Cisco and Server @cisco_server Channel on Telegram

Cisco and Server

@cisco_server


Tarmoq administratorligi (Cisco) va Tizim administratorligi (Server)ni biz bilan o'rganing.
Bularning hammasi @cisco_server kanalida...
Adminlar bilan bog'lanish uchun 👉
Serverlar bo'yicha: @uzbekiston_erkatoyi
Cisco bo'yicha: @ciscoucell va @Dream_0044

Cisco and Server (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizni Telegramda yangi kanalga taklif qilamiz - @cisco_server. Bu kanalda Tarmoq administratorligi (Cisco) va Tizim administratorligi (Server)ni o'rganishga oid ma'lumotlar va ko'rsatmalar jamlangan. Agar siz tarmoq va serverlar sohasida o'z bilim va malakangizni oshirishni hohlaysiz, @cisco_server kanali siz uchun eng yaxshi manba bo'ladi. Kanalda administratorlar bilan tezda bog'lanishingiz mumkin, ular sizning savollaringizga javob berishadi va yordam beringlar. Serverlar bilan bog'liq ko'proq ma'lumot uchun @uzbekiston_erkatoyi kanaliga, Cisco qurilmalari bo'lgan tizimlar uchun esa @ciscoucell va @Dream_0044 kanallariga murojat qiling. Sizga foydali va foydali maslahatlar olish uchun @cisco_server kanaliga aziz do'stlaringizni taklif qiling! Marhamat, biz bilan birgalikda networkingga yuksak qadam qo'yamiz!

Cisco and Server

07 Feb, 04:28


Ko'pchilikda console port ulaganda u tushmaydi, "drayveri" yetishmaydi.
ushbu rasmdagi joyga kirib enable ni yoqib qo'ysangiz driverni avtomat o'zi qidirib ustanovka qilib beradi, sizdan faqat internet talab qiladi holos.

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

04 Feb, 12:38


😱 Hatto eng toza va yangi iPhone ham sizning ma'lumotlaringizni TARQATADI!

Bir texnika yigit o'z "olmasi"ni zavod sozlamalariga qaytardi (mana havola), yangi Apple ID yaratdi va atigi bitta bepul o'yin o'rnatdi. Natija hayratlanarli: iPhone sizning geolokatsiyangiz, batareya zaryadi, ekran yorqinligi, ulangan naushnik modeli va bo'sh xotira miqdori haqida uchinchi tomon resurslariga bir qator so'rovlar yuborar ekan.

Bu ma'lumotlarning barchasi ishlab chiquvchilarga, reklama beruvchilarga va hatto telefonda UMUMAN BO'LMAGAN Facebook'ga* ham yuboriladi.

Eng qo'rqinchlisi shundaki, muallif o'yinga smartfondan har qanday ma'lumotlarni yig'ishni aniq taqiqlagan edi.

*Meta kompaniyasi Rossiyada ekstremistik deb topilgan va faoliyati taqiqlangan.

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojingizni Qiziqishga Aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

04 Feb, 01:17


Vada qilganimizdek, mana 3-darsimizning video zapisi.

Nimaga har safar 3 dars bepul qilishimizni sababini bilasizmi?

Chunki sohaga yangi kelganlar o'zini shu sohada ko'ra oladimi yoki yo'qmi, bu ular izlagan kursmi, instructorlar ularning ''tilida'' tushintirib bera oladimi shu va shu kabi muhim savollariga javob topishlarida yordam berish.

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojingizni Qiziqishga Aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

03 Feb, 11:48


Bugun 19:00da real qurilmalar asosida Cisco IOS ga kirish darsimizni o'tamiz. Siz ham bizni online kuzatib borishingiz mumkin.
online darsni kuzatish uchun havola.

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylaniramiz.
@cisco_server
@uzbekonacisco

Cisco and Server

02 Feb, 16:43


Shunaqa qonunlar sizni doim nazoratda ekanligizni eslatib turadi.

Cisco and Server

02 Feb, 16:43


📱Телефонни "прослушка"га қўйиш тартиби

Агар иш бўйича тўпланган далиллар иш учун аҳамиятга молик маълумотлар олиниши мумкинлигига етарли даражада асос бўла олса, суриштирувчи, терговчи телефонлар ва бошқа телекоммуникация қурилмалари орқали олиб бориладиган сўзлашувларни эшитиб туриш, улар орқали узатиладиган ахборотни олиш тўғрисида илтимоснома қўзғатиш ҳақида қарор чиқариб, унда ушбу ҳаракатларни ўтказиш асосларини баён этади.

Телефонлар ва бошқа телекоммуникация қурилмалари орқали олиб бориладиган сўзлашувларни эшитиб туриш, улар орқали узатиладиган ахборотни олиш тўғрисида илтимоснома қўзғатиш ҳақидаги қарорга илтимосномани асословчи зарур материаллар илова қилинади.

Терговчининг ёки суриштирувчининг телефонлар ва бошқа телекоммуникация қурилмалари орқали олиб бориладиган сўзлашувларни эшитиб туриш, улар орқали узатиладиган ахборотни олиш тўғрисида илтимоснома қўзғатиш ҳақидаги қарори ва зарур материаллар прокурорга юборилади.

Прокурор телефонлар ва бошқа телекоммуникация қурилмалари орқали олиб бориладиган сўзлашувларни эшитиб туриш, улар орқали узатиладиган ахборотни олиш тўғрисидаги илтимосноманинг асослилигини текшириб, унга рози бўлган тақдирда, телефонлар ва бошқа телекоммуникация қурилмалари орқали олиб бориладиган сўзлашувларни эшитиб туриш, улар орқали узатиладиган ахборотни олиш тўғрисида илтимоснома қўзғатиш ҳақидаги қарорни ва зарур материалларни судга юборади.

@generalissimo_marshal

Cisco and Server

30 Jan, 04:25


Hafta mavzusi bo'lgan DEEPSEEKda kechirib bo'lmas kamchiliklar topildi.

