Ming.uz @minguzofficial Channel on Telegram

Ming.uz

@minguzofficial


Ming.uz saytining rasmiy Telegram-kanali

Sayt: http://ming.uz

Twitter: https://twitter.com/minguzofficial

Instagram: instagram.com/minguzofficial

Ming.uz Official Telegram Channel (English)

Are you looking for a reliable source of news, updates, and entertainment in Uzbekistan? Look no further than the official Telegram channel of Ming.uz! With the channel title 'Ming.uz' and username '@minguzofficial', this channel is the go-to destination for all things related to the popular Uzbek website Ming.uz. Ming.uz is a trusted online platform that provides the latest news, articles, and features on a wide range of topics including politics, culture, entertainment, and technology. With a focus on delivering accurate and timely information, Ming.uz has become a favorite among readers in Uzbekistan and beyond. By joining the official Telegram channel of Ming.uz, you can stay up-to-date with the latest articles, breaking news, and exclusive content. Whether you are interested in politics, sports, or lifestyle, Ming.uz has something for everyone. In addition to the website, Ming.uz also has a strong presence on social media platforms such as Twitter and Instagram. By following the official Twitter account (@minguzofficial) and Instagram page (instagram.com/minguzofficial), you can further engage with the Ming.uz community and receive updates directly on your feed. Don't miss out on the opportunity to be part of the vibrant Ming.uz community on Telegram. Join the official channel today and discover a world of information and entertainment at your fingertips. Stay informed, stay connected with Ming.uz!

Ming.uz

07 Jan, 10:52


O‘zbekistonda elektron sigaretalar muomalasi taqiqlanishi mumkin

6-yanvar kuni O‘zLiDeP fraksiyasi yig‘ilishida O‘zbekistonda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, jumladan, elektron sigaretalar muomalasini taqiqlash hamda javobgarlik belgilashga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi.

Majlisda ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda nikotinni yetkazib berish moslamalari, elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklar hamda qizdiriladigan tamaki mahsulotlarining O‘zbekistonga qonunga xilof ravishda olib kirish holatlari va aylanmasi ortib bormoqda. Bundan tashqari, ushbu mahsulotlarni aholi, ayniqsa, yoshlar orasida iste’mol qilish holatlari ko‘paygan.

Ushbu qonun loyihasi bilan respublika hududida ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalarining, shu jumladan, elektron sigaretalarni ishlab chiqarish, tayyorlash, o‘tkazish maqsadida ularni saqlash, tashish yoki o‘tkazish taqiqlanmoqda.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki hududidan olib chiqishga nisbatan ta’sirchan chora sifatida ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanishi nazarda tutilmoqda, deyiladi partiya axborot xizmati xabarida.

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024-yil aprel oyi o‘rtalarida tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, elektron sigaretalar hamda tamakini qizdirish tizimlarini, shu jumladan, ayrim turdagi tamaki mahsulotlarining muomalasini taqiqlash va javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgandi.

Qonun loyihasida tamaki mahsulotlarini chekish bo‘yicha emas (chekiladigan va chekilmaydigan), balki tarkibiga ko‘ra turlarga bo‘lish taklif etilgan. Ushbu yondashuv yuridik amaliyotda ushbu qoidaning turlicha talqin qilinishining oldini olishi kutilmoqda.

Hozirda qonunga ko‘ra, bir dona sigareta (filtrli yoki filtrsiz) yoki qizdiriladigan tamaki mahsuloti aerozolida (bug‘ida, tutunida) nikotin miqdori bir milligrammdan oshmasligi kerak. Qonunga kiritilayotgan o‘zgartirish qizdiriladigan tamaki mahsuloti aerozolini (bug‘ida, tutunida) hisobga olmasdan, sigaretaning o‘zida nikotin tarkibini ko‘rib chiqishni taklif qiladi.

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga 186−2-moddasi (Muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni iste’mol qilish moslamalari, shuningdek elektron sigaretalar va chilimlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, realizatsiya qilish, olib kirish) kiritilishi ham mumkin. Ushbu qoidabuzarlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda (17−34 mln so‘m) jarima jazosi nazarda tutiladi. Huquqbuzarlik ashyolarini o‘z ixtiyori bilan topshirgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinadi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonda-elektron-sigaretalar-muomalasi-taqiqlanishi-mumkin

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

07 Jan, 09:04


Fevraldan yotoqli poyezdlarning ham chiptalari narxi oshadi

1-fevraldan mahalliy yo‘nalishlardagi yotoqli yo‘lovchi poyezdlarning chiptalar narxi 10,5 foizga oshadi, deb xabar bermoqda “O‘ztemiryo‘lovchi” kompaniyasi.

Qaror yo‘lovchi tashish sohada moliyaviy zararlarni nisbatan qisqartirish, temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, yo‘lovchi vagonlar parkini yangilash, vokzallar faoliyatini zamonaviy talablarga muvofiq olib borish va respublikada inflyatsiya darajasi bilan asoslanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq fevraldan “Afrosiyob” chiptalari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” chiptalari esa 30 foizga ko‘tarilishi xabar qilingandi.

👉 https://ming.uz/posts/fevraldan-yotoqli-poyezdlarning-ham-chiptalari-narxi-oshadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

07 Jan, 07:23


Toshkentda 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarildi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida 5-yanvar kuni fuqaro 10 metrlik chuqurlikka tushib ketdi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yakshanba kuni soat 13:58 da tumanning Boyqo‘rg‘on mahallasida fuqaro ehtiyotsizlik sabab hojatxona uchun qazilgan 10 metrlik chuqurlikka tushib ketgani haqida FVBga xabar kelib tushgan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, qutqaruv anjomlari yordamida fuqaroni chuqurlikdan chiqarib olgan va birinchi yordam ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng fuqaroga tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xodimlariga topshirilgan. Fuqaro yengil tan jarohati olgan bo‘lib, hozirda shifokorlar nazorati ostida. Uning ahvoli yaxshi, deyiladi xabarda.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentda-10-metrlik-chuqurlikka-tushib-ketgan-fuqaro-qutqarildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

07 Jan, 05:51


Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi yana uchta avtomatik stansiya o‘rnatildi

Toshkentda havo ifloslanishini nazorat qiluvchi uchta yangi avtomatik stansiya ishga tushirildi. Ular Zamin jamg‘armasi va O‘zgidromet agentligining “Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida o‘rnatildi.

Jamg‘arma matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda loyiha boshlanganidan buyon monitoring.meteo.uz milliy platformasining yagona ma’lumotlar bazasiga 19 ta avtomatik stansiya ulangan.

Ushbu saytda ular binafsha rangda, uchta yangi esa to‘q yashil rangda belgilangan. Xususan, bittasi “Uch qahramon” posti hududida, ikkinchisi “Zenit” zavodi hududida va uchinchisi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yonida o‘rnatildi.

Zamin jamg‘armasining “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, stansiyalar shunchaki detektor yoki datchiklar emas, balki havo ifloslanishini monitoring qilish uchun to‘liq jihozlangan laboratoriyalar hisoblanadi.

Horiba (Yaponiya/Germaniya) ishlab chiqargan ushbu stansiyalar etalon sifatida tan olingan bo‘lib, ular Finlyandiya meteorologik instituti kabi yetakchi tashkilotlar tomonidan o‘z o‘lchov uskunalarini sozlash uchun qo‘llaniladi.

Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra, stansiyalar yetkazib beruvchisi doimo ochiq xalqaro tender asosida aniqlanadi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentda-havo-ifloslanishini-nazorat-qiluvchi-yana-uchta-avtomatik-stansiya-ornatildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Jan, 12:32


Samarqandda 1,3 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Samarqand viloyati Toyloq tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan oilaviy korxona aniqlandi, deb xabar berdi “Hududgazta'minot” matbuot xizmati.

“Hududgaz Samarqand” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Toyloqtumangaz” GTB, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, “O‘zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida reyd o‘tkazilgan. Jarayonda “Qo‘rg‘oncha” MFYda joylashgan “S.Sh.” oilaviy korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanayotgani ma’lum bo‘lgan.

Xabarga ko‘ra, korxona (novvoyxona) egalari yashirin yo‘l bilan tabiiy gaz tarmog‘iga ulanib olgan. Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va davlat manfaatlariga 1 milliard 329 million so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

Barcha daliliy ashyolar va hujjatlar huquq-tartibot organlariga topshirildi.

👉 https://ming.uz/posts/samarqandda-13-mlrd-somlik-gazdan-noqonuniy-foydalanish-holati-aniqlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Jan, 10:58


Qozog‘iston O‘zbekiston tomon yangi temiryo‘l qurmoqda

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida 2027-yilda ishga tushirilishi kutilayotgan yangi temiryo‘l qurilmoqda. Bu haqda “Qozog‘iston temir yo‘llari” (QTY) kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

QTY ma’lumotlariga ko‘ra, yangi temiryo‘l liniyasining qurilishi mavjud Sariag‘ash — Toshkent uchastkasidan yuklarni yangi tarmoqqa yo‘naltirish, “Sariag‘ash” stansiyasini tushirish va O‘zbekistonga eksport yuklarini ko‘paytirish imkonini beradi.

“Shu maqsadda „Qazaqstan temir joli“ — „Samruq-Qazina“ portfel kompaniyasi tomonidan qiymati 286 milliard tenge (545,8 million dollar) bo‘lgan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunga qadar 203 km dan 100 km ga yaqin rels-shpal tarmoqlari yig‘ildi. Loyihani amalga oshirish uchun 46 ta yo‘l-qurilish texnikasi va 70 dan ortiq kishi jalb etilgan”, – deyiladi xabarda.

Yangi temiryo‘l qurilishi 2023-yil noyabr oyi oxirida boshlangan. O‘shanda Darbaza — Maqtaaral temiryo‘l liniyasining uzunligi 152 kilometrni tashkil etishi ma’lum qilingandi.

Qozog‘iston hukumati yirik infratuzilma loyihasi davlat rahbari Qasim-Jomart Toqayevning topshirig‘i bilan amalga oshirilayotgani va respublikaning transport-tranzit salohiyatini yanada rivojlantirishga qaratilganini ma’lum qildi. Uning doirasida Qozog‘iston-O‘zbekiston davlat chegarasi orqali yangi o‘tkazish punkti ochiladi.

Loyiha ikki bosqichga bo‘lingan. Birinchisi, “Sirdaryo” bekatiga chiqadigan Yerdaut — Maqtaaral — O‘zbekiston davlat chegarasi liniyasini qurishni nazarda tutadi.

Ikkinchi bosqichda O‘zbekistonning davlat chegarasi bo‘lgan Jetisay shoxobchasini xuddi shu stansiyaga chiqish yo‘li bilan foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan. Loyihada Qozog‘istonning ulushi 85% deb baholandi.

QTYning sobiq rahbari Kanat Almagambetovning ta’kidlashicha, Darbaza — Maqtaaral liniyasi Turkiston viloyatining ikkita chekka hududi — Maqtaaral va Jetisayni Qozog‘istonning qolgan qismi bilan bog‘laydi.

“9 ta stansiya quriladi. Temiryo‘l Qozog‘istondan ushbu hududlarga va ushbu hududlardan Qozog‘istonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuklarni olib chiqadi. Chunki hozir ular O‘zbekiston bilan chegaradan o‘tishga majbur. Bu tumanlar rivojiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Qurilishdan so‘ng ular jiddiy impuls oladi”, – dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘istonning tranzit salohiyati ham sezilarli darajada oshadi.

“Afg‘oniston, Eron, Tojikiston va O‘zbekistonga ketayotgan yuklar bu yo‘ldan tezroq o‘tadi. Yana bir ta’sir: Sariag‘ash — Toshkent uchastkasidagi taranglik kamayadi. Keyingi yillarda u yerda yuklar ko‘p bo‘lmoqda. Ayni paytda, ularning barchasi ham o‘z vaqtida uzatilgani yo‘q, chunki u yer bunday yuk oqimiga mo‘ljallanmagan. So‘nggi ikki-uch yil ichida miqdor keskin o‘sdi. Qurilish ushbu asosiy uchastkadagi muammoni hal qilishga va yo‘lovchi poyezdlarini harakatlantirishga yordam beradi”, – dedi Kanat Almagambetov.

👉 https://ming.uz/posts/qozogiston-ozbekiston-tomon-yangi-temiryol-qurmoqda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Jan, 09:07


O‘zbekistonda poyezd chiptalari narxi 1-fevraldan yana oshadi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 1-fevraldan mamlakat ichida ayrim poyezdlar chiptalari narxi yana oshirilishini ma’lum qildi.

Narxlarning o‘sishi quyidagicha bo‘ladi:
yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi: ekonom-klass chiptalari — 20 foizga, VIP va biznes-klass chiptalari — 25 foizga;
“Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” tezyurar poyezdlari — 30 foizga.

Shunday qilib, “Afrosiyob” uchun chiptalar narxi:
Toshkent — Samarqand:
Ekonom — 294 ming so‘m;
Biznes — 450 ming so‘m;
VIP — 619 ming so‘m.

Toshkent — Qarshi:
Ekonom — 406 ming so‘m;
Biznes — 634 ming so‘m;
VIP — 854 ming so‘m.

Toshkent — Buxoro:
Ekonom — 484 ming so‘m;
Biznes — 751 ming so‘m;
VIP — 994 ming so‘m.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, narxlar temiryo‘l infratuzilmasi xarajatlari, elektr, yoqilg‘i va transport xarajatlarini qoplash, yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarni xarid qilish va yo‘lovchi vagonlari parkini yangilash, vokzallar faoliyatini zamonaviy talablariga muvofiq olib borish va yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonda-poyezd-chiptalari-narxi-1-fevraldan-yana-oshadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Jan, 07:21


Davlat bog‘chalarida davomat tizimi avtomatlashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 18-dekabrdagi qarori bilan maktabgacha ta’lim tizimini raqamlashtirish va maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilandi.

30-sentabrdagi prezident farmoniga muvofiq, maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rinbosariga ta’lim sifatini ta’minlash, pedagog xodimlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsiyalar, ilg‘or pedagogik va raqamli texnologiyalarni keng joriy etish vazifalari yuklatilgandi.

Davlat MTTlarida xodimlar ish haqini, oziq-ovqat xarajatlari, ota-onalarga aliment bo‘yicha to‘lovlar va boshqa to‘lovlarni biometrik identifikatsiya texnologiyasidan foydalangan holda avtomatik hisoblash joriy etiladi.

Bo‘sh ish o‘rinlarini hisobga olish, bolalarni navbatga qo‘yish va MTTga joylashtirish uchun yo‘llanmalarni shakllantirish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Bolalar bog‘chasi” maktabgacha ta’limni boshqarish axborot tizimida amalga oshiriladi.

2025-yil 1-fevraldan Toshkent shahrida sinov tariqasida, 2025-yil 1-iyuldan esa barcha davlat MTTlarida “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi orqali xodimlar va tarbiyalanuvchilarning elektron davomati, ish vaqti, tarbiyalanuvchilarning oziq-ovqat xarajatlarini hisobga olish joriy etiladi.

“Bolalar bog‘chasi” axborot tizimiga xizmat ko‘rsatish, uni qo‘llab-quvvatlash va takomillashtirishni “UZINFOCOM” MCHJ tizim operatori amalga oshiradi, bunda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun ota-onalar badalining 2 foizi yo‘naltiriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2025-yildan boshlab xodimlar va bolalarning davomatini shaxsni biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasi orqali nazoratga olishni yo‘lga qo‘yish uchun bolalar bog‘chalarini planshetlar va boshqa uskunalar bilan ta’minlash uchun davlat budjetidan kamida 50 milliard so‘m ajratadi.

2025-yil 1-iyuldan fiskal belgili kassa cheki berilmasdan ota-onalar to‘lovlarini qabul qilish taqiqlanadi. Ota-onalar to‘lovlarining tushumi to‘g‘risidagi ma’lumotlar soliq organlarining axborot tizimiga avtomatik tarzda uzatiladi va qonun hujjatlariga muvofiq daromad solig‘idan ozod qilishni qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

https://ming.uz/posts/davlat-bogchalarida-davomat-tizimi-avtomatlashtiriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Jan, 05:46


Jibek joly sayyohlik poyezdi yo‘nalishi endi Samarqandni ham o‘z ichiga oladi

Jibek joly sayyohlik poyezdi yo‘nalishi Qozog‘iston va O‘zbekistonning yana ikkita shahri – Chimkent va Samarqandni o‘z ichiga oladi.

"Kazinform" xalqaro axborot agentligining ma’lum qilishicha, Jibek joly poyezdi 100 dan ortiq sayyoh bilan "Olmaota-Turkiston-Toshkent-Samarqand-Chimkent-Olmaota" yo‘nalishi bo‘yicha yo‘lga chiqqan.

Qayd etilishicha, sayohatchilar qadimiy shaharlar muhitiga sho‘ng‘ib, Buyuk ipak yo‘li izlaridan sayohatga chiqishlari mumkin bo‘ladi. Yo‘nalishning ichiga asosiy diqqatga sazovor joylar kiradi. Sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida ekskursiya dasturiga gid hamrohligi, ovqatlanish, transport xizmati va kirish chiptalari ham kiritilgan.

"Temir yo‘l sayohatining o‘ziga xosligi: sayyohlar tunni shinam va barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan qulay poyezdda o‘tkazadilar", - deyiladi maqolada. - Bu vaqt ichida poyezd o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi".

Axborot agentligining eslatishicha, mazkur poyezdning birinchi reysi 16-noyabr kuni Olmaotadan yo‘lga chiqib, Turkistonda bir kun va Toshkentda ikki kun o‘tkazgan edi.

"Ushbu loyiha sayohatlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, mamlakatlar o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash va fuqarolar uchun sayohat qulayligini oshirishga qaratilgan", - deb yozadi "Kazinform" agentligi.

👉 https://ming.uz/posts/jibek-joly-sayyohlik-poyezdi-yonalishi-endi-samarqandni-ham-oz-ichiga-oladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Jan, 12:57


Yangi hafta boshida kutilayotgan ob-havo ma’lum

Sinoptiklar 6-8-yanvar kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8, 7 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi +7...+12, 7 yanvarda kechasi -2...+3, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi -2...+3; Navoiy viloyatining shimolida 6 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8, 7 yanvarda kechasi 0...-5, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 7 yanvarda kechga tomon ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 8 yanvar kechasi va ertalab ba’zi joylarga qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7 yanvarda kechasi -3...+2, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi va kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 yanvar kechasi va ertalab qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6-7 yanvarda -3...+2, kunduzi +5...+10, 8 yanvarda kechasi va kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi 6-7 yanvarda +7...+12, 8 yanvarda +5...+10 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 yanvarda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 7-8 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi 6 yanvarda +2...+7, 7-8 yanvarda +4...+9 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 6 yanvarda kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2, 7 yanvarda kechasi -3...-8, kunduzi 0...+5, 8 yanvarda kechasi -5...-10, kunduzi -2...-7 daraja bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/yangi-hafta-boshida-kutilayotgan-ob-havo-malum

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Jan, 11:19


Ertaga kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi

O‘zgidromet 5-yanvar, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -1...-3, kunduzi +4...+6 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8, kunduzi +1...+6 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...-5 daraja bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/ertaga-kechasi-va-ertalab-biroz-qor-yogadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Jan, 09:54


O‘zbekiston va Pokiston tovar aylanmasi hajmini oshirmoqchi

O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston Savdoni rivojlantirish agentligi (Trade Development Authority Pakistan – TDAP) rahbari Zubayr Motivala bilan uchrashdi.

Muloqotda Agentlik rahbarining o‘rinbosarlari, xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun mas’ul boshqarmalarning boshliqlari ham ishtirok etdi.

Tomonlar o‘zaro savdoni kengaytirish, eksport-import nomenklaturasini diversifikatsiya qilish masalalarini atroflicha muhokama qildi.

Tadbir avvalida O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoit va imtiyozlar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Shundan so‘ng, o‘zaro savdo hajmlarini oshirishning yangi yo‘nalishlari, jumladan, ikki mamlakatda tashkil etiladigan savdo va sanoat ko‘rgazmalarida tomonlarning doimiy ishtirokini ta’minlash, savdo uylarini tashkil etish orqali mamlakatlarning mahsulotlari bo‘yicha xabardorlik darajasini keskin oshirish, O‘zbekiston va Pokistonning barcha turdagi mahsulotlari to‘g‘risida ma’lumot olish imkonini beruvchi onlayn platformani yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Zubayr Motivala 2024 yil iyun oyida Toshkentda tashkillashtirilgan Made in Pakistan sanoat ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani qayd etib, ushbu tadbirni o‘tkazishda ko‘rsatilgan yordam uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi. Tadbir ushbu yo‘nalishda mavjud salohiyatni ishga solish uchun yangi mexanizmni yaratgani, kelgusida bu turdagi ko‘rgazmalarni ko‘paytirish mahsulotlar soni va turini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

2025-2026 yillarda ikki mamlakatda tashkillashtiriladigan xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarning muddatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot bilan almashish va unda O‘zbekiston va Pokiston biznes uyushmalari delegatsiyalari, ishlab chiqaruvchilari va tadbirkorlarining faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga kelishilib, mazkur masala bo‘yicha mas’ul xodimlar tayinlandi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekiston-va-pokiston-tovar-aylanmasi-hajmini-oshirmoqchi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Jan, 08:07


Toshkent shahrida 5-yanvar kuni harbiy parad o‘tkaziladi

Toshkent shahrining asosiy ko‘chalarida 5-yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiya harbiy bo‘linmalarining namoyishkorona piyoda yurishlari bo‘lib o‘tadi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, parad “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida soat 10:30 da faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari bilan boshlanadi.

Harbiy bo‘linmalar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi (Sag‘bon va Zarqaynar ko‘chalari orqali) — O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi — “Chorsu” bozori — Toshkent sirki (Zarqaynar ko‘chasi) — “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyi (O‘zbekiston shoh ko‘chasi va Furqat ko‘chasi) — Magic City maydoni (Fuqat ko‘chasi) yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi. Magic City to‘xtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi.

️Parad munosabati bilan ayrim ko‘chalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati cheklanadi.

️Mudofaa vazirligi noqulayliklar uchun uzr so‘radi va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qildi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-shahrida-5-yanvar-kuni-harbiy-parad-otkaziladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Jan, 06:47


“Afrosiyob” poyezdi endi Kattaqo‘rg‘onda to‘xtab o‘tadi

“Afrosiyob” tezyurar poyezdi 2025-yildan Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida to‘xtab o‘tishni boshlaydi. Bu haqda prezidentning 2024-yil 29-noyabrdagi “Samarqand viloyatida investitsiya va tadbirkorlik muhitini yanada rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga tayangan holda Samarqand shahri hokimligi xabar berdi.

Jamoatchilik uchun ochiq bo‘lmagan hujjatga ko‘ra, Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari"ga “Toshkent — Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahrida oraliq poyezdlar to‘xtab o‘tishini tashkil etish topshirilgan.

Bundan tashqari, hujjatda Samarqand va Kattaqo‘rg‘on o‘rtasida elektropoyezd qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalari haqida so‘z boradi.

Shuningdek, yangi yo‘nalishlar, jumladan, “Bulung‘ur — Samarqand — Juma — Kattaqo‘rg‘on” yo‘nalishini ochish rejalashtirilgan. Loyiha doirasida vokzallar infratuzilmasi yaxshilanadi, zamonaviy poyezdlar xarid qilinadi.

