Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги @xalq_talimi_vazirligi1 Channel on Telegram

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

@xalq_talimi_vazirligi1


Official website: https://www.uzedu.uz/
Telegram: https://t.me/uzedu/
Facebook: https://www.facebook.com/uzedu/
Instagram: https://www.instagram.com/uzedu.uz

📞 Ishonch telefoni raqami: (71) 202-09-09

✉️ E-mail: [email protected]

Norasmiy sahifa

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги (Uzbek)

Xalq ta'limi Vazirligi, yoki Халк Талими Вазирлиги, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi rasmiy Telegram kanalidir. Bu kanal orqali ta'lim sohasidagi so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz mumkin. Xalq ta'limi Vazirligi O'zbekistondagi ta'lim tizimini rivojlantirish, o'quv jarayonini o'z ichiga olgan va mustaqil, yuqori sifatli ta'limni ta'minlashga yo'naltirilgan. Kanalda O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi Vazirligi tomonidan taqdim etilgan dasturlar, loyihalar, va yangiliklar bilan tanishishingiz mumkin. Xalq ta'limi Vazirligi rasmiy veb-sayti https://www.uzedu.uz orqali, Telegramda esa https://t.me/uzedu orqali, Facebookda https://www.facebook.com/uzedu/ yoki Instagramda https://www.instagram.com/uzedu.uz orqali kanalga obuna bo'lishingiz mumkin. Kanaldan yangiliklarni o'qib, ta'lim sohasida e'tirof qo'lishingiz, so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lishingiz va ko'p narsalarni o'rganishingiz mumkin. Ishonch telefoni raqami: (71) 202-09-09, E-mail manzili: [email protected]. Xalq ta'limi Vazirligi bilan eng so'nggi va eng muhim ta'lim yangiliklarini bilib oling!

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

10 Dec, 13:59


#Давлатимиз_мадҳияси_30_ёшда

Ҳар қандай мамлакат мадҳияси нафақат ўша давлат мустақиллиги рамзи сифатида эъзозланади, балки шу халқнинг орзу-армонлари, умид ва тилакларини ўзида мужассам этган миллий оҳанг сифатида мудом қадрга эга.

1992 йил 10 декабрь куни қабул қилинган Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳиясида ҳам юртимиз таърифи ва ўзбек халқининг неча асрлик орзу ва умидлари акс этган.
Бир сўз билан айтганда, юртимиз мадҳияси ҳар бир ватандошимиз тилида ўзгача жаранг сочади. Кимлардир забонида, кимлардир юрагида куйлайди бу қўшиқни.

Фарғона вилояти Қувасой шаҳар алоҳида таълим эҳтиёжи бўлган (кар) болалар учун ихтисослаштирилган 90-сонли мактаб-интернати жамоаси ҳам давлатимиз мадҳиясини қалб қўри ва юртимизга бўлган чексиз муҳаббати билан куйламоқда.

Сиз ҳам Мадҳиямизни қалбингиз билан ҳис қилиб, тинглаб кўринг!

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

10 Dec, 13:59


🇺🇿 Boku shahrida joylashgan 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida O'zbekiston kuni o'tkazildi

🌐 "SAF 2022" Xalqaro festivalida ishtirok etgan va bir necha toifalarda g'oliblikni qo'lga kiritgan O'zbekiston STEAM jamoasi, O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi bilan birgalikda Boku shahridagi 53-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida tashkil etilgan 🇺🇿 "O'zbekiston kuni" ga taklif qilindi.

🇺🇿 Maktab o'quvchilari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi haqidagi bilimlarini hamda xalqimiz madaniyatiga xos raqs va kuy-qo'shiqlarni namoyish etdilar.

🌍 O'zbekiston 2022-yilda OCEP dasturiga kirdi. Ushbu dastur madaniyat, ta'lim va davlatlarning do'stona munosabatlarini o'rnatish uchun xizmat qiladi. Ozarbayjon Respublikasida OCEP dasturiga 2019-yilda a'zo bo'lgan.

❤️ Ushbu dasturni qo'llab-quvvatlash maqsadida O'zbekiston va Ozarbayjon maktablari o'rtasida hamkorlikni davom ettirish rejalashtirilgan.

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

30 Oct, 11:17


🥇 Uzoq kutilgan olimpiada!

💠 Bugun 30-oktabr kuni soat 11:00 dan 22:00 ga qadar khiso.uz plaftormasida o‘quvchilar uchun navbatdagi integratsion olimpiada o‘tkaziladi.

