Hayot davomida o‘qish @uzluksiz_rivojlanish Channel on Telegram

Hayot davomida o‘qish

@uzluksiz_rivojlanish


A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Hayot davomida o‘qish (Uzbek)

Assalomu alaykum! Sizga A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan tashkil etilgan 'Hayot davomida o‘qish' nomli Telegram kanalini tanishtiramiz. Bu kanalning maqsadi o‘zaro fikr almashish va ko‘nikmalarni baham ko‘rish orqali o‘zingizni zamonaviy ma’rifatga ega qilishni rag‘batlantirishdir

'Hayot davomida o‘qish' kanali, ijodkorlar, o‘qituvchilar, va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan, eng so‘nggi yangiliklar va mavzularni o‘z ichiga olgan bir platforma bo‘lib, ma’lumotlarni ommaviy tarzda taqdim etadi. Bu yerda siz, turli sohalarda mutaxassislar tomonidan tayyorlangan ko‘nikmalardan o‘qib, o‘zingiz uchun eng foydali narsalarni o‘rganishingiz mumkin

'Hayot davomida o‘qish' kanalimizga a’zo bo‘lib, zamonaviy ilmiy ma’lumotlar bilan tanishing, o‘z fikrlaringizni boshqalar bilan baham ko‘rishing va o‘zingizni rivojlantiring. Ilmiy ma’lumotlar, fikrlar, va yangiliklar orqali o‘zingizni o‘zlashtiring va butunlay yangi dunyoqarashlar bilan tanishing! Marhamat, bizga qo‘shiling va hayot davomida o‘qing!

Hayot davomida o‘qish

29 Dec, 04:21


A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga matbuot kotibi tayinlandi

Djumaniyazova Muyassar Mamatsheripovna
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga Matbuot kotibi – rektorning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Muyassar Mamatsheripovna bugunga qadar institutning “Matbuot, media va muzey xizmati”bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

✔️Tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱 Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  📸 Instagram

Hayot davomida o‘qish

27 Dec, 09:55


YIL SARHISOBI

Bilarmidingiz?

Bugungi kunda, Onlinedu.uz platformasidan jami 669,547+ nafar foydalanuvchilar ro‘yxatdan o‘tgan.
Joriy 2024-yil davomida 210 mingga yaqini rahbar va pedagog xodimlar platforma orqali onlayn malaka oshirgan.

📱 Google Analytics aldamaydi!

🔹Google kompaniyasining platforma yuzasidan bergan sarhisobiga ko‘ra, 2024-yil davomida foydalanuvchilarimiz platformaga 210 MILLION marotaba tashrif buyurishgan.
Bu degani har bir foydalanuvchi platformadan o‘rtacha 472 marotaba foydalangan.

🔹Googlega ko‘ra har bir foydalanuvchi platformaning 10 ta ruknidan (shundan 8 tasi kurslarga tegishli) foydalanib har bir ruknga 14 daqiqa vaqt sarflagan.

♻️ Yana bir qiziq fakt:
Foydalanuvchilarning 79,3 foizi smartfondan, 20,2 foizi personal kompyuterdan hamda 0,5 foizdan kamrog'i esa planshetdan foydalanishgan.

📍Yangiliklarni biz orqali kuzatib boring.

https://t.me/uzluksiz_rivojlanish

Hayot davomida o‘qish

17 Dec, 06:32


📚Китоб инсонни комилликка етаклайди.
Қуйида китобнинг фойдалилиги айнан нимадалигига тўхталамиз.


✔️Мутолаа уйқусизликдан қутулишга ёрдам беради.

Хотиржам бўлиш ва ухлашга ёрдам берадиган энг яхши усул китоб ўқишдир. Телевизор ёки телефондан тарқалаётган ёрқин нур мияга уйғониш кераклиги ҳақида сигнал юборади. Китоб ўқиш эса аксинча таъсир кўрсатади – мия ухлаш вақти бўлганлигини тушунади.

✔️Мутолаа асабни тинчлантиради.

Асабингизни тинчлантириш учун сайр қилиш ёки мусиқа тинглашни афзал кўрасизми? Сассекс университети олимлари эса бунинг ўрнига китоб ўқишни тавсия қилишади. Китоб ўқиш асабни тинчлантиришда энг самарали усул экан. Атиги олти дақиқа китоб ўқиш асабийлашишга барҳам беради.