👉 https://ming.uz/posts/afrosiyob-poyezdi-endi-kattaqorgonda-toxtab-otadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Jan, 12:29


Elektromobillarni quvvatlantirish uchun maxsus tarif joriy etilishi kutilmoqda

Kelgusida iste’mol ko‘p bo‘ladigan ertalabki – soat 06:00 dan 10:00 gacha, shuningdek, kechki soat 17:00 dan 22:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida elektromobilni quvvatlantirganlik uchun nisbatan oshirilgan, tungi vaqtda esa 50 foizgacha arzonlashtirilgan tarif qo‘llanishi mumkin.

Energetika vazirligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, bu borada tegishli qaror loyihasi ishlab chiqilgan.

Vazirlikka ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda mingga yaqin, Toshkent shahrida esa 500 dan ortiq quvvatlantirish stansiyalari ishlab turibdi.

2024-yilning 1-noyabrigacha O‘zbekistonga 5 417 ta quvvatlantirish stansiyasi olib kirilgan.

👉 https://ming.uz/posts/elektromobillarni-quvvatlantirish-uchun-maxsus-tarif-joriy-etilishi-kutilmoqda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Jan, 10:58


Toshkent metrosiga Rossiyadan uchta yangi poyezd keltirildi

31-dekabr kuni Toshkent metropoliteni “Metrovagonmash” (Rossiya) zavodida ishlab chiqarilgan uchta yangi to‘rt vagonli tarkibni oldi, deb xabar berdi metropoliten matbuot xizmati.

Taxminan 10 kun davom etadigan texnik sinovlardan so‘ng (“Moskva” tipidagi) poyezdlar ishga tushiriladi.

Umuman olganda, 2024-yilda poytaxt 2023-yildagi kabi 11 ta tarkibga ega bo‘ldi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-metrosiga-rossiyadan-uchta-yangi-poyezd-keltirildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Jan, 09:08


Ekologiyaga zarar yetkazgan blogerga jarima solindi

31-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh shaxslar qadoqdagi hojatxona qog‘ozlarini yig‘ib, uni avtomobil bilan buzib o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Undan so‘ng holatni uyushtirganlar atrof-muhitni ifloslantirib, hududda qog‘oz chiqindilarini qoldirib ketgani haqida video paydo bo‘ldi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati boshlig‘i Qahramon Xudayberganov video ishtirokchisi bo‘lgan Jasurbek Shodiyev (Jasjan) ismli shaxs holat bo‘yicha javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi. Bloger uni “kontent uchun” qilgani, video tarmoqlarda 4 milliondan ortiq marotaba ko‘rilganini aytdi. U holat takrorlanmasligini aytib, uzr so‘radi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 30-dekabr kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumanidagi Bog‘bon MFY hududida bo‘lgan. Fuqaro hojatxona qog‘ozlari uyumi ustiga chiqqan paytida mashina uning ostidan tezlikda yurib o‘tgan. Fuqaroga hech qanday jarohat yetmagan, mashina zarar ko‘rgan.

Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev o‘zining Telegram`dagi kanalida fuqaroga IIBdan tashqari, Ekologiya inspeksiyasi xodimlari atrof-muhitni ifloslantirgani bo‘yicha BHMning 5 baravari miqdorida (1 mln 875 ming so‘m) jarima qo‘llagani haqida xabar berdi.

Ayni paytda Ekologiya xodimlari huquqbuzarning boshqa sheriklarini ham aniqlab, ularga ham chora ko‘rish harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

👉 https://ming.uz/posts/ekologiyaga-zarar-yetkazgan-blogerga-jarima-solindi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Jan, 07:22


Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi

Toshkent shahrida 5 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati.

2024-yilning 31-dekabr kuni taxminan soat 19:15 larda Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida bir tasmada ketayotgan 5 ta avtomobil — BMW, Lacetti, Cobalt, Matiz va Spark o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

YTH oqibatida tan jarohat olganlar haqida xabar kelib tushmagan.

Holat yuzasidan Toshkent shahri IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari boshlangan.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentda-5-ta-avtomobil-ishtirokida-yth-yuz-berdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Jan, 05:42


2028-yilgacha QQS va foyda solig‘i stavkalari oshirilmaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-dekabr kuni “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha keyingi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Hujjat 20-dekabr kuni faoltadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2028-yil 1-yanvarga qadar qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) va foydasolig‘i stavkalari o‘zgarishsiz qoladi.

2025-yilning 1-yanvaridan 2028-yilning 1-yanvarigacha ayrim ijtimoiy shartlarni bajaruvchi tikuv, poyabzal va charm-attorlik sanoati korxonalari uchun foyda solig‘i va o‘zlarining xodimlari uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkalari 1 foiz etib belgilandi. Ular quyidagi shartlarga bir vaqtning o‘zida javob berishi kerak:
- jami xodimlar sonining kamida 15 foizi Ijtimoiy himoya yagona reyestri yoki Kambag‘al oilalar reyestriga kiritilgan oilalarning a’zolaridan tashkil togganda;
- har oyda har bir xodimga ish haqi miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining. ikki baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblanganda;
- soliq davrida tikuv-trikotaj, poyabzal yoki charm-attorlik mahsulotlarini realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumi jami tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadning kamida 90 foizini tashkil etganda.

Savdo-sanoat palatasi huzurida Tadbirkorlarga tashqi moliya bozorlariga chiqishga ko‘maklashish markazi tashkil etiladi. Markaz xalqaro mablag‘larni jalb qilish bo‘yicha konsalting xizmatlarini ko‘rsatadi.

Har yili kamida 100 nafar tadbirkor uning xizmatlaridan foydalanishi mumkin bo‘ladi. Markazni moliyalashtirish Savdo-sanoat palatasining faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi 2025-yilda aylanma mablag‘larini to‘ldirishga ajratiladigan kreditlar uchun Savdoni rivojlantirish kompaniyasiga uning talabnomasiga asosan 5 yil muddatga 2028-yil 1-yanvardan qaytarish sharti bilan 2 foiz stavkada 100 mln dollar miqdorida qo‘shimcha mablag‘ ajratadi.

Tijorat banklari ushbu mablag‘lardan qishloq xo‘jaligi, sanoat va savdo korxonalarini kreditlash uchun foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Tijorat banklarining aylanma mablag‘larini to‘ldirishga ajratiladigan kreditlar uchun kredit summasining 50 foizigacha (50 foizi ham kiradi), biroq 10 milliard so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab tadbirkorlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kalibrovka qilish va qadoqlash bo‘yicha loyihalari uchun revol’ver kreditlar olishlari mumkin bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/2028-yilgacha-qqs-va-foyda-soligi-stavkalari-oshirilmaydi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

28 Dec, 12:24


Ikki hududda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi.

O‘zgidromet xabar berishicha, bunga 30-31 dekabr va 1-3-yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sabab bo‘ladi.

Ushbu hududlar:
Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
Namangan viloyati: Pop tumani.

👉 https://ming.uz/posts/ikki-hududda-qor-kochish-xavfi-elon-qilindi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

28 Dec, 10:46


O‘zbekiston 1-yanvardan BRIKSning hamkoriga aylanadi

O‘zbekiston 2025-yil 1-yanvardan BRIKSning hamkor davlati maqomini oladi. Bu haqda mamlakat TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Oktabr oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi “BRIKS Plyus” sammitida yangi toifa — hamkor davlatlarni tashkil etish orqali tashkilotni kengaytirish imkoniyati ishlab chiqilganini aytgan edi.

Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon Aloyev bilan suhbatda O‘zbekiston BRIKSdagi faoliyatini “qadamma-qadam” chuqurlashtirishga intilayotganini ta’kidlagandi.

“BRIKSning jahondagi nufuzi o‘sishda davom etmoqda. BRIKS bilan hamkorlik qiluvchi va a’zo bo‘lishni xohlovchi davlatlar soni ortib bormoqda. Biz ham shu yo‘ldan boryapmiz va kelgusida, albatta, a’zo mamlakatlar bilan aloqalarimizni tubdan rivojlantiramiz”, – dedi u.

TIV rahbarining birinchi o‘rinbosari bunday hamkorlikda asosiy e’tibor savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik, shuningdek, transport, yashil energetika va raqamlashtirish sohalaridagi o‘zaro hamkorlikka qaratilishini ta’kidlagandi.

23-dekabr kuni RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov 1-yanvardan bir qator davlatlar ushbu maqomga ega bo‘lishini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston, Belarus, Boliviya, Indoneziya, Qozog‘iston, Kuba, Malayziya, Tailand va Uganda birlashmaga hamkor davlat bo‘lishga tayyorligini tasdiqlagan.

Bu davlatlar vakillari BRIKS sammitlari va tashqi ishlar vazirlari sammitlari doirasidagi alohida yig‘ilishlarga taklif qilinadi. “Biz hamkorlarni xavfsizlik masalalari bo‘yicha mas’ul yuqori vakillar yig‘ilishlari, parlament forumi va boshqa tadbirlarga jalb etishni to‘g‘ri deb hisoblaymiz”, – degan Kreml vakili.

BRIKS (inglizcha BRICS — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va JAR davlatlarning bosh harflari) 2006-yil iyun oyida tashkil etilgan.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekiston-1-yanvardan-briksning-hamkoriga-aylanadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

28 Dec, 09:07


Yangi yil yana qorsiz kutib olinadi

O‘zbekiston aholisi bu yil ham yangi yilni yog‘ingarchiliksiz (qorsiz) ob-havo bilan kutib oladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Sinoptiklarga ko‘ra, 30-dekabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda va 31-dekabrga o‘tar kechasi Toshkent viloyatining ayrim joylarida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Lekin tekislik hududlarda yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida bo‘ladi.

Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda, shuningdek, respublika shimolida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik qor ko‘rinishida bo‘lishi kutilmoqda.

Respublika hududining katta qismida 31-dekabrda kunduz kuni va 1-yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

30−31-dekabr va 1-yanvarda havo harorati asosan kechalari 0…+5 daraja, kunduz kunlari +5…+10 daraja atrofida, ba’zi joylarda +12 darajagacha bo‘ladi. Shimolda kechalari −3…−8 daraja, kunduz kunlari 0…+5 daraja bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/yangi-yil-yana-qorsiz-kutib-olinadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

28 Dec, 07:27


Toshkent — Chorvoq mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

28-dekabrdan 5-yanvarga qadar Toshkentdan Bo‘stonliq tumanidagi “Chorvoq” erkin turistik zonasiga mavsumiy avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi Transport vazirligi.

Tashkilot matbuot xizmatiga ko‘ra, bu Yangi yil bayrami munosabati bilan Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Qatnovlar UzAutoTrans Service korxonasi tomonidan Yutong avtobuslarida tashkil etiladi. Transportlar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 9:00 va 16:00 da jo‘naydi, Chorvoqdan (Humson) esa 12:00 va 18:00 da harakatlanadi.

Yo‘lkira narxi — 20 000 so‘m.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-chorvoq-mavsumiy-avtobus-qatnovi-yolga-qoyildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

28 Dec, 05:44


Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi boshlandi

27-dekabr kuni Sadir Japarov Jalolobod viloyatiga amaliy tashrifi chog‘ida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishiga start berdi, deya ma’lum qildi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.

Davlat rahbari marosimda bu temiryo‘l nafaqat transport yo‘lagi, balki Sharq va G‘arb davlatlarini bog‘lovchi muhim strategik ko‘prik ekanini yana bir bor ta’kidladi.

“Ushbu yo‘nalish Xitoydan Qirg‘izistonga, shuningdek, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlariga, jumladan, Turkiyaga va undan keyin Yevropa Ittifoqiga yuklarni yetkazib berishni ta’minlaydi. Loyiha mintaqalararo aloqalarni mustahkamlaydi, transport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilishga va mintaqaning xalqaro transport-tranzit hab sifatidagi raqobatbardoshligini oshirishga yordam beradi, bu esa Markaziy Osiyo mamlakatlari maqsadlariga mos keladi”, – dedi Sadir Japarov.

Shundan so‘ng Xitoy Taraqqiyot va islohotlar davlat qo‘mitasi raisi Chjen Shansze XXR raisi Si Szinpinning murojaatini o‘qib eshittirdi.

Uning ta’kidlashicha, ushbu loyiha Osiyo va Yevropani bog‘laydigan yangi quruqlik yo‘lagini qurish imkonini beradi va uch mamlakat o‘rtasida odamlarning harakatlanishi va tovar ayirboshlash darajasini sezilarli oshiradi. Loyiha sanoatni samarali rivojlantirish, resurslarni o‘zlashtirish, shuningdek, savdo va investitsiyalarni jalb qilish imkonini beradi.

Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xodjayev o‘qib eshittirgan murojaatida “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishiga asos solinishi do‘st mamlakatlar qariyb 30 yil ilgari bosib o‘tgan tarixiy voqea ekani ta’kidlandi.

U Markaziy Osiyo mintaqasini Xitoy bilan eng qisqa quruqlik yo‘li orqali bog‘laydigan xalqaro ahamiyatga ega yangi transport arteriyasi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va uch davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishini bildirdi.

Tadbir yakunida Sadir Japarov temiryo‘l qurilishiga ramziy tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

👉 https://ming.uz/posts/xitoy-qirgiziston-ozbekiston-temiryoli-qurilishi-boshlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

25 Dec, 12:38


2025-yil 100 dan ziyod maktab, 162 ta bog‘cha quriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyevga maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 2025 yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar bo‘yicha axborot berildi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rejalariga ko‘ra, kelgusi o‘quv yilida 100 dan ziyod maktab tashkil etilib, 257 ming o‘quvchi o‘rni ochiladi. Davlat ta’lim dasturi xalqaro standartlar talablariga muvofiqlashtiriladi.

Ikkinchi xorijiy til o‘qitiladigan maktablar 420 taga, kasb-hunar o‘rgatiladiganlari 400 taga yetkaziladi.

Qayd qilinishicha, bu yil 1 ming 500 ta umumta’lim maktabida yangi baholash tizimi joriy etildi. Natijalar tahlilidan kelib chiqib, bu tajriba yana kengaytiriladi.

O‘qituvchilarga malaka toifasini berishda ham raqamlashtirilgan tizimga o‘tilgan. Endi toifasini oshirgan pedagoglar rag‘batlantiriladi, ularga to‘plagan balliga qarab 70 foizgacha ustama beriladi.

Davlat rahbari malaka sinovlari tartibini takomillashtirish, sog‘lom raqobat muhitini yaratib, barcha pedagoglarga teng imkoniyat berish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda keyingi yildan hududlardagi malaka oshirish markazlarida o‘quv jarayonlari o‘zgartiriladi. Bunda har bir o‘qituvchining ehtiyojidan kelib chiqib, tabaqalashgan malaka oshirish tizimi joriy qilinadi. Malaka sinovidan o‘ta olmaganlar alohida dastur asosida qo‘shimcha o‘qitiladi. Viloyatlardagi 5 ta Pedagogik mahorat markazi zamonaviy sharoitda ish boshlaydi. Barcha markazlar situatsion o‘quv texnikalari va virtual laboratoriya bilan jihozlanadi.

Ta’lim tashkilotlariga malakali rahbarlarni jalb etish va faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, qo‘shimcha manbalar hisobidan, maktab va bog‘chalar direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlarini moddiy rag‘batlantirish taklifi bildirildi.

Yuqori sinflarda harbiy vatanparvarlik darslari bir soatga ko‘paytirildi. Ushbu yo‘nalish o‘qituvchilari nufuzini oshirish uchun ularga harbiy unvon berish tartibi belgilandi. Kelgusi o‘quv yiligacha bu fan bo‘yicha yangi darsliklar ishlab chiqiladi, kasbiy salohiyati yuqori o‘qituvchilar ishga jalb etiladi. Mudofaa vazirligi bilan birga 208 ta ta’lim maskanida «Jasorat maktabi» tashkil etiladi. Bu maktablarga tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar ham qamrab olinadi.

2025-yildan boshlab, maktabgacha ta’lim tashkilotining direktori o‘rinbosari lavozimi joriy etiladi. “Metodik mahorat soati”, “Metodik mahorat kuni” kabi malaka oshirish shakllari tashkil qilinadi.

Keyingi yil 162 ta maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi, 100 ta xususiy va mingta oilaviy bog‘cha ochiladi. Bular orqali maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkaziladi. Maktabga tayyorlov guruhlari bilan boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlarining uzviyligi oshiriladi.

Prezident sohani barcha hududlarda rivojlantirib, umumiy ta’lim sifatini oshirish, bunda, ayniqsa, chekka tumanlarga alohida e’tibor qaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

👉 https://ming.uz/posts/2025-yil-100-dan-ziyod-maktab-162-ta-bogcha-quriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

25 Dec, 10:55


Surxondaryoda 750 ming quti kontrabanda sigaret yo‘q qilindi

Seshanba kuni Termiz tumanida kontrabanda sigaretlarining rekord partiyasi — 10,2 milliard so‘mlik salkam 750 ming quti yo‘q qilindi. Aksiya viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etildi, deb xabar qildi Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Chegara orqali O‘zbekiston hududiga olib o‘tishga urinilgan paytda yaroqlilik muddati o‘tib ketgan sigaretlar bojxona boshqarmasi kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Sherobod tumani sudining hukmi bilan jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan fuqaro 5,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Sud ashyoviy dalil — sigaretlarni yo‘q qilishga qaror qildi.

Korxonalardan birining hududida o‘tkazilgan tadbirda sigaretlar maxsus maydalagichda parchalandi.

Surxondaryo bojxona boshqarmasi tomonidan 2023−2024-yillarda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 55,5 milliard so‘mlik 3,2 million quti sigaretni noqonuniy olib o‘tish bo‘yicha 117 ta holat aniqlangan.

👉 https://ming.uz/posts/surxondaryoda-750-ming-quti-kontrabanda-sigaret-yoq-qilindi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

25 Dec, 09:04


Qashqadaryoda rahbar ko‘mir uchun berilgan yarim milliardni o‘zlashtirgan

Qashqadaryo viloyatida ko‘mir ta’minoti uchun ajratilgan mablag‘larni talon-toroj qilgan MCHJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Muborak tumani bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruvda o‘tkazilgan.

Unda “B.F.” MCHJ rahbari A.E. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, davlat xususiy sherikchilik bitimiga asosan kuz-qish mavsumida aholini ko‘mir bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ajratilgan mablag‘larning 514,8 mln so‘mini boshqa maqsadlarga sarflab talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/qashqadaryoda-rahbar-komir-uchun-berilgan-yarim-milliardni-ozlashtirgan

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

25 Dec, 07:23


O‘zbekiston Kuvaytga go‘sht va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beradi

Kuvaytda bo‘lib o‘tgan Kuwait International Agro Food Exhibition ko‘rgazmasida O‘zbekiston kompaniyalari o‘z mahsulotlari bilan faol ishtirok etdilar.

Jumladan, ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston elchixonasi pavilionida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari namoyish etildi.

Kuvayt xalqaro ko‘rgazmasi agrosanoat va oziq-ovqat sohalarini o‘zida qamrab olgan bo‘lib, oziq-ovqat sanoati, sut mahsulotlari, meva, dengiz mahsulotlari, qadoqlash texnologiyalari va boshqa sohalardagi mahsulotlar va texnologiyalarning keng ko‘lamdagi namoyishini ta’minladi.

Ko‘rgazma doirasida, shuningdek, O‘zbekiston va Kuvayt kompaniyalari vakillari o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, ularda O‘zbekistondan Kuvaytga ho‘l va quruq mevalar, sabzavotlar, asal va go‘sht mahsulotlarini eksport qilish, mahsulotlarni yetkazib berishning transport-logistika yo‘llari muhokama qilindi.

Ikki mamlakat tadbirkorlari tomonidan Kuvaytga go‘sht va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha savdo shartnomalari imzolandi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekiston-kuvaytga-gosht-va-qishloq-xojaligi-mahsulotlarini-yetkazib-beradi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

25 Dec, 05:48


Qurilish obyektida ishlayotganlar shu manzilda vaqtincha ro‘yxatga olinadi

Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani doimiy nazorat qilib borilishini ta’minlaydi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra, hukumatning ayrim qarorlariga qurilish obektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish obektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani, texnika xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qat’iy rioya etilayotgani doimiy nazorat qilib borilishini ta’minlaydi.

👉 https://ming.uz/posts/qurilish-obyektida-ishlayotganlar-shu-manzilda-vaqtincha-royxatga-olinadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

24 Dec, 12:34


Bo‘stonliqdagi tog‘da adashib qolgan 5 kishiga yordam ko‘rsatildi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi tog‘da adashib qolgan 5 kishi qutqarildi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23-dekabr kuni soat 12:24 da FVB Bo‘stonliq tumani Ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasiga “Suron ota” tog‘iga besh kishi sayr qilish maqsadida borib, yo‘ldan adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari aytilgan manzilga yetib borgan va olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida fuqarolar sog‘-salomat xavfsiz hududga olib tushilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

👉 https://ming.uz/posts/bostonliqdagi-togda-adashib-qolgan-5-kishiga-yordam-korsatildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

24 Dec, 10:50


Xorazmda yangi quyosh elektr stansiyasi ishga tushiriladi

Jahon banki O‘zbekiston uchun bank kafolati ko‘rinishida 3,5 million dollar miqdoridagi moliyalashtirishni ma’qulladi, deb xabar berdi Jahon banki matbuot xizmati.

Ushbu kafolat “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” davlat kompaniyasining 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh elektr stansiyasida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlaydi. Xorazm viloyatidagi mazkur obyektni qurish va ekspluatatsiya qilish Fransiyaning Voltalia kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Quyosh elektr stansiyasini ishga tushirish 2025-yilning noyabriga mo‘ljallangan. U 177 gektar maydonda joylashgan bo‘lib, yiliga 240 gigavatt-soatdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya ishlab chiqaradi.

Uning faoliyati yiliga 230 ming tonnadan ortiq karbonat angidrid chiqindilarini qisqartirish va 60 mingga yaqin xonadonni toza energiya bilan ta’minlash imkonini berishi kutilmoqda.

“Jahon banki guruhi „O‘zbekiston-2030“ strategiyasiga muvofiq O‘zbekistonning energiya bo‘yicha ehtiyojlarini qondirishda va 2030-yilga borib qayta tiklanadigan energiya manbalarini 25 GVtga yetkazishda qo‘llab-quvvatlaydi, bu esa ushbu o‘n yillikning oxiriga kelib mamlakatda iste’moldagi elektr energiyasi ulushining 40 foizini tashkil etadi”, – dedi Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova.

Quyosh elektr stansiyasi loyihasini Voltalia shu’ba korxonasi Sarimay Foreign Enterprise amalga oshiradi. Kompaniya ushbu obyektni rivojlantirish, moliyalashtirish, qurish va foydalanish uchun javobgar bo‘ladi. Ekspluatatsiyaga topshirilganidan so‘ng Sarimay Foreign Enterprise stansiyada ishlab chiqarilgan elektr energiyasini O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlariga sotadi. Bu ikki tomon o‘rtasidagi 25 yil muddatga elektr energiyasi sotib olish shartnomasida ko‘zda tutilgan.

Jahon banki tomonidan taqdim etilgan 3,5 million dollargacha bo‘lgan bank kafolati “O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari” tomonidan Sarimay Foreign Enterprise’daye elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha to‘lov majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Ushbu kafolat, shuningdek, Xorazm viloyatida loyihani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 80 million dollarlik qo‘shimcha kapital investitsiyalarni, jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan 54 million dollardan ortiq moliyalashtirishni jalb qilishga yordam berdi.

“2020-yildan buyon Jahon banki va Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) O‘zbekiston hukumatining 1000 MVt quyosh va 500 MVt shamol energiyasi quvvatlarini yaratish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Ushbu maqsadlarga erishish uchun biz bank kafolati, moliyaviy resurslar, maslahat xizmatlari va texnik yordam ko‘rsatdik, shuningdek, qayta tiklanadigan energetika sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni jalb qilishga ko‘maklashdik”, – dedi Jahon banki energetika bo‘yicha katta mutaxassisi va O‘zbekiston energetika sektorida bank kafolatlari bo‘yicha ishchi guruh rahbari Farxat Esen.

