⌨️ Funksional klavishlar (1-qism)
•
F1
— Справка Excel vazifalar sohasini dastur oynaning o‘ng tomonida aks ettiradi;–
CTRL
+ F1
birikmasi menyu satri ostidagi tasmani berkitadi va qayta ko‘rsatadi;–
ALT
+ F1
birikmasi belgilangan sohadagi matnli va sonli ma’lumotlar asosida ishchi listi tarkibida tezkor diagramma hosil qiladi (alohida list ko‘rinishida diagramma hosil qilish uchun F11
klavishidan foydalaniladi);–
ALT
+ SHIFT
+ F1
birikmasi ishchi kitobi tarkibiga yangi ishchi listini qo‘shadi.•
F2
— faol yacheykani tahrirlash rejimiga o‘tkazib, kursorni uning tarkibidagi matn yoki sonning oxiriga joylashtiradi;–
SHIFT
+ F2
birikmasi yacheykaga izoh qo‘shadi yoki mavjud izohni tahrirlash rejimiga o‘tkazadi;–
CTRL
+ F2
birikmasi Печать varaqa (вкладка)sida chop etish oldindan ko‘rish (предварительный просмотр) sohasini aks ettiradi.•
F3
— Вставка имени oynachasini aks ettiradi (faqatgina foydalanuvchi tomonidan ishchi kitobida alohida yacheyka yoki yacheykalar diapazoniga nisbatan nomlar qo‘llanilganidagina faol bo‘ladi);–
SHIFT
+ F3
birikmasi ekranga Вставка функции muloqot oynasini chaqiradi.•
F4
— so‘nggi buyruq yoki harakatni qayta qo‘llash (agar ilgari qo‘llanilgan bo‘lsa);– Agar formulada biror yacheyka yoki diapazon havolasi belgilangan bo‘lsa,
F4
bosilganida havola turi o‘zgaradi;–
CTRL
+ F4
birikmasi tanlangan ishchi kitobining oynasini yopadi (Excel dasturi ishlashda davom etadi);–
ALT
+ F4
tanlangan ishchi kitobi oynasi va Excel dasturini birga yopadi.➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
📌 2-qism | 3-qism
ℹ️ Qo‘shimcha sifatida o‘qish va foydalanish tavsiya etiladi:
• CTRL klavishasi bilan bog‘liq buyruqlar: 1-qism | 2-qism | 3-qism
• Ishchi kitoblarida qo‘llash mumkin bo‘lgan tezkor tryuklar
• Microsoft Excel dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft Word dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
• Microsoft PowerPoint dasturida qo‘llaniluvchi qaynoq klavishlar ro‘yxati
👨🏻💻@itspecuz | Mundarija