O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal @uzal_uz Channel on Telegram

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

@uzal_uz


“O’zgarolizing” AJ rasmiy kanali

■ instagram.com/uzal.uz
■ facebook.com/uzal.uz
■ youtube.com/@uzal_uz

🌐 www.uzal.uz
📨 [email protected]

📍 100100, Toshkent sh, Yakkasaroy t, Bobur k, 42A

☎️ 71 207-77-12 | 71 207-30-43
📞 Ishonch tel.: 71 207-30-55

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal (Russian)

Добро пожаловать в официальный канал АО 'Узагролизинг'! Если вы интересуетесь сельским хозяйством, лизингом и агрокультурой, то этот канал для вас. Здесь вы найдете самые актуальные новости, статьи, аналитику и обзоры отрасли. АО 'Узагролизинг' является одним из ведущих игроков на рынке агролизинга в Узбекистане. Мы предоставляем широкий спектр финансовых услуг для развития сельского хозяйства и поддержки аграрных производителей. Подписывайтесь на наш канал, чтобы быть в курсе всех новостей и событий, связанных с аграрной отраслью. Мы также активно ведем свои социальные сети, так что не забудьте заглянуть в Instagram, Facebook и YouTube. Если у вас есть вопросы или вы хотите получить более подробную информацию о наших услугах, вы всегда можете связаться с нами по указанным контактам. Мы находимся по адресу: 100100, Ташкент ш, Яккасарой т, ул. Бобур, 42А. Не упустите возможность узнать все о сельском хозяйстве и агрокультуре вместе с нами! Присоединяйтесь к нам прямо сейчас!

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

17 Feb, 06:34


Samarqandda "AGRO PRO EXPO-2025" xalqaro agrosanoat ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkaziladi

🗣Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar sohasida yetakchi tadbirkorlar, mutaxassislar hamda investorlarni birlashtiruvchi yirik xalqaro ko‘rgazma tez kunda barcha uchun o'z eshiklarini ochadi.

➡️Joriy yilning 25-27-fevral kunlari Samarqandda agronomiya sohasidagi mahalliy va xorijiy ishlab chiqarish korxonalarining 4-xalqaro koʻrgazmasi o‘tkaziladi.

"AGROPRO EXPO-2025" keng koʻlamli qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida
qishloq xo'jaligi texnikalari va uskunalari;
agrokimyoviy mahsulotlar va issiqxonalar;
urug'lar va ko'chatlar;
ilg'or texnologiyalar va innovatsiyalar;
qishloq xo'jaligi texnikasi uchun ehtiyot qismlari;
har xil sug'orish tizimlari;
fermer xo'jaliklari uchun avtomatlashtirish tizimlari, shuningdek, qishloq xo'jaligining barcha sohalarida boshqa zamonaviy texnologiyalar namoyish etiladi.

🚜 Shuningdek, ko‘rgazmada "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati ham faol ishtirok etib, tadbir davomida Jamiyat o‘z xizmatlari va mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirish, yangi hamkorlik shartnomalarini imzolash hamda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga oid innovatsion loyihalarni taqdim etishni rejalashtirgan.

✔️ Koʻrgazmada Oʻzbekistonning barcha hududlari, shuningdek, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa MDH va qoʻshni davlatlarning 100 dan ortiq yetakchi kompaniya va ishlab chiqaruvchilari ishtirok etib, oʻz mahsulot va xizmatlarini taqdim etadilar.

#korgazma 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

17 Feb, 05:11


📃 Ijro.gov.uztizimi orqali Jamiyatga yuklatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarining ijrosi to‘g‘risida tahliliy MA’LUMOT

👀 Batafsil infografikada:

#tahlil 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Feb, 06:42


🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish, ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish va dehqon-fermer xo‘jaliklari faoliyatini samarali tashkil etishga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-431-sonli qarori hamda “Tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi”ni joriy etish yuzasidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, qator oralig‘i 76,90 sm kenglikdagi qo‘sh qatorli plyonka ostiga aniq donalab urug‘ qadash, tomchilatib sug‘orish tizimiga ulash hamda o‘g‘it solish uchun mo‘ljallangan seyalkalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar ishtirokida maxsus o‘quv dasturlari ishlab chiqildi va ushbu texnikalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari berib kelinmoqda.

🗣Mazkur tajriba va amaliy seminarlar samaradorligini inobatga olgan holda, ushbu tadbirlar respublikamizning boshqa hududlarida ham davom ettirilib, Namangan va Toshkent viloyatlarida ham shunday o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil qilindi.

🔵 Namangan viloyati hamda Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tadbirlarda ishtirokchilarga zamonaviy seyalkalar yordamida ekish texnologiyasi, tomchilatib sug‘orish tizimi va agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri tashkil etishning afzalliklari amaliy tarzda namoyish etildi.

Har bir hududda ishtirokchilar yangi texnikalardan foydalanish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va sohaga ilg‘or innovatsion yondashuvlarni joriy etishning ahamiyati bo‘yicha to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

💬 Mazkur tadbirlar natijasida fermer va dehqonlar orasida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanishga bo‘lgan qiziqish yanada oshib, ularning samarali mehnat qilishlari uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar shakllantirildi.
“O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ushbu yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini to‘liq ta’minlash, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilish va natijada mamlakatimiz agrar sohasining yanada rivojlanishiga munosib hissa qo‘shish maqsadida tashkil etilayotgan bunday amaliy seminarlar respublikamizning barcha hududlarida bosqichma-bosqich o‘tkazilmoqda.

#jarayon 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

07 Feb, 05:47


"Jizzax MTRK" telekanalining "Diyor yangiliklari" dasturida "Paxtakor tumanida markazlashgan mashina traktor parki faoliyat boshladi" mavzusida lavha efirga uzatildi.

🗣Unda "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Jizzax viloyatining Paxtakor tumanida zamonaviy texnikalarni namoyish qilish va ushbu texnikalarning imkoniyatlarini kengroq targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ko‘rgazmali seminar haqida so'z boradi.

#oav_biz_haqimizda 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

05 Feb, 05:47


🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-431-sonli qaror hamda “Tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi”ni joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida "Qoraqalpog'iston MTRK" kanalining "Haptelik" dasturida so'z bordi.

#oav_biz_haqimizda 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

03 Feb, 12:22


🇺🇿 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-431-sonli qaror hamda “Tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi”ni joriy etish bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirildi.

💬 Jumladan joriy yil 2-fevral kuni Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Orinbayev Amanbay Tleubayevich boshchiligida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining qishloq va suv masalalari bo’yicha o’rinbosari Teshayev Shuhrat Jo’raqulovich, “O’zagrolizing” AJ Boshqaruv raisi Nodir Otajonov hamda tuman hokimlarining qishloq va suv masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, fermerlar, klasterlar, mahalla raislari ishtirokida zamonaviy texnikalarni namoyish qilish va ushbu texnikalarning imkoniyatlarini kengroq targ‘ib etish maqsadida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

😄Mazkur seminar davomida qishloq xo‘jaligi texnikalarining samaradorligi, ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha texnik ko‘rsatmalar va lizing shartnomalari asosida texnikalarni xarid qilish imkoniyatlari yig‘ilganlarga batafsil tushuntirildi.

✍️Shuningdek, Sayxunobod tajribasidan kelib chiqib, Qoraqalpog‘istonning 16 ta tumanidagi 4 tadan mahallalari uchun mini traktorlar hamda qo‘shimcha ravishda osma agregatlarni lizing asosida yetkazib berish rejalashtirildi.
Ushbu tashabbus orqali tomorqa yer egalarining ekinlariga ishlov berishni mexanizatsiyalash, og‘ir qo‘l mehnatini kamaytirish, shu orqali hosildorlikni oshirishga erishiladi.

Xususan, qator oralig‘i 76, 90 sm kenglikdagi qo‘sh qatorli plyonka osti aniq donalab ekadigan, tomchilatib sug‘orish tizimiga va o‘g‘it solish uchun mo‘ljallangan seyalkalar bo‘yicha maxsus o‘quv dasturlari tashkil etilib, amaliy ko‘nikmalar taqdim etildi.

Bu faoliyatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish jarayonlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

#jarayon 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

03 Feb, 08:05


🗣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-431-sonli qarori ijrosi, shuningdek, joriy yil 30-yanvar kuni “Tomorqada va ijaraga berilgan ekin yerlarida daromadli mahsulot yetishtirishning yangi tizimi”ni joriy etish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda, Prezidentimiz tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash yuzasidan, Jamiyat tomonidan tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

💬 Jumladan, hududlarda qishloq xo‘jaligi texnikalarini, shu bilan birga, Sayxunobod tajribasiga asosan mahallarga mini traktorlar va ular uchun qo‘shimcha agregatlarni hamda motokultivatorlarni lizing asosida yetkazib berish, bahorgi ekish mavsumiga Xitoyning zamonaviy, ko‘p funksiyali, 76, 90 ekish sxemalari uchun mo‘ljallangan qo‘sh qator chigit ekish seyalkalarini afzalliklarini tushuntirish yuzasidan amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.

🚜 Qoraqalpog'iston Respublikasida ham ayni shu mavzuda ko'rgazmali seminar tashkil etildi, jarayon tafsilotlari bilan tez orada tanishamiz.

#jarayon 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

03 Feb, 06:52


🔵 Qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash bugungi kunda mamlakatimizda agrar sektorni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu vazifa nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki resurslardan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilashga ham qaratilgan.

#tahlil 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

02 Feb, 04:28


🇺🇿 "O‘zbekistonda yetishtirilayotgan meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni mahalliy bozor va eksportga yo‘naltirish" bo‘yicha “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, "O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi N.Otajonov, Xitoy Xalq Respublikasining TCA - Zhucheng Xinxundong Machinery Co., LTD kompaniyasi vakillari hamda Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, “Nurli bog‘ 2020” MCHJ rahbari H.Asadov bilan ushbu hududda meva-sabzavotlarni qayta ishlash uskunalarini moliyalashtirish va hamkorlik qilish yuzasidan muzokara o‘tkazdi.

💬 O‘tkazilgan muzokara davomida, TSA – ushbu sohada Xitoydagi uchta yirik kompaniyalardan biri ekanligi, 25-yillik tajribaga egaligi, bugungi kunga qadar 100 ga yaqin meva-sabzavotlarni qayta ishlash zavodlarini qurib bitkazib foydalanishga topshirganligi, asosan ularning uskunalari yordamida jem, ketchup, bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari, qovurilgan kartoshka (fri) ishlab chiqarilayotganligini bildirildi.