👉 https://ming.uz/posts/xorazmda-yangi-quyosh-elektr-stansiyasi-ishga-tushiriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

24 Dec, 09:01


Metro Yangi yil kechasida 2 soat ko‘proq ishlaydi

31-dekabr kuni Toshkent metrosi bekatlarining ish vaqti odatdagidan 2 soatga uzaytiriladi, deya xabar bermoqda metropoliten matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, metro ilk marotaba 31-dekabr soat tonggi 05:00 dan 1-yanvar soat tungi 02:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

Qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat jadvali yuzasidan hozirda rejaviy ishlar amalga oshirilmoqda. Bu bo‘yicha keyinroq qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

👉 https://ming.uz/posts/metro-yangi-yil-kechasida-2-soat-koproq-ishlaydi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

24 Dec, 07:18


1-yanvardan ayrim tadbirkorlarga kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi

2025-yil 1-yanvardan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘z bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlari 50 foizi qoplab beriladi.

Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun tijorat banklarining o‘z mablag‘lari hisobidan bozor foiz stavkalarida milliy valutada ajratiladigan, qiymati 20 milliard so‘mgacha bo‘lgan kreditlar bo‘yicha, foiz stavkasining Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshadigan, lekin uning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi.

Nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari uchun binolarni yangidan qurgan yoki o‘zining bino va inshootlarida umumiy o‘rta ta’lim faoliyatini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlik sub’yektlariga 5 yil muddatga ushbu ta’lim tashkilotlari faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.

2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslarga o‘z mablag‘lari hisobidan nodavlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

👉 https://ming.uz/posts/1-yanvardan-ayrim-tadbirkorlarga-kommunal-xarajatlarining-50-foizi-qoplab-beriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

24 Dec, 05:48


Samarqandda CITES tomonlar konferensiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

2025-yilning 24-noyabr-5-dekabr kunlari Samarqand shahrida Yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi fauna va flora turlarining xalqaro savdosi to‘g‘risidagi konvensiya (CITES) tomonlar konferensiyasining 20-yig‘ilishi (COP20) o‘tkaziladi, deya xabar bermoqda Ekologiya vazirligi.

Qayd etilishicha, bu haqdagi bitim ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va CITES bosh kotibi Ivonn Iguyero tomonidan Biologik xilma-xillik to‘g‘risidagi konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi doirasida imzolandi.

“Mazkur shartnomaning imzolanishi biologik xilma-xillikning yo‘qolishi va yovvoyi tabiatning noqonuniy savdosiga qarshi kurashda hamkorlik muhimligini ta’kidlaydi. Biz xalqaro hamjamiyatni 2025-yilda COP20 doirasida Samarqandda kutib olishdan mamnunmiz, u yerda sayyoramizning boy biologik merosini himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarimizni birlashtiramiz”, – dedi Aziz Abduhakimov.

O‘z navbatida, Ivonn Iguyero O‘zbekistonning mazkur tadbirni tarixiy Samarqand shahrida o‘tkazish taklifi uchun minnatdorlik bildirdi.

CITES konvensiyasi 1973-yil 3-martda imzolangan va 1975-yil 1-iyuldan kuchga kirgan. Konvensiyaning maqsadi yovvoyi hayvonlar va o‘simliklarning turlarini asrash va ularning noqonuniy savdosining oldini olishdan iborat. O‘zbekistondan ham ko‘plab turlar tashkilot ro‘yxatiga kiritilgan, mamlakat 1997-yildan buyon konvensiya ishtirokchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston CITES`ning 184 tomoni (183 ta davlat va Yevropa Ittifoqi) hamda yovvoyi tabiatni muhofaza qilish va savdo sohasida keng doiradagi manfaatdor tomonlarning yig‘ilishiga mezbonlik qiladigan Markaziy Osiyodagi birinchi davlatdir.

Tadbirda 4000 dan ortiq ishtirokchi va delegatlar ishtirok etishi kutilmoqda. Tadbir doirasida tomonlar yovvoyi tabiatning xalqaro savdosi barqarorligi, qonuniyligi va kuzatilishi, turlarni saqlash va barqaror resurslarni boshqarish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazishi kutilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/samarqandda-cites-tomonlar-konferensiyasining-yigilishi-bolib-otadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Dec, 12:18


24-dekabr kuni harorat biroz ko‘tariladi

O‘zgidromet 24-dekabr, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-5, kunduzi +6...+8 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...-7, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi -2...-7 daraja bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/24-dekabr-kuni-harorat-biroz-kotariladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Dec, 10:31


Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi

Past Darg‘om tumanida “Hududgaz” filiali operatori, Bulung‘urda tuman elektr tarmoqlari korxonasi montyori ushlangan.

Samarqand viloyatining ikki tumanida tabiiy gaz va elektr energiyasidan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Departamentning Samarqand tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hududgaz” Past Darg‘om filiali operatori J.P. fuqaro M.A.ning xonadonida tabiiy gaz ta’minotidan 3 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib, yangi gaz hisoblagich o‘rnatib berishi evaziga 4 mln so‘m olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Bulung‘ur tuman ETK elektromontyori Sh.E. va boshqalar tadbirkorning tikuvchilik sexida elektr ta’minotidan 14 mln so‘m qarzdorligini kamaytirib berishi evaziga 3,8 mln so‘mni olib, qarzdorlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomani nobud qilgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/samarqandda-tabiiy-gaz-va-elektrdan-qarzdorlikni-yoq-qilib-bermoqchi-bolgan-xodimlar-ushlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Dec, 08:57


Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 27-dekabrdan boshlanadi

27-dekabr kuni “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi bo‘yicha rasmiy ishlar boshlanadi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 20-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan III Xalq qurultoyida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha “o‘nlab yillar davomida tokchalarda chang bosib yotgan”.

“Bu loyihani boshlaganimizda unga ishonmaganlar, cho‘pchak deb hisoblaganlar ham bor edi. Lekin bugun barchangiz bu amalga oshirilayotgan loyihaning guvohi bo‘ldingiz. 27-dekabr kuni ushbu yo‘l qurilishi bo‘yicha rasmiy ishlar boshlanadi. U Sharq va G‘arbni bog‘lovchi strategik ko‘prik bo‘ladi”, – dedi prezident.

Sadir Japarov ta’kidlaganidek, “asr qurilishi” savdo, turizm va sanoat uchun yangi imkoniyatlar ochadi.

Juma kuni Qirg‘iziston prezidentining “Intimak-Ordo” ma’muriyati binosida ushbu mamlakat Vazirlar Mahkamasi va “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temiryo‘l kompaniyasi o‘rtasida loyihalashtirish, qurish, moliyalashtirish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha investitsiya bitimini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Investitsiya bitimini Qirg‘iziston transport va kommunikatsiyalar vaziri Absattar Sirgabayev va temiryo‘l kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Chjun Shenguy imzoladi. Tadbirda O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi Saidikram Niyazxodjayev ham ishtirok etdi.

“Kirgiz temir jolu” (KTJ) davlat korxonasi bosh direktori Azamat Sakiyevning ma’lum qilishicha, Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi 2024-yil oktabr oyida boshlanishi rejalashtirilgandi va u qariyb 6 yil davom etadi.

👉 https://ming.uz/posts/xitoy-qirgiziston-ozbekiston-temiryoli-qurilishi-27-dekabrdan-boshlanadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Dec, 07:10


Poytaxtdan viloyatlarga qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda

Yangi yil bayrami arafasida Toshkent shahridan respublikaning turli hududlariga qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yiladi, deya xabar bermoqda Transport vazirligi.

Qayd etilishicha, “Toshkent” avtovokzalidan kundalik 53 ta reysga qo‘shimcha ravishda har kuni shaharlararo yo‘nalishlarda 20 dan ortiq avtobus qatnovlari tashkil etiladi.

Xususan, 20-dekabrdan 31-dekabrga qadar Toshkent — Navoiy, Toshkent — Zomin, Toshkent — Jarqo‘rg‘on, Toshkent — Shahrisabz, Toshkent — Qarshi, Toshkent — Qorako‘l, Toshkent — Termiz, Toshkent — Denov, Toshkent — G‘uzor, Toshkent — Uzun yo‘nalishlarida kundalik belgilangan reyslardan tashqari yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqqan holda kun davomida qo‘shimcha avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi.

Qo‘shimcha avtobus reyslari hamda qatnov jadvallari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni Toshkent avtovokzali rasmiy kanali orqali olish mumkin.

Yo‘lovchilar chiptalarni Toshkent avtovokzali chiptaxonalaridan hamda ATTO, UzBus mobil ilovasi orqali onlayn tarzda sotib oladi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998 71 207- 87- 00.

👉 https://ming.uz/posts/poytaxtdan-viloyatlarga-qoshimcha-avtobus-qatnovlari-tashkil-etilmoqda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Dec, 05:47


Eksportda xususiy sektor ulushi 60 foizga yetkaziladi

Xitoyning "Lookwe jurnalida O‘zbekiston eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlamoqda" sarlavhali maqola e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Nashrda eksport ishlab chiqarishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va yalpi ichki mahsulot hajmini oshirish imkonini beruvchi iqtisodiy omil ekanligi urg‘ulangan. "Shu bois har bir davlat o‘z mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilishni ko‘paytirishga intilayotgan korxonalarni qo‘llab-quvvatlashga harakat qiladi. Ushbu maqolada biz O‘zbekistondagi eksportchilarni bevosita qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ko‘rib chiqamiz", – deb yozadi muallif.

Mamlakatda eksportni qo‘llab-quvvatlash "O‘zbekiston – 2030" strategiyasida belgilangan – eksportdagi xususiy sektor ulushini 60 foizga yetkazish maqsadiga qat’iy amal qilgan holda tizimli asosda amalga oshirilmoqda.

So‘nggi olti yilda O‘zbekistonning eksport geografiyasi 33 ta yangi davlatga kengayib, tashqi bozorlar sonini 115 taga yetkazdi. O‘zbekiston mahsulotlari ilk bor Peru, Panama, Meksika, Dominikan Respublikasi, Argentina, Albaniya, Serbiya, Finlandiya, Lyuksemburg va boshqa davlatlar bozorlariga chiqdi.

Lookwe nashri O‘zbekistonda keyingi yillarda eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimi doirasida tadbirkorlik sub’yektlarini eksport faoliyatiga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidlaydi.

"Misol uchun, o‘tgan yili 3 mingga yaqin mahalliy korxona eksport faoliyatiga qo‘shilgan bo‘lsa, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida 2 ming 450 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqib, umumiy qiymati 1 milliard dollarlik mahsulot eksport qildi", – deyilgan manbada.

Qayd etilishicha, kompleks ishning yana bir komponenti – bu qulay tartibga solish muhitini yaratishdir. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda eksport faoliyatini soddalashtirish va rag‘batlantirishga qaratilgan muhim me’yoriy-huquqiy o‘zgarishlar qabul qilindi. Yuqorida ta’kidlanganidek, ish tizimli asosda olib borilmoqda. Strategik maqsad va vazifalar belgilab olindi, normativ-huquqiy baza shakllantirildi.

Maqola quyidagi fikrlar bilan yakunlanadi: "Umuman olganda, O‘zbekistonda eksportni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar 2030 yilgacha Milliy strategiyada belgilangan hajmlarga erishishni ishonchli prognoz qilish imkonini bermoqda".

👉 https://ming.uz/posts/eksportda-xususiy-sektor-ulushi-60-foizga-yetkaziladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Dec, 12:50


22-dekabr kuni harorat ko‘tariladi

O‘zgidromet 22-dekabr, yakshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-7, kunduzi +1...+3 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -7...-12, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi 0...+5, ba’zi joylarda -2 darajagacha bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -5...-10, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -10...-15, kunduzi 0...-5 daraja bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/22-dekabr-kuni-harorat-kotariladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Dec, 11:38


O‘zbekiston yuk aviakompaniyasi Vengriyada aviakompaniya ochmoqchi

Vengriya OAV xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning My Freighter yuk tashuvchi aviakompaniyasi xalqaro kengayish bo‘yicha keng ko‘lamli rejalari, jumladan, Vengriyada yangi aviakompaniya tashkil etishi haqida ma’lum qilgan.

Vengriyaning Daily News Hungary va AIRportal.hu elektron nashrlari O‘zbekiston yuk aviakompaniyasining Vengriyada aviakompaniya tashkil etish rejasi haqidagi maqolani e’lon qildi.

Vengriya OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, O‘zbekistonning My Freighter yuk tashuvchi aviakompaniyasi xalqaro kengayish bo‘yicha o‘zining keng ko‘lamli rejalari, jumladan, Vengriyada yangi aviakompaniya tashkil etishi haqida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, ushbu qaror, shuningdek, yana bir bitta mamlakat bo‘yicha havo operatori sertifikati (AOC) olingani haqida Centrum Holding asoschisi va bosh direktori Abdulaziz Abdurahmonov Central Asia Air Cargo Summit 2024'da ma’lum qilgan.

"Vengriyaning AOC sertifikatini qo‘lga kiritish My Freighter'ning Yevropadagi mavqeyini mustahkamlash hamda Janubiy va Shimoliy Amerika, Yaqin va Uzoq Sharq bozorlariga chiqishga qaratilgan strategiyasida asosiy qadam bo‘ladi", – deb yozgan muallif.

Bundan tashqari, kompaniya O‘zbekistonning Navoiy shahrida yangi baza tashkil etish va Liyej (Belgiya) va Ostrava (Chexiya) shaharlariga muntazam yuk qatnovlarini amalga oshirish niyatida ekani ta’kidlangan.

Nashrlarda qayd etilishicha, My Freighter parki hozirda beshta Boeing 767-300ER yuk samolyotidan iborat. Biroq kompaniya 2025-yilga borib o‘z parkiga yana beshta samolyot qo‘shib, 2026-yilga kelib ularning umumiy sonini 20 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.

"My Freighter Hongkongdan Budapeshtga charter yuk reyslarini amalga oshiradi, oraliq to‘xtash joyi O‘zbekiston. Kompaniyaning Vengriyaga samolyotda yuk tashish bo‘yicha ruxsatnomaning olishi o‘zaro aloqalarni mustahkamlaydi va Yevropa bozorlariga xizmat ko‘rsatish qobiliyatini oshiradi", – deb yozgan Vengriya OAV.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekiston-yuk-aviakompaniyasi-vengriyada-aviakompaniya-ochmoqchi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Dec, 10:16


201 ta suyultirilgan gaz balloni talon-toroj qilindi

Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida suyultirilgan gaz ta’minotidagi qonunbuzilish holati aniqlandi.

“Hududgazta’minot” xabariga ko‘ra, 12-dekabr kuni tuman suyultirilgan gaz xizmati ta’minotchi-chilangari N.B. hamda maxsus avtotransport vositasi haydovchisi A.N. “Tog‘aytemir” MFY iste’molchilariga yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 100 dona maishiy gaz ballonlarni mazkur mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro B.X.ning xonadonida tashkil etilgan “bunker”ga tushirayotgani aniqlangan.

Xonadon ko‘zdan kechirilganda olib kelingan ballonlardan tashqari yana 101 ta bo‘sh maishiy gaz ballonlar borligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlar va FVBga taqdim etildi.

👉 https://ming.uz/posts/201-ta-suyultirilgan-gaz-balloni-talon-toroj-qilindi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Dec, 09:20


Nosozlik kuzatilayotgan elektron gaz hisoblash uskunalaridagi muammolar bartaraf etilmoqda

“Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati elektron gaz hisoblash uskunalari batareykalar yoki aloqadagi muammo sabab ishlamay qolayotganiga izoh berdi.

Jamiyat axborot xizmatiga ko‘ra, mutaxassislar tomonidan iste’molchilardagi aloqaga chiqmayotgan elektron gaz hisoblash uskunalari (EGHU) monitoringi yuritiladi.

Ushbu monitoring asosida kamchilik aniqlangan EGHUlar respublikadagi 2 mingga yaqin mahalla gazchilari tomonidan o‘rganilib, muammolar hal etilmoqda. Shu bilan birga, iste’molchilarning batareyka yoki aloqa SIM-kartasi bilan bog‘liq murojaatlari zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, iste’molchilarga o‘rnatilgan EGHUlar xotirasi doimiy ravishda ko‘rsatkichlarni hamda 3 oylik (90 kunlik) kunlik va soatlik gaz sarfi hajmlarini saqlab borish imkoniga ega.

Turli sabablarga ko‘ra EGHUdagi gaz sarfi hajmlari ma’lumotlari o‘z vaqtida iste’molchi shaxsiy hisob-raqamiga yuborish imkoni bo‘lmagan taqdirda, aniqlangan muammolar bartaraf etilganidan so‘ng EGHU xotirasida ma’lumotlar qaysi kunga tegishli bo‘lsa o‘sha kunga yo‘naltiriladi va mazkur davr bo‘yicha hisob-kitob amalga oshiriladi.

“Hududgazta’minot” AJ iste’molchilarga vaqti-vaqti bilan elektron gaz hisoblash uskunalari va shaxsiy kabinetdagi ko‘rsatkichlarni o‘zaro solishtirishni tavsiya qildi. Ko‘rsatkichlar haqida “Hudud Gaz Taʼminot” mobil ilovasi orqali yoki shaxsiy kabinet orqali ma’lumot olish mumkin.

Agar EGHU va shaxsiy kabinetdagi ko‘rsatkichlar farq qilsa yoki hisob-raqamdagi mablag‘lar o‘zgarishsiz qolgan bo‘lsa, darhol 1104 qisqa raqamiga yoki mahalla gazchisiga murojaat qilish so‘ralgan.

👉 https://ming.uz/posts/nosozlik-kuzatilayotgan-elektron-gaz-hisoblash-uskunalaridagi-muammolar-bartaraf-etilmoqda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Dec, 05:44


Farg‘onadagi portlashdan so‘ng viloyatdagi barcha zapravkalar o‘rganib chiqiladigan bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha turdagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarining belgilangan norma va me’yorlarga muvofiqligi holati o‘rganib chiqiladi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli farmoyishi qabul qilindi, deya xabar bermoqda hokimlik.

17-dekabr kuni Farg‘ona shahri markazidagi Petrolium avtomobillarga propan va benzin quyish shoxobchasida portlash sodir bo‘lgandi. Holat 5 metr kub sig‘imli konteynerga gaz quyish jarayonida yoriq kelib chiqqani, oqibatda gaz moddasi tashqariga sizib chiqqani ortidan ro‘y bergan.

Hokimlikning qayd etishicha, shunday baxtsiz va noxush hodisalarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruhi tuzildi. Unga “O‘zdavneftgazinspeksiya” hududiy bo‘limi, viloyat FVB, “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filali kabi mas’ul tashkilotlar xodimlari biriktiriladi.

Mazkur ishchi guruhi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyalari (AGTKS), avtomobillarga gaz quyish stansiyalari (AGKS) va avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari (AYQSH)ning sanoat, yong‘in, ekologik xavfsizligi talablariga muvofiqligi, yoqilg‘i saqlash rezervuar (sig‘im)larning holati va qonunchilikdagi boshqa me’yorlarni o‘rganadi.

O‘rganishlar chog‘ida ularning moliyaviy ishlariga aralashilmaydi hamda shoxobchalar odatdagi ish tartibi bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.

Viloyat hududida faoliyat yuritayotgan, tashkiliy huquqiy shaklidan qat’iy nazar barcha avtomobillarga yoqilg‘i quyish, siqilgan va suyultirilgan gaz to‘ldirish shoxobchalarida ishlovchi ishchi-xodimlarni FVB qoshidagi o‘quv markazida dastur asosida shartli ravishda o‘qitilishi ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, IIB xabariga ko‘ra, hodisa oqibatida vafot etganlar soni 4 kishiga yetgan. FVBga ko‘ra, to‘rt kishi jarohatlangan va yana sakkiz kishi tibbiy nazorat ostiga olingan.

Holat bo‘yicha jinoiy ish ochilib, 5 kishi protsessual tartibda qamoqqa olingan, 2 nafar shaxsni ushlash choralari ko‘rilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/fargonadagi-portlashdan-song-viloyatdagi-barcha-zapravkalar-organib-chiqiladigan-boldi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Dec, 12:44


Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi

Buxoro viloyatidagi «Olot» chegara-bojxona postiga tutash mazkur «Farob avtoyo‘llari» postida endi bir vaqtning o‘zida 16 ta yuk avtotransport vositasi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilishi mumkin.

Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan va qayta rekonstruksiya qilingan «Farob avtoyo‘llari» chegara-bojxona postini foydalanishga topshirdi. Bu haqda qo‘shni davlat bojxona xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkmaniston bojxona organlarini 2022-2028 yillarda rivojlantirish dasturi doirasida mamlakat hududidan o‘tuvchi tranzit yo‘laklarini rivojlantirish maqsadida Davlat bojxona xizmati tomonidan fuqarolik chegara bojxona postlarini takomillashtirish va ularning faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

«Bir qancha xalqaro tranzit yo‘nalishlari bo‘yida joylashgan «Farob avtoyo‘llari» bojxona posti orqali tranzit yuk tashish hajmi oshgani hisobga olinib, uni rekonstruksiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar bajarildi», – deyiladi xabarda.

Buxoro viloyatidagi «Olot» chegara bojxona postiga tutash mazkur post 10 gektargacha (oldin 5,2 gektar edi) kengaygan, endi bir vaqtning o‘zida 16 ta yuk avtotransport vositasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish mumkin. Natijada kuniga 1000 tagacha yuk avtotransport vositasi harakatlanishiga imkoniyat yuzaga keldi.

👉 https://ming.uz/posts/turkmaniston-ozbekiston-bilan-chegarada-joylashgan-bojxona-postini-foydalanishga-topshirdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Dec, 11:11


Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxatidan joy oldi

Rubob yasash va chalish san’ati YUNESKOning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ ro‘yxatiga kiritildi. Qaror 4-dekabr kuni Paragvay poytaxti Asunson shahrida YUNESKOning Nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish bo‘yicha hukumatlararo qo‘mitasining 19-sessiyasida ma’qullandi.

«Dunyo» xabariga ko‘ra, O‘zbekiston Tojikiston, Afg‘oniston va Eron bilan birgalikda nomzodlik tashabbusi bilan chiqqan.

Qo‘mita qarorida rubob Markaziy, Janubiy va Janubi-g‘arbiy Osiyodagi eng qadimgi musiqa asboblaridan biri ekanligi ta’kidlangan.

Bu san’at madaniy va ijtimoiy birdamlikni, madaniy almashinuv va hamjihatlikni rivojlantirishga, shuningdek, ta’lim, gender tenglik va barqaror taraqqiyotga hissa qo‘shishi alohida qayd etilgan.

Rubob yasash va chalish san’ati O‘zbekiston tashabbusi bilan YUNESKOning Reprezentativ ro‘yxatiga kiritilgan insoniyatning nomoddiy madaniy merosi 16-elementi bo‘ldi.

👉 https://ming.uz/posts/rubob-yasash-va-chalish-sanati-yuneskoning-nomoddiy-madaniy-merosi-royxatidan-joy-oldi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Dec, 09:28


O‘rta Chirchiqdagi korxonada gaz portlashi sabab 1 kishi hayotdan ko‘z yumdi

Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida gaz portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.

