Tarmoq va tizim administratorligi @tarmoq_tizim Channel on Telegram

Tarmoq va tizim administratorligi

@tarmoq_tizim


admin: @blackroot

Cisco and Fortinet instructor

Tarmoq va tizim administratorligi (Uzbek)

Salom, aziz do'stlar! Sizga yangi Telegram kanalimizni tanishtirishga hush kelibsiz! Kanalimizning nomi "Tarmoq va tizim administratorligi", va kanalimizning foydalanuvchisi @tarmoq_tizim. Instruktorimiz @blackroot Cisco va Fortinet kompaniyalarining mahsulotlari bo'yicha mutaxassis

Bu kanalda siz tarmoq va tizim administratorligi haqida yangiliklarni, so'nggi xabarlarni va maslahatlarni topishingiz mumkin. Agar siz tarmoq va tizim sohasida keng tajriba va bilimga ega bo'lsangiz, yoki bu sohada yangi bo'lsangiz, bu kanal siz uchun

Tarmoq va tizim administratorligi bugungi kunda juda talab qilinadigan soha bo'lib, bizning kanalimizda siz bu sohadagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin

Sizni ham kanalimizga a'zo bo'lishga taklif qilamiz! Tarmoq va tizim administratorligi haqida yangiliklarni o'rganishni istayotganlar uchun bu kanal siz uchun mo'ljallangan. Umid qilamizki, sizning uchun foydali va ma'qul bo'ladi! Xush kelibsiz!

Tarmoq va tizim administratorligi

18 Dec, 11:16


📄 Cisco сертификатлари ҳақида қисқача ва фойдали маълумот

Cisco сертификатлари тармоқ технологиялари соҳасидаги энг нуфузли сертификатлардан бири ҳисобланиб, ахборот технологиялари мутахассислари учун тармоқ, хавфсизлик, дастурий таъминот ва бошқа соҳаларда малака ошириш ва ўз билимларини тасдиқлаш имконини беради.

1993 йилда Cisco биринчи сертификация дастурини ишга туширган бўлиб, Cisco Certified Internetwork Expert (CCIE) биринчи ва энг юқори даражадаги сертификат ҳисобланади.

CCNA (Cisco Certified Network Associate) ва CCNP (Cisco Certified Network Professional) сертификатлари 1998 йилда жорий этилган. Ва бу сертификатлар илғор ва профессионал даражадаги билим кўникмаларини қамраб олади.

2001 ва 2013 йиллардан бошлаб ушбу соҳада ихтисослик ва тармоқ архитектураси бўйича сертификация тизимлари жорий қилиш бошланди.

2020 йилда сертификация тизимлари модернизация қилиниб, вертикал даражадаги сертикация (Entry, Associate, Professional, Expert, Architest) тизимлари кўпайтирилди. Devnet (дастурлаш ва тармоқларни автоматлаштириш) бўйича ихтисослик сертификатлари ҳам жорий этилди. 2023 йилда сертификация тизимларига жиддий ўзгартиришлар киритилди.

Ўзбекистонда халқаро IT-сертификатларни олиш харажатларини қоплаш бўйича дастурлар мавжуд бўлиб, 2023 йил 1 октябрдан бошлаб, B2 ва ундан юқори даражадаги хорижий тил билимига эга фуқароларга халқаро IT-сертификатларни олиш ва ўқиш харажатларининг 100% қисмини қоплаш тизими жорий этилди*.

Бу турдаги сертификатлар рўйхатида қуйидаги Cisco сертификатлари мавжуд:

✔️ CCT
✔️ CCNA
✔️ CyberOps Associate
✔️ DevNet Associate
✔️ CCNP Enterprise
✔️ CCNP Collaboration
✔️ CCNP Data Center
✔️ CCNP Security
✔️ CCNP Service Provider
✔️ CyberOps Professional
✔️ DevNet Professional
✔️ CCDE
✔️ CCIE Enterprise Infrastructure
✔️ CCIE Enterprise Wireless
✔️ CCIE Collaboration
✔️ CCIE Data Center
✔️ CCIE Security
✔️ CCIE Service Provider
✔️ Cisco Certified Specialist – Enterprise Core
✔️ Certified DevOps Engineer


* Фақат халқаро IT-сертификат мавжуд бўлган тақдирда фақатгина IT-сертификат учун имтиҳон тўлов пулининг 60 фоиз қисми тўланади.

Шунингдек, давлат органлари ва бошқа бюджет ташкилотларининг ахборот технологиялари ва коммуникацияларини ривожлантириш учун масъул ходимларнинг лавозим маошига қўшимча устама тўлашга асос бўлувчи IT сертификатлар рўйхатида ҳам Cisco сертификатлари (CCNP Security, CyberOps Professional, CCIE Security) келтириб ўтилган.

@tarmoq_tizim

Tarmoq va tizim administratorligi

26 Nov, 12:57


Ilmni o‘g‘irlash joizmi?

