“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti @mahallavaoila_instituti Channel on Telegram

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

@mahallavaoila_instituti


“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti
https://t.me/mahallavaoila_instituti
facebook.com/oilavaxotinqizlarinstituti
www.instagram.com/oilavaxotinqizlarinstituti/

Promotional Article for “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti Telegram Channel (Uzbek)

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti Telegram kanali xush kelibsiz! Ushbu kanal o'z nomini o'z ichiga olgan va oila mamlakati va jinsiy barqarorlikning ilmiy-tadqiqotlari bilan shug'ullanadi. Kanalda oila psixologiyasi, jinsiy barqarorlik, va oilaviy munosabatlar bo'yicha qiziqarli va foydali maqolalar, videolar va tadqiqotlar tarqatiladi

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti Telegram kanalida oliy malakali mutaxassislar va ilmiy tadqiqotchilar tomonidan tuziladi, shuningdek, oila va jinsiy barqarorlik mavzusidagi so'nggi yangiliklar va ilmiy izohlar mavjud. Agar siz oilaviy munosabatlar, oila psixologiyasi yoki jinsiy barqarorlik mavzulariga qiziqib ketgan bo'lsangiz, ushbu Telegram kanali siz uchun yaratilgan!
Kanal orqali oila yaratishda va yaxshi muammoni saqlashda yordam olishingiz mumkin, shuningdek, siz o'z o'zingizga yaxshi yetakchi topishingiz mumkin. "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti Telegram kanaliga a'zo bo'lib, oilaviy muammolaringizni muhalif jinsiyatning ilmiy-nazariy yordamida bartaraf eting!
Sizga qulayliklar va foydali ma'lumotlar taqdim etish uchun, "Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti Telegram kanaliga azaldingiz uchun katta rahmat!

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

14 Jan, 04:59


Jonajon Vatanimizning mard va jasur himoyachilari!
Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari nomidan chin dildan tabriklaymiz. Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, olijanob va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz. Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlashda kuch-quvvat tilaymiz! Zero, Vatan himoyasi muqaddas burchdir.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

14 Jan, 04:31


O‘zbekiston 24 radiokanalida “ Mas’uliyatli ota-onalik” loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan radiomuloqot

🤝 Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

10 Jan, 11:27


🧷“Ўзбекистон – 2030” стратегиясини “Атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” йилида амалга ошириш бўйича давлат дастури ва уни тасдиқлаш тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳалари ишлаб чиқилиб, кенг жамоатчилик муҳокамаси учун эълон қилинди.

🔴Давлат дастури лойиҳасида 5 та устувор йўналиш бўйича 2025-йил учун амалий чора-тадбирлар, норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхати ва мақсадли кўрсаткичлар назарда тутилмоқда.

🔴Лойиҳада атроф-муҳитни асраш ва “яшил иқтисодиёт” масалалари, шунингдек ижтимоий-иқтисодий, давлат бошқаруви, суд-ҳуқуқ, хавфсизлик ва ташқи сиёсат йўналишларида 2025-йилга мўлжалланган кенг кўламли ислоҳотлар назарда тутилган.

🟠Лойиҳа 2025-йил 22-январга қадар кенг жамоатчилик ва экспертлик муҳокамаларидан ўтказилади.

❗️“Тараққиёт стратегияси” маркази барча юртдошларимиздан 2025-йилги Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этиб, ўз таклифларини Марказнинг махсус uzbekistan2030.uz онлайн портали орқали билдиришларини сўрайди.


Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

08 Jan, 06:23


#Sarhisob2024

Institut huzuridagi PhD.21/30.10.2020.Ped/S.127.01 raqamli Ilmiy kengashda 16 ta falsafa doktori va 1 ta fan doktori himoyalari bo‘lib o‘tdi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

08 Jan, 05:44


#Sarhisob2024

Institutda 55 nafar tayanch doktorant, 5 nafar doktorant va 24 nafar mustaqil izlanuvchi faoliyat olib bordi. 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 17 nafar tayanch doktorant va 4 nafar doktorant qabul qilindi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

08 Jan, 05:42


#Sarhisob2024

Turkiyaning Necmettin Erbakan universiteti O‘zbek xotin-qizlarining huquqlarini himoya qilish jamiyati “Gul Production” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

08 Jan, 05:35


#Sarhisob2024

Institut tomonidan yaratilgan 3 ta dasturiy mahsulot va 15 ta uslubiy qo‘llanma va risolaga mualliflik guvohnomalari olingan.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

07 Jan, 13:02


#Sarhisob2024

Tasdiqlangan reja grafik asosida joriy yilning may – dekabr oylarida respublikaning 14 ta hududining 66 ta tuman (shahar)laridagi 3 339 ta mahalladan 2 787 nafar mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

07 Jan, 12:48


#Sarhisob2024

Institut xodimlari tomonidan 36 ta OAK jurnallari, 8 ta “Scopus”, “ScienceDirect”, “Web of Science” va boshqa xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazasida indekslanuvchi jurnal va konferensiyalarda, 29 ta xalqaro va 54 ta respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda maqolalar nashr qilingan.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

07 Jan, 05:05


#Sarhisob2024

Toshkent, Samarqand, Xorazm, Farg‘ona, Surxondaryo, Namangan va Andijon viloyatlariga “Kitoblar karvoni” loyihasi amalga oshirildi. Loyiha orqali mahalla xotin-qizlar faollariga oila institutini mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir 16 nomdagi jami 63 480 nusxada uslubiy materiallar yetkazildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

06 Jan, 04:58


#Sarhisob2024

Oila, xotin-qizlar va gender tenglik masalalariga oid 5 ta xalqaro indeks va reytinglarda O‘zbekistonning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

06 Jan, 04:36


#Sarhisob2024

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tizimi xodimlari faoliyatini uslubiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 13 nomdagi 130 000 nusxada uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar tizim xodimlariga yetkazib berildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

06 Jan, 04:33


#Sarhisob2024

Institut tomonidan 28 ta o‘quv-uslubiy, ilmiy-metodik va amaliy qo‘llanma, 8 ta monografiya, 5 ta risola, 2 ta ilmiy-ommabop to‘plam, 5 ta forum va konferensiya materiallari to‘plami, 17 ta buklet va flayer tayyorlandi. Shundan 14 ta o‘quv-uslubiy va ilmiy-metodik qo‘llanmalar, 14 ta buklet umumiy sonda 231 300 nusxada nashr qilindi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

06 Jan, 04:25


#Sarhisob2024

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Davlat va jamiyat boshqaruvida xotin-qizlar rolini yanada oshirishga qaratilgan “Ayollar ensiklopediyasi”ni yaratildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

04 Jan, 07:04


​​#Sarhisob2024

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Xonadon gigiyenasini baholash” elektron platformasi (https://oila.etruck.uz) va “Maishiy gigiyena yulduzlari” telegram-bot (@honadonstarbot) yaratildi. Platformaga “Xonadon gigiyenasini besh yulduzli mezon asosida baholash” elektron hududiy xaritasi, 9 ta videodarsdan iborat bo‘lgan onlayn o‘quv kursi, sifatli ichimlik suvi, xavfsiz kanalizasiya tizimi bilan ta’minlanganlik darajasi bo‘yicha ma’lumotlar, maqolalar, fotogaleriyalar joylashtirildi.

