Alisher Tojiyev @alisherahmatovich Channel on Telegram

Alisher Tojiyev

@alisherahmatovich


IT doktor, investor va ko‘plab ijtimoiy loyihalar asoschisiman. Kanalimda IT va shu sohada biznes yuritish haqida yozib boraman.

Bog'lanish - @u2b3kbot
YouTube - https://shorturl.at/Cj8it
Instagram - https://shorturl.at/sjBCZ

Alisher Tojiyev (Uzbek)

Salom do'stlar! Sizni Alisher Tojiyev kanaliga xush kelibsiz! Bu kanal IT doktor, investor va ko'plab ijtimoiy loyihalar asoschisi Alisher Tojiyevning rasmiy Telegram kanalidir. Kanalda Alisher IT sohasi va bu sohadagi biznes yuritish haqida mavzu-tajribalarni siz bilan ulashishga intilayman.

Kanalimizda u zo'r qiziqarli maqolalar, foydali ma'lumotlar va yangiliklar bilan sizlarni tanishtirish uchun harakat qilamiz. Agar siz IT sohasiga qiziqqan bo'lsangiz, bizning kanalimizni obuna bo'lishni unutmang! Bu yerda sizga yangiliklar va foydali ma'lumotlar olishingiz mumkin.

Agar sizda savollar yoki takliflar bo'lsa, bog'lanish uchun @u2b3kbot bilan aloqada bo'lishingiz mumkin. Alisher Tojiyevni YouTube va Instagram sahifalariga havola orqali kuzatib boring:

YouTube - https://shorturl.at/Cj8it
Instagram - https://shorturl.at/sjBCZ

Biz bilan birgalikda IT sohasi bo'yicha eng so'nggi yangiliklar va ma'lumotlar bilan tanishib, o'zingizni rivojlantirishga oid yangi yollar topishingiz mumkin. Obuna bo'ling va biz bilan birgalikda IT sohasining zarurligini tushuning!

Alisher Tojiyev

20 Nov, 16:37


Bugungi kun oson o'tmadi, ammo Xudoga shukur ikkita loyihamiz ommaga taqdim etildi va ayni vaqtda TOP 10 Chartda.

P.S. Loyihangiz haqidagi ma'lumot istalgan vaqtda e'lon berib yuborilishiga tayyor turing yoki Dev serverda saqlab turgan vaqtingizda loyihangiz haqidagi ma'lumotlarni ommaga e'lon qilinishini jiddiy nazoratga oling. Loyihani qanaqa serverda turgani, qanchalik internet trafigi borligi foydalanuvchilarga qizig'i yo'q, istalgan loyiha yoki startaplar uchun yo'qotilgan foydalanuvchilar juda katta zarar keltiradi. Ularni qayta ishonchini qozonish juda ham qiyin ish deb bilaman.

Doim, taqdirning sovg'alariga tayyor turing. Bugungi kunda ko'pchilik jamoa a'zolarimiz qattiq mehnat qilishdi, 300 000'dan ortiq foydalanuvchilar so'rovlariga javob berish oson bo'lmadi. Boringizga shukur. Emotsiyada aytilgan gaplarim uchun, shu loyihalarni ishlab chiquvchi jamoalardan uzr so'rayman. Sizlarni yaxshi ko'raman va faxrlanaman.

Bugun, Hududgazta'minoti uchun ishlab chiqqan invest loyihamiz HGT Mobile(iOS & Android) va Yoqilg'i shoxobchalari haqida ma'lumot beradigan startapimiz Avto24 (iOS & Android) loyihalarini ommaga taqdim etdik. Loyihalarimizdan foydalanib o'z fikrlaringizni berasizlar degan umiddaman.

Eslatib o'taman, ikkala loyiha ham Test holatida ishga tushirildi, tez-tez yangilab turishimizga rozi bo'lasizlar.

Alisher Tojiyev

18 Nov, 11:04


Assalomu alaykum, Qashqadaryoliklar bormi?

Unda, bu havolaga kiringlar: https://t.me/iqtidormaktabi/59

Alisher Tojiyev

15 Nov, 07:35


Esingizda bo'lsa, UIC Akademiyasi bitiruvchilarining soft skill'lari haqida aytib o'tgan edim.