🚨 Katta Xavfsizlik Zaifiyati: DeepSeek AI Kompaniyasining Ma’lumotlar Bazasi Oshkor Bo‘ldi! 🔍

Vaziyat qiziqmi? Xitoyning yirik AI kompaniyasi DeepSeek (Llama va ChatGPTga raqobatchi) 2 oy davomida parolsiz, ochiq holda qoldirilgan ma’lumotlar bazasi tufayli jiddiy xavf ostida bo‘lgan! Wiz Research mutaxassislari aniqlagan ma’lumotga ko‘ra:

🔥 Asosiy faktlar:
10 million kunlik loglar (foydalanuvchi suhbatlari, tizim xatolari, API so‘rovlari);

158 milliard token (AI tizimini o‘rgatishda ishlatilgan maxfiy ma’lumotlar);

2 oy davomida hech qanday himoyasiz holatda internetda ochiq!

💥 Nimaga Etibor Berish Kerak?

Shaxsiy ma’lumotlar xavfi: Foydalanuvchilar suhbatlari, tashkilotlar ichki tizimlari haqida ma’lumotlar ommaviy tarqalishi mumkin edi.

AI kompaniyalarining zaif jihatlari: Katta ma’lumotlar bilan ishlaydigan startaplar xavfsizlikka yetarlicha sarmoya ajirmayapti.

Tezkor reaksiya yo‘qligi: DeepSeek xavf haqida ogohlantirilganiga qadar 2 hafta vaqt sarflagan.

📌 Darslar:
1️⃣ Cloud bazalarni konfiguratsiyalashda parol yoki IP cheklovi bo‘lishi shart.
2️⃣ “Yashirin deb o‘ylash” xavfsizlik strategiyasi emas! Auditlar va tekshiruvlar muntazam o‘tkazilishi kerak.
3️⃣ AI inqirozi: Sun’iy intellekt tizimlari o‘sishi bilan ularning xavfsizligi ham global muammoga aylanmoqda.

🌐 Manba: Wiz Research maqolasi
🔐 Xulosa: Texnologiya tez rivojlansa ham, xavfsizlik sohasidagi sustliklar milliardlab ma’lumotlarni xavf ostida qoldiradi. Sizning kompaniyangiz ximoyalanganmi?

Eng qizig'ini aytaymi?
Bu postni DeepSeek yaratdi :)


O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylaniramiz.
@cisco_server
@uzbekonacisco

Cisco and Server

29 Jan, 19:43


Bugun 30 yanvar O‘zbekiston Respublikasining 1-prezidenti Islom Karimovning tavallud kuni.

Oxiratlari obod bo‘lsin🤲
@ciscoandserver
@uzbekonacisco
#islomkarimov #karimov #islomkarimovthebestpresident🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #islom_karimov

Cisco and Server

29 Jan, 18:53


Alhamdulillah bugun birinchi kirish darsimizni ham o'tib oldik.

Bugun darsga kela olmagan, yoki viloyatdan bo'lib kursga qatnashish imkonini topa olmaganlar uchun har doimgidek 3 darsimiz bepul va shu kanalga tashlab boriladi.

Keling...
Ko'ring...
Maqqul kelsa biz bilan yuqori marralar sari xarakatlaning.

Offline guruhga yana 2ta joyimiz qolibdi, online uchun qabul davom etmoqda.

O'zbekona Cisco biz sizning ehtiyojingizni qiziqishga aylantiramiz.
@cisco_server
@uzbekona_cisco

Cisco and Server

29 Jan, 12:24


Bugun kech soat 7 da webex platformasida ochiq dars bo'lib o'tadi. Vaqtingiz bo'lsa kirib ko'rsangiz achinmaysiz. Biror nimadir yangiliklar ham olishingiz mumkin bo'ladi.

https://ibrokhimabdullakhujayev-441.my.webex.com/ibrokhimabdullakhujayev-441.my/j.php?MTID=mb6d926b41b939423df37cfde234b9668

Cisco and Server

29 Jan, 10:37


Yangilikni Bombasi bo'ldi, hozir.

Albatta sizlarga foydali taklif.

Bunaqasi O'zbekistonda bo'lmagan, aniq!

Nima deb o'ylaysizlar azizlar?

Javobini kechqurungi darsimizda aytaman, ungacha taxminlaringizni kutaman.


O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylaniramiz.
@cisco_server
@uzbekonacisco

Cisco and Server

28 Jan, 06:46


Kechagina yozgan postimga etibor bering.
Xitoy prezidentining birgina farmoni bilan
USA fond bozori 1trln $ zarar ko'rdi.

Summalarga e'tibor bering!
Trump 4 yilda 400mlrd $ beraman digan edi SI ni rivojlantirishga. Lekin 2 3 kun o'tib , USA fond bozori 1TRLN $ zarar ko'rdi. Bu degani 4 yilda SI sohasiga yo'naltirilishi kerak bo'lgan puldan 2.5 barobar ko'p pulni 1 2 kechada yo'qotdi.

No Comment.

DeepSeek dan foydalanib ko'rganlar bormi?

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylaniramiz.
@cisco_server
@uzbekonacisco

Cisco and Server

27 Jan, 09:35


Tarixda Urishdan oldin "Qurollanish poygasi" degan atamani eshitganmiz. Menimcha hozir ham shunday bo'layapti.

Uchinchi jaxon urishi o'q otar qurol yoki bombalarsiz bo'ladigandek tuyilayapti.

Sun'iy intellekt (SI) sohasidagi raqobat yana kuchaymoqda. Xitoy va AQSh o'rtasidagi SI yaratishi endi yangi bosqichga kirdi. Hozirda ikki mamlakat ham katta moliyaviy sarmoyalar bilan oldinga chiqishga urinmoqda.

### Xitoyning Katta Investitsiyasi
Xitoy, Bank of China orqali 140 milliard dollar sarmoya kiritar ekan, yangi avlod sun'iy intellekt tizimlarini ishlab chiqish va rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda. Ularning maqsadi - dunyoning etakchi SI tizimlaridan biri bo'lish.

