1-Savol:❓
Universitetga topshirsam javobi qanchada chiqadi?
Javob: ✅
7,9 oylar davomida
2-Savol:❓
Yillik kontrakt to'lovi bormi va u qancha?
Javob: ✅
Xalqaro (chet ellik) talabalar uchun hech qanday kontrakt to'lovlar yo'q, tashqi grandlar uchun to'liq moliyalashtirilgan.
3-Savol:❓
Imtihonlar bormi va qanday tarzda bo'ladi?
Javob: ✅
Xalqaro (chet ellik) talabalar uchun hech qanday kirish imtihoni yo'q.
4-Savol:❓
Hujjat topshirish uchun qanday bilimlarni o'zlashtirgan bo'lish kerak?
Javob: ✅
Xalqaro (chet ellik) talabalardan hech qanday bilim va konikma, qobilyatlar talab etilmaydi.
5-Savol: ✅
Universitetga qabul qilinishim nimalarga bog'liq?
Javob: ✅
Eng birinchi sabab universiret qabul qilishdagi shartlariga muvofiq (to'g'ri) hujjat topshirishingizga bog'liq.
6-Savol:❓
O'qish nechchi yil davom etadi ?
Javob: ✅
Arab tili bilmaganlar avval 2 yil arab tili tayyorlov kursi o'rganadilar. So'ngra 4 yil Bakalavr o'qiydilar jami 6 yil.
7-Savol:❓
Nechchi yoshdan qabul qiladi ?
Javob: ✅
17 yoshdan.
8-Savol:❓
Nechchi yoshgacha qabul qiladi
Javob: ✅
Bakalavr 17/25 yosh, Magistratura 25/30 yosh, Doktorantura 30/35 yosh.
9-Savol:❓
Qanday hujjatlar talab etiladi
Javob: ✅
Bu siz tanlagan universitet va uning dasturiga bog'liq. Umumiy
barcha universitetlarga talab etiladigan asosiy hujjatlar; Pasport, oxirgi ta'lim ma'lumoti, rasm 4×6, tibbiy ma'lumotnoma
va boshqalar.
10-Savol:❓
Universitetga qabul qilinganimni qayerdan bilib olaman?
Javob: ✅
Universitetlar rasmiy saytida e'lon qilinadi yoki sizning shaxsiy elektron pochta qutingizga habar yuboriladi.
11- Savol:❓
Universitetlar qanday imtiyozlar taqdim qiladi? To'liq moliyalashtirilgan stipendiya nimalardan iborat
Javob: ✅
To‘liq moliyalashtirilgan stipendiya va universitet imtiyozlari:
1. Viza
2. Chipta (ketish-qatish)
3. Turarjoy
4. Chegirmalik 3 mahal taom
5. Oylik stipendiya 250$ atrofida
6. 2 yillik bepul arab tili kursi
7. Umra va Haj (umra istalgan vaqtda)
8. Talabaga ilk tashrif kunida (birlamchi jihozlar uchun) bir martalik nafaqa
9. Universitetning madaniy va marifiy binolaridan foydalanish
10. Har yili sayohat chiptalari (o‘z mamlakatiga)
11. Bepul tibbiy sug'urta
12-Savol:❓
Qabul qilinganimdan keyin menga yuborilgan viza biletlarni qanday olishim mumkin?
Javob: ✅
Chipta va Vizalar hamda Qabul belgisini Saudiya arabistoni davlat portalidan elektron holda qabul qilinadi
13-Savol:❓
Qabul qilinsam elchihonaga qanday murojat qilaman?
Javob: ✅
Siz yashab turgan davlatdagi yoki siz belgilagan davlat elchihonasiga Viza raqamlar va Qabul belgisi bilan murojat qilasiz. (Bu vaqtda hujjatlar legalizatsiya qilingan bo'lishi shart)
#utop1ian