"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

@uzmtdp_surxondaryoviloyatkengash


🇺🇿 "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashining rasmiy telegram sahifasi

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

23 Oct, 12:04


#milliytiklanishga_ovozbering

🙏 “Maʼrifatli ona – qudratli millat”

Oilani mustahkamlash, ayollarga munosib sharoit yaratish asosiy maqsadlarimizdan biridir

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

23 Oct, 12:04


#milliytiklanishga_ovozbering

❗️Nomzodlarimiz bilan tanishing

Samiyeva Goʼzal Muxitdinovna 1977-yilda Surxondaryo viloyati, Denov tumanida tugʼilgan.

📌 Millati – o’zbek, ma’lumoti – oliy. 1999-yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – soliqlar va soliqqa tortish. MTDP a’zosi. Oilali. To‘rt nafar farzandi bor.

👨‍💼 Mehnat faoliyatini 2000-yilda Denov tumani davlat soliq inspeksiyasida hisobchi-yordamchisi sifatida boshlagan. 2003-2007-yillarda Denov tumani davlat soliq inspeksiyasi Tashkiliy-inspektorlik shoʼbasi davlat soliq inspektori, 2007-2010-yillarda Tushumlarni hisobga olish tahlil qilish va soliq statistikasi boʼlimi davlat soliq katta inspektori, 2010-2018-yillarda Denov tumani davlat soliq inspeksiyasi Kadrlar bilan ishlash shoʼbasi bosh inspektori, Jismoniy shaxslarga soliq solish bo’limi davlat soliq bosh inspektori, Tahlil va prognozlash boʼlimi bosh inspektori, 2018-2022-yillarda Denov tumani davlat soliq inspeksiyasi Buxgalteriya boʼlimi bosh hisobchisi, 2022-yilda Shoʼrchi tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʼi oʼrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2023-yildan hozirgi kunga qadar Sariosiyo tumani soliq inspeksiyasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

23 Oct, 12:04


#milliytiklanishga_ovozbering

❗️Nomzodlarimiz bilan tanishing

Boymuradova Nodira Аbramatovna 1989-yilda Surxondaryo viloyati, Shoʼrchi tumanida tugʼilgan.

📌 Millati – o’zbek, ma’lumoti – oliy. 2012-yilda Toshkent davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – pedagog.
MTDP a’zosi. Oilali. Ikki nafar farzandi bor.

👨‍💼 Mehnat faoliyatini 2012-yilda Shoʼrchi tumani Аgrosanoat kasb-hunar kollejida umumtaʼlim fani o'qituvchisi lavozimidan boshlagan. 2017-2018-yillarda Shoʼrchi tumanidagi 29-maktab ona tili va adabiyoti fani oʼqituvchisi, 2018-2024-yillarda Shoʼrchi tumanidagi 64-maktab direktori lavozimlarida faoliyat olib borgan.

2024-yildan hozirgi kunga qadar Shoʼrchi tumanidagi
5-maktab direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

23 Oct, 12:04


#milliytiklanishga_ovozbering

❗️Nomzodlarimiz bilan tanishing

Eshboyev Аbdulxakim Toʼlaganovich 1967-yilda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida tugʼilgan.

📌 Millati – oʼzbek, maʼlumoti – oliy. 1992-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Ixtisosligi – davolash. Tibbiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD). MTDP а'zosi. Oilali.
Besh nafar farzandi bor.

👨‍💼 Mehnat faoliyatini 1983-yilda Boysun tumani “Sayrob” jamoa xoʼjaligi ishchisi sifatida boshlagan.1992-1999-yillarda Termiz shahar markaziy shifoxonasida interna shifokori, anesteziolog-reanimatolog shifokori, 1999-2013-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali anesteziolog-reanimatologi, boʼlim mudiri, 2013-2017-yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali direktori, 2017-2020-yillarda mazkur filial direktorining davolash ishlari boʼyicha oʼrinbosari-bosh shifokori lavozimlarida ishlagan.

2020-yildan hozirgi kunga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filiali direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

23 Oct, 09:49


#milliytiklanishga_ovozbering

❗️Nomzodlarimiz bilan tanishing

Jo'rayeva Muxayyo Abdugabbarovna 1983-yilda Surxondaryo viloyati, Termiz shahrida tugʼilgan.