💬 Xususan, O‘zbekistonda yetishtirilayotgan mevalarni ko‘p qismi uvol bo‘lib ketishni oldini olish maqsadida, TSA kompaniyasi tomonidan taklif etilayotgan imkoniyatlaridan foydalangan holda meva-sabzavotlarni qayta ishlash, jumladan, quritish (akustik va sublimatsion usulda), bolalar ovqatlari, djemlar, konsentratlar, tabiiy soklar va sirkalarni tayyorlash, meva va sabzavot qoldiqlaridan parranda va baliqlar uchun ozuqa tayyorlash bo‘yicha zamonaviy uskunalarni belgilangan talablar asosida yetkazib berish bo‘yichafikrlar almashildi.

✍️ Shuningdek, ichki imkoniyatlardan kelib chiqib mazkur uskunalar o‘rnatilgan agrologistika komplekslarida yiliga 100 ming tonnagacha mevalarni qayta ishlash rejasi ishlab chiqilayotgani ta'kidlandi.

👉 Muzokaralar davomida, kompaniya vakillari O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida mahalliy hamkorlar yoki mahalliy distribyutorlar bilan hamkorlik qilish va birgalikda meva-sabzavotni qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni ishlab chiqish uchun sarmoya kiritish niyati borligini ma’lum qildi.

#hamkorlik 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

02 Feb, 03:26


✔️ 2024-yilda qishloq xo‘jaligi texnikalari xaridi uchun jami 235,5 mln dollar o‘zlashtirildi:

Bundan:
74 mln dollarJahon banki mablag‘lari;

91,7 mln dollarO‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari;

64 mln dollar – Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi mablag‘lari;

5,8 mln dollarTijorat banki mablag‘lari.

🚜 Natijalarga ko'ra, “O‘zagrolizing” AJning qishloq xo‘jaligi sohasidagi loyihalarda ishtiroki va mablag‘larni o‘zlashtirishdagi faolligi Xalqaro moliya institutlari tomonidan yuqori baholandi.

#tahlil 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

31 Jan, 05:47


🇺🇿 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-fevraldagi “Qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–78-son qarori bilan “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati uchun katta imkoniyatlar yaratildi, jumladan o‘tgan davr mobaynida jami 3,1 trln. so‘mlik 8 439 dona texnikalar lizing oluvchilarga topshirildi.

Batafsil infografikada:

#tahlil 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

27 Jan, 05:28


🔵 Qishloq xo‘jaligi texnikalari zamonaviy dehqonchilikning ajralmas qismi bo‘lib, ularning ko‘p funksiyali va samaradorligi tufayli bir vaqtning o‘zida bir nechta muhim ishlarni bajarish imkonini beradi.

🚜 Masalan, yer haydash, ekin ekish, o‘rim-yig‘im ishlarini amalga oshirish, shuningdek, hosilni yig‘ish va qayta ishlash kabi jarayonlarni bir texnika orqali bajarish mumkin. Ushbu texnikalarning keng qo‘llanilishi natijasida mehnat unumdorligi sezilarli darajada oshadi, vaqt va resurslar tejaladi.

🚜 Shu o‘rinda, "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati fermerlar uchun eng katta ko'makchi hisoblanadi. Sababi Jamiyat orqali fermer va tadbirkorlar zamonaviy texnikalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘z faoliyatlarini samarali tashkil etishmoqda.

#jarayon 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

27 Jan, 04:03


🚜 "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati fermerlarga Xitoy Xalq Respublikasida yetakchi “TIAN CHENG” kompaniyasining Oʼzbekistondagi “TIANYE PLASTIK” MChJ XK tomonidan ishlab chiqarilayotgan qo'shqatorli seyalkalarni imtiyozli lizing shartlari asosida taklif etadi.

- qator oraligʼi 76 sm kenglikdagi qoʼshqatorli plyonka osti aniq donalab ekadigan, tomchilatib sugʼorish tizimiga va oʼgʼit solib ketishga moʼljallangan seyalkalar

🀄️ 1 donasining narxi 78 mln.so’m

- qator oraligʼi 90 sm kenglikdagi qoʼshqatorli seyalkalar

🀄️1 donasining narxi 97,5 mln.so’m

Soni cheklangan, lizing asosida xarid qilishga ulgurib qoling!

#lizingobyekti 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

22 Jan, 06:08


💰 2024 йилда ҳолатига қишлоқ хўжалиги техникалари хариди учун жами 235,5 млн доллар ўзлаштирилди

Бу ҳақда АОКАда ўтказилган брифингда “Ўзагролизинг” АЖ Ахборот хизмати раҳбари Сарвиноз Мирзаева маълум қилди.

⚡️ Ўтган давр мобайнида жами 3,1 трлн. сўмлик 8 439 дона техника лизинг олувчиларга топширилди. Бундан:

1 748 дона тракторлар;
141 дона ғалла ўриш комбайнлари;
436 дона пахта териш машиналари;
329 дона трактор тиркамалари;
305 дона омочлар;
1813 дона пуркагичлар;
1519 дона бороналар;
358 дона култиваторлар;
391 дона экиш сеялкалари;
1 399 дона бошқа турдаги қишлоқ хўжалиги техникалари лизинг асосида республика қишлоқ хўжалигига етказиб берилди.

⚡️ 2024 йилда ҳолатига қишлоқ хўжалиги техникалари хариди учун жами 235,5 млн доллар ўзлаштирилди:

74 млн доллар – Жаҳон банки маблағлари;
91,7 млн доллар – Ўзбекистон тикланиш ва тараққиёт жамғармаси маблағлари;
64 млн доллар – Япония халқаро ҳамкорлик агентлиги маблағлари;
5,8 млн доллар – Тижорат банки маблағлари.

📊 Бунда, “Ўзагролизинг” АЖнинг қишлоқ хўжалиги соҳасидаги лойиҳаларда иштироки ва маблағларни ўзлаштиришдаги фаоллиги Халқаро молия институтлари томонидан юқори баҳоланди.

✍️ Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

22 Jan, 05:07


💬 “Ўзагролизинг” АЖ фаолиятининг 2024 йилдаги асосий натижалари

АОКАда “Ўзагролизинг” АЖ Ахборот хизмати раҳбари Сарвиноз Мирзаева иштирокида брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

🎸 Брифинг

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

22 Jan, 04:11


📣 Bugun, 22-yanvar soat 10:00 da AOKAda brifing bo’lib o’tadi.

🚜 Unda “Oʻzagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva: “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining 2024-yildagi asosiy natijalari haqida ma’lumot berib o’tadi.

🟢 Brifing AOKAning hamda jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, “UzReport TV” hamda “Oʻzbekiston 24” telekanallari orqali jonli efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

#brifing 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

20 Jan, 07:52


Gollandiya qishloq xo‘jaligining keng rivojlanishiga asos bo‘luvchi muhim omillar

🌲 Gollandiya qishloq xo‘jaligi ushbu soha rivoji uchun ilg‘or texnologiyalar asosida ishlab chiqqan loyihalari bilan mashhur. Ular mamlakatni dunyodagi eng ilg‘or qishloq xo‘jaligi tizimiga aylantirdi. Texnologiyalarning keng qo‘llanilishi va barqarorlikka bo‘lgan intilish ularning muvaffaqiyatida hal qiluvchi rol o‘ynadi

Yuqori texnologiyalar va innovatsiyalar

🔝Gollandiya qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar keng qo‘llaniladi. Masalan, vertikal dehqonchilik, gidroponika va avtomatizatsiya. Bu texnologiyalar o‘simliklarni kam joyda ko‘paytirishga, resurslarni tejashga va yuqori samaradorlikka erishishga yordam beradi.

🌐 Tomchilatib sug’orish va suvni tejash texnologiyalari orqali suv yetishmovchiligi muammosini samarali hal etishgan. Ular o‘zining yuqori texnologiyali issiqxonalari bilan ham mashhurdir. Unda ekinlarni yetishtirish sharoitlarini optimallashtirish uchun ilg‘or texnologiyalar joriy etilgan.

🌡Bu issiqxonalar harorat, namlik va yorug‘likni nazorat qiluvchi tizimlar bilan jihozlangan bo‘lib, fermerlarga yil davomida boshqariladigan muhitda hosil yetishtirish imkonini beradi.

Kuchli ilmiy-tadqiqot bazasi

🏛 Gollandiyada qishloq xo‘jaligi ilm-fani va tadqiqotlarining yuqori darajasi mavjud. Vageningen universiteti bu sohada dunyodagi yetakchi o‘quv va tadqiqot muassasalaridan biri hisoblanadi. Ilmiy izlanishlar tuproq unumdorligini yaxshilash, yangi usullar va mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha muntazam yangiliklar olib keladi.

🚪 Masalan, ekinlar va tuproq holatini kuzatish uchun dron va sensorlardan foydalanish hamda ekish, o‘g‘itlash va yig‘ishtirib olish bo‘yicha asosli qarorlar qabul qilish uchun ham ular to‘plagan ma’lumotlardan foydalaniladi.

Barqaror dehqonchilik

🤑 Ushbu mamlakatda shamol va quyosh energiyasi kabi qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish, tomchilatib sug‘orish orqali suv sarfini kamaytirish va pestitsidlar o‘rniga zararkunandalarga qarshi kurashning tabiiy usullaridan foydalanish mexanizmlari keng yo‘lga qo‘yilgan.

Kooperatsiya va innovatsion fermalar

🌱Gollandiyadagi fermerlar va korxonalar o‘zaro kuchli kooperatsiya qilishadi. Ular ishlab chiqarish, marketing va texnologiya bo‘yicha bir-birini qo‘llab-quvvatlashadi. Fermerlar yashil issiqxonalar yordamida yil davomida mahsulot yetishtirishadi, bu esa hosildorlikni sezilarli darajada oshiradi.

Yuqori samarali transport va logistika

🚚 Mamlakat logistika infratuzilmasi juda rivojlangan. Rotterdam porti va Amsterdam xalqaro aeroporti xalqaro bozorlar bilan tezkor aloqalarni ta’minlaydi. Bu eksport hajmining oshishiga sabab bo‘lmoqda. Gollandiya dunyodagi ikkinchi yirik qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksportchisi hisoblanadi.