Voqea 5-dekabr kuni soat 07:46 da tumanning «Kim Pen Xva» MFY Qutb Yulduzi ko‘chasida joylashgan ishlab chiqarish korxonasi ma’muriy-xo‘jalik binosida sodir bo‘lgan. Portlash joyida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Hodisa oqibatida 1 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

«Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev yetib bordi va uning rahbarligida vaziyat oqibatlari bartaraf etilmoqda. Shuningdek, hodisa joyiga viloyat FVB rahbariyati, tuman hokimiyati, prokuratura, IIB, SSB, „Hududgazta’minoti“ rahbar xodimlari yetib borgan. Ayni vaqtda FVVning yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyida amaliy harakatlarni olib bormoqda», – deyiladi xabarda.

Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari boshlangan.

👉 https://ming.uz/posts/orta-chirchiqdagi-korxonada-gaz-portlashi-sabab-1-kishi-hayotdan-koz-yumdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Dec, 07:47


Endi ehtiyojmand aholi vakillari va nogironligi bor shaxslar spektakllarga bepul kiritiladi

«Teatrlarning jamiyat madaniy hayotidagi ahamiyatini oshirish va ular faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.

Qarorga ko‘ra, dramaturglar uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi mukofot hamda yosh rejissyorlar uchun Bahodir Yo‘ldoshev nomidagi mukofot ta’sis etiladi.

Bunda mukofotlar bo‘yicha tanlovlar har ikki yilda o‘tkazilib, ularning g‘oliblari MHTEKMning 50 barobari (57 750 000 so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Rejissyor — dramaturg — kompozitor — rassom tamoyili asosida ijodiy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan 2025-yildan har yili avgust oyida «Nigoh» ijodiy loyihasi amalga oshiriladi.

Milliy akademik musiqa san’atini rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida har 2-yilda milliy kompozitorlar tanlovi o‘tkazib boriladi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri huzurida Teatr rejissyorlari akademiyasi tashkil etiladi.

Jahon dramaturgiyasi namunalaridan tarjima qilingan asarlar bo‘yicha har yili «Eng yaxshi tarjima sahna asarlari» tanlovi joriy etiladi. 2025-yildan:
- har 2-yilda tarixiy va zamonaviy mavzular bo‘yicha «Eng yaxshi pesalar» tanlovi tashkil etiladi;
- O‘zbekiston teatr jamoalarining milliy reytingi tuziladi.

Qarorga ko‘ra, shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlarning teatrlarga doimiy tashriflarini nazarda tutuvchi «Teatr — ibratxonadir» dasturi amalga oshiriladi.

👉 https://ming.uz/posts/endi-ehtiyojmand-aholi-vakillari-va-nogironligi-bor-shaxslar-spektakllarga-bepul-kiritiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Dec, 05:53


Talabalar va texnikum, litsey o‘quvchilari 25-dekabrdan qishki ta’tilga chiqadi

O‘zbekistonda talaba va texnikum, litsey o‘quvchilari uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning tegishli buyrug‘i bilan oliy ta’lim tashkilotlari talabalari, texnikum, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar o‘quvchilari 2024-yilning 25-dekabridan boshlab qishki ta’tilga chiqadi. Shu bilan 7-yanvarga qadar (shu kuni ham) dam oladi.

Darslar 2025-yilning 8-yanvar sanasidan boshlanadi.

👉 https://ming.uz/posts/talabalar-va-texnikum-litsey-oquvchilari-25-dekabrdan-qishki-tatilga-chiqadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

05 Dec, 12:21


Qurilish maydonlarida atmosfera havosi talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi

Qonunchilik palatasi qo‘mitasida tegishli qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Ekologik vaziyatni yaxshilash, atmosfera havosi ifloslanishining oldini olish, qurilish tashkilotlarining mas’uliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi tomonidan dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Qayd qilinishicha, qonun loyihasi bilan qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun qurilish tashkilotlari mansabdor shaxslarining javobgarligini belgilash taklif etilmoqda.

Jumladan, ushbu harakatni sodir etganlik uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida (hozir 3,75 mln so‘m), huquqbuzarlik jazo qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida (18,75 mln so‘m) jarima belgilash taklif etilmoqda.

Xabarda qonun loyihasi Qonunchilik palatasida qachon ko‘rib chiqilishi haqida ma’lumot berilmagan.

👉 https://ming.uz/posts/qurilish-maydonlarida-atmosfera-havosi-talablarini-buzganlik-uchun-javobgarlik-belgilanadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

05 Dec, 10:59


Toshkent-Guangjou yo‘nalishida yangi havo qatnovi ochildi

O‘zbekistoning Centrum Air aviakompaniyasi Toshkent-Guangjou yo‘nalishi bo‘yicha ilk havo qatnovini amalga oshirdi.

Xitoyning Guangjou shahridagi "Bayyun" xalqaro aeroporti qo‘nish maydonida ekipaj a’zolari va yo‘lovchilari hudud aviatsiya sohasi mutasaddilari, aeroport ma’muriyati, Centrum Air aviakompaniyasi rahbariyati hamda OAV vakillari tomonidan tantanali tarzda kutib olindi.

Tadbir davomida Xitoy tomoni mamlakatlar o‘rtasidagi tobora o‘sib borayotgan hamkorlikni ijobiy baholab, hududlar o‘rtasida yangi to‘g‘ridan to‘g‘ri parvozlarning yo‘lga qo‘yilishi madaniy va iqtisodiy almashinuvlarni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

"Bayyun" xalqaro aeroporti direktorining o‘rinbosari Pan Jian O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Xitoy fuqarolariga vizasiz kirish huquqini taqdim etgani va mazkur aviaqatnovning yo‘lga qo‘yilgani mahalliy biznes doiralari vakillari va sayyohlarning O‘zbekistonga tashrifini yanada osonlashtirishda muhim omil bo‘lishini urg‘uladi.

Ushbu reys bilan Centrum Air aviakompaniyasi ko‘magida Xitoyning 20 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari va tur agentliklari vakillarining mamlakatga tashrifi amalga oshirildi. Uning doirasida O‘zbekistonning turizm salohiyati, sohada yaratilgan sharoitlar bilan bevosita tanishish va yangi mavsum uchun istiqbolli sayyohlik dasturlarini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

Aviaqatnovlar dekabr oyidan haftasiga 2 marotaba, yakshanba va chorshanba kunlari Guangjou shahridagi "Bayyun" xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-guangjou-yonalishida-yangi-havo-qatnovi-ochildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

05 Dec, 09:09


Mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlari o‘tkaziladi

Vazirlar Mahkamasi 30-noyabr kuni “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni qabul qildi.

Hujjat bilan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizom “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishda mahalla raisi, hokim yordamchisi, profilaktika inspektori, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim va soliq inspektori, shuningdek, boshqa davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini belgilaydi.

Ijtimoiy profilaktika tadbirlari quyidagi shaxslarga nisbatan amalga oshiriladi:

huquqbuzarlik sodir etish ehtimoli bo‘lgan shaxslar:
- band bo‘lmagan yoki doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan ishsiz shaxslar;
- spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki inson aql- irodasiga ta’sir etuvchi boshqa moddalarga qaram bo‘lib qolgan shaxslar;
- qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarga ruju qo‘ygan shaxslar;
- g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar;
- qarovsiz va nazoratsiz qolgan voyaga yetmaganlar;
- ishsiz yoshlar va maktab bitiruvchilari;
- davlat ko‘magiga muhtoj “og‘ir” toifadagi yoshlar;
- huquqbuzarlik sodir etishga moyilligi bo‘lgan yoshlar;
- ajrim yoqasiga kelib qolgan va nizoli oilalar;
- yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar;
- muntazam tazyiq va zo‘ravonlikka uchrab kelayotgan xotin-qizlar.

👉 https://ming.uz/posts/mahallalarda-ijtimoiy-profilaktika-tadbirlari-otkaziladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitteri

Ming.uz

05 Dec, 07:35


Kalyon Insaat qurilish kompaniyasi Turkiyadagi obyektlarida o‘zbekistonliklarga ish beradi

Vazirlar mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi va Turkiyaning yirik qurilish kompaniyalaridan biri Kalyon Insaat mehnat migratsiyasi sohasida hamkorlikni boshladi. Turkiyadagi qurilish loyihalarida 1410 nafar O‘zbekiston fuqarosini ishga joylashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 29-noyabr kuni tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Dastlabki 20 nafar O‘zbekiston fuqarosi 1-dekabr kuni Toshkentdan Istanbulga uchib ketdi. Yana 40 nafar fuqaro 3-dekabrda Samarqanddan ishga jo‘naydi. Dastlabki bosqichda korxonada 60 ishchi, 2025-yilning yanvaridan esa yana 1350 mutaxassis ish boshlaydi.

“Turkiyada ishga qabul qilinayotgan o‘zbekistonliklarning mehnat faoliyatini monitoring qilamiz va kelgusi yil yanvar oyida 1350 nafar mutaxassisni Turkiya bozorida ish bilan ta’minlaymiz”, – dedi kompaniya vakili Akin Kirchichek.

Shartnomaga ko‘ra, yo‘lkira, turar joy, uch mahal issiq ovqat, maxsus kiyim va himoya vositalari ish beruvchi tomonidan qoplanadi. Shuningdek, munosib ish haqi va mehnat huquqlari kafolatlanadi.

Xabarda qayd etilishicha, Kalyon Insaat 1974-yildan buyon Turkiyada qurilish, energetika va transport sohalarida muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Uning mashhur loyihalari orasida Istanbul aeroporti, Bosfor bo‘g‘ozi ostidagi Marmaray temiryo‘l tunneli va Karapinar quyosh elektr stansiyasi bor.

👉 https://ming.uz/posts/kalyon-insaat-qurilish-kompaniyasi-turkiyadagi-obyektlarida-ozbekistonliklarga-ish-beradi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

05 Dec, 05:50


Toshkentdagi maktablarda virusli gepatit tarqalmoqda

Poytaxtdagi ikkita maktabda virusli gepatit bilan kasallanish holatlari qayd etildi, deb xabar qildi Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahri bosh boshqarmasi.

Sanepidqo‘mning Mirobod tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan №214 va №65 maktablarda virusli gepatit kasalligi aniqlangani munosabati bilan epidemiologik tekshirish va sanitariya nazorati o‘tkazildi.

Tekshiruv davomida xodimlar quyidagilarni tekshirdi:
- o‘quvchilar va ishchi xodimlarning o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tganlik xulosalari;
- shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish tartibi;
- maktab binosi va sinfxonalarda joriy tozalik ishlarining olib borilishi, jihozlarning sozligi;
- isitish tizimlari yoqilib foydalanishga topshirilgani;
- hojatxonalarda gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, qo‘l yuvish moslamalari va oqova suv tizimining soz holatdaligi.

Tekshiruv natijasida maktablarning sanitariya holati talabga javob bermasligi ma’lum bo‘ldi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariyatiga nisbatan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Oktabr oxirida Sanepidqo‘m xodimlari gepatit aniqlangan Bektemir tumanidagi 345-maktabda, oktabr oyi boshida shu tumandagi 290-maktabda, shuningdek, Yashnobod tumanidagi 206- va 215-sonli maktablarda tekshiruv o‘tkazgandi. Sentabr oxirida bunday holatlar Yashnobod tumanidagi 149- va 198-maktablarda, undan oldin esa 227-maktabda qayd etilgan.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentdagi-maktablarda-virusli-gepatit-tarqalmoqda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Dec, 11:58


Buxoroning tarixiy qismida skuter va mopedlar harakati taqiqlandi

Tegishli hududlarga yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan ogohlantiruvchi yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Endilikda, bu kabi transport vositalarida harakatni taqiqlovchi yo‘l belgilari bor joyda harakatlanish ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Avtomobillarning mazkur hududda harakatlanishiga avtomobillarning qatnovi tarixiy merosga zarar yetkazishi, qolaversa, bu hududda harakatlanayotgan ko‘plab sayyohlar va mahalliy aholi vakillariga xavf tug‘dirishi mumkinligi sabab qilib ko‘rsatilgan.

Buxoro viloyati YHXB matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga qo‘shimcha qilishicha, shaharning tarixiy hududida, shuningdek, inson kuchi bilan harakatlanadigan aravalar ham taqiqlangan.

Ma’lumot uchun, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning yangilangan 138-moddasiga (piyodalar va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalarini buzish) ko‘ra, skuterlar va shaxsiy harakatlanish vositalarini (mopedlar va velosipedlar, ot-aravalarni boshqarayotgan va yo‘ldan foydalanuvchi boshqa shaxslar kabi) boshqarayotgan shaxslar tomonidan yo‘l harakatini tartibga soluvchi signallarga bo‘ysunmaslik, ustunlik yo‘l belgilari, taqiqlovchi yoki ko‘rsatma beruvchi yo‘l belgilari talablariga rioya qilmaslik bazaviy hisoblash miqdorining 1/3 qismi (hozirda 125 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shaxsiy harakatlanish vositalari va skuterlar, shuningdek, mopedlar va velosipedlar belgilangan tartibda nur qaytargichlar va chiroqlar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Ushbu talabni buzganlik uchun BHMning 0,5 baravari (187,5 ming so‘m) miqdorida jarima nazarda tutilgan.

Shaxsiy harakatlanish vositalari va skuter haydovchilari tomonidan odamlarni tashiganlik uchun ham xuddi shunday jarima qo‘llaniladi.

Skuter va shaxsiy harakatlanish vositasini (shuningdek moped, velosiped yoki arava haydovchi) boshqaruvchi shaxs tomonidan alkogolli ichimlik, giyohvand modda ta’sirida yoki boshqa turdagi mastlik holatida yo‘l harakati qoidalarini buzish BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Skuter yoki shaxsiy harakatlanish vositasini (moped va velosiped kabi) boshqarayotgan shaxs tomonidan mastlik holati bo‘yicha tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortish (136-modda bilan to‘ldirilgan) BHMning 3 baravari (1 mln 125 ming so‘m) miqdorida jarima solishga olib keladi.

👉 https://ming.uz/posts/buxoroning-tarixiy-qismida-skuter-va-mopedlar-harakati-taqiqlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Dec, 09:01


Energiya resurslarini behuda sarflashga qarshi reydlar olib borilyapti

O‘zbekistonda elektr energiyasini isrof qilayotgan tadbirkorlar jarimaga tortilmoqda.

Bosh prokuror o‘rinbosari Shohruh Aminov va prezident administratsiyasining mas’ul xodimi 30-noyabr kuni energiya resurslarini behuda sarflash va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Yig‘ilishda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari, tarkibiy tarmoq rahbarlari, Energetika, Adliya, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Soliq qo‘mitasi, O‘zenergoinspeksiya, “Hududiy elektr tarmoqlari” va “Hududgazta’minot” hamda ularning hududiy, tuman (shahar) bo‘linmalari qatnashdi.

Sohaga mas’ul bo‘lgan vazirlik va idoralar tomonidan energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlarini oldini olish bo‘yicha ishlar yetarlicha tashkil qilinmaganligi, joylarda iste’molchilar orasida resursni iqtisod qilish borasidagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari samarali o‘tkazilmayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Shu munosabat bilan quyidagi ko‘rsatmalar berildi:
- energoresurslarni behuda sarflashning huquqiy oqibatlari haqida tarqatma materiallarni ishlab chiqib, joylarda tarqatish;
- hududlarda energoresurslarini behuda sarflanishini oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, xususan yirik savdo markazlari, do‘konlar, kafe, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida tashqi reklama va illyuminatsiyalardan kunning yorug‘ vaqtlarida foydalanilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
- qo‘lbola usulda tayyorlangan isitish moslamalaridan foydalanish holatlarini oldini olish.

👉 https://ming.uz/posts/energiya-resurslarini-behuda-sarflashga-qarshi-reydlar-olib-borilyapti

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Dec, 07:16


O‘zbekistonda Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi vakolatxonasi o‘z ishini boshladi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkazilayotgan COP16 konferensiyasi doirasida Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining (IUCN) Toshkent shahrida vakolatxonasini tashkil etish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Hujjatni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va IUCN bosh direktori Gretel Agilar imzoladi.

Ittifoq ofisi 2024-yilning fevral oyida Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)da ochilgan bo‘lib, bugun imzolangan bitim IUCN`ning mamlakatdagi faoliyati uchun huquqiy asos hisoblanadi hamda davlat organlari bilan hamkorligini ta’minlaydi.

“Ekologik muammolar chegara bilmaydi, bu esa kuchlarni birlashtirish va transchegaraviy hamkorlik muhim ekanligini anglatadi. IUCN`ning Toshkentdagi vakolatxonasi nafaqat O‘zbekistonga, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasiga xizmat qilib, tabiatni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishidan mamnunmiz”, – dedi Aziz Abduhakimov.

Gretel Agilar IUCN`ning mintaqaning noyob biologik xilma-xilligi va qimmatli tabiiy resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlariga yanada salmoqli hissa qo‘shish imkoniyatini taqdim etgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi.

Ma’lumot uchun, respublika ittifoqqa 2021-yilda a’zo bo‘lgan. U eng qadimgi va nufuzli tabiatni muhofaza qilish tashkiloti bo‘lib, hukumat va fuqarolik jamiyati tashkilotlaridan iborat.

IUCN BMT Bosh assambleyasida kuzatuvchi maqomiga ega va butun dunyo bo‘ylab 1400 dan ortiq a’zo tashkilotlar va 15 000 dan ortiq ekspertlarning tajribasi, resurslari va imkoniyatlaridan foydalanadi.

Yaqin kelajakda IUCN, Global ekologik fond va BMT Taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda tashkil etilgan O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish va alohida qimmatli landshaftlarni tiklashni kompleks boshqarish loyihasini ishga tushirish orqali hamkorlikni kengaytirish rejalashtirilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonda-xalqaro-tabiatni-muhofaza-qilish-ittifoqi-vakolatxonasi-oz-ishini-boshladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

04 Dec, 05:43


Toshkent — Xo‘jakent yo‘nalishida yangi tezyurar elektropoyezd qo‘yildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” 3-dekabrdan Toshkent va Xo‘jakentni bog‘lash uchun yana bir tezyurar elektropoyezd qo‘yilishini ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, “tez, qulay hamda zamonaviy jihozlarga ega” elektropoyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
7201-sonli — Toshkent-06:18 — Xo‘jakent-07:42
7202-sonli — Xo‘jakent-08:02 — Toshkent-09:17
7203-sonli — Toshkent-12:53 — Xo‘jakent-14:03
7204-sonli — Xo‘jakent-14:33 — Toshkent-15:48
7205-sonli — Toshkent-18:10 — Xo‘jakent-19:20
7206-sonli — Xo‘jakent-19:45 — Toshkent-21:03

Toshkent bo‘linmasining yagona hudud chipta narxi 20 000 so‘m, bolalar uchun esa 11 500 so‘m etib belgilandi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-xojakent-yonalishida-yangi-tezyurar-elektropoyezd-qoyildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Dec, 12:50


YeTTB O‘zbekistonda ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini rivojlantiradi

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ravshan Usmonov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Kengashi direktori Liliana de Sa Kirxknopf bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekistonning YeTTB bilan moliyaviy va investitsiyaviy hamkorligini yanada kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

YeTTB Kengashi direktori Liliana de Sa Kirxknopf bank hozirgi kunda Yangi O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuqori baholashini va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekistonda "yashil" iqtisodiyot, energetika va transport sohalaridagi loyihalar YeTTB tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, shuningdek, ayollar va yoshlar tadbirkorligi dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

YeTTB shu kunga qadar O‘zbekiston bilan hamkorlikda jami 164 ta loyihani amalga oshirgan. Umumiy loyihalar portfelining 52 foizi xususiy sektor hissasiga to‘g‘ri keladi.

👉 https://ming.uz/posts/yettb-ozbekistonda-ayollar-va-yoshlar-tadbirkorligi-dasturlarini-rivojlantiradi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Dec, 11:09


2025-yil Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston Bosh konsulxonasi ko‘magida Buxoro viloyati turizm boshqarmasi va Rostov-Don shahri iqtisodiyot departamenti rahbariyati hamda yetakchi sayyohlik kompaniyalari vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvda Buxoroning turizm salohiyati taqdim etilib, unda sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi, tarmoqni rivojlantirish tendensiyalari, turpaketlar bo‘yicha yangi loyihalar, qulay sharoitlar va qulay sayohat yo‘nalishlari taqdim etildi. Har bir davlat, jumladan, Rossiya xalqlari manfaatlarini hisobga olgan holda mintaqada yaratilayotgan zamonaviy turizm infratuzilmasi haqida aytib o‘tildi.

Rossiya tomoni, o‘z navbatida, Rostov-Don shahrining turizm imkoniyatlari haqida so‘zlab berdi.

Sayyohlik kompaniyalari istiqbolli tashrif buyuruvchilarning istak va manfaatlarini inobatga olgan holda qo‘shma turpaketlarni ishlab chiqish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidlandi.

Shu bilan birga, ishtirokchilar O‘zbekiston tomonining 2025-yilda Rostov-Don shahrida Buxoro madaniyati kunlarini o‘tkazish bo‘yicha taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Uchrashuv yakunida Buxoro va Rostov-Don shaharlari o‘rtasidagi turizm yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan "yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi.

👉 https://ming.uz/posts/2025-yil-rossiya-shahrida-buxoro-madaniyati-kunlari-otkaziladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Dec, 09:23


Organ xodimlariga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish taqiqlandi

Shavkat Mirziyoyev 29-noyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.

Hujjatda aytilishicha, ayni vaqtda jamoat va davlat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha vazifalarning samarali amalga oshirilishi Qurolli Kuchlarda va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tayotgan shaxslar uchun belgilanadigan cheklovlarning qonun bilan tartibga solinishini taqozo etmoqda.

Mazkur qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida va huquqni muhofaza qiluvchi organlarda xizmatni o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar belgilashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran bir oy o‘tgach kuchga kiradi.

Ushbu qonun O‘zbekiston Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlar jangovar shayligini va xizmat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o‘rtasida tarbiyaviy ishlar natijadorligini ta’minlashga xizmat qiladi, deyiladi hujjatda.

Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga, o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga, qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlardan, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga doir taqiqlar belgilanmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/organ-xodimlariga-tadbirkorlik-bilan-shugullanish-taqiqlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Dec, 07:34


10 oyda 5,8 mlrd so‘mlik ish haqi va nafaqa talon-toroj qilingan

Ish haqi va nafaqa pullarining 5,8 mlrd so‘mi talon-toroj qilinganligi aniqlanib, 71 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Prokuratura tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida kredit mablag‘larining 2,5 trln so‘mi talon-toroj qilini aniqlanib, bank va mijoz korxonalar rahbarlariga nisbatan 906 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

2024-yilgi investitsiya dasturi asosida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan obyektlarda qurilish sifati va mablag‘lardan maqsadli foydalanishga alohida e’tibor qaratilib, 61,2 mlrd so‘mlik sifatsiz ishlar va 82,1 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish holatlari joyida bartaraf etilib, huquqbuzarliklarning oldi olingan.

Dastur ijrosi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida qonunni buzgan 466 nafar shaxs intizomiy, 1 ming 854 nafari ma’muriy javobgarlikka tortildi. Qo‘pol qonun buzilishi holatlari bo‘yicha 262 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, davlatga yetkazilgan 71 mlrd so‘m zarar undirildi.

Ko‘rilgan choralar natijasida respublikadagi mahallalarning 3646 tasida yoki 38,5 foizida jinoyat qayd etilmadi, 4596 tasi yoki 48,6 foizida jinoyatchilik barqaror saqlanib qolinishiga va kamayishiga erishilgan.

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovda qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash choralari doirasida surishtiruv va tergov organlarining 63 ming 47 nafar shaxsga nisbatan 50 888 ta jinoyat ishi o‘rganilib, sudlarga yuborilgan.

