UzASBO yangiliklari @uzasboyangiliklari Channel on Telegram

UzASBO yangiliklari

@uzasboyangiliklari


UzASBO ДМда ишлаш бўйича тезкор маълумотлар

UzASBO yangiliklari (Uzbek)

UzASBO yangiliklari Telegram kanalida sizni yangi ma'lumotlar bilan ta'minlash uchun mavjud. UzASBO - bu nom qisqartmasi, ya'ni Uzbekiston Axborot texnologiyalari sohasida bo'yicha ishlab chiqilgan asosiy ob'ekt. Kanal orqali siz, o'zizni sohasida rivojlanishingizni oshirish uchun muhim ma'lumotlarga ega bo'lasiz. UzASBO yangiliklari kanali sizga so'nggi texnologiya yangiliklari, dasturlar, foydali maslahatlar va ko'p boshqa ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Agar siz bilim va tajribangizni kengaytirishni xohlaysiz, UzASBO yangiliklari kanaliga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling!

UzASBO yangiliklari

07 Nov, 04:08


Kadrlar bo'yicha mas'ul xodimga login ochish va tabel hujjatida ishlash tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

06 Nov, 12:10


Byudjet tashkilotlari o'rtasida moddiy qimmatliklarning o'zaro beg'araz (markazlashgan) va qonunchilikda nazarda turilgan boshqa hollarda berilishi va buning UzASBO DMda amalga oshirish tartibiga bir qancha o'zgartirishlar kiritildi. Shu haqda quyidagi havolada to'liq ma'lumot berilgan:
https://teletype.in/@uzasboyangiliklari/AV-va-TMZlarning-byudjet-tashkilotlarida-aylanishi


Shuningdek, dasturning yuqori o'ng burchagida boshqa tashkilotlar tarafidan berilgan moddiy qiymatliklar hali kirim qilinmagan bo'lsa, bildirishnoma qismi bu haqda ogohlantirib turadigan qilindi. Unga kirilsa, qaysi turdagi moddiy qiymatlik kirim qilinishi kerakligi va soni ko'rinib turadi va ustiga bosilsa dasturning hisobotlar menyusiga yangi qo'shilgan Beg'araz/markazlashgan holda olingan/berilgan moddiy qiymatlik va TMZlar qismiga o'tib ketadi. Bu yerda qaysi tashkilot qaysi sanada qancha summalik moddiy qiymatlik chiqim qilgani bo'yicha to'liq ma'lumot ko'rinib turadi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

29 Oct, 07:51


Xodimning ish haqini belgilash hujjatini to'ldirishda e'tibor beriladigan holatlar

https://telegra.ph/Xodimning-ish-haqini-belgilashda-etibor-beriladigan-holatlar-10-29

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

23 Oct, 05:45


Oliy ta'lim muassasalarida indeksatsiya hujjatini kiritish tartibi

Shunindek, "MFY raisi (18986) Shtatlar jadvali bo'yicha tashkilot turi shakllanishi: Q5 da summa ikki yoki undan ortiq ko'rsatilgan", kabi xatolik chiqqanda to'g'rilash tartibi bo'yicha ma'lumot berilgan.

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

22 Oct, 04:04


Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida indeksatsiya hujjatini kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

21 Oct, 10:57


Tibbiyot tashkilotlarida indeksatsiya kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

21 Oct, 10:00


Umumiy o'rta ta'lim maktablarida indeksatsiya hujjatini kiritish va uni tahlil qilish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

11 Oct, 04:09


Saylov komissiyasi tarkibi a'zolariga kompensatsiya to'lash tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

03 Oct, 04:16


Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel (ta'lim muassasalari uchun) qismida qo'yilgan cheklovlar (F5,F6,F7,F8,F11,F12 struktura kodli tashkilotlarda ishlaydi)

3-cheklovning maqsadi: Tarifikatsiya tuzishda pedagogik soatlar ham hisobga olinadi. Lekin soatbay haq to'lashda faqat o'quv yuklamasi uchun haq to'lanadi. Shu sababli agar tabelda soatbay soatlar kiritilgan bo'lsa, uning pedagogik soati mumkin bo'lgan soatlardan chegirib tashlanadi. Misol uchun, yuqori sinfda soatlar setkasida matematika fani uchun 100 soat dars ajratilgan. Uning pedagogik soati 80 soat bo'ladi va jami 180 bo'ladi. 2-cheklov bo'yicha tabelda 180*4.3=774 soatgacha qo'yilgan soatlar bo'lsa, tabelni tasdiqlashda xatolik chiqmaydi.
Agar shu holatda tabelga 30 soat soatbay miqdor kiritilgan bo'lsa, unda uning pedagogik soati 30*0.8=24 soat bo'ladi va 774-24=750 soat bo'ladi va 3-cheklov bo'yicha tabelda 750 soatgacha ko'rsatish mumkin bo'ladi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

