Yurisprudensiya @yurisprudensiya_ikkinchi Channel on Telegram

Yurisprudensiya

@yurisprudensiya_ikkinchi


Qonunlarni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi!









Hamkorlik va murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

Yurisprudensiya Channel (Uzbek)

Yurisprudensiya kanali haqida gapiraylik! Bu kanal qonunlarni o'rganishni yoki bilmaslikni javobgarlikdan ozod etmaydi. Qonunlar hayotimizning her joyida ahamiyatga ega bo'lib, ularni tushunish bizga muhim xizmat qiladi. Bu kanalda siz qonunlar va uning nazariyasi haqida birgalikda o'rganish, maslahatlar olish va savollaringizni so'rash imkoniyatiga ega bo'lasiz. Yurisprudensiya kanaliga a'zo bo'lib, qonunlar sohasida o'zingizni rivojlantiring. Sizni bu foydali kanalga xush kelib qolamiz! Hamkorlik va murojaat uchun: @Yurisprudensiya1_bot

Yurisprudensiya

23 Nov, 08:03


Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga adliya xodimlari ham kiritiladimi?

Adliya organlari va muassasalaridagi boshqaruv xodimlari davlat xizmatchisi hisoblanadi, ayni damda adliya organlarining boshqaruv xodimlariga davlat xizmatchisi bo'lganligi uchun 20% ustama to'lanmoqda

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 07:52


Bayram pullari ikki oylik ish haqi miqdorida berilishi kerak. Bayram bayramday bo'lsin)

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 07:35


Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestriga quyidagi lavozimlar ham kiritiladi

Mahalladagi hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori, xotin-qizlar faoli

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 07:27


Demak, dekabr oyidan davlat xizmatchilarining oyliklari 20 foizga ko'tariladi🫡🫡

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 07:25


Prezident Administratsiyasidagilar bizni kuzatishadimi deymanda))

Yurisprudensiya

23 Nov, 07:24


Президент Фармонига кўра, Давлат фуқаролик хизмати лавозимларининг давлат реестри 2024 йил декабрида тасдиқланади.

@generalissimo_marshal

Yurisprudensiya

23 Nov, 07:14


"Byudjet tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to'lash va shtatlar jadvalini shakillantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidag"i VMQ qabul qilinadi

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 06:49


"Byudjet tashkilotlari xodimlarining mehnatiga haq to'lash va shtatlar jadvalini shakillantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidag"i VMQ qabul qilinadi

Oyliklar ko'tarilib, shtatlar qisqartirilsa kerak!

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 06:31


Hokimyatlarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari ya'ni axborot siyosati tang ahvolda

Hokimliklarning rasmiy sahifalarida faqatgina hokimning kunlik tashriflari yoki kimgadir yordam berganligi haqida postlar ko'rsatilishi, aslida aholiga konkret va dolzarb ma'lumotlar yetkazishdan ko'ra, faqat "ko'rinish" yaratishga xizmat qilmoqda.

Odamlar har kuni hokimni yoki sektor rahbarining "chiroyini" kuzatish uchun sahifalarni o'qimaydi. Ular uchun muhim bo'lgan narsa, ularning hududida hayotni yaxshilash, ishsizlikni kamaytirish, infratuzilmaning rivojlanishi, ijtimoiy masalalarning hal etilishi va amaldagi loyihalar haqida aniq va dolzarb ma'lumot olishdir. Hokimliklar o'z faoliyatini shunday olib borishlari kerakki, rasmiy sahifalar faqat tashriflar va ko'rinishlar bilan emas, balki aholining haqiqiy ehtiyojlariga javob beradigan chora-tadbirlar, natijalar va konkret loyihalar bilan to'ldirilsin.

Hokimiyat, o'z hududidagi muammolarni hal qilishda va jamoat ehtiyojlariga mos ravishda faoliyat yuritishi lozim. Shuning uchun, hokimning har bir tashrifi yoki nutqi tasvirlangan postlar, odatda, chiroyli bo'lishidan tashqari, samarali va aholi uchun foydali natijalarga asoslangan bo'lishi kerak. Bu haqiqatan ham hududdagi odamlar uchun ahamiyatli bo'lishi mumkin.

Bundan tashqari, rasmiy sahifalarda hokimning doimiy suratlari yoki bir nechta so'zlar bilan takrorlanadigan postlar o'rniga, amalga oshirilgan konkret ishlarga oid ma'lumotlar bo'lishi kerak. Masalan, yangi ish o'rinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash, ta'lim va sog'liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan yangiliklar kabi dolzarb mavzularni yoritish zarur. Aholi sahifada faqat hokimni "ko'rish" uchun emas, balki o'z hayotini yaxshilashga qaratilgan haqiqiy faoliyatlar va natijalarni ko'rish uchun kuzatishi kerak.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 06:16


Adolat faqat mansabdorlar uchun, boshqalarga esa....