Tajriba tariqasida Chimboy tumanidagi “Obod makon” va “Berdaq”, Marg‘ilon shahridagi “Yangi-bog‘” va “Gʻuravval”, Mirobod tumanidagi “Qorasuv”, Shayxontohur tumanidagi “Kamolon darvoza” mahallalarida yoshi katta aholi orasida sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida 120 nafar ko‘ngillidan iborat jamoani shakllantirilib, ularga seminar-teringlar o‘tkazildi hamda ular faoliyatining davomiyligini ta’minlash choralari ko‘rildi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Mas’uliyatli ota-onalik mezonlari ishlab chiqildi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlariga taеbiq etildi.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan O‘zbekistonda ilk marotaba milliy faol keksayish indeksi ishlab chiqildi hamda mamlakatimizda aholining faol va sog‘lom keksayishi uchun ularning foydalanilmayotgan salohiyati baholandi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

03 Jan, 13:26


Президент Шавкат Мирзиёевга “2025 йил учун Ўзбекистон Республикасининг давлат бюджети тўғрисида”ги қонун ижросини таъминлаш чора-тадбирлари тўғрисида ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву представлена информация о мерах по обеспечению исполнения Закона «О Государственном бюджете Республики Узбекистан на 2025 год».

#Mirziyoyev #taqdimot #moliya #byudjet

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

03 Jan, 10:26


Президент Шавкат Мирзиёевга банклар иштирокида маҳаллаларда аҳоли бандлигини таъминлаш ва даромадини ошириш чора-тадбирлари бўйича ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о мерах по обеспечению занятости населения и повышению доходов в махаллях с участием банков.

#Mirziyoyev #taqdimot #banklar #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

25 Dec, 12:43


🔴 AYOLLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARIGA OID QONUNCHILIK AMALDA

Ushbu qo‘llanmada xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladigan ko‘plab foydali ma’lumotlar jamlangan. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollarga taqdim etiladigan imtiyozlar, OTMga kirish uchun xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar, ayollar tadbirkorligini yolga qo‘yish uchun ajratiladigan kreditlar hamda shu kabi qator masalalar bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

25 Dec, 12:39


#Tadbir
🗣 KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DOLZARB MASALA

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 829-sonli qarori qabul qilindi. Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutida mazkur qarorning mohiyati va ahamiyatini keng targ‘ib qilish hamda tushuntirish maqsadida targ‘ibot materiallaridan foydalangan holda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda ushbu qarorda belgilangan asosiy normalar mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi. Xususan, qarorga ko‘ra, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, ichki audit tizimini kuchaytirish lozimligi haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.
Tadbir davomida Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi hamda Koreya Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi, BMT Seul siyosat makazi va Yevropa ittifoqi hamkorligida 2024-yil 9-dekabr sanasida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari haqida ma’lumotlar berildi. Tadbirda korrupsiyaga duch kelgan inson qayerga va kimga murojaat qilish kerakligi hamda https://eanticor.uz/uz/ platformasi haqida ham fikrlar almashildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Dec, 04:33


Studiya 24 | Bobur Xonto`rayev - Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo`lim boshlig`i bilan suhbat
#22dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

22 Dec, 08:43


🟢 Andijon viloyatida xotin-qizlar faollari uchun o'quv seminar bo'lib o'tdi.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

22 Dec, 08:15


#Yil_sarhisobi
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2024-yilda 65 ta uslubiy materiallar tayyorlandi. Jumladan, 8 ta monografiya, 28 ta ilmiy, uslubiy va metodik qoʻllanmalar, 5 ta risola, 17 ta buklet va flayerlar, 2 ta ilmiy-ommabop toʻplam, 5 ta forum va konferensiya materiallari toʻplami nashrga tayyorlandi. 15 nomdagi adabiyot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi huzuridagi “Intelektual mulk markazi” davlat

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

21 Dec, 15:05


​​🤝 HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Avval xabar berganimizdek, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Nodira Egamberdiyeva boshchiligidagi ishchi guruh Turkiya Respublikasida bo‘lib turgan o‘zbekistonlik xotin-qizlarni qiynayotgan masalalarni yaqindan o‘rgangan edi. Tashrif davomida institut va “Özbek Kadin Haklari Derneği” o‘rtasida memorandum imzolanishiga erishildi. Unga ko‘ra, ta’lim va fan sohalarida oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlashda ko‘maklashish, dolzarb mavzular bo‘yicha ma’lumot va tajriba almashish maqsadida ilmiy-amaliy anjuman va simpoziumlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Turkiyaning “Gul Production” kompaniyasi bilan ham hamkorlik memorandumi imzolandi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

21 Dec, 14:16


🟢 Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, viloyatlar, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) bo‘limlari rahbar va mas’ul xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha onlayn o‘quv-amaliy seminari tashkil etildi.
Seminar hududlarda mahalla xotin-qizlar faollarining o‘z vazifalarini bajarishda “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlik, 2024-yilda amalga oshirgan faoliyati, erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar hamda 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi muhokamasiga bag‘ishlandi.

🌎Batafsil: https://gov.uz/oz/wcu/news/view/31030

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

20 Dec, 12:49


"KITOBLAR KARVONI" ANDIJON VILOYATIDA


📖 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Andijon viloyatida “Kitoblar karvoni” tadbiri tashkil qilindi.
Tadbirda “Oilaviy nizolarni yechishda g‘azabni boshqarish usullari”, “Kiberzo‘ravonlikdan himoyalanish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?”, “Kiberxavfsizlik bo‘yicha ota-onalarga tavsiyalar”, “Jinoyatchi ayollar psixologiyasi”, “Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qarshi birga kurashamiz”, “Sog‘lom oila – kelajak poydevor”, “Ayollar mehnat migratsiyasining huquqiy va iqtisodiy jihatlari”, “Mas’uliyatli ota-onalik”, “Oila va nikoh munosabatlari mustahkamligining dunyoviy va diniy asoslari”, “Ayollarga huquqiy maslahat”, “Mahallalarda notinch oilalar bilan ishlash mexanizmlari”, “Gender zo‘ravonlikka idoralararo chora ko‘rish bo‘yicha amaliy qo‘llanma” kabi 12 nomdagi jami 11 280 ta kitob mahalla xotin-qizlar faollari faoliyati davomida amaliy foydalanshlari uchun taqdim etildi.