Sunʼiy intellektning bergan javobi albatta ko‘pchiligimizning qarashlarimizdan farq qiladi. Jamiyatning rivojlanmasligiga ham asosiy sabablaridan biri ham mana shu omil aslida

Tarmoq va tizim administratorligi

21 Nov, 13:48


Charchab siqilganda chakish yoki ichish emas masalalarni yechish kerak, buni kaypi boshqa ☺️🏝

Hammasi birda: NAT + BGP + RIP + OSPF + ACL (standard & extended) + tunneling

@tarmoq_tizim

Tarmoq va tizim administratorligi

01 Jul, 12:06


Ish joyidagi monitor

@tarmoq_tizim

Tarmoq va tizim administratorligi

15 Apr, 03:14


💥💥💥 Windows Server 2019 video darsligi

✍️ Kurs muallifi: Toshev Sanjar (@blackroot)

00. 👉 Windows Server 2019 kursiga kirish
01. 👉 Ishchi maydonni tayyorlash va Windows Server 2019 operatsion tizimini oʻrnatish
02. 👉 Tarmoq sozlamalari
03. 👉 Lokal serverning dastlabki sozlamalari
04. 👉 Active Directory va uni oʻrnatish
05. 👉 Active Directoryda foydalanuvchilar yaratish va unga host-kompyuterlarni birlashtirish
06. 👉 Active Directorydagi cheklovlarni oʻzgartirish
07. 👉 Active Directoryda foydalanuvchi guruhlar yaratish va dastlabki guruh qoidalarini qoʻllash
08. 👉 DHCP server
09. 👉 NAT sozlamalari
10. 👉 Fayl server va uning sozlash turlari
11. 👉 FTP server sozlamalari
12. 👉 Storage Server (virtual saqlash serveri)
13. 👉 Storage Server (tarmoq fayl serveri)
14. 👉 NTP sozlamalari
15. 👉 Tizimni masofadan boshqarish usullari
16. 👉 Guruh qoidalari bilan ishlash (GQBI) (Kompyuterlarning xavfsizli siyosati - Interactive logon)
17. 👉 GQBI: Parollar siyosati
18. 👉 GQBI: Foydalanuvchilarni vaqt boʻyicha boshqarish
19. 👉 GQBI: Majburiy oʻchirishlardan himoyalash
20. 👉 GQBI: Dasturlardan cheklangan holatda foydalanish
21. 👉 GQBI: Tashqi qurilmalarga huquqlarni cheklash
22. 👉 GQBI: Foydalanuvchilar uchun tizim boshqaruv imkoniyatlarini cheklash
23. 👉 GQBI: Foydalanuvchilar uchun Internet tarmogʻini cheklash (bloklash)
24. 👉 GQBI: Brauzer va undagi proxy serverlarni boshqarish

@tarmoq_tizim

Tarmoq va tizim administratorligi

05 Mar, 15:58


Facebook va Instagramda katta uzilishlar qayd etilmoqda

Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, shuningdek, Twitter, YouTube, Google xizmatlari, WhatsApp, TikTok va boshqa mashhur xizmatlar ham butun dunyo bo‘ylab ishlamay qolmoqda.

Avvalroq Sky News tomonidan Qizil dengizda global internet kabellari uzilgani haqida xabar berilgandi.

Qizil dengiz orqali Afrika, Osiyo va Yaqin Sharqqa ma'lumotlarni olib o'tuvchi liniyalarda o‘tadigan trafikning 25 foizi ta'sir ko‘rsatadi.

Suv osti kabellari orqali o'tuvchi aloqa liniyalari haqida quyida tanishib olishingiz mumkin.

@tarmoq_tizim

Tarmoq va tizim administratorligi

05 Mar, 14:21


Agar kimdir Android kursida o‘qish niyatida bo‘lsa, mani nomimdan GITA akademiyasiga borib, shu vaucherni ko‘rsatsangiz, kurs narxlariga qarab 4 million so‘mgacha chegirma olishingiz mumkin. Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang. Joylar soni cheklangan.

@tarmoq_tizim

Tarmoq va tizim administratorligi

21 Feb, 11:41


🎲 Quiz 'CCNA'
CCNA
🖊 20 questions · 30 sec

Tarmoq va tizim administratorligi

15 Jan, 04:30


Tarmoq kommutatori o‘z xotirasida nechtagacha MAC manzillarni saqlay oladi?

Tarmoq kommutatori o‘z xotirasida saqlashi mumkin bo‘lgan MAC manzillar soni uning MAC manzillar jadvali hajmiga bog‘liq bo‘lib, u kommutator modeli va uni ishlab chiqaruvchiga qarab farq qilishi mumkin. Odatda, kichikroq yoki oddiy isteʼmolchi darajasidagi kommutatorlar bir necha ming MAC manzillarini saqlashi mumkin, kattaroq korporativ kommutatorlar esa o‘n minglab yoki hatto yuz minglab MAC manzillarini boshqarishi mumkin. Yuqori darajadagi maʼlumotlar markazi kommutatorlar yana-da kattaroq hajmdagi raqamlarni qo‘llab-quvvatlashi mumkin.