30 Sep, 04:14


Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped. xodimlarga ish haqi biriktirish hujjatini kiritishda qilingan o'zgarishlar

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

20 Sep, 12:38


Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot hisobotini tuzishda e'tibor qaratiladigan jihatlar

https://telegra.ph/Debitorlik-va-kreditorlik-qarzlar-togrisida-malumot-hisobotini-tuzishda-etibor-qaratiladigan-jihatlar-09-20

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

17 Sep, 04:50


UzASBO-2'da moliyaviy hisobotlar tuzishda qilingan o'zgarishlar

https://telegra.ph/UzASBO-2da-moliyaviy-hisobotlar-07-31

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

14 Sep, 15:19


Tibbiyot tashkilotlari uchun Ma'lumotlar-Kadrlar hisobi ma'lumotlari-Shtat lavozimlarini o'zgartirish hujjati qilingandi. Shuningdek, Ma'lumotlar-Kadrlar hisobi ma'lumotlari-Shtatlar jadvaliga o'zgartirish kiritish (15-ilova) hujjati ham mavjud. Bu ikkala hujjat ham o'ziga belgilangan vazifa uchun emas, kop'roq bir lavozim bo'yicha ma'lum toifada ishlayotgan xodim o'rniga boshqa toifadagi xodim ishga qabul qilinishi kerak bo'lganda foydalanilyapti.

Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 21.12.2005 yildagi 276-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risida nizomda lavozimlar bo'yicha toifasiga qarab nechanchi razryad boyicha oylik hisoblanishi belgilab qo'yilgan. Yoki Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga 1-ILOVAda Xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari keltirilgan bo'lib, summalar toifalar bo'yicha ko'rsatilgan. Bu kabi lavozimlar oliy ta'lim va boshqa tizimlarda ham uchraydi.

Endilikda toifasi o'zgargani yoki bir toifadagi xodim o'rniga boshqa toifadagi xodim ishga qabul qilinayotgani uchun yuqoridagi hujjatlarni tuzish shart emas. Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash hujjatidagi Toifasi, ma'lumot darajasi joyida tegishlisi tanlansa, tashkilot strukturasidan kelib chiqib oklad summasi avtomatik shakllanadi. Shu vaqtgacha tashkilot strukturasi, shtatlar jadvali va boshqa lavozim tanlanadigan joylarda lavozim nomiga tegishli toifa nomini ham qo'shgan holda alohida kiritilayotgandi. Mazkur holat ham to'g'rilanib, tashkilot strukturasida ham, tashkilotlardagi shu paytgacha bo'lgan barcha hujjatlardagi lavozimlar ham toifa nomlari chiqarib tashlangan holda yangilab qo'yildi. Boshqaruv menyusidagi Shtatlar jadvali bo'yicha tashkilot turi shakllanishi (Tashkilot foydalanuvchilari) qismiga kirib, tegishli hujjatning lavozim bo'limida buni tekshirib ko'rish mumkin. Mazkur qism bo'yicha bu yerda to'liq ma'lumot berilgandi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

10 Sep, 07:20


UzASBO-2 da chet el valyutasidagi operatsiyalar hisobi

https://telegra.ph/UzASBO-DMda-chet-el-valyutasidagi-operatsiyalar-hisobi-08-26

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

29 Aug, 07:35


Shaxsiy ushlanmalar bo'yicha to'lovlarni amalga oshirish jarayoniga kiritilgan o'zgarishlar

https://telegra.ph/Shaxsiy-ushlanmalarni-sorovnoma-va-tolov-hujjatida-korsatish-tartibi-08-29

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

13 Aug, 12:27


Boshqaruv menyusiga Shtatlar jadvali bo‘yicha tashkilot turi shakllanishi (foydalanuvchilar uchun) qismi qo'shildi. Bu yerdan quyidagi holatlarda xatolik nimadan yuzaga kelayotganini xulosa qilish mumkin:

- Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Xodimning ish haqini belgilash hujjatini to'ldirishda to'lov turlari chiqmasligi;

- Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Bir martalik to‘lovlar berish to‘g‘risida buyruq yoki Doimiy to`lov turlari (xodimlar kesimida) qismida hamma to'lov turlari chiqmasligi;

- Shtatlar jadvalini to'ldirishda tashkilot strukturasi to'g'ri shakllantirilmagani yoki shtatlar jadvalidagi qatorlar summasi boshqacha hisoblab chiqarilayotgani.

https://telegra.ph/Shtatlar-jadvali-boyicha-tashkilot-turi-shakllanishi-08-13

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

07 Aug, 10:16


Davlat maqsadli jamg'armalari va boshqa byudjetdan tashqari jamg'armalar, davlat muassasalari va unitar korxonalar mablag'lariga tegishli SHG'Hlarda kassa xarajati subchyoti o'zgarganligi va mazkur holatni dasturda to'g'ri amalga oshirish tartibi

Mazkur SHG'Hlar bo'yicha kassa xarajati subchyoti o'zgartirilmasa, to'lov hujjatlarini yuborishda tegishli o'tkazma uchun g'aznachilik provodkasi biriltirilmagani bo'yicha ogohlantirish chiqadi va hujjatni yuborib bo'lmaydi.

https://telegra.ph/Jamgarma-va-DUKlarga-tegishli-SHGHlarda-kassa-xarajati-subchyoti-ozgardi-08-07

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

01 Aug, 10:15


Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risida ma'lumot (SHG'H kesimida) hisobotini avtomatlashtirish uchun qilingan ishlar

https://telegra.ph/Debitorlik-va-kreditorlik-qarzlar-togrisida-malumot-hisobotini-avtomatlashtirish-07-26

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

21 Jul, 06:01


Shtatlar jadvaliga o'zgartirish kiritish (15-ilova) hujjatini kiritish tartibi

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

14 Jun, 13:17


Hujjat-Ish haqi hisobi-Oylik hisobi qismida hujjatni tasdiqlashda quyidagi xatolik chiqyapti: Abdullayev Abdulla Abdulla o'g'lida Kabinet mudirligi uchun vrachlarga qo'shimcha (VM-276) ushbu to'lov turi uchun belgilangan foiz normadan oshib ketmoqda. Belgilangan maksimal miqdor: 10.6 ВМ-276 21.12.2005 Qarorni 2-ilovasi, 16-bandi, 3-xatboshi.

https://telegra.ph/Tolov-turlari-boyicha-cheklov-06-14

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

13 Jun, 10:55


E-Hisobotlar-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida tuziladigan soliq hisobotiga eski dasturdagi summalarni tortib keladigan qilindi. Buning uchun eski dasturda oylik hisoblangan va hisobot tuzilgan so'nggi oy uchun (barcha oylar uchun tuzib chiqsayam bo'ladi, lekin so'nggi oy uchun tuzilishi yetarli hisoblanadi) UzASBO-2da Eski tizimdan olish tugmaga bayroqcha qo'yib hisobot tuziladi. Tizim zp.uzasbo.uz'ning Elektron hisobot-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida tuzilgan hisobotdagi summalarni tortib keladi.

UzASBO-2'ning o'zida oylik hisoblangan oylar uchun hisobot tuzishda esa bu tugmaga bayroqcha qo'yilmaydi.

Eski tizimdan olish tugmaga bayroqcha qo'yib tuzilgan hisobotni tasdiqlashda "1.: PINFL: 30109910000000 FIO :Abdullayev Abdulla Abdulla o'g'li ushbu xodim UzASBO-2 dasturida topilmadi. Avval ushbu xodimni maʼlumotlar qismidan kiriting", deb xatolik chiqsa, avval mazkur xodimning ma'lumotlarini UzASBO-2'ga kiritib olish kerak bo'ladi.

Soliq kodeksining 86-moddasida soliq majburiyatini bajarish muddatining soʻnggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga toʻgʻri kelsa, undan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanishi belgilangan. 389-moddaga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha soliq hisoboti har oyda, hisobot davridan keyingi oyning oʻn beshinchi kunidan kechiktirmay topshirilishi belgilangan. Shunga asosan 2024-yil may oyi uchun soliq hisoboti topshirishning so'nggi kuni 19-iyun hisoblanadi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

05 Jun, 12:40


Savol: Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Avvalgi daromadlarni kiritish qismidagi hujjatning O'rtacha ish haqi uchun 1/12 to'lovlar tomonida To'ldirish tugmasi bosilsa, zp.mdm.uz manzilidagi mehnat taʼtili toʻlov turi sozlamasi qismida “Tuman koeffitsiyenti” toʻlov turi 1/12 tarafda belgilanishi kerak, deb ogohlantirish chiqyapti. Bu qanday qilinadi?