🤝 Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

20 Dec, 07:31


Malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Alimov “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi. Mashg‘ulotda tinglovchilar oila va xotin-qizlar tizimida hamkorlik, oila va xotin-qizlar tizimida hamkor tashkilotlar, ya’ni mahalliy hokimiyat, ichki ishlar, bandlik hamda adliya organlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, diniy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan ish olib borish masalalari xususida nazariy va amaliy bilimlar berildi.

🤝 Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

05 Dec, 06:33


🗣 Namanganda malaka oshirish kurslari davom etmoqda
Malaka oshirish kurslari davomida Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Alimov “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi.
Oila va gender ilmiy taqqiqot instituti ilmiy xodimi Mahbuba Bo‘riyeva bugungi kunda Mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyatida kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlar oiladagi nizolar bilan bog'liq muammolar yuzasidan mashg'ulotlar olib bordi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo'lim boshlig'i Husniddin Norqulov "Oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va mustahkamlash masalalari" mavzusida mashg'ulot olib bordi. Mashg'ulotlar davomida xotin-qizlar faollariga yurtimizda oila institutini amalda mustahkamlash masalalari, "Sog'lom oila - sog'lom jamiyat" g'oyasini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan davlat siyosatining olib borilishi, oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni ta'minlashning huquqiy-me'yoriy asoslari, oilaviy munosabatlarda ma'naviy-axloqiy muvozanatning o'ziga xos xususiyatlari qanday bo'lishi haqidagi mavzularda ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

🤝 Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

05 Dec, 06:18


🔴 "KITOBLAR KARVONI" NAMANGAN VILOYATIDA

#kitoblar_karvoni
#oila_va_gender

📖 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Namangan viloyatida “Kitoblar karvoni” tadbiri uyushtirildi.
Tadbirda “Oilaviy nizolarni yechishda g‘azabni boshqarish usullari”, “Kiberzo‘ravonlikdan himoyalanish uchun nimalarga ahamiyat berish lozim?”, “Kiberxavfsizlik bo‘yicha ota-onalarga tavsiyalar”, “Jinoyatchi ayollar psixologiyasi”, “Erta va yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga qarshi birga kurashamiz”, “Sog‘lom oila – kelajak poydevor”, “Ayollar mehnat migratsiyasining huquqiy va iqtisodiy jihatlari”, “Mas’uliyatli ota-onalik”, “Oila va nikoh munosabatlari mustahkamligining dunyoviy va diniy asoslari”, “Ayollarga huquqiy maslahat”, “Mahallalarda notinch oilalar bilan ishlash mexanizmlari” kabi 11 nomdagi jami 9 mingta kitob xotin-qizlar faollari faoliyati davomida amaliy foydalanshi uchun taqdim etildi.

🤝 Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

04 Dec, 09:30


#sayyor_qabul
#oilavagender

🗣 Avval xabar berganimizdek, Turkiya Respublikasida bo’lib turgan o’zbekistonlik xotin-qizlar uchun o’tkazilgan sayyor qabul davomida og’ir ijtimoiy vaziyatda qolgan 20 nafarga yaqin vatandoshimizning muammolari Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori, pedagogika fanlari doktori, professor Nodira Egamberdiyeva boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan atroflicha o‘rganilib, maxsus so’rovnoma va intervyular o’tkazildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklarga yechimi topish hamda ko‘maklashish maqsadida kerakli tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatildi.

🤝 Biz bilan birga bo’ling va bizni kuzatishda davom eting!

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

04 Dec, 06:38


❗️️ Ўзбекистонлик аёл дунёнинг "100 нафар аёли" рўйхатига кирди

BBC 2024 йил учун дунёнинг 100 нафар илҳомлантирувчи ва таъсирли аёллар рўйхатини эълон қилди. Рўйхатда тинчлик бўйича Нобел мукофоти совриндори Надя Мурад, актриса Шэрон Стоунлар қаторида ўзбекистонлик тадбиркор Дилором Йўлдошева ҳам ўрин олди.

Икки йил аввал Дилором Йўлдошева бахтсиз ҳодиса оқибатида иккала оёғини йўқотган. Фалокатга қарамай, у умидсизликка тушмади ва ўзининг тикувчилик бизнесини очди. У ишчилар ва мактаб ўқувчилари учун кийим тикиш бўйича шартномалар тузиб, ўзи ва ўнлаб бошқа аёлларни даромад билан таъминлаган.

BBC'нинг "100 нафар аёл" лойиҳаси шуни кўрсатмоқдаки, дунёнинг турли бурчакларидаги аёллар дуч келаётган барча қийинчиликларга қарамасдан, уларнинг кўпчилиги ўз зиммасига етакчилик вазифасини олиб, жамиятдаги ўзгаришлар учун курашишни давом эттирмоқда.

Аввалроқ Адлия вазирлиги томонидан аёл тақдири ҳақида фильм суратга олинганди.

Telegram | Instagram | You Tube | Facebook | X

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

04 Dec, 05:37


🗣 NAMANGANDA MALAKA OSHIRISH KURSLARI DAVOM ETMOQDA

💬Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyatida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari boshlandi. Unda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari tomonidan turli mavzularda mashg’ulotlar o’tkazilmoqda.

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Xamid Abduramanov O‘zbekistonda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini taminlashga oid davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zarararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati, zararli odatlarga qarshi kurash kabi mavzularda ma’ruza qildi.

Institut bo‘lim boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bobur Xonturayev mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilar uchun “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusi bo‘yicha mashg’ulotlar o’tkazdi.

Institut ilmiy xodimi – Jahongir Rustamov “Oilalarda ma'naviy-axloqiy muhitni sog'lomlashtirish va mustahkamlash masalalari" mavzusida mashg'ulot olib bordi.

Malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

🤝 Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Nov, 09:55


Studiya 24 tok shou | Gender zo`ravonlikka qarshi kurashish tadbirlari va ustuvor vazifalar
#22nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Nov, 09:55


Studiya 24 tok shou | Gender zo`ravonlikka qarshi kurashish tadbirlari va ustuvor vazifalar
#22nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Nov, 09:55


Oila va gender ilmiy- tadqiqot instituti xodimlari “O‘zbekiston 24” telekanalining “ Studiya24”ko‘rsatuvida ishtirok etishdi:

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Nov, 09:53


🗣 Toshkentda "O‘zbekistonda demografik dividenddan foydalanish: inson kapitalini rivojlantirish orqali ayollar va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish" mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi. UNFPA, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda mahalliy va xalqaro tashkilotlar mutaxassislari va ekspertlar O‘zbekistonning demografik ustunligidan foydalanish strategiyalarini o‘rganish uchun yig’ildilar.
UNFPAning O‘zbekistondagi doimiy vakili Nigina Abaszada ushbu demografik imkoniyatning O‘zbekiston uchun barqaror taraqqiyot yo‘lida muhim palla ekanligini ta’kidladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayxo Mahkamova esa ayollar va yoshlarning salohiyatini rivojlantirish jamiyat taraqqiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri ekanligini qayd etdi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Nov, 09:51


#OAV_biz_xaqimizda

Axborot 24 | BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda demografik dividenddan foydalanish» mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi
#22nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Nov, 09:50


#OAV_biz_haqimizda

https://uza.uz/uz/posts/ozbekistonda-demografik-dividenddan-foydalanish-imkoniyatlari-muhokama-qilinmoqda_659938

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Nov, 09:50


#OAV_biz_xaqimizda

https://uzdaily.uz/ru/obsuzhdeny-voprosy-po-ispolzovaniiu-demograficheskogo-dividenda-cherez-rasshirenie-prav-i-vozmozhnostei-zhenshchin-i-molodezhi/

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

23 Nov, 09:50


#OAV_biz_xaqimizda

Ахборот 24 | Международная конференция «Использование демографического дивиденда в Узбекистане»
#22nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

22 Nov, 09:40


🔴 Surxondaryoda malaka oshirish kurslari bo’lib o’tdi

Malaka oshirish kurslari davomida Oila va gender
ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sardor Alimov “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi.
Oila va gender ilmiy taqqiqot instituti ilmiy xodimi Mahbuba Bo‘riyeva esa bugungi kunda Mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyatida kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlar oiladagi nizolar bilan bog'liq muammolar yuzasidan mashg'ulotlar olib bordi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori Bobur Xonturayev Mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilarning “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusida maruza qildi. Mashg‘ulotlarda mahalla xotin-qizlar faolining kasbiy faoliyatiga bugungi kunda qo‘yiladigan zamonaviy talablar va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish omillari hamda ularning kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berib o‘tildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

17 Nov, 17:04


🗣 Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Surxandaryo viloyatida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etildi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

17 Nov, 17:02


🗣 Surxondaryoda malaka oshirish kurslari boshlandi.
🔴 Xabaringiz bor, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan oila va xotin-qizlar qo‘mitasi xodimlari, mahalladagi xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etilmoqda.
Navbatdagi malaka oshirish kurslari Surxondaryo viloyatining Denov tumanida boshlandi. Unda 250 nafar mahalla xotin-qizlar faollari ishtirok etmoqda.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

15 Nov, 05:59


🗣 Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotlari

🔴 Otalarning oilaviy hayotdagi o‘rni va farzand tarbiyasidagi ishtiroki qanday?
Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan otalarning oilaviy hayotdagi o‘rni va farzand tarbiyasidagi ishtiroki mavzusida sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqot respublikamizning 9 ta hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan 1024 nafar turmush qurgan, farzandli erkaklar va ayollar o‘rtasida olib borildi.
💬 Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlarning 511 nafarini ayollar (49,9 %), 513 nafarini erkaklar (50,1%) tashkil etdi. Tadqiqot ishtirokchilarining qariyb yarmi bugungi kunda otalarning asosiy vazifasi oilani boqish (49,2%) va oilani boshqarish (49,3%) deb hisoblaydi, to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i (27,5%) oiladagi tartibni belgilash va oilani himoya qilish (26,5%) ekanligini taʼkidlashgan, shuningdek, qariyb beshdan bir qismi (18,3%) otalarni farzand tarbiyasidagi asosiy inson deb bilishadi. Otalarning asosiy qismi (75,6%) bo‘sh vaqtini oilasi bilan o‘tkazishni afzal ko‘rishadi. Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etgan onalar asosan farzandlari (onalar – 55,6%, otalar – 27,3%), otalar esa do‘stlari (otalar – 36,3%, onalar – 4,7%) bilan bo‘sh vaqtini o‘tkazgan.
Oilada otalarning farzand tarbiyasida ishtirok etish darajasi 4 ballik Laykert shkalasi bo‘yicha 2,12 ballga baholanib, “o‘rtacha” darajani tashkil etdi. Xususan mazkur indikatorda otalar farzandining muammolarini hal qilishda va zarur yordam ko‘rsatishda faol ishtirok etish darajasi “yuqori” (3,03 ball), farzandlari bilan ularning sevimli mashg‘ulotlari va qiziqishlari bilan shug‘ullanish darajasi “o‘rtacha” (1,86 ball), farzandlari bilan ularning his-tuyg‘ulari va boshidan kechirganlari haqida gaplashib turish (1,68 ball) hamda farzandining uy vazifalarini o‘rganishdagi ishtiroki (1,87 ball) “past” darajani qayd etdi;
Otalarning farzandlari bilan birgalikda vaqt o‘tkazishi “o‘rtacha” (1,93 ball) darajani tashkil etdi. Mazkur indikatorda otalarning muntazam ravishda oilaviy tadbirlarni va dam olish kunlarini birgalikda rejalashtirishda ishtiroki (2,25 ball), farzandlari bilan muloqot qilish uchun vaqt topish (2,13 ball), farzandining sevimli mashg‘ulotlari va qiziqishlari bilan faol shug‘ullanish darajasi (1,8 ball) “o‘rtacha”, otalarning farzandlariga kitob yoki ertak o‘qishga ajratgan vaqti “past” (1,55 ball) darajada baholangan.

Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

14 Nov, 11:48


🗣 Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotlari

🔴 O‘zbekistonning faol keksayish indeksi
2050-yilga borib, yer yuzida 65 va undan katta yoshdagi keksalar soni ikki barobarga oshib, 1,5 milliardga yetishi prognoz qilinmoqda. 2050-yilda dunyoda har olti kishidan biri 65 va undan katta yoshdagilar toifasida bo‘ladi. 2012-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan barcha mamlakatlarda aholining faol va sog‘lom keksayishi uchun ularning foydalanilmagan salohiyatini baholash maqsadida faol keksayish indeksi joriy qilindi. Bu indeks keksa avlod vakillarining mustaqil hayot kechirishi, haq to‘lanadigan mehnat va ijtimoiy faoliyatda ishtirok etish darajasi hamda ularning faol keksayish imkoniyatini o‘lchaydi. O‘zbekistonda faol keksayish indeksi bo‘yicha tadqiqot BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning ekspert va moliyaviy ko‘magida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti hamda Moldova iqtisodiy tadqiqotlar milliy instituti mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston faol keksayish indeksi reytingida 34,9 ball bilan Yevropa Ittifoqining 28 davlatlari bilan taqqoslanganda 17-o‘rinni egallab turibdi. Tadqiqotda O‘zbekistonlik keksalarning ijtimoiy faollik bo‘yicha (44,9 bal) yuqori ko‘rsatkichga egaligi qayd etilgan bo‘lsa, faol keksayish imkoniyatlari uchun nisbatan qulay muhit (56,5 bal) mavjudligi ko‘rsatildi. O‘zbekiston 2023-yildagi faol keksayish indeksi 34,9 ball bilan Qozog‘istondan (38,4) pastroq, ammo Ozarbayjon (32,6) va Rossiya (29,6) davlatlaridan yuqoriroq ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu esa O‘zbekistonning mazkur davlatlar orasida faol keksayish imkoniyatlari bo‘yicha o‘rta darajadagi ko‘rsatkichlarga ega ekanidan dalolat beradi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

14 Nov, 09:53


#Diqqat_tanlov

⚡️ Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln so'mlik tanlov❗️

🇺🇿 "Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni" o'tkaziladi

📝 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida Huquq bilimdonlari - Umummilliy Konstitusiya imtihoni o'tkaziladi.

📌 Tanlov shartlari bilan batafsil bu yerda tanishing.

❗️Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

🔰 G'oliblar quyidagi miqdorda rag'batlantiriladi:
3️⃣-o'rin 8 mln so'm;
2️⃣-o'rin 12 mln so'm;
1️⃣-o'rin 20 mln so'm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan o'tkazing va g'olib bo'ling!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

14 Nov, 07:48


🔴 #Хаlqaro_konferensiya
🗣 Joriy yilning 22-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, BMT Aholishunoslik jamg‘armasining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda demografik dividenddan foydalanish: inson kapitalini rivojlantirish orqali ayollar va yoshlar salohiyatini ro‘yobga chiqarish” mavzusidagi xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.
🌐 Mahalliy va xorijiy soha mutaxassislarini bir davrada jamlaydigan tadbirda “Kelajak ishchi kuchini shakllantirish: tendensiyalar, talab va taklif, mehnat bozori uchun innovatsion ko‘nikmalarni rivojlantirish”, “Gender dividend sifatida ayollar va qizlarga sarmoya kiritish”, “Keksayishga ijtimoiy yondashuv: kelajakka nazar” kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratiladi. Shuningdek, yoshlar va xotin-qizlarning mehnat bozoridagi imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalasi ham muhokamalar markazidagi asosiy mavzulardan bo‘ladi.
Mazkur muloqotlar orqali vazirlik va idoralar hamda ekspertlar uchun demografik tendensiyalarni prognoz qilish va samarali integratsiya qilish uchun demografik barqarorlik bo‘yicha munozaralarda qatnashish uchun platforma yaratiladi.
O‘zbekistonda gender dividendlari aniqlanadi, demografik dividendlardan foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan konferensiya yakunlari bo‘yicha hujjat ishlab chiqiladi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

05 Nov, 14:03


"Oila va gender" ilmiy-taqdiqot institutida 09.00.04-"Ijtimoiy falsafa", 13.00.09-"Ijtimoiy pedagogika", 19.00.05-"Ijtimoiy psixologiya”, Etnopsixologiya", 19.00.06-"Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi", 22.00.02-"Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi" ixtisosliklari bo'yicha tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar mutaxassislik fanlaridan malakaviy imtihon topshirdilar.

Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

03 Nov, 11:57


#OAV_biz_xaqimizda

Yangi davr
#31oct #yoshlar

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

03 Nov, 10:41


#OAV_biz_xaqimizda

«Poytaxt» informatsion dasturi
#1nov #toshkent

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

31 Oct, 14:07


Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi tashkil etilganining 20 yilligi munosabati bilan markazda “Yangi O‘zbekiston sharoitida bolalar va oilalarning ijtimoiy farovonligi: vaqt nuqtayi nazari bilan” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti ko‘magida o‘tkazildi. Keng qamrovli tadbir bolalar va oilalarni ijtimoiy himoyalash sohasida ishlovchi mahalliy va xorijiy olimlar hamda amaliyotchilarni birlashtirdi. Anjumanda Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori Nodira Egamberdiyeva ishtirok etib, nutq so‘zladi. Nodira Egamberdiyeva o‘z so‘zida markazning mashaqqatli faoliyatini eʼtirof etgan holda, alohida eʼtiborga muhtoj bolalarga nisbatan jamoatchilik nuqtayi nazarini o‘zgartirishga intilishda ham ishni, avvalo, oiladan boshlash darkorligini taʼkidladi. Erta turmush, erta tug‘ruq va qarindosh- urug‘lar o‘rtasidagi nikoh kabi qator illatlar bugun oilalarda nogironligi bor farzandlarni dunyoga kelishiga sabab bo‘lmoqda. Institut tomonidan bu yo‘nalishda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar haqida maʼlumot berildi.

Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

31 Oct, 07:04


#OAV_biz_xaqimizda

Оталарнинг фарзандлари билан биргаликда вақт ўтказиши “ўртача” даражани ташкил этди

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

31 Oct, 06:25


​​#Oila_va_gender_ilmiy_tadqiqot_institutida_himoyalar
Oila va gender ilmiy tadqiqot instituti ilmiy kengashida “Ijtimoiy tuzilish, ijtimoiy institutlar va turmush tarzi” ixtisosligi bo‘yicha Umida Yo‘ldoshevaning “Mahallalarda ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish dinamikasi va istiqbollari” mavzusidagi sosiologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi. O‘zbekiston mahallalarida ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollarini sotsiologik tadqiq etishning dolzarbligi mahalla institutsional tuzilmasini takomillashtirishga davlat e’tiborining kuchayishi, ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etishning amalga oshirilayotgan mexanizmlari, jumladan, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, mahalla an’anaviy ijtimoiy birlik sifatida mavjud ijtimoiy tarmoqlar, o‘zaro yordamning an’anaviy shakllari va inson kapitali tufayli ijtimoiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyatga ega ekanligi kabi kompleks omillar bilan belgilanadi. Bu omillar joylarda mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etishning samarali mexanizmi sifatida ijtimoiy tadbirkorlik sohasidagi tashabbuslar uchun qulay shart-sharoit yaratish, aholi turmush sifatini oshirish va ijtimoiy taraqqiyot uchun barqaror muhit yaratishga xizmat qiladi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