### AQShning Qarshi O'zgarishlari
AQSh Prezidenti Tramp, Xitoyning sarmoyalariga javoban, 100 milliard dollarni SI tadqiqotlariga ajratgan va yana 400 milliard dollarni kelgusi 4 yil ichida qo'shishga va'da bergan. AQSh texnologik poygada o'z o'rnini mustahkamlashga intilmoqda.

### DeepSeek R1 va Qwen 2.5
Xitoyning DeepSeek R1 va Alibaba'dan Qwen 2.5 modellari SI bozorida katta yutuqlarga erishmoqda. DeepSeek R1, ba'zi benchmarklarda ChatGPT o1 ni ortda qoldirgan holda, AppStore'da top-1 dasturni egallagan. Qwen 2.5 esa, endi 1 million tokenli kontekst bilan ishlay oladi va AQShning ChatGPT Pro versiyasidan ustun bo'lib turibdi.

### Yakuniy Fikrlar
Sun'iy intellekt yaratishni yangi darajaga ko'tarilib, dunyo miqyosida katta ta'sir ko'rsatmoqda. Xitoy va AQSh o'rtasidagi texnologik raqobat hech qanday ko'rinmas chegarani bilmaydi. Qaysi davlat bu poygada g'olib chiqishi noma'lum, ammo bitta narsa aniq: SI sohasi global taraqqiyotning asosi bo'lib qolmoqda.

---Kimningdir gapi bor edi.
"Yaqinda Super intelekt yaratiladi. Agar undan butun dunyo foydalanishi mumkin bo'lsa, u bexatar. Agar unga qaysidir davlat xo'jayinlik qilsa, oqibati daxshatli..."

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

27 Jan, 05:02


IPv6 dan shunaqa addressga nechchi baxo berasla ?

Cisco and Server

24 Jan, 13:14


Inn Shaa Alloh kelasi hafta kursimizni boshlash rejasini qilayapmiz.
offline uchun 5ta joy qoldi,
online ga ulgurib qoling.

Bu safar oldingilariga o'xshamagan kurs bo'ladi.
Bunisiga ishonavering.

Kursga yozilish uchun: @ciscoucell

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylaniramiz.
@cisco_server
@uzbekonacisco

Cisco and Server

24 Jan, 03:30


Gap isboti bilan deganlaridek.

O'zbekona Cisco biz sizning ehtiyojingizni qiziqishga aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

23 Jan, 07:33


Necha kundan buyon cisco sertifikatimning muddatimni cho'zish uchun 8000$ sarflaganim yuzasidan post yozaman deymanu lekin juda katta bub ketishini o'ylab, vaqtimni qizg'onayapman.

Sizlarga shu mavzu qiziq bo'lsa, hech bo'lmaganda ovozli xabar qilib yozib beraman.


Ha, aytgancha online va offline kursimizga qabul davom etmoqda, nasb bo'lsa kelayotgan hafta boshlaymiz.

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

20 Jan, 10:31


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-fevraldagi 95-son qarori, “Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti bo'yicha 10 kun ichida arizamni ko'rib chiqishibdi, 40% miqdorini qaytarib berishar ekan. Shu bilan CyberOPS sertifikatini olish xarajatlari 300$-40%=180$ bo'ldi men uchun.

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

17 Jan, 11:39


Organda ishlashni istaganlar bormi?
Ish kerak bo'lsa kanalimizga tashab qo'ydik.

t.me/IT_Jobs_And_Services

Cisco and Server

17 Jan, 05:56


Shoirlar holatini endi tushinayapman, ilhom kelmasa odam yozgisi ham kelmas ekan.

Ikkala mavzuga ham qiziqish ko'p bildirilganligi sababli, birin ketin ular haqida yozaman.

Demak Uzbekona Cisco Shogirt oladi

Shogirtga qo'yiladigan talablar:


1. Qadriyatlarimiz mos tushishi
2. Engliz tilidan xabardor bo'lishi. (o'qigan narsasini 50-70% tushina olishi kk eng kamida)
3. CCNA sertifikati bo'lishi shart emas, lekin 4 oy muddatda albatta sertifikat olishi shart
4. Kech soat 7 dan keyin vaqti bo'lishi
5. O'rganish uchun bazan praktikalarga jalb qilganimizda borib, ishlab, o'rganishi kerak.
6. Telegram orqali berilgan vazifalarni bajarish va tekshirish
7. Auditoriya bilan ishlash qobilyati bo'lishi, osson shaklda odamlarga tushuntirib bera olish qobiliyati bo'lishi shart
8. Tarmoq sohasida bilimlarga ega bo'lishi shart

Biz taklif qilamiz.

* CCNA sertifikatiga tayyorlov
* Barcha darslarimizga kirish imkoniyati.
* O'zbekona Cisco jamoasiga a'zolik
* O'qitamiz, O'rgatamiz va nasb bo'lsa jamoamiz safida dars berish imkonini beramiz.
* Ma'lum bir darajaga yetgandan kn moliyaviy qo'llab quvvatlash.

Qanday qilib tanlab olinadi.

1. Bosqichga talabgorlar uchun ochiilgan guruhga CV tashlashadi.
2. Hammani bir joyga yig'ib, soha bo'yicha savol javob qilib suhbatlashib ko'ramiz.
3. Qadriyatlarimiz mosliginii tekshirib ko'ramiz.


Menimcha hech narsa esimizdan chiqmadi degan umiddaman. Nimadir esimga tushib qolsa yana habar beraman.

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

16 Jan, 10:08


Fortinet bo'yicha meeting boshlandi.

Kirishni imkonini qila olsangiz, kirishni maslahat beraman.

@uzbekona_cisco
@cisco_server
https://app.gotowebinar.com/index.html#390844835/8708197407162087001/8815979234120983642

Cisco and Server

16 Jan, 04:42


Assalomu alaykum.
Bugunni post uchun mavzu tanlashda yordamingiz kerak.