✔️Мутолаа қалбни юмшатади.

Китоб ўқиш жараёнида ўқувчи қаҳрамонлар билан бирга бўлади. Уларнинг қувонч ва ташвишларига шерик бўлади. Тадқиқотлардан маълум бўлишича, бадиий асар ўқиган одам ҳаётда ҳам бошқаларнинг ҳис-туйғуларини яхши тушунар экан.

Hayot davomida o‘qish

14 Dec, 17:15


#sarhisob

🔹A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida 2024-yil fevral oyidan maktab direktorlari va direktor lavozimiga nomzodlar uchun menejerlik o‘quv kurslari tashkil etildi.

🔹2024-fevral-noyabr oylarida respublika bo‘yicha 2 706 nafar tinglovchilar menejerlik o‘quv kurslariga qabul qilingan. Shundan, 1 804 nafari kursni muvaffaqiyatli tugatib, menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan.

🔹Amaldagi maktab direktorlari uchun tashkil etilgan menejerlik o‘quv kursiga 1 093 nafar direktor jalb etilgan bo‘lib, shundan 703 nafari ijobiy ko‘rsatkich bilan menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan.

🔹Maktab direktori lavozimiga nomzodlar uchun tashkil etilgan menejerlik o‘quv kurslariga 2024-yil fevral-noyabr oylarida jami 1 613 nafar tinglovchi qabul qilingan va 1 101 nafari ijobiy natija bilan kursni tamomlagan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

14 Dec, 17:10


🏛Namangan viloyat pedagogik mahorat markazida "Tasviriy sanʼat va chizmachilik fanini samarali o'qitish metodlari" mavzusida konferensiya hamda taniqli pedagog-rassom, Oʻzbekiston xalq maorifi aʼlochisi Alijon Turdaliyev bilan boʻlib oʻtgan ijodiy uchrashuvdan videolavha

Namangan viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati

🪩𝐖𝐞𝐛𝐬𝐢𝐭𝐞  |  📲 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦   |  📕𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤 | 📹𝐘𝐨𝐮𝐭𝐮𝐛𝐞

Hayot davomida o‘qish

14 Dec, 16:00


📢BARCHA O‘QITUVCHILAR UCHUN ONLAYN KURSLAR FAOLLASHTIRILDI! 

✔️A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat instituti tomonidan ishga yangi qabul qilingan, diagnostik test jarayonlariga qatnashmagan hamda Pedagogik mahorat markazlarida malaka oshirish rejasining bajarilganligi sababli, qabul qilinmagan o‘qituvchilar uchun onlayn kurslar faollashtirildi.

🔹Yaʼni, barcha o‘qituvchilarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish, ularning uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarida ishtirokini to‘liq ta‘minlash maqsadida institutning “Uzluksiz kasbiy ta‘lim” maxsus elektron platformasi (onlinedu.uz) orqali onlayn malaka oshirish kurslariga ruxsat berildi.

🔹Pedagogik mahorat markazlarida malaka oshirish kurslariga qabul qilinmagan o‘qituvchilarimiz endilikda “Uzluksiz kasbiy ta‘lim” maxsus elektron platformasida onlayn tarzda o‘qishlari va belgilangan tartibda sertifikatni olishlari mumkin.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

14 Dec, 05:48


PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etuvchi o'quvchilarni tanlab olish bo‘yicha trening bo‘lib o‘tdi

✔️Xalqaro ACER tashkiloti tomonidan "The Within-School Sampling Training" mavzusida tashkil etilgan treningda PISA 2025 tadqiqotida ishtirok etayotgan mamlakatlarning mas'ullari qatorida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Xalqaro tadqiqotlar markazi xodimlari onlayn qatnashdilar.