Bevosita prokuratura organlari tomonidan 12 ming 342 ta jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov o‘tkazilib, 11 350 nafar shaxsga nisbatan 7 ming 477 ta jinoyat ishi sudlarga yuborildi, jinoyat oqibatida yetkazilgan 2,6 trln so‘mlik zarar undirildi.

Bundan tashqari, o‘rganishda respublika bo‘yicha arxeologiya merosi obyektlarining 23 tasiga jiddiy shikast yetkazilganligi hamda 193 ta holatda arxeologiya merosi obyektlarining muhofaza hududi buzilib qurilish qilinganligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlari ekilganligi aniqlanib, qat’iy choralar ko‘rildi.

Masalan, Qashqadaryo viloyatidagi “Pandiron” masjidining ta’mirlash — tiklash ishlarida loyiha talablariga rioya etilmaganligi natijasida yodgorlikka 341 mln so‘m zarar yetkazilganligi hamda haqiqatda bajarilmagan 622 mln so‘mlik ishlar hisobotlarga qo‘shib yozilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/10-oyda-58-mlrd-somlik-ish-haqi-va-nafaqa-talon-toroj-qilingan

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

03 Dec, 05:48


Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha nizom tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasida 27-noyabr kuni “Yirik bozorlarda jamoat tartibini saqlash va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror imzolandi.

Hujjatda aytilishicha, ushbu nizom prezident farmoniga muvofiq respublikadagi yirik bozorlarda tashrif buyuradigan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jamoat tartibini saqlash maqsadida qabul qilingan.

Yirik bozor deganda 300 va undan ortiq turg‘un savdo shoxobchalari va savdo o‘rinlari mavjud bo‘lgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan belgilangan joylarda doimiy yoki vaqtincha asosda faoliyat ko‘rsatadigan mulkiy kompleks va unga tutash hududlar nazarda tutiladi.

Xavfsizlikni ta’minlash texnik vositalari esa obyektda jamoat tartibini saqlashni ta’minlash uchun foydalaniladigan qo‘riqlash, tashvish va yong‘in signalizatsiyalari, kirishni nazorat qilish va boshqarish, videokuzatuv, yoritish va xabardor qilish hamda boshqa tizimlar tarkibiga kiruvchi, konstruktiv jihatdan tugallangan, mustaqil funksiyalarni bajaradigan qurilmalardir.

Mazkur nizomda Milliy gvardiya, Ichki ishlar va Favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlari xizmatini hamda idoraviy qo‘riqlash va yong‘indan saqlash xizmatlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish tartibi ham belgilangan. Shuningdek, ushbu xizmatlar xodimlarining huquq va majburiyatlari ham to‘liq tushuntirib o‘tilgan.

Yirik bozorlarda videokuzatuv tizimidagi videokuzatuv kameralari obyektning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi joylarda o‘rnatiladi:

a) obyektning avtoturargohiga kirib-chiqish joylarida, avtoturargohning butun hududi va obyektning perimetri bo‘ylab, unga tutash hududning eng samarali burchagi (ko‘rinishini) hisobga olingan holda;
b) avtoturargohdan obyektga o‘tish yo‘laklarida;
v) obyekt hududiga fuqarolar va transport vositalari kirish va o‘tish joylarida;
g) obyektning fuqarolar kirishi mumkin bo‘lgan barcha binolariga, inshootlariga va xonalarga kirib-chiqish joylarida.

👉 https://ming.uz/posts/yirik-bozorlarda-jamoat-tartibini-saqlash-boyicha-nizom-tasdiqlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

02 Dec, 12:21


Dekabrda bayramlar munosabati necha kun dam olinadi?

Konstitutsiya kunida besh kunlik haftada ishlaydigan O‘zbekiston fuqarolari uch kun ketma-ket dam oladi. Bunga joriy yilning 8-dekabri yakshanba, dam olish kuniga to‘g‘ri kelgani sababdir. Dam olish kuni esa 9 dekabr, dushanba kuniga ko‘chiriladi. Bu Prezident farmonida nazarda tutilgan.

Yangi yil munosabati bilan 30 va 31-dekabr, dushanba va seshanba sanalari dam olish kunlari bo‘ladi. Faqat 30-dekabrdagi dam olish hisobiga besh kunlik ishlaydiganlar uchun 14-dekabr, shanba ish kuni bo‘ladi.

2025-yil 1-yanvar dam olish kuni hisoblanadi. Yangi yil bayramlari qancha davom etishi prezidentning dam olish kunlari haqidagi yangi qarori qabul qilinganidan keyin ma’lum bo‘ladi. Shuning uchun, hozircha uch kunlik uzluksiz dam olish haqida gapirish mumkin.

👉 https://ming.uz/posts/dekabrda-bayramlar-munosabati-necha-kun-dam-olinadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Nov, 12:50


Buxoro va Navoiyda saksovullarni sindirganlarga jarima belgilandi

Navoiy viloyatining Uchquduq hamda Buxoro viloyatining Olot tumanlarida nazorat reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Ekologiya vazirligi xabariga ko‘ra, reyd davomida fuqarolar R.E. va K.F. tomonidan “UAZ” rusumli avtomashinada Uchquduq tumani, “Shalxar” OFY cho‘l hududidan saksovul butalari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi.

Natijada tabiatga 10,5 mln so‘m zarar yetkazilgan. Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 18 mln 750 ming so‘m jarima belgilandi. Ular jami 29 million 250 ming so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.

Buxoro viloyatining Olot tumanidagi reyd davomida esa saksovulga shikast yetkazganlar aniqlanib, huquqbuzarlarga qariyb 14 million 625 ming so‘m jarima belgilangan.

Noqonuniy ov bilan qilib yurgan huquqbuzarlar javobgarlikka tortildi.

👉 https://ming.uz/posts/buxoro-va-navoiyda-saksovullarni-sindirganlarga-jarima-belgilandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Nov, 11:27


Toshkentda “Ijtimoiy taksi” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkentda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Ijtimoiy taksi” pilot loyihasi ishga tushganini e’lon qildi.

Ushbu loyiha aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar va tayanch harakatida muammolari bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy soha obektlari, ta’lim muassasalariga borib kelishiga qulayliklar yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.

Buyurtmani qabul qilgan haydovchiga mijozni manzilga olib borish davomida quyidagi maxsus vazifalarni amalga oshirish kerakligi haqida xabar beriladi, masalan:
- mashina topishga yordam bering manzil kartochkasida foydalanuvchiga mashinani topish, uning yoniga kelish va salonga o‘tirishga yordam beruvchi izoh ko‘rinadi;
- eshitishida muammolari bo‘lgan shaxslarga haydovchi chat orqali muloqot qilishni so‘rashi kerak bo‘ladi;
- “nogironlik aravachasidaman” bu funksiya tanlangan bo‘lsa, haydovchida “nogironlar aravachasida bo‘laman, mashinaga o‘tirishda yordam, bo‘sh yukxona kerak” izohi ko‘rinadi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentda-ijtimoiy-taksi-xizmati-yolga-qoyildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Nov, 09:45


Metro uchun yana 26 ta poyezd sotib olinadi

Transport vazirligi ma’lum qilishicha, metro liniyalarning umumiy uzunligi 38 kilometrdan 71 kilometrgacha oshdi.

2017-yildan 2019-yilgacha 36 ta poyezd ekspluatatsiya qilingan. 2024-yilga kelib ularning soni 65 taga yetkazildi.

2025-yil yakuniga qadar yana 26 ta zamonaviy tarkib xarid qilinishi rejalashtirilgan.

Bu poyezdlar qatnov oraliq vaqtlarini sezilarli darajada qisqartiradi va yo‘lovchilar uchun sharoitlarni yanada qulaylashtiradi.

👉 https://ming.uz/posts/metro-uchun-yana-26-ta-poyezd-sotib-olinadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Nov, 07:34


Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-noyabr kuni yoshlarni sportga keng jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili bo‘yicha davlat dasturi doirasida navqiron avlodga keng imkoniyatlar yaratilmoqda. 10 milliondan ziyod aholi ommaviy sport bilan shug‘ullanmoqda. Barcha hududlarda, ta’lim va mehnat jamoalarida turli musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Davlat dasturida jamoaviy sport turlarini yanada rivojlantirish va ommalashtirish vazifasi belgilangan. Shunga muvofiq, qator chora-tadbirlar ishlab chiqilgan.

Masalan, jamoaviy sport turlari bo‘yicha “Mahalla ligasi” va “Maktab ligasi” musobaqalarini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Davlat oliy ta’lim muassasalarida sport klublari tashkil qilish, ular o‘rtasida “Talabalar ligasi”, “Vazir kubogi” va “Rektor kubogi” kabi musobaqalar o‘tkazib borish ko‘zda tutilmoqda.

Jamoaviy sport turlari bo‘yicha milliy ligalar qo‘llab-quvvatlanadi. Mahalliy hokimliklar huzurida hududiy sport klublari tuziladi. ERP Sport elektron tizimida iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va seleksiya qilish joriy etiladi.

Yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Taklifga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilanadi. Jalb qilingan yoshlar soni hamda erishilgan natijalarga qarab, sport maktablari xodimlariga ustama beriladi. Shuningdek, infratuzilmadan kelib chiqib, muassasalar muayyan sport turlariga ixtisoslashtirib boriladi.

Tizim maktablarida ommaviy sport bo‘yicha trener-seleksioner lavozimini joriy etilib, ularga beshtagacha mahalla va ta’lim muassasalari biriktiriladi. Mahallalarda to‘garaklar tashkil etgan trenerlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi.

Prezident sport sohasi yoshlarga oid davlat siyosatining katta yo‘nalishi ekanini ta’kidlab, joylarda bu boradagi qulayliklarni kengaytirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk etib tarbiyalash bo‘yicha fikrlarini bildirdi.

👉 https://ming.uz/posts/har-payshanba-jismoniy-tarbiya-va-sport-kuni-sifatida-belgilanadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

23 Nov, 05:45


Yolg‘iz ona yoki otaga bolalari bog‘chaga borishi uchun moddiy yordam beriladi

14-noyabr kuni “Bolalarni ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni [PF-185-son] qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qildi.

Farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:
- mehribonlik uylari va bolalar uylariga kam ta’minlangan oilalarning farzandlarini vaqtinchalik qabul qilish tartibi bekor qilinadi;
- yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarga ta’lim olish, bandligini ta’minlash, davolanish hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilash uchun ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi;
- tutingan ota-onalarni tayyorlash kurslariga yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka olish istagini bildirgan nomzodlar ham qamrab olinadi;
- bosqichma-bosqich Andijon viloyati, Toshkent shahri hamda Samarqand viloyatida kichik hajmli bolalar uyi tashkil etiladi;
- “Mehr daftari” jamg‘armalari tugatiladi.

2025-yil 1-fevraldan boshlab farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

“Onalar maskani”da:
- onalar va ularning bolalari (4 yoshga to‘lmagan) 1 yilgacha bo‘lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta’minlanadi;
- ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik va kasbiy ko‘nikmalar shakllantiriladi;
- onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Farmon bilan 2025-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz ona (ota)ga bir nafar farzandi uchun bola (lar) 3 yoshga to‘lguniga qadar maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun BHMning 1 yarim baravarigacha (562 ming 500 so‘mgacha) miqdorda moddiy yordam beriladi (bunda moddiy yordam egizaklarning har biri uchun beriladi).

👉 https://ming.uz/posts/yolgiz-ona-yoki-otaga-bolalari-bogchaga-borishi-uchun-moddiy-yordam-beriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

22 Nov, 12:15


Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Faqat Surxondaryo viloyatida 23-noyabr kuni ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin. Sharqiy yo‘nalishdagi shamol birozdan o‘rtacha tezlikkacha esadi.

Harorat kechalari 0…+5 daraja iliq, shimolda ba’zi joylarda −1…−3 darada sovuq atrofida bo‘ladi. Kunduz kunlari quyosh nurlari havoni +10…+15 daraja iliqqacha isitadi.

Bunday harorat noyabr oyining ushbu kunlari uchun bo‘lgan iqlim me’yorlariga yaqindir, deydi sinoptiklar.

👉 https://ming.uz/posts/dam-olish-kunlari-yogingarchiliksiz-otadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

22 Nov, 10:40


Lotte City Hotel Tashkent mehmonxonasi ham xususiylashtirildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi Lotte City Hotel Tashkent Palace mehmonxonasi xususiylashtirilganini ma’lum qildi.

KPMG xalqaro konsalting kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi, shuningdek Deloitte kompaniyasi mustaqil baholash o‘tkazish uchun jalb qilindi.

Davaktiv ma’lumotlariga ko‘ra, mulkka 15 ta kompaniya qiziqish bildirgan, biroq ulardan faqat 3 tasi majburiy bo‘lgan takliflarni taqdim etgan.

Tenderda g‘olib bo‘lgan Alfa Invest sug‘urta kompaniyasi 20 million dollar taklif qilgan.

Investor mehmonxona tashqi ko‘rinishining arxitektura qiyofasini inobatga olgan holda kelgusida har qanday qurilish-ta’mirlash va rekonstruksiya ishlarini Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda amalga oshirish bo‘yicha qat’iy talabni qabul qilib oldi, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, narx Lotte`ning taxminiy qiymatidan yuqori.

👉 https://ming.uz/posts/lotte-city-hotel-tashkent-mehmonxonasi-ham-xususiylashtirildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

22 Nov, 08:34


Toshkentdagi International mehmonxonasi 26 mln dollarga sotildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi International (Inter Hotel) mehmonxonasi xususiylashtirilgani haqida xabar berdi.

Xususiylashtirish jarayonida Deloitte xalqaro konsalting kompaniyasi maslahatchi sifatida, Ernst & Young esa mustaqil baholash ishlarini amalga oshirish uchun jalb etildi.

Davaktiv ma’lumotlariga ko‘ra, obyektga oltita kompaniya qiziqish bildirgan, ammo ularning faqat uchtasi majburiy takliflarni taqdim etgan.

Savdolar g‘olibi 26 million dollar taklif qilgan Smart Fast Stroy kompaniyasi bo‘ldi. Xabarga ko‘ra, investor mehmonxonaning tegishli bank oldidagi 14,7 million yevro miqdoridagi kredit qarzdorligini ham o‘z zimmasiga oladi, shuningdek, 41 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirish majburiyatini olmoqda.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tasdiqlashicha, narx baholangan qiymatdan ancha yuqori bo‘lgan.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentdagi-international-mehmonxonasi-26-mln-dollarga-sotildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

22 Nov, 06:59


Sirdaryoda 5 mlrd so‘mlik gazni o‘g‘irlagan sex fosh etildi

Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida ko‘p miqdordagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati fosh etildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Tashkilotning hududiy bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Y.Z. MCHJ mas’ul shaxslari ushlangan. Aniqlanishicha, ular ishlab chiqarish sexida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagich priborlaridan tashqari yashirincha ulanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 5 mlrd 25 mln so‘m zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/sirdaryoda-5-mlrd-somlik-gazni-ogirlagan-sex-fosh-etildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

22 Nov, 05:45


Toshkentda qalbaki dollar sotayotganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va IBB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar M.A, I.A. va boshqalar «Yangi Sergeli» ko‘chasidagi savdo majmuasi avtoturargohida 100 AQSH dollarlik kupyuradagi jami 9 000 qalbaki AQSH dollarini fuqaro B.Z ga 5 000 AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlanib, qalbaki kupyuralar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentda-qalbaki-dollar-sotayotganlar-ushlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Nov, 12:50


Toshkent aeroportining uchib kelish zali rekonstruksiya qilinmoqda

Toshkent xalqaro aeroportida uchib kelish zalini rekonstruksiya qilish boshlandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.

Shu sababli zalning chap tomonidan yo‘lovchilarning chiqishi to‘xtatiladi. Endilikda uchib kelganlar binodan to‘g‘riga qarab chiqishadi. Qurilish vaqtida xavfsizlikni ta’minlash uchun vaqtinchalik usti yopiq yo‘lak quriladi. Kutib oluvchilar zali odatdagi rejimda ishlaydi.

Loyihaga ko‘ra, bino fasadini oldinga surish hisobiga uchib kelish zali maydoni 2500 kv.m ga oshadi. Hozirda mavjud zal maydoni 5300 kv.m hisoblanadi.

Ushbu bosqich yana ikkita bagaj lentalarini o‘rnatish va terminal ichida kutib oluvchilar uchun keng maydon yaratishni o‘z ichiga oladi.

Rekonstruksiya ishlarini 2025-yilning may oyida yakunlash rejalashtirilgan, shundan so‘ng qurilish ishlarining yakuniy bosqichi boshlanadi, unda uchib ketish va kelish zallarini birlashtirish nazarda tutilgan. Bu esa o‘z navbatida soatiga 2400 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvatiga ega yirik yagona aeroport majmuasini yaratish imkonini beradi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-aeroportining-uchib-kelish-zali-rekonstruksiya-qilinmoqda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Nov, 11:04


Buxoroda cho‘ldan saksovul sindirib olib ketayotganlarga 40 mln so‘m jarima solindi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabariga ko‘ra, Buxoro viloyatida o‘tkazilgan reyd davomida Romitan va Olot tumanlari cho‘l hududlaridan saksovul o‘simliklari sindirib olib ketilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismi (daraxtlarni, butalarni, boshqa o‘simliklarni va nihollarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish, yo‘q qilish yoki boshqa joyga ko‘chirib o‘tkazish) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Romitan tumani hududida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha 2 kishiga 18 mln 750 ming so‘m jarima belgilandi hamda tabiatga 6 mln 195 ming so‘m zarar yetkazilgan (jami 24 million 945 ming so‘m).

Olot tumanida esa fuqaro M.A.ga 9 mln 375 ming so‘m jarima qo‘llandi hamda tabiatga 5 mln 250 ming so‘m zarar yetkazilganligi aniqlandi (jami 14 million 625 ming so‘m).

👉 https://ming.uz/posts/buxoroda-choldan-saksovul-sindirib-olib-ketayotganlarga-40-mln-som-jarima-solindi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Nov, 09:16


2025-yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda ta’lim sifatini yanada oshirish, yoshlarni har tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalashga qaratilgan siyosat izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Kelgusi yillarda bog‘chalarda qamrovni 80 foizga, oliygohlarda esa kamida 50 foizga yetkazish hukumat uchun asosiy vazifa bo‘lib qoladi.

Xalqaro moliya institutlarining 61 million dollar mablag‘lari hisobidan 2025-yilda 252 ta yangi bog‘cha barpo etiladi. Shuningdek, 174 ta bog‘cha va 379 ta maktab ta’mirlanadi va yangitdan quriladi. Bu maqsadlar uchun budjetdan 4 trillion so‘m ajratiladi.

Tadbirkorlarga maktab qurish uchun 20 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi.

👉 https://ming.uz/posts/2025-yilda-252-ta-yangi-bogcha-barpo-etiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Nov, 07:07


O‘zbekistonda uch yilda 10 ta yirik quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi o‘tkazildi.

Oldin to‘liq davlat tasarrufida bo‘lgan sohalar, ya’ni, energetika, kimyo, aviatsiya, geologiya, metallurgiya, mashinasozlik, ta’lim va tibbiyotda xususiy sektorga va davlat-xususiy sheriklik munosabatlariga keng yo‘l ochilgani ularning rivojida kuchli omil bo‘lmoqda.

Ayniqsa, energetika sohasida tom ma’noda tarixiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasi hajmi 1,5 karra o‘sib, 83 milliard kilovatt-soatga yetgani ham buni yaqqol ko‘rsatib turibdi.

So‘nggi uch yilda umumiy quvvati 2,7 million kilovatt-soat bo‘lgan 10 ta yirik quyosh va shamol stansiyalari ishga tushirildi. Muqobil energiya ulushi o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonda-uch-yilda-10-ta-yirik-quyosh-va-shamol-stansiyalari-ishga-tushirildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

21 Nov, 05:50


Tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga katta mablag‘ yo‘naltiriladi

Tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 million dollar yo‘naltiriladi. Bu haqda prezident Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash, ta’lim va sportni rivojlantirish bo‘yicha katta dasturlarni samarali va to‘liq amalga oshirish hamisha hukumatning kun tartibida turishi kerak bo‘lgan asosiy vazifalardir.

“Eng avvalo, o‘rtacha umr ko‘rish darajasini 78 yoshga yetkazish uchun birlamchi tibbiy xizmatlarning aholi uchun qulayligi va sifatini oshirish zarur”, – dedi Mirziyoyev nutqi davomida.

Xususan, 2025-yilda birlamchi bo‘g‘inda 3 million 700 ming nafar ayolni skriningdan o‘tkazish, bu jarayonni raqamlashtirish orqali saraton kasalini erta aniqlash ko‘rsatkichini 85 foizga yetkazish mumkinligi ta’kidlandi.

Hukumat mahallalardagi 18 mingta tibbiyot brigadalarini o‘qitish, 884 ming nafar bemorni uy sharoitida reabilitatsiya bilan qamrab olish bo‘yicha yangi tizimni joriy etadi. Shu bilan birga, tug‘uruqxonalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 100 million dollar yo‘naltiriladi.

Davlat tibbiy sug‘urtasi va aholiga “kafolatlangan paket” asosida tibbiy yordam ko‘rsatish tizimi kelgusi uch yilda barcha shahar, tuman va qishloqlar qamrab olinishi zarurligi qayd etildi.

Shuningdek, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish kabi masalalar bo‘yicha hukumat alohida dasturlar ishlab chiqishi lozim.

👉 https://ming.uz/posts/tuguruqxonalarning-moddiy-texnika-bazasini-mustahkamlashga-katta-mablag-yonaltiriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

20 Nov, 11:45


Abdulla Aripov yana O‘zbekiston bosh vaziriga aylandi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Abdulla Nigmatovich Aripov O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev bu lavozimga Abdulla Aripov nomzodini taqdim etarkan, “uni katta tashkilotchilik salohiyatiga ega bo‘lgan, ijro hokimiyati tizimida boy bilim va tajriba orttirgan, mas’uliyatni doimo chuqur his etadigan rahbar” deya ta’riflagandi.

Deputatlar bosh vazir lavozimiga ko‘rsatilgan Abdulla Aripov nomzodini ko‘rib chiqdi. Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etdi.

Deputatlar va fraksiyalar rahbarlari so‘zga chiqib, nomzod va dastur yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi. Nomzod va hukumatning dasturi ko‘rib chiqilgach, bosh vazir lavozimiga nomzodni ma’qullash masalasi ovoz berishga qo‘yildi.

Yashirin ovoz berish yo‘li bilan deputatlar Abdulla Aripovni O‘zbekiston bosh vaziri lavozimiga ma’qulladi.

Abdulla Aripov (1961-yilda tug‘ilgan) 2016-yil dekabr oyida O‘zbekiston hukumatiga rahbar bo‘lgan edi. 10 yildan ortiq muddat — 2002-yil maydan 2012-yil avgustgacha bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Bunga parallel ravishda 2005−2009-yillarda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligini boshqargan.

2016-yilning sentabr oyida mamlakatga yangi prezident saylanganidan keyin Abdulla Aripov hukumatga bosh vazir o‘rinbosari va Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksi rahbari sifatida qaytdi.

2019−2020-yillardagi deputatlik saylovlaridan so‘ng Aripov yana bosh vazir etib tasdiqlangan.

👉 https://ming.uz/posts/abdulla-aripov-yana-ozbekiston-bosh-vaziriga-aylandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

20 Nov, 11:02


Jizzaxda Cobalt urib yuborgan 4 va 13 yoshli qizlar halok bo‘ldi

Jizzax viloyati Baxmal tumanida Cobalt haydovchisi ikki piyodani urib yubordi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 18-noyabr kuni soat 19:30 atrofida G‘allaorol-Baxmal-Supa-Zomin 4R-41 yo‘lida sodir bo‘lgan.

