimi Sherzod Shokirov hamda sektor rahbarlari Muhtaram Prezidentimizning bolajonlarga yo`llagan bayram tabriklarini o`qib eshittirdi hamda ularni bayram bilan qutlab, o`zining samimiy tilaklarini bildirdi.

Bayram arafasida dehqonobodlik bolajonlarning yangi yil orzusi ushaldi. Tumandagi 13 nafar chin yetim bolalarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bolalarga yo‘llangan Yangi yil bayrami tabrigi, 12 turdagi o’quv qurollari, 15 turdagi shirinliklar, bolalar skuterlari, kanselyariya mahsulotlari, smart soat va boshqa sovg‘alar jamlangan "Prezident sovg`alari" tantanali topshirildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

25 Dec, 12:03


Foto: Dehqonobod tumanida joylashgan tikuvchilik fabrikasida ishlar jadallik bilan olib borilmoqda

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov topshirigʻiga ko’ra Dehqonobod tuman kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bo’limi boshligʻi Bobomurod Abdiev tumanda joylashgan tikuvchilik fabrikasi faoliyati, ishchi ayollarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

03 Dec, 16:32


⚡️Diqqat e'lon:

🏠Uy sotiladi.

📐14 so'tix,
🏠 5 xonali,
🔥 Elektir tarmog'i ulangan,
🚰 Oq suv yetib kelgan, daryodan nasos bilan suv tortilgan.
2 xona va 1 ayvonli kichkina uy ham qurilgan.
Molxona, somonxona, tandirxona, hovuz, hammom va xojatxona bor,
Atrofi to'liq devor bilan o'ralgan,
📑 Hujjat dokumentlari joyida,
Yashash uchun barcha sharoitlar mavjud,
🛣 Uyga olib boruvchi yo'l asfaltlangan.

💰Narxi kelishiladi.

🚩 Manzil: Dehqonobod tumani,
⛳️ Mo'ljal: "Gumbuloq" MFY, "Mo'min xoji bobo" yoqilg'i quyish shahobchasi yaqinida.

❗️Qolgan ma'lumotlar telifonda aytiladi.
Murojaat uchun:

📞 +998-90-313-19-88
+998-95-323-19-88

🆁🅴🅺🅻🅰🅼🅰 berish uchun murojaat: @Dehqonobod_24_admini

#reklama

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

03 Dec, 13:54


REPORTAJ: 33 YILDAN BUYON MASJIDDAN CHIQMAY YASHAB KELAYOTGAN DEHQONOBODLIK 102 YOSHLI OTAXON HAQIDA ESHITGANMISIZ?

MUXBIR: AKBARALI XUDOYBERDIYEV.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

03 Dec, 09:50


Inson qadrini ulug‘lash – eng oliy qadriyat!

▫️3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan tumandagi “Nargiz” to‘yxonasida ham tadbir tashkil etilib, dasturxon yozildi.

Tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda imkoniyati cheklangan fuqarolar, nuroniylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari ishtirok etishdi. So‘zga chiqqan tuman hokimi Sherzod Shokirov nogironligi bor fuqarolar jamiyatda teng huquqliligi, ularning manfaatlari, qadr-qimmatini himoyalovchi qonunlar haqida ta’kidladi.

Mamlakatimizda inson, uning sha’ni, qadr-qimmati va manfaatlarini muhofaza qilishga qaratilayotgan alohida e’tibor har bir fuqaroning to‘laqonli hayot kechirishida muhim omil bo‘lmoqda.

Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limi xonandalari tomonidan ijro etilgan sho‘x kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

02 Dec, 07:46


❗️Tumanda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarga va ekinlarga ziyon yetkazayotgan, qarovsiz qoldirilgan chorva mollari egalariga ogohlantirish va fuqarolarga tushuntirish berildi.

Eslatma; Chorva mollarning daraxt koʻchatlari va ekinlarga ziyon yetkazishi mol egasining mamuriy javobgarlikka tortilishiga sabab boʻladi.

Batafsil: 👆🏻

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

20 Nov, 12:54


⚡️Shavkat Mirziyoyev 2025-yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.

