Uz Air Force @uz_airforce Channel on Telegram

Uz Air Force

@uz_airforce


⚡️Eng asosiysi Aviatsiya!
⚡️Jahon Aviatsiyasi!
⚡️Turli xil texnikalar haqidagi qiziqarli postlar!

📶Postlarda mualliflik huquqi bor❗️
📶Kanalimiz norasmiy va Contentmaker✅️
📶START>27.11.2022✅️

🔰:Reklama va murojaatlar uchun rasmiy aloqa:
🔰👉: @LIDEuz

Uz Air Force (Uzbek)

Uz Air Force Telegram kanali qiziqarli va foydali ma'lumotlar bilan to'ldirilgan bir joy. Kanal aviasiya sohasi bo'yicha eng yangi yangiliklarni, jahon aviatsiyasi haqida ma'lumotlarni va turli xil texnikalar bilan bog'liq qiziqarli postlarni taqdim etadi. Bu kanalda mualliflik huquqi bor va postlarda to'g'ri manbalardan foydalanilganligiga ishonishingiz mumkin. Uz Air Force kanalining contentmakeri bilan boshlab, 27.11.2022 sanasidan faoliyat yuritib kelmakda. Agar siz reklama yoki murojaatlar uchun rasmiy aloqa bo'lishni istasangiz, iltimos, @UZAIRFORCEALOQA_BOT bilan bog'laning. Aviasiya sohasi sevganlar uchun bu kanal ajoyib manbalardan biri hisoblanadi. Obuna bo'ling va eng so'nggi aviatsiya yangiliklarini bilib oling!

Uz Air Force

08 Jan, 11:48


Call of Duty Vanguard ⚡️
#game

@Uz_AirForce

Uz Air Force

08 Jan, 09:08


💀

Boshqa nima deb izoh yozishni bilmadim

@Uz_AirForce

Uz Air Force

08 Jan, 05:05


"Siyosat va harbiy bilimlar olamiga sho‘ng‘ing! "

Ekspert tahlillar, strategik fikrlar va dolzarb yangiliklar – barchasi bizning kanallarda!

Qo‘shiling va bilimlaringizni oshiring!

Uz Air Force

08 Jan, 04:34


Miglar oilasi ⚡️

Uz Air Force

07 Jan, 11:29


Yaxshi kayfiyat)

#KAYFIYAT
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

07 Jan, 09:32


2025 yil ham kirib keldi lekin haligacha bir necha bor qizil bayroq ko'tarib Suriyani qo'ldan boy bergan Eron Isroilning zarbalariga javob qaytarmadi)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

07 Jan, 08:46


👀

@Uz_AirForce

Uz Air Force

06 Jan, 19:10


Bu samolyotni 3D chizmalarini izlab ko'rdim lekin chizmalar pullik(10$)ekan extimol bu suratda ham mualliflik huquqi mavjuddir!

Aytgancha mualliflik deb shikoyat qilishmasidan muallifni eslatib o'tay:

©Britishmodeller

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

06 Jan, 19:08


T5 LIGHTNING

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

06 Jan, 19:08


T5 LIGHTNING

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

06 Jan, 06:56


Quidagi suratda Buyuk Britaniya 🇬🇧 Harbiy-havo kuchlarining akrobatik jamoasi bo‘lgan Red Arrowsning 1980-yilgi parvoz ko‘rgazmalari uchun saflanish shakllarini koʻrishingiz mumkun. Har bir shakl ularning parvoz chog‘ida turli xil manevrlarni bajarish uchun ishlatiladi.
Shakllar quyidagilar:
1. Big Seven
2. Wineglass
3. Apollo
4. Vixen
5. Big Nine
6. Super Concorde
7. Diamond Nine
8. Nine Arrow
9. Viggen
10. Concorde
11. Leaders Benefit
12. Feathered Arrows
13. Half Swan
14. Seven Arrow
Bu saflanishlar turli aerodinamik ko‘rinishlarni yaratib, tomoshabinlarga ajoyib vizual effektlarni taqdim etadi. Shu saflanishlar orqali jamoa o‘zining mahorati va sinxron harakatlarini namoyish qiladi.