Barqarorlik va ekologik mezonlarga e’tibor

📍Gollandiyada organik dehqonchilik, uglerod chiqindilarini kamaytirish va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish tizimi keng yo‘lga qo‘yilgan. Bu esa mamlakatni ekologik jihatdan barqaror va samarali qishloq xo‘jaligiga erishgan yetakchi davlatga aylantirmoqda.

#bu_qiziq🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

17 Jan, 09:21


🚜 2024-yilni tahlil qilsak, o'tgan davr mobaynida "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan 5000 dan ortiq qishloq xo'jaligi texnikalariga servis xizmatlari ko'rsatildi.

🔧Shuningdek, jamiyat tomonidan servis xizmat mashinalari tashkil etilib, ular yordamida texnikalarga zarur xizmatlar taqdim etilmoqda. Bu, ayniqsa uzoq hududlardagi fermerlar uchun katta qulaylik yaratdi, chunki ular o'z texnikalarini ta'mirlash yoki kerakli ehtiyot qismlar bilan ta'minlash uchun uzoq yo'llarga bormasdan, xizmatni o'z joyida olish imkoniga ega bo'lishmoqda.

🔵 Servis mashinalari orqali texnik xizmatlarning sifatli va tezkor taqdim etilishi qishloq xo'jaligi texnikalarining ishlashini yaxshilab, fermerlarga ish samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Bu jarayonlar nafaqat texnika xizmatini yanada qulay va samarali qilibgina qolmay, balki qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishining barqaror rivojlanishiga ham katta hissa qo'shmoqda.

🗣"O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining bu yo'nalishdagi faoliyati, texnikalarni muntazam ta'mirlashni ta'minlash orqali, fermerlar uchun katta qulayliklar yaratmoqda.

#tahlil 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

16 Jan, 06:32


Qishloq xo‘jaligi texnikalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar doirasida Jizzax viloyatining Paxtakor tumaniga zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari yetkazildi.

🚜 “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yetkazilgan texnikalar orqali qishloq xo‘jaligida yuqori samaradorlikka erishish, hosildorlikni oshirish va fermerlar faoliyati uchun zamonaviy texnik bazani yaratishga imkoniyat yaratilmoqda .

👀 Xususan, Paxtakor tumaniga yetkazib berilgan 15 dona haydov traktori;
18 dona chopiq traktori;
15 dona bog‘ traktori;
22 dona transport traktori;
160 dan ortiq turli qishloq xo‘jaligi texnikalari va agregatlar
i zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan bo‘lib, yuqori samaradorlikka ega va ekologik xavfsiz ishlash imkonini beradi.

👉 Shuni ta'kidlash kerakki, haydov va chopiq traktorlari qishloq xo‘jaligi yerlarini ishlov berishda yoqilg‘i sarfini qisqartirishga va tuproqning tabiiy unumdorligini saqlab qolishga mo‘ljallangan.

🚜 Transport traktorlarida ilg‘or yuk ko‘tarish va tashish tizimlari joriy etilgan bo‘lib, hosilni tezkor yig‘ib olish va yetkazib berishni osonlashtiradi.

Bundan tashqari, texnikalar zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan bo‘lib, ish jarayonini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni real vaqtda kuzatib borish va optimal qarorlar qabul qilish imkonini beradi. Bu innovatsion yondashuvlar qishloq xo‘jaligi ishlarida inson omilini kamaytirishga va mehnat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Shuningdek, “O‘zagrolizing” AJ tomonidan yetkazib berilgan texnikalar imtiyozli lizing shartlari asosida taqdim etilib, ushbu shartlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🟠Boshlang‘ich to‘lovning minimal darajada belgilanishi;
🟠Uzoq muddatli to‘lov imkoniyati, bunda yillik foiz stavkalari fermerlar uchun maqbul darajada saqlanadi;
🟠Texnikani qabul qilgandan keyin to‘lovlarni boshlash uchun qulay muddatlar belgilangan.

❗️Bundan tashqari, fermerlar va dehqonlar uchun texnik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilmoqda. Bu markazlar orqali:

✔️Texnikani o‘z vaqtida ta’mirlash va ehtiyot qismlar bilan ta’minlash;

✔️Operatorlarni yangi texnikadan samarali foydalanish bo‘yicha o‘quv kurslariga jalb etish;

✔️Hududda muhandislik va texnik yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish imkoniyatlari taqdim etiladi.

🔊 Mazkur tadbirlar fermer xo‘jaliklarini zamonaviy texnika bilan ta’minlash orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishga, ishlab chiqarish tannarxini pasaytirishga va hududning umumiy iqtisodiy rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shishi kutilmoqda.

#jarayon 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

16 Jan, 05:43


🔔 "Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati
aksiyadorlari diqqatiga!

🔠 2025-yil 4-fevral kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.

📍
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil:
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.


🕐Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2025-yil 4-fevral kuni soat 09:00 da boshlanadi.

❗️
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.

Batafsil:🌎 www.uzal.uz



🔔 Вниманию акционеров акционерного общества “Узагролизинг”!

Сообщаем, что 4 февраля 2025 года в 10:00 часов в зале заседаний здания общества состоится внеочередное общее собрание акционеров.

📍Адрес проведения внеочередного общего собрания акционеров:
город Ташкент, Яккасарайский район, улица Бобура, дом 42а, зал заседаний здания общества.

Регистрация акционеров начнётся 4 февраля 2025 года в 09:00 часов.

❗️Для участия во внеочередном общем собрании акционеры должны при регистрации предоставить документы, удостоверяющие личность, в соответствии с законодательством. Представители юридических лиц обязаны предоставить доверенность, оформленную в установленном порядке.

🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

16 Jan, 04:52


Бу йилги пахтачиликда нима ўзгаради? (+видео)

Жорий йил республикамизда 878 минг гектар майдонга уруғлик чигит қадалиши режалаштирилган бўлиб, шундан, ўтган йили экилган 18 хил хорижий пахта навидан истиқболли деб топилган, иқлим ва ерларимизга мос навлари танлаб олиниб, уруғчилиги ташкил этилганди ва ана уруғлар жорий мавсумда 20 фоиз пахта майдонларига экилиши белгиланди.

📽 https://youtu.be/sYfft-EhDKE

Батафсил: https://uza.uz/posts/678024

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

14 Jan, 07:46


Vatan himoyachisi – Jasorat ramzi!

🚜 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining mard o‘g‘lonlari bayram bilan tabriklandi.

👉 Tadbir davomida jasorat va fidoyilik namunasi bo‘lgan xodimlarimizning xizmatlari e’tirof etilib, ularga samimiy tilaklar bildirildi. Bayram tadbiri doirasida yurtimiz tinchligi va farovonligini ta’minlashda har bir insonning o‘rni naqadar muhim ekani alohida ta’kidlandi.

👀 "O‘zagrolizing" jamoasi nomidan barcha vatandoshlarimizga osoyishta hayot va yorqin kelajak tilaymiz. Tinch va farovon yurtimizning himoyachilari bo‘lgan jasur yigitlarimizga mustahkam sog‘lik, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar yor bo‘lsin!
____

Защитник Родины – символ мужества!

🚜 В честь Дня защитников Родины, который отмечается 14 января, в Акционерном обществе "Узагролизинг" были поздравлены мужественные сотрудники нашего коллектива.

🟠В ходе мероприятия были отмечены заслуги наших сотрудников, проявивших мужество и преданность своему делу, а также им были выражены искренние пожелания. В рамках торжества особое внимание было уделено важности вклада каждого человека в обеспечение мира и благополучия нашей страны.

👀 От имени коллектива "Узагролизинг" желаем всем согражданам спокойной жизни и светлого будущего. Пусть крепкое здоровье, сила, энергия и большие успехи всегда сопутствуют нашим смелым защитникам и хранителям процветания нашей Родины!

#tabrik #поздравления 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

14 Jan, 05:10


#uzagrolizing_sarhisob

🚜 2024-yilnng barcha choraklarida Jamiyatga jami 75 ta murojaat kelib tushgan.

Batafsil infografikada:

🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

14 Jan, 04:50


"Vatanni himoya qilishdek sharafli va mas’uliyatli burchni ado etib kelayotgan jasur o‘g‘lonlarimiz!"

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz!

O‘z burchini yuksak mas’uliyat bilan ado etayotgan, yurtimiz sarhadlarini himoya qilayotgan jasur va matonatli yigitlarimizga eng samimiy tilaklarimizni yo‘llaymiz.

Sizlarning kecha-yu kunduz olib borayotgan xizmatlaringiz tufayli yurtimizda tinchlik va osoyishtalik hukm surmoqda. Osuda tonglarimiz, farovon hayotimiz va oilalarimizning tinchligi uchun barchamiz sizlardan cheksiz minnatdormiz!

Sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat va yuksak zafarlar tilaymiz. Yurt himoyasidagi jasoratingiz va fidoyiligingiz doimo e’zozda bo‘lsin!

Hurmat bilan,
"O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati jamoasi


#tabrik 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

08 Jan, 12:21


Каждый фермер должен эффективно организовывать свою деятельность, активно применяя современные технологии.

📸 Это не только повышает производительность труда, но и играет важную роль в повышении конкурентоспособности фермерских хозяйств.

🚜 Вчера председатель правления акционерного общества «Узагролизинг» Н. Отажонов провел встречу с представителями китайской компании «Tian Ye AGRO», одного из ведущих производителей современных сеялок для хлопка.

По предложению компании, «Tian Ye AGRO» планирует поставлять свою продукцию фермерам на условиях лизинга в сотрудничестве с «Узагролизинг» АО. Это, в свою очередь, предоставит фермерам возможность использовать передовую технику, что значительно упростит процесс обработки земли и повысит урожайность.

✔️В ходе встречи стороны определили ряд конкретных шагов для дальнейшего развития сотрудничества и внедрения инновационных технологий. В результате, фермеры смогут получать современные машины и оборудование на более выгодных условиях.

#сотрудничество

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

07 Jan, 07:05


"O'zagrolizing" xalq xizmatida!