Yig‘ilganlar ushbu tashabbusni to‘liq qo‘llab-quvvatladi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

18 Nov, 15:34


📣📣 MUROJAAT

"Qashqadaryo IQM" filiali rahbari Navro‘z
Farmonovning Qashqadaryo aholisiga murojaati:

📍Hurmatli vohamiz ahli!

⚡️Xonadoningizda yig‘ilib qolgan qora metall parcahalarini "Qashqadaryo IQM" filiali va uning joyalardagi uchastkalarga topshiring!

Uchastka manzillari:

1.Qarshi shahri Beshkent yo‘lining 3-km
☎️ 75-220-00-90


2.G‘uzor tumani Amir Temur Mfy sanoat hududi
☎️ 90-729-79-97


3.Shahrisabz shahri Turon Mfy sanoat hududi
☎️ 97-294-04-40


4.Muborak tumani Konchilar mfy
☎️ 97-279-10-80


Yurt rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing!

"O‘ZMETKOMBINAT" AJ "Qashqadaryo IQM" filiali

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

18 Nov, 13:45


#Millat_bayrogʼi

18-noyabr— Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!

Oʻzbekiston bayrogʻi — nafaqat Davlat ramzi, balki oʻtmish, bugun va ertamizning yorqin ifodasidir. Uni ko'z qorachig'idek asrash barchamizning muqaddas burchimizdir.

Bugun, ushbu kun munosabati bilan Dehqonobod tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman boʻlinmasi, tuman yoshlar ishlari ishlar agentligi boʻlimi hamda qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda yoshlar marafoni o‘tkazildi.

Sharaf-shonimiz, hurlik, ezgulik, tinchlik va barqarorligimiz ramzi — millat bayrog’i qabul qilingan kun muborak bo'lsin!

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

18 Nov, 10:01


Kasb bayrami munosib nishonlandi

Dehqonobod tumanidagi “Mamat ota” toʻyxonasida ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlari, YPX xodimlari sohada ishlagan faxriylar ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbirda tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat ichki ishlar boshqarmasidan masʼul xodimlari ishtirok etishdi.

Soʻzga chiqqan tuman hokimi Sherzod Shokirov ichki ishlar organlari xodimlarini kasb bayrami bilan qutlab, muhtaram Prezidentimiz Ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylariga yoʻllagan bayram tabrigida “Men Yangi Oʻzbekistonning ichki ishlar organlari xodimlari – Vatanimizning asl oʻgʻlonlari sifatida zamonaviy bilimlarni egallagan, maʼnaviy va maʼrifiy dunyosi boy, har qanday xavf-xatarga qarshi matonat bilan kurashishga tayyor, xalqimizning chin maʼnodagi himoyachilari ekaningizga qatʼiy ishonaman!” – deb soha xodimlari faoliyatiga yuksak baho berganini alohida taʼkidladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

17 Nov, 19:02


🇺🇿 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun

📆 Bugun O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilinganligiga 33 yil to‘ldi.

🔰 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan ushbu qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzi bo‘lib, respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirgandir.

🔹 O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i Birlashgan millatlar tashkiloti, davlatimizning xorijiy mamlakatlardagi elchixonalari va vakolatxonalari peshtoqida, sport musobaqalarida, xalqaro anjumanlarda, umuman xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘lib xizmat qilmoqda!

🔸 Davlat ramzlari qatorida hur bayrog‘imiz xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi, intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr, iftixor bag‘ishlaydi va u mangudir!

Kanalimiz: Dehqonobod 24 ✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

17 Nov, 17:03


Reportaj: Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasida kuz-qish mavsumi uchun bir qator tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

16 Nov, 20:35


☺️ Darsga kech qolishlar, tonggacha dars tayyorlashlar, qadrdon kursdoshlarning qaynoq davrasi… Barchasi talabalikning oltin davriga muhrlanadigan zavqli, quvonchli, takrorlanmas lahzalardir!

🎓 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni.
Dehqonobod 24 ✔️ kanalining jamoasi ushbu kun munosabati bilan O‘zbekiston va xorijda tahsil olayotgan barcha talaba-yoshlarimizni samimiy tabriklaydi!

