Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

@n1lufarxonim


🇺🇿 Student of NUUZ
Alumini of Ibrat LC
Traveler🇰🇿🇹🇭🇲🇨🇹🇷²🇷🇺

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:26


Assalomu-u alaykum,omadlilarim!
Dizaynerlar bo’lsa oramizda,zo’r imkoniyat🔥

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:24


Bugun 21-oktabr — o’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil bo’ldi.

Bayraming muborak,onajonim tilim❤️

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:24


O'tgan haftadagi eng ommabop grant va imkoniyatlar:

1. Barcha 17-40 yosh oraligʻidagilar uchun Koreyada xarajatlari toʻliq qoplanadigan qishki madaniyat oromgohi — Winter Korean Culture Camp (1114)
👉 https://grantgo.uz/go/56250

2. AQShning Yale universitetidan 2 haftalik yozgi maktabda 100% bepul qatnashish imkonini beruvchi Yale Young Global Scholarship dasturi (1010)
👉 https://grantgo.uz/go/52102

3. Yaponiya qishki madaniyat oromgohi — 40 yoshgacha boʻlgan barcha millat vakillari uchun 6 kunlik madaniy sayohat (791)
👉 https://grantgo.uz/go/40682

4. Barcha 18-26 yosh oraligʻidagilar uchun AQShda xarajatlari qoplanadigan dastur — Young Leaders Fellowship 2025 (636)
👉 https://grantgo.uz/go/39416

5. Bakalavriat va magistratura talabalariga nemis tilini Germaniyada toʻliq moliyalashtirilgan holda oʻrganish uchun yozgi kurs — DAAD University Summer Courses (479)
👉 https://grantgo.uz/go/60201


@N1lufarxonim

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:22


Assalom-u alaykum,omadlilarim👦
Xayrli kech,omonmisizlar😇

Har kun kanalda Xalqaro grantlar,tanlovlar va antologiyalar haqida postlar joylab boraman, ora-orada,albatta,o’qilgan kitob xususida taqriz ham bo’ladi👩‍💻

Faqat kanal aktivini ko’tarib olishimiz kerak⬆️


@N1lufarxonim

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:19


Assalom-u alaykum,omadlilarim 🤍
Xayrli kun,omonmisizlar🙂

Biz 6-sinf adabiyot darsligida O’zbek adabiyoti zabardast vakili Odil Yoqubovning biografiyasini o’rganganda, “Billur qandillar” qissasi borligini o’rganganmiz va kecha bu asarni o’qish nasib qildi ❤️

Haliyam o’qidim bu asarni…
Baribir o’zbek adabiyotidan nimadur o’qisam,ko’z oldimda “sodda o’zbegim” gavdalanadi.
Tavsiya qilaman o’qishni bu asarni 💕
Haftasiga 1-2ta asar o’qishni maqsad qildim va kecha ushbu qissani o’qib tugatdim.

Asarning eng yoqqan tarafi va ko’plab o’zbek adabiyotida uchraydigan uslub: maqollardan ko’p foydalanilgan.

Endigi o’qishim uchun Shenliko’g’lining asarlariga murojaat qildim.

Sizda ham shunaqami,badiiy asar o’qigan kunim xuddi hech g’am-tashvish yo’qdek,judayam yengil bo’laman💜


📱@N1lufarxonim

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:16


👧“Qizlar akademiyasi” endi yanada qulay!

Yoshlar ishlari agentligining “Qizlar akademiyasi” loyihasidan yana bir yangilik. Loyihaning mobil ilovasi ishga tushirildi.

Endilikda siz istalgan vaqtda, istalgan joyda salomatlik, zamonaviy kasblar, hunarmandchilik, ta’lim, tadbirkorlik, psixologiya va huquqiy bilimlarni o‘rganishingiz mumkin. Mobil platforma orqali boshlang‘ichdan o‘rganib, savodxonligingizni yangi bosqichga ko‘taring!

📱 Ilovani yuklab oling:

📱Google Play 🍏App Store

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:15


Assalom-u alaykum,omadlilarim💝
Omonmisizlar?
Shunday qilib,sovuq shahardan yomg’irli Toshkentga yetib ham keldim🙂

Endi chala qolgan ishlar va yangi rejalar bo’yicha bosh qotiramiz👩‍💻

Barchaga omad⭐️
Yangiliklarni doimo ulashib boraman😍
Baxt yomg’iri yog’aversin,changlardan qutilamiz🌧



@N1lufarxonim

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:12


O'zMU talabasi Rossiya Federatsiyada to’liq moliyalashtirilgan grant asosida Xalqaro oromgohda ishtirok etdi.

Joriy yilning 5-11 oktabr kunlari Rossiyaning “ETNOMIR” etnografik bogʻ-muzeyida tashkil etilgan “Muloqot” 15-Xalqaro yoshlar oromgohida O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi Nilufar Ruxillayeva ishtirok etdi.

Oromgoh Rossiya Taʼlim va fan vazirligi, Rossiya yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi, РТУ МИРЭА (MDHga aʼzo davlatlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha asosiy tashkiloti) tomonidan tashkil etildi.

Oromgohning asosiy mavzusi - “Volontyorlik madaniyatlararo o'zaro hamkorlik va xalqaro yoshlar hamkorligini rivojlantirish vositasi sifatida”.

Ushbu dasturga Rossiyaning 23 ta hududi va MDHning 17 ta davlati va xorijdagi yuz nafar yetakchi yoshlar saralab olindi va barcha xarajatlar tashkilotchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan.

Yaqinlarga ulashing:
@U_Tukhtayev

Nilufar Ruxillayeva |Uzbekistan 🇺🇿

21 Jan, 00:12


🟢Romitanlik talaba Rossiya Federatsiyada to’liq moliyalashtirilgan grant asosida Xalqaro oromgohda ishtirok etdi.

Joriy yilning 5-11 oktabr kunlari Rossiyaning “ETNOMIR” etnografik bogʻ-muzeyida tashkil etilgan “Muloqot” 15-Xalqaro yoshlar oromgohida O’zbekiston Milliy universiteti 3-bosqich talabasi Nilufar Ruxillayeva ishtirok etdi.

Oromgoh Rossiya Taʼlim va fan vazirligi, Rossiya yoshlar va bolalar uyushmalari milliy kengashi, РТУ МИРЭА (MDHga aʼzo davlatlarning yoshlar bilan ishlash boʻyicha asosiy tashkiloti) tomonidan tashkil etildi.

Oromgohning asosiy mavzusi - “Volontyorlik madaniyatlararo o'zaro hamkorlik va xalqaro yoshlar hamkorligini rivojlantirish vositasi sifatida”.

Ushbu dasturga Rossiyaning 23 ta hududi va MDHning 17 ta davlati va xorijdagi yuz nafar yetakchi yoshlar saralab olindi va barcha xarajatlar tashkilotchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtirilgan.

Romitan tuman hokimligi matbuot xizmati

✝️ Telegram | ☮️ Facebook | 💟 Instagram | ☸️ YouTube