🔵 Bugungi kunda tizimli ravishda yetkazib berilayotgan zamonaviy texnikalar orqali hosildorlik miqdori tobora oshib bormoqda. Bu jarayonda "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan lizing shartlari asosida taqdim etilayotgan texnikalarning fermerlarga o'z vaqtida yetkazilishi juda katta ahamiyatga ega. Mazkur texnikalarning o'z vaqtida va to'liq yetkazilishi fermerlarning ish samaradorligini oshiradi, bu esa o'z navbatida qishloq xo'jaligi sohasidagi hosildorlikni sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Lizing orqali fermerlarga taqdim etilayotgan texnikalarning turli xilligi va ularning yuqori samaradorligi, ish jarayonlarini soddalashtiradi, vaqtni tejaydi va mehnat xavfsizligini ta'minlaydi. Shu bilan birga, Jamiyatimiz tomonidan taqdim etilgan lizing shartlari fermerlarga moliyaviy yukni kamaytirish imkoniyatini yaratmoqda, bu esa o'z navbatida ularga texnikani uzoq muddatda va qulay shartlarda olish imkonini beradi.

—————-

"Узагролизинг" на службе народа!

🔵 На сегодняшний день систематическая поставка современного оборудования способствует повышению урожайности. В этом процессе особое значение имеет своевременная доставка техники фермерам, предоставляемой на условиях лизинга акционерным обществом "Узагролизинг". Своевременная и полная доставка данной техники повышает эффективность работы фермеров, что, в свою очередь, значительно улучшает продуктивность в сельскохозяйственном секторе.

Разнообразие и высокая эффективность техники, предоставляемой фермерам через лизинг, упрощают рабочие процессы, экономят время и обеспечивают безопасность труда. Кроме того, условия лизинга, предложенные нашей компанией, позволяют фермерам снизить финансовую нагрузку, что дает им возможность приобретать технику на долгосрочной основе и на выгодных условиях.

#jarayon #процесс 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

07 Jan, 06:48


Paxtachilikda qishki agromeliorativ tadbirlar

🌨Qishki mavsumda paxtachilik sohasida agromeliorativ ishlar muhim ahamiyatga ega. Bu tadbirlar tuproq unumdorligini saqlash va hosildorlikni oshirish uchun amalga oshiriladi.

💧Quduqlar bilan bog‘liq tadbirlar:

- Quduq atrofining o‘pirilib ketishini oldini olish uchun o‘z vaqtida ta’mirlash ishlarini olib boring.

- Quduq loyqa bilan to‘lib qolgan bo‘lsa, uni tezda tozalash zarur.

Yotiq va tik drenajdan foydalanish:

Yotiq drenaj:

- Yer osti suvlari bosimini pasaytirishda va tuproqning yuqori qatlamlaridan sho‘rni yuvishda yordam beradi.

- Yopiq drenaj tizimi suv oqimini boshqarish va tuproq strukturasini saqlashda samarali hisoblanadi.

✔️Tik drenaj:

- Yer osti suvlarini chiqarib olish ularning pyezometrik bosimini kamaytiradi.

- Suvlarni pastga qarab siljishini ta’minlab, tuproq sho‘rini yuvishga yordam beradi.

Tavsiyalar:

- Tik drenajda chiqarib olinadigan suvlardan foydalanishda sarflashni aniq rejalashtirish.

- Har bir tadbirni o‘z vaqtida va me’yorlarga amal qilgan holda bajarish tavsiya etiladi.

#tavsiya 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

03 Jan, 12:06


В начале года были обсуждены приоритетные задачи.

🚜 В акционерном обществе «Узагролизинг» особое внимание было уделено вопросам углубления реформ, кадровой политики, трансформации деятельности общества, обеспечению исполнения принятых законодательных актов в отрасли, а также своевременному поставлению техники фермерам на основе лизинга. Важным аспектом является также обеспечение устойчивого развития аграрного сектора, внедрение передовых технологий и укрепление взаимного сотрудничества.

Сегодня на собрании под руководством председателя правления «Узагролизинг» Н. Отажонова были подробно рассмотрены эти вопросы.

На встрече обсуждались, прежде всего, вопросы обеспечения исполнения указов главы государства в аграрной сфере. Были рассмотрены запланированные работы в аграрном секторе на текущий год, привлечение целевых инвестиционных проектов и предложения по повышению кадрового потенциала. В этом контексте было уделено большое внимание внедрению передовых технологий в сельское хозяйство, совершенствованию системы поставки техники фермерам и обеспечению полного выполнения законодательных актов.

📸 Кроме того, актуальными были вопросы установления более эффективного сотрудничества с предпринимателями и фермерами, привлечения специальных финансовых ресурсов для сектора, а также развития инноваций в аграрной сфере.

В ходе собрания были выслушаны мнения и предложения всех участников, и на основе этого были определены конкретные направления для реализации приоритетных задач и планов на будущее. Отмечена важность роли каждого участника в реализации стратегических целей, предложенных государственным руководством.

Такие встречи, безусловно, имеют большое значение для будущего развития общества и аграрной отрасли, создавая возможность для эффективного выполнения поставленных задач через коллективные усилия.

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

03 Jan, 12:04


Yil boshidan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

🚜 "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatida islohotlarni chuqurlashtirish, kadrlar masalasi va jamiyat faoliyatini transformatsiya qilishga qaratilgan ustuvor vazifalar, sohaga oid qabul qilingan qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash hamda lizing asosida yetkaziladigan texnikalarni o‘z vaqtida fermerlarga yetkazib berish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, agrar sektorning barqaror rivojlanishini ta’minlash va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish hamda o'zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bugungi kunda asosiy vazifalardan biridir.

Bugun, "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining Boshqaruv raisi N. Otajonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aynan shu masalalar chuqur muhokama qilindi.

Yig‘ilishda, avvalo, Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi. Joriy yil davomida lizing sohasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, yangi maqsadli investitsion loyihalarni jalb etish va kadrlar salohiyatini oshirishga doir takliflar muhokama qilindi. Bu borada, ayniqsa, ilg‘or texnologiyalarni qishloq xo‘jaligiga joriy etish, fermerlarga texnikalarni yetkazib berish tizimini takomillashtirish va sohaga oid qonun hujjatlarining to‘liq ijrosini ta’minlashga katta e’tibor qaratildi.

⚫️Shu bilan birga, tadbirkorlar va fermerlar bilan yanada samarali hamkorlik o‘rnatish, sohaga oid maxsus moliyaviy resurslarni jalb etish, hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi innovatsiyalarni rivojlantirish masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etdi.

🟠Yig‘ilishda, barcha ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, ustuvor vazifalar va kelgusidagi rejalar bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilandi. Davlat rahbariyati tomonidan ilgari surilgan strategik maqsadlarni amalga oshirishda har bir ishtirokchining o‘ziga xos roli ta’kidlandi.

✍️ Bu kabi yig‘ilishlar, albatta, jamiyat va qishloq xo‘jaligi sohasining kelajakdagi rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘lib, jamoaviy sa’y-harakatlar orqali belgilangan vazifalarni samarali bajarish imkonini yaratadi.

#jarayon 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

03 Jan, 07:30


🚜 "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatida yil yakuni bo'yicha tadbir o'tkazildi. Tadbirda jamiyatning faxriylaridan tortib, barcha xodimlar va sohadagi hamkorlar ishtirok etishdi.

Tadbirdan ko'zlangan maqsad o'tgan yil davomida erishilgan yutuqlarni sarhisob qilish, shuningdek, kirib kelgan yil uchun belgilangan ustuvor vazifalarni muhokama qilish edi.

🟠Shuningdek, yangi yil uchun qo'yilgan maqsadlar, Jamiyatning rivojlanish strategiyasi va kelgusidagi iqtisodiy rejalar haqida so'z yuritildi hamda xodimlar va hamkorlar bilan o'zaro fikr almashildi.

⚫️Shu bilan birgalikda yangi imkoniyatlar va yangiliklar muhokama qilindi. Tadbirda, Jamiyatning kelajakka bo'lgan ishonchi va har bir a'zoning jamoaviy ishdagi o'rni yanada kuchayganligi ta'kidlandi.

🔵 Tadbir so'ngida, Jamiyat Boshqaruv raisi N.Otajonov barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildirdi va kelajakdagi ishlarda muvaffaqiyatlar tiladi.

_______________________

🚜 В акционерном обществе «Узагролизинг» прошло мероприятие по подведению итогов года. В нем приняли участие ветераны общества, все сотрудники и партнеры.

Цель мероприятия заключалась в подведении итогов работы за прошедший год и обсуждении приоритетных задач на следующий год.

⚫️Также были озвучены цели на новый год, стратегия развития компании и планы на будущее. Сотрудники и партнеры обменялись мнениями.

🟠Кроме того, обсудили новые возможности и инициативы. В ходе мероприятия было отмечено, что уверенность в будущем компании и роль каждого участника в командной работе значительно укрепились.

🔵 В завершение председатель Правления компании Н.Отажонов поблагодарил всех участников и пожелал успехов в дальнейшей работе.

🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

31 Dec, 18:07


❄️ “O’zagrolizing” Aj jamoasi barchangizni kirib kelayotgan yangi 2025 yil bilan tabriklaydi!

💫 Kelgusi yilda orzularingiz eng yaxshi tarzda amalga oshishini chin dildan tilaymiz!

💫 Hayotingizda doimo baxt, muvaffaqiyat va farovonlik bo'lsin va mustahkam sog'liq sizni hech qachon tark etmasin!

🎄 Mamlakatimiz osmoni doimo tinch va osoyishta bo'lsin.

❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️☃️❄️

❄️ Команда «Узагролизинг» всех поздравляет С Наступающим Новым 2025 Годом!

💫 Мы от всей души хотим пожелать Вам, чтобы следующий год наилучшим образом воплотил Ваши мечты!

💫 Пусть в Вашей жизни всегда будет счастье, успех и процветание, а здоровье никогда не подводит Вас!

🎄 Пусть небо над нашей страной всегда будет спокойным и мирным.

#tabrik #поздравления 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

23 Dec, 10:24


Qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnikalar bilan ta’minlash bugungi kunda mamlakatimizda agrar sektorni rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Bu vazifa nafaqat ishlab chiqarish hajmini oshirish, balki resurslardan samarali foydalanish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining sifatini yaxshilashga ham qaratilgan.

🟢Zamonaviy texnikalar, ayniqsa, traktorlar, kombaynlar, urug‘ ekish va sug‘orish tizimlari kabi uskunalar qishloq xo‘jaligida eng muhim vositalardan hisoblanadi. Ushbu texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtiradi, energiya va vaqtni tejaydi, shu bilan birga qo'l mehnatini kamaytiradi.