@Uz_AirForce

Uz Air Force

06 Jan, 04:00


Star Wars ⚡️

@Uz_AirForce

Uz Air Force

05 Jan, 17:56


Thrust vektor

Bu xususiyat koʻproq qiruvchi samalyotlarga xos. Sovuq urush davrida aviatsiya yuqori darajada rivojlandi. Eski reaktiv dvigatellar samalyotga faqat bir toʻgʻri chiziq boʻylab tezlanish bera olardi, bunda asosiy gorizontal va vertikal konsollar samalyotga boshqarish va manyovr imkoniyatlarini berardi. Bu texnik jihatdan oʻsha davr uchun juda yaxshi edi. Keyinchalik dvigatellardan koʻproq funksiya bajarish talab qilindi. Bu samalyot aerodinamikasi va uning tuzilishiga bogʻliq ravishda takomillashtirildi. Yuqori avlod rus qiruvchilarining va baʼzi gʻarb modellarining dvigatelida thrust vektor (yoʻnalish boʻyicha surish, itarish) qobiliyati mavjud. Nozul dvigateldan chiqayotgan soploni (ishchi gaz) turli yoʻnalishlarda, maʼlum bir burchak ostida yoʻnalishli uzatishi mumkin. Bu samalyotga super manyovrchanlik va chaqqonlik imkoniyatini beradi. Nozulning yoʻnalishli harakati orqa qator pilonlarning ishini bir necha barobar yaxshilaydi. Hatto pilonlar oʻrnini bosishi mumkin
.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Jan, 14:03


Viktorina!❗️
Bu qaysi samalyot ?
Hurmatli bilimdonlar Google Lensni ishlatmay topilar 🗿
Javob rasmda bor edi bolajonlar 🗿
Samalyot qanotlariga qarang
@Uz_AirForce

Uz Air Force

05 Jan, 12:21


Heinkel He 177 A-5 Greif 6/KG 1 parvozda, 1944 yil yozi.
Uning birlashtirilgan Daimler-Benz DB 606 dvigatellari katta quvvat bilan ta'minlangan, ammo haddan tashqari qizib ketish va texnik xizmat ko'rsatish qiyinligi muammolari bor.

Uz Air Force

05 Jan, 10:43


B-29 Yaponyani bombardimon qilmoqda 1945-yil 🔥

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Jan, 10:36


SSSR SIFATI!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Jan, 07:12


Vizual niqoblanish ⚡️
eslatma: bu niqoblanish radar tomonidan sezuvchanlikni kamaytirmaydi !

@Uz_AirForce

Uz Air Force

05 Jan, 06:11


Ayiq polvon va uning turli modifikatsiyalari ⚡️

@Uz_AirForce

Uz Air Force

05 Jan, 04:42


Rossiya AKULASI

Uz Air Force

05 Jan, 03:39


F-16 ⚡️

@Uz_AirForce

Uz Air Force

05 Jan, 02:07


An-12 СССР ☭

@Uz_AirForce

Uz Air Force

04 Jan, 18:25


The 9 Military Helicopters Used By India In 2023
#The_Buzz
@Harbiy_texnik

Uz Air Force

04 Jan, 10:33


Harbiy havo kuchlarida xizmat qilish osonmi yoki dengiz flotida ?
Quyidagi postimizda bu haqida biroz bo‘lsa ham ma'lumot olasiz:
Ustiga bosing

@Uz_AirForce

Uz Air Force

27 Dec, 15:11


25-Dekabr Aktau Fojeasi bo'lib Ozarbayjon havo yo'llariga qarashli samolyotlarning uchinchi halokati sifatida tarixga kirdi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

25 Dec, 12:57


Su-57 ning „Koʻzlari“

Su-57 ko‘rinmaslik texnologiyasi, yuqori manyovchanlik, zamonaviy radar tizimlari va ko‘p funksiyali jangovar imkoniyatlarga ega.

Texnik jihatlari:

N036 Byelka AESA radari:
Su-57 ning yuragi hisoblanadigan bu radar 400 km masofadan nishonlarni aniqlaydi, 60 ta nishonni kuzatadi va 16 tasini bir vaqtning o‘zida zarbaga olish imkoniyatiga ega. Yon tomon va dumi yaqinida qo‘shimcha AESA modullari bo‘lib, ular samolyotga 360° kuzatuv imkonini beradi.