1. Shogirt olmoqchiman va unga qo'yiladigan talablar.

2. Qanday qilib Cisco sertifikatini muddatini Exam topshirmasdan yangilash mumkin?

Javobingiz biz uchun qizziq. Komantariyada kutamiz.

Cisco and Server

15 Jan, 12:53


Online darslar haqida ma'lumot beraman.

Dars kunlari: haftani toq kunlari kech soat 19:00da
(online va offline )

Online darslarni Zoom yoki Webex platformasida qilamiz.


Agarda siz onlineni tanladizu lekin darsga o'z vaqtida kirolmay qolsangiz, yoki Texnik sabablar yuzaga keladigan bo'lsa, offline dars zapis qilinadi va shu videolar onlinedagilar uchun yopiq guruhga tashlab beriladi.


Ha aytgancha, kursni muvofaqiyatli o'tgan talabalarga kurs yakunida Sertifikat ham beriladi.

Yana qanday savollaringiz bo'lsa, komentariyaga yozishingiz mumkin

O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

15 Jan, 12:17


Assalomu alaykum azizlar.
Nasb bo'lsa, yangi guruh ochishni reja qilayapmiz.
Qisqacha ma'lumotlar bilan tanishtiraman:


Nomi : Cisco tarmoq administratorligi
Maqsad: 4oy ichida Xalqaro darajadagi CCNA sertifikatini olish

Ustozlarning darajasi: CCNA, CCNP enterprice, CCNA CyberOPS
Foydalaniladigan materiallar: Rasmiy CISCO academy tomonidan tasdiqlangan materaillar
Darajasi: Xalqaro CCNA

Ta'lim shakli: online/offline
( birinchi marta bir vaqtda ham online ham offline qilinmoqda)
Muddati: 4oy

Kerakli narsalar: faqat Kompyuter
Kerakli bilim: hech narsani bilish talab etilmaydi. (barchasini o'zimiz 0 dan o'rgatamiz)
Dars shakli: nazariya ,amaliyot (real qurilmalarda va simulyatorlarda)

Real qurilma bilan taminlanganlik: Yuqoridagi videodagi qurilmalar bilan ishlash imkoni bo'ladi hatto siz online shaklda o'qisangiz ham.
Boshlanish sanasi: Shu oyning oxiriga nasb bo'lsa.

Narxi: 600.000 so'm oyiga (keyingi guruhlarda oshish ehtimoli yuqori)
Offline darslar uchun faqatgina 30ta qabul qilinadi, 20dan oz joy qoldi.

Ro'yxatdan o'tish: @ciscoucell ga pasport kopiya va tel nomer tashlash orqali.
Manzil: yunusobod bodomzor masjid ro'parasida.

Ha aytgancha online dars shaklini tanlaganlarga huddi offline shakldagi darsda o'tirganlik kayfiyatini yaratishga xarakat qilamiz.


Bu guruhga qo'shilish orqali yaqin kelajakda ochiladigan CyberOPS kurslarimizga qo'shilish imkoningzini oshirishingiz mumkin.


O'zbekona Cisco Biz Sizning Ehtiyojlaringizni Qiziqishga Aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Savollaringiz bo'lsa komentariyada kutamiz

Cisco and Server

14 Jan, 10:18


CyberOPS gacha bo'lgan yo'l haqida fikrlarim va CyberOPS kursini so'raganlar uchun post bizning ikkinchi rasmiy saxifamiz

O'zbekona Cisco kanalimizda e'lon qilindi.

Quyidagi link bilan postlarni o'qishingiz mumkin

https://t.me/uzbekona_cisco/175
https://t.me/uzbekona_cisco/176
https://t.me/uzbekona_cisco/177


@cisco_server
@uzbekona_cisco

Cisco and Server

14 Jan, 08:59


CyberOPS gacha bo'lgan yo'l haqida fikrlarim va CyberOPS kursini so'raganlar uchun post yozsam qiziq bo'larmikan?

Cisco and Server

13 Jan, 10:32


Reaksiyalaring uchun rahmat, bu darajada qiziqish bildirasizlar deb o'ylamagandim.

Kelinglar endi qanday qilib bu sohada qisqa muddatda ko'p narsaga erishish mumkinligi haqida o'zinni kichik xulosalarim bilan bo'lishmoqchiman.

Soha xuddi Tubsiz Jarlik. Har soniyada yangi o'zgarishlar.

Hop sohani o'rganish uchun qancha vaqt ketadi?
- bunga balkim 1 yoki 2 yoki bir necha o'n yillar ketishi mumkin. lekin bu proccessni tezlashtiradigan narsalarni sizlarga aytaman:

1-o'rinda Muhit.
Menga qo'l kelgan narsa bu atrofimdagi odamlar bo'ldi, birgalikda o'sish tezlashdi. misol uchun 4ta odam 4 xil narsani o'rganadi va qolganlar bir biriga o'rgatadi. bu jarayonda 3 4 barobar o'rganish tezlashadi.

2-To'g'ri yo'nalish va Reja
Tubsizlik ichida yo'qolib qoldim 1haftacha. Qarasam hammasi o'zimga bog'liq, darrov plan tuzdim: Linux boshlang'ich darajada bulsa ham o'rganaman, Sohaga oid dasturlar bilan ishlayman va Xalqaro sertifikat olaman ..

Menda birinchi bosqich shular edi va bu bosqich o'z nihoyasiga yetdi (linuxni 100% o'rganib bo'ldim demayman:) )

Darrov tanishlarni ishga solib Netacad.com dan CCNA CyberOPS kursini ochtirib o'qishni boshladim. Ana shu kurs menga route-map bo'ldi.
mavzular ketma-ketligi sabab o'rganish uzoqga cho'zilmadi.

3-Tarmoqni bilishim
Tarmoqni tushinganim sababli bu sohani o'rganishga ketadidan kamida yarim yillik vaqtim "Ekonom" bo'ldi.
Bu sohaga kiruvchilarga tavsiyam oldin tarmoq va tizimni o'rganib keyib bu sohaga kiring. Bo'lmasam tubsilik yana ham qorong'ulashadi.

