Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района @toshkenttumanihokimligi Channel on Telegram

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

@toshkenttumanihokimligi


Toshkent tumani hokimligi – hududiy davlat boshqaruv organi.
____

Хокимият Ташкентского района – местный государственный орган управления.

📍 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8.

📞 +998712035522

🌐 toshkenttumani.uz

📩 @toshkenttumanihokimligibot.

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района (Russian)

Добро пожаловать в Telegram-канал 'Toshkent tumani hokimligi'! Здесь вы найдете все актуальные новости и обновления от hududiy davlat boshqaruv organi - Хокимият Ташкентского района.
____

Хокимият Ташкентского района - это местный государственный орган управления, который заботится о благополучии жителей этого района. Мы находимся по адресу: 111100, Keles shahri, Keles yo’li 8. Вы также можете связаться с нами по телефону: +998712035522 или посетить наш сайт: toshkenttumani.uz. Для оперативной связи с нами, используйте нашего бота в Telegram: @toshkenttumanihokimligibot. Присоединяйтесь к нам, чтобы быть в курсе всех событий и изменений в вашем районе! 📍📞🌐📩

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

01 Feb, 13:19


#markaz_faoliyati

Markaz faoliyati yuqori baholandi

Toshkent tumani Yoshlar markaziga Voyaga yetmagan yoshlar ishlari bo‘yicha Respublika komissiyasi Toshkent viloyat boshqarmasi masʼul xodimi tashrif buyurdi.

Markazda yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ijodiy loyihalar bilan tanishib chiqildi.

Tashrif davomida vakillar yoshlar uchun tashkil etilgan to‘garaklar, sport va o‘quv mashg‘ulotlari, shuningdek, iqtidorli o‘g‘il-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga yuqori baho berishdi.  Yoshlarning maʼnaviy rivoji uchun bunday maskanlarning ahamiyati ta’kidlab o‘tildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

01 Feb, 11:56


#Yangi_inshoot

"Boyterak EKO" bozori ishga tushdi

Toshkent tumani Hasanboy mahallasida "Boyterak EKO" bozorining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.


Yangi bozor ochilishi tadbirida tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, shu jumladan tuman hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etib, aholiga sifatli va karmonbop mahsulotlarni yetkazish, aholi talab va istaklarini bajarish boʻyicha oʻz taklif va mulohazalarini yuritdilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

01 Feb, 09:58


#Xushxabar

Endi haydovchilik guvohnomasini bepul olish mumkin!

NAHOTKI?

Gap shundaki, Yoshlar ishlari agentligi yoshlarga haydovchilik guvohnomasini olish uchun yordamlashadigan bo’ldi.

Lekin aynan qaysi yoshlarga? Bepul o’qish uchun nima qilish kerak?

📹Videoda mutaxassis batafsil javob bergan!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

01 Feb, 08:28


#Sayyor_qabul

3-sektorda sayyor qabul oʻtkazildi


Joriy yil 31-yanvar sanasida Toshkent tumani 3-sektor hududidagi Ko'kterak mahallasida 3-sektor hududida yashovchi aholi uchun sayyor qabul oʻtkazildi.

Sayyor qabulni 3-sektor rahbari, IIB boshlig'i v.v.b M.Sabirov bilan birgalikda tuman Xalq qabulxonasi rahbari N.Muxamedov oʻtkazdilar.

Qabulda kadastr, suv taʼminoti, elektr va gaz taʼminoti masalalari yuzasidan 20 dan ziyod fuqarodan 25ga yaqin murojaat kelib tushdi.

Murojaatlar 3-sektor tomonidan belgilangan muddatda hal qilinishi uchun chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib bosqichma-bosqich bartaraf qilinadigan boʻldi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

01 Feb, 06:58


#Uchrashuv

🟢Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belgiya davlati Jahon banki vakili Nuriya Branders tashrifi.

📌Kuni kecha, Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida  Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda Belgiya davlati Jahon banki vakili Nuriya Branders mahallada kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodimlar va hokim yordamchilari bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamidagi  kambagʻallik va bandlik holatlari yuzasidan suhbatlashilib, oʻzaro fikr mulohazalar bildirildi.

♻️Ushbu uchrashuvda  tomonlar ijtimoiy himoya sohasidagi  bilim koʻnikma va malakalarini yanada mustahkamlash va yangi loyihalarni amalga oshirishdagi qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ushbu tashrif soha mutaxassislariga ilgʻor tajribalar bilan tanishish, zamonaviy yondashuvlarni oʻrganish hamda Oʻzbekistonda ijtimoiy xizmatlarni yanada rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

01 Feb, 05:28


#Sayyor_qabul

4-sektor rahbari sayyor qabulda


Kecha, Toshkent tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi, 4-sektor rahbari Sanjar Abduvaliyev boshchiligida sektor hududidagi Oltintepa mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda, tuman Xalq qabulxonasi rahbari Nigʻmat Muxamedov ham ishtirok etdi.

Masʼul korxona-tashkilot rahbarlari ishtirok etgan qabul davomida 20ga yaqin fuqaroning yoʻl infratuzilmasi, elektr taʼminoti, subsidiya va moddiy yordam yoʻnalishidagi murojaatlari tinglanib, ularning yechimi izlandi.

Har bir murojaat tegishliligi boʻyicha korxona yoki tashkilot rahbariga biriktirilib, yechimi boʻyicha muddat belgilandi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

01 Feb, 04:30


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari to'lagan QQSning 50 foizi qaytarib beriladi


“Chorvachilik va parrandachilikni qo'llab-quvvatlash, sohada yuqori qo'shilgan qiymat yaratish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-34-son, 30.01.2025 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, quyidagilar tasdiqlandi:

2025-yilda go'sht va sut ishlab chiqarish hajmining prognoz ko'rsatkichlari;

2025-yilda parranda go'shti va parranda tuxumi yetishtirish hajmining prognoz ko'rsatkichlari;

2025-yilda hududlarda parrandachilik kooperatsiyasi tizimi asosida aholi bandligini ta'minlash ko'rsatkichlari;

2025-yilda parranda mahsulotlarini eksport qilishning prognoz ko'rsatkichlari.

📌 2025-yil 1-apreldan 2028-yil 1-yanvargacha chorvachilik va parrandachilik xo'jaliklari tomonidan Davlat byudjetiga to'langan QQSning 50 foizini har oyning 25 sanasigacha qaytarish tartibi joriy etiladi.

📝 Parrandachilikning go'sht va tuxum yo'nalishida kooperatsiya tizimi asosida 1 million aholini ish bilan ta'minlash bo'yicha “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi.

⚠️ Naslchilik korxonalari uchun ularning asosiy faoliyat turi bo'yicha foyda solig'i, mol-mulk solig'i, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqlarni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to'lash shaklidagi soliq imtiyozlarining amal qilish muddati 2028-yil 1-yanvargacha uzaytiriladi.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

31 Jan, 15:29


#Qonun_loyihasi

Deputatlar diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini ishlab chiqdi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir guruh deputatlari tashabbusi bilan «fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” ishlab chiqildi. 41 banddan iborat, qonun shaklidagi loyihada – diniy sohadagi davlat siyosatining 10 ta asosiy vazifasi, 6 ta prinsip va 3 ta ustuvor yoʻnalishlari belgilangan. Qonun loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilindi, endi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilinadi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

31 Jan, 14:29


#Sport

Kibersport turlari yanada rivojlantiriladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 16-noyabrdagi “Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-423-sonli Qarori yurtimizda Kibersportni rivojida yangi davrni boshlab berdi.

Mazkur qaror bilan kibersport turlari boʻyicha professional sportchilar (kibersportchilar) va trenerlar, malakali hakamlar va sharhlovchilar hamda boshqa mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash tizimini joriy qilish, kibersport turlari boʻyicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish, ilmiy va oʻquv-uslubiy qoʻllanmalar va adabiyotlar ishlab chiqish kabi jiddiy vazifalar yuklandi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, bugungi taʼsis yigʻilishi tashkil etildi. Assotsiatsiyaning taʼsis yigʻilishida Toshkent tumani hokimi Ergashev Sardorbek Kadirovich Oʻzbekiston Kompyuter va elektron sport assotsiatsiyasining Toshkent viloyati boʻlimi raisi lavozimiga tasdiqlandi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

31 Jan, 13:26


#Kun_tartibi

Dual ta’lim: dastlabki natijalar va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi

Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarni to‘g‘ri yo‘naltirish, talabgor kasblarga o‘qitish, ta’lim muassasalarida dual ta’limga e’tiborni kuchaytirish bugungi kunda g‘oyatda dolzarb masaladir.

Bugun Toshkent tumanidagi “Bonito Kids ishlab chiqarish korxonasida dual ta’lim imkoniyati va istiqbollariga bag‘ishlangan amaliy seminar o‘tkazildi.

Tadbirda tuman hokimi Sardorbek Ergashev, texnikum rahbarlari va ma’lum toifadagi mutaxassislik bo‘yicha kadrlarga talabgor yirik tadbirkorlik subyeklarining vakillari ishtirok etdi.

Tomonlar mehnat bozoridagi bugungi real talablar asosida kadrlar tayyorlab berish borasida o‘zaro fikr almashdilar. Seminar ishtirokchilari shu yerda mehnat qilib, pul ishlab topayotgan, o‘rta-maxsus o‘quv yurtlarida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan yoshlarning mehnat faoliyati bilan tanishdilar.

Qizg‘in muhokamalarda tumanda dual ta’limni keng joriy etish, o‘quvchilarni talabga qarab kichik guruhlarga biriktirib, kasb-hunarga o‘qitish tizimi xususida so‘z bordi.

Seminarda Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev ishtirok etdi va nutq so‘zladi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Jan, 12:59


#OAV_nigohida

Ахborot 24 | Sport maktablari iqtidorlarni kashf etmoqda


📷Tafsilotlar "O'zbekiston 24" telekanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Jan, 09:57


#Hokim_hududda

Xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish obyektlari oʻrganildi


Bugun,Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, Savdo-sanoat palatasi tuman boʻlimi rahbari Rustam Zaripov bilan "Koʻkterak" dehqon bozori va "Ixlos mebel" ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini oʻrganishi uchun hududda boʻldi.

Xabaringiz bor, tuman hokimi ilgari ham aholi murojaatiga asosan dehqon bozorini oʻrgangan edi. Bugun esa u, oxirgi tashrifdan soʻng nima oʻzgarishlar boʻldi, bozorni tartibga keltirish choralari koʻrilmoqdami, sotuvchi va mijoz uchun sharoitlarni oʻzgartirish masalasi dolzarbmi kabi masalalarni oʻrganish uchun bozor maʼmuriyati bilan suhbatlashdi.