101KS seriyali optik-elektron tizimlar:

101KS-O: Infraqizil aniqlash tizimi – dushman samolyotlarini passiv rejimda kuzatadi.

101KS-N: Infraqizil himoya tizimi – raketalarni aniqlaydi va yo‘naltiruvchi boshqaruvni chalg‘itadi.

101KS-U: Lazer masofa o‘lchash va nishonga olish tizimi.

L402 Himalaya tizimi:
Radioelektron tizimi samolyotni dushman radarlari va raketalaridan himoya qiladi. U elektromagnit signallar bilan dushman tizimlarini chalg‘itadi.

SH-121 kompleksi:
Koʻp funksiyali dushman tizimlariga qarshi tizim.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

25 Dec, 11:16


Samolyotda bo'lganlar va tirik qolganlar ro'yxati!

Ushbu ro'yxatga e'tibor berib qarashni tavsiya etamiz balkim nimanidir siz ham ko'rarsiz...

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

25 Dec, 09:28


Bu halokat yuzasidan o'z fikrimni bildiradigan bo'lsam samolyot halokatida menimcha qushlarning dahli yo'q chunki dum qism uzilib tushgan bunga birdan bir sabab ichkaridagi kislarod ballonlarining portlashi deb o'ylayman chunki bu portlash bo'lmagan taqdirda dum qism uzilib tushmasdan to'g'ridan to'g'ri to'liqligi bilan samolyot yerga qulashi mumkin edi extimol halokatga uchramas ham edi)
Bu mening tahminlarim albatta shu sababli vaziyat rivojini kuzatamiz!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

25 Dec, 08:47


Yangi kadrlar!
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki samolyotni dum qismidagilar mo'jizaviy tarzda tirik qolishga muvaffaq bo'lishgan)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

25 Dec, 08:43


Qozog'istonda Bokudan Grozniyga uchayotgan E190 samolyoti halokatga uchradi.Qozog'istonning Aktau shaxriga yoqilg'i quyib o'tish uchun uchayotgan samolyotda jami 67-72 nafargacha yo'lovchi bo'lgan halokat sabablari sifatida qushlar va ichki qismdagi kislorod balloni portlashi keltirilmoqda!

Hozirgi vaqtda tirik qolganlar 28 nafarni tashkil etmoqda!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

24 Dec, 13:12


Yaqin orada telegram xodimlaridan kimdir ishdan ketadiyov)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

24 Dec, 13:11


Polsha harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotlari Fransiya harbiy-havo kuchlarining Dassault Rafale qiruvchi samolyotlari bilan birgalikda NATOning Boltiqboʻyi havo politsiyasi missiyasida qatnashmoqda.‌‌

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

21 Dec, 08:03


1959 yil 21 dekabrda SSSRda yerosti ballistik raketaning birinchi muvaffaqiyatli uchirilishi amalga oshirildi.

Kapustin Yar raketa sinov poligonidagi "Mayak-2" uchirish kompleksining ishga tushirish joyidan R-12 ballistik raketasi muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi.‌‌

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

18 Dec, 12:48


RPK-6M "Vodopad"
NATO nomi SS-N-16 STALLION— Sovet Ittifoqi tomonidan ishlab chiqilgan suvosti kemalariga qarshi raketa va torpedo kompleksi bo‘lib, u 1981-yilda sovet flotiga qabul qilingan. Ushbu qurol dengiz flotining samaradorligini oshirish va dushman suvosti kemalariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.

Tizimning asosiy xususiyatlari:

Ishlatish maqsadi: Suvosti va usti nishonlariga qarshi kurash.

Tashuvchilar: Yadro va konvensional suvosti kemalari, jumladan "Projekt 877" va "Projekt 971".

Raketa turi: 533 mm diametrli torpedo-raketa.

Nishon masofasi: 8 km dan 50 km gacha.

Torpedo turi:
83R — dushman suvosti kemalariga qarshi.
84R — suv usti nishonlariga qarshi.