🇺🇿 Kelajakda yetuk kadr bo‘lib, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishingizga ishonamiz!

Kanalimiz: Dehqonobod 24 ✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

16 Nov, 16:38


📸Yoʼllarda harakat xavfsizligini taʼminlash, sodir etilayotgan yoʼl-transport xodisalarini barvaqt oldini olish maqsadida Dehqonobod tumani hududidan oʼtuvchi M-39 avtomobil yo'lining 1267-1268 km oraligʻida (Gumbuloq mahallasida) hamda 1294-1295 km oraligʻida (Oʻzbekiston mahallasida) tezlikni nazorat qilish maqsadida quyosh panelli, onlayn radar qurilmasi o'rnatildi.

Bundan tashqari, harakat qatnashchilariga qulaylik yaratish maqsadida, ushbu qayrilib olish joyi sun’iy yoritildi.

Barcha haydovchilardan yo'l qoidalariga rioya etishlarini, tezlikni belgilangan me'yordan oshirmagan holda harakatlanishlarini so'raymiz.

Masofa va tezlik meʼyorlariga rioya qiling!

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

10 Nov, 04:01


Assalomu alaykum,
Hurmatli hamkasblar, aziz tibbiyot xodimlari va qadrli sohamizning faxriylari!


Avvalo, siz, azizlarni qutlug‘
kasb bayramimiz - Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan, oʻzim va Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi ma’muriyati nomidan samimiy muborakbod etaman.
Barchangizga sihat-salomatlik, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan yutuq va omadlar, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, aziz shifokorlar!

Samimiy ehtirom va hurmat ila, Dehqonobod tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Shavkat Amirov.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

10 Nov, 02:05


Assalomu alaykum. Aziz tumandoshlar, qadrli tibbiyot xodimlari!

Avvalo, o‘z hayotini el-yurt salomatligini asrashdek g‘oyat mas’uliyatli va sharafli ishga bag‘ishlagan siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning chuqur hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan mamnunman.

Xalqimiz sizlarni dunyodagi eng ulug‘ kasb egalari, muqaddas qasamyodiga sodiq, o‘z ishiga fidoyi insonlar deb biladi va mashaqqatli mehnatingizni yuksak qadrlaydi.

Fursatdan foydalanib, bu mashaqqatli kurashning oldingi saflarida turib, o‘z hayotini xavf-xatarga qo‘yib, jasorat va matonat namunasini ko‘rsatib kelayotgan barcha tibbiyot xodimlariga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan yana bir bor chuqur minnatdorlik bildiraman.

Muhtaram soha xodimlari!

Sizlarni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy muborakbod etib, barchangizga baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Qo‘lingiz dard ko‘rmasin, hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz shifokorlar!
 
Hurmat bilan Dehqonobod tuman hokimi Sherzod Shokirov.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

09 Nov, 19:02


#Bayram_muborak

Hurmatli tibbiyot xodimlari!

Avvalo, o'z hayotini shunday mas'uliyatli va sharafli ishga bag'ishlagan Siz, azizlarni kasb bayramingiz – Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, qadr-qimmatini ulug'lashda sog'liqni saqlash tizimi ustuvor ahamiyatga ega.

Aholi salomatligini saqlash, kasalliklarning oldini olish, oilalarda tibbiy madaniyatni oshirish, sog'lom avlodni dunyoga keltirish kabi davlat ahamiyatiga molik muhim vazifalarni bajarishdagi fidokorona mehnatlaringiz yuksak e'tirofga loyiq.

Barchangizni qutlug' kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog'liq, oilangizga totuvlik, inson salomatligini saqlashdek ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan baxt-saodat, fayzu baraka arimasin.

Hurmat bilan Dehqonobod 24 ✔️ kanali jamoasi!

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

09 Nov, 15:20


Video: Xonanda Adham Soliyevning dehqonobodliklar haqida fikri

Yaqinlarga ulashamiz!

Kanalimiz: Dehqonobod 24 ✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

09 Nov, 05:05


Milliy sertifikat uchun tayyorlanmoqchi boʻlganlar, Abiturentlar va Matematika faniga qiziquvchi yoshlar uchun yangi oʻquv kursi qabulni boshladi!