Javob: zp.mdm.uz ya'ni eski dasturning Spravochniki-Spravochniki polzovatelya-Vidi raschyotov qismiga kiriladi. Mehnat ta'tiliga tegishli otpusk nomli to'lov turini qidiruv bermasdan, ro'yxatdan izlab topiladi. Nastroit tugmasi bosiladi va tuman koeffitsiyentiga tegishli rayonniy koeffitsiyent to'lov turiga o'ng tomonda, ya'ni 1/12 ga kiradigan to'lov turlari tomonida bayroqcha qo'yiladi.

Tuman koeffitsiyenti O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.09.2019 y. 743-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tabiiy-iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsiyentlarini, shuningdek, ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risida nizomning ilovasida keltirilgan tuman va joylarda to‘lanadi. Nizomning 6-bandida ustama undan kelib chiqib hisoblanadigan ish haqiga o‘rtacha ish haqi tarkibidan chiqarib tashlanadigan to‘lovlardan tashqari tarif stavkalari va ishbay baholash bo‘yicha to‘lovlar, tashkilotning mehnatga haq to‘lash tizimida nazarda tutilgan mukofotlar, ustamalar va qo‘shimcha haqlar kiritilishi belgilangan.

Misol uchun, qorovul lavozimining okladi yagona tarif setkasining 1 razryadi asosida hisoblab chiqariladi. Tashkilotda okladdan tashqari boshqa ustamalar ham mavjud bo'lsa, tuman koeffitsiyentini hisoblashda ular ham inobatga olinadi. Lekin o'sha boshqa ustamalar mehnat ta'tili, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi kabi o'rtacha ish haqidan kelib chiqib hisoblanadigan to'lov turlarini hisoblashda lavozim maoshi emas, 1/12 to'lovlar tarafida bo'lsa va tuman koeffitsiyenti esa lavozim maoshi tarafda tursa, uning summasi faqat okladdan hisoblanib qoladi va summa kamayib ketadi. Shu sababli, endilikda tuman koeffitsiyenti ham o'rtacha ish haqini hisoblashda 1/12 to'lovlar tarafida hisobga olinadigan qilindi. Yuqoridagi cheklov ham shu sababli qo'yildi. Tashkilotda tuman koeffitsiyenti to'lovi mavjud bo'lmasa ham eski dasturdagi mehnat ta'tili sozlamasini aytilgan shaklga keltirib qo'yish talab etiladi.

Mehnat ta'tilini hisoblash tartibi bo'yicha avval video shaklda ma'lumot berilgandi. Shuningdek, qaysi to'lov turlari lavozim maoshiga va qaysilari 1/12 ga kirishi bo'yicha ham tushuntirish berilgandi.


@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

24 May, 10:28


F1 strukturada, ya'ni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mehnat ta'tili va kasallik varaqaga chiqqan xodimlarning o'rniga ham boshqa xodimlarni vaqtinchalik ishga qabul qilish mumkin bo'ldi. Bunda quyidagi videodagi kabi tartibda ishlanadi.

Eski dasturda maktabgacha ta'lim tashkilotlari mehnat ta'tiliga va kasallik varaqaga chiqqan xodimlarning o'rniga ishlagan xodimlarning buyruqlarini Dokumenti-Uchet kadrov-Zamesheniye vremenno otsutstvuyushego rabotnika (krome ped rabotnikov) qismiga kiritishardi. Dasturning bu qismi aslida bir necha kasbda va lavozimda o'rindoshlik asosida ishlagan holatlar uchun mo'ljallangan bo'lib, bu yerda maksimal 0.5 stavka (50 foiz) kiritish mumkin edi. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 18.10.2012 yildagi 297-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida nizomning 25-bandiga asoslanilardi. Bu banddagi 50 foiz ham aslida Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 920-sonli qarori bilan kiritilgan bo'lib, ungacha 30 foiz edi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachilarning o'rniga boshqalarning ishlashi esa aslida bir necha kasbda va lavozimda ishlash emas, o'rindoshlik asosida ishlash hisoblanadi. Bunda qandaydir 30 yoki 50 foiz emas, to'liq oylik to'lanishi kerak edi. Chunki yuqoridagi normativda bir necha kasbda va lavozimda ishlashga quyidagicha tarif berilgan: xodim tomonidan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan o‘zining asosiy ishi bilan bir qatorda ayni shu tashkilotda asosiy kasb va lavozim bo‘yicha qonunchilikda belgilangan ish vaqti davomida boshqa kasb va lavozimdagi qo‘shimcha ishni bajarish bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadi. Tarbiyachilar esa o'z ishi bilan bir vaqtda emas, bo'sh vaqtda ishlashadi va bu normativdagi o‘rindoshlik asosida ishlashning tarifigayam mos keladi: o‘rindoshlik asosida ishlash — xodimning o‘zining asosiy ishini bajarishidan tashqari asosiy ishidan bo‘sh vaqtida mehnat shartnomasi asosida boshqa haq to‘lanadigan ishni bajarishi.