Ishlash prinsipi:
1. Raketa suvosti kemasidan otiladi va suvdan tashqariga chiqadi. Ma'lum masofani havoda bosib o‘tib, nishon yaqinida suvga qaytib tushadi. Suvga tushgach, o‘zi bilan olib kelgan torpedo faollashadi va nishon tomon harakatlanadi.
2. Raketa suv usti kemasidan qoʻllanilganda, torpedo quvuri orqali suvga tashlanadi va biroz masofa yurgach, qattiq yoqilgʻili dvigatel ishga tushiriladi. Raketa nishonga havodan yaqinlashgach, parashyut orqali tormozlanadi va suvga tushgach torpedo vazifasini bajaradi. Bu raketa ochiq okeandagi suv osti kemalarini ularga sezdirmasdan, effektivlik yuqori holatda yuq qilish imkoniki beradi. Oddiy va yadro kallaklari mavjud.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

18 Dec, 12:41


Bundan roppa rosa 43-yil oldin aynan shu sanada TU-160 o'zining ilk parvozini amalga oshirgandi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

18 Dec, 12:40


Kurskda shikastlangan Abrams o'zining yangi egalarini kutmoqda)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

07 Dec, 19:24


Aqsh tomonidan qo'llaniluvchi kuchlar Xoms va Damashqni bog'lovchi M5 magistralida joylashgan Yabrud va An-Nabk shaxarlarini egallab olishgani aytilmoqda bu degani poytaxt janubdan siquvga tushganini va shimoldan uzilganini anglatadi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

07 Dec, 18:56


Bashar Assad bugun xotini bola chaqalarini BAA va Rossiyaga chiqarib yuborgandi hozir esa o'zi ham ketgani aytilmoqda.Meni bir qiziq narsa qiziqtirmoqda Assad bg'atni BAA/Rossiyaga ketganidan ko'ra turmush o'rtog'i Asma Assadning Chet elga chiqib ketgani.Chunki u manbalarda berilishicha yoz(3-iyun)da Leykemiyadan vafot etgandi)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

07 Dec, 16:55


Su-30SM2— soʻngi modifikatsiya.

Radar: Irbis-E, nishon aniqlash ).

Tezlik: 2,100 km/soat.

Uchish masofasi: 3,000 km.

Qurollar: Havo-havo, havo-yer raketalari, Kinzhal gipertovushli raketalar. 30 mm li avtomatik toʻp.

O‘ziga xoslik: 5-avlod texnologiyalari, yuqori manevrlik, universal qo‘llanish. Su 57 bilan sinxronizatsiya.


Rossiya va Belarusda amalda qo‘llanmoqda.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

07 Dec, 16:16


Xoʻsh, oʻrtoqlar.
Sizga yana nimalar qiziq?

Uz Air Force

07 Dec, 14:36


Hali quvonishga erta deb o'ylayman.Agar Bashar Assad hukumati ag'darilsa Suriyada bundan battar boshboshdoqlik boshlanadi.Suriya va Rossiya sabab tiyilib turgan guruhlar ham hokimiyat uchun kurashga kiradi shu bilan keyingi fuqarolar urushi boshlanib ketishi xavfi yuqori!
Shu sababli Assad hukumatini saqlab qolish va unga harbiy yordam ko'rsatish vaqtincha bo'lsa ham tinchlikni saqlab turishi mumkin bo'ladi!
Lekin endilikda Rossiya va Eronning harbiy yordami kelmasligi mumkin.Rossiyani shaxsan o'zi qo'shinlarini ko'chiryabdi extimol olib chiqib ketmoqda!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

07 Dec, 14:32


G'arb qo'llovidagi isyonchilar Rossiya va Suriyaga 3 kunda keldim ko'rdim oldim uslubi bo'yicha amaliy ta'lim berib qo'yishdi)

Qizil - Assad hukumati
Sariq - Kurdlar
Qora - Al Qoida/Ishid deyilyabdi
To'q yashillar - muholifat
Och yashil - janubiy isyonchilar
Ko'k - Isroil nazoratidagi Golan
Rangsizlar - Nazorat boy berilgan hududlar

Bularni ayrimlari tahminiy belgilanish!
Rasm manbasi:Bayroqdor
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

07 Dec, 10:26


🇸🇾 Suriyadan o‘zining to‘rtinchi yirik shahri Daraa yo‘qotildi – Reuters

"Daraa janglarsiz egallandi. Hukumat qo‘shinlari Damashq yo‘nalishiga xavfsiz chiqib ketish sharti bilan taslim bo‘lishdi," deb xabar beradi agentlik.