❗️Darslar 12-noyabr sanasidan boshlanadi. Qabul soni chegaralangan!

🗓️ Darslar haftaning juft kunlari (seshanba, payshanba, shanba.) soat 15:00 da boʻlib oʻtadi.

👨‍🏫 Dars jarayonlari Xalqaro sersifikat sohibi, tumandagi ixtisoslashtirilgan maktabining matematika oʻqituvchisi Akmal Ashurov tomonidan olib boriladi.

⁉️ Batafsil ma’lumotlarni bilish va oʻquv kursiga yozilish uchun telefon:
☎️ 99 114 05 96
☎️ 94 001 05 96
Telegramdan yozish:

Manzil: Dehqonobod tumani ixtisoslashtirilgan maktabi (eski agrosanoat kolleji.)

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

08 Nov, 11:38


#Tayinlov

Dehqonobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish
bo‘limiga yangi rahbar tayinlandi


Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan Abdiev Bobomurod Normenglievich — Dehqonobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish
bo‘limi boshlig‘i
lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovda Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov va Qashqadaryo viloyati kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Faxriddin Muxammadiyev ishtirok etib, Bobomurod Abdievning sohani rivojlantirishga qaratilgan kelgusidagi faoliyatida omad tilashdi.

Tayinlovga qadar Bobomurod Abdiev Dehqonobod tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish
bo‘limi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi, undan oldin esa Dehqonobod tumani mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

08 Nov, 10:17


Sektor rahbarlari va mas’ullarning fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabuli boʻlib oʻtdi

Tumandagi Davlat xizmatlari markazida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari, tegishli soha mas’ullari tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o’tkazildi.

Sherzod Shokirov tomonidan ommaviy qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va murojaatchilarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

07 Nov, 12:15


Dehqonobod tumani aholisi diqqatiga!

☑️ 2024-2025 yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida Dehqonobod tumani hokimligida uzluksiz kunu-tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Hurmatli fuqarolar, o‘z murojaatlaringizni mutasaddi rahbarlardan tashkil topgan shtab a’zolariga yetkazishingiz mumkin.

Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:


Dehqonobod tumani hokimligi markaziy shtabi:
☎️ +998-75-612-10-04

Shtab rahbari – Dehqonobod tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari - Boytoʻrayev Ollamurod;
📱 +998-98-777-76-42;

Dehqonobod tumani Qurilish va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i Xudoynazarov Sherzod;
📱+998-99-660-87-88

Dehqonobod tumani Gaz ta’minoti bo‘lim boshlig‘i Nazarov Muhammadi;
📱 +998-91-262-77-07
☎️ 104, +998-99-580-00-74
+998-75-612-14-99 (dispetcher)

Dehqonobod tumani Elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sattarov Dilmurod;
📱 +998-97-316-89-89;
☎️ +998-75-612-12-53 (dispetcher).

"Qashqadaryo suv ta’minoti" AJ Dehqonobod tuman filiali boshlig‘i Allanazarov Suyun;
☎️ +998-93-571-31-81

Dehqonobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Eshqobiova Risolat;
📱 +998-90-440-00-53

Dehqonobod tumani Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Amirov Shavkat;
📱 +998-91-457-72-46;
☎️ 103, +998-75-612-20-32 (dispetcher).

Dehqonobod tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Azizov Xusniddin;
📱 +998-99-730-47-57
☎️ 101; +998-75-612-11-99; (dispetcher):

Dehqonobod tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ashurov Asliddin;
📱 +998-93-939-00-02
☎️ 102. navbatchi (dispetcher) +998-75-612-18-76

Dehqonobod tumani IIB yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Allayorov Ulug‘bek;
📱+998-98-275-27-37

Dehqonobod tumani yo‘llardan foydalanish DM boshlig‘i Bo‘riyev Quvonch.
📱+998-97-294-42-21
"Ko‘mir ta’minoti" MCHJ Qashqadaryo viloyat filialiga qarashli Dehqonobod mavsumiy ko‘mir tarqatish shaxobchasi ombor mudiri Do‘sanov Saylov.
📱+998-77-040-37-77

☑️ Dehqonobod tuman hokimligi Axborot xizmati.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

07 Nov, 06:29


Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining VII chaqiriq birinchi sessiyasi bo`lib o`tdi

Bugun Xalq deputatlari Dehqonobod tumani Kengashining VII chaqiriq birinchi sessiyasi kun tartibida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimining Dehqonobod tumani hokimini tayinlash to’g’risidagi qarorini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.