📌 Millati – o’zbek, ma’lumoti – oliy. 2006-yilda O’zbekiston Milliy universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – tarix fani o’qituvchisi.
MTDP а'zosi. Oilali, Ikki nafar farzandi bor.

👨‍💼 Mehnat faoliyatini 2002-yilda Termiz shahri Agrosanoat birjasi kadrlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i lavozimidan boshlagan. 2005-2013-yillarda Termiz shahri “Nozanin-Sadaf” xususiy korxonasi rahbari, 2013-2018-yillarda Termiz shahri “Original-servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari lavozimlarida ishlagan.

2018-yildan hozirgi kunga qadar Respublika “Hunarmand” uyushmasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

23 Oct, 07:43


#milliytiklanishga_ovozbering

❗️Nomzodlarimiz bilan tanishing

Qarshiyev Jo'rabek Jumayevich 1976-yilda Surxondaryo viloyati, Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.

📌 Millati – o’zbek. Ma’lumoti – oliy. 1992-yil Toshkent moliya institutini tamomlagan. Ixtisosligi – iqtisodchi. MTDP а'zosi. Oilali. Uch nafar farzandi bor.

👨‍💼 Mehnat faoliyatini 1992-yilda Termiz tumani Uchqizil qishloq xo‘jalik bazasi hisobchisi sifatida boshlagan.1997-2001-yillarda Termiz tumani “Barkamol” ishlab chiqarish korxonasi bosh hisobchisi, 2001-2002-yillarda Surxondaryo viloyati “Qishloq xo‘jalik kimyo” aksiyadorlik jamiyati Termiz tumani filiali xo‘jaliklarni kimyo mahsulotlari bilan ta’minlash guruhi boshlig‘i, 2003-2005-yillarda Termiz tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh hisobchisi, katta inspektori, 2005-2007-yillarda Termiz tumani “Termiz Kamaz” muqobil mashina-traktor parki direktori lavozimlarida ishlagan.

2007-yildan hozirgi kunga qadar Termiz tumani “Surxon Xalqobod-Sardori” fermer xo‘jaligi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

23 Oct, 05:48


#milliytiklanishga_ovozbering

❗️Nomzodlarimiz bilan tanishing

Xudoyberdiyev Umid Xudoyberdiyevich 1979-yilda Surxondaryo viloyati, Termiz tumanida tugʼilgan.

📌 Millati – oʼzbek, maʼlumoti – oliy. 2002-yil Termiz davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – tarix. MTDP a’zosi. Oilali.
Uch nafar farzandi bor.

👨‍💼 Mehnat faoliyatini 2022-yilda Termiz tumani “Yangiariq” shirkat xoʼjaligi raisi oʼrinbosari lavozimidan boshlagan. 2005-2006-yillarda Surxondaryo viloyati Badiiy ekspertiza boʼlimi bosh sanʼatshunos nazoratchisi, 2006-2018-yillarda Surxondaryo viloyati Badiiy ekspertiza boʼlimi boshligʼi, 2018-2024-yillarda Termiz arxeologiya muzeyi direktori lavozimlarida ishlagan.

2024-yildan hozirgi kunga qadar Surxondaryo viloyati Madaniy meros boshqarmasi boshligʼi lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

23 Oct, 05:07


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga saylov

🖥 MTDP | Telegram

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

22 Oct, 16:09


#milliytiklanishga_ovozbering

Tadbir jarayonidan fotolavhalar

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram l Instagram l Facebook

"MILLIY TIKLANISH" SURXONDARYO RASMIY SAHIFA

22 Oct, 15:51


#milliytiklanishga_ovozbering

Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot

Biz uchun “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” shiori milliy-madaniy qadriyatlar hamda zamonaviy taraqqiyotning uyg‘unligida jonajon O‘zbekistonimizni qudratli davlat, xalqimizni farovon bo‘lish yo‘lidagi birlashtiruvchi da’vatdir.

Mazkur shior ostida, Surxondaryo viloyati hamda Termiz tuman Kengashlariga ko‘rsatilgan nomzodlar ishtirokida shahardagi Oliy ta’lim muassasasida talaba yigit-qizlar o‘rtasida targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram l Instagram l Facebook