Iordaniya chegarasidagi ushbu shaharni egallash muxolifat kuchlarining Assad rejimiga qarshi janubdan boshlagan yangi hujum yo‘nalishini belgiladi. Ta'kidlash joizki, 2011 yilda aynan Daraa viloyatida boshlangan ommaviy tartibsizliklar keyinchalik butun mamlakatni qamrab olgan fuqarolar urushiga aylangan edi.

Suriya hukumati shaharni tark etganini tasdiqlab, bu "qayta joylashuv" ekanini va Daraa hamda unga qo‘shni As-Suvayda viloyatlarida "ishonchli mudofaa chizig‘i" yaratilganini ma'lum qildi.

Suriya armiyasi bundan avval shimolda Halab va Hama, sharqda esa Dayr-az-Zor shaharlarini yo‘qotgan edi. Shuningdek, qurolli guruhlar hozirda Damashqning shimolidagi muhim shahar – Homsga hujumni davom ettirmoqda.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

06 Dec, 12:57


Xullas agarda Xoms shaxri egallansa Damashqqa 140km masofa qoladi va G'arbiy suriya uzib qo'yiladi.G'arbiy suriyada Latakia va Tartus shaxarlari mavjud!
Sharqdagi Deir az Zor va Markazdagi Palmira egallangan taqdirda Suriya qo'l olstida yakkayu yolg'iz damashq qoladi va bu orqali Isroildan yana bir marotaba yordam so'rashga majbur bo'ladi.Deir az Zor shaxri esa ham qil uchida turibdi Kurdlar hujum qilgan taqdirda ham bir necha kun ichida egallanadi Palmira esa markazdagi shaxar bo'lib u tomon yo'l olgan har qanday qo'shinni kutib oladigan deyarli boshqa shaxar mavjud emas shu sababli u ham qiyinchilik tug'dirmasliki mumkin!
Suriya armiyasi qayta tartiblanib olishiga qarab bu muddatlar uzayishi yoki qisqarishi mumkin!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

06 Dec, 12:45


Umumiy xarita!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

06 Dec, 12:28


Xullas Suriyadagi vaziyatni qisqacha tushuntiraman!

Isyonchilar Xalabni egallagandan so'ng qisqa muddatda Xama shaxrini ham qo'lga kiritishdi va bugun Xoms shaxriga kirib kelishga tayyorlanishmoqda.

Rossiya Xama shaxridagi o'z havo kuchlari kontigentini Xomsga o'tkazmoqda chunki Xama egallandi.

Shu paytgacha Suriya armiyasi 6 ta aeradromni qo'ldan boy bergani aytildi!

Suriyaning sharqiy qismidagi eng muxim shaxar Deir ez Zorga Iroq va Suriya Kurdlari tomonidan shturm boshlangani aytilmoqda.Doimgidek suriya armiyasi Damashqqa qarab ketmoqda!

Rossiya va Eron yordami bilan 2011-yildan beri qon kechib qo'lga olingan hududlarni isyonchilar 1 hafta ichida o'z qo'llariga olishdi!

Suriyaning Daraa viloyatida(Damashqdan janubi-g'arbda joylashgan) ham mahalliy aholi tomonidan isyonlar boshlangani ham aytilmoqda!

Adashmasam rossiya aviatsiyasini Suriyadagi aktivlikini kanalga joylagandim yoki joylamaganmidim xullas eski aviafaolliklar ro'yxati mavjud edi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Dec, 19:34


Suriyada kimlar do'st va dushmanligi haqida diagramma ekan!

Aytib qo'yay buni yodlab yurmanglar tag'in hozir vaziyat o'zgarib ketgan)
Manba:Asanov
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Dec, 16:16


Kanalda nega ko'p tug'ilgan kun nishonlanadi deb qiziqishingiz mumkin bunga sabab oddiy.Shu paytgacha kanalda 25+ admin faoliyat olib borib ketdi har birining yordami beqiyos bo'ldi)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Dec, 16:12


Bugun kanalni yaralishida va rivojlanishida asosiy sponsor bo'lgan shu joyga kelishimizgacha bizni qo'llab quvvatlagan adminimiz Astartes(Saidbek)ni tug'ilgan kuni ekan kech bo'lsa ham ushbu ekologik toza bo'lgan Oreshnik raketasini Anjanga uchiramiz tongacha dangir dungur qilishsin)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Dec, 15:54


🇸🇾 Hama isyonchilarga o'tdi. Isyonchilar keyingi maqsad Homs ekanini e'lon qildi.