Kaltatoy qishlog‘ida yashovchi 33 yoshli A.O. Cobalt avtomashinasini boshqarib kelayotib yo‘lning belgilangan joyidan kesib o‘tayotgan piyodalar — 13 yoshli I.M. va 4 yoshli I.K.ni urib yuborgan hamda hodisa joyidan yashiringan.

Tarmoqlarda tarqalgan videoda qizlarning yonida yana bir bola bo‘lganini, u mashina yuqori tezlikda kelayotganini payqab, oldinga harakatlanganini ko‘rish mumkin.

YTH oqibatida O‘smat shaharchasida yashagan opa-singillar turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.

Holat yuzasidan shu kuni gumonlanuvchi O.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) 3-qismi “a” bandi va 117-modda (Xavf ostida qoldirish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Haydovchi ushlangan va vaqtincha saqlash hibsxonaga joylashtirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/jizzaxda-cobalt-urib-yuborgan-4-va-13-yoshli-qizlar-halok-boldi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

20 Nov, 09:10


Toshkentda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi

Toshkent shahri Chilonzor tumanida yengil mashina va avtobus o‘rtasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, hodisa 19-noyabr kuni soat 06:40 atrofida Bunyodkor-Qatortol 2 ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan.

Haydovchi Q.M. boshqaruvida bo‘lgan 171-conli yo‘lovchi avtobus 2-darajali yo‘li bo‘ylab harakatlanib borayotgan vaqtida Lacetti haydovchisi M.Sh. asosiy yo‘lda svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib kelayotgan avtobusga yo‘l bermasdan uning yo‘liga chiqib ketgan va to‘qnashgan.

YTH oqibatida yengil mashinadagi 66 yoshli yo‘lovchi D.M.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan. Kompaniyaning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, avtobusda 3 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ularga jarohat yetmagan.

Ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentda-lacetti-avtobus-bilan-toqnashdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

20 Nov, 08:02


Hukumat iste’foga chiqdi

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi 2024-yilning 19-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan amaldagi Hukumat yangi saylangan Oliy Majlis oldida vakolatlarini zimmasidan soqit qildi. Bu haqda bosh vazir matbuot kotibi xabar qildi.

2024-yilning 27-oktabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlariga muvofiq, Oliy Majlis palatalari yangi tarkibda shakllantirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasi va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi qonunning 7-moddasida Vazirlar Mahkamasi Oliy Majlis oldida o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi belgilangan.

O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoniga asosan, amaldagi Vazirlar Mahkamasi Hukumat faoliyatida uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash maqsadida yangi tarkibdagi Vazirlar Mahkamasi shakllantirilguniga qadar o‘z faoliyatini davom ettirib turishi ma’lum qilinadi.

Bu qonun chiqaruvchi organ yangilangandan keyin ijro etuvchi hokimiyatni qayta ishga tushirishga qaratilgan standart protseduradir.

Yangi parlament shakllanganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Prezidenti barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazgandan so‘ng bosh vazir nomzodini Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqishi uchun kiritadi.

Nomzod Vazirlar Mahkamasining yaqin va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakatlar dasturini taqdim etadi. Agar uning nomzodi uchun Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining yarmidan ko‘pi ovoz bersa, u ma’qullangan hisoblanadi.

Bosh vazir ma’qullaganidan so‘ng hukumatning yangi tarkibini shakllantirish boshlanadi.

Vazirlar Mahkamasi a’zolari (bosh vazir o‘rinbosarlari va vazirlar) nomzodlari parlament quyi palatasi tomonidan ma’qullanganidan keyin prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi. Buning uchun ular deputatlarning yarmidan ko‘p ovozini olishi kerak.

Saylovdan keyin hamma vazirlar ham almashtirilavermaydi. Ko‘pincha, ko‘plab vazirlar o‘z lavozimlarida qoladilar, ayniqsa ularning ishi ijobiy baholangan bo‘lsa va ular yangi hukumatning siyosiy yo‘nalishiga mos kelsa.

Shunga qaramay, ba’zi vazirlar parlament va hukumatning yangi tarkibi oldida turgan siyosiy ustuvorliklar va vazifalarga qarab almashtirilishi mumkin.

👉 https://ming.uz/posts/hukumat-istefoga-chiqdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

19 Nov, 12:24


2025-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi 45 mlrd dollardan oshishi kutilmoqda

O‘zbekiston davlat qarzi 2025-yil yakunida 45,1 milliard dollarga yetishi mumkin. Bu haqda «Fuqarolar uchun byudjet» nashrining keyingi yil uchun ishlab chiqilgan loyihasida keltirib o‘tilgan.

«Davlat tashqi qarzi 2024-yil yakunida 33,9 mlrd dollar (YaIMga nisbatan 30,3 foiz), 2025-yilda 39,4 mlrd dollar (YaIMga nisbatan 32,1 foiz) bo‘lishi kutilmoqda», deyiladi hisobotda.

Joriy yilda tashqi qarz olish chegarasi 5 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilda bu ko‘rsatkich 5,5 mlrd dollargacha oshiriladi. Ushbu mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlashga, 2,5 mlrd dollari esa investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Keyingi yilda O‘zbekiston nomidan 30 trln so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlari chiqarilishi ham ko‘zda tutilyapti.

👉 https://ming.uz/posts/2025-yilda-ozbekistonning-davlat-qarzi-45-mlrd-dollardan-oshishi-kutilmoqda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

19 Nov, 11:16


O‘zbekiston va Qozog‘iston ta’limda qo‘shma dasturlarni amalga oshirmoqchi

O‘zbekiston elchisi Baxtiyor Ibragimov Qozog‘iston ta’lim vaziri Gani Beysembayev bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Qozog‘iston ta’lim vazirining aytishicha, o‘zbekistonlik o‘quvchilarining xalqaro fan va sport olimpiadalarida yuqori o‘rinlarni egallayotgani tizimda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasidir.

Tomonlar Toshkent, Ostona va Olmaota shaharlaridagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar malakasini oshirishni tashkil etish, shuningdek, zamon talablari asosida uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqish orqali ikki mamlakat maktablarida o‘zbek va qozoq tillarini o‘qitish sifatini oshirish masalasini muhokama qildilar.

Uchrashuvda ikki davlat ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘rnatilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini jadallashtirish va kengaytirish, jumladan, qo‘shma tadbirlarni o‘tkazish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekiston-va-qozogiston-talimda-qoshma-dasturlarni-amalga-oshirmoqchi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

19 Nov, 09:35


O‘zbekiston va Slovakiya aviatsiya sohasida qo‘shma loyihani amalga oshiradi

Mamlakatning Slovakiyadagi elchixonasi tomonidan (qarorgohi Vena shahrida) ushbu davlatning Turchyanske-Teplitse shahrida O‘zbekistonning investitsiyaviy salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot tadbiri o‘tkazildi.

Anjuman Slovakiya Tashqi va Yevropa ishlari vazirligi hamda "Eksimbank" tomonidan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari biznes-forumi doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy Osiyo davlatlarining Slovakiyadagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari, mahalliy vazirlik va kompaniyalar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

O‘zbekiston-Slovakiya iqtisodiy munosabatlarini rivojlantirish maqsadida slovak kompaniyalariga kimyo, mashinasozlik, qurilish, infrastruktura va boshqa sohalarda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish taklifi bildirildi. Mamlakatning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va turizm imkoniyatlariga bag‘ishlangan videoroliklar ishtirokchilar e’tiboriga taqdim etildi.

Yakunda bank-moliya, avtomobil yo‘llari qurilishi, aviatsiya, poligrafiya va sog‘liqni saqlash sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekiston-va-slovakiya-aviatsiya-sohasida-qoshma-loyihani-amalga-oshiradi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

19 Nov, 07:19


Askiya dehqon bozori rekonstruksiya qilinadi

Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi Askiya dehqon bozori to‘liq rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda 18-noyabr kuni tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, yig‘ilishda tuman rahbari Nilufar Allabergenova xaridorlar bozorga kelib-ketishda qiyinchiliklarga duch kelayotgani, avtoturargoh kichkina ekani va majmua ochiq hududda joylashgani noqulayliklar tug‘dirayotganini aytgan.

Ayni paytda eskirib qolgan bozorni qayta qurish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bu borada bir necha sarmoyadorlar tomonidan takliflar bildirilgan. Shundan kelib chiqib, bozor hududini “E-auksion” orqali investorlarga taklif etish rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida tuman hokimi sotib olish taklifi bilan chiqqan investorga Toshkent shahar hokimligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi poytaxt hududiy boshqarmasi va Munisipial aktivlarni boshqarish markazi bilan kelishilgan holda:
- eng kamida umumiy maydoni 3000 kv/metr hududidagi ekobozor;
- eng kamida umumiy maydoni 1200 kv/metr hududidagi sovitkich omborxona;
- yerosti avtoturargohining birinchi qavatini (eng kamida 400 dona avtoturargohni) jamiyatga beg‘araz o‘tkazib berish bo‘yicha talablar qo‘yilishi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Yakkasaroy tuman hokimligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, auksion uchun boshlang‘ich badal miqdori obyekt Davlat aktivkarini boshqarish agentligi tomonidan baholangandan so‘ng aniq bo‘ladi. Shuningdek, qurilish ishlariga qancha vaqt sarflanishi ham sarmoyador tomonidan ishlab chiqilgan loyihaga bog‘liq bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/askiya-dehqon-bozori-rekonstruksiya-qilinadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

19 Nov, 05:44


Istirohat bog‘lari, sayilgoh va xiyobonlarni xususiylashtirish taqiqlanadi

O‘zbekistonda istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash rejalashtirilmoqda. Shavkat Mirziyoyev “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining bu tashabbusini ma’qulladi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, davlat rahbari Qonunchilik palatasining yangi tarkibdagi birinchi majlisida partiyalar saylov kampaniyasi davomida ilgari surgan va xalq qo‘llab-quvvatlagan har bir taklif albatta ko‘rib chiqilishi va amalga oshirilishini ta’kidladi.

Yig‘ilishda “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining istirohat bog‘lari, sayilgoh, xiyobonlarni xususiylashtirishni taqiqlash bo‘yicha pozitsiyasi, dorilar ustidan nazoratni kuchaytirish, narxlar sun’iy oshishini oldini olish, retseptsiz dorilar ro‘yxatini qisqartirish bo‘yicha intilishlarini ma’qulladi.

Shuningdek, tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish, tadbirkorlik muhitini yaxshilash haqidagi takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Prezident “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining maktablarda muallimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish, farzandlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalash, ularga ona tili va chet tillarni o‘rgatish uchun yanada keng sharoitlar yaratishga oid takliflariga qo‘shildi.

O‘zbekiston Xalq-demokratik partiyasining nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlarni yanada yaxshilash, aholimizning pensiyaga chiqishdagi kafolatli huquqlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi.

Ekologik partiyaning davlat organlari va korxonalar hududida yashil bog‘lar tashkil etish, ekologik madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha dastur qabul qilish haqidagi takliflari qo‘llab-quvvatlandi.

Eslatib o‘tamiz, 27-sentabr kuni Toshkent shahridagi Debat Xoll media-markazida siyosiy partiya yetakchilari ishtirokida munozara tashkil etilgandi. Unda ishtirok etgan “Adolat” SDP siyosiy kengashi raisi Robaxon Mahmudova istirohat bog‘lari, daraxtzorlar hududida bino-inshootlar qurish amaliyoti kengayib borayotganini aytib, parklarni xususiylashtirishni to‘xtatishni taklif qilgan.

👉 https://ming.uz/posts/istirohat-boglari-sayilgoh-va-xiyobonlarni-xususiylashtirish-taqiqlanadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

18 Nov, 12:39


19-noyabrda harorat 22 darajagacha ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 19-noyabr, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +6...+8, kunduzi +16...+18 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12, Ustyurtda kechasi 0...-3, kunduzi +4...+7 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8, kunduzi +13...+18, cho‘l hududlarda kechasi 0...+5, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +3...+8, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4...+9, kunduzi +17...+22 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -2...+3, kunduzi +2...+7 daraja bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/19-noyabrda-harorat-22-darajagacha-kotariladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

18 Nov, 11:08


Xorazmda qariyb 2,1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Xorazm viloyati Urganch tumanida 2 mlrd so‘mlikdan ziyod tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi, deya xabar qildi “O‘zenergoinspeksiya”.

Inspeksiyaning Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Urganch tumanida faoliyat yuritayotgan “E.K.” MCHJga qarashli novvoyxonada hisoblagichdan tashqari yashirin yo‘l bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra gaz ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 92 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

👉 https://ming.uz/posts/xorazmda-qariyb-21-mlrd-somlik-gazdan-noqonuniy-foydalangan-novvoyxona-aniqlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

18 Nov, 09:35


Energiya resurslaridan qarzdorlikni yo‘q qilib berishni va’da qilgan gazchi va hisobchi qo‘lga olindi

Samarqand viloyatida tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimi, Olmaliqda elektr tarmoqlari korxonasi xodimi qarzdorlikni yo‘q qilib berish evaziga pul olayotganda ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Bulung‘ur tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi S.X. xonadonlarning birida tabiiy gazdan aniqlangan 1,6 mln so‘m zarar 14 mln so‘m ekanligini aytib, uni kamaytirib berishi evaziga fuqarodan 4,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Olmaliq shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olmaliq shahar elektr tarmoqlari korxonasi hisobchisi Z.A. fuqaro D.N.ning “Do‘stlik” MFYdagi uyining elektr ta’minotidan 5 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/energiya-resurslaridan-qarzdorlikni-yoq-qilib-berishni-vada-qilgan-gazchi-va-hisobchi-qolga-olindi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

18 Nov, 07:13


Surxondaryoda Nexia urib yuborgan 7 yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi

Surxondaryo viloyati Bandixon tumanida voyaga yetmagan shaxs o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat YHXB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, hodisa 12-noyabr kuni soat 8:00 atrofida tumanning Chinor mahallasidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.

32 yoshli haydovchi Nexia avtomobilini boshqarib ketayotib yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda 1-sinf bola og‘ir tan jarohatlari olib tuman shifoxonasida vafot etgan.

Holat bo‘yicha bola o‘qiydigan maktabda YHXB mas’ul xodimlari va mahalla aholis ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazilgan.

👉 https://ming.uz/posts/surxondaryoda-nexia-urib-yuborgan-7-yoshli-bola-hayotdan-koz-yumdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

18 Nov, 05:54


Piskentda noma’lum shaxslar itlarni otib tashladi. IIB munosabat bildirdi

12-noyabr kuni Toshkent viloyati Piskent tumanidagi Akmal Ikromov dala hovlilar punktida noma’lum shaxslar itlarni otib tashladi. “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati holat aks etgan kuzatuv kameralaridagi video va fotolarni e’lon qilarkan “itlarning ommaviy o‘ldirilgani” haqida xabar berdi.

Tasvirda qo‘llarida qurol bo‘lgan erkaklar ko‘cha bo‘ylab mashinada yurgani, so‘ngra ulardan biri o‘q uzgani va itning qichqirig‘i eshitilganini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, fotosuratlarda bir nechta, jumladan, hovlilardagi itlar o‘ldirilgani, ulardan birining boshidan otilganini ko‘rish mumkin.

Hududda yashovchi fuqaro E.Z. o‘zining bir iti o‘lgani, ikkinchisi esa og‘ir ahvolda veterinariya klinikasida ekanligi haqida xabar bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, itlarni otish jarayonida ichki ishlar, hayvonlarni tutish bo‘linmasi xodimlari va ovchilar bo‘lgan.

“Mehr va oqibat” jamiyati Ichki ishlar vazirligiga ushbu holatga aniqlik kiritish va hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlarni hamda qurol ishlatgan shaxslarni qonun bo‘yicha jazolashni so‘rab murojaat qildi.

Viloyat IIBB matbuot xizmati vaziyat nazoratga olingani, “voqeada ishtirok etgan fuqarolarda bo‘lgan ov qurollari tegishli tartibda olib qo‘yilgani”ni ma’lum qildi. Biroq jarayonda qancha odam ishtirok etgani, qancha qurol olib qo‘yilgani va ularga qanday ayblovlar qo‘yilgani ochiqlanmagan.

Hozirda holat yuzasidan hududiy IIB tomonidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, sudga yuborish chorasi ko‘rilmoqda, deyiladi xabarda. Boshqarma natija bo‘yicha qo‘shimcha axborot berilishiga ishontirdi.

👉 https://ming.uz/posts/piskentda-nomalum-shaxslar-itlarni-otib-tashladi-iib-munosabat-bildirdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Nov, 12:31


Misr Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritmoqchi

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Misrning Investia Venture Capital kompaniyasi asoschisi va rahbari Samir al-Alayli, Landmark Development kompaniyasi raisi Ahmad Sabbur bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk sohasiga investitsiya kiritish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining turizm salohiyatini yuksaltirishga oid qurilish-bunyodkorlik loyihalarida misrlik investorlarning ishtiroki, ular tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan loyihalar taqdimotlari va takliflar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ushbu takliflar yuzasidan fikr almashish va ularni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida yaqin kunlarda Toshkent viloyati hokimligi mas’ullari bilan onlayn muzokaralar o‘tkazishga kelishib olindi.

👉 https://ming.uz/posts/misr-toshkent-viloyatida-kochmas-mulk-sohasiga-investitsiya-kiritmoqchi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Nov, 10:57


Buxoroda Xitoy ko‘magida sanoat parki barpo etiladi

Unda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantirish borasidagi tizimli ishlarni yanada kuchaytirish masalalari xususida fikr almashildi.

Xitoy vakili tashkilotning ko‘p yillik faoliyati asosan Yevropa davlatlari bilan iqtisodiyotning turli yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlashga yo‘naltirilganini bildirdi.

"Biroq, so‘nggi yillarda BRIKS, MDH, Ko‘rfaz arab davlatlari hamda Markaziy Osiyo, birinchi navbatda, O‘zbekiston bilan kooperatsiya aloqalarni kengaytirishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda", dedi u.

Assotsiatsiyasi ijrochi raisi Lin Lyan, shuningdek, O‘zbekistonning mintaqadagi markaziy joylashuvi va uning salohiyatidan kelib chiqib, mahalliy ishbilarmon doiralari tomonidan mamlakatda qator loyihalarni amalga oshirishga qiziqish yuqoriligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Guandun provinsiyasidagi yetakchi kompaniyalar ishtirokida Buxoro viloyatida "Sanoat parki"ni barpo etish, mahalliy ishbilarmon doiralarning mamlakat hududlariga biznes-missiyalarini amalga oshirish, Xitoyning janubiy qismida "O‘zbekiston savdo uyi"ni ochish kabi loyihalarni ishlab chiqishga kelishib olindi.

👉 https://ming.uz/posts/buxoroda-xitoy-komagida-sanoat-parki-barpo-etiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Nov, 09:10


YeTTB va YeI O‘zbekistondagi quyosh elektr stansiyasi loyihasiga mablag‘ ajratdi

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Fransiyaning xalqaro energiya ishlab chiqaruvchisi Voltalia’ga tegishli Sarimay Solar kompaniyasiga O‘zbekistonning Xorazm viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurish uchun mablag‘ ajratadi.

YeTTBning 54,6 million dollargacha bo‘lgan moliyalashtirish paketi 44,8 million dollargacha kredit, shuningdek, qurilish bosqichida Sarimay Solar kompaniyasini qo‘llab-quvvatlaydigan 9 million yevrolik maxsus moliyalashtirish dasturidan iborat bo‘ladi.

Loyiha YeIning Yevropa barqaror taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan ajratilgan 7 million dollarlik kreditning birinchi transhini qoplash kafolatini oladi. YeI mablag‘lari YeTTB faoliyat yuritayotgan YeIdan tashqaridagi mamlakatlarda iqlim o‘zgarishini yumshatish texnologiyalarini joriy qilishni tezlashtirishga mo‘ljallangan.

Moliyalashtirish Sarimay Solar kompaniyasiga 100 MVt quvvatga ega yangi quyosh fotoelektr stansiyasini qurish va foydalanishga topshirishga yordam beradi, bu O‘zbekistonning 2030 yilgacha 25 GVt gacha quyosh va shamol energiyasini ishlab chiqarish maqsadiga hissa qo‘shadi.

👉 https://ming.uz/posts/yettb-va-yei-ozbekistondagi-quyosh-elektr-stansiyasi-loyihasiga-mablag-ajratdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Nov, 07:24


Samarqandga 100 ta elektrobus keltiriladi

Samarqand shahriga noyabr oyida rejalashtirilgan 30 ta elektrobuslarning 8 tasi olib kelindi.

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, yil yakuniga qadar yana 64 ta elektrobuslar keltirilishi rejalashtirilgan. Umumiy hisobda — 100 ta elektrobus.

Hozirda elektrobuslarni rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda. Rejadagi transport vositalari olib kelingach, belgilangan tartibda Samarqand shahar jamoat transporti yo‘nalishlariga biriktiriladi.

Samarqand O‘zbekistonda YeTTBning “Yashil shaharlar” dasturiga qo‘shilgan birinchi shahardir. Loyiha doirasida Samarqand shahar jamoat transporti yo‘nalishlarida elektrobuslar harakati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

👉 https://ming.uz/posts/samarqandga-100-ta-elektrobus-keltiriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Nov, 05:50


Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida zararlar qoplab beriladi

30-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo muntazam avtobus yo‘nalishlarida ko‘rilgan zararlarni qoplab berish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam zararli avtobus yo‘nalishlarida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning Ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglament quyidagi tartiblarni belgilaydi:
- shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo muntazam norentabel avtobus yo‘nalishlaridagi xarajatlarni kompensatsiya qilish;
- xarajatlarni qoplash uchun arizalarni ko‘rib chiqish;
- zararli avtobus tashishlari uchun subsidiyalar berish.

Tijorat asosida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi va litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarning shahar atrofi va viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida 30 foizgacha zarar bilan ishlaydigan avtobus yo‘nalishlari zararli hisoblanadi (Toshkent shahri bundan mustasno).

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Transport vazirligi, hududiy boshqarmalar tomonidan zararli avtobus yo‘nalishlari reyestri yuritiladi. 2025-yil 1-fevraldan boshlab, subsidiya olish bo‘yicha davlat xizmatini olish uchun tashuvchi YAIDXP orqali zarur hujjatlar bilan murojaat qiladi.

Mas’ul organlar 5 kun ichida qaror qabul qiladi. Ushbu xizmat bepul ko‘rsatiladi. Subsidiya berishni belgilanmagan asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2024-yil 4-noyabrdan kuchga kirdi.

👉 https://ming.uz/posts/shaharlararo-avtobus-yonalishlarida-zararlar-qoplab-beriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

08 Nov, 12:35


9-noyabr kuni uchun ob-havo prognozi ma’lum

“O‘zgidromet” 9-noyabr, shanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+2, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -0...-5, kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/9-noyabr-kuni-uchun-ob-havo-prognozi-malum

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

08 Nov, 11:16


Toshkent viloyatida 2 tup chinor noqonuniy ravishda kesib tashlandi

Yangiyo‘l tumanida Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan ekologik nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unda tumanning “Xalqabod” MFY O‘zbekiston ko‘chasida 1 tup ko‘p yillik chinor daraxti tag qismidan kesilgani va yana 1 tup ko‘p yillik chinorga qasddan shikast yetkazilgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, huquqbuzarlikni Toshkent shahri Chilonzor tumani Gavhar ko‘chasida yashovchi fuqaro X.D. sodir etgan. “U “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari talablarini buzgan va tabiatga 199 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Ekovazirlik tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgani va holatga huquqiy baho berish uchun Toshkent viloyati prokuraturasiga yuborilganini ma’lum qilgan.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-viloyatida-2-tup-chinor-noqonuniy-ravishda-kesib-tashlandi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

08 Nov, 09:53


Ana xolos! Toshkentda Tracker butunlay yonib ketdi

Toshkent shahrida Tracker avtomobili yonib ketdi. Bu haqda shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot ximati xabar qildi.