Bugun Amon aka boshchiliklarida IT sohasiga qiziquvchilar uchun Akademiya telegram kanalida 20:00 da ovozli suhbat tashkillashtirilayotgan ekan.

Xudo xohlasa IT sohasida o'z kelajagini ko'rayotganlar uchun ushbu suhbat foydali bo'ladi.

Havola: Telegram kanalga o'tish

Alisher Tojiyev

14 Nov, 09:02


Bizni loyihalar "WebSummit Lissabon 2024"da!


Avvallari bunaqa tadbirlarga bora olmayapmiz deb ozgina tushkunlikka tushardim, lekin hozir o'z ustimizda ishlab, bilim va tajribamizni oshiraylik keyin vaqti keladi deb 5 yil hech qanaqa tadbir yoki konkurslarda deyarli ko'rinish bermadik, hozirda esa Xudoga shukur ko'pgina AyTi tadbirlarida loyihalarimiz bilan ishtirok etib kelmoqdamiz.

Bu bilan nima demoqchiman, hozir o'z ustida timsiz ishlayotgan lekin atrofidagi natijalarga boy xodisalarni ko'rayotgan do'stlarim, qayg'urmang, ularga e'tibor bermang, doim tinimsiz o'rganishga diqqatizni qarating. Ingliz tili o'rganing, yo'nalishingizdan boshqa yo'nalish qiziq ko'rinsa ham o'zgartirmasdan harakatda bo'ling. Sizni oldinda juda katta NATIJALAR kutmoqda.

Endi esa azizlar, ushbu havolaga kirib, reaksiyalarni yog'dirib tashlaylik, AyTi Parkimizning matbuot xizmati maza qilsin: 👉 https://t.me/itpark_uz/13070

Alisher Tojiyev

11 Nov, 12:13


Donishmand dasturchi tomonidan, Dasturchi sifatida qanday shartnomalar tuzish mumkinligi, ularning turlari haqida maqola yozilibdi. Juda foydali ekan.

- Qanday turdagi shartnomalar bor?

- Qanday qilib O'zbekistondan turib turib xorijga qonuniy ishlash mumkin?

- Ishchi shartnomasi bilan Yevropada katta mol mulkni bo'lib to'lashga sotib olish mumkinmi?

- Oylik maoshni crypto'da to'laydigan kompaniyalar bormi?

- B2B shartnoma nima o'zi?


https://telegra.ph/Shartnomalar-11-10

Alisher Tojiyev

05 Nov, 04:54


Amon akani Akademiyasida oʻqiganlarni soft skill’lari ham boshqacha, xabaringiz bor borgan sari hard skill’lardan tashqari soft skill’ga talab ham oshib bormoqda.

Zamonga mos kasblar oʻrgatilmoqda, tez va oson, lekin sifatli mahsulot chiqarishga diqqatlarini qaratganlar.

@uic_academy

Alisher Tojiyev

03 Nov, 14:30


Amon aka oʻsha gap, UIC Group’dan yuridik ishdan boʻshash mumkin, lekin jamoadan ketilmaydi.

Oʻtgan hafta ham bir kompaniya rahbaridan yaxshi fikrlar eshitgandim ularda ishlayotgan 2ta jamoa a’zoyimiz haqida. Bu ham baxtni bir koʻrinishi boʻlsa kerak.

Alisher Tojiyev

01 Nov, 12:50


Murodxoʻja degan bir ukam bor, isbotlab oʻchirtirdi avvalgi postni. Sababi, koʻpchilik havotirga tushibdi.

Yaqinda bir loyihamiz BAA’da ishga tushuramiz. Shu loyiha asoschisi 24 soat ichida video taqdimot tayyorlashi kerak edi, afsuski natija yaxshi emas.

Oʻzingizga talabni yuqori qoʻying, sifat juda muhim. Sizga odamlar oʻzidan oʻzi pul bermaydi va bunga majbur emas. Unutmang, bir holat boʻlib sizdan investitsion(xizmatizga nisbatan mijozlar, mahsulotizga nisbatan talab) joziba qochsa uni tiklab boʻlmaydi.

Sergak qarang hamma harakatga!!!