Suhbat davomida, tumanning asosiy dehqon bozori boʻlgan hududda bu singari sharoitlar zamon talabiga toʻgʻri kelmasligi, bozorni rekonstruksiya qilish yoki sharoitini yaxshilash boʻyicha taklif berish maqsadga muvofiq boʻlishi haqida soʻz yuritildi.

Soʻng tuman hokimi, yirik ishlab chiqarish korxonasi hisoblangan "Ixlos mebel" fabrikasida boʻldi. Rahbariyat bilan suhbat davomida, korxonani qiynayotgan muammolar, ishlab chiqarish koʻlamini oshirish uchun zarur boʻlgan yordamlar va eksport hajmini koʻpaytirish boʻyicha taklif va mulohazalar yuritildi.

Shuningdek, "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi doirasida hududdagi ijtimoiy kam taʼminlangan oila vakillarini ishga joylashtirish masalasi yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

👉Kirilchada o'qish

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Jan, 08:48


#Rasmiy #Official #Oфициально

Bu yil “Ayollar daftari”da qanday o‘zgarishlar
kutilmoqda?
________

What changes are
expected in the “Women’s notebook” this year?
________

Какие изменения
ожидаются в этом году в «Женской тетради»?

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Jan, 05:58


Maʼlum sabablarga koʻra olmagan pensiyangizni 12 oyligini emas 24 oyligini olishingiz mumkin

📌 Bugungi kunda qonunchilikda pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiyalarni toʻlash muddati 12 oydan 24 oyga uzaytirilganligi belgilab qoʻyilgan.

🛬 Misol uchun, siz maʼlum sabablarga koʻra chet elga ketdingiz va 2 yildan soʻng Oʻzbekistonga qaytib keldingiz.

Bunda siz pensiyangiz toʻxtatilgan kundan boshlab 2 yillik muddatdagi pensiya mablagʻlaringizni olish huquqiga ega boʻlasiz.

Buning uchun Pensiya jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimiga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkin.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

15 Jan, 05:28


#Infografika
#Ogohlik

‼️ DIQQAT, ESLATMA!


Terroristik va ekstremistik tashkilotlarga tegishli materiallarni tayyorlash va tarqatishdan saqlaning!

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

14 Jan, 16:40


#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, 110/35/10 kv  quvvatli Kensoy podstansiyasidan chiquvchi Najmiddin, Toshkent-1, Toshkent-2 fiderlarida joriy taʼmirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Chuvalachi, Shirin, Istiqbol, Qashqarlik, Yuqori-Hasanboy, Mustaqillik, Kensoy, Bogʻbon, Ayri-Ota, Quruvchi, mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 15-yanvar kuni soat❗️09:00 dan  17:00 gacha ❗️elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

14 Jan, 12:28


#Ochiq_muloqot
#Sayyor_qabul

Aholi murojaatlari eʼtiborda

📍Bugun rejaga muvofiq, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev 1-sektor hududidagi Uchchinor mahallasida fuqarolarning muammolarini tinglash va tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi sayyor qabullni o‘tkazdi.

♻️Qabul davomida 20 dan ziyod fuqaro o‘z murojaatlari bilan hokimga yuzlandi.

🤩Har bir murojaat tuman hokimi, tegishli tashkilot rahbarlari tomonidan tinglanib, muammolarga 3-5 kun muddatda ijobiy yechim topish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shuni alohida taʼkidlab o‘tish joizki, moddiy yordam ko‘rsatish singari masalalar yechimini sektor rahbari –tuman hokimi o‘z zimmasida qoldirib, muammoni bartaraf qilishda shaxsan ishtirok etishini bildirdi.

📷Jarayon videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

14 Jan, 11:05


#Eʼlon

🟢Hurmatli tadbirkor va ishbilarmonlar!

Joriy yilning 16-yanvar kuni soat 11:00 da Markaziy bank Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi boshligʻi A.Nizamov tomonidan tadbirkorlarning sohadagi mavjud muammolarini bartaraf etish, bank kreditlari bilan bog’liq masalalarni hal etish hamda faoliyatini kengaytirish bo’yicha tadbirkorlik subyektlarining takliflarini oʻrganish yuzasidan ochiq muloqot oʻtkaziladi.

👉Muloqotga barcha tadbirkor, xizmat ko’rsatish va ishlab chiqarish korxonalari va eksportyorlarni taklif etamiz.

🏛Manzil: Toshkent tumani Sarke mahallasi idorasi binosi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

14 Jan, 09:33


#Loyiha

UNG yoshlar markazi tomonidan “Askarga maktub” loyihasi amalga oshirildi!

Vatan himoyachilariga minnatdorlik va samimiy tilaklarni yetkazish maqsadida Toshkent tumanidagi 4-, 9- va 27-maktablarda Mudofaa Vazirligi tasarrufidagi 71201 harbiy qism tomonidan 10 kun davomida oʻquvchilardan askarlarga bagʻishlangan xatlar qabul qilindi. Bu maktublar orqali yoshlarimizning Vatan himoyachilariga boʻlgan ehtiromi va qalb soʻzlari ifoda etildi.

Loyiha yakunida Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiylari markazga tashrif buyurib, barcha xatlarni oʻqib chiqdilar va eng mazmunli, ijodiy va noodatiy yondashuvga ega boʻlgan xatlarni saralab oldilar.

Mazmuni va dizayni bilan ajralib turgan xatlarning mualliflariga tashakkurnomalar va esdalik sovgʻalari topshirildi. Bu yosh ijodkorlarni yanada ilhomlantirishga xizmat qilishi, ularning vatanparvarlik ruhini kuchaytirishi shubhasiz.

📸Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

14 Jan, 07:21


"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 480 dan ortiq Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 197 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 34 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 22 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 15 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 19 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 18 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 14 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 39 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 9 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

14 Jan, 05:32


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 33 йиллиги ҳамда Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов в связи с 33-летием Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днем защитников Родины"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

14 Jan, 03:59


#Tabrik

🇺🇿14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni!

Sizni bugungi ayyom - Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etaman!

Yurtning ravnaqi, rivoji mard erkaklarning jamiyatdagi mavqeyi, gʻururi orqali namoyon boʻladi. Har bir xonadon ustuni erkakdir.

Vatanimiz ravnaqi, musaffo osmon sofligi, bugungi tinch kunlarimiz kechayu kunduz oʻz xizmat burchini bedor oʻtayotgan Vatan posbonlarimiz matonatidandir. Siz, hurmatli harbiy xizmatchilarga – askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylariga Vatanimizga sidqidildan xizmat qilishdek sharafli vazifani ado etishda mustahkam sogʻlik, ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-gʻayrat, oilalaringizga esa yangi – 2025- yilda fayz-baraka va baxt-saodat yor boʻlishini tilayman.

Bugungi bayram barchangizga muborak boʻlsin!


Hurmat bilan,
Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev.


Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Jan, 13:25


#Yigʻilish

Mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi


Joriy yil 13-yanvar kuni Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida mahallalarda "Kambagʻallikdan farovonlik sari" dasturi ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

Tuman hokimligining katta majlislar zalida oʻtkazilgan yigʻilishda, hokimning barcha oʻrinbosarlari, sektor rahbarlari, tashkilot va korxona boshliqlari ishtirok etdilar.

Kun tartibida mahalla yettiligi faoliyati, xususan, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar, 2025-yil rejasi, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami bilan ishlash, "Yashil makon" dasturi ijrosi, bandlik va aholiga kredit ajratish singari masalalar muhokama qilindi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Jan, 12:47


#Shukuh

Toshkent tumanida 14 - yanvar-Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi


Bugun, Toshkent tumani hokimligi majlislar zalida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil topganligining 33-yilligi hamda Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan "Armiya - jasorat, matonat va bilim maskani!" mavzusidagi bayram tadbiri oʻtkazildi.

Tadbir, tuman hokimligi oldida Toshkent harbiy-okrugi - 71201 havo desanti qo’shinlari brigadasi tomonidan tashkil qilingan harbiy koʻrgazma bilan boshlandi.

Bayram tadbirida tuman hokimi, sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosarlari, tuman prokuraturasi, Mudofaa boʻlimi va boshqa harbiy xizmatchilar ishtirok etdilar.

Tuman Madaniyat boʻlimi tomonidan tayyorlangan tadbir davomida "Zumrad" raqs ansambli hamda Toshkent tumani 9-umumtaʼlim maktabi qoshidagi "Jasorat" maktabi aʼzolari ishtirokidagi sahna koʻrinishlari, raqs hamda Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Shuningdek, faoliyatida yutuqlarga erishgan harbiy xizmatchilar, yurt posbonlari tuman hokimligining qimmatbaho va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Jan, 11:15


#Shukuh
#Fotogalereya

14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni keng nishonlandi


Bugun, Toshkent tumani hokimligida 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.

Unda bir guruh harbiy xizmatchilari va yurt posbonlari taqdirlandilar.

Tadbir boshlanishidan oldin, Toshkent tumani Mudofaa boʻlimi tomonidan harbiy qurol-yarogʻ koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi.

📸Batafsil fotogalereyada.

Tadbirning toʻliq tafsilotlari bilan telegram kanalimizda kun davomida taqdim qilinadigan videoxabar orqali tanishishingiz mumkin.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

11 Jan, 13:04


#Vatan_himoyachilari_kuni

Maktab oʻquvchilaridan tabrik


Xabaringiz bor, 14-yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” mamlakatimizda keng nishonlanadi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani 7-umumtaʼlim maktabi 1-sinf oʻquvchilaridan ajoyib tabrik.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

11 Jan, 09:58


#Yigʻilish

Chiqindi muammosi muhokama qilindi


Bugun, Toshkent tumani hokimligi kichik majlislar zalida, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida, Xalq deputatlari Toshkent tuman Kengashi deputatlari hamda mahalla raislari ishtirokida tumandagi chiqindilar muammosiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

Unda Toshkent viloyati "Toza hudud" DUK rahbari U.Akbarov ham qatnashdi.

Kun tartibida hududlarni maishiy va boshqa chiqindilardan tozalash, ushbu holatni bartaraf qilish chora-tadbirlarini izlash, mahalla raislariga oʻz hududi nazoratini toʻliq qoʻlga olish singari masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, fermer xoʻjaligi, agrofirmalar, qolaversa tadbirkorlik subʼektlariga tutash boʻlgan hududlarni chiqindilardan tozalash uchun ular bilan suhbat oʻtkazish hamda aholining chiqindiga boʻlgan munosabati oʻzgartirish va ularni ozodalik madaniyatiga oʻrgatish kabi muammolar yuzasidan muzokaralar oʻtkazildi.