Yodingizda bo'lsam bunaqa qisqa muddatda topshirishni maslahat bermayman deb yozgan edim(2-oy). sababi Shuncha vaqtdan buyon(2018-yildan boshlab) o'zim qanday o'qishni va examga qanday tayyorlanish kerakligini o'rgandim.

Esingizda bo'lsa CCNP olish uchun 3000 betli CCNPning 2ta kitobini tugatdim deb post qo'yganman.

Examin xususida:
CyberOPS 300$ lik exam va 104 ta 3xil tipdagi savollaridan tashkil topgan test. 150-170 daqiqa ichida 300$ ni "hayotini hal qilasiz".
Examinda asosan nazariy savollar bo'lganligi va boshlang'ich linux va windowsdan xabardorligim uchun examga tayyorgarlik muddati yana ham tezlashdi.

Xulosam.
1. Birinchi navbatda bu sohada o'zingizni 1, 2 ... 5 yildan keyin qanday tasavvur qilishizzi o'ylab ko'ring va unga erishish uchun o'zingiz route-map tuzib uni ustida kuniga ishlang.

2. Tushinmasangiz hech kim aybdor emas. AI bilan o'rtoqlashing va to'g'ri savol berishni o'rganing

3. Bir o'zingiz harakatlanmang. Sheriklaringiz bo'lsin. (kankurensiya bo'lmasa muddatingiz yana cho'zilib ketadi)

4. Ustoz toping va muhitga kiring.
Ustoz sizga nima qilish kerak va kerakmasligi va to'g'ri yo'nalish berish uchun kerak. Lekin undan ko'p narsa kutmang.

Imlo hatolarga e'tibor bermaganim uchun uzr.

keyingi postimiz nima haqida bo'lsin:
-CyberOPS kursi yuzasidan:
-Cisco Kurslari yuzasidan
-Cisco sertifikatim muddatini qanday qilib exam topshirmasdan yana 3yilga cho'zdirganligim borasida.
Yoki bo'lmasa komentariyada o'zingizni qiziqtirgan mavzuni yozib qoldiring


Uzbekona Cisco biz sizning ehtiyojingizni qiziqishga aylantiramiz.
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

13 Jan, 04:06


Hammaga katta rahmat. Sizlarga bundan ham zo'rlari nasb qilsin.

Nasb bo'lsa bugun, qanday qilib Kiberxavfsizlik sohasida qisqa muddatda kattaroq natijalarga erishish bo'yicha fikrlarim bilan bo'lishmoqchiman.

Sizga qiziq bo'ladigan bo'lsa, biror reaksiya qoldiring.

@cisco_server
@uzbekona_cisco

Cisco and Server

12 Jan, 10:27


#new_ccna

Alhamdulillah.

Allohni inoyati bilan 2 oy ichida yangi sohaga kirib kelib, xalqaro CCNA CyberOps settifikatini olishga muyassar bo'ldim.

(Boshqalarga bu qisqa muddatda topshirishni maslahat bermayman).

Bu ko'p sonli yangiliklarimiz ichida bir qismi hozircha.

Kanalimizni kuzatishni davom eting. Bundan keyingi postlarda siz uchun manfaatli takliflarni berib boramiz.

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

12 Jan, 10:14


Allohga tavakkal qilib noyabr oyidan o'zimiz uchun hali umumam kashf qilinmagan ''CyberSecurity'' ga qadam qo'ydik.

Ishni boshlaganimda sohani tubi yo'qligini his qildim.
Tubsizlik...

Rahbarimiz va jamoamizning yaxshiligi sabablimi tubsizlik ichida suzishni o'rgandik.

Va shunda ''ustoz ko'rmagan shogirt yo'rg'alar har maqomga'' degan maqolni ich ichimdan xis qildim.

Darxol Ciscodan cyberops ga bog'liq kichik kurslarni tugatib sohaga kirishib olish uchun o'qishni boshladik.

Kuniga ertalab 7-8 dan kech soat 9 10 gacha ...
2 oy ...

Cisco and Server

12 Jan, 10:03


Ko'pchilik bilmaydigan haqiqat va yangilik bilan bo'lishmoqchiman.

Alhamdulillah barcha havas qiladigan ishim bor edi bundan yarim yillar oldin. Va u ish aynan ''Network engineering'' edi.

Allohga tavakkal qilib ishdan bo'shadim. To'g'risi bu qarorga kelish osson bo'lmadi, chunki 2yarim yil ichida bu 250+ filialdan ortiq tarmoqni ''ipidan ignasigacha o'rganib, tizimlashtirib, ..., mostashtirib tashlab ketish...
o'zingiz bir o'ylab ko'ringa 250+ filial...

Ketishimning sababiga hamma qizish bildiradi. Maqsad soha bo'yicha ko'proq narsalarni o'rganish, O'quv markazimiz ishini stabillashtirish hamda yangi profissional video kurs yozish edi.

Bu ishlarni tugatib bo'lishimiz bilan ''Ivan Vasiliyevichga o'z kasbini o'zgartirish'' taklif qilindi.

Cisco and Server

12 Jan, 09:48


Assalomu alaykum kanalimiz obunachilari.
E'tiborli bo'ling bundan keyingi postlarda ''серьёзный'' narsalar haqida gaplashamiz.

Cisco and Server

09 Jan, 11:05


Shu rasmdagi 2-ishni qilsak nima natijaga erishamiz?

bilmasangiz qidirib ko'ring, ketkizgan vaqtingizga arziydi

@cisco_server

Cisco and Server

25 Dec, 14:40


@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

24 Dec, 07:26


#new_ccna
Yana bir havas qilarlik natija.

@RXX1308 ni erishgan yutuqlari bilan Jamoamiz nomidan tabriklab qolamiz.

Bizning kimligimizni bilmoqchi bo'lsangiz, bizning shogirtlarimizga boqing.