Alisher Tojiyev

31 Oct, 16:13


Kamtarligiga 4 martagina guvoh bo'lganman shu odamni: https://t.me/MadinaCrypto/873

Alisher Tojiyev

30 Oct, 18:51


Commeta ekotizimining Sharh loyihasi tanlov e’lon qilibdi. Tanlovda shartlari juda oddiy, Sharh ilovasidagi turli xil kategoriyalar bo‘yicha 10 ta sharh yozasiz holos.

G‘oliblar uchun mukofotlar:
- Galaxy S24
- Galaxy A55
- Galaxy Watch

Tanlov 15-dekabrgacha davom etadi. G‘oliblarni 22-dekabr kuni e’lon qilishadi.

Batafsil

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

30 Oct, 08:40


#members

👍 IT Park rezidenti “UIC Games” $400 000 miqdoridagi grantni e’lon qilmoqda!

Agar siz o‘yinlar ishlab chiqishga ishtiyoqmand bo‘lsangiz va bu sohadagi eng yaxshi mutaxassislar bilan jamoada ishlashni istasangiz, bu grant aynan siz uchun mo‘ljallangan.

Grant nimalar taqdim etadi:
🟢 bir yil davomida o‘yinlar ishlab chiqishni bepul o‘rganish uchun noyob imkoniyat
🟢 o‘qish davri mobaynida stipendiya
🟢 o‘qishni tugatgach kafolatlangan ish o‘rni

⭐️ Grantlar soni cheklangan. Imkoniyatni boy bermaslik uchun @UICGames_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting!
_____________

👍 IT Park members UIC Games Announces Grant of $400,000!

If you are passionate about game development and wish to collaborate with top professionals in the industry, this grant is designed for you.

Benefits of the Grant:
🟢 A unique opportunity to engage in a one-year, tuition-free study program in game development
🟢 A stipend provided throughout the duration of the program
🟢 Guaranteed employment upon completion of the training

⭐️ The number of grants is limited. Register through @UICGames_bot to seize this opportunity!

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | LinkedIn

Alisher Tojiyev

28 Oct, 05:05


Assalomu alaykum, boshlangan hafta barchamizga xayrli boʻlsin! Do'stlar bizda tandirdan chiqqan qaynoqqina vakansiyalar bor:

#Middle Backend developer
Python Odoo
Oylik maosh: 15-20 mln so'm
Rezume uchun: https://uic.group/vacancy/22

#Middle Backend developer
Python Django
Oylik maosh: 15-20 mln so'm
Rezume uchun: https://uic.group/vacancy/16

#Senior IOS native developer
Oylik maosh: 30 mln+
Rezume uchun: https://uic.group/vacancy/33

#Senior Android native developer
Oylik maosh: 30 mln+
Rezume uchun: https://uic.group/vacancy/34

#Middle Flutter developer
Dart Flutter
Oylik maosh: 15-20 mln so'm
Rezume uchun: https://uic.group/vacancy/19

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

15 Oct, 15:03


Dunyodagi eng yirik texnologik va startap shousi — Gitex Global’da sohasining TOP’lari bilan fikr alishishda davom etmoqdamiz.

Xalqaro miqyosda serverlar planirovkasini ishlab chiqadigan va yetkazib beradigan, mingdan ortiq turli mahsulotlarni yetkazish bilan shug’ullanuvchi BRITICOM tashkiloti bilan og’zaki kelishuvga erishdik.

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

14 Oct, 14:53


Ko’rib turganingiz — MySQL vitse-prezidenti (o’rtada) va UIC Group
CEO’si Murodxo’ja Muratov (chapda).

Biroz hazil tariqasida yozdim, sababi faxrlanganimdan ko’tarilgan kayfiyatimni sizlar bilan ham bo’lishmoqdaman.

Bugun GITEX Global — Dubai, 2024 tadbirida texnologiyalar va startaplar haqida zo’r insaytlar oldik, zo’r mutaxassislar bilan suhbatlashdik.

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

14 Oct, 11:42


Everything is AI, AI is everything.

Alisher Tojiyev

14 Oct, 11:36


Vazir oʻrinbosarimiz Oleg aka tomonidan Oʻzbekistondagi AyTi haqida bomba taqdimot qilib berdilar.