Tadbir yakunida tuman hokimi mahalla raislari va "Toza hudud" DUK bilan aloqalarni yaxshilash, grafik-reja asosida ish yuritish hamda qoʻshimcha tozalash ishlari boʻyicha taklif kiritish boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

11 Jan, 08:28


Moped va skuterlar boʻyicha koʻp yoʻllanayotgan savollarga javoblar

📹 Batafsil videoda
👆

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

11 Jan, 05:43


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Шайх Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаённинг таклифига биноан 13-16 январь кунлари расмий ташриф билан ушбу мамлакатда бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Шейха Мухаммада бин Заида Аль Нахаяна 13-16 января посетит эту страну с официальным визитом.

#Mirziyoyev #tashrif #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

10 Jan, 13:06


#Qurilishi

Qurilish obyektlari hokim nazoratida


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tumanda qurilayotgan obyektlarni oʻz nazoratida ushlab turish maqsadida qurilish inshootlarini joyiga chiqib oʻrganmoqda.

Xususan, kuni kecha tuman hokimi bir guruh masʼullar bilan Toshkent tumanida joylashgan "Qoplonbek" chegara postida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Ushbu oʻrganish ishlarini oʻtkazishdan maqsad qurilish jarayonini oʻrganish hamda tutash hududlarda aholini qiynayotgan masalalardan xabardor boʻlishdan iborat boʻldi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

10 Jan, 11:10


#OAV_nigohida

Borini aytamiz!

📹"Nurafshon TV" telekanali dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

10 Jan, 08:28


Oʻzbekistonda taqiqlangan diniy manbalar va materiallar roʻyxati eʼlon qilindi

Oliy sud diniy ekstremistik va terroristik gʻoyalar bilan yoʻgʻrilgan deb topilgan hamda Oʻzbekistonga olib kirish, tayyorlash, saqlash va tarqatish taqiqlangan 1 ming 400 ga yaqin manbalar roʻyxatini eʼlon qildi. Taqiqlangan profil va materiallarning asosiy qismi Telegram messenjeri, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlariga toʻgʻri kelmoqda.

👉 Manba

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

10 Jan, 06:58


#Oʻrganish

Aholi tomorqasi qay ahvolda?

Tomorqa-daromad manbai ekanligi hech kimga sir emas. Biroq bugungi kunda tomorqasidan unumli foydalanmasdan, uni oʻz holiga tashlab qoʻyayotgan aholi vakillari ham yoʻq emas.

Fuqarolarning tomorqadan unumli foydalanishi nazorat qilish ham hokimlikning qolaversa hokim yordamchilarining vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu munosabat bilan, kuni kecha Gultepa mahallasida joylashgan xonadonlarning birida boʻlgan Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev tomorqasi achinarli ahvolda boʻlgan xonadon egalari bilan suhbatlashib, shu hududga masʼul boʻlgan hokim yordamchisiga nisbatan qatʼiy ogohlantirish berdi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, fuqarolardan oʻz tomorqalarini daromad manbaiga aylantirishni va undan unumli foydalanishni soʻrab qolgan boʻlar edik.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

10 Jan, 05:36


"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 3200 dan ortiq Ko'chma savdo joylarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 579 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 239 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 511 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 201 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 296 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 156 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 133 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 86 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 35 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 188 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 132 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 128 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 40 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 114 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 116 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 197 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 58 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 15 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

09 Jan, 13:28


#Taʼlim

Taʼlim maskani qurilishi koʻzdan kechirildi

Taʼlim va tarbiya ulgʻayib kelayotgan avlod uchun eng muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.

Shu sababli ham maktablarda oʻquvchilar uchun qulay sharoit yaratish, taʼlim muassasalarini zamonaviy koʻrinishda qad rostlashini taʼminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu munosabat bilan joriy yil 9-yanvar kuni tuman hokimi Sardorbek Ergashev Xalimkop mahallasida boʻlib, hududda qad rostlayotgan 330 oʻrinli yangi taʼlim maskanida olib borilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.

Ushbu obyekt Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 404-son qarori doirasida, 2023-yilda qurilishi boshlangan boʻlib, 2024-yil noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak boʻlgan. Biroq, qurilishdagi muammolar sabab, topshirilish jarayoni kechikgan va quruvchi oʻzgartirilgan.

Aynan Xalimkop mahallasi aholisi farzandlariga xizmat koʻrsatadigan ushbu taʼlim maskanining bugungi holati, quruvchilarning ish jarayoni va mavjud muammolar tuman hokimi nazoratidan chetda qolmadi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

03 Dec, 13:51


#Oʻrganish

Tozalik, ozodalik-salomatlik garovi


Bugun, bir guruh masʼullar Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida Ozodlik va Huvaydo mahallalarida boʻldilar.

Maqsad, aholining tomorqasidan samarali foydalanayotganini oʻrganish, tomorqalarida toʻqsonbosti ekinlarini va limon koʻchatlarini, ochiq maydonlarga daraxt koʻchatlarini ekishga chaqirishdan iborat boʻldi.

Biroq, tuman hokimi mahalla koʻchalarining deyarli har bir burchagida uyulib yotgan maishiy chiqindi qoplari, keraksiz mebellarni koʻchaga uloqtirilganligining guvohi boʻldi va ushbu holatni tezkorlik bilan bartaraf qilish boʻyicha masʼullarga topshiriq berdi.

Umuman olganda atrof- muhit tozaligiga masʼuliyat bilan yondashish madaniyati bizda nechogʻli ekanini, koʻp qavatli uylar hovlisida betartib sochilib yotgan chiqindilar, har xil idishlaru, mahsulotlarning qogʻoz qoldiqlaridan bilib olish mushkul emas. Bu haqida qancha gapirilmasin, yozilmasin toki har bir oʻzini madaniyatli deb biladigan shaxs oʻzini tabiatga daxldor hisoblamas ekan, koʻzda tutilgan natijaga erishish qiyin.

Atrof-muhitning tozaligi, musaffo va xushmanzaraligi, qolaversa tuman hokimi aytganlaridek, hududlarimizni "Yashil makon"ga aylantirish eng avvalo kishining kayfiyati va salomatligiga foydali. Qolaversa, madaniyatli kishilar yashaydigan hudud hamisha toza, orasta va keraksiz chiqindilardan xoli boʻladi. Shuningdek, oʻzini madaniyatli, maʼnaviyatli va chin insoniy fazilat sohibi sanagan odam hech qachon toʻgʻri kelgan joyga axlat tashlab ketavermaydi.

Shunda ekan, oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, toza havodan toʻyib nafas olish singari tushunchalarni toʻgʻri qabul qilgan holda, tumanda yashovchi fuqarolardan, qolaversa mahalla raislari va masʼul tashkilot rahbarlaridan koʻchalarga tashlangan chiqindilarga befarq boʻlmasliklarini, "Yashil makon" umummilliy aksiyasida faol boʻlishlarini va boʻsh yer maydonlari va tomorqadan unumli foydalanishlarini soʻrab qolamiz.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

03 Dec, 12:58


"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 50 dan ortiq Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 4 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

03 Dec, 12:29


#Shukuh

💫Toshkent tumanida 3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni keng nishonlandi.

📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

03 Dec, 11:27


#Topshiriq_va_ijro

Mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligi va boshqa sektor rahbarlari hamkorligida tumandagi 70 ta mahalla yettiligi faoliyati tanqidiy muhokama qilindi.

Xususan yigʻilishda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-noyabr kuni meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini koʻpaytirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi muhokama qilindi.

Shu jumladan tomorqa va uylar oldi, mahalladagi koʻchalar boʻyi, dala cheti va kanallar atrofida oziq-ovqat mahsulotlari va daraxtlar ekish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari koʻrib chiqildi.

Mahalla yettiligiga topshiriqlar berilib, aholisi oʻz tomorqasidan samarali foydalangan mahalla yettiligini ragʻbatlantirish, aksincha topshiriq ijrosini bajarmagan mahalla yettiligiga qonun doirasida jazo choralarini qoʻllashni yoʻlga qoʻyish haqida soʻz yuritildi.

📹Batafsil video va fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

03 Dec, 09:33


#Inson_qadri

Toshkent tumanida Xayriya aksiyasi

🤩3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent tumani hokimligi tomonidan "Yurakdan yurakgacha" va "Inson qadri uchun" xayriya aksiyalari tadbiri oʻtkazilmoqda.

♻️Bu tadbir nogironlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan boʻlib, unda tuman hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida, sektor rahbarlari, korxona-tashkilot boshliqlari, tuman deputatlari, nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.

💫Imkoniyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan aksiya davomida nogironlar tomonidan qoʻlda yasalgan buyumlar koʻrgazmasi oʻtkazilib, barcha aksiya ishtirokchilari sanʼat asarlarini oʻz mablagʻlari evaziga sotib olishdi hamda maxsus tashkil qilingan qutiga xayriya uchun atalgan pul mablagʻlarini hadya qilishdi.

Aksiya kun davomida oʻtkaziladi va unda barcha xayriyaga hissa qoʻshishni niyat qilgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

📍Manzil: Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

03 Dec, 07:59


#Targʻibot

"Islom-tinchlik va ezgulik dini"


Aynan shu mavzuda Toshkent tumanida joylashgan Pedagogika bilim yurti Harbiy kafedrasida maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Toshkent tuman boʻlinmasi hamkorligida hamda tuman imom-xatibi A.Qosimov boshchiligida oʻtkazilgan tadbirda maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida "Jaholatga qarshi maʼrifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman", "Islom-tinchlik va ezgulik dini" mavzularida suhbatlar oʻtkazilib, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Tadbir soʻngida, "25-kadr" nomli videorolik namoyishi oʻtkazildi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

03 Dec, 06:29


Is gazi hayot uchun xavfli!

Ushbu xavfli hodisa qurboni bo'lmaslik uchun nima qilish kerakligi haqida iloji boricha ko'proq ma’lumot oling.
—————
Угарный газ опасен для жизни!

Узнайте как можно больше об этом опасном явлении и что необходимо сделать, чтобы не стать его жертвой.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

03 Dec, 04:59


#Inson_qadri

Toshkent tumanida Xayriya aksiyasi

🤩3-dekabr-Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Toshkent tumani hokimligi tomonidan "Yurakdan yurakgacha" va "Inson qadri uchun" xayriya aksiyalari tadbiri oʻtkazilmoqda.