31 Oct, 06:11


#OAV_biz_xaqimizda

Кексалар учун фойдали лойиҳа

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

30 Oct, 14:34


KEKSALAR UCHUN FOYDALI LOYIHA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirish, keksa avlodning muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini o‘rganish, tizimli tahlil qilish va muammolarni hal etish masalalari doirasida amaliy va fundamental loyihalarni amaliyotga tatbiq etish vazifasi belgilangan. Mazkur topshiriqni amalga oshirish maqsadida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan “Keksalarda jismoniy madaniyatni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanishning asosiy tamoyillari orqali oilada sog‘lom muhit yaratish” mavzusidagi loyihaga start berildi. Loyihaning maqsadi yoshi katta aholi orasida ko‘ngillilar (volontyorlik) harakatini yo‘lga qo‘yish orqali sog‘lom turmush tarzini rivojlantirishdan iborat. Bu orqali hududlarda jami 120 nafar ko‘ngillidan iborat jamoani tashkil etish hamda ularning faoliyati davomiyligini ta’minlash nazarda tutilgan. Loyihani amalga oshirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumani, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahri, Toshkent shahrining Mirobod va Shayxontohur tumanlaridagi 6 ta mahalla tanlab olindi. Loyiha doirasida dastlab ko‘ngillilarni o‘qitish, kerakli malakalarni shakllantirishga qaratilgan 2 kunlik treninglar rejalashtirilgan.
Loyihaning dastlabki manzili sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanidagi “Obod makon” va “Berdax” mahallalari tanlab olinib, mashg‘ulotlarni 29–30-oktabr kunlari o‘tkazish maqsad qilindi. Unga salomatligini yaxshilashga, jismoniy madaniyatini oshirishga qiziqishi bor, liderlik qobiliyatiga ega, notiqlik mahorati shakllangan 60 yoshdan 75 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va 55 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ayollar jalb etildi. Loyiha a’zolari o‘qitilgan ko‘ngillilarni 40 kun davomida to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga rioya qilishlari, jismoniy mashqlarni o‘z vaqtida bajarishlari hamda shu kabi bir qancha mezonlarni e’tiborga olgan holda kuzatib borishlari reja qilib olingan.
Hozirda loyiha ko‘tarinki ruhda davom etmoqda.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

30 Oct, 07:06


​​“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotlari

Zamonaviy otalarning ijtimoiy-psixologik portreti

"Oila va gender" ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan zamonaviy otalarning ijtimoiy-psixologik portretini yaratish maqsadida 156 nafar otalardan ijtimoiy-psixologik so‘rovnoma o‘tkazildi. Psixodiagnostik metodikalarning natijalar aprobatsiyasi orqali quyidagi xulosalarga kelindi. Unga ko‘ra, shahar hududida uy ro‘zg‘or tashvishlarining ko‘pligi hisobidan otalar asosiy eʼtiborni moliyaviy savodxonlik darajasiga qaratishgan (moliyaviy savodxonlik – 28%, mustaqillik – 22%, masʼuliyatlilik – 18%, xatti-harakati uchun javobgarlik – 18%, o‘ziga ishonch – 14%). Tadqiqotda masʼuliyatlilik hamda xatti-harakati uchun javobgarlik kabi sifatlar qishloq hududida yashovchi otalarning qadriyatlar tizimida ustuvorlik kasb etishi aniqlandi (xatti-harakat uchun javobgarlik – 22%, masʼuliyatlilik – 20%, o‘ziga ishonch – 18%, moliyaviy savodxonlik – 18%). G‘amxo‘rlik, moliyaviy mustaqillik hamda oilasiga eʼtiborlilik faoliyat turidan qatʼiy nazar otalarda ustuvor sifat tariqasida qadrlanadi. Zamonaviy otalarda bolaga o‘z fikrini aytishga imkon berish, bolani qiyinchiliklardan asrash, bola faolligini rag‘batlantirish orqali do‘st pozitsiyasini tanlash yuqori ko‘rinishda ekani maʼlum bo‘ldi. Shuningdek, ularda o‘ziga ishonch yuqori bo‘lishi bilan birga har bir elementdan shubhalanishga moyillik ham balandroq ko‘rinish olishi maʼlum bo‘ldi. Davlat tashkilotlarida ishlovchi otalarda o‘ziga talabchanlik, javobgarlikni his qilish, qatʼiylik, rejalar bilan to‘lib-toshishlik, quvnoq odamlar davrasida vijdonan ishlashni maʼqul ko‘rish ko‘proq darajada namoyon bo‘ldi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

30 Oct, 07:03


​​“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotlari

Otalarning oilaviy hayotdagi o‘rni va farzand tarbiyasidagi ishtiroki qanday?
Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan otalarning oilaviy hayotdagi o‘rni va farzand tarbiyasidagi ishtiroki mavzusida sotsiologik tadqiqot o‘tkazildi. Tadqiqot respublikamizning 9 ta hududi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Farg‘ona, Xorazm, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridan 1024 nafar turmush qurgan, farzandli erkaklar va ayollar o‘rtasida olib borildi.

Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlarning 511 nafarini ayollar (49,9 %), 513 nafarini erkaklar (50,1%) tashkil etdi. Tadqiqot ishtirokchilarining qariyb yarmi bugungi kunda otalarning asosiy vazifasi oilani boqish (49,2%) va oilani boshqarish (49,3%) deb hisoblaydi, to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘i (27,5%) oiladagi tartibni belgilash va oilani himoya qilish (26,5%) ekanligini taʼkidlashgan, shuningdek, qariyb beshdan bir qismi (18,3%) otalarni farzand tarbiyasidagi asosiy inson deb bilishadi. Otalarning asosiy qismi (75,6%) bo‘sh vaqtini oilasi bilan o‘tkazishni afzal ko‘rishadi. Shuningdek, tadqiqotda ishtirok etgan onalar asosan farzandlari (onalar – 55,6%, otalar – 27,3%), otalar esa do‘stlari (otalar – 36,3%, onalar – 4,7%) bilan bo‘sh vaqtini o‘tkazgan.