Faxrlanib ketdim.

Alisher Tojiyev

14 Oct, 10:33


Biz oxiri topdik)))

Alisher Tojiyev

10 Oct, 14:41


#ctf
9 va 10 - kunlarda bo'lib o'tgan CSS 2024 - Xalqaro kiber xavfsizlik sammitida TuranSec xodimlari faol ishtiroq etdi.

TuranSec jamoa a'zolari sammit doirasida tashkil etilgan CTF Blue team va Red team yo'nalishida qatnashdi hamda 'Shaptoli' jamoasi sifatida Blue team yo'nalishida 1-o'rinni qo'lga kiritdi🔥

Alisher Tojiyev

09 Oct, 10:47


Ayolim PhD ilmiy darajasini oldi, qizlaringizni va ayollaringizni olima qiling, shunda Inshaalloh kelajagimiz yanada nurli boʻladi.

Bugun bayram 🎉🎉🎉

Alisher Tojiyev

08 Oct, 14:15


Qulay, arzon va moslashuvchan xalqaro ERP tizimlaridan biri - Odoo haqida oldin ham yozganman.

UIC Group O'zbekistonda Odoo hamjamiyatining rasmiy hamkori hisoblanadi. Bir necha marotaba hakatonlar uyushtirildi, shu yo'nalishni tushungan mutaxassislarga esa eshigimiz doimo ochiq.

Mazkur tizim ishlashi, afzalligi va yangi IT hamjamiyat - Odoo Uzbekistan, unga qo'shilish haqida YouTube blogimda video joyladik:

https://youtu.be/OybzhfgBHns?si=gxHX-uiVpGFzxqdk

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

04 Oct, 16:33


Telegram yaqin sharqda, xususan, Isroil, Livan va Eronda sodir bo'lgan so'nggi voqealar tufayli misli ko'rilmagan yuklamalarni boshidan kechiribdi. Hozirda barcha muammolar to'liq hal qilindi deya xabar bermoqda…

Pavel Du Rove

Alisher Tojiyev

04 Oct, 07:50


Тескари мақтанишлар

Авваллари мақтанган гапларимни яхшилаб тафаккур қилиб чиқдим.

Ҳозир ўйлаб қарасам худди шуни тескариси билан мақтанаётган эканман:

Аввал мақтанардим: Уйимда катта телевизорим бор
Ҳозир мақтаняпман: Уйимда телевизорим йўқ

Аввал: Миллионни янгисини кўрдим
Ҳозир: Миллионни янгисини кўрмадим

Аввал: Сўнгги русумли "iphone" олдим
Ҳозир: Iphone 16 чиққанди олмадим. Энди 15 оламан ;)

Аввал: инстаграм очдим
Ҳозир: Инстаграмимни ёпдим

Аввал: Дўстларим кўп
Ҳозир: Дўстларим кам. Ёлғизман

Аввал: Янги мусиқани эшитдим
Ҳозир: Янги мусиқани эшитмадим. Эшитмайман ҳам

Аввал: Кечаси билан кўчада айландик
Ҳозир: Кечаси билан ухладим

Аввал: Фалончини уриб, бурнини синдирдим
Ҳозир: Фалончи билан уришмай, ўзимни тийдим

Аввал: Дўстлар билан паркка бордик
Ҳозир: Паркка бир ўзим бордим

Аввал: Машинамга фалон сўм харажат қилдим
Ҳозир: Машинамга эҳтиёжсиз бир тийн ҳам харажат қилмадим

Аввал: Осон ишда ишлаяпман. Масъулият йўқ.
Ҳозир: Қийин ишда ишлаяпман. Масъулият кўп.

Аввал: Ишим зўр. Нафақага эрта чиқаман.
Ҳозир: Нафақага ҳеч қачон чиқмайман.

Аввал: Катта «окахон»лар билан вақт ўтказяпман
Ҳозир: Болалар билан вақт ўтказяпман

Аввал: Аёлим билан уришсам жойига ўтказиб қўяман
Ҳозир: Аёлим билан уришсам, капишонни кийиб, кўчага чиқиб кетаман

Аввал: Битта ҳам тўйдан қолмайман
Ҳозир: Битта ҳам тўйга бормайман

Сиз-чи?