UzASBO-2'da esa videoda ko'rsatilganidek ishga qabul qilishda, kimning o'rniga ishlasa, avtomatik o'shaning stavkasi tushadi. Hech qanday 30 yoki 50 foizga ko'paytirilmaydi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarining namunaviy shtatlarida ham xarajatlar smetasida tarbiyachi, tarbiyachi yordamchisi kabi lavozimlar bo'yicha mehnat ta'tiliga ketgan xodimlarning o'rnini bosuvchi shaxslarga mablag'lar rejalashtirilishi ko'zda tutilgan. Shtatlar jadvalida buning uchun xodimlarning taʼtil davrida, kechki, navbatchilik va bayram vaqtlarida oʻrin almashish uchun va boshqa kompensatsiya toʻlovlari yillik mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi nomli alohida ko'rsatkich mavjud. Afsuski, nazorat qiluvchi organlar ham, muammoli holatlarda esa sud organlari ham bu bo'yicha noto'g'ri xulosalar berib kelishgan.

*Bir necha kasbda va lavozimda ishlash hisoblanadigan holatlar uchun esa buyruqlarni kiritish tartibi hali to'g'rilangani yo'q.

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

16 May, 08:39


So'rovnoma va u bilan bog'liq to'lovlarni amalga oshirishda qo'yilgan cheklovlar

https://telegra.ph/Sorovnoma-va-u-bilan-bogliq-tolovlarni-amalga-oshirishda-qoyilgan-cheklovlar-05-16

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

13 May, 04:06


UzASBO-2'da markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga o'tkazilgan tashkilotlarda soliq hisobotlarini yuqori turuvchi tashkilotda jamlash funksiyasi qo'shildi. Bunda avvalgi tartib biroz o'zgartirildi. Endilikda yuqori turuvchi tashkilotda E-Hisobotlar-His. mehnatga haq to'lash tarzidagi dar-dlar, JSHDC va SHJBPXga to'l. badallar to'g'. malumot qismida hujjat tuzib tasdiqlansa, hujjatni tasdiqlash jarayonida quyi turuvchi tashkilotlarda tasdiqlangan statusda turgan hisobotlar asosida summalarni hisoblab chiqaradi. Ya'ni, avvalgidek, hisobotni yuborish va qabul qilish jarayonlari bo'lmaydi.

Yuqori turuvchi tashkilotda hujjatni tasdiqlashda quyida ham tasdiqlangan turgan, ya'ni jamlangan hisobotlarni bekor qilib bo'lmaydi. Ularni bekor qilish uchun birinchi navbatda yuqori turuvchi tashkilotda tuzilgan hisobot bekor qilinishi kerak bo'ladi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

01 May, 13:35


Savol: Oʻqituvchilarga malaka oshirish davrida tabelda ish soatlari toʻliq qoʻyilardi. Shuningdek, oʻsha oʻqituvchining oʻrniga boshqa xodimlarning oʻrindoshlik asosida oʻtgan dars soatlarini ham tabelga kiritilardi. UzASBO-2 da esa tabelni tasdiqlashda soatlar setkasidan oshib ketganligi boʻyicha ogohlantirish chiqyapti, buni qanday to'g'rilash kerak?