Oilada otalarning farzand tarbiyasida ishtirok etish darajasi 4 ballik Laykert shkalasi bo‘yicha 2,12 ballga baholanib, “o‘rtacha” darajani tashkil etdi. Xususan mazkur indikatorda otalar farzandining muammolarini hal qilishda va zarur yordam ko‘rsatishda faol ishtirok etish darajasi “yuqori” (3,03 ball), farzandlari bilan ularning sevimli mashg‘ulotlari va qiziqishlari bilan shug‘ullanish darajasi “o‘rtacha” (1,86 ball), farzandlari bilan ularning his-tuyg‘ulari va boshidan kechirganlari haqida gaplashib turish (1,68 ball) hamda farzandining uy vazifalarini o‘rganishdagi ishtiroki (1,87 ball) “past” darajani qayd etdi;

Otalarning farzandlari bilan birgalikda vaqt o‘tkazishi “o‘rtacha” (1,93 ball) darajani tashkil etdi. Mazkur indikatorda otalarning muntazam ravishda oilaviy tadbirlarni va dam olish kunlarini birgalikda rejalashtirishda ishtiroki (2,25 ball), farzandlari bilan muloqot qilish uchun vaqt topish (2,13 ball), farzandining sevimli mashg‘ulotlari va qiziqishlari bilan faol shug‘ullanish darajasi (1,8 ball) “o‘rtacha”, otalarning farzandlariga kitob yoki ertak o‘qishga ajratgan vaqti “past” (1,55 ball) darajada baholangan.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

30 Oct, 06:59


​​“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti tadqiqotlari

O‘zbekistonning faol keksayish indeksi
2050-yilga borib, yer yuzida 65 va undan katta yoshdagi keksalar soni ikki barobarga oshib, 1,5 milliardga yetishi prognoz qilinmoqda. 2050-yilda dunyoda har olti kishidan biri 65 va undan katta yoshdagilar toifasida bo‘ladi. 2012-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan barcha mamlakatlarda aholining faol va sog‘lom keksayishi uchun ularning foydalanilmagan salohiyatini baholash maqsadida faol keksayish indeksi joriy qilindi. Bu indeks keksa avlod vakillarining mustaqil hayot kechirishi, haq to‘lanadigan mehnat va ijtimoiy faoliyatda ishtirok etish darajasi hamda ularning faol keksayish imkoniyatini o‘lchaydi. O‘zbekistonda faol keksayish indeksi bo‘yicha tadqiqot BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning ekspert va moliyaviy ko‘magida “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti hamda Moldova iqtisodiy tadqiqotlar milliy instituti mutaxassislari hamkorligida amalga oshirildi. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston faol keksayish indeksi reytingida 34,9 ball bilan Yevropa Ittifoqining 28 davlatlari bilan taqqoslanganda 17-o‘rinni egallab turibdi. Tadqiqotda O‘zbekistonlik keksalarning ijtimoiy faollik bo‘yicha (44,9 bal) yuqori ko‘rsatkichga egaligi qayd etilgan bo‘lsa, faol keksayish imkoniyatlari uchun nisbatan qulay muhit (56,5 bal) mavjudligi ko‘rsatildi. O‘zbekiston 2023-yildagi faol keksayish indeksi 34,9 ball bilan Qozog‘istondan (38,4) pastroq, ammo Ozarbayjon (32,6) va Rossiya (29,6) davlatlaridan yuqoriroq ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu esa O‘zbekistonning mazkur davlatlar orasida faol keksayish imkoniyatlari bo‘yicha o‘rta darajadagi ko‘rsatkichlarga ega ekanidan dalolat beradi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

26 Oct, 16:21


#OAV_biz_xaqimizda

https://uza.uz/posts/648359

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

22 Oct, 08:04


#OAV_biz_xaqimizda

Mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

21 Oct, 12:50


“O‘zbekistonda gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalari: joriy holat va istiqboldagi vazifalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishida ishtirok etishga taklif etadi

Tashkilotchilar: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti.

Konferensiyaning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining "Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risida"gi Konvensiyasi qabul qilinganligining 45 yilligini nishonlashga bag‘ishlangan tadbirlar dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, ayollar huquqlari va gender tengligini taʼminlashning dolzarb masalalarini muhokama qilish, bu borada ilmiy soha vakillari, amaliyotchi va ekspertlarning fikrlarini o‘rganish, ayollar huquqlari va gender tengligini taʼminlash yo‘nalishida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini joriy etish va shu bilan birga ayollar va erkaklar uchun teng imkoniyatlar yaratish, aholi o‘rtasida gender qadriyatlarini targ‘ib qilish, bu boradagi ilg‘or xorijiy tajriba almashish, ularning natijalari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.

Konferensiyani o‘tkazish shakli: onlayn va offlayn.

Konferensiyaning yo‘nalishlari:
1-shoʻba.
Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni taʼminlashning ustuvor yo‘nalishlari hamda mavjud muammolar.
2-shoʻba. Gender stereotiplar, tazyiq va zo‘ravonlikni oldini olish masalalari.
3-shoʻba. Gender tamoyillarini joriy etish istiqbollari.

Konferensiya yakunlari bo‘yicha ayollar huquqlarini taʼminlash, jamiyatda ayollarga teng huquq va imkoniyatlar yaratish bilan bog‘liq dolzarb xalqaro muammolarni tahlil qilish asosida takliflar, maʼruzalar (maʼruzalar) va tezislar qabul qilinadi.

👉 Konferensiyada qatnashish

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

21 Oct, 09:27


Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni 21-oktyabr — O‘zbek tilining davlat tili sifatida qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz!

O'zbek tilini asrash va rivojlantirish – barchamizning burchimiz. Keling, ushbu tabarruk kunni tilimizga bo'lgan hurmat va e’tibor kuniga aylantiraylik!

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

21 Oct, 07:39


​​Imkoniyati cheklangan insonlar protez moslamalarini navbatlarsiz qo‘lga kirita olish imkoniyatiga egaligini bilarmidingiz?

Imkoniyatlari cheklangan hamyurtlarimiz uchun yana-da ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida turli yangiliklar joriy qilib kelinmoqda. Ushbu qulayliklardan yana biri – protez moslamalari va reabilitatsiya vositalarini elektron shaklda olish imkoniyati.

Avvalari bu kabi moslamalarga ehtiyoj sezgan ko‘plab fuqarolar qayerga murojaat qilishni, ular kim tomonidan berilishi haqida maʼlumotga ega emas edi. Bundan buyon ularga “Inson” markazlari va mahallalardagi ijtimoiy xizmat xodimi orqali murojaat qilish mexanizmi yaratildi va yo‘lga qo‘yildi.

Yaratitilgan imkoniyatlar, shuningdek, protezlar bilan taʼminlash muddati 67 kundan 17 kunga, reabilitatsiya vositalari taʼminoti esa 52 kundan 11 kunga qisqaribdi. Bu mahsulotlarning davlat tomonidan qoplanadigan miqdori o‘rtacha uch baravargacha, ayrim vositalarning turlari esa o‘n baravargacha miqdorda oshirilibdi.