♻️Bu tadbir nogironlarni qoʻllab-quvvatlash va ularga maʼnaviy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazida tashkil etilgan boʻlib, unda tuman hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida, sektor rahbarlari, korxona-tashkilot boshliqlari, tuman deputatlari, nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.

💫Imkoniyati cheklangan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan aksiya davomida nogironlar tomonidan qoʻlda yasalgan buyumlar koʻrgazmasi oʻtkazilib, barcha aksiya ishtirokchilari sanʼat asarlarini oʻz mablagʻlari evaziga sotib olishdi hamda maxsus tashkil qilingan qutiga xayriya uchun atalgan pul mablagʻlarini hadya qilishdi.

Aksiya kun davomida oʻtkaziladi va unda barcha xayriyaga hissa qoʻshishni niyat qilgan fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.

📍Manzil: Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

30 Nov, 12:29


#Bildirish

‼️Hurmatli fuqarolar!

🟢Toshkent tumanida kuz-qish mavsumida aholining mavjud muammolarini oʻrganish hamda ularni oʻz vaqtida bartaraf etishga qaratilgan SHTAB faoliyati yoʻlga qoʻyilganini bildiramiz!

📍 Agarda xonadoningiz yoki mahallangizda kommunal sohalarda muammolar yoki favqulodda avariya holatlari yuzaga kelsa, zudlik bilan shtab a’zolariga xabar berishingizni so’raymiz.

📌 Shtabning asosiy vazifasi – aholidan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun tezkor shtab tarkibi va telefon raqamlari:

🟢SHTAB– 70-202-03-88

🔹 Shtab rahbari – Toshkent tumani hokimining qurilish, kommunikasiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko’kalamzorlashtirish masalalari bo’yicha o’rinbosari Sardor Mirsagatov;
📱 Tel.: 99 832-12-48
☎️ Tel.: (71) 203-55-22 (Ichki raqam 704)


🔸 Shtab rahbari o’rinbosari – Toshkent tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Ibrohim Saidikarimov;
📱 Tel.: 99 824-35-55

🔹 Shtab kotibi – Toshkent tumani hokimligi bosh mutaxassisi Bobur Davlatov
📱 Tel.: 90-996-07-25
☎️ Tel.: (71) 203-55-22 (Ichki raqam 724)

🔥 “Toshkent tumangaz” gaz ta’minoti bo’limi boshlig’i Furqat Mirzaahmedov;
📱 Tel.: 97 705-72-76
☎️ Tel.: 70 202-67-57 (dispetcher)

⚡️ Toshkent tumani Elektr tarmoqlari korxonasi boshlig’i Elyor Usmonxo'jayev;
📱 Tel.: 99 817-47-49
☎️ Tel.: 78 150-26-53 (dispetcher)

🚰 Toshkent tumani Suv ta’minot bo’limi boshlig’i Norsaid Niyozov;
📱 Tel.: 97 772-96-96
☎️ Tel.: (95) 145-01-99 (dispetcher)

🚰 “Musaffo Obihayot” MChJ Toshkent tuman bo’limi boshlig’i Dilmurod Hikmatov;
📱 Tel.: 97 701-08-19 ; 97 764-14-44
☎️ (95) 194-38-60 (dispetcher)

🚒 Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo’limi boshlig’i Ulug'bek Mahamadjonov;
📱 Tel.: 99 039-10-50
☎️ Tel.: 70 965-63-78 101, 1050 (dispetcher)

♻️ Toshkent tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig’i Akromjon Sultonov;
📱 Tel.: 77 016-21-31
☎️ Tel.:70 965-30-00 (dispetcher)

🏭 Toshkent tumani Issiqlik manbai korxonasi boshlig’i Voxid Saidov;
📱 Tel.: 93 505-10-05

📐 Davlat kadastr palatasi Toshkent tumani filiali boshlig’i Otabek Xoldorov;
📱 Tel.:99 885-73-86

☎️ Tuman Telekommunikasiya bog’lanmasi boshlig’i Rustam Mo’min-Axunov;
📱 Tel.: 99 822-10-20
☎️ Tel.: 70 965-68-88 (dispetcher)

🏗 Toshkent tumani Qurilish bo’limi boshlig’i Nodirjon Bazarbayev;
📱 Tel.: 98 313-00-79

🛣 Toshkent tumani Yo’llardan foydalanish unitar korxonasi rahbari Nodir Soipov;
📱 Tel.: 99 842-80-33; 93 394-17-33

Toshkent tumani hokimligi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

30 Nov, 10:59


#Targʻibot

"Islom-tinchlik va ezgulik dini"


Aynan shu mavzuda Toshkent tumani 2-son kasb-hunar maktabida maʼnaviy-maʼrifiy va targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Toshkent tuman bo‘linmasi hamkorligida hamda tuman bosh imom-xatibi D.Ikromov boshchiligida oʻtkazilgan tadbirda maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida "Jaholatga qarshi maʼrifat", "Men terrorizm xavfini qanday tushunaman", "Islom-tinchlik va ezgulik dini" mavzularida suhbatlar oʻtkazilib, oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

Tadbir soʻngida, "Sarobga aylanganlar qismati" nomli videorolik namoyishi oʻtkazildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

30 Nov, 09:29


#qabul

Toshkent tumani 8-maktab qoshidagi “Yosh Temurbeklar” harbiy-sport nodavlat ta’lim muassasasiga qabul boshlandi


Joriy yildagi 1-sinfdan 10-sinfgacha bo’lgan o’quvchilarni o'qishga taklif etadi! Muassasada harbiy bilim va oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirish uchun tayyorlantiradi.

Darslar 2 xil yo’nalishda:
1. Gumanitar fanlar: ona tili va adabiyoti, tarix, rus tili , ingliz tili , boshlang’ich harbiy tayyorgarlik, saf tayyorgarligi, jismoniy tarbiya
2. Aniq fanlar: matematika , fizika, rus tili , ingliz tili, boshlang’ich harbiy tayyorgarlik, saf tayyorgarligi ,jismoniy tarbiya



☎️ Murojaat uchun tel:
93/ 517-00-99 93/006-20-55

90/ 920-82-90

Toshkent tumani “Yosh Temurbeklar” harbiy-sport NTM

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

30 Nov, 07:59


#Para_sport

Para sportchilarimiz ham musobaqalarda birinchi


Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tashabbusi bilan tumanda istiqomat qiluvchi nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanish uchun zarur shart-sharoitlarni kengaytirish hamda ular oʻrtasida sport bilan shugʻullanuvchilar qamrovini yanada oshirish maqsadida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga sport bilan shugʻullanishlari uchun sharoit yaratib kelmoqda.

Birgina misol, kuni kecha Toshkent shahri Shayxontohur tumanida Parabadminton sport turi boʻyicha oʻtkazilgan musobaqada Toshkent tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Dildora Isroilova 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, musobaqa gʻolibi boʻlishga erishdi.

Dildoraning gʻolib boʻlganligi, mamlakatimizda nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ishlar, ular oʻzlarini yolgʻiz his etmasligi, zarur bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi uchun barcha sharoitlar yaratilganligini yana bir marotaba isbotlamoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

30 Nov, 06:29


#Vatanparvarlik

Mitti harbiylarlarning
sayohati

Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, musaffo osmon qadriga yetish kabi tushunchalarni kichkinaligidan singdirib borish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 15-noyabr kunidagi PQ-393 son qaroriga muvofiq umumtaʼlim maktablarida "Jasorat maktabi", "Vatan tayanchi" otryadlari faoliyat yuritmoqda.

Xususan kuni kecha, Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent tumanidagi 9-maktab qoshidagi harbiylashtirilgan "JASORAT TAYANCH" oʻquvchilari kapitan Shuhrat Saidmuradov boshchiligida Chirchiq shahridagi havo hujumida mudofaa harbiy qismiga tashrif buyurdilar.

U yerga tashrif buyurgan mehmonlarimiz el ardogʻidagi shoir, kinorejissyor hamda Mudofaa vazirining maslahatchilari bilan "XALQ VA ARMIYA BIR TAN-U, BIR JON" shiori ostida maʼnaviy tadbirda qatnashdilar.

Yoshlarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ularni kuchli, mard, jasur etib ulgʻayib borishiga oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshdilar.

Tadbir yakunida bolajonlarga harbiy texnika namoyish oʻtkazildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

30 Nov, 05:10


#Infografika

❗️Energiya resurslaridan oqilona foydalanish tavsiyalariga amal qiling

Batafsil infografikada👆

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

29 Nov, 14:59


#Yongʻin_xavfsizligi_oyligi

🔥Joriy yilning 15-noyabrdan 15-dekabr  kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" oʻtkazilmoqda.

Oylik doirasida tuman FVB xodimlari Toshkent tumanida joylashgan “Navruza PTK” MCHKda yongʻin xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi va ishchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

‼️ Oylik davomida mahallalar, qurilish obyektlari taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazmoqda. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar davom etmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Nov, 04:02


#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️"Vatandosh kartasi"ga ega shaxslar O'zbekiston hududiga vizasiz kirishi va chiqishi mumkinligi belgilandi


Prezident Qarori (PQ-397-son, 20.11.2024 y.) bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi to'g'risida Nizom tasdiqlandi

🔰 Nizom bilan yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishga intilayotgan vatandoshlarga “Vatandosh” guvohnomasini va “Vatandosh” kartasini rasmiylashtirish, berish hamda bekor qilish tartibi belgilandi.

"Vatandosh" guvohnomasi — xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarni rag'batlantirish shakli bo'lib, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan do'stona munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qo'shayotgan, respublikada xayriya (mesenatlik) faoliyatini amalga oshirayotgan vatandoshlarga minnatdorchilik va tashakkur belgisi hamda "Vatandosh" kartasini olish uchun asos hisoblanadigan hujjat.

➡️Vazirlik va idoralar tomonidan taklif va tashabbus asosida guvohnoma berish bo'yicha taqdim etilgan nomzodlarni ko'rib chiqish uchun Komissiyaga tavsiyanoma kiritiladi.

🔖"Vatandosh" kartasi — guvohnoma asosida 5 yil muddatga (vatandosh milliy pasportining amal qilish sanasidan oshmagan holda) beriladigan hamda O'zbekiston Respublikasi hududida belgilangan imtiyozlardan foydalanish huquqini beruvchi ID karta shaklidagi hujjat;

⚡️Kartaga ega vatandoshlarga quyidagi huquqlar beriladi:

O'zbekiston Respublikasiga hududiga vizasiz kirish va chiqish;
mamlakat hududida ko'chmas mulk sotib olishda chet el fuqarolariga nisbatan belgilangan ko'chmas mulkning miqdorlari tatbiq etilmaydi va O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi talab qilinmaydi;
xorijiy fuqaroga beriladigan mehnat faoliyatiga bo'lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mehnat faoliyati bilan shug'ullanish;
O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish.

