✅ Talaba akademik qarzdor boʻlgan bitta fanni qayta oʻzlashtirishi uchun uning tomonidan amalga oshirilishi lozim boʻladigan toʻlovning miqdori (QTM) bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorining (BTKM) bir oʻquv yili uchun belgilangan jami kreditlar miqdoriga (JKM) boʻlinganda hosil boʻladigan boʻlinmani tegishli fanga ajratilgan kredit miqdoriga (FKM) koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.
Masalan: Aytaylik 1 yil uchun 60 kredit ajratilgan shundan bu semestr (1,3,5,7) uchun ajratilgan umumiy fanlar kredit miqdori 30 kredit. Endi kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun belgilangan bazaviy kontrakt 6.412.000 so‘m bo‘lsa, ushbu summani yarmi 3.206.000 soʻmi ya'ni yarim yillik kontrakt summasini ushbu semestr jami fanlar uchun ajratilgan 30 kreditga bo‘linadi.
6 412 000 : 2 = 3 206 000 soʻm
3 206 000 : 30 (kredit)= 106 866.6 so‘m
106.866 × 5 (kredit)= 534 333 so‘m
@Slaydqilbot - siz uchun yaratilgan