Shu sababli "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatida ham texnikalarni tizimli yetkazib berish hamda zamonaviy texnologiyalarni qo'llash orqali mehnat unumdorligini oshirish kabi vazifalar bosh omil hisoblanadi.

✔️Ana shu omillarga sodiq qolgan holda, jamiyatning Buxoro viloyat filiali tomonidan ham bir qator fermer xo'jaliklariga Belarus 80X, Case 340 hamda Arion 630 rusumli haydov traktorlari imtiyozli lizing shartlari asosida topshirildi.

—————-

Современное обеспечение сельского хозяйства техникой является одним из важных направлений развития аграрного сектора в нашей стране. Эта задача направлена не только на увеличение объема производства, но и на эффективное использование ресурсов, а также на улучшение качества сельскохозяйственной продукции.

🟢Современная техника, особенно такие устройства, как тракторы, комбайны, системы для посева и орошения, является одними из самых важных инструментов в сельском хозяйстве. Эти технологии ускоряют производственные процессы, экономят энергию и время, а также сокращают трудозатраты.

Поэтому для акционерного общества «Узагролизинг» важнейшей задачей является систематическая поставка техники и использование современных технологий для повышения трудовой продуктивности.

✔️Следуя этим принципам, филиал общества в Бухарской области передал нескольким фермерским хозяйствам тракторы моделей Беларусь 80X, Case 340 и Arion 630 на льготных условиях лизинга.

🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

23 Dec, 05:47


Sovuq qish kunlarida traktorni qanday saqlash lozim?

🚜Traktorni iloji boricha yopiq bino ichida saqlash va uning holatini ikki oyda bir marta tekshirib turish zarur. Saqlovga olib kelingan traktorni bosimli suv ostida loy va iflosliklardan yaxshilab yuvib tozalash kerak.

🟢Traktor yopiq binoda yoki bostirma ostida uzoq saqlanganda suyuqlik idishlari yechib olinadi, karterlar va radiatordan motor va gidravlika moylari, sovutish suyuqligi to‘kib olingandan so'ng o‘rniga konservatsiya moyi qo‘yiladi. Dvigatel yo‘riqnomaga muvofiq konservatsiya qilinadi. Traktordan yechib olingan qismlar o‘rnidagi teshiklar texnologik tiqinlar bilan berkitiladi va akkumulyator va uzatma tasmalari yechib olinib, omborga topshiriladi.

Traktorni ochiq maydonda saqlashga to‘g‘ri kelsa, uning ustiga brezent yoki polietilen plyonka yoping, shinalar sirtiga saqlovchi qorishmalarni surkab qo‘ying, gidravlik shlanglarni parafinlangan qog‘oz bilan o‘rashga ruxsat etiladi.

__________

Как правильно хранить трактор в холодные зимние дни?

🚜 Трактор следует хранить, по возможности, в закрытом помещении и проверять его состояние каждые два месяца. Перед хранением необходимо тщательно помыть трактор под давлением воды, удалив грязь и загрязнения.

🟢 Если трактор хранится в закрытом помещении или под навесом длительное время, нужно снять емкости с жидкостями, а из картера и радиатора слить моторное и гидравлическое масло, а также охлаждающую жидкость, заменив их консервирующим маслом. Двигатель должен быть консервирован согласно инструкции. Все отверстия, где были сняты детали, должны быть закрыты технологическими заглушками, аккумулятор и передаточные ремни снимаются и хранятся в складе.

Если трактор нужно хранить на открытом воздухе, его следует накрыть тентом или полиэтиленовой пленкой, на шины нанести защитное покрытие, а гидравлические шланги завернуть в парафинированную бумагу.

🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

16 Dec, 07:59


🅰️👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash

❄️ Yurtimizga sovuq havo oqimlari kirib kelishi va shu munosabat bilan qishloq xo‘jaligi sohasida yetishtirilayotgan ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va betalafot o’tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar:

1. O‘rab qo‘yish: Iloji bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklarni sovuq urishi va qordan himoya qilish uchun maxsus materiallar (mato, plyonka, kraft-qog‘oz, spanbond) bilan yopish tavsiya etiladi. Bu gullaydigan kurtaklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan saqlab qolishga yordam beradi;

2. Ozuqa moddalari bilan sug‘orish: Sovuq havo massasi kirib kelishidan oldin daraxtlar yetarli darajada namlik va ozuqa olgan bo‘lishiga ishonch hosil qilish. Odatda suvga va foydali moddalarga to‘yingan daraxtlar past haroratlarga ko‘proq chidamliroq;

3. Mulchalash: Ekinlar ildiz zonasini maxsus ozuqa moddalar bilan qoplash tuproqdagi issiqlik va namlikni saqlab qolishga yordam beradi, bu esa ildizlarni sovuqdan himoya qiladi;

4. Shikastlangan shoxlarni kesib tashlash: Qor og‘irligi ostida ba'zi shoxlarni sinishi yoki sovuq urishi xavfini kamaytirish uchun qurib qolgan yoki shikastlangan novdalarni kesib tashlash mumkin. So‘ng, kesilgan joyni mis sulfatning suvli eritmasi (1 litr suv uchun 1 choy qoshiq modda) bilan ishlov berish mumkin;

5. Shamoldan himoya qilish: Imkoniyat bo‘lsa, daraxtlar va o‘simliklar atrofida vaqtinchalik shamol to‘siqlarini yaratish. Bu to‘siqlar ekinlarni yelvizaklardan asrashga yordam beradi.

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 10:18


Президент ногиронлиги бор болалар тенгдошлари қатори оддий мактабларда ўқиши нақадар муҳим экани ҳақида

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 10:18


Президент ижтимоий ҳимоя соҳасига хусусий сектор кириб келаётганини олқишлаб, кўрсатилган хизматлар харажатининг 80 фоизи давлат томонидан қопланишини таъкидлади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 10:18


Оилавий боғча ўринларининг 15 фоизига камбағал оила фарзандлари қабул қилинади ва боғча тўлови қисман қоплаб берилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 10:18


Камбағал оилалар фарзандларининг таълим олиши ва касб ўрганиши учун имкониятлар янада кенгайтирилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 10:18


Камбағал оилаларнинг ўзи ҳаракатлана олмайдиган аъзоларига уйида қараб туриш хизмати йўлга қўйилади

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 10:18


Инсон қадри учун: дунёнинг энг руҳлантирувчи 100 аёли рўйхатига кирган сурхондарёлик Дилором Йўлдошеванинг матонати ва ишбилармонлик фазилатлари юксак эътироф этилди

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 06:03


Президент раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасидаги ишлар натижадорлиги ва 2025 йил учун устувор вазифалар муҳокамасига бағишланган йиғилиш бошланди.

Давлатимиз раҳбари сўзининг аввалида янги ижтимоий ҳимоя тизимини ташкил этишда Ўзбекистонга яқиндан кўмаклашаётган БМТнинг мамлакатимиздаги доимий координатори Сабинэ Махл, ЮНИСЕФ ваколатхонаси раҳбари Рехина Мария Кастижио ва Жаҳон банкининг Марказий Осиё бўйича минтақавий директори Татьяна Проскуряковага бугунги йиғилишда иштирок этаётганлари учун алоҳида миннатдорлик билдирди.

Қайд этилганидек, жорий йилда 102 та ижтимоий хизмат маҳалла даражасига туширилди.

Масалан, олдин одамлар протез учун ҳар хил комиссиялар ва поликлиникада 2 ой сарсон бўлган бўлса, ҳозир бу масала 2 ҳафтада маҳаллада ҳал бўлмоқда. Шуни ўзидан 100 минг одамни оғири енгил бўлди.

Одамлар протезни 95 та ишлаб чиқарувчи орасидан электрон тизимда ўзи танлаяпти, рақобат ва сифат ҳам яхшиланди.

Ногиронлиги бор болаларга қараб туриш хизмати йўлга қўйилиб, мурожаатлар маҳаллада қабул қилинаяпти. Бу 700 нафар ота-онани ишлашига шароит яратди. Ҳаракатлана олмайдиган 4 минг нафар ёлғиз кексалар аниқланиб, уларга уйини ўзида қараб туриш йўлга қўйилди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 06:03


🟡Маҳалладаги ижтимоий ходимлар уйма-уй юриб, шу йил реестрда бўлмаган яна 95 минг муҳтож одамга ёрдам кўрсатди.

🟡51 минг одамга ногиронлик белгиланди, 26 минги протез олди, ногиронлиги бор 5 минг бола боғча-мактабга жойлашди.

🟡Бундан ташқари, муҳтож бўлмаганларга асоссиз нафақа тўлашнинг олди олинди, қисқарган харажатлар бюджетда қолдирилди.

🟡Уч ой олдин вилоят ва тумандаги 14 минг раҳбар 75 минг камбағал оилага бириктирилиб, улар билан индивидуал ишлаш йўлга қўйилди.

🟡Натижада, шу кунга қадар камбағал оилалардаги 17 минг одам доимий ишга жойлаштирилди, тадбиркорлик ва томорқа орқали 14 минг аҳолининг даромади оширилди, 30 минг бола боғча, тўгарак ва касбга ўқитиш билан қамраб олинди, 45 минг муҳтож аҳолига тиббий ёрдам кўрсатилди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Dec, 06:03


✔️Йиғилишда ҳамма раҳбарлар ҳам эҳтиёжманд аҳолини ишли қилиб, даромадини кўпайтириш, уларга манзилли ижтимоий хизмат ва ёрдамлар кўрсатишни тўғри ташкил қила олмаётгани кўрсатиб ўтилди.

✔️Хусусан, камбағал оилаларга бириктирилган раҳбарларнинг 1 минг нафари натижа кўрсата олмади. 184 нафари ушбу оилалар хонадонига бирор марта ҳам бормаган.

✔️Ногиронлиги бор шахслар бандлиги даражаси республикада 20 фоизга етгани билан, бу ишлар Жалақудуқ, Чимбой, Пастдарғом, Чортоқ ва Денов туманларида қониқарсиз.

✔️Мутасаддиларга ушбу туманларни намунали қилиш, ҳар бир масъулга аниқ вазифа белгилаш топширилди.

✔️Шунингдек, келгуси йил Инвестиция дастурига кирадиган 598 та ижтимоий объект лойиҳаси ногиронлиги бор одамларга мослаб ишлаб чиқилмагани танқид қилинди.