Sessiya ishida ishtirok etayotgan viloyat hokimining o`rinbosari Anvar Qobilov tomonidan Dehqonobod tumani hokimini tayinlash to’g’risidagi viloyat hokimining qarori o’qib eshittirildi.

Dehqonobod tumani
hokimi lavozimiga nomzod Sherzod Shokirov tomonidan hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning istiqbolga mo’ljallangan dasturi taqdimot qilindi.

Nomzod bo’yicha deputatlar o’z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Deputatlar tomonidan Dehqonobod tumani hokimi lavozimiga Shokirov Sherzod Oʻtkirovich nomzodi tasdiqlandi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

06 Nov, 13:02


⭕️⭕️⭕️
𝐀𝐬𝐬𝐚𝐥𝐨𝐦𝐮 𝐚𝐥𝐚𝐲𝐤𝐮𝐦!
𝐀𝐧𝐜𝐡𝐚𝐝𝐚𝐧 𝐛𝐞𝐫𝐢 𝐢𝐧𝐠𝐥𝐢𝐳 𝐭𝐢𝐥𝐢𝐧𝐢 𝐨'𝐫𝐠𝐚𝐧𝐢𝐬𝐡 𝐢𝐬𝐭𝐚𝐠𝐢𝐝𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐚𝐦𝐦𝐨 𝐯𝐚𝐪𝐭 𝐲𝐨𝐤𝐢 𝐲𝐞𝐭𝐚𝐫𝐥𝐢 𝐦𝐚𝐛𝐥𝐚𝐠' 𝐭𝐨𝐩𝐚 𝐨𝐥𝐦𝐚𝐲𝐨𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐢𝐧𝐬𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫 𝐝𝐢𝐪𝐪𝐚𝐭𝐢𝐠𝐚 🔜

𝗦𝗶𝘇 𝘂𝗰𝗵𝘂𝗻 𝗺𝗼𝘀 𝘃𝗮 𝗵𝗮𝗺𝘆𝗼𝗻𝗯𝗼𝗽 𝘁𝗮𝗸𝗹𝗶𝗳‼️📣

Men Roʻzimurod Omonov ingliz tili fanidan Ayni damda 𝐁𝐄𝐆𝐈𝐍𝐍𝐄𝐑 darajasi uchun online kurslarimizga qabul boshlanganini e'lon qilamiz!

𝙎𝙞𝙯𝙜𝙖 𝙩𝙖𝙠𝙡𝙞𝙛 𝙦𝙞𝙡𝙖𝙢𝙞𝙯:🫴

-𝐇𝐚𝐦𝐲𝐨𝐧𝐛𝐨𝐩 𝐧𝐚𝐫𝐱💸

-𝐎𝐟𝐟𝐥𝐢𝐧𝐞 𝐫𝐞𝐣𝐢𝐦𝐝𝐚 𝐨'𝐪𝐮𝐯 𝐦𝐚𝐫𝐤𝐚𝐳𝐥𝐚𝐫𝐢𝐝𝐚 𝐨'𝐪𝐢𝐬𝐡𝐠𝐚 𝐯𝐚𝐪𝐭 𝐭𝐨𝐩𝐚 𝐨𝐥𝐦𝐚𝐲𝐨𝐭𝐠𝐚𝐧 𝐣𝐢𝐠𝐚𝐫𝐥𝐚𝐫𝐠𝐚 𝐦𝐨𝐬 𝐤𝐞𝐥𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐪𝐮𝐥𝐚𝐲 𝐯𝐚𝐪𝐭𝐥𝐚𝐫𝐝𝐚 𝐨'𝐭𝐢𝐥𝐚𝐝𝐢𝐠𝐚𝐧 𝐝𝐚𝐫𝐬𝐥𝐚𝐫

