O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️ @konstitutsiya_bayrami Channel on Telegram

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

@konstitutsiya_bayrami


Bu kanalda O'zb. Res. Konstitutsiyasini o'rganing.😊


Xamkor kanal: @Glavniy

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️ (Uzbek)

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kanalimizga xush kelibsiz! Bu kanalda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishga oid ma'lumotlar va tadbirlar bilan tanishishingiz mumkin. Konstitutsiya bayramida o‘zbek xalqiga bag‘ishlangan kanalimizda sizga qiziq va foydali ma'lumotlar taqdim etiladi. Konstitutsiyamizning asosiy xususiyatlarini tushunish uchun bu kanal siz uchun ideal manzil bo‘lishi mumkin. Agar siz ham o‘zbek Konstitutsiyasini tushunish va o‘rganishni istasangiz, #konstitutsiya_bayrami kanalimizga obuna bo'ling! Eng so‘nggi yangiliklardan birinchi bo‘lib xabar qoling. Qatnashuvchilar bilan fikrlar almashtirish va savollar so‘rash imkoniyatiga ega bo‘lishingiz mumkin. Hozirda bizning xamkor kanalimiz @Glavniy bilan ham alakadar bo‘ling! O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kanalimiz sizni kutmoqda! 🇺🇿

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

22 Aug, 12:10


🧐Фақат 30% одам бу ўйинни жавобини топа олади.

Савол: Товуқ қайси кепка ичида яширинган?

ТЎҒРИ ЖАВОБНИ БЕЛГИЛАНГ👇

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

07 Feb, 12:28


❗️Ўзингизни синаб кўринг

Расмдаги қайси автомобиль йўл беради


ТЎҒРИ ЖАВОБНИ КЎРИШ

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

04 Dec, 05:22


"Андижон Бугун" АНДИЖОНЛИКЛАРНИНГ telegram канали

👉🏼 @ANDIJAN_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

01 Aug, 02:46


Qaysi bobni o‘qimoqchi bo‘lsangiz ko‘rsatilganni ustiga bosing.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 17:25


🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi📖

🔰 MUNDARIJA🔰

👉🏻 I Bo'lim. 1-bob 👈🏻

👉🏻 2-bob 👈🏻

👉🏻 3-bob 👈🏻

👉🏻 4-bob 👈🏻

👉🏻 II Bo'lim. 5-bob 👈🏻

👉🏻 6-bob 👈🏻

👉🏻 7-bob 👈🏻

👉🏻 8-bob 👈🏻

👉🏻 9-bob 👈🏻

👉🏻 10-bob 👈🏻

👉🏻 11-bob 👈🏻

👉🏻 III Bo'lim. 12-bob 👈🏻

👉🏻 13-bob 👈🏻

👉🏻 14-bob 👈🏻

👉🏻 15-bob 👈🏻

👉🏻 IV Bo'lim. 16-bob 👈🏻

👉🏻 17-bob 👈🏻

👉🏻 V Bo'lim. 18-bob 👈🏻

👉🏻 19-bob 👈🏻

👉🏻 20-bob 👈🏻

👉🏻 21-bob 👈🏻

👉🏻 22-bob 👈🏻

👉🏻 23-bob 👈🏻

👉🏻 24-bob 👈🏻

👉🏻 25-bob 👈🏻

👉🏻 26-bob 👈🏻

👉🏻 VI Bo'lim 👈🏻

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 16:46


———————————————
128-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 16:45


Oltinchi bo’lim. Konstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi

———————————————
127-modda.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 16:45


———————————————
126-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada qurolli kuchlariga ega.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 15:08


XXVI bob. Mudofaa va xavfsizlik

———————————————
125-modda.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitligini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi.
Qurolli Kuchlarning tuzilishi va ularni tashkil etish qonun bilan belgilanadi.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 15:07


———————————————
124-modda.
O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini respublika Markaziy banki boshqaradi.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:10


———————————————
123-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi. Soliqlar joriy qilishga faqat O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi haqli.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:10


XXV bob. Moliya va kredit

———————————————
122-modda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z moliya va pul-kredit tizimiga ega.
O‘zbekistonning Davlat byudjeti Respublika byudjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy budjetlardan iborat.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:09


———————————————
121-модда.
O‘zbekiston Respublikasi hududida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tezkor-qidiruv, tergov va boshqa maxsus vazifalarni mustaqil ravishda bajaruvchi xususiy kooperativ tashkilotlar, jamoat birlashmalari va ularning bo‘linmalarini tuzish hamda ularning faoliyat ko‘rsatishi ta’qiqlanadi.
Qonuniylik va huquqiy tartibotni, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga jamoat tashkilotlari va fuqarolar yordam ko‘rsatishlari mumkin.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:09


———————————————
120-modda.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari o‘z vakolatlarini har qanday davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor shaxslardan mustaqil holda, faqat qonunga bo‘ysunib amalga oshiradilar.
Prokurorlar o‘z vakolatlari davrida siyosiy partiyalarga va siyosiy maqsadlarni ko‘zlovchi boshqa jamoat birlashmalariga a’zolikni to‘xtatib turadilar.
Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun bilan belgilanadi.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:08


———————————————
119-modda.
Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Prokurori O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasining oliy vakillik organi tomonidan tayinlanadi.
Viloyatlarning prokurorlari, tuman va shahar prokurorlari O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori tomonidan tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurorining, viloyat, tuman va shahar prokurorlarining vakolat muddati — besh yil.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:08


XXIV bob. Prokuratura

———————————————
118-modda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:07


XXIII bob. Saylov tizimi

———————————————
117-modda.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o‘z xohish irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda — dekabrь oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi. Saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar saylanganidan so‘ng bir oy ichida ular orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadilar.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bir vaqtning o‘zida ikkidan ortiq davlat hokimiyati vakillik organining deputati bo‘lishi mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi referendumini tashkil etish va o‘tkazish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan faoliyatining asosiy printsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi o‘z faoliyatini doimiy asosda amalga oshiradi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining saylov to‘g‘risidagi hamda referendum to‘g‘risidagi qonunlariga va boshqa qonunlarga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining tavsiyasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tomonidan saylanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Raisi komissiya a’zolari orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimi bo‘yicha komissiya majlisida saylanadi.
Saylov o‘tkazish tartibi qonun bilan belgilanadi.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:06


———————————————
116-modda.
Ayblanuvchi himoyalanish huquqi bilan ta’minlanadi.
Tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi. Fuqarolarga, korxona, muassasa va tashkilotlarga yuridik yordam berish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. Advokaturani tashkil etish va uning ish tartibi qonun bilan belgilanadi.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:06


———————————————
115-modda.
O‘zbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan to‘la tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida so‘zlash huquqi ta’minlanadi.
———————————————

Kanalga ulaning👇
@TEZKOR_BUGUN

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ️

19 Jun, 14:05


———————————————
114-modda.
Sud hokimiyati chiqargan hujjatlar barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiydir.
———————————————

Kanalga ulaning👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAET2kM1Wveq-1dMhhQ