Savollar: O‘zbek🇺🇿 va rus🇷🇺 tillarida
Matematika (20 ta savol, 31 balldan)
🇬🇧 Ingliz tili (10 ta savol, 17 balldan)
👁‍🗨 IQ test (5 ta savol, 42 balldan)
🏓 Jami: 1000 ball

⬇️ Barcha o‘quvchilar sertifikat va ustozlari uchun tashakkurnoma yuklab olishadi.

🖼 Ishtirokiga mos reyting ballar beriladi.

🏅 Yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar medallar bilan taqdirlanadi.

🇺🇿 G‘oliblar "Ulug‘bek izdoshlari" olimpiadasining finali - yozgi maktabda ishtirok etuvchi nomzodlar ro‘yxatiga qo‘shiladi.

☸️ Testlarning yechimlari youtube kanalimizda tahlil qilinadi.

📌 Saytdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishishni unutmang.

➡️ Qo‘shimcha savollar uchun: @khiso_admin

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

20 Oct, 20:29


#ДИҚҚАТ
⚡️Мактаб ўқувчилари учун 4 ноябрдан кузги таътил бошланади

Амалдаги тартибга кўра мактаб ўқувчилари учун I чоракнинг сўнгги куни 3 ноябрга тўғри келиб, 4 ноябрь куни кузги таътилнинг илк куни саналади. Таътил 6 календарь кун, яъни 9 ноябргача давом этади. II чорак эса 10 ноябрдан бошланади.
👇🏻👇🏻

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

04 Oct, 06:49


Xalq ta’limi vazirligi boshlang‘ich sinflar darsliklari bo‘yicha o‘qituvchilarga murojaat bilan chiqdi

Xalq ta’limi vazirligi Prezident administratsiyasi qoshidagi ishchi guruh ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy dasturlar, yangi o‘quv qo‘llanmalarini yaratish ishlarini boshlaganini ma’lum qildi. Agarda siz ushbu aprobatsiya ishlarida qatnashish istagida bo‘lsangiz talim2023.uz veb-sayti yoki @talim2023_bot telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tib, o‘zingiz haqingizda ma’lumot qoldirishingiz mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/00151859

Kun.uz rasmiy kanali

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

17 Sep, 06:15


Yangi maktab darsliklari mualliflariga qaratilgan hujumlar qanchalik asosli? «Gazeta.uz» mualliflardan o‘zgarishlarni sodda tilda tushuntirib berishni so‘radi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, yangi darsliklar o‘quvchida muloqot ko‘nikmasi, tanqidiy fikrlash, izlanish va muammolarni hal etishni rivojlantirishga qaratilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2022/09/16/new-textbooks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

14 Sep, 07:15


📢📢📢ДИҚҚАТ, ДИҚҚАТ!

Ҳурматли ота-оналар!

💢 2022 йил 12-30 сентябрь кунлари юртимиздаги "Баркамол авлод" болалар мактаблари томонидан "Тўгараклар ярмаркаси" ташкил этилмоқда.

🔰Мазкур ярмаркаларда фарзандингиз:

❇️ қизиқарли тўгараклар фаолияти билан танишиши;
❇️ тенгқурлари иштирокида маҳорат машғулотларида қатнашиши;
❇️ турли танлов, концерт дастурлари ва акцияларда иштирок этиши мумкин.

💠 Республикамиз бўйлаб ўтказилаётган "Тўгараклар ярмаркаси" тўғрисидаги батафсил маълумотлар билан қуйидаги ҳавола орқали танишишингиз мумкин.

👉📍https://bit.ly/3qzf0aU

♻️ Шошилинг, "Тўгараклар ярмаркаси"да фаол иштирок этинг.

☎️ Мурожаат учун телефон: (90) 808-55-19


Халқ таълими вазирлигининг расмий саҳифаларига уланиш
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

14 Sep, 07:15


Xalq ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan YANGI LOYIHA⚡️

Bolalarning iste'dodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish, yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizni chuqurroq singdirish, kamayib borayotgan xalq san'atini rivojlantirish, yoshlarning ma'naviy olamini boyitish, ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda moddiy va ma'naviy rag'batlantirish maqsadida “Xalq ta'limi vazirligi sovrini" ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi.