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

18 Oct, 09:49


Oila va gender ilmiy taqqiqot instituti ilmiy xodimi Bo‘riyeva Mahbuba Shavkatovna bugungi kunda Mahalla xotin-qizlar faollarining ish faoliyati davomida kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlar – oiladagi nizolar bilan bog'liq muammolar yuzasidan mashg'ulotlar olib borildi. Mashg‘ulot davomida mazkur masalalar hamda u bilan bog'liq omillar yuzasidan nizoli oilalar, oilaviy nizolar va ularning turlari, nizoli vaziyatlar, oilaviy ajrashishlarga sabab bo‘luvchi omilar hamda ajrashish yoqasidagi oilalar bilan ishlash bo'yicha nazariy bilimlar berildi. Mashg‘ulotda tinglovchilarga nizoli va ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalarning psixologik muhitini sog‘lomlashtirish mavzusida treninglar o‘tkazildi. Treningda er-xotin o‘rtasidagi nizolar, qaynona-kelin o‘rtasidagi nizolar, qaynona-kuyov o‘rtasidagi nizolar, ovsinlar o‘rtasidagi nizolar, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi nizolar bo‘yicha psixologik xizmat turlari bo‘yicha amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

18 Oct, 09:48


Malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Oila va gender ilmiy-tadqiqot institutining katta ilmiy xodimi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Alimov Sardor “Oila va xotin-qizlar muammolarini bartaraf etishda hamkorlik mexanizmlari” mavzusida ma’ruza qildi. Mashg‘ulotda tinglovchilar oila va xotin-qizlar tizimida hamkorlik, oila va xotin-qizlar tizimida hamkor tashkilotlar, ya’ni mahalliy hokimiyat, ichki ishlar, bandlik hamda adliya organlari, ta’lim va tibbiyot muassasalari, diniy tashkilotlar va boshqa hamkor tashkilotlar bilan ish olib borish masalalari xususida nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda, oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda jamoatchilik tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari, “Oqila ayollar” harakati bilan hamkorlik yo‘nalishlari, “Ayollar maslahat kengashlari”ning vazifalari va ularning imkoniyatlaridan foydalanish, “Ota-onalar universitetlari”ning faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha malakalarga ega bo‘ldilar.

Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

18 Oct, 09:26


#Bugun
#3_sektor
To‘rtko‘l tumani “Oqqamish” OFYdagi 69-sonli umumta’lim maktabida ota-onlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Prezident Administratsiyasi ishchi guruh a’zosi, pedagogika fanlari doktori, dotsent Norqulov Husniddin Do‘sbekovich "Oila-maktab-mahalla" tamoyili asosida olib borilayotgan ishlar, ya’ni bola tarbiyasida ota-onaning va maktabning hamkorligini oshirish kerakligi, ta’limni kuchaytirish orqali uni sifat jihatdan yaxshalish lozimligi va buning natijasida barkamol yoshlarni tarbiyalash mumkinligi haqida gapirdi.
Shuningdek, tarbdirda “Oqqamish” OFY raisi Satliev Xalmurad Allamuratovich ham so‘zga chiqib, maktab va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish ayni dolzarb ekanligi to‘g‘risida ham o‘z fikrlarini bildirdi. 🟢
To‘rtko‘l tumani hokimligi Axborot xizmati   
🌐
WEB SAYT | 📱IG | 📱FB |🎞YT | ✉️ TG

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

17 Oct, 10:59


​​Toshkent shahrida mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti direktori o‘rinbosari, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abduramanov Xamid Xudoybergenovich O‘zbekistonda bugungi kunda sog‘lom turmush tarzini ta’minlashga oid davlat siyosati, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, zarararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, sog‘lom ovqatlanish tamoyilllari, jismoniy faollik asoslari, shaxsiy gigiyenaning ahamiyati hamda oilaviy ajrimlarning yuzaga kelishining pedagogik-psixologik sabablari, ajrashish tashabbuskori, ajrashishlarning oldini olishga qaratilgan metodlar, ajrashish yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan individual ishlash mexanizmi, oilalarni asrab qolishning ilmiy, pedagogik va psixologik usullari hamda ajrashish yoqasidagi oilalarning farzandlari bilan ishlash tartibi, oilalardagi nizo sabablarini diagnostika qilish, er va xotinning ongida ajrashishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, oilaviy ajrashishlarni hal qilishda hamkor tashkilotlar bilan ishlash mexanizmlari kabi mavzularda maruza qildi.
Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori – Bobur Xonturayev mahalla xotin-qizlar faollari va boshqa mutasaddilar uchun “Kasbiy ko‘nikmalar va kreativlik masalalari” mavzusi bo‘yicha batafsil maruza qildi. Mashg‘ulotda mahalla xotin-qizlar faolining kasbiy faoliyatiga bugungi kunda qo‘yiladigan zamonaviy talablar va kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish omillari hamda ularning kreativlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berib o‘tildi.
Mahalla xotin-qizlar faollarining malaka oshirish kurslari davomida Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi boshlig‘i, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim Xurshida Saydivaliyeva “Ayollar jinoyatchiligi va uning profilaktikasi” mavzusida maruza qildi. Mashg‘ulot davomida O‘zbekistonda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarni reablitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga keltirish va ularga birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini amalga oshirish va jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan ayollarning oilaviy hayotga qaytishiga yordamlashish xususida psixologiya xizmatlarini yo‘lga qo‘yish kabi masalalarda nazariy va amaliy bilimlar berib borildi. Bundan tashqari, jinoyatchi ayollarni hayotga moslashtirish borasidagi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.
👉 Fotolavha

“Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti

15 Oct, 09:22


Mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari

Xabaringiz bor, Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari amalga oshirib kelinmoqda. Joriy yilning may–sentyabr oylarida 10 ta hududda jami 2 ming nafarga yaqin mahalla xotin-qizlar faollari ushbu dasturlar doirasida o‘qitildi. Ushbu malaka oshirish kurslari 36 soatga mo’ljallangan bo‘lib, ular 1 hafta davomida oila va xotin-qizlar masalasiga oid ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy-psixologik va huquqiy masalalariga oid mavzular asosida shakllantirildi.
Navbatdagi malaka oshirish kurslari joriy yilning14–21-oktyabr kunlari Toshkent shahri (Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Chilonzor va Uchtepa tumanlari)da markazlashgan holda, jami 250 nafardan ortiq mahalla xotin-qizlar faollari uchun malaka oshirish kurslari tashkil etib kelinmoqda.
Shuningdek, kurslar davomida Toshkent shahrining shahar va mahalla xotin-qizlar faollariga Oila va gender ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan nashr qilingan 7 nomdagi jami 3 500 dan ziyod o‘quv qo‘llanma, uslubiy-metodik tavsiyalar, buklet va flayerlar taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

👉 Fotolavha

Bizga obuna bo'ling:
👉 Telgram | Instagram | Facebook | WEB-сайтимиз | Ilmiy loyihalarimiz