@Ustoz_kundaligi

Alisher Tojiyev

02 Oct, 09:02


“IT Park va Texnopark kabi yirik loyihalarni rivojlantirish uchun kadrlar, hamkorlar kerak..”

“Boshqa tarafdan, hamma IT sohasini o‘qiyapti, lekin o‘quv markazini bitirib chiqqanlarni hech kim ishga olmayapti”.

“Stajyorlarni ishga oladigan IT kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash kerak. Aks holda qanchadan-qancha mutaxassis g‘oyasi bilan ishsiz qolib ketyapti”.


— “Yangi Hayot” televizion ko’rsatuvida Umidjon Ishmuhamedov, Sherzod Ahmadov, Qudrat Abdurimov va boshqa IT hamda texnologiyalar bo’yicha mutaxassislar, faollar bilan qizg’in suhbatda ishtirok etdik.

👉 Batafsil: https://youtu.be/j9HE_0yym-g?si=OFbPDSaGpLDLQ35d

@AlisherAhmatovich

Alisher Tojiyev

28 Sep, 10:17


O‘zbekistonda juda mashhur bo‘lgan Hamster Kombat oson pul yo‘qligini ko‘rsatdi.

Bu hafta xalqaro birjalarda Telegram’dagi «(Ch)Sichqonchaga bosish» o‘yini bo‘lgan Hamster Kombat tokeni savdosi boshlandi. Boshlanishida narxlar yomon bo‘lmagan bo‘lsa-da (Binance’da HMSTR $0,013 atrofida sotilgan), keyinchalik tez tushib ketdi.

Yangi aktivlar ko‘pincha birjaga chiqqandan so‘ng avval arzonlashadi, so‘ng narxlari ko‘tariladi. Lekin HMSTR holatida o‘sish qayerdan bo‘lishi aniq emas.

Hozirda token $0,006 (taxminan 86 so‘m) atrofida savdo qilinmoqda. Agar har kim 100 000 dan ortiq token olganida, bu yaxshi narx bo‘lar edi. Lekin bunday bo‘lishi mumkin emas, chunki millionlab dollar likvidlik kerak, va u mavjud emas. Shuning uchun ko‘pchilik 5 000 tokendan kamroq olgan.

Natijada, bir necha oylik vazifalarni bajarish va reklamalarni tomosha qilish $15-25 atrofida foyda keltirgan. Lekin O‘zbekistonda ularni ham olish imkoni yo‘q, chunki tokenlar faqat mahalliy kriptobirjalarda sotilishi va sotib olinishi mumkin. Hozircha HMSTR u yerda yo‘q, va qachon bo‘lishi ham noma’lum.

Shu paytda firibgarlar ham faol bo‘lib qolgan. Ular “Har bir hamster uchun $1 to‘laymiz. Faqat kartangiz raqamlarini va SMS orqali kelgan kodni yuboring”, deb alday boshlagan. Aslida esa ular shunchaki odamlarning pulini o‘g‘irlaydi.

Hamster Kombat inqilob qilolmadi. Pavel Durov buni blokcheyn va mini-ilovalarning yangi davri deb atagan edi. Ammo ko‘pchilik hech bo‘lmasa $100 topishni o‘ylagani uchun umidsizlikka tushdi.

Lekin bu hikoyadan bir saboq bor — oson pul yo‘qligi aniq bo‘ldi.

Skartarris kanalidan tarjima qilindi

Alisher Tojiyev

27 Sep, 09:16


Ehson qilmoqchi va yaxshi ishlarga hissa qo‘shmoqchi bo‘lsangiz:

hissa.uz platformamiz orqali xayrli ishlarga sherik bo‘lishingiz mumkin.

P.S. Iltimos, loyihani ommalashtirish va shaffof xayriya tizimini kengaytirishga ko’maklashing.

iOS va Android ilovalarni yuklash

#hissa

Alisher Tojiyev

26 Sep, 15:24


Navbatdagi loyihamiz esa barchaga ma’lum boʻlgan Uzbekistan’s Club loyihasi boʻlib, loyihaning navbatdagi epizodi va kreativ jurnalning 2-soni ommaga taqdim etildi.