Yuqori mansabdagi shaxs kimnidir haqorat qilsa, ular intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Agar oddiy fuqaro mansabdor shaxsni haqorat qilsa, jamiki qonunlar ishga tushib, qonun himoyachilari harakatga keladi va tegishli huquqiy choralar ko'riladi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 04:00


Vazirlar Mahkamasi tomonida tasdiqlangan davlat xizmatchilarining lavozimlari

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 03:47


Davlat xizmatchilarining oyliklari 20 foizga ko'tariladi, faqat...

Davlat fuqarolik xizmati to'g'risidagi qonun qabul qilinganiga ikki yildan oshgan bo‘lsa-da, hali ham Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri shakllantirilgani yo‘q. Mazkur qonunning 22-moddasida reyestrni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tasdiqlashi, shuningdek, u maxsus vakolatli davlat organi tomonidan yuritilishi belgilangan. Qonunning to‘liq kuchga kirishi uchun reyestrning tasdiqlanmay qolishining asosiy sababi moliyaviy omillarga bog‘liq deb o‘ylayman. Chunki reyestr tasdiqlangan taqdirda davlat xizmatchilarining oylik ish haqida o‘zgarishlar bo‘lishi, ya’ni kamida 20 foiz ustama to‘lanishi lozim bo‘ladi. Ayni paytda bu ustama faqat ayrim lavozimlar uchun to‘lanmoqda.

Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reyestri 2025-yilda tasdiqlanishi kutilmoqda

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

23 Nov, 03:15


Daraxt qulayotganda shovqin bo'ladi, o'sayotganda esa jimlik!

Yurisprudensiya

22 Nov, 12:12


Ijtimoiy tarmoqlarda tanqidiy post joylashtirayotganda yoki tanqidiy fikr bildirayotganda quyidagilarga e'tibor berishingiz lozim, aks holda ma'muriy (jinoiy) javobgarlikka tortilishingiz mumkin:

Hech qachon hech kimni haqorat qilmang, shaxsni obro‘sizlantiruvchi yolg‘on ma’lumot tarqatmang (agar fikringiz aniq dalillarga asoslangan bo‘lsa, qo‘rqmasdan bildiring), tuhmatdan saqlaning. Masalan, Kobul Dusov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosarini haqorat qilgani uchun hozirda sud jarayonlari olib borilmoqda.

Shunday ekan, tanqid qilish ham bir san’at.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

22 Nov, 12:09


Kobul Dusov jinoiy javobgarlikka tortildi

Bugun jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudida K. Dusovga (1984-yilda Samarqand viloyatida tugʻilgan) oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi eʼlon qilindi.

Sud hukmiga muvofiq K. Dusov jabrlanuvchi F. Boqiyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 1 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Jinoyat kodeksining 48-1-moddasiga (ozodlikni cheklash) asosan K. Dusovga sutkaning muayyan vaqti, yaʼni kech soat 21:00 dan ertalabki soat 07:00 ga qadar yashash joyidan chiqish cheklanishi va unga qoʻshimcha internetdan foydalanmaslik, ommaviy va boshqa tadbirlar oʻtkazishda ishtirok etmaslik, har oyda bir marotaba yashash joyi boʻyicha IIO FMB Probatsiya boʻlimidan roʻyxatdan oʻtib turish hamda mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini oʻzgartirmaslik kabi taqiqlar yuklanishi belgilandi.

Mazkur jinoyat ishi boʻyicha manfaatdor taraflarga yetkazilgan moddiy va maʼnaviy zararlarni undirish yuzasidan fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida sudga murojaat qilish huquqlari mavjudligi tushuntirildi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

22 Nov, 07:38


Sudlangan yoki nojoʻya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi, sud yoki boshqa davlat organlaridan hamda tashkilotlardan boʻshatilgan shaxslar prokuratura organlariga xizmatga qabul qilinmaydi

Prokuratura organlariga xizmat qilish uchun oliy yuridik maʼlumot, zarur nazariy bilim, kasbiy, shaxsiy va ishchanlik fazilatlarga ega hamda xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Prokuratura organlariga xizmatga qabul qilish shaffoflik, oshkoralik, xolislik va kollegiallik tamoyillari asosida tanlov oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Xizmatga qabul qilish uchun nomzodlar quyidagi tanlov bosqichlaridan oʻtkaziladi:
1) tibbiy koʻrik;
2) maxsus tekshiruv;
3) test sinovlari va suhbat.

Birinchi va ikkinchi tanlov bosqichlaridan oʻtgan nomzodlarga test sinovlari va suhbatda qatnashishga ruxsat beriladi.

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉Yurisprudensiya

Yurisprudensiya

22 Nov, 07:18


"Pedagog va tibbiyot xodimlarining oyliklari qachon 1000 dollar bo'ladi?" degan savolga qisqa va lo'nda javob

Kanalga a'zo bo'lish uchun
👉 Yurisprudensiya