Hodisa 8-noyabr kuni soat 10:43 da Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida sodir bo‘ldi. Yong‘in-qutqaruv texnikalari etilgan manzilga soat 10:52 da yetib borib, yong‘in soat 11:00 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

👉 https://ming.uz/posts/ana-xolos-toshkentda-tracker-butunlay-yonib-ketdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

08 Nov, 08:10


Toshkent metropoliteni bekatlarida jamoat hojatxonasi quriladi

Toshkent metropolitenining gavjum bo‘lgan yana 9 ta metro bekatida ona va bola xonasi hamda hojatxona quriladi. Bu haqda metropoliten axborot xizmati xabar qildi.

Metropoliten hojatxonalar aynan qaysi bekatlarda va qachon qurilishiga aniqlik kiritmagan.

2022-fevral oyida poytaxt metropolitenining “Chilonzor” bekatida sinov tariqasida ona va bola xonasi hamda hojatxona ishga tushirilgan edi.

Bir necha kun avval bekatlarning birida bir shaxs hojatini chiqargani aks etgan video tarqalgan edi. Shundan so‘ng tarmoqlarda metroda hojatxonalarni ko‘paytirish borasida munozaralar ko‘paydi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-metropoliteni-bekatlarida-jamoat-hojatxonasi-quriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

08 Nov, 06:54


Buxoroda noqonuniy ov tufayli tabiatga katta zarar yetdi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tezkor guruh xodimlari tomonidan navbatdagi tungi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Qorovulbozor tumani hududida olib borilgan reyd davomida Jondor tumanida yashovchi 4 nafar fuqaro elektr qarmoq yordamida O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 20 dona Turkiston mo‘ylovdori hamda 25 dona zog‘ora balig‘ini ovlagani aniqlandi. Ular baliqlarni olib ketayotganida tezkor guruh xodimlari tomonidan to‘xtatildi.

Ushbu huquqbuzarlik natijasida tabiatga 1 mlrd 603 mln 125 ming so‘m zarar yetkazilgan.

Ma’lumot uchun, Qizil kitobga kiritilgan 20 dona Turkiston mo‘ylovdorining har biri uchun 26 million 250 ming so‘m, jami 525 million so‘m zarar hisoblangan. 25 dona zog‘ora baliqning har bir donasi uchun 375 ming so‘m, jami 9 million 375 ming so‘m zarar hisoblangan. Baliqlar taqiqlangan elektr qarmoq yordamida ovlanganligi uchun zararlar 3 baravarga ko‘paytirilgan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida prokuratura organlariga taqdim etilgan.

👉 https://ming.uz/posts/buxoroda-noqonuniy-ov-tufayli-tabiatga-katta-zarar-yetdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

08 Nov, 05:50


Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qiladi

O‘zbekiston va Misr suv ta’minoti va suv resurslarini boshqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilmoqda.

O‘zbekistonning Qohiradagi elchixonasi tashabbusi bilan misrlik tadbirkor, The Bell Group kompaniyasining strategiya menejeri Haysam Hussayn, Veolia kompaniyasining O‘zbekistondagi vakili Shaxin Butuila, "O‘zsuvta’minot" AJ, Samarqand viloyati va shahri hokimliklari, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Moliya va iqtisodiyot vazirliklari mutasaddilari ishtirokida VKA shaklida uchrashuv tashkil qilindi.

Unda Samarqand viloyatining tuman va shaharlarida suv ta’minoti, oqova suvlar va isitish tizimlarini modernizatsiya qilish, suv xo‘jaligi tizimini boshqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Muloqot chog‘ida, xorijiy hamkorlar viloyatning barcha hududlarida suv sohasidagi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, tizim samaradorligini yaxshilash, suv resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida boshqaruvni yo‘lga qo‘yish va zarur investitsiyalarni jalb etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida Bell Group va Veolia kompaniyalari tomonidan yaqin vaqt ichida Samarqand viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar konsepsiyasini taqdim etish, "O‘zsuvta’minot" AJ va Samarqand viloyati hokimligi tomonidan esa ushbu takliflarni o‘rganish va o‘z xulosasini bildirish hamda kelgusida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni tayyorlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

👉 https://ming.uz/posts/misr-samarqand-viloyati-tuman-va-shaharlarida-suv-taminoti-tizimini-modernizatsiya-qiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

07 Nov, 12:42


8-noyabr kuni ayrim hududlarda harorat ko‘tariladi

“O‘zgidromet” 8-noyabr, juma kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol shardan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+2, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5, ba’zi joylarda -2, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -3...+2, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0...+5, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +1...+6, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2...+7, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi -0...-5, kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/8-noyabr-kuni-ayrim-hududlarda-harorat-kotariladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

07 Nov, 11:17


Internetda firibgarlikning yangi ko‘rinishi avj oldi. IIB ogohlantirish bilan chiqdi

Shu kunlarda firibgarlar tomonidan telegram messenjeri orqali yuqori lavozimlarda ishlovchi vazirlik, idora va turli xil tashkilotlar rahbar hamda mas’ul xodimlari nomidan soxta profillar yaratilib, qo‘l ostidagi xodimlarni aldash holatlari kuzatilmoqda.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, firibgarlar korxona yoki tashkilot rahbari nomidan telegram messenjerida soxta akkaunt ochib, qo‘l ostidagi ishchilardan biriga SMS yozadi.

Muloqot davomida xodim bilan go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar qiziqayotgani va undan (rahbardan) ba’zi ma’lumotlarni so‘rashganini aytadi. Birozdan so‘ng unga huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi aloqaga chiqishini ma’lum qiladi.

Firibgarning, ya’ni “o‘z rahbarini” gaplariga ishongan xodim bir necha daqiqadan so‘ng u bilan aloqaga chiqqan shaxs (go‘yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ vakili)ga so‘ragan barcha ma’lumotlarini berib yuboradi. Buning oqibatida firibgarlar tuzog‘iga ilingan ishchi-xizmatchilar plastik kartalaridagi pul mablag‘laridan ayrilib qolmoqda.

"Ogoh bo‘ling, shu turdagi kelgan SMS yoki boshqa xabarlarni qabul qilish va ishonishdan oldin telefon orqali qo‘ng‘iroq qilib yoki shaxsan xabar yuborgan shaxsga aloqaga chiqib, xabarni qayta tekshirib ko‘ring!

Hurmatli fuqarolar, agar siz shu kabi holatlarga duch kelgan bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-55-00 yoki 102 raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi",
deyiladi xabarda.

👉 https://ming.uz/posts/internetda-firibgarlikning-yangi-korinishi-avj-oldi-iib-ogohlantirish-bilan-chiqdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

07 Nov, 09:36


6-noyabrdan propan narxining oshishiga cheklov o‘rnatildi

Raqobat qo‘mitasi 6-noyabrdan boshlab Respublika tovar xom-ashyo birjasida propan narxining yuqori chegarasini belgiladi. Bu haqda bozorning bir qancha ishtirokchilari “Spot”ga xabar berdi.

Qo‘mitaning 5-noyabrdagi topshirig‘iga ko‘ra, chorshanba kunidan boshlab suyultirilgan gaz narxining oshishiga sotuvchining boshlang‘ich narxiga nisbatan 20 foiz miqdorida cheklov (spred) joriy etilgan.

So‘nggi ikki savdo kunida propan narxi 15 foizdan ko‘proqqa qimmatlashdi va seshanba kuni bir tonnasi uchun 10,1 million so‘mdan oshdi. Iqtisodchi Otabek Bakirovning ta’kidlashicha, kechagi birjadagi savdolarda propan narxi bir tonnasi 10 million so‘mdan arzonroq bo‘lgan Ai-80 avtomobil benzinini ortda qoldirdi.

Narxlarning oshishiga taklifning kamayishi sabab bo‘lishi mumkin. Agar 1-noyabrda birjaga qo‘yilgan propan hajmi 2 ming tonnadan ortiqni tashkil etgan bo‘lsa, 5-noyabrda u 30 foizga — 1,4 ming tonnagacha kamaygan.

“Spot” manbalariga ko‘ra, 6-noyabr kuni propanning birja narxi keskin pasaygan, chunki suyultirilgan gazning boshlang‘ich narxi bozor narxidan ancha past bo‘lgan. Shunday qilib, narxlarning yuqori darajasi birja kotirovkalarini sun’iy ravishda ushlab turadi, bu esa raqobatni cheklaydi, chunki barcha ishtirokchilar ruxsat etilgan maksimal narxni taklif qilishlari mumkin.

Raqobat qo‘mitasi vakili “Gazeta.uz” bilan suhbatda propan narxiga cheklov o‘rnatilganini tasdiqladi. Ma’lum qilinishicha, ushbu cheklov muddatsiz hisoblanib, narxlar dinamikasiga qarab, narx oshishiga taqiqni olib tashlash choralari ko‘rib chiqiladi.

Qo‘mita axborot xizmati ham 6-noyabr kuni idora rahbariyati boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning faoliyati o‘rganilgani haqida xabar bergan. Unda suyultirilgan gaz mahsulotining birja savdolariga qo‘yilishi hamda realizatsiyasi shuningdek, xaridorlarga yetkazib berish holatlari muhokama qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil apreldan sentabrga qadar propanning birja narxlari ikki barobar oshgan. Aprel oyidan buyon uning birjadagi qiymati ikki baravar — 4,59 million so‘mdan 9,28 million so‘mgacha ortdi.

Respublika tovar-xom ashyo birjasi (UzEx) gazetasining yozishicha, yanvar oyida propanning o‘rtacha narxi bir tonnasi uchun 7,07 million so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, aprelda savdoga qo‘yilish hajmining o‘sishi fonida bir tonna uchun 4,6 million so‘mgacha pasaydi.

👉 https://ming.uz/posts/6-noyabrdan-propan-narxining-oshishiga-cheklov-ornatildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

07 Nov, 08:23


“Taxtaqoracha” dovonida Cobalt’ni tosh bosib qoldi

6-noyabr kuni Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan “Taxtaqoracha” dovonida avtomobilni tosh bosib qoldi. Bu haqda viloyat yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Soat 15:45 larda Qaynar qishlog‘ining M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lida ichida 3 nafar fuqaro bo‘lgan Cobalt avtomashinasini tog‘ tepaligidan sirpanib tushgan tosh bosib qolgan. Oqibatda ularning barchasi voqea joyida vafot etgan.

Shu munosabat bilan “Taxtaqoracha” dovonida harakat vaqtincha cheklandi.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati, prokuratura xodimlari yetib kelgan.

Dovonning qayta ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.

👉 https://ming.uz/posts/taxtaqoracha-dovonida-cobaltni-tosh-bosib-qoldi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Nov, 12:16


O‘zbekiston Italiya bilan hamkorlikda mevali bog‘ va tokzorlar barpo qiladi

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Agrosanoatni rivojlantirish agentligi rahbari Nurali Abdullayev boshchiligidagi vazirlik va idoralar mas’ullaridan iborat delegatsiyaning Italiyaga tashrifi tashkil etildi.

Tashrif mevali bog‘ va tokzorlarni barpo etish, ko‘chat yetishtirish va ularni sertifikatlashtirish bo‘yicha Italiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganish maqsadida uyushtirildi.

Delegatsiya a’zolari Italiyaning yirik ko‘chatchilikka ixtisoslashgan va invitro laboratoriyalari, xususan, Vitroplant Italia, Battistini Vivai, Mazzoni Group, Salvi Vivai kompaniyalari hamda Italiya ko‘chatchilik markazi (CAV) faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Italiya Ko‘chatchilar uyushmasi milliy konsorsiumi tomonidan meva, zaytun, sitrus va rezavor ko‘chatchiligi sohasida ushbu mamlakatda sertifikatlash dasturini amalga oshirish to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.

O‘zbekiston vakillari gilos, olma, o‘rik, nok, qulupnay va boshqa meva ko‘chatchiligi tizimi va uni sertifikatlash jarayoni bo‘yicha atroflicha ma’lumot oldilar.

Italiya Ko‘chatchilar uyushmasi va boshqa kompaniyalar bilan ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida kelishuvlarga erishildi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekiston-italiya-bilan-hamkorlikda-mevali-bog-va-tokzorlar-barpo-qiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Nov, 10:23


Xitoy O‘zbekistonda shamol turbinalari uchun qanot ishlab chiqarmoqchi

Xitoyning Sino-Wind Energy kompaniyasi O‘zbekistonda shamol generatorlari uchun qanotlar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya direktori Ma Inxu ma’lum qildi.

O‘tgan haftada Navoiy viloyatida Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan taqdimotda aytilishicha, loyiha qiymati 50 million dollarga baholanmoqda. 400 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, loyihada milliy kontent (mamlakat ichida ishlab chiqarilgan va taqdim etilgan mahsulot, xizmatlar, texnologiyalar va ishchi kuchining ulushi) 10 million dollar (20 foiz) miqdorida baholanmoqda. Mahalliy xomashyoning ishlab chiqarishdagi ulushi 28 foizni (14 million dollar) tashkil etadi. Shu bilan birga, loyihani amalga oshirish orqali 82 million dollar miqdoridagi importni 100 foiz qoplash rejalashtirilgan.

Korxonaning ishga tushirilishi 2025 yil 20 dekabrga kutilmoqda.

Korxona rahbari mahsulotlar Markaziy Osiyo bozorini ham qamrab olishni rejalashtirayotganini aytdi. Katta o‘lchamlari tufayli qanotlar ishlab chiqarish va tashish uchun katta maydonlarni talab qiladi, dedi u.

👉 https://ming.uz/posts/xitoy-ozbekistonda-shamol-turbinalari-uchun-qanot-ishlab-chiqarmoqchi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Nov, 08:41


Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi aniq

Hukumat qarori [731-son] bilan Zulfiya nomidagi davlat mukofotiga talabgorlarni tanlash va ularning hujjatlarini taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar qildi.

Unga ko‘ra, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti talabgorlarini tanlash, ularning hujjatlarini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibi hamda yo‘nalishlar bo‘yicha talabgorlarning yutuqlari, ilmiy-ijodiy va amaliy ishlarini baholash mezonlari belgilandi.

Talabgorlar 8 ta yo‘nalish — fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati bo‘yicha tanlovlar orqali saralanadi.

Mukofot ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga o‘qish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.

Yo‘nalishlar bo‘yicha har bir o‘ringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
- tuman (shahar) bosqichi — 2-sentabrdan 20-oktabrga qadar;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21-oktabrdan 30-noyabrga qadar;
- respublika bosqichi — 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar o‘tkaziladi.

Mukofot har yili Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.

Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, ko‘krak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi (hozirda 18 750 000 so‘m) pul mukofoti har yili 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.

👉 https://ming.uz/posts/zulfiya-nomidagi-davlat-mukofoti-talabgorlarini-tanlash-tartibi-aniq

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Nov, 07:12


Qamchiq dovonida yana yuk mashinasi yondi

Qamchiq dovonida yuk avtomobili yonib ketdi, deya xabar qilmoqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar qildi.

Hodisa 5-noyabr kuni soat 13:30 larda A-373 avtomobil yo‘lining 258-kilometrida sodir bo‘lgan. Yong‘inga yuk avtomobilining nosoz old g‘ildiragi chiqib ketishi sabab bo‘lgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Voqea joyida Qamchiq dovoni bo‘yicha YPX otryadi va FVV xodimlari holatni nazoratga olgan.

Ushbu yo‘nalishda harakat vaqtinchalik to‘xtatilgan. Yong‘in o‘chirilgach, harakat zudlik bilan ochiladi, deyiladi xabarda.

👉 https://ming.uz/posts/qamchiq-dovonida-yana-yuk-mashinasi-yondi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

06 Nov, 05:50


Сhiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zavodlar barpo etiladi

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi. Bu haqda Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Energetika vazirligi hamda Xitoy, BAA va Janubiy Koreyaning jami 6 ta yirik kompaniyasi o‘rtasida qo‘shma rivojlantirish shartnomalari imzolandi.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universitetiga tashrifi davomida maishiy chiqindilarni qayta ishlash, ulardan elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqarish loyihalari taqdimoti bilan tanishgandi. Prezident bu loyihalarni namunaviy qilib, hududlarda ko‘paytirish muhimligini ta’kidlagandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekistonning 11 ta hududida XXRning “China CAMC Engineering”, “Shanghai SUS Environment”, “China Everbright Group”, “Chengdu Environmental Group” va BAAning “Tadweer Group” hamda Janubiy Koreya Respublikasining “Sejin” kompaniyalari ishtirokida umumiy qiymati 1,28 milliard AQSh dollariga teng bo‘lgan loyihalar asosida qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan zavodlar quriladi.

Natijada yiliga 4,7 million tonnadan ortiq chiqindini yoqish orqali 2,1 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarilib, poligonlar soni besh barobarga qisqaradi. 97 mln AQSh dollari qiymatidagi elektr energiyasi sotiladi. Shuningdek, bular orqali 152 million metr kub tabiiy gaz iqtisod qilinadi hamda 2,4 million tonna issiqxona gazlari kamayadi. 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Loyihalar 2025−2027-yillarda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida amalga oshirilishi maqsad qilingan. Qurilish jarayonlari 2025-yil yanvardan boshlanib, zavodlar 2026-yil dekabrda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Bu kabi yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarining o‘rnatilishi mamlakatimizda chiqindilarni boshqarish sohasida sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish hisobiga ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, sanitar holatni yaxshilash, aholiga xavfli kasalliklar yuqishini kamaytirishga hissa qo‘shadi, deyiladi xabarda.

👉 https://ming.uz/posts/shiqindidan-elektr-energiyasi-ishlab-chiqaradigan-zavodlar-barpo-etiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

12 Oct, 11:19


O‘zbekistonda Hyundai Rotem poyezdlari ishlab chiqarilishi mumkin

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev juma kuni Hyundai Rotem’ga tegishli (Janubiy Koreya) Global Rail Group kompaniyasi rahbari Kvak Chol Xun boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Transport vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yig‘ilishda O‘zbekistonda zamonaviy elektropoyezdlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihasi muhokama qilindi.

Bugungi kunda Janubiy Koreyaning KORAIL kompaniyasi tomonidan ekspluatatsiya qilinayotgan elektropoyezdlar turini Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodida mahalliylashtirish orqali ishlab chiqarish taklifi yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Mahalliylashtirish asosida ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan elektropoyezdlarining asosiy texnik xususiyatlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Tomonlar loyihaning qo‘shimcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, taklifni tahlil qilish va yangi ishlab chiqarish maydonlarini o‘rganishga kelishib oldi.

Eslatib o‘tamiz, iyunda Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yolning tashrifi chog‘ida “O‘zbekiston temir yo‘llari”, “Temiryo‘lekspress” va Hyundai Rotem kompaniyalari o‘rtasida yangi “Toshkent — Urganch — Xiva” tezyurar yo‘nalishi uchun oltita elektropoyezd yetkazib berish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonda-hyundai-rotem-poyezdlari-ishlab-chiqarilishi-mumkin

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

12 Oct, 10:02


Toshkentda favqulodda chaqiruv tugmasi va multimedia tizimiga ega avtobus bekatlari o‘rnatiladi

Toshkent shahrida yangi turdagi avtobus bekatlari o‘rnatiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yangi turdagi bekatlar 2 xil o‘lchamda ishlab chiqariladi. Ulardan biri 3,2 metr, ikkinchisi esa 6,50 metr uzunlikda bo‘ladi.

Bekatlar mahalliy ishlab chiqaruvchi tomonidan tayyorlanmoqda. Ularda zamonaviy multimedia tizimlari va tezkor chaqiruv tugmalari mavjud bo‘ladi.

Moslamaning 80% qismi metalldan tayyorlanadi. Shuningdek, 10% qismi plastik, 30% esa oynadan bo‘ladi. O‘rindiqlar yog‘ochdan tayyorlanishi aytib o‘tilgan.

Bekatdagi oyna -25 daraja sovuq hamda +60 daraja issiqqa bardosh bera oladi. Oyna chidamliligini oshirish uchun 800 daraja haroratda toblanadi. Uning qalinligi 12 mm.

Qurilmaga tezkor chaqiruv xizmati uchun tugma o‘rnatilmoqda. Bu orqali ichki ishlar organlariga murojaat qilish mumkin. Shu bilan birga, videokuzatuv kamerasi o‘rnatiladi.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentda-favqulodda-chaqiruv-tugmasi-va-multimedia-tizimiga-ega-avtobus-bekatlari-ornatiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

12 Oct, 08:04


Namanganda chiqindi tashish korxonasi fuqarolardan asossiz mablag‘ olgani fosh bo‘ldi

“Namangan musaffo iqlim” kompaniyasi 2024-yilning I-yarimyilligida maishiy chiqindi tashish xizmatlarini ko‘rsatish sohasida qonun talablarini buzdi, deb xabar bermoqda Raqobat qo‘mitasi.

Olib borilgan o‘rganishda xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot tomonidan maishiy chiqindi tashish xizmatlari ko‘rsatilgan Namangan shahar, Davlatobod, Yangi Namangan, To‘raqo‘rg‘on, Namangan va Mingbuloq tumanlari mahallalaridagi iste’molchi abonentlar xonadonlariga xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha olingan dalolatnomalar tahlil qilindi.

Shuningdek, Namangan viloyatning 6 ta hududida joylashgan 275 ta mahallada 1,3 millionga yaqin aholi istiqomat qilsada, tashkilot tomonidan hududda 176 ta mahalladagi 633 598 nafar aholini (qamrov 50,8 foiz) qamrab olinmagani hamda 762 512 nafar iste’molchiga 11 mlrd so‘m ko‘rsatilmagan xizmat uchun haq hisoblangani holatlari aniqlandi.

Hududiy boshqarmaning maxsus komissiyasi tomonidan “Namangan musaffo iqlim” MCHJga nisbatan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 19 va 21-moddalari talablari buzilgani yuzasidan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atilib, 762 512 nafar iste’molchi foydasiga 11 mlrd so‘m qayta hisob-kitob qilinishi bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.

👉 https://ming.uz/posts/namanganda-chiqindi-tashish-korxonasi-fuqarolardan-asossiz-mablag-olgani-fosh-boldi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

12 Oct, 06:25


Toshkentda X Xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi

14−18-oktabr kunlari X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biyennalesi bo‘lib o‘tadi. Bu yilgi mavzu — “San’at va dunyo”.

Biyennale konsepsiyasi san’at va zamonaviylik o‘rtasidagi munosabatni o‘rganishga qaratilgan. Rassomlar o‘z asarlarida qutblangan jamiyat fonida ko‘plab global muammolarga duch kelayotgan zamonaviy dunyoga qarashlarini aks ettiradi.

Tashkilotchilarga ishtirok etish uchun 350 dan ortiq ariza kelib tushgan, ularning uchdan ikki qismi xorijdan kelgan. Tanlovga 40 ta davlatdan 38 nafar xorijlik va 50 dan ortiq o‘zbekistonlik ijodkor olindi. Toshkentda biyennale doirasida ochiladigan ko‘rgazmalarda 120 dan ortiq barcha turdagi san’at asarlari: rangtasvir, haykaltaroshlik, installyatsiya, video-art va spektakl namoyish etiladi. Xorijiy ishtirokchilar bir qator ma’ruzalar va mahorat darslari o‘tadi.