Menimcha shu sertifikat bilan Yilni yakunlaymiz.

Va ...

@cisco_server
@uzbekona_cisco

Cisco and Server

24 Dec, 03:20


Tesla phone xaqida fikringiz qanday?
@cisco_server

Cisco and Server

19 Dec, 20:15


Assalomu alaykum, hammaga jum'a ayyomingiz muborak bo'lsin, anchadan beri ijtimoiy tarmoqlarda faol bo'la olmayapmiz, bunga xar-xil omillar sababchi albatta, nasib endi faolligimizni oshirmasak bo'lmaydi. Yaqin orada yaxshi yangiliklar bo'lishiga vada beramiz, hamda bizni doimo qo'llab-quvvatlashingizni so'raymiz!!!

https://youtube.com/shorts/NpgXhe7fth4?si=HZ-eT8Nq_eTTdAKN

Cisco and Server

19 Dec, 03:58


ICMP packet formatlari
@cisco_server

Cisco and Server

17 Dec, 05:10


Oldinlari kompyuterimni maksimal qiynab ko'rish xaqida o'ylab qolar edim.
Xozirda oddiy ish kunimizda kompyuterimiz "Qiynalayapti"
Hosh...
Siz qanday qilib kompyuteringizni "Qiynaysiz"

@cisco_server

Cisco and Server

14 Dec, 09:36


Open ai ning sobiq 26-yoshli xodimi o'z kvartirasida o'lik xolatda topildi.

Bundan 3oy oldin u, openai ruhsati yo'q bo'lgan ma'lumotlardan foydalanayotgani haqida ommaga aytgan edi.

Sizningcha bu uyushtirilganmi?

@cisco_server

Cisco and Server

13 Dec, 07:45


Cisco bo'yicha webinarga qatnashib ko'rmoqchilar uchun mahsus online webinar.
Ro'yxatdan o'ting.
Yangiliklardan bo-xabar bo'ling.
Va sovrinlardan biriga ega bo'ling.

https://marketing.muk.group/Webinar-Cisco-DC-19dec-2024/?email

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

27 Nov, 03:50


Diqqat hammaga tarqating.
Telegramdagi yangi firigarlik usuli: Wildberry

Qisqacha qilib tushintiraman. Sizga hechq anday tanish bo'lmagan odam yozadi va Wildberry dan pul ishlashni aytadi.

3ta link beradi wildberry ni saytidan, shu linkni ochib skreen tashashingiz kerak bo'ladi. (xar ehtimolga qarshi tashlangan linkni Virustotal.com dan tekshirib oling).

3 ta skrrenshot junatganizdan kn 30.000 kartangizga tashab berishadi. (bu sizni qiziqtirish uchun)

Ertaga ayana aloqaga chiqishlarini va ko'proq topishingiz mumkinligini aytadi.

Guruhga qo'shishadi. Tahminan 10 kishi bo'ladi ghuruhda u yerda faqatgina siz ishtirokchi. qolganlari hammasi o'sha uyushgan jinoyatchilarni hamtovoqlari.

3ta linkka bosasiz yana va 4-sharrti bor.
rasmda keltirdim shartini.

Sizni qiziqtirish uchun qolgan sohta a'zolar har xil to'lov skreenlarini tashashadi. Agar siz ham to'lov qilib qo'ysangiz "Pulingizga uxladingiz" hisobi, Boshida sizni ishonchingizga kirish uchun tashlab berishadi pulni va har safar stavka oshaveradi oxirida sizni katta summaga "uxlatib ketishadi".

Bular hech qanday WILDBERRY agentlari emas!!!.

Akkountlar ham sohta, buni bilish qiyin emas, accountga kirsangiz hamasida ismi, bitta xira odamning rasmi bo'ladi,nomerlari ko'rinmaydi va xokazo.

Hullas azizlar yaxshi o'ylangan sxema, lekin juda ko'p mantiqga to'g'ri kelmaydigan joylari bor, bir nechta savollar bilan bularni "FAKE" ekanini ajratib olishingiz mumkin.

Do'stlar bu postni maksimal repost qilib, tanishlaringizni ogohlantirib qo'ying.

Hurmat bilan @uzbekona_cisco va @cisco_server jamoasi

Cisco and Server

24 Nov, 12:02


Tap va SPAN portlardan olingan ma'lumotlar o'rtasidagi farq ularning qanday ishlashida va qaysi holatlarda foydalanishda namoyon bo‘ladi. Quyida ushbu usullarni batafsil taqqoslab beraman:

1. Tap (Test Access Point) portlaridan olingan ma'lumotlar
Tarmoqdagi barcha trafikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri jismoniy qurilma orqali nusxalab oladi.
Haqiqiy nusxa: Tap barcha paketlarni, jumladan, CRC xatolarini va buzilgan paketlarni ham nusxalaydi. Bu to‘liq va o‘zgarmagan ma’lumotni olish imkonini beradi.
Passiv kuzatuv: Trafikni faqat kuzatadi va tarmoq oqimiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.
Trafik yuklanishi: Tap port trafikni kamaytirmaydi va yuqori tarmoq yuklanishida ham ishonchli ma'lumot beradi.
Qo‘llanish sohalari:
Hujumlarni aniqlash (IDS/IPS).
Ma'lumotlarni tahlil qilish va sud ekspertizasi.
Tarmoqning ishlash sifatini o‘lchash.

2. SPAN (Switch Port Analyzer) portlaridan olingan ma'lumotlar
Trafikni logik nusxalash: Tarmoqdagi portlar yoki VLANlar trafikini tanlab, ma'lumotlarni kuzatuv qurilmasiga nusxalaydi.
Ma'lumotlarning to‘liqligi:
Tarmoq xatolarini (masalan, CRC xatolarini) ko‘rsatmaydi.
Og‘ir tarmoq yuklanishida paketlar tushib qolishi mumkin.
Switch resurslariga bog‘liq: Trafik nusxalanishi switch protsessoriga yuklanadi, bu ba'zan switch ish faoliyatiga ta’sir qilishi mumkin.
Qo‘llanish sohalari:
Oddiy trafik kuzatuv va tahlil.
Masalan, dastlabki monitoring yoki tarmoq muammolarini topish.