📌Mazkur ko‘rik-tanlov 15-sentabrdan 25-dekabrgacha davom etadi

☝️Ko‘rik-tanlov quyidagi yo‘nalishlarda o‘tkaziladi:
Yog‘och o‘ymakorligi;
Liboslar dizayni;
Yosh arxitektor
.

Ko‘rik-tanlov shartlari bilan batafsil videolavhada tanishishingiz mumkin.

Ko‘rik-tanlov g'oliblari Xalq ta'limi vaziri nomidan diplom hamda qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadilar.

Aziz o‘quvchi-yoshlar, ko‘rik-tanlovda faol ishtirok eting hamda qimmatbaho sovg'alar sohibi boʻling!

🔗Web-site|Telegram|Facebook|Instagram|YouTUBE

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

10 Sep, 05:18


Toshkentda boshpanasiz talabalar – vazir nima deydi?

Toshkentga talabalar qaytishi bilan, har yilgidek boshpana muammosi ko‘tarildi. Rejaga ko‘ra, 2022 yilda shaharda 11ta yangi yotoqxona qurilishi kerak edi, lekin hozircha ulardan atigi bittasi tayyor. Nega rejalar bajarilmadi? Vazir Abduqodir Toshqulov shu haqdagi savolga javob berdi.

📹 TO'LIQ VIDEONI KO'RISH

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

09 Sep, 11:43


Vazir oliy ta’limdagi muammolar uchun alohida Telegram-raqam yozib berdi

Abduqodir Toshqulov oliy ta’lim muassasalaridagi individual masalalar uchun +998970362896 Telegram-raqamiga murojaat qilishni so‘radi. Muammo o‘rganilishi uchun murojaat qilgan shaxs anonim bo‘lmay, o‘z ism-familiya, manzili va telefon raqamini qoldirishi talab qilinadi.

👉 https://kun.uz/uz/91384109

Kun.uz rasmiy kanali

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

09 Sep, 09:53


110-maktabda kiyinish xonasiga kameralar o‘rnatilishi bilan bog‘liq mojaro kelib chiqdi

Izohga ko‘ra, kameralar o‘quvchilar jismoniy tarbiya darsiga chiqqan paytda bir necha marotaba mobil telefon, taqinchoqlar, pullar yo‘qolgani tufayli qo‘yilgan. Kecha maktab ma’muriyati tomonidan kiyinish xonasidagi kamera olib tashlangan.

👉 https://kun.uz/uz/60242218

Kun.uz rasmiy kanali

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

08 Sep, 16:39


❇️TA’LIMGA TIKILGAN SARMOYA- ENG YAXSHI SARMOYADIR

🔹Buxoro viloyati hokimligi tomonidan mahalliy byudjetning iqtisod qilingan mablag‘lari hisobidan umumta’lim maktablarida mavjud xorijiy til sinf xonalarini kerakli jihozlar va inventarlar bilan ta’minlash xarajatlari uchun 2 milliard so‘m mablag‘ ajratildi.

🔹Ajratilgan mablag‘lar doirasida viloyatdagi 21 ta umumta’lim maktablaridagi xorijiy tillar xonalari uchun 42 ta sinf doskasi, 600 ta o‘quv partalari, 41 ta o‘qituvchi stoli va 41 ta o‘qituvchi o‘rindig‘i, 41 ta kitob jаvoni, 41 ta elektron doskalari xarid qilindi.

🔹Shuningdek, ajratilgan mablag‘lar hisobidan xorijiy tillarni o‘qitish uchun zarur bo‘lgan badiiy adabiyotlar ham xarid qilinib, maktablarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Buxoro viloyati xalq ta’limi boshqarmasi kanallariga a’zo bo‘ling:👇
Telegram |Сайт | Facebook

Xalq ta'limi Vazirligi | Халк Талими Вазирлиги

08 Sep, 06:42


Nega XTV darsliklar ijarasini bepul qilishni avvalroq taklif qilmagan? Vazir o‘rinbosari izohi

Muammoning yechimi bor ekan, vazirlik masala prezidentgacha yetib bormasidan oldin o‘z tashabbusi bilan uni hal etishga nega urinmagan? Temur Komilovning tushuntirishicha, bu – davlat budjetining qonun bilan tasdiqlanishi va vazirliklarning shu budjet intizomiga rioya qilishi bilan bog‘liq.

👉 https://kun.uz/uz/57106724

Kun.uz rasmiy kanali

2,675

subscribers

1,246

photos

2,825

videos