Treningda:

🔹PISA tadqiqotida ishtirok etuvchi o‘quvchilarni maxsus dasturiy vositadan foydalangan holda tanlash jarayonlari hamda dasturning yangi versiyasi bilan tanishish;

🔹Asosiy tadqiqotda ishtirok etuvchi o‘quvchilarni tanlab olish bosqichlari kabi masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, PISA 2025 tadqiqotining asosiy jarayonlari 2025-yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tadi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

11 Dec, 12:22


#bilasizmi

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida boshlang'ich ta'limning davom etish yillari mamlakatlarga qarab farq qiladi. Mana bir nechta misollar:

1. Avstraliya: 7 yil
2. Kanada: 6 yil
3. Fransiya: 5 yil
4. Germaniya: 4 yil
5. Yaponiya: 6 yil

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram
6. Buyuk Britaniya: 5-6 yil
7. Amerika Qo'shma Shtatlari: 6 yil
8. Finlandiya: 6 yil

Shuni ta'kidlash kerakki, bu raqamlar har bir davlatda amalga oshirilayotgan muayyan ta'lim tizimi va siyosatiga qarab farq qiladi. Bundan tashqari, ba'zi mamlakatlarda boshlang'ich ta'limdan tashqari qo'shimcha majburiy ta'lim yillari ham bo'lishi mumkin.

©️ internet materiallari asosida tayyorlandi

Hayot davomida o‘qish

10 Dec, 10:34


#OAVda_biz

"Pedagoglarda PISA kompetensiyalarini rivojlantirish”
mavzusida o‘tkazilayotgan seminar treningning OAVlarda yoritilishi:

🔹Madaniyat va maʼrifat telekanali – https://t.me/mtrkuzofficial/236705

🔹Mening yurtim telekanali – https://t.me/hududtv/30682

🔹UzA – http://uza.uz/posts/663562

🔹 Maʼrifat tahririyati – https://t.me/marifatziyo/13772

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

09 Dec, 04:22


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga 32 yil!

🇺🇿
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti jamoasi barchani ushbu shodiyona bilan samimiy muborakbod etadi!

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

06 Dec, 11:34


#Tayinlov

Rajabov Sherzod Umurzoqovich — Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Pedagogik innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.

Sherzod Rajabov - Toshkent moliya institutida bakalavr va magistraturani tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.

Toshkent moliya institutida o‘qituvchi, Ta’lim sifatini nazorat qilish boʻlimi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, shuningdek, Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tayinlovga qadar Toshkent menejment va iqtisodiyot instituti rektor maslahatchisi lavozimida faoliyatini davom ettirgan.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

28 Nov, 13:41


📢DIQQAT!

📝Doktoranturaga kirish imtihon natijalarini
eʼlon qilamiz!

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy Institutida 13.00.07–Ta‘limda menejment ixtisosligi hamda 13.00.02–Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura, maqsadli doktorantura, stajyor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kirish imtihonlari va suhbat jarayonlari o‘tkazildi.

13.00.07–Ta‘limda menejment ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranturaga 4 nafar, maqsadli doktoranturaga 2 nafar, stajyor-tadqiqotchilikka 1 nafar va mustaqil izlanuvchilikka 3 nafar talabgorlar qabul qilindi.

13.00.02–Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha esa tayanch doktoranturaga 4 nafar, maqsadli tayanch doktoranturaga 1 nafar va mustaqil izlanuvchilikka 3 nafar talabgorlar qabul qilindi.

Yuqoridagi hujjatda ro‘yhat bilan tanishishingiz mumkin.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
  📹YouTube |  🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

28 Nov, 12:35


Sariosiyo tumanida 2024-yil 28-noyabr  kuni “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari boshlandi.

Sariosiyo tumanida tayanch maktab sifatida belgilangan 5-sonli umumta'lim maktabida ushbu maktabga biriktirilgan aniq fanlar yetakchi oʻqituvchilari 3 ta guruhda mashgʻulot jarayonlarida ishtirok etmoqda.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube

Hayot davomida o‘qish

22 Nov, 05:20


#OAVda_biz
#90_yillik

“Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

20 Nov, 11:37


Эл-юртимизнинг фикр-мулоҳазалари, хоҳиш-истакларини атрофлича ўрганиб, билдирилган тавсиялардан келиб чиққан ҳолда, бу борадаги ишларни янги, янада юксак босқичга кўтариш мақсадида Президентимиз 2025 йилни юртимизда “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил” иқтисодиёт йили” деб эълон қилишни таклиф қилди.