-𝐈𝐧𝐭𝐞𝐧𝐬𝐢𝐯𝐞 𝐲𝐚'𝐧𝐢 𝐭𝐞𝐳𝐥𝐚𝐬𝐡𝐭𝐢𝐫𝐢𝐥𝐠𝐚𝐧 𝐝𝐚𝐫𝐬𝐥𝐚𝐫

-𝐅𝐚𝐨𝐥 𝐨'𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢𝐥𝐚𝐫 𝐮𝐜𝐡𝐮𝐧 𝐦𝐚𝐱𝐬𝐮𝐬 𝐬𝐨𝐯𝐠'𝐚 𝐯𝐚 𝐜𝐡𝐞𝐠𝐢𝐫𝐦𝐚𝐥𝐚𝐫🎁

𝗡𝗮𝗿𝘅𝗹𝗮𝗿 𝘃𝗮 𝗯𝗼𝘀𝗵𝗾𝗮 𝗺𝗮'𝗹𝘂𝗺𝗼𝘁𝗹𝗮𝗿𝗻𝗶 𝘂𝘀𝗵𝗯𝘂 𝗿𝗮𝗾𝗮𝗺 𝘃𝗮 𝘁𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺 𝗮𝗸𝗸𝗼𝘂𝗻𝘁𝗴𝗮 𝗯𝗼𝗴'𝗹𝗮𝗻𝗶𝘀𝗵 𝗼𝗿𝗾𝗮𝗹𝗶 𝗼𝗹𝗶𝗻𝗴
👇🏻👇🏻👇🏻
📞 +998995580197
👉 @ruzimurod_omonov290197

𝐈𝐍𝐆𝐋𝐈𝐙 𝐓𝐈𝐋𝐈 𝐎𝐋𝐀𝐌𝐈𝐆𝐀 𝐁𝐈𝐑𝐆𝐀 𝐔𝐂𝐇𝐀𝐌𝐈𝐙!🚀
🌐 https://t.me/online_english_grammar_lessons

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

04 Nov, 08:55


Dehqonobod tumani aholisini kuz-qish mavsumida ko‘mir yoqilg‘isi bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Aholini sifatli ko‘mir mahsuloti bilan ta’minlash maqsad qilingan bo‘lib, tuman aholisinining ehtiyojidan kelib chiqqan holda jami 2024-2025-yil kuz-qish mavsumiga 1800 tonna ko’mir aholiga tarqatish rejalashtirilib, hozirgi kunda 416 tonna ko‘mir yoqilgʻisi olib kelingan.

Ko‘mir yoqilg‘isi tarqatish shahobchasi “Beshbuloq” mahallasidagi ko‘mir omborida faoliyat olib bormoqda.

To‘lovlar naqd pul, plastik karta orqali va pul o‘tkazish yo‘li bilan qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: 1 tonna ko‘mir – 309800 ming so‘m.

Ma’lumot oʻrnida, kirib kelayotgan qish fasli ancha sovuq boʻlishi kutilmoqda. Hozirgi kunga qadar 400 tonnaga yaqin ko’mir fuqarolarga arzon narxda sotilgan boʻlib, 750 tonna ko’mir mahsulotlari sotuv uchun tayyor turibdi.

Murojaat uchun:
📞 +998-77-040-37-77

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

04 Nov, 06:18


TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUGUN DEHQONOBOD TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI

"Dehgonobodtumangaz" gaz ta'minoti bo'limi shuni ma'lum qiladiki, "Muborak" MGQB ning 2024-yil 4-noyabrdagi Nº–39-03-10/2304- sonli xatiga asosan Dehqonobod tumani Beshbuloq GTSda toraytiruchi qurilmani qishgi mavsumga o'zgartirish maqsadida Beshbuloq GTS aholi tarmog'ini bugun, 2024-yil 4-noyabr kuni soat 14:00 dan 18:00 ga gadar, tumanning “Beshbuloq”, “Paxtachi”, “Zavqiy”, “Dehqonobod”, “Tepaguzar”, “O'zbekiston”, “Ayridevol”, “Do'stlik”, “Istiqlol”, “Nodira” va “Bo'ston” MFYlardagi jami 4940 ta aholi xonadonlari, hamda 63 ta ulgurji iste’molchilariga tabiiy gaz berish vaqtincha toʻxtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun tuman gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