❗️Karta egalarining oila a'zolariga (ota-onasi, er (xotini) va voyaga yetmagan farzandlari) quyidagi imtiyozlar beriladi:

🔹amaldagi viza muddatini uzaytirishda O'zbekiston Respublikasi hududidan chiqish zaruratisiz cheklanmagan miqdorda uzaytirish imkoniyati bilan davlat boji undirilmasdan ko'p martalik viza olish;
🔹O'zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy, ta'lim va boshqa davlat xizmatlaridan foydalanish;
🔹vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olishni davlat boji undirilmasdan ichki ishlar organlarida rasmiylashtirish va uzaytirish.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Nov, 16:04


🟦🟦🟦

Juma - qurilish sohasidagi muammolarni oʻrganish, investitsiya obyektlarida qurilish jarayonlari bilan tanishish kuni.


Mazkur sohadagi yangiliklar bilan Yangiyoʻl, Nurafshon shaharlari hamda Piskent, Oʻrta Chirchiq, Boʻka, Yangiyoʻl, Toshkent tumanlari misolida Muzayyana Davlatova (sunʼiy intelekt) tanishtiradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Nov, 14:29


#Tajriba

Hokim yordamchisi oʻquv-amaliy seminarda


Ayni kunlarda Turkiya Respublikasining Istanbul shahrida "Turkiyzabon Dunyosi munitsipalitetlari Ittifoqi" tomonidan hokim yordamchilarining navbatdagi guruhi uchun oʻquv-amaliy seminari oʻz yakuniga yetdi.

Seminarda milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan respublikaning turli hududlaridan tanlab olingan hokim yordamchilari jumladan Toshkent tumani Kir-ariq mahallasi hokim yordamchisi A.Nurmurodov ham ishtirok etdi.

Seminar ishtirokchilari Turkiya tajribasi asosida mahalliy hokimiyat organlarining tadbirkorlar bilan hamkorligi, ularning oʻzaro qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari borasida bilim olishdi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Nov, 13:30


#Taʼlim

Kasb-hunar maktabi faoliyati hokim nazarida

♻️Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev, tumandagi 2-son kasb-hunar maktabida oʻquvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish uchun taʼlim muassasasida boʻldi.

Toshkent tuman 2-son kasb-hunar maktabida 24 nafar oʻqituvchi-xodimlar faoliyat olib boradi. Shulardan 9 nafari umumtaʼlim 2 nafari maxsus fan oʻqituvchilari 13 nafari ishlab chiqarish taʼlimi ustalarini tashkil etadi. Bu oʻqituvchilarning 36 foizi malaka toifasiga ega. Bir nafari yetakchi oʻqituvchi 3 nafari bosh oʻqituvchi hisoblanadi. Barcha ishlab chiqarish taʼlimi ustalari xalqaro sertifikatlarga ega.

🔷Bugungi kunda kasb-hunar maktabida oʻquvchilarga 7 ta kasb boʻyicha taʼlim beriladi. Ularning orasida oshpazlar, hamshiralar, tikuvchilar, buxgalterlar, tadbirkorlar, xizmat koʻrsatish sohasi xizmatchilari va boshqalar bor.

🔵Tuman hokimi yoshlar bilan suhbatlashar ekan, ularning kelajakka boʻlgan ishonchi juda muhim ahamiyat kasb etishi, ular egallagan kasbidan unumli foydalanishi va Yurtboshimiz ishonchini oqlashi nechogʻlik muhimligi haqida soʻz yuritdi.

🟢Uchrashuv soʻngida ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan guruhda taqdimot oʻtkazilib, kasb-hunar maktabi yutuqlari namoyish qilindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Nov, 12:36


#Yashil_makon

"Yaxshidan bogʻ qoladi"


Aynan shu shior ostida, bugun 2-sektor hududidagi Sirgʻali mahallasida "Yashil makon" aksiyasi oʻtkazildi.

Toshkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari Sanjar Salixov boshchiligida oʻtkazilgan aksiyada mahalladagi hokim yordamchilari va faollar uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar.

Davlatimiz rahbari taʼkidlaganidek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi – bu bir yillik tadbir emas”. Darhaqiqat, yashab turgan joyimizni ozoda saqlab, bizdan keyingi avlod ham munosib tabiiy muhitda yashashlari uchun bugun biz tabiatga mehr va eʼtibor bersak kelajak avlod ham munosib ekologik sharoitda yashaydi. Buning uchun biz yer va suv resurslarini, ekologik tizimni asrash hamda daraxt koʻchatlarini ekib, bogʻ yaratishimiz zarurdir.

Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari! Barchangizdan "Yashil makon" umummilliy loyihasida faol ishtirok etishingizni soʻraymiz!

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

22 Nov, 10:59


#Yashil_makon

Taʼlim muassasalarida "Yashil makon"


“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent tumanidagi barcha hududlarida daraxt ekish ishlari keng qamrovda olib borilmoqda. Jumladan, bugun tumandagi barcha taʼlim muassasalarida “Yaxshidan bogʻ qoladi” shiori ostida daraxt ekish tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

Tadbir davomida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi tasarrufidagi maktablarning boʻsh yer maydonlariga manzarali hamda mevali daraxt koʻchatlari ekilmoqda.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi tumanning barcha hududlarida va muassasalarida davom etmoqda. Shu munosabat bilan befarq bo'lmagan fuqarolarni loyihada faol ishtirok etishga, oʻzi yashab kelayotgan mahalla va koʻchalarni yashil makonga aylantirishga hissa qoʻshishga chorlab qolamiz.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

16 Nov, 12:58


#Toshkent_tumani

💫"Yongʻin xavfsizligi oyligi"-FVB hududlarda


⚡️Joriy yilning 15-noyabridan 15- dekabr  kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hududida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Toshkent tumanidagi ijtimoi soha obyektlarida yongʻin xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi va oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

📌 Oylik davomida Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi vakillari mahallalar, taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazmoqda.

🎚️Bugun FVB xodimlari, ta'lim maskani va QVPda bo'ldilar.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

16 Nov, 11:25


#Besh_tashabbus
#Toshkent_tumani

📚 “Besh tashabbus olimpiadasi”: Toshkent tumani yoshlari oʻrtasida “Yosh kitobxon” tanlovi oʻtkazildi

📌 Avval xabar berganimizdek, yurtimiz boʻylab, jumladan, Toshkent tumanida ham yoshlarning iqtidor va isteʼdodlarini aniqlovchi, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida oʻtkazilayotgan “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yil mavsumiga start berilgan edi.

💠 Shu kunlarda tumandagi barcha mahallalar yoshlar yetakchilari boshchiligida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida turli sport musobaqalari, sanʼat tanlovlari, intellektual oʻyinlar kabi yoʻnalishlarda 5 bosqichdagi tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda.

Joriy yil tumanning 4 ta sektor hududlaridagi mahallalarda istiqomat qiluvchi yoshlar ishtirokida 20-30 yosh toifasida “Yosh kitobxon” tanlovi tashkil etildi.

👉 Bu kabi koʻrik-tanlov va tadbirlar tumandagi barcha mahallalarda oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

16 Nov, 08:35


#OAV_nigohida

"Birga koʻramiz" - "Nurafshon TV" telekanalining yangi loyihasi Toshkent tumanida surʼatga olindi.


📹Batafsil videoda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

16 Nov, 06:58


#Suv_taʼminoti

Toza ichimlik suvi oʻtkazilgan mahallalarda yoʻllar asfalt qilinadimi?


Tumanimizning Gʻishtkoʻprik, Hasanboy, Keles va Chuvalachi hududlarida OTB loyihasi boʻyicha mahallalarining ichki va magistral koʻchalarida ichimlik suv quvurlari tortish ishlariolib borilgan.

Shu munosabat bilan tuman deputati, Jamoatchilik guruhi rahbari Mirislom Usmonov "Mesmir" MCHJ tashkilot rahbari va mutaxassisi bilan suhbatlashdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

16 Nov, 05:31


#Maktab_sardorlari_saylovi

🎚️Taʼlim maskanlarida saylovlar davom etmoqda

🏃‍♂️Toshkent tumani 4-umumiy oʻrta taʼlim maktabi Yoshlar markazida 4-sinfdan 11-sinfgacha boʻlgan oʻquvchilar oʻrtasida maktab sardorlari saylovi boʻlib oʻtdi.

Saylovda:

🔵Bosh sardor
🟣Sport yoʻnalishi
🔵Ekologiya yoʻnalishi
🟣Media va IT yoʻnalishi
🔵Sanʼat yoʻnalishi
🟣Taʼlim yoʻnalishi
🔵Saxovat yoʻnalishlarida
maktab sardorlari saylandi va ularga qilishlari lozim boʻlgan vazifalari haqida toʻliq maʼlumot berildi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

16 Nov, 03:58


#Toshkent_tumani

💫"Yongʻin xavfsizligi oyligi"


⚡️Joriy yilning 15-noyabrdan 15- dekabr  kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hududida "Yongʻin xavfsizligi oyligi" doirasida Toshkent tumani 29-sonli umum taʼlim maktabida yongʻin xavfsizligi hamda is gazidan zaharlanishni oldini olish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi va oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.

📌 Oylik davomida mahallalar, taʼlim muassasalari, korxona va tashkilotlarda yongʻin xavfsizligi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazmoqda. Ushbu yoʻnalishdagi ishlar davom etmoqda.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

15 Nov, 13:49


#Uchrashuv

Sektor rahbarlari yoshlar bilan uchrashdi


Bugun, Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev boshchiligida 1-sektor hududidagi probatsiya va profilaktika hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda, tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Dilshod Mirzamamedov hamda tuman prokurori 2-sektor rahbari Sanjar Salixovlar ham ishtirok etdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni SH.Mirziyoyev tomonidan 2024-yil 12-yanvar kuni oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishidagi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, huquq-tartibot va mudofaa organlariga respublika miqyosida 4 million yoshlarni biriktirib, ularni otaliqqa olish tizimi joriy etildi.