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

24 Nov, 07:18


1. True Positive (TP) — To‘g‘ri ijobiy
Ma’nosi: Tizim haqiqatda mavjud bo‘lgan biror narsani aniqlagan va uni to‘g‘ri ijobiy sifatida belgilagan.
Misol: Antivirus dasturi haqiqiy zararli dastur (virus)ni topdi va uni virus sifatida belgiladi.

2. False Positive (FP) — Noto‘g‘ri ijobiy
Ma’nosi: Tizim mavjud bo‘lmagan narsani noto‘g‘ri ravishda mavjud deb belgilagan.
Misol: Antivirus zararli dastur bo‘lmagan faylni (masalan, oddiy PDF faylni) virus deb belgilaydi.
Xavfi: Bu holat xato ogohlantirishlarga olib keladi va ishonchni pasaytiradi.

3. True Negative (TN) — To‘g‘ri salbiy
Ma’nosi: Tizim mavjud bo‘lmagan narsani to‘g‘ri aniqlagan va uni zararli emas deb belgilagan.
Misol: Antivirus zararli bo‘lmagan faylni xavfsiz deb tasniflaydi.

4. False Negative (FN) — Noto‘g‘ri salbiy
Ma’nosi: Tizim mavjud bo‘lgan narsani topa olmadi yoki noto‘g‘ri ravishda mavjud emas deb belgiladi.
Misol: Antivirus zararli dastur (virus)ni aniqlay olmadi va uni xavfsiz deb o‘tkazib yubordi.
Xavfi: Bu holat eng xavfli, chunki tizim tahdidni sezmaydi va bu tahdid tizimga zarar yetkazishi mumkin.

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

20 Nov, 10:19


Bugun hammamizni tanishimiz bo'lgan Windows OS ni tug'ilgan kunlari ekan.
39-yoshni qoralab qo'yibdilar :)

Komentariyaga tabriklaringni yozib qoldiringlar.
@cisco_server

Cisco and Server

19 Nov, 15:35


Ex bu linuxxx
Bu ketishda mani adooo qiladi.
Bittagina " " qolib ketgani uchun 2 soat vaqt sarfladim shu xatolik sababini aniqlash uchun.

Sizlardayam shunaqa bo'lib turadimi-a?
Yoki faqat mandamikan!?

@cisco_server

Cisco and Server

19 Nov, 12:32


Telegramda yangi Phishing tarqalmoqda. Ehtiyot bo'linglar.

Sizga 1yillik telegram premium sovg'a qilindi. Uni aktivlashtirish uchun shu linkka bosing deyishadi.
Ko'rinishidan telegramning rasmiy linki lekin uni ochmasdan copy qilib linkni olib, tekshirsangiz boshqa manzil chiqadi.

Hullas tekin narsaga tezda uchmanglar

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

18 Nov, 00:39


AI dan navbatdagi shedevr javob.
@cisco_server

Cisco and Server

14 Nov, 13:12


Google ning Genimi AI sidan kun javobi.

Siz nima fikrdasiz?
@cisco_server

Cisco and Server

12 Nov, 07:47


Linux File Systems/directories

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

10 Nov, 12:00


Teardown attack

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

10 Nov, 03:15


Assalomu alaykum Kanalimizning qadri baland obunachilari.

Alhamdulillah biz 2000+ bo'ldik.

2000 nafar jonli obunachilar.

1 haftalar oldin oldin ''Deleted account'' larni
kanaldan chiqarib yuborganimda juda ham hursand bo'lgandim.
Negaki, deyarli 2k obunachidan atigi 7 dona deleted account bor ekan.

Bizlarga shunchalik ishonch berib kuzatayotganingiz uchun rahmat.

Kanalimiz obunachilar 2000 nafardan oshganligi bois nimadir qilmoqchiman.

Bu nima bo'lishi mumkinligini komentariyada taxmin qilib ko'ringchi.

Hurmat bilan kanal admini @ciscoucell

Cisco and Server

08 Nov, 06:24


CISCO qurilmalarida DHCP spoofingni oldini olish uchun DHCP snooping dan foydalanamiz.

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

08 Nov, 00:01


TCP attack
hacker seans yaratmoqchi bo'ladi,
server tasdiqlaydi,
hacker javob bermaydi
shu bilan yarim ochiq seanslar ko'payib serverga haqiqiy foydalanuvchilar kirishiga to'sqinlik qiladi.

Yechimi: tcp connectionlarni uzib yuborish (server tomonidan)

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

07 Nov, 12:01


Smurf attack

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

07 Nov, 07:02


Address Spoofing Attack

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

07 Nov, 01:01


Tarmoqlar Internetdan ICMP tekshiruvidan qochish uchun tarmoq chekkasida qat'iy ICMP kirishni boshqarish ro'yxati (ACL) filtriga ega bo'lishi kerak. Xavfsizlik bo'yicha tahlilchilar olingan trafik va jurnal fayllarini ko'rib chiqish orqali ICMP bilan bog'liq hujumlarni aniqlay olishlari kerak. Katta tarmoqlarda xavfsizlik devorlari va tajovuzni aniqlash tizimlari (IDS) kabi xavfsizlik qurilmalari bunday hujumlarni aniqlashi va xavfsizlik tahlilchilariga ogohlantirishlar yaratishi kerak.

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

06 Nov, 12:01


ICMP ni shu 5ta turi orqali sohta ICMP lar yasab, hacker o'ziga kerakli ma'lumotlarni yig'ib olishi mumkin.