Javob: Mehnat kodeksining 370-moddasida xodim ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan qayta tayyorlashga yoki malaka oshirishga yuborilgan taqdirda, ish beruvchi qayta tayyorlash yoki malaka oshirish davrida xodimning ish joyini (lavozimini) va oʻrtacha ish haqini saqlab qolishi shartligi belgilangan. Shu vaqtgacha tashkilotlar oʻqituvchiga faqat dars soatlarini toʻlab, bunda ham sinf rahbarlik va daftar tekshirish kabi toʻlovlarni toʻlamay xato ishlab kelishgan. Mazkur holatda UzASBO-2 da quyidagilarga eʼtibor qilish kerak:

- Tabelda faqat haqiqatda oʻtilgan dars soatlari qoʻyiladi. Qaysidir sabab bilan xodim ishda boʻlmagan va dars oʻtmagan boʻlsa, lekin unga oylik toʻlanishi kerak boʻlsa tabelda soat qoʻyilmaydi. Bunga malaka oshirish, xizmat safari kabilar kiradi.

- Malaka oshirish kabi oʻrtacha ish haqi saqlanadigan davrlar uchun esa Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Ijtimoiy taʼtillar va ishdan ozod etish boʼyicha boshqa buyruqlar qismiga tegishli buyruq kiritiladi va Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Malaka oshirish davrida o‘rtacha oylik ish haqini hisoblash qismida esa oʻrtacha ish haqi hisoblab chiqariladi. Tabel toʻldirishda tegishli kunlar Oʻqish (malaka oshirish) munosabati bilan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ish haqi saqlanadigan taʼtil tabel koʻrsatkichi bilan chiqadi va mazkur sanalarga tegishli oʻrtacha ish haqi oydagi ish kunlaridan kelib chiqib taqsimlanib toʻlanadi.

@uzasboyangiliklari

UzASBO yangiliklari

29 Apr, 12:26


Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tarifikatsiyadan o'tmagan, soati o'zgargan yoki ustama, toifalarida o'zgarish bo'lgan o'qituvchilarga Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida hujjat yaratilsa, tarifikatsiyada yo'qligi yoki mos kelmasligi bo'yicha ogohlantirish chiqayotgandi. Bu kabi holatlarda tegishli tarifikatsiyani har safar moliya organlari bilan kelishish ham mavjud normativ huquqiy hujjatlarga unchalik muvofiq emas. Shu kabi holatlarni hisobga olib, quyidagi o'zgaritishlar kiritildi:

- Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida zp.uzasbo.uz'dagi tarifikatsiya bilan tekshirish cheklovi olib tashlandi;

- Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel (ta'lim muassasalari) qismida hujjatni tasdiqlashda har bir fan bo'yicha tabelda kiritilgan jami soat va zp.uzasbo.uz'dagi soatlar setkasi (jami) qismidagi soatlar o'zaro solishtiriladi va soatlar setkasidan oshib ketgan holatlarda tegishli ogohlantirish chiqadi. Bunda fanlar bo'yicha tabelda qancha soat ko'rsatilyapti va soatlar setkasida qancha soat mavjudligi bo'yicha pechat tugmadan foydalanib ma'lumot olish mumkin;

- Agar Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida maktabga tegishli bo'lmagan fanlar tanlangan bo'lsa, tabelni tasdiqlashda "ushbu fan tashqi tizim fanlari bilan moslanmagan yoki ushbu tashkilotda tanlash mumkin emas", deb ogohlantirish chiqadi. Bunda Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida aytilgan fanlar ko'rsatilgan xodimlarda hujjatni bekor qilib to'g'rilab chiqish kerak bo'ladi;

- Cheklovda fanlar bo'yicha soatlar rol o'ynagani sababli Hujjatlar-Kadrlar hisobi-Tabel qismida xodimlarga soatbay ustunida ma'lumot kiritilgan bo'lsa, hujjatni tasdiqlab bo'lmaydi va bu bo'yicha tegishli ogohlantirish chiqadi. Ya'ni psixolog, direktor, direktor o'rinbosari kabi xodimlar o'rindoshlik asosida dars o'tsa, ularni ham alohida ishga qabul qilish va Hujjatlar-Ish haqi hisobi-Ped.xodimlarga ish haqi biriktirish qismida ma'lumot kiritish kerak bo'ladi;

- Endilikda soatlar setkasi (jami) o'zgaradigan holatlardagina (uyda ta'lim oladigan bola qo'shilishi yoki qisqarishi, qo'shimcha sinf ochilishi yoki tugatilishi) tarifikatsiyani qayta ro'yxatdan o'tkazish talab etiladi.

@uzasboyangiliklari