✔️Ушбу вилоят, туман ҳокимларига хатоларни тўғрилаш топширилди.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

10 Dec, 11:03


Bugun madhiyamiz 32 yoshda!

🇺🇿1992-yil 10-dekabrda "Oʼzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʼgʼrisida"gi Qonun qabul qilingan.

✍️ Har bir satrida Vatanga muhabbat, xalqimizning qudrati va jasorati mujassam boʼlgan madhiyamiz barchamizga gʼurur va iftixor bagʼishlaydi.

🚜 “Oʼzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi barcha yurtdoshlarimizni ushbu qutlugʼ sana bilan muborakbod etadi.

—————-

Сегодня наш гимн отмечает 32 года!

🇺🇿10 декабря 1992 года был принят Закон "О Государственном гимне Республики Узбекистан".

✍️ Каждая строка гимна отражает любовь к Родине, мощь и мужество нашего народа, наполняя нас гордостью и достоинством.

🚜 Коллектив акционерного общества "Узагролизинг" поздравляет всех граждан с этим знаменательным событием.

#tabrik #поздравления
🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

08 Dec, 04:49


Hurmatli qishloq xo'jaligi fidoiylari!

“O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi nomidan sizni “Qishloq xo’jaligi xodimlari kuni” bilan tabriklaymiz!

Sizning fidoyiligingiz, mehnatsevarligingiz va erishayotgan yutuqlaringiz tufayli qishloq xo’jaligi sohasida muhim qadamlar qo‘yilmoqda. Har biringizning mehnatingiz, yurtimizni oziq-ovqat bilan ta'minlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish va jamiyatni farovon qilish yo‘lida katta ahamiyatga ega.

Sizlar — yurtimizning haqiqiy qahramonlarisiz. Sizning har bir harakatingiz, ertangi kun uchun tinimsiz ishlashingiz mamlakatimizni yanada gullab-yashnashiga xizmat qiladi.

"O’zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati jamoasi yana bir bor barcha qishloq xo’jaligi xodimlariga chin dildan minnatdorchilik bildirgan holda, kelajakdagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar, baxt va sog‘lik tilab qoladi.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

“O’zagrolizing” AJ axborot xizmati

————————

Уважаемые труженики сельского хозяйства!

От имени коллектива акционерного общества “Узагролизинг” сердечно поздравляем вас с Днём работников сельского хозяйства!

Благодаря вашей преданности делу, трудолюбию и достигнутым успехам в сельском хозяйстве делаются важные шаги в развитии этой отрасли.

Ваш труд имеет огромное значение для обеспечения продовольственной безопасности нашей страны, развития производства и повышения благосостояния общества.

Вы — настоящие герои нашей страны. Ваши ежедневные усилия и неустанная работа на благо будущего способствуют процветанию нашей Родины.

Коллектив акционерного общества “Узагролизинг” ещё раз выражает искреннюю благодарность всем работникам сельского хозяйства и желает вам успехов в дальнейшей работе, счастья и здоровья.

С праздником!

Пресс-служба акционерного общества “Узагролизинг”

#tabrik #поздравления
🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

08 Dec, 03:57


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizning huquqiy asosini tashkil etadigan, demokratik tamoyillarga asoslangan, inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan asosiy qonunimizdir.

1992 yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamiz 32 yil davomida mamlakatimizning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini belgilashda, xalqimizning erkinligi va farovonligini ta’minlashda muhim rol o‘ynamoqda.

🇺🇿Unda yoritilgan huquqiy asoslar fuqarolarning erkinligini, xavfsizligini, manfaatlarini himoya qilish, davlat va jamiyatni adolat va taraqqiyot yo‘lida yuritishga qaratilgan.

✍️ Konstitutsiya, shubhasiz, xalqimizning yuksak qadriyatlarini ifodalovchi muhim hujjatdir. Shunday ekan “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi barchangizni bu tarixiy sana bilan muborakbod etadi.

Yurtimiz tinch va farovon, xalqimiz baxtli bo‘lsin!

“O’zagrolizing” AJ axborot xizmati

_________

🇺🇿 Конституция Республики Узбекистан является основным законом нашей страны, который служит правовой основой, основанной на демократических принципах и направленной на защиту прав человека.

Принятая 8 декабря 1992 года, Конституция нашей страны уже 32 года играет ключевую роль в определении социального, политического и экономического развития, обеспечивая свободу и благосостояние нашего народа.

🇺🇿 В ней изложены правовые принципы, которые защищают свободы, безопасность и интересы граждан, а также направляют государство и общество на путь справедливости и прогресса.

✍️ Конституция, безусловно, является важнейшим документом, отражающим высокие ценности нашего народа. В связи с этим коллектив акционерного общества "O’zagrolizing" сердечно поздравляет вас с этим историческим событием.

Желаем нашей Родине мира и процветания, а нашему народу — счастья!

Пресс-служба акционерного общества "Узагролизинг"

#tabrik #поздравления
🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

04 Dec, 09:06


🚜 "LOVOL 1004" rusumli haydov traktori

🐎Dvigatel quvvati: 100/73 ot kuchi\kvt
🟠Dvigatel hajmi: 4.75 litr

10 YIL MUDDATGA 19% DAN
AVANS - 20%

#lizing_obyekti 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

04 Dec, 07:52


"O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining bir qator filiallariga zamonaviy va samarali quyosh panellari o'rnatilmoqda.

🟠Ushbu o'rnatilgan quyosh panellari yuqori samaradorlikka ega bo'lib, filiallarimizda ishlatiladigan energiyaning katta qismini qayta tiklanuvchi manbalardan olish imkonini yaratadi. Bundan tashqari, quyosh panellarining o'rnatilishi, Jamiyatning ilg'or texnologiyalarni joriy etish va energiya tejamkorligini oshirishdagi davomiy sa'y-harakatlarini ko'rsatadi.

➡️ Bu tashabbus nafaqat kompaniyaning ichki ehtiyojlarini, balki uning ijtimoiy va ekologik mas'uliyatini ham o'z ichiga oladi.

__________

"В нескольких филиалах акционерного общества 'Узагролизинг" устанавливаются современные и эффективные солнечные панели.

🟠Эти солнечные панели обладают высокой эффективностью и позволяют получать значительную часть энергии, используемой в наших филиалах, из возобновляемых источников. Кроме того, установка солнечных панелей подчеркивает постоянные усилия компании по внедрению передовых технологий и улучшению энергоэффективности.

➡️ Эта инициатива охватывает не только внутренние потребности компании, но и отражает её социальную и экологическую ответственность.

#jarayon #процесс 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

03 Dec, 10:32


📣 TAYINLOV

Jumaniyazov Maksud Allanazarovich
2024-yilning 3-dekabr kunidan e’tiboran “O‘zagrolizing” aksiyadorlik jamiyatining Qoraqalpog’iston respublikasi filiali Direktori lavozimiga tayinlandi.

🌎 www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

02 Dec, 10:43


Diqqat, e'lon

👀 2024-yil 5-dekabr kuni soat 10:30da “O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag’ishlangan “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida “Ochiq eshiklar kuni” o’tkaziladi.

Barchani ushbu tadbirda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#aksilkorrupsiya 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

02 Dec, 09:17


Munosabat

"Lizing asosida olingan kombaynlarning noqonuniy sotilishiga chek qo‘yildi" sarlavhasi ostida chiqqan xabarga quyidagilarni ma’lum qilamiz:

Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyatining Zomin tumanida yashovchi B.Sh. va Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida istiqomat qiluvchi A.Sh.lar o‘zaro til biriktirib, Zomin tumanidagi g‘allachilikka ixtisoslashgan MCHJ tomonidan lizing asosida olingan 2 dona “Vektor-410” rusumli g‘alla o‘rish kombaynlarini sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

"O'zagrolizing" AJning Jizzax viloyat filiali xodimlari "Zomin Zafarobod klaster" MCHJga berilgan texnikalarni lizing to'lovlaridan hosil bo'lgan qarzdorlikni undirish uchun borilganda, lizing obyektlarini ko'rsatmay sarsongarchilikni yuzaga keltirgan.

Shu sababli ushbu tadbir "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining Jizzax viloyat filiali murojaati asosida amalga oshirilib, hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

"O’zagrolizing" AJ
matbuot xizmati

#munosabat 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

02 Dec, 07:18


➡️Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash va eksportini ko‘paytirish chora-tadbirlari yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig‘ilishida "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi o'rinbosari A.Nasirdinov ham ishtirok etib, Axborot 24 dasturida selektorda belgilangan vazifalar yuzasidan o'z fikrlarini bildirdi.

🔹🔹🔹

➡️Президент Шавкат Мирзиёев председательствовал на видеоселекторном совещании, посвящённом мерам по увеличению производства, переработки и экспорта фруктов и овощей. В совещании также участвовал заместитель председателя правления акционерного общества "Ўзагролизинг" А. Насирдинов, который в программе "Ахборот 24" выразил своё мнение по поводу задач, определённых на селекторе.

#jarayon #процесс 🌐 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

01 Dec, 04:35


❄️ Qishning ilk kuni muborak bo'lsin!

🚜 Bilamiz-ki, bu mavsumda tabiat uyquga ketadi, biroq dehqonlarimizning ishlari hali davom etadi. Bu fasl yig'im-terimning natijalarini ko'rish, yerga dam berib, kelgusi hosil uchun tayyorgarlik qilish vaqti.

🌟 Yangi fasl ham baraka, ham omad keltirsin! Mehnatingizda muvaffaqiyat va hosilingizda mo'llik tilaymiz.

🚜 "O'zAgroLizing" AJ mehnatkash xalqimizni qo'llab-quvvatlashda davom etadi!

Sahifamizni kuzatib boring – qishda ham siz bilan birgamiz!

- “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Axborot xizmati

🔹🔹🔹

❄️ С первым днём зимы!

🚜 Мы знаем, что в этот сезон природа отдыхает, но для наших фермеров работа продолжается. Это время подводить итоги, давать земле отдых и готовиться к следующему урожаю.

🌟 Пусть новый сезон принесёт удачу и изобилие! Желаем успехов в вашем труде и богатого урожая.

🚜 АО "УзАгроЛизинг" продолжает поддерживать трудолюбивых людей нашей страны!

Следите за нашей страницей – мы всегда с вами, даже зимой!