CyberOps Associate by @uzbekona_cisco and @cisco_server

Cisco and Server

22 Oct, 01:10


Kuni kecha, tasodifan "Smurf attack" ga o'xshash attakaga guvoh bo'ldim.
300dan oshiq kameralar 5 ta NVR ga ulangan. Oldin 5 ta NVR har xil subnet larda yotgan, ularni birlashtirilib bitta broadcast domenga olingandan kn NVRlarning set adapter nagruzkasi 328/328mb/s ga cha yetishi kuzatildi va kameralar qotib, hattoki uzilib ham qolayapti.
Ko'rinishidan Loop (petlya) bo'layotgandek tuyildi, sababi hamma NVR lar bir switchga ulanishi bilan 7-10 soniyada NVR larning set adapterlar nagruzkasi 30mb/s dan 328mb/s gacha oshdi. Lekin Loop emasligi aniq chunki switchlar aniq bir biriga to'g'ri ulangan.

Hosh siz shunday vaziyatga tushib qolganingizda nima ish qilgan bo'lar edingiz?
Qanday yechimlarni izlagan bo'lardingiz?

Komentariyalarda aktiv bo'lib qiziqish bildirsangiz, keyingi postlarda muammoni sababi nimada ekani bilan o'rtoqlashaman.

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

22 Oct, 00:56


DDOS atakalarning shuncha turi borligini bilarmidingiz?

P/s shahsan o'zim ham hammasini bilmas ekanman.

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

15 Oct, 01:52


InshaAlloh bugun kech soat 19:00 da navbatdagi yangi ''CISCO'' kursimiz ochiladi.

Qiziquvchilar, qatnashib ko'rmoqchi bo'lganlarni 3 ta bepul darsimizga taklif etamiz.

Manzil: Yunusobod, bodomzor masjid ro'parasi, robotics lab 2-qavat 5-xona


Instruktorlar bilan bog'lanish uchun:
@ciscoucell
@dream_0044

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

12 Oct, 04:17


''O'zbekona Cisco'' ning instagram sahifasiga yuqoridagi xabar kelibdi.

Sizlar nima deb javob bergan bo'lardingiz?

@cisco_server
@uzbekona_cisco

Cisco and Server

05 Oct, 01:34


Hammaga hayirli kun.

@cisco_server

Cisco and Server

29 Sep, 22:48


CISCO CCNA Enterprise v7 (Routing&Switching) kursini xalqaro standartlarda va eng muhimi o'zbekona tushuncha, malaka va ko'nikmalarda o'rganishga nima deysiz?

4 yillik bilimlarning eng keraklilarini 4 oyda o'rganish imkoni bo'lsa jim o'tirarmidingiz ?

600 ming so'mdan 4 oy davomida 2.4 mln so'm

4 oy...
Real qurilmalar...
Xalqaro sertifikatga ega instruktorlar...
Risoladagidek maosh...
Filmlardagidek muhit...

Biz shogirtlarimiz ishonchini oqladik, oqlayapmiz va sizga ham isbotlamoqchimiz.Biz sizning kelajagingizga o'z hissamizni qo'sha olsak, g'oyatda bahtiyormiz.

Biz ehtiyojingizni qiziqishga aylantiramiz...

📞 974404474
📱 944057070
📩 @ciscoucell
📧 @dream_0044

Bizni kuzating!!!
YouTube kanalimiz👇👇👇
http://www.youtube.com/c/CiscoAndServer
Telegram kanalimiz👇👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEcCq0SmMfFKUsX8ew

Cisco and Server

26 Sep, 16:30


Assalomu alaykum.

Bu video Cisco kursiga qiziqib, o'qish xohishida yurganlar uchun mahsus tayyorlandi.

Biz tomonimizdan sizga taklif etilayotgan CISCO CCNA Enterprise v7 kursimiz haqida eng ko'p berilayotgan savollarga javob olishingiz mumkin.

O'zbekona Cisco - Biz Sizning Ehtiyojingizni Qiziqishga Aylantiramiz

Murojaat uchun:
@dream_0044
@ciscoucell

Bizning rasmiy kanallarimiz:
@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

24 Sep, 11:55


Named Extended ACL qanday sozlanishini eslab olamiz

Savol !
Established komandasi nima uchun kerak?

Qani kim biladi ?

Cisco and Server

15 Sep, 03:37


Bu Prayektga nechi ball bergan bo'lardingiz.

@cisco_server

Cisco and Server

20 Aug, 18:24


3/14 Alhamdulillah 1 oy bo'lar bo'lmas mana 3-studentimiz o'z sertifikatiga erishdi.

Mart oyining 15-sanasida boshlashgan bu bollar mana vadamizga binoan 5oy ichida xalqaro examdan o'tishdi.

Biz o'zimiz bilan emas shogirtlarimizning natijalari bilan faxrlanamiz.

Erdavlatni tabriklab qolamiz.
Alloh xayrli qilsin.

O'zbekona Cisco biz sizning ehtiyojlaringizni qiziqishga aylantiramiz.

@uzbekona_cisco
@cisco_server

Cisco and Server

14 Aug, 12:06


👋 Assalomu alaykum.

🤲 InshaAlloh Navbatdagi Cisco CCNA (Online/Offline) guruhimiz 16-avgust kunidan start oladi.
Lokatsiya->
https://murl.gg/Nr3oaMKh

📹 Agar siz probniy darslarimizga online qatnashib ko'rishni istasangiz webex platformasida bo'ladigan stream uchun quyida havola qoldiramiz.
https://murl.gg/91iHGeDA

🌗 Bu safar oxirgisi ha ha oxirgisi...
So'ngi 3yillik faoliyatimiz davomida xali biror marta ham kurs narximizni o'zgartirmadik (Qadriyatlarimizga asosan, ko'pchilikka foydasi tegishi uchun) va bu oxirgi guruhimiz bo'ladi qaysiki oyiga 500mingdan to'lab butun kursni 2mln so'mga o'qib tugatgan...

Sanoqli joylarimiz qoldi maksimal ulgurib qolishingiz tilakdoshimiz.
Murajaat uchun: @dream_0044 @ciscoucell

O'zbekona Cisco - Biz sizning ehtiyojingizni qiziqishga aylantiramiz.

@uzbekona_cisco
@cisco_server