Topshiriqqa asosan Toshkent tumanidagi 1-sektor hududidagi 22 ta mahallalarga 22 nafar Mudofaa organi masʼul ofitser xodimlari biriktirilib tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Probatsiya hisobida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazishdan asosiy maqsad, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf qilish, ularni ertangi kunga boʻlgan ishonchini oshirish va toʻgʻri yoʻlga boshlash uchun toʻgʻri taklif va tavsiyalar berishdan iborat boʻldi.

Tadbir soʻngida bir nechta probatsiya va profilaktika hisobida turuvchi yoshlar roʻyxatdan chiqarish chorasi belgilab olindi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 16:23


#Tezkor
#Bildirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, tumanning Xalimkop MFY hududida joylashgan Navoiy podstansiyasidagi mavjud quvvati 6300 kVAli kuch transformatori kuyganligi sababli vaqtinchalik quvvati 4000 kVA boʻlgan kuch transformatori oʻrnatilgan. Oʻtgan kunlar davomida oʻta yuklama bilan ishlashi natijasida Zargar, Sohibkor, Hiyobon, Farovon, Gulobod, Kalas, Uch-sada, Sagʻbon, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Xalimkoʻp, Obodlik mahallalarida muntazam elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan.

Hozirgi vaqtda quvvati 6300 kVAli kuch transformatori mukammal taʼmirdan chiqarilgan boʻlib,  joriy yil 13-noyabr kuni soat ❗️20:30 dan 24:00 gacha❗️ transformator almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan mahallalarida va shu mahallalarda faoliyat yurituvchi  korxona-tashkilotlarda elektr taʼminotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 13:59


#OAV_nigohida

Tuman prokurori tashabbusi bilan tibbiy koʻrik va sayyor qabul oʻtkazildi

♻️Toshkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari Sanjar Salixov tashabbusi bilan sektorga qarashli 17 ta mahalla fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi.

📷Tafsilotlar "Nurafshon TV" telekanalining informatsion dasturida.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 13:29


#Sardorlar_saylovi

Oʻzbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” saylovi boʻlib oʻtdi


Joriy yilning 13-noyabr kuni Toshkent tumani 12-umumtaʼlim maktabida 10 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan tashabbuskor va kuchli oʻquvchi yoshlardan Oʻzbekiston bolalar tashkiloti “Bolalar harakati” 12-maktab sardorlar Kengashi saylovi oʻtkazildi.

Bolalarda yetakchilik, izlanuvchanlik, jasorat, mehr-saxovat, vatanparvarlik, liderlik, tashabbuskorlik mahoratini rivojlantirish, tengdoshlari orasida ajralib turishi va yurtni sevish kabi fazilatlarni oʻrgatish, Taʼlim muassasalarida bolalar harakati sardorlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish hamda bolalar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qoʻshma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan saylov jarayonlari koʻtarinki kayfiyatda oʻtdi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 12:29


#Seminar

“Energetika xavfsizligi oyligi” doirasida seminar oʻtkazildi


Bosh prokuratura, Energetika vazirligi va boshqa mutasaddi idoralar tomonidan qabul qilingan “Qish mavsumini betalafot oʻtkazish va isteʼmolchilarni yoqilgʻi – energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish yuzasidan” Qoʻshma qaror ijrosi boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Toshkent tumani prokuraturasi tomonidan “Energetika xavfsizligi oyi” doirasida qish mavsumini betalafot oʻtkazish, energiya resurslarni iqtisod qilish va yashil energiyani keng joriy etish boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi.

Uchrashuvda ijtimoiy soha obʼektlari vakillari, mahalla raislari, boshqaruv servis kompaniyalari, tadbirkorlar va aholi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qish mavsumini betalafot oʻtkazish, energiya resurslarni iqtisod qilish va boshqa masalalar yuzasidan malakali mutaxassislar tomonidan tushuntirishlar berildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 10:56


#Murojaat

Toshkent tumani fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Rayosati aʼzolarining fermerlarga murojaati

👉Batafsil o`qish

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 09:19


#EʼLON

⁉️Ipoteka kreditiga Davlat subsidiyasini yutib olib, uy-joy topishda qiynalayotgan fuqarolar diqqatiga!

⚡️Hurmatli Toshkent tumani fuqarolari! Agarda Siz davlat subsidiyasiga uy-joy xarid qilishga qiynalayotgan boʻlsangiz, Sizlar uchun 2024- yilda "Yangi Oʻzbekiston" massivlari hamda uy-joyga yuqori boʻlgan hududlarda qurilayotgan uy-joylar toʻgʻrisidagi maʼlumotni taqdim qilmoqdamiz.

👉 Uy-joylar roʻyxati.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 07:43


#Axborot_kutubxona_markazi

Kitob- donolik va bilim manbaidir


Kitob insonning eng yaxshi doʻsti va maslahatchisi, donolik va bilim manbaidir. Kitob tafakkur quroli, xazina kaliti boʻlgani uchun xalqimiz uni qadrli obroʻli muqaddas deb bilgan. Shu bois kitobga muhabbat, qadrlash, oʻqishga ishtiyoq xalqimizning qon qoniga singib ketgan. Inson madaniyati uning kitobida aks ettirilgan.

Aziz kitobsevar kitobxonlar! Toshkent tumani axborot-kutubxona markaziga, “UZDAF KITOB” savdo taʼminoti nashriyotidan, 1339 nusxada 416 nomda kitob xarid qilindi. Ushbu kitoblar badiiy, siyosiy, bolalar adabiyot kitoblari xarid qilindi.

Siz aziz kitobxonlarni Toshkent tuman axborot kutubxona markaziga tashrif buyurib yangi kelgan adabiyotlardan samarali foydalanishingizni soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 05:55


#Ogohlantirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlarida elektr taʼminotida uzulishlar kuzatiladi


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, tumanning Xalimkop mahallasi hududida joylashgan Navoiy podstansiyasidagi mavjud quvvati 6300 kVAli kuch transformatori kuyganligi sababli vaqtinchalik quvvati 4000 kVA bo`lgan kuch transformatori oʻrnatilgan. O`tgan kunlar davomida o`ta yuklama bilan ishlashi natijasida Zargar, Sohibkor, Hiyobon, Farovon, Gulobod, Kalas, Uch-sada, Sag'bon, Ahillik, Qorasaroy, Qirariq, Xalimko'p, Obodlik mahallalarida muntazam elektr ta'minotida uzilishlar kuzatilgan.

⚡️Hozirgi kunda quvvati 6300 kVAli kuch transformatori mukammal ta'mirdan chiqarilgan bo`lib, joriy yil 13-noyabr kuni soat❗️16:00 dan 20:00❗️gacha tansformator almashtirish ishlari olib borilishi munosabati bilan yuqorida ko`rsatib o'tilgan mahallalarida va shu mahallalar faoliyat yurutuvchi korxona-tashkilotlarda elektr ta'minotida uzilishlar kuzatiladi.

🟢Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

13 Nov, 04:14


#Bilasizmi

❗️“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.).


Batafsil infografikada👆

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

12 Nov, 13:29


#Yangi_loyiha

Maqsad: yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash


Toshkent tumani hokimligi tashabbusi bilan yangi loyiha ish boshladi. Ulgʻayib kelayotgan avlodni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan ushbu loyiha tashabbuskorlari tuman hokimligi va Yoshlar ishlari Agentligi Toshkent tumani boʻlimi hisoblanadi.

Endilikda haftaning har seshanba kuni markaziy Madaniyat saroyida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikning qanchalik ulugʻ neʼmat ekanini yoshlarimizga yetkazish, tinchlik posbonlari hayoti va faoliyatini xolisona aks ettirishga qaratilgan badiiy filmlar namoyishini oʻtkazish rejalashtirilgan. Sababi,bugungi kunda yurtimizda inson qadr-qimmati, vijdon va eʼtiqod erkinligi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan.

"Tinchlik ortida" badiiy filmida esa ona Vatan tinchligi yoʻlida kamarbasta boʻlgan, fidoyiligi va jasorati bilan yurt tinchligi va osoyishtaligi yoʻlida jon fido qilgan Vatan himoyachilarining sharafli hayot yoʻliga bagʻishlanadi. Yurtimiz sarhadlari muqaddas va daxlsizligi, aynan shu yerdan xalqimizning osuda hayoti boshlanishi, uni koʻz qorachigʻidek asrash yuksak sharafli ish ekanini yoshlar ongiga singdirish, ularni ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashda bu filmning oʻrni va hissasi beqiyos.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

12 Nov, 12:29


#Tibbiy_koʻrik

"Kambagʻallikdan farovonlik sari" tamoyili amalda


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent viloyatiga, qolaversa Toshkent tumaniga qilgan tashriflaridan soʻng, tumandagi ehtiyojmand oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning yashash sharoitini yaxshilashga oid topshiriqlar berilib bugun, ularning ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent tumani hokimligi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, ehtiyojmand oilalar farzandlari hamda nogironligi bor fuqarolar sogʻligini yaxshilash maqsadida bugun, Davlat rahbari hamda viloyat hokimi topshirigʻi va Toshkent tumani hokimi tashabbusi bilan 300ga yaqin fuqarolar Respublika ixtisoslashtirilgan otorinolaringologiya va bosh-boʻyin kasalliklari ilmiy-amaliy tibbiyot Markaziga tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun olib borildilar.

Tibbiy koʻrikni tashkillashtirish va haqiqatdan ham bepul tibbiy koʻrikka muhtoj aholi qatlamini jalb qilish maqsadida tumandagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining ijtimoiy xodimlari tomonidan roʻyxat shakllantirilib, hokimlik boshchiligida avtobus va yoʻl patrul xizmati tashkil qilindi. Bu bilan fuqarolarga xavfsiz va qulay sharoitda bepul tibbiy koʻrikdan oʻtish imkoniyati yaratildi.

Markazda lor, surdolog, yuz-jagʻ jarrohi, oftalmolog, nevropatolog, onkolog, terapevt va kardiolog singari tor doiradagi mutaxassislar Toshkent tumanidan tashrif buyurgan bemorlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, zarur boʻlgan holatda kasalliklari boʻyicha yoʻllanma berdilar, tashxislarini aniqlab, davolash uchun dorilar roʻyxatini taqdim etdilar.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

12 Nov, 12:27


#Инфографика

⚡️Ижтимоий тармоқларда шахсни, жумладан, давлат хизматчисини обрўсизлантириш ва туҳмат қилиш учун жавобгарлик белгиланган

▫️Бу ҳақда инфографика орқали батафсил билиб олинг.