#qish #зима 🌐 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

30 Nov, 10:40


🀄️Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya so‘nggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat davlatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga hamda mamlakatning xalqaro maydondagi imidji va investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

✔️ Hozirgi videolavha orqali siz korrupsiya haqida yanada ko’proq ma’lumotga ega bo’lishingiz mumkin.

⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️⚫️

🀄️На сегодняшний день проблема коррупции затрагивает практически каждую страну мира. В последние годы коррупция активно обсуждается на международном уровне как транснациональное преступление.

Необходимо отметить, что ущерб от коррупции одинаково значителен для всех государств. Этот порок негативно влияет на различные сферы деятельности государства, в частности на проводимые реформы в политической, экономической, социальной и культурной областях, а также на имидж страны на международной арене и её инвестиционную привлекательность.

✔️ В данном видеоролике вы сможете узнать больше информации о коррупции.

🌐 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

29 Nov, 17:10


🔔 "Oʻzagrolizing” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari diqqatiga!

🔠 2024-yil 25-dekabr kuni soat 10:00 da jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat binosi majlislar zalida oʻtkazilishini maʼlum qiladi.

📍
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkaziladigan manzil:
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur koʻchasi, 42a-uy, jamiyat binosining majlislar zali.


🕐Jamiyat aksiyadorlarini roʻyxatga olish 2024-yil 25-dekabr kuni soat 09:00 da boshlanadi.

❗️
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishida ishtirok etish uchun aksiyadorlar qonunchilikka muvofiq shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni roʻyxatga olish vaqtida taqdim etishi shart. Yuridik shaxslarning vakillari belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan kelishlari soʻraladi.

Batafsil:🌎 www.uzal.uz



🔔 Вниманию акционеров акционерного общества “Узагролизинг”!

Сообщаем, что 25 декабря 2024 года в 10:00 часов в зале заседаний здания общества состоится внеочередное общее собрание акционеров.

📍Адрес проведения внеочередного общего собрания акционеров:
город Ташкент, Яккасарайский район, улица Бобура, дом 42а, зал заседаний здания общества.

Регистрация акционеров начнётся 25 декабря 2024 года в 09:00 часов.

❗️Для участия во внеочередном общем собрании акционеры должны при регистрации предоставить документы, удостоверяющие личность, в соответствии с законодательством. Представители юридических лиц обязаны предоставить доверенность, оформленную в установленном порядке.


🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

18 Nov, 07:35


Mustahkam kelajakni ta'minlash uchun bugun korrupsiyani to'xtataylik!

🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

18 Nov, 05:23


🇺🇿 18-noyabr — O'zbekiston Respublikasi Davlat Bayrog'i qabul qilingan kun!

Mustaqillikni ramzi, xalqimizning birlik va mustahkam iradasini ifodalovchi O’zbekiston Republikasi bayrog’i bugungi kunda o’zining yorqin ranglari bilan yurtimizning erkinligi, tinchligi va taraqqiyoti uchun xizmat qilmoqda.

Shu kunga qadar erishgan yutuqlarimiz va kelajakka bo’lgan ishonchimiz, aynan ushbu bayroq ostida birlashgan va yurtni yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizdan kelib chiqadi.

“O’zgarolizing” aksiyadorlik jamiyati jamoasi, barchangizni yana bir bor bayrog’imiz qabul qilinganligining 33 yilligi bilan tabriklaydi!

🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

14 Nov, 10:53


#uzagrolizing_sarhisob

Murojaatlar tahlili: 2024-yil I-II-III choraklarida
Jamiyatga jami 54 ta Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari kelib tushgan
(2024-yil 9 oylik)

🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

13 Nov, 02:33


“O‘zagrolizing” ga - 25 yil!

👉 1999 yilning 30-oktabr kuni tashkil etilgan tashkilotimiz bugungi kunga kelib respublikamizning barcha hududlarida o‘z filiallariga va 300 nafardan ortiq sodiq va jonkuyar xodimlariga ega.

🚜 Bugungi kunda tashkilotimiz qishloq xo‘jaligi korxonalarini lizing asosida zamonaviy va yuqori unumli texnika va mexanizmlar bilan ta’minlash orqali agrar soha rivoji va oziq-ovqat xavfsizligiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.

🚜 Jumladan, o‘tgan davr mobaynida jami 97 ming donadan ortiq umumiy qiymati 8,5 trln. so‘mlik lizing obyektlari yetkazib berildi.
Tashkilotning kelgusida ham barqaror rivojlanishda davom etishini ta’minlash maqsadida lizing faoliyatini diversifikatsiyalash masalasi tashkilotimiz oldidagi ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab olingan.

Shu maqsadda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash va tashish bo‘yicha lizing loyihalariga start berilmoqda.
Shuningdek qishloq xo‘jaligi texnikalari uchun servis ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha tizimli ish olib borilmoqda.

———————————————

"Uzagrolizing" - 25 лет!

👉 30 октября 1999 года была основана наша организация, которая на сегодняшний день имеет филиалы во всех регионах страны и более 300 преданных и трудолюбивых сотрудников.

🚜 Наша организация способствует развитию аграрного сектора и продовольственной безопасности страны, обеспечивая сельскохозяйственные предприятия современными и высокоэффективными техниками и механизмами на условиях лизинга.

🚜 За прошедший период было поставлено более 97 тысяч единиц лизингового оборудования общей стоимостью 8,5 трлн сумов. С целью обеспечения дальнейшего стабильного развития организации одной из приоритетных задач является диверсификация лизинговой деятельности.

В этой связи начаты проекты по лизингу для производства, переработки и транспортировки сельскохозяйственной продукции. Кроме того, активно ведется работа по развитию системы сервисного обслуживания сельскохозяйственной техники.

#25_yil 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

01 Nov, 06:11


🔊 Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 30-oktyabrida "O‘zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tashkil etilganligining 25 yilligi nishonlandi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan "Zakovat" intellektual o‘yinining qaynoq lahzalari videolavhada.👆👆👆

#zakovat 🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

25 Oct, 09:50


#uzagrolizing_sarhisob

Texnikalar tahlili:
2024-yilning o’tgan 9 oyi davomida lizing asosida yetkazib berilgan qishloq xo’jaligi texnikalarning ko’rsatkichlari (2024-yil 9 oylik)

🌎www.uzal.uz 🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

23 Oct, 08:42


Korrupsiya holatlarini oldini olish va bu borada tizimli kurashish yuzasidan yoʻllagan Rasmiy BAYONOT

🇺🇿 “O’zagrolizing” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Otajonov Nodir Sobirovichning Korrupsiya holatlarini oldini olish va bu borada tizimli kurashish bo‘yicha xabar berish mumkin bo‘lgan aloqa kanallarini soha xodimlariga va jamoatchilikka yetkazish bo’yicha murojaati.

#murojaat 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

23 Oct, 07:13


🔊 “O’zbekiston” telekanalida “O‘zagrolizing” AJ faoliyatining joriy yil 9 oyidagi natijalari va yetkazilgan texnikalar tahlili haqidagi Brifing jonli efirga uzatildi.

#oav_biz_haqimizda 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

22 Oct, 09:30


🚜 2024 йилнинг 9 ойи давомида “Ўзагролизинг” АЖ ҳудудий филиаллари орқали 6 747 дона турли русумдаги қишлоқ хўжалиги техникалари лизинг асосида етказиб берилди

АОКАда ўтказилган брифингда “Ўзагролизинг” АЖ ахборот хизмати раҳбари Сарвиноз Мирзаева жорий йил 9 ойидаги натижалари ва етказилган техникалар таҳлили юзасидан маълумот берди:

Бу йилги пахта йиғим-терим мавсумида Республикамизнинг барча ҳудудларидаги пахта далаларида “Ўзагролизинг” акциядорлик жамияти томонидан лизинг асосида етказилган Хитойнинг “Boshiran” русумли 4 қаторли пахта териш машиналаридан кенг фойдаланилмоқда.

Замонавий пахта териш машиналарининг унумдорлиги юқори бўлиб, ҳар бири ёрдамида кунига 40-50 тоннагача пахта териб олиш мумкин. Энг асосийси, пахта териш машиналари ҳосилни сифатли ва йўқотишларсиз йиғиштириб олиш имконини беряпти.

Қишлоқ хўжалиги корхоналарига умумий қиймати 1 853 млрд. 109 млн. сўмлик қишлоқ хўжалиги техникалар етказиб берилди.

2024-йил I-II-III чоракларида Жамиятга жами 54 та Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатлар келиб тушган.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

22 Oct, 07:07


📊 “Ўзагролизинг” АЖ фаолиятининг жорий йил 9 ойидаги натижалари ва етказилган техникалар таҳлили

АОКАда “Ўзагролизинг” АЖ ахборот хизмати раҳбари Сарвиноз Мирзаева иштирокида шу мавзуда брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

🎥 Брифинг
〰️〰️〰️〰️〰️〰️

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

22 Oct, 04:50


📣 Bugun, 22-oktabr soat 12:00 da AOKAda brifing bo’lib o’tadi.

🚜 Unda “Oʻzagrolizing” AJ axborot xizmati rahbari Sarvinoz Mirzayeva “O‘zagrolizing” AJ faoliyatining joriy yil 9 oyidagi natijalari va yetkazilgan texnikalar tahlili haqida ma’lumot berib o’tadi.

🟢 Brifing AOKAning hamda jamiyatning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari, “UzReport TV” hamda “Oʻzbekiston 24” telekanallari orqali jonli efirga uzatilishi rejalashtirilgan.

#brifing 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

21 Oct, 09:18


TILIMIZ BIRLIGIMIZ —TILIMIZ BOYLIGIMIZ!

Ushbu kunda davlatimiz va madaniyatimizning muhim qismi bo'lgan ona tilimizni madh etamiz. O'zbek tilining go'zalligi, boy merosi va tarixi bizni birlashtiradi va tarannum etadi. Har birimiz ona tilimizni sevib, uni asrab-avaylashimiz kerak.

Mustaqil va kuchli O'zbekistonimiz tilimiz orqali yanada rivojlanib, kelajak avlodlarimizga o'z madaniyatimizni yetkazishimizda davom etishini tilaymiz.

O'zbek tili bayrami kuni bilan shu tilda so'zlashuvchi va shu tilni sevuvchi barchani muborakbod etamiz!

Qadring baland bo'lsin, ona tilim!

———————————————
НАШ ЯЗЫК — НАША СИЛА!