💬Институтнинг расмий саҳифаларини кузатиб боринг

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

17 Nov, 14:08


#90_yillik

⭐️Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti faoliyatiga 90 yil to‘ldi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

14 Nov, 14:02


#90_yillik
#Xalqaro_konferensiya

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlab "Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”  mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

🗓O‘tkazilish sanasi: 2024-yil, 15-noyabr
🕓 Boshlanish vaqti: 10:00
📍 Manzil: Hilton mehmonxonasi, Ballroom

☎️Murojaat uchun tel:
+99855 508-06-67,
+99895 063-08-19


💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

09 Nov, 11:34


📹 "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarini tashkil etish tartibi haqida

❗️ Xabaringiz bor, 2024-yil 7-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarini bosqichma-bosqich joriy etish to‘g‘risida"gi 246-son buyrugʻi tasdiqlangan.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi fan metodistlari tomonidan tayyorlangan ushbu videoqo‘llanmada mazkur buyruqning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

Surxondaryo viloyati pedagogik mahorat markazi matbuot xizmati 👇👇👇

Telegram|Facebook|Website|Youtube

Hayot davomida o‘qish

08 Nov, 11:27


U uddaladi!

Bugungi kunning qahramonlaridan biri Mohira Boltayeva.

U bugun 23 yosh va chin maʼnoda Kimyo fani yulduziga aylandi.

U tayyorlagan oʻquvchilarning 10 ga yaqini mintaqaviy olimpiadalarda, 3 nafari esa nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻalabalarga erishdi va u bugun uyiga 400 million soʻmga yaqin mablagʻ bilan qaytadi.

Unga nafaqat qizlar, oʻqituvchilar, balki ota-onalar ham havas qilmoqda.

Barakalla, Madina, jamoamizda siz kabi oʻqituvchilar borligidan gʻururlanaman.

@hilola_umarova

Hayot davomida o‘qish

08 Nov, 09:44


Айни дамда Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги томонидан Халқаро ва минтақавий фан олимпиадалари ғолибларини тақдирлаш маросими ўтказилмоқда.

Hayot davomida o‘qish

30 Oct, 02:56


#Xalqaro_konferensiya

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutiga 90 yil

Diqqat!

💡A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining 90 yilligiga bag‘ishlab "Mahoratli o‘qituvchi – millat tayanchi: uzluksiz kasbiy rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari”  mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etilmoqda.

✔️Sizni mazkur konferensiyada o‘z maqolangiz bilan ishtirok etishga taklif etamiz!

🗓O‘tkazilish sanasi: 2024-yil, 15-noyabr

🕓Boshlanish vaqti: 10:00

📌Konferensiya materiallari to‘plamida nashr etish uchun maqola va tezislarni 2024-yil 5-noyabrga qadar [email protected] yoki [email protected] elektron manziliga yuborishingiz so‘raladi.

👉🏻Konferensiyaning axborot xati bilan tanishish

☎️Murojaat uchun tel:
+99855 508-06-67,
+99895 063-08-19


💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

16 Oct, 07:11


DIQQAT! 
ILMIY-NAZARIY VA O‘QUV-USLUBIY JURNALDA CHOP ETISH UCHUN
MAQOLA QABULI UZAYTIRILDI
 
🔗 A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti “Maktab ta’limi: muammolar, izlanishlar, yechimlar” jurnalining 2024-yil 2-sonida chop etish uchun maqolalarni qabul qilish joriy yilning 30-oktyabr sanasiga qadar uzaytirildi.

📬 Maqolalarni [email protected] manziliga yuborishingiz mumkin.
Maqolangiz bo'yicha javoblar elektron pochtangizga yuboriladi.

Agar xabar yetib kelmagan bo'lsa "Спам" papkaga qarashingiz tavsiya etiladi.