04 Nov, 05:22


Tuman hokimi boshchiligidagi sektor rahbarlari olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi

Dehqonobod tuman hokimi Sherzod Shokirov, tuman prokurori Otabek Usanov, IIB boshlig'i Musurmon Bo‘riyev "Kaltaminor" mahallasida olib borilayotgan qurilish ishlari ya'ni aholi uchun ixcham ko‘prik qurilishishlarini ko‘zdan kechirdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

24 Oct, 19:01


#bayram_muborak

🇺🇿 El-yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat qilish – oliy maqsadimiz

🇺🇿25 oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni

🇺🇿"Agar davlat tayanadigan asosiy ustun qonun bo‘lsa, uning kuchini amalda namoyon etadigan eng samarali tizim bu – ichki ishlar sohasi, desak, ayni haqiqat bo‘ladi."
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev.

🇺🇿 Sizlarni yana bir bor kasb bayramingiz bilan chin yurakdan qutlab, barchangizga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, g‘oyat mas’uliyatli va serqirra faoliyatingizda yangi zafarlar tilaymiz.

💬Kanalimiz: Dehqonobod 24

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

23 Oct, 15:33


✔️ #Saylov_2024

“Dehqonobod ctiy” loyihasi rahbari Toyir Saidov 27-oktabr sanasida boʻlib oʻtadigan saylov jarayonlarida oila a’zolari bilan birgalikda faol ishtirok etishini ta’kidlab, barcha tumandoshlarimizni ham saylovda faol ishtirok etishga chorlamoqda.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

23 Oct, 06:26


"Bozortepa" mahallasida istiqomat qiluvchi aholi vakillarini qiynab kelayotgan yoʻl muammosi ijobiy hal etilmoqda

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov va tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Musurmon Boʻriev tashabbusi bilan tuman aholisini muammolarini oʻrganishlar natijasida aniqlangan tumanning "Bozortepa" mahallasi fuqarolarini qiynab  ketayotgan qishloq yoʻllarini sel-suvlari yuvib ketayotganligi yuzasidan muammoga yechim topish maqsadida sel suvlaridan olib o'tuvchi jilizabeton truba yoʻli barpo etilmoqda.

Mahalla fuqarolari mazkur ishlardan quvonib, yurtboshimiz boshchiligidagi mas’ullarga minnatdorchilik bildirishmoqda.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

22 Oct, 13:20


Sektor rahbarlari tomonidan bir qator tashkiliy masalalar yuzasidan “mahalla yettiligi” vakillari uchun yig'ilishi o'tkazildi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov va sektor rahbarlari ishtirokida bir qator tashkiliy masalalar yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Unda tuman hokimining o'rinbosarlari, mahalla yettiliklari ishtirok etishdi.

Kun tartibida, 27-oktabr sanasida boʻlib oʻtadigan — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovini mahallalarda yuqori saviyada oʻtishini ta’minlash, muhtaram yurtboshimiz tomonlaridan ilgari surilgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ishlarga tayyorgarlik koʻrish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrib, aholiga arzon koʻmir yoqilgʻisi yetkazib berish, kommunal soha bo'yicha qarzdorliklarini undirish, soliq tushumlari, obodonlashtirish, qurilish sohasida olib borilayotgan ishlar, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo'yicha mahalla yettiligi vakillariga qator topshiriqlar berildi.


Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️

𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️

22 Oct, 12:54


⚡️“Zafarobod” mahallasida ham birdamlik mevasi boʻlgan ravon yoʻl aholiga xizmat qila boshladi

“Tashabbusli byudjet”ning 2024-yil 1-mavsumi doirasida tumanning “Zafarobod” mahallasidagi Ingichka va Yetimtogʻ qishlogʻi yoʻllarining 2828 metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish taklifi 5437 ta ovoz bilan gʻolib deb topilgan edi.

Bugun mazkur loyiha doirasida asfaltlash ishlari o’z nihoyasiga yetdi hamda yangi, ravon yoʻl xalqqa xizmat qila boshladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️