Сегодня мы восхваляем наш родной язык, который является важной частью нашего государства и культуры. Красота, богатое наследие и история узбекского языка объединяют нас и вдохновляют. Каждый из нас должен любить свой родной язык и заботиться о нем.

Мы надеемся, что наш независимый и сильный Узбекистан будет продолжать развиваться благодаря нашему языку и передавать нашу культуру будущим поколениям.

С Днем узбекского языка мы поздравляем всех, кто говорит на этом языке и любит его!

Славься, мой родной язык!

#tabrik 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

17 Oct, 08:08


Qishloq xo'jaligi texnikalarining ish samaradorligini oshirishda ijobiy ta'siri

🔝Zamonaviy texnikalardan foydalanish - kam mehnat sarflab yuqori ish unumiga ega bo'lishdir. Mehnat unumdorligini belgilaydigan asosiy omillardan biri qishloq xo'jalik texnikasining ish unumi hisoblanadi.

🚪Qishloq xo'jaligi texnikalariga: chopiq traktorlari, kultivatorlar, chigit ekish seyalkalari, purkagichlar, mineral o‘g‘it sepkichlar, yer tekislagichlar,chizellar, paxta terish mashinalari, g‘alla o‘rish kombaynlari, yangi zamonaviy qishloq xo‘jaligi traktorlari, to‘rt va undan ortiq korpusli aylanma omochlar va tishli boronalar kiradi.

▶️Ushbu texnikalar inson qo‘li bilan bajariladigan ko‘plab og‘ir ishlarni avtomatlashtirishga imkon beradi. Masalan, traktorlar, kombaynlar, ekish va sug‘orish mashinalari kabi texnikalar katta maydonlarda qisqa vaqt ichida ko‘p ishni bajaradi. Bu esa mehnat unumdorligini sezilarli darajada oshiradi.

🌀Ular ko‘p funksiyalarga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida bir nechta operatsiyalarni bajaradi. Masalan, haydash, ekish, o‘g‘itlash va begona o‘tlarni tozalash bir mashinada amalga oshirilishi mumkin. Natijada, ish samaradorligi 30-40% ga oshib, qo'l mehnati sezilarli darajada kamayadi.

🏷Maxsus ekish texnikalari (masalan, ekish seyalka mashinalari) urug‘larni bir xil chuqurlikda va aniq joyda ekish imkonini beradi. Bu hosilning bir xilda o‘sishi va optimal o‘g‘itlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, resurslarni tejab, hosildorlikni oshiradi.

#tavsiya 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

15 Oct, 18:01


👩‍🦱 "15-oktabr - Xalqaro qishloq ayollari kuni" muborak bo'lsin!

#bayram 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

14 Oct, 10:47


Yerni kuzgi haydash – u nima uchun zarur?

🟠Tuproqqa ishlov berish – muhim agrotexnik tadbir. Yerni ekin mavsumiga sifatli tayyorlash ekinlar hosildorligini oshirish va qishloq xo‘jaligi o‘simliklari nobud bo‘lishini kamaytirish imkonini beradi. Yer haydash foydasi haqida so‘z yuritamiz.

⚫️Yer haydash – bu tuproqqa maxsus usulda ishlov berishdir. Yer qatlami taxminan 20 sm chuqurlikda ag‘dariladi, maydalanadi, qumoqlashtiriladi va plug yordamida aralashtiriladi. Shaxsiy va kichik fermerlik xo‘jaliklarida pluglar qo‘lbola bo‘ladi yoki kultivatorga ulanadi, ishlab chiqarish ko‘lamlarida plug qishloq xo‘jaligi texnikasiga o‘rnatiladi.

Yer haydalishi qator afzallikka ega:

💬 yer kislorodga boyiydi, unda o‘simliklar tezroq va baquvvatroq o‘sadi;
💬 kemiruvchilar va hasharotlarning yer osti yo‘llari buziladi;
💬 tuproq eroziyasining oldi olinadi;
💬 begona o‘tlarni yulish jarayoni osonlashadi, chunki ularning ildizlari yuzaga chiqib qoladi;
💬 yerning sho‘rlanishi darajasi kamayadi.

🗣Kuzgi yer haydalishi begona o‘tlar ildizlari va yer ostida yashovchi bakteriyalar hamda zararkunandalarni yuzaga chiqaradi. Ular sovuqda halok bo‘ladi, lekin yog‘ingarchilik vaqtida, yer suvsizlanishining oldini olish maqsadida, yerni haydamagan ma'qul.



Обработка почвы осенью – для чего это нужно?

🟠 Обработка почвы – важное агротехническое мероприятие. Качественная подготовка земли к посевному сезону позволяет повысить урожайность и уменьшить гибель сельскохозяйственных культур. Поговорим о пользе осенней обработки почвы.

⚫️Обработка почвы – это специальный способ работы с землёй. Верхний слой почвы, примерно на 20 см в глубину, переворачивается, дробится, разрыхляется и смешивается с помощью плуга. В личных и небольших фермерских хозяйствах плуги могут быть самодельными или подключаться к культиваторам, а в производственных масштабах плуги устанавливаются на сельскохозяйственную технику.

Обработка почвы имеет ряд преимуществ:

💬 почва обогащается кислородом, что способствует более быстрому и сильному росту растений;
💬 повреждаются подземные пути грызунов и насекомых;
💬 предотвращается эрозия почвы;
💬 упрощается процесс выдергивания сорняков, так как их корни выходят на поверхность;
💬 уменьшается уровень засоленности почвы.

🗣Осенняя обработка почвы выводит на поверхность корни сорняков, подземных бактерий и вредителей. Они погибают на холоде, но в период дождей, с целью предотвращения засушивания почвы, рекомендуется не обрабатывать землю.

#tavsiya 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

08 Oct, 08:42


📣 "ZO'R" TV telekanalining "Bu kun" dasturida, paxta terish mavsumida texnikalar yordamida oq oltinlar qay tarzda terilayotgani haqidagi lavha Qashqadaryo misolida namoyish etildi.

🚜 Unda "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati tomonidan lizing asosida yetkazilgan "Boshiran" rusumli paxta terish mashinasining paxtakorlar og'irini yengil qilganligi haqida so'z borgan.

#uzagrolizing_xabari 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

08 Oct, 08:19


🚜 "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyatining Sirdaryo viloyat filialida korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini oldini olishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda viloyat filial rahbari va xodimlari hamda "O'zagrolizing" aksiyadorlik jamiyati ijroiya apparati "Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'lim" bosh mutaxassisi M.Abdullayev ishtirok etdi.

❗️Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi Qonuni qabul qilinganligi, mazkur Qonunda "manfaatlar to‘qnashuvi" tushunchasiga aniq ta’rif berilganligi, manfaatlar to‘qnashuvi kimlar o‘rtasida va qachon vujudga kelishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘rsatib o‘tilganligi, davlat tashkiloti xodimlarining manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish sohasidagi huquq va majburiyatlari, cheklovlar, jumladan Qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik belgilanganligi hamda Qonunning mazmun-mohiyati yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.

📣Yig‘ilishda M.Abdullayev tomonidan manfaatlar to‘qnashuvining kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etish tamoyillariga alohida e'tibor qaratildi. Manfaatlar to‘qnashuvi holatlari chuqur tahlil qilinib, seminar ishtirokchilarining savollariga batafsil javob berildi.

#uzagrolizing_xabari 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube

O‘zAgroLizing | Rasmiy kanal

04 Oct, 08:39


Hurmatli hamkasblar, aziz vatandoshlar, ishbilarmon hamkorlar

Sizlarni “O'zagrolizing” AJ hamda uning hududiy filiallari faoliyatida korrupsiyaviy holatlarning oldini olishda hamkorlikka chorlaymiz.

Shaxsan Sizga yohud boshqa bir shaxsga nisbatan Jamiyat xodimlari tomonidan korrupsiyaviy alomatlarga ega xatti-harakatlarni sodir etilganligi yohud manfaatlar toʻqnashuvi holatlariga guvoh boʻldingizmi?

Jamiyat xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari toʻgʻrisida ishonchli ma’lumotlarga egamisiz?
Unda zudlik bilan “O'zagrolizing” AJning Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'limiga murojaat qiling.

☎️Kompleans-nazorat xizmatining murojaat uchun ishonch telefoni:
(71) 207-30-56

🌏 Korrupsiyani oldini olish bo'yicha murojaatlar 👉
https://uzal.uz/korrupsiyaga-qarshi-kurashish/
📧Elektron pochta manzili: [email protected]
💬Telegram bot: @uzal_bot
📞Ishonch telefoni: (+99871) 207-30-39
📱Facebook sahifa: https://www.facebook.com/uzal.uz

“O'zagrolizing” AJning yuqorida keltirilgan aloqa kanallaridan faqatgina korrupsiyaviy holatlar yoki manfaatlar toʻqnashuviga oid faktlar haqida xabar berish uchun foydalanish tavsiya qilinadi.

Murojaat qiluvchi shaxs toʻgʻrisidagi ma’lumotlar sir saqlanishi kafolatlanadi.
📝📝📝

Уважаемые коллеги, дорогие сограждане, а также деловые партнеры (поставщики и покупатели, инвесторы)!

Призываем вас к сотрудничеству в противодействии коррупции, а также предотвращению случаев «конфликта интересов» в структуре "Узагролизинг".

Если вы стали свидетелем либо очевидцем коррупционных действий в отношении других лиц или лично к вам, а также фактов «конфликта интересов» в системе общества (при приеме на работу, переводах внутри системы, повышения в должности, ротации кадров, а также в закупочных процедурах) со стороны отдельных и недобросовестных работников общества, просим незамедлительно сообщить об этом в Службу комплаенс-контроля "Узагролизинг".

☎️Контакты Службы комплаенс-контроля: (71) 207-30-56

🌏 Обращения по вопросам предотвращения коррупции 👉https://uzal.uz/korrupsiyaga-qarshi-kurashish/

😄 https://t.me/uzal_uz

📹 instagram.com/uzal.uz

📱 facebook.com/uzal.uz

📨 [email protected]

Настоятельно рекомендуется использовать вышеуказанные каналы связи "Узагролизинг" исключительно в целях сообщения о коррупционных фактах, а также предотвращения конфликтов интересов.

Анонимность личности заявителя гарантируется!

#uzagrolizing_xabari 🌎 www.uzal.uz
🕊Telegram | 📹Instagram | 📱Facebook | 📺YouTube