Каналга уланиш — t.me/argos_uz

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

12 Nov, 10:59


#Sayyor_qabul

A.Navoiy mahallasida sayyor qabul o'tkazildi


Toshkent tumani hokimi Sardorbek Ergashev navbatdagi fuqarolar qabulini bugun, 1-sektor hududidagi A.Navoiy mahallasida oʻtkazdi. Sayyor qabul mahalla idorasi binosida bo'lib o'tdi.

Qabulni tuman hokimi bilan birgalikda tuman prokurori, 2-sektor rahbari S.Salixov, Toshkent tumani IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari D.Mirzamamedovlar oʻtkazdilar. Unda tuman hokimining tegishli oʻrinbosarlari hamda korxona-tashkilot rahbarlari ham qatnashishdi.

Sayyor qabul davomida 30 dan ortiq fuqaroning elektr, suv taʼminoti, kadastr, taʼlim, ijtimoiy himoya va jarimalarga oid murojaatlari tinglandi. Murojaatlarning 12 tasi joyida hal qilindi, 18 tasi mas'ullarga biriktirildi qolgan ikkitasi tuman hokimi nazoratiga olindi.

📸Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

28 Oct, 12:53


#Seminar

Maktabgacha taʼlim oʻqituvchilari uchun seminar oʻtkazildi

📍Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 12-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida viloyat miqyosida ingliz tili oʻqituvchilari uchun “Ietʼs go to the savanna” mavzusidagi oʻquv amaliy seminari boʻlib oʻtdi.

Seminarni Toshkent tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Nilufar Ubaydullayeva ochib berdi.

♻️Seminarda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida ingliz tilini oʻqitishda zarur boʻlgan metodikalar va ulardan toʻgʻri foydalanish uchun kerakli qoʻllanma kitobning taqdimoti boʻlib oʻtdi.

Bolajonlarga ham ingliz tilini samarali darajada oʻrgatish mumkinligi namuna tarzida kichik yoshdagi bolalar bilan mashgʻulot oʻtildi. Shuning bilan birgalikda taʼlim tashkilotida tahsil olayotgan tarbiyalanuvchilar ishtirokida “Ietʼs go to the savanna” deb nomlangan mashgʻulot tashrif buyurgan mehmonlarga namoyish etildi.

🤩Tadbir soʻngida, 22 ta shahar, tumanlardan kelgan til oʻqituvchilari koʻtarinki ruhda oʻzaro fikr almashdilar.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

28 Oct, 11:25


#Qishloq_xoʻjaligi

Mehnat qilgan elda aziz boʻladi


Hozirgi kunda Toshkent tumanida 80 ta issiqxona 151 gektar maydon mavjud boʻlib,shundan tumandagi Hasanboy agrofirma hududida 30 ga yaqin issiqxona faoliyat yuritib kelmoqda.

Ushbu issiqxonalardagi dehqon xoʻjaliklar asosan manzarali gulchilik bilan shugʻullanadi. Shuningdek Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan kunlik monitoring ishlari olib boriladi hamda dehqon xoʻjalik xodimlari bilan hamkorlikda ish tashkil qilinib,issiqxonadagi mahsulotlarni kasallik,zararkunandalarga qarshi uygʻunlashgan kurash tizimini joriy qilish boʻyicha oʻzaro birgalikda ishlar olib boriladi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

28 Oct, 09:40


Bosh sahifa | Бош саҳифа | Главная страница

“Toshkent viloyati suv taʼminoti”: Toshkent tumanida diametri Ø110 mm li ichimlik suv quvuri ta’mirlandi (Foto)

👉 Batafsil
____

«Toshkent viloyati suv taʼminoti»: в Ташкентском районе отремонтирован водопровод питьевой воды диаметром Ø110 мм (Фото)

👉 Подробнее

🌐 toshkentvil.uzsuv.uz

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube | 🌐Website | 📨Chat | tiktok.com

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

28 Oct, 07:35


#saylov2024

MUNOSABAT

Osman MESTEN
xorijiy kuzatuvchi /TURKIYA/

27_10_2024

OBUNA BO'LING: NURAFSHON TV

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

28 Oct, 06:41


#Saylov_2024 #Natija

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining dastlabki natijalari eʼlon qilindi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

27 Oct, 16:49


#No_comment

⭕️ Тошкент вилоятидаги сайлов жараёнлари уюшқоқлик билан ўтди

🎞Батафсил видеолавҳада

📍 Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссияси Матбуот маркази

@tosh_vil_saylov

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

27 Oct, 15:44


#сайлов_2024

⭕️ Тошкент вилоятидаги сайлов участкаларида овоз бериш жараёнлари якунланди

Бугун эрталабдан Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссиясига қарашли 1006 та сайлов участкасида “Менинг танловим – обод Ватаним” шиори остида овоз бериш жараёнлари белгиланган тартибда ташкил этилди.

🔰 Сайловчиларнинг ягона электрон рўйхатига кўра, округ бўйича овоз берувчиларнинг умумий сони 1 миллион 853 минг 879 нафарни ташкил этмоқда. Улардан 4 минг 800 нафари илк бор сайловда иштирок этаётган ёшлардир. Ногиронлиги бор шахсларнинг сайлов участкаларида қулайликлар яратилди. Жумладан, уйда овоз берувчи шахслар учун яшаш манзилига борган ҳолда овоз бериш имкони яратилди.

📑 Марказий сайлов комиссияси томонидан рўйхатга олинган ва аккредитациядан ўтказилган хорижий давлатлар ва халқаро ташкилотлар, ОАВ вакиллари, сиёсий партияларнинг вакиллари сайлов жараёнларини кузатиб борди.

 📎 Соат 20.00 га қадар барча сайлов участкаларида овоз бериш жараёни якунланди. Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссиясига сайлов бўйича қонунбузилиш ҳолатлари юзасидан мурожаатлар келиб тушмади.

📍 Ҳозирги вақтда бюллетенларни санаш жараёнлари давом этмоқда.

Абдулазиз Мусаев,
Тошкент вилояти ҳудудий сайлов комиссияси Матбуот маркази раҳбари


@tosh_vil_saylov

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

27 Oct, 13:59


#Муносабат

Сайлов жараёнларига нуроний отахонлар ва маҳалла фаолларининг муносабати.

@diyor_ovozi

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

27 Oct, 13:45


#Сайлов_2024

Кеч тушган бўлишига қарамасдан Тошкент туманидаги сайлов участкаларида одамлар ҳали ҳам гавжум.

Yangi Keles

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

27 Oct, 12:45


#Сайлов_2024

Илк маротаба овоз бераётганлигидан хурсанд ёшлар


Тошкент туманидаги ёшлар фаол. Айниқса 18 ёшга яқиндагина тўлган йигит-қизларимиз, сайлов участкасига овоз бериш учун ташриф буюрмоқдалар.

"Ўз ҳуқуқимдан фойдаланиш имкони пайдо бўлганидан хурсандман",-дейди Ирода Раҳимжонова.

Yangi Keles

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

27 Oct, 12:36


#Rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlgan "Keles Hokimiyatni oldidagi domlar atrofidagi holat ekanligi aytilmoqda" sarlavhasi ostidagi videoxabar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Tuman hokimligi roʻparasidagi koʻp qavatli uylarning birinchi qavatida bir nechta xususiy klinika joylashgan boʻlib, ularda aholiga ambulator xizmat koʻrsatish uchun sharoit yaratilgan. Biroq, ana shu klinikalarning qaysi biridadir, aholi xavfsizligiga befarq boʻlgan xodimlar ham bor.

Ayni vaqtda koʻp xonadonli uylarga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasi orqali chiqindi tashlagan xodim shaxsiga aniqlik kiritilmoqda. Aniqlik kiritilgach, klinika egasiga nisbatan jarima jazosi qoʻllanilishini, ayni vaqtda chiqindilar tegishli tashkilot tomonidan olib ketilganligini ma'lum qilamiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

27 Oct, 11:54


#Сайлов_2024
#Тошкент_тумани

Тошкент тумани 575-сайлов участкасида ёшлар томонидан овоз бериш фаоллик билан давом этаётган экан.

@diyor_ovozi

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 13:27


#Saylov_2024

Biz o’z kelajagimizga befarq emasmiz

🟢
Saylovda ovoz berishga tayyormiz. Sizchi? Siz tayyormisiz?

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 11:58


#Reyd_tadbirlari

⚡️Tigʻ tadbiri oʻtkazildi


🟢Bugun, Milliy gvardiya Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi Toshkent tumani bolalar bilan ishlash boʻlimi inspektor psixologlari, Milliy gvardiya Toshkent tumanlararo Qoʻriqlash boʻlimi xodimlari, Chigʻatoy mahalla yettiligi va Toshkent tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimi hamkorligida tumandagi 1-umumtaʼlim maktabida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tigʻ tadbiri amalga oshirildi.

📹Batafsil videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 10:58


#2_sektor
#Toshkent_tumani

🎶Tuman prokurori sektordagi musiqa maktabida boʻldi


🔹Kuni kecha, Toshkent tumani prokurori, 2-sektor rahbari S. Salixov tomonidan hududda joylashgan 33-sonli Musiqa va sanʼat maktabida oʻquvchilarni milliy va jahon musiqasi, tasviriy sanʼatning yuksak namunalaridan va oʻzbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalaridan bahramand boʻlishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

♻️Zero, Bolalar musiqa va sanʼat maktabining asosiy maqsadi yosh avlodning musiqa va sanʼat turlariga qiziqishi va qobiliyatini rivojlantirish, ijtimoiy faolligini oshirish, ularni xalqimiz anʼanalariga va milliy qadriyatlarimizga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalash, maʼnaviy va maʼrifiy saviyasini har tomonlama oshirishdan iborat.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 09:33


Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик
__________
Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел
__________

Congratulations to the employees and veterans of Internal Affairs Bodies

📱
Instagram | 📱 Twitter | 🌐YouTube📱 Facebook  | 🕊Telegram

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 08:28


#Saylov_2024

Biz o’z kelajagimizga befarq emasmiz

🟢
Saylovda ovoz berishga tayyormiz. Sizchi? Siz tayyormisiz?

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 07:23


Ички ишлар органлари ходимлари ва фахрийларига табрик

Поздравление сотрудникам и ветеранам органов внутренних дел

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 07:11


"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan 240 dan ortiq Ko'chmas mulklarni sotib oling!

🔹Angren shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 13 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 13 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 22 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 12 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 18 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 23 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 05:28


#Saylov_2024

Biz oʻz kelajagimizga befarq emasmiz!


🇺🇿Joriy yil 24-oktabr sanasida, Toshkent viloyati hokimining 2024-yil 16-oktabrdagi 1/8-5096-son bayoniga asosan Toshkent tumanida Yoshlar ishlari Agentligi tuman boʻlimi tomonidan "Saylov va yoshlar loyihasi doirasida" ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari o'tkazildi.