👉 Maqolaga qo'yiladigan talablar haqida batafsil

Murojaat uchun tel: +998 99-876-39-87

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱
Telegram | 📒Facebook
  📹
YouTube📸 Instagram

Hayot davomida o‘qish

11 Oct, 12:25


🔹Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan PRESS-TURning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritilishi:

1. O'zbekiston 24 (rus) - https://t.me/mtrkuzofficial/228164

2. O'zbekiston 24 -https://t.me/mtrkuzofficial/228173

3. Toshkent telekanali- https://t.me/toshkentkanali/13463

4. Madaniyat va ma'rifat telekanali- https://t.me/mtrkuzofficial/228206

5. Yoshlar telekanali -https://t.me/Yangidavr_rasmiy/20499

6. Sevimli telekanali- https://t.me/zamon_lavhalar/25781

7. O'zbekiston 24 radiokanali

8. Ma'rifat gazetasi - https://t.me/marifatziyo/13413

9. Yangi O'zbekiston gazetasi

10. Xalq ta'limi info- https://t.me/xalqtaliminfo/5715

11. Ta’lim xabarlari- https://t.me/talimxabarlari/2812

12. Ta’lim xabarlari - https://t.me/talimxabarlari/2818

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

08 Oct, 13:10


#Press_tur

🇺🇿Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosining ochilishi va institut faoliyati mazmunidagi o‘zgarishlar yuzasidan PRESS-TUR tashkil etildi.

Unda barcha ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalistlar, blogerlar va taʼlim tashkilotlarining Matbuot kotiblari ishtirok etdi.

🔰Vazirlik va institut rahbariyati tadbir ishtirokchilariga yangi bino, A.Avloniy yodgorlik muzeyi, Axborot-resurs markazi, “Situatsion” o‘quv xonasi, “Tarbiya va maʼnaviy kamolot” xonasi, videodarslarni tasvirga olish studiyasi, STEAM markazi hamda mehmonxona, pedagoglar uchun yaratilgan barcha sharoitlar bilan tanishtirdilar.

PRESS-TUR yakunida jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga javoblar va intervyular berildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

07 Oct, 15:44


#Press_tur

📣Hurmatli jurnalist va blogerlar!


Sizlarni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosining ochilishi va institut faoliyati mazmunidagi o‘zgarishlar yuzasidan tashkil etilayotgan press-turga taklif etamiz!

🔹O‘tkazilish sanasi: 2024-yil 8-oktyabr
🔹Boshlanish vaqti: soat 10:00

💬A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
  YouTube |  Instagram

Hayot davomida o‘qish

05 Oct, 18:04


Menimcha
#5oct #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

Hayot davomida o‘qish

01 Oct, 09:58


Халқаро фан олимпиадалари ғолиб ва совриндорларини рағбатлантириш тизими янги босқичга кўтарилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Hayot davomida o‘qish

30 Sep, 13:40


Bugun muhtaram Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti yangi binosi ochilish marosimi hamda pedagoglar bilan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi.

🔰Davlatimiz rahbarining “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, qayta tashkil etilgan institut tuzilmasida Xalqaro tadqiqotlar markazi ham ish boshladi.

🇺🇿To‘liq qayta ta’mirdan chiqarilgan institut yangi binosida menejerlik o‘quv kurslari hamda pedagoglarni malakasini oshirish uchun 950 o‘rinli zamonaviy o‘quv xonalari, 87 750 ta fondga ega Axborot-resurs markazi, Abdulla Avloniy nomidagi yodgorlik Muzeyi hamda malaka oshirish uchun kelgan pedagoglar uchun 560 o‘rinli zamonaviy mehmonxona joylashgan.

Shuningdek, institutda Innovasion faoliyatni rivojlantirish, tabiiy fanlar va muhandislik, matematika yo‘nalishdagi fanlararo, ilmiy-tadqiqot va loyiha mashg‘ulotlariga asoslangan zamonaviy ta’lim muhitini yaratish maqsadida STEAM laboratoriyasi barpo etildi.

💬Institut rasmiy sahifalarini kuzatib boring

📱Telegram | 📒Facebook
 
📹YouTube🌐Instagram

Hayot davomida o‘qish

30 Sep, 11:15


Президент Шавкат Мирзиёев Абдулла Авлоний номидаги педагогик маҳорат миллий институтига ташриф буюриб, янгиланган шароитлар билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Национальный институт педагогического мастерства имени Абдуллы Авлони и ознакомился с обновленными условиями.

#Mirziyoyev #tanishuv #talim #institut

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X