“Bugun O‘zbekistonda barcha sohalar qatori milliy tasviriy san’at ham muttasil rivojlanib bormoqda. San’at sohasiga o‘zining dadil qadamlari, o‘z uslubi, ijod yo‘li bilan ko‘plab iste’dodli yoshlarimiz kirib kelmoqda. Ularning ijodini dunyo rassomlariga namoyish etish, qolaversa yosh musavvirlarimizning jahon mo‘yqalam sohiblari ijodi bilan tanishtirishda, ularning o‘zaro muloqotini yo‘lga qo‘yishda ushbu biyennale keng imkoniyatlar ochadi”, – deydi Badiiy akademiya raisi Akmal Nuriddinov.

Bu yil biyennaleni o‘tkazish uchun budjetdan 860 million so‘m (taxminan 67 ming dollar) ajratildi, deya ma’lum qildi biyennale direktori Orziqul Ro‘ziyev. Mablag‘lar xorijlik ishtirokchilarni joylashtirish, ularni tashish va boshqa xarajatlarga sarflandi, dedi u.

👉 https://ming.uz/posts/toshkentda-x-xalqaro-zamonaviy-sanat-biyennalesi-bolib-otadi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

11 Oct, 12:31


O‘zbekistonda 2023-yilda 100 tonna oltin qazib olindi

O‘zbekistonda qazib olish hajmi 2022-yilga nisbatan 4 tonnaga kamaygan.

Qozog‘istonda 2023-yilda 130 tonna, O‘zbekistonda 100 tonna oltin qazib olingan. AQSh Geologiya xizmati shunday ma’lumot berdi.

Qozog‘istonda qazib olish hajmi 2022-yilga nisbatan 15 tonnaga ko‘paygan, O‘zbekistonda esa 4 tonnaga kamaygan. Rossiyada 310 tonna oltin qazib olinib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga mos keladi.

Umuman olganda, 2023-yilda jahonda 3 ming tonna oltin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu 2022-yilga nisbatan 60 tonna kam.

Qirg‘izistonda oltin qazib olish hajmi bo‘yicha so‘nggi baholashni AQSh Geologiya xizmati hali e’lon qilmagan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda Qirg‘izistonda 25,3 tonna oltin qazib olingan.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonda-2023-yilda-100-tonna-oltin-qazib-olindi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

11 Oct, 11:40


Yangi Buxoro aeroporti 307 gektar maydonda quriladi

Yangi Buxoro aeroporti shahar markazidan 26 km uzoqlikda joylashadi. Bu haqda Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayev “O‘zbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Avvalroq xabar qilinganidek, Shavkat Mirziyoyev 9-oktabr kuni Buxoro shahridagi yangi xalqaro aeroport loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mavjud aeroport aholi va sayyohlar talabiga javob bermaydi.

31-may kuni prezidentning viloyatga tashrifi chog‘ida Buxoro viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishi boshlangan. Loyiha doirasida davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro standartlarga javob beradigan infratuzilma yaratiladi, deyiladi xabarda.

Aeroport soatiga 1200 yoki yiliga 3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yo‘lovchilar va havo kemalariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish orqali yangi xalqaro aviakompaniyalarni jalb etish rejalashtirilmoqda.

Taqdimotda loyihaning texnik-iqtisodiy jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Davlat rahbari yangi aeroportning o‘tkazish qobiliyatini ikki barobar oshirish, soatiga 8 ta samolyotni qabul qilish va jo‘natish imkoniyatini yaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, terminalda sharoitlar yaratish, uning ichki va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayevning aytishicha, yangi aeroport Buxoro shahri markazidan 26 km uzoqlikda joylashadi. Uni qurish uchun 307 gektar yer ajratilgan (viloyat hokimiga ko‘ra, 380 gektar).

“Bu hududni tanlab olish uchun Uzbekistan Airports va tegishli tashkilotlar tomonidan qariyb 1200 gektar maydonda o‘rganish olib borildi. Bu, avvalambor, geologiya, gidrogeologiya o‘rganishlari va ularning natijasida qurilishni amalga oshirish uchun eng maqbul bo‘lgan va normalarga to‘g‘ri keladigan yer qatlami, yer osti suvlari darajasi pastligi bo‘yicha maqbul yer uchastkasi tanlab olindi”, – dedi u.

👉 https://ming.uz/posts/yangi-buxoro-aeroporti-307-gektar-maydonda-quriladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

11 Oct, 10:08


Toshkent metropoliteni maxsus ventilyatorlar xarid qiladi

Toshkent metrosining yerosti bekatlari uchun 2025-yilda 10 ta ventilyator sotib olinadi. Bu haqda 9-oktabr kuni Xalqaro press-klubda metropoliten rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

“Gazeta.uz” muxbiri issiq kunlarda metro bekatlarida nafas olish qiyinlashayotgani, salqinlik yetishmayotgani va bunday paytlarda stansiyalardagi ventilyatsiya tizimi qay darajada ishlayotgani haqida so‘radi. Savolga Toshkent metropolitenining rejim xizmati boshlig‘i o‘rinbosari Abdutohir Abduqodirov javob berarkan, ushbu tizimni ta’mirlash va qurilmalarni yangilash jarayoni ikki yildan beri davom etayotganini ma’lum qildi.

“Ventilyatsiya tizimi masalasida bizga ko‘plab murojaatlar kelib tushgan. Sovuq vaqtda isitish kerak, issiqda esa sovitish kerak, degan gaplar bo‘ladi. Toshkent metropolitenini loyihalashtirish 1972-yilda boshlangan. O‘sha vaqtda iqlim sharoitimiz hisobga olinib, tomchilatish, ya’ni suv orqali sovitish tizimi ishga tushirilgan. Hozir yerosti metro bekatlarining har birida ikkitadan katta ventilyator mavjud. Bundan tashqari, bekatlar oralig‘idagi yo‘llarga ham shunday qurilmalar o‘rnatilgan”, – dedi u.

“Yo‘lovchilarning ko‘pligi hamda ushbu qurilmalarning ancha yillardan buyon xizmat qilib kelayotgani sababli ikki yildan beri tizimni ta’mirlash ishlari olib borilyapti. „Chilonzor“, „Novza“, „Olmazor“ va „Paxtakor“ kabi katta stansiyalarimizda bu tizimlar — ya’ni suv bilan sovitish tizimlari yangilandi. 2025-yilda yana 10 ta shunday katta ventilyatorni yangilash, aniqrog‘i, sotib olish rejalashtirilgan, buning ustida ish olib borilyapti”, – dedi Abdutohir Abduqodirov.

Mas’ulning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Toshkent metrosining yerosti bekatlarida 100 dan ortiq ventilyator bo‘lib, ularning barchasi ishlab turibdi.

“Ular grafik asosida, tig‘iz vaqtlarda esa ikkitalab ishlatiladi. Stansiyalardagi qurilma havoni ichkariga, bekatlar oralig‘idagi ventilyatorlar esa tashqariga haydaydi. Tunnelda havoni aylantirish maqsadida shunday qilinadi”, – dedi metropoliten vakili.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-metropoliteni-maxsus-ventilyatorlar-xarid-qiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

11 Oct, 08:24


Samarqandda 3 ta mashina ishtirokida dahshatli YTH ro‘y berdi

Samarqand shahrida 3 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Qayd etilishicha, holat 10-oktabr kuni soat 01:00 atrofida shaharning Buyuk ipak yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan. Range Rover haydovchisi avtomobilini yuqori tezlikda haydab e’tiborsizligi oqibatida rul boshqaruvini yo‘qotgan.

O‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Lacetti avtomobilini orqa tomonidan urib yuborgan. So‘ngra to‘xtay olmasdan shu yo‘nalishda yo‘l chetida to‘xtab turgan Damas avtomobilga kelib urilgan.

Oqibatda Lacetti haydovchisi tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/samarqandda-3-ta-mashina-ishtirokida-dahshatli-yth-roy-berdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

11 Oct, 07:05


Qashqadaryoda Mercedes-Benz va Labo to‘qnashdi. Qurbonlar bor

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanida 7-oktabr kuni yuz bergan yo‘l-transport hodisasida ikki kishi vafot etdi, deb xabar beradi viloyat YHXB matbuot xizmati.

YTH soat 14:20 larda Qoratikan mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Haydovchi B.T. boshqaruvidagi Mercedes-Benz avtomobili qarshisidan kelayotgan haydovchi Q.S. boshqaruvidagi Labo bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Labo ichida bo‘lgan 2 nafar fuqaro voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi (Odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

👉 https://ming.uz/posts/qashqadaryoda-mercedes-benz-va-labo-toqnashdi-qurbonlar-bor

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

10 Oct, 12:25


O‘zbekiston aeroportlarida 9 oyda yo‘lovchi tashish hajmi 33 foizga oshdi

2024-yilning uchinchi choragida O‘zbekiston aeroportlari asosiy ko‘rsatkichlar — yo‘lovchi tashish, xizmat ko‘rsatilayotgan reyslar soni va yuk tashish hajmi bo‘yicha uchdan birdan ko‘proqqa oshdi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Xususan, yilning 9 oyida mamlakat xalqaro aeroportlari tomonidan 82 637 ta reysga xizmat ko‘rsatildi, shundan 24 914 tasi ichki yo‘nalishlarda, 57 723 tasi esa xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshirildi. O‘tgan yilga nisbatan o‘sish 36 foizni tashkil etdi. Havo reyslarining umumiy sonining 53 942 tasi rezident aviakompaniyalar tomonidan, 28 695 tasi esa norezident aviakompaniyalar tomonidan amalga oshirildi.

Yanvardan sentabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston aeroportlari 9 893 947 nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Jumladan, ichki reyslarda 1 871 659 nafar, xalqaro reyslarda 8 022 288 nafar yo‘lovchi. 2023-yilning shu davriga nisbatan o‘sish 33 foizni tashkil etdi.

Uchinchi chorakda 62 067 tonna yuk va pochta ham jo‘natildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 21 foizga ko‘p.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekiston-aeroportlarida-9-oyda-yolovchi-tashish-hajmi-33-foizga-oshdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

10 Oct, 10:50


Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil topdi

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi huzurida Rahbar kadrlarni baholash markazi tashkil etildi. Bu Vazirlar Mahkamasining 4-oktabrdagi qarorida nazarda tutilgan.

Markazning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
- ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar asosida davlat fuqarolik xizmatchilari uchun bazaviy, alohida lavozim yoki lavozimlar guruhi uchun kompetensiyalar modeli hamda indikatorlarini ishlab chiqish;
- davlat fuqarolik xizmatchilarini shaxsiy-professional diagnostika qilish, kompetensiyalar modeli asosida kompleks baholash;
- kompetensiyalarni baholash jarayonida foydalanish uchun doimiy ravishda yangi uslublarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va joriy qilish;
- kompetensiyalarni baholash natijalari asosida rahbar kadrlar uchun shaxsiy-professional rivojlanish trayektoriyasini ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda amalga oshirish;
- rahbarlik lavozimiga nomzodlarning umumiy kasbiy bilimi, qadriyatlari va aqliy salohiyatini aniqlash bo‘yicha test sinovlarini hamda psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish;
- rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash va monitoring qilish, kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni prognoz qilish, ularni saralab olish va joy-joyiga qo‘yish jarayonlariga raqamli texnologiyalarni va zamonaviy usullarni keng joriy etish.

Markaz Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari, shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari va texnik ko‘maklari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hisobidan moliyalashtiriladi.

👉 https://ming.uz/posts/rahbar-kadrlarni-baholash-markazi-tashkil-topdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

10 Oct, 09:09


Buxoroda o‘quvchilar vafot etgan YTHda aybdor deb topilgan avtobus haydovchisi 9 yilga qamaldi

Mart oyida Buxoro viloyatining Kogon tumanida yuk mashinasi va ichida o‘quvchilar bo‘lgan teatrga ketayotgan avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida 2 nafar o‘quvchi vafot etgandi.

20-sentabr kuni viloyatning Kogon tuman sudida avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. “Gazeta.uz” sud qarori bilan tanishdi.

Unga ko‘ra, 33 yoshli sudlanuvchi Otabek Sharopov Jinoyat kodeksi 266-moddasining (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlar o‘limiga sabab bo‘lsa) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi yo‘lda 50−55 km/soat tezlikda chorrahaga yaqinlashgan vaqtida harakat йўнaлишидaги chorrahaning svetofori ишлaмaётгaнлиги hamda “Йўл bering” belgisi ўрнaтилгaнлигини кўргaн. Chorrahadan келaётгaн yuk avtomashinasi uzoqda бўлгaнлиги sababli yo‘lni kesib ўтишгa ulguraman deb ўйлaб, avtobusni shu tezlikda boshqarib borib, chorrahaga kirgan. Shu vaqtda tezlikda kelayotgan yuk avtomashinasi bilan тўқнaшгaн va йўл-transport hodisasi sodir бўлгaн. Sudlanuvchi shaxs majlisda aybiga to‘liq iqrorligi, bo‘lib o‘tgan holat bo‘yicha chin ko‘ngildan pushaymon ekanligini va marhumlarning oila a’zolaridan kechirim so‘rashini bildirdi.

Sud unga 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilib, 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. U jazoni manzil-koloniyalarida o‘taydi. Muddat 2024-yil 25-mart kunidan boshlab hisoblanishi belgilandi.

Shuningdek, hukm qonuniy kuchga kirgach haydovchi avtobusi bilan to‘qnashgan beton aralashtirgich mashinasiga yetkazilgan 61,4 mln so‘mlik moddiy zararni qoplashi belgilangan. Bundan tashqari, sudlanuvchi 2 nafar o‘quvchiga kelgusidagi davolanish xarajatlari uchun o‘n million so‘mdan pul berishi kerak.

Sudda jami 34 ta voyaga yetmagan shaxs va ularning qonuniy vakili jabrlanuvchi sifatida ishtirok etdi.

👉 https://ming.uz/posts/buxoroda-oquvchilar-vafot-etgan-ythda-aybdor-deb-topilgan-avtobus-haydovchisi-9-yilga-qamaldi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

10 Oct, 07:44


Qashqadaryoda cho‘llanishga qarshi pilot loyiha ishga tushirildi

Qashqadaryo viloyatida tadqiqotchilar qishloq mahallalaridagi yer maydonlarida cho‘llanishga qarshi qashqa tajriba o‘tkazmoqda. Bu haqda viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi jarayon aks etgan suratlarni e’lon qildi.

Keltirilishicha, boshqarma Qurg‘oqchil hududlarda qishloq xo‘jaligi tadqiqotlar markazi (ICARDA) va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bilan hamkorlikda innovatsion usulda “Selxona tashkil etish” grant loyihasini amalga oshirmoqda. Bu haqda tadqiqotchilar o‘rtasida 2022-yilda muzokaralar o‘tkazilgan.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Qamashi davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli 189 konturda pilot loyihani grant mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi belgilangandi.

Tajribaga ko‘ra, lalmi yer maydonlarda tabiiy qor va yomg‘irlardan hosil bo‘ladigan suvlar bir joyga jamg‘ariladi. Shuning hisobiga o‘simlik dunyosini yaxshilash va shu orqali bog‘dorchilik plantatsiyalarini barpo etish hamda tuproq yemirilish eroziyasini oldini olishga erishiladi, deyiladi xabarda.

Mazkur pilot loyiha Qamashi tumanining Qishliq va Qizil qishloq mahallalarida jami 9 gektar yer maydonida tashkil etilmoqda. Ushbu tajriba bosqichma-bosqich viloyatning boshqa tumanlarida ham joriy qilinadi.

👉 https://ming.uz/posts/qashqadaryoda-chollanishga-qarshi-pilot-loyiha-ishga-tushirildi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

10 Oct, 06:14


Endi davlat oliygohlari hududida bog‘chalar tashkil etish mumkin

30-sentabr kuni prezidentning “Maktabgacha ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi [PF-152-sonli] farmoni qabul qilindi.

Norma xabar qilishicha, farmon bilan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘zlariga doimiy foydalanish huquqi asosida tegishli bo‘lgan bo‘sh yer uchastkalarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etishga ruxsat berildi.

Maktabgacha ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan xususiy sektor vakillarini qo‘llab-quvvatlash va yanada rag‘batlantirish, shuningdek, davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish maqsadida:

2018−2022-yillarda nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etish uchun Davlat byudjeti va xalqaro moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan ajratilgan imtiyozli kreditlarni qaytarish muddati 5 yilga uzaytiriladi;

2024-yil 1-oktabrdan boshlab bir vaqtning o‘zida bir nechta oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxsdan ijtimoiy soliq summasi uning bitta (asosiy) ish joyi bo‘yicha to‘lanadi.

👉 https://ming.uz/posts/endi-davlat-oliygohlari-hududida-bogchalar-tashkil-etish-mumkin

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Oct, 12:15


O‘zbekistondagi 12 ta bog‘chada fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotida bepul fransuz tilini o‘qitish yo‘lga qo‘yiladi. Bu borada vazir Hilola Umarova va Kokoro lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet o‘rtasida kelishuv imzolandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Fransiyada bo‘lib o‘tgan Xalqaro Frankofoniya tashkilotining 19-sammiti doirasida Kokoro lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasslet bilan uchrashdi.

Muloqotda tomonlar respublikadagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 5−6 yoshli bolalar uchun innovatsion Kokoro lingua platformasi yordamida bolalarga fransuz tilini o‘rgatish masalalarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunida kelgusi bir yil davomida 12 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bepul tarzda fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha kelishuv imzolandi.

Kokoro lingua 4−8 yoshdagi bolalarga chet tillarni o‘rgatishga mo‘ljallangan xalqaro onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, bolalarni tabiiy va qiziqarli usullar bilan chet tillariga o‘rgatadi. Darslar, asosan, video orqali o‘tkaziladi va bu jarayon bolalar o‘ynab-o‘rganish formatida tashkil etiladi. Undan 2018-yildan beri dunyo bo‘ylab 250 mingdan ortiq kishi foydalangan.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistondagi-12-ta-bogchada-fransuz-tilini-oqitish-yolga-qoyiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Oct, 11:01


Surxondaryoda “Jiguli” kanalga tushib ketdi

Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida 8-oktabr kuni kanalga tushib ketgan avtomashina chiqarib olindi, deb xabar berdi Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Soat 09:48 da Guliston mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi Zang kanaliga shu atrofda yashovchi fuqaroning “VAZ-2106” avtomashinasi tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan.

FVV qutqaruvchilari maxsus texnika va asbob-anjomlar yordamida avtomobilni kanaldan chiqargan. Avtomobilda hech kim bo‘lmagan.

Ma’lum bo‘lishicha, haydovchi mashina qo‘l tormozini ko‘tarishni unutgan.

👉 https://ming.uz/posts/surxondaryoda-jiguli-kanalga-tushib-ketdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Oct, 09:14


O‘zbekistonlik harbiylar Britaniyadagi xalqaro musobaqada ikkinchi o‘rinni band etdi

4−7-oktabr kunlari O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi Uelsda (Buyuk Britaniya) o‘tkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro harbiy musobaqasida ishtirok etdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Qayd etilishicha, musobaqada 30 dan ortiq mamlakatlardan, jumladan, Buyuk Britaniya, AQSh, Fransiya, Hindiston, Germaniya, Latviya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Italiya va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq jamoa ishtirok etgan.

Har bir jamoa 70 kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, eng murakkab tabiiy va taktik to‘siqlarni yenggan. Har 8−10 kilometrda marshrutning turli joylarida ishtirokchilar kimyoviy va biologik tahdid sharoitida harakat qilish, hujum operatsiyalari va murakkab joylarda yo‘nalishni topish kabi jangovar vazifalarni bajargan.

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi o‘z guruhida 13 ta jamoa orasida birinchi o‘rinni egalladi. Ular barcha bosqichlarda muvaffaqiyatli tarzda zararlangan hududlardan o‘tib, taktik operatsiyalardagi mahoratini ko‘rsatib, marshrutni birinchilar safida yakunlagan.

Umumiy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi kumush medalga sazovor bo‘ldi.

“Britaniyalik harbiy mutaxassislar O‘zbekiston harbiy xizmatchilarining tayyorgarlik darajasini yuksak baholab, ularning professionalizmi va jangovar vazifalarni bajarishdagi mukammal ko‘nikmalarini e’tirof etdilar”, – deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, “Kembriya patruli” 60 yildan buyon muntazam o‘tkazib kelinadi, musobaqa dunyo bo‘ylab harbiy bo‘linmalarni haqiqiy jangovar sharoitlarda ularning jangovar ko‘nikmalari va chidamliligini sinovdan o‘tkazadi. Unda ishtirokchi bo‘linmalar 48 soatdan kamroq vaqt ichida 70 km masofani bosib o‘tib, ko‘plab harbiy manyovrlar va patrullik vazifalarini bajaradilar. Mashg‘ulotlar Uelsning markaziy qismidagi tog‘lar va botqoqliklar kabi o‘tish qiyin bo‘lgan hududlarda o‘tkaziladi.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonlik-harbiylar-britaniyadagi-xalqaro-musobaqada-ikkinchi-orinni-band-etdi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Oct, 07:25


O‘zbekistonliklar Serbiyaga qurilish sohasida ishga taklif qilinmoqda

Serbiya davlati qurilish sohasida ishlovchi o‘zbekistonliklarni ishga taklif etmoqda, deya xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Nomzodlar soha bo‘yicha 3 yildan 5 yilgacha ish tajribasi bo‘lishi, ingliz yoki rus tillarida erkin muloqot qilishi (ingliz tiliga ustunlik beriladi) va 50 yoshgacha bo‘lishi kerak.

Ish haqi 700−800 yevroni (netto) tashkil qiladi. Haftada 6 ish kun bo‘lib, ishlovchilar bepul yashash joyi va tibbiy sug‘urta bilan ta’minlanadi. Viza rasmiylashtirish uchun to‘liq yordam beriladi.

Quyidagi kasblar bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlariga havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak:
- geomterik muhandis;
- yordamchi ishchi;
- ekskavatorchi;
- sanoat pol-beton quyuvchisi.

Nomzodlar 50 nafarga yetsa, ro‘yxatdan o‘tish to‘xtatiladi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni 71 202−33−55 (ichki raqam 17, 66), 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish mumkin.

👉 https://ming.uz/posts/ozbekistonliklar-serbiyaga-qurilish-sohasida-ishga-taklif-qilinmoqda

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

09 Oct, 05:58


Toshkent viloyatida Nexia urib yuborgan 50 yoshli piyoda halok bo‘ldi

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida piyoda o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deya xabar bermoqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, holat 8-oktabr kuni soat 00:05 atrofida shaharning Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan. Tarmoqlarda voqea sodir bo‘lgan paytda urib yuborgan haydovchi qochib ketgani aytilgan.

19 yoshli haydovchi O.Sh. Nexia 3 avtomobilini boshqarib ketayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 50 yoshli piyoda U.A.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

👉 https://ming.uz/posts/toshkent-viloyatida-nexia-urib-yuborgan-50-yoshli-piyoda-halok-boldi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter

Ming.uz

08 Oct, 08:48


Hafta davomida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi

O‘zbekistonda ish haftasi davomida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.

Dushanba kuni kunduzi respublika hududining katta qismida iliq va kam bulutli ob-havo saqlanib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati +23…+28 darajani tashkil etadi.

10−11-oktabrda O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15−20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Hafta davomida havo harorati kechalari +8…+13 darajani, kunduz kunlari +23…+28 darajani tashkil etadi. Faqat respublika tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi.

Toshkent shahrida 7-oktabrdan 10-oktabrgacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari +10…+13, kunduz kunlari +25…+28 daraja atrofida bo‘ladi.

👉 https://ming.uz/posts/hafta-davomida-yogingarchiliksiz-ob-havo-kuzatiladi

Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Twitter