🟢 Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidor va qobiliyatlarini yanada qoʻllab-quvvatlash, shuningdek siyosiy jarayonlarga befarq bo'lmaslikka chaqirishga qaratilgan ushbu tadbirlar ko'tarinki kayfiyatda o'tkazilib ularda 2 mingga yaqin yoshlarni ishtirokini ta'minlashga erishildi.

📹Tadbir tafsilotlari videolavhada.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

25 Oct, 04:01


#Muhim_sana

25-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni


Hech shubhasiz, xalqimiz sizlarni oʻz hayotini el-yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek olijanob ishga bagʻishlagan, muqaddas qasamyodiga sodiq insonlar deb biladi va mashaqqatli xizmatingizni munosib eʼtirof etadi.

Shu munosabat bilan Toshkent tumani hokimligi va 12-maktab jamoasi Sizlarni 25-oktabr — Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

24 Oct, 14:36


Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ички ишлар органлари ходимлари куни муносабати билан бир гуруҳ ходимларни мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении группы сотрудников в связи с Днем сотрудников органов внутренних дел"

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

24 Oct, 13:28


#Saylov_2024

Biz oʻz kelajagimizga befarq emasmiz!


🇺🇿 Toshkent tumani Kensoy mahallasi hududida joylashgan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat Pedagogika Universitetining Harbiy Fakulteti binosida "Saylov va yoshlar loyihasi doirasida" "Mening tanlovim - obod Vatanim" mavzusida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

🟢Uchrashuvda Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi va hamkor tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

♻️ Tadbir oʻzaro savol-javoblarga boy tarzda boʻlib oʻtdi, yosh kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

24 Oct, 12:58


#Oʻrganish

Sektor rahbari mahalla yettiligi bilan uchrashdi


Bugun, Toshkent tumani soliq inspeksiyasi rahbari Sanjar Abduvaliyev 4-sektor hududidagi mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashib, xatlov jarayonlarini oʻrgandi hamda migratsiyada yurgan aholi vakillari bilan telefon orqali muloqot qildi.

Xususan, X.YU, xonadonida boʻlgan sektor rahbari telefon orqali fuqaro bilan suhbatlashib, uning oylik maoshi, mavjud muammolari bilan qiziqdi. Soʻng, 4-sektor shtabi oldida mahalla yettiligi vakillari bilan suhbatlashib, xatlov jarayonlarini haqqoniy oʻtkazish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

📷Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Oct, 13:27


#Эксперт_минбари

Дебатлар партиялар ва аҳоли ўртасидаги ўзаро алоқаларини янада мустаҳкамлашга хизмат қилмоқда

📁 Маълумки, жорий йил 19 октябрь куни сайловчиларнинг овозлари учун курашаётган сиёсий партиялар ўртасида навбатдаги теледебат бўлиб ўтди.

🔰 Партияларнинг ўзаро савол-жавобларидаги баҳс ва мунозаралар ҳақида “Тараққиёт стратегияси” маркази бўлим бошлиғи Анваржон Миркомилов қуйидаги фикр-мулоҳазаларни билдирди.

🔗 БАТАФСИЛ

@olimlar_minbari

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Oct, 13:23


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қозон шаҳрига келди. Аэропортда давлатимиз раҳбарини Татаристон Республикаси Раиси Рустам Минниханов ва бошқа расмий шахслар кутиб олди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Казань. В аэропорту главу нашего государства встретили Раис Республики Татарстан Рустам Минниханов и другие официальные лица.

#Mirziyoyev #tashrif #Rossiya #sammit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Oct, 10:58


#Topshiriq_va_ijro

Kambagʻallikdan farovonlik sari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Kambagʻallikdan farovonlik sari» dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-330-son, qaroriga asosan Toshkent tumanida har bir korxona-tashkilot rahbari oʻziga biriktirilgan oilalar bilan muntazam ravishda zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan kuni kecha, Toshkent tumani Yoshlar ishlari boʻlimi boshligʻiga biriktirilgan oila bekasi S.R. tuman Tibbiyot birlashmasida chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.

Farzandi S.M. esa shaxmat toʻgaragiga jalb etildi va unga shaxmat doskasi sovgʻa qilindi.

📹Jarayon fotolavhalarda.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Oct, 09:28


#Migratsiya

Chet eldagi yoshlar bilan aloqalarni oʻrnatish davom etmoqda


📌Toshkent tumani A.Navoiy mahalla yoshlar yetakchisi tomonidan chet el mamlakatlarida yurgan va chet elga chiqish istagidagi yoshlar roʻyxatini shakllantirish maqsadida xatlov jarayoni oʻtkazilmoqda.

Bunda xatlov jarayonida chet elga chiqmoqchi yoki chet elda boʻlgan yoshlar va chet mamlakatdan qaytgan yoshlar bilan suhbat oʻtkazilib maxsus anketalar, ularning ota onalari yaqin qarindoshlari va oʻzlari ishtiroklarida toʻldirilmoqda.

📊Xatlov oʻtkazishdan asosiy maqsad migratsiyaga ketgan yoshlar bilan sifatli aloqani oʻrnatish, yordamga muhtoj boʻlgan yoshlarni aniqlash va ularga oʻz ehtiyojlariga yetarli boʻlgan maosh bilan taʼminlash va chet elga ketmoqchi boʻlgan bilimli salohiyatli va qobiliyatli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Oct, 09:24


#AntiFake_uz_огоҳлантиради

💻Сўнгги кунларда Телеграм мессенжерида онлайн фирибгарликнинг янги усуллари кенг тарқалмоқда. Жиноятчилар фойдаланувчиларни алдаш учун "Салом, бу сенмисан суратда?" каби сохта хабарлар ва вирусли файллар юбормоқда.

⚡️Бириктирилган иловани юклаб олган заҳоти қурилмангиз хавф остида қолади ва шахсий маълумотлар ўғирланиши мумкин.

‼️Фирибгарларга алдовига тушиб қолмаслик учун ҳушёрликни оширинг ва нотаниш аккаунтлардан келган файлларни юклаб олманг!

Facebook ‖ Instagram ‖ Twitter ‖ Telegram

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Oct, 08:01


4,6 trln so’m aktivga ega bo'lgan kompaniyaning bir qismiga egalik qilish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Aksiyalar soni cheklangan, taklif 2024-yil 28-oktyabrgacha amal qiladi.

🌐 ipo.e-auksion.uz savdo platformasi orqali Xalqchil IPOda ishtirok eting va siz ham aksiyadorga aylaning!

Call markaz: ☎️+998712022111

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Oct, 06:30


#Tezkor
#Bildirish

⚡️ Toshkent tumanining baʼzi hududlari elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda


Toshkent tuman elektr taʼminoti korxonasi Sizga shuni maʼlum qiladiki, 35/6 kV Darhon P/Sda nuqson bartaraf etish va ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Darxon, Avliyo-ota, Rahbarobod, Hasanboy Guzari, Hasanboy, Kensoy, Bahor mahallalarida va ushbu mahallalar hududida faoliyat yurituvchi korxona-tashkilotlarda joriy yil 23-oktabr kuni soat❗️10:30 dan 14:00 gacha❗️ elektr taʼminoti bo'lmaydi.

🟢 Keltirilayotgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr soʻraymiz.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

23 Oct, 05:58


#Saylov_2024

Biz o’z kelajagimizga befarq emasmiz

♻️
Toshkent tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar saylovda ovoz berishga tayyor. Sizchi? Siz tayyormisiz?

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

21 Oct, 11:58


#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha navbatdagi oʻquv seminari oʻtkazildi


🗣 Maʼlumki Pensiya jamgʻarmasi tizimida joriy yilning 1-31-oktabr kunlari “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” oʻtkazilmoqda.

🔺 Jumladan joriy yilning 14 oktyabr kuni Toshkent viloyatida navbatdagi oʻquv-seminar tashkil etildi.

Seminarda Pensiya jamgʻarmasining tizim xodimlari va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar muhokama qilindi hamda ularning yechimlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilanib, takliflar bildirildi.

🗣 Shuningdek, davlatimiz ravnaqi uchun har bir Oʻzbekiston fuqarosi masʼul ekanligi, korrupsiyaga qarshi kurashish – butun bir millat zimmasidagi masʼuliyat ekanligini anglab, milliy davlatchiligimiz ravnaqi uchun barcha sidqidildan mehnat qilish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

21 Oct, 11:46


Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида "Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида амалга оширилган ишлар натижадорлиги ва келгусидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по анализу результативности работы и дальнейшим приоритетным задачам в рамках общенационального проекта "Яшил макон"

Facebook|Instagram|X

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

21 Oct, 10:58


#Saylov_2024

Befarq boʻlmang! Oʻz kelajagingizni oʻzingiz tanlang! Ovoz bering!

Toshkent tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi xodimlari saylovga tayyor! Siz tayyormisiz?

Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube 🌍Website

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

21 Oct, 09:22


“Сайлов – 2024”: сиёсий уйғунлик ва партиялараро рақобат юзасидан айрим мулоҳазалар “Подкаст клуб” платформасида

Сиёсатда ҳар бир партия манфаат ва мақсадларидан келиб чиққан ҳолда ўз дастурларини баралла ёқлаб чиқади, одатда улар бир-бирига зид бўлиши ҳам мумкин.

📎Партиялар ўртасидаги соғлом рақобат пировардида турли ижтимоий гуруҳлар манфаатларини мувозанатлаштириш орқали адолатли ҳамда универсал ечимларга олиб келадиган муросаларни туғдиради.

2024 йилги сайловолди компанияси доирасида Ўзбекистонда ўтказилаётган туркум теледебатларда очиқ мулоқот майдони яратилди. Иштирокчиларнинг сиёсий маданияти ошиб, мураккаб масалалар бўйича ечим излаб, таклиф бериш кўникмаси яққол намоён бўлмоқда.

@olimlar_minbari

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

21 Oct, 09:00


Президент Шавкат Мирзиёев "Green University"да яратилган шароитлар билан танишиб, талабалар билан суҳбатлашди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent tumani hokimligi | Хокимият Ташкентского района

21 Oct, 08:02


Президент Шавкат Мирзиёев Марказий Осиё атроф-муҳит ва иқлим ўзгаришини ўрганиш университети – “Green University”да бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Центральноазиатский университет изучения окружающей среды и изменения климата – Green University.

#Mirziyoyev #tanishuv #oliytalim #universitet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X