Boshqarilmaydigan yoki kichik ofis/uy uchun mo‘ljallangan kommutatorlar: odatda 1000 dan 8000 gacha MAC manzillarini saqlay oladi.

Boshqariladigan 2-qatlam kommutatorlari: odatda 8 000 dan 16 000 gacha MAC manzillar bilan ishlay oladi.

Yuqori darajadagi 3-qatlam kommutatorlari: 32 000 dan 500 000 dan ortiq MAC manzillari bilan ishlay oladi va bu turdagi kommutatorlar yirik korporativ tarmoqlar yoki maʼlumotlar markazlari uchun mos keladi.

Aniq maʼlumotni bilish uchun har bir kommutator modelining texnik xususiyatlarini tekshirish muhimdir. MAC manzillar jadvalining o‘lchami odatda kommutatorning texnik xususiyatlarida keltirilgan asosiy parametrlaridan biri hisoblanadi.

@tarmoq_tizim

Tarmoq va tizim administratorligi

06 Dec, 10:21


Kiberxavfsizlik sohasida Mohirdev bilan bo'lib o'tgan suhbatimizni ushbu havola orqali ko'rishingiz mumkin.

@tarmoq_tizim

Tarmoq va tizim administratorligi

31 Aug, 10:44


⚡️⚡️⚡️ Ҳиндистон Мудофаа вазирлиги Windows операцион тизимидан воз кечмоқда

Ҳиндистон Мудофаа вазирлиги ўз компьютерларида Windows ўрнига Maya операцион тизимидан (OT) фойдаланишни режалаштирмоқда. Maya ОТ ўз навбатида Ubuntu (.deb packet) асосида ишлаб чиқилган.

"Maya операцион тизими Windows билан бир хил интерфейс ва функционалликка эга ва фойдаланувчилар унга ўтишда унчалик катта фарқ сезмайдилар. 15 августгача Жанубий блокдаги интернетга уланган барча компьютерларга Maya операцион тизимини ўрнатиш топширилган. - деди расмийлардан бири. Maya операцион тизими энди фақат Мудофаа вазирлиги тасарруфидаги тизимларга ўрнатилади.

Мутасаддининг сўзларига кўра, Maya ОТ давлат буюртмаси асосида атиги 6 ойда ишлаб чиқилган. Сўнгги пайтларда Ҳиндистондаги муҳим инфратузилмаларга зарарли дастурлар ва шифрлаш-қулфлаш усулларидан (ransomware, locker) фойдаланган ҳолда бир қатор жиддий ҳужумлар амалга оширилди.

🎙 Mohirdev жамоаси билан киберхавфсизлик мавзусида амалга оширилган суҳбатимизнинг (podcast) тўлиқ қисми билан ушбу ҳаволада танишишингиз мумкин

🌐 cyber-bro.uz | 💬 Телеграм

Tarmoq va tizim administratorligi

24 Jun, 09:28


2022 йилда ташкил этилган CYBER-BRO компанияси қисқа вақт ичида давлат ва хусусий сектор ичидаги жуда кўплаб ахборот тизимларини киберхавфсизлик соҳасида таҳлил қилиб чиқди. Ва бу жараён давом этмоқда. Ва бу таҳлил натижалари ҳақида бугундан бошлаб каналимизда маълумот бериб борамиз.

Турли вазирлик ва ташкилотларда давлат хавфсизлигига оид муҳим ахборотларнинг хавфсизлигига совуққон муносабатда бўлаётган, ахборот тизимлари хавфсизлиги бўйича мурожаатларга лоқайд, умуман беписанд раҳбарлар учун ҳам «илиқ» гапларимиз бор.

Биз назарда тутган ахборот объектлари шу даражада муҳимки, давлатнинг қон-томири бўлган ҳарбий-ҳуқуқий, банк-молия, муҳим иқтисодий нуқталарга бориб тақалади. Баъзи ахборот тизимларида киберхавфсизлик бўйича вазият критик ҳолатда, ваҳоланки мана шу ташкилотлар баъзи ташкилотларнинг турли псевдо рейтингларида юқори ўринда туради. Ва айнан мана шу ташкилот раҳбарлари ҳукумат ва давлат раҳбариятига киберхавфсизлик соҳаси бўйича ёлғон ҳисоботлар бериш билан овора. Вазият эса анча жиддий.

Бизни кузатишда давом этинг.

📧 Биз билан боғланиш учун: [email protected]

🌐 cyber-bro.uz | 💬 Телеграм

Tarmoq va tizim administratorligi

19 May, 08:04


💥💥💥 Cyber-BRO kompaniyasining xodimlari har yili anʼanaviy o‘tkaziladigan Positive Hack Days kunlarida ishtirok etish uchun Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida bo‘lib turishibdi.

Maʼlumot uchun: o‘tgan yili aynan shu turnirda (PHD 11) Cyber-BRO xodimlari onlayn banking tizimlarini buzish bo‘yicha 2 o‘rinni, bankomatlarni buzish bo‘yicha 3-o‘rinni egallashgan edi.

2023 yilgi PHD 12 kunlaridan lavhalar

🌐 cyber-bro.uz | 💬 Телеграм