Agarda Homs isyonchilarga o'tsa Assad rejimi de facto ikkiga ajratib qo'yiladi. Birinchi qism, asosan alaviylar (Assad alaviy) yashaydigan Latakia va Tartus. Ikkinchi qism, Damashq, Daraa joylashgan markaz.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Dec, 12:40


ALTIN

Sovet va Rossiya maxsus kuchlarining eng yaxshi himoyalangan va anchagina tanilgan harbiy shlemi.
Shlem 1984-yildan bugungi kungacha qoʻllanilib keladi. Bugungi kunda rus va belarus maxsus xizmatlarida foydalaniladi. Ogʻirligi 3,5-4 kg. Qalinligi 3-4 mm. Shlemga aloqa vositasi oʻrnatilgan.


@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

05 Dec, 06:28


Qozog'istonga birinchi Airbus A400M harbiy transport samolyoti yetib keldi

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

04 Dec, 17:39


Isyonchilar allaqachon 3 ta T-90A hamda T-72M T-55 BMP-1 texnikalarni qo'lga kiritibdi.

T-90A>Isyonchilar/Kurdlar>Turkiya/AQSH

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

04 Dec, 08:05


Kanalga oz ozdan bo'lsa ham kayfiyat uchun yumor qo'shib boryabmiz bu sizlarga ma'qulmi?

Ha albatta 👍
Yo'q jiddiyroq bo'lish kerak 👎
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

04 Dec, 08:04


A-Aktual karikatura!
Suriya armiyasiga besh ketmasdan iloj yo'q)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

03 Dec, 16:53


Janubiy Koreyadagi vaziyatni maroq bilan kuzatayotgan Kim Chen In)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

03 Dec, 16:32


Lirik chekinish!
Ayni damda Rossiyadagi Yakutiya respublikasiga asteroid qulagani aytilmoqda!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

03 Dec, 16:29


So‘ngi nuqta qo‘yildi kunga,
Shepim, hukm o‘qiy boshladi.
Munisiga aytolmas dardin,
Lek negadir ko‘zin yoshlandi...

Tun yarmida kezdi honani,
Sigaretin chekar galma-gal.
Hatto rahmi kelardi tunni,
"Nega sang‘ir ayni shu mahal?"

Mehr bilan qarar bombaga,
Xvason uchar, ahyon-ahyona.
Kulni qoqar eski tumbaga,
Diktatorlik – go‘yo dardhona.

Sang‘iyverar sigaret chekib,
Gohi manzil ulanur tongga.
Shepim, knopkani qo‘yadi o‘pib,
Raketa ham o‘xshar dardli insonga.

So‘ngi nuqta qo‘ysa urushga,
Dilni tirnar qandaydir alam.
Poloniy bor hamirturushga,
Tiz cho‘kadi hali butun olam.

Nega shepim bunchalar buyuk?
Tushuntirib bo‘lmaydi buni.
Balki buni sigaret bilar,
Chunki chekar uni har kuni. 🫡

Shu joyiga Nurbek akam Alimoffdan Xvasonga atalgan she'r)
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

24 Nov, 08:15


Abe, Kennedi va Tramp triosi)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

23 Nov, 15:33


Parashyutdan sakrash uchun insonga quyidagilar zarur bo'ladi:

1. Jismoniy tayyorgarlik: Sog'lom bo'lish, yurak-qon tomir va nafas olish tizimlari yaxshi ishlashi kerak.Agar ushbu a'zolarda muammoyingiz bo'lsa havodagi bosim sabab raxmatlik bobomning yoniga rixlat qilishingiz turgan gap)

2. Maxsus o'quv kursi: Parashyutdan foydalanish, sakrash texnikasi va favqulodda holatlarda harakat qilish bo'yicha o'qitiladi.O'quv mashg'ulotlari menimcha unchalik qiyin emas!

3. Parashyut jihozi: Ishonchli va holati tekshirilgan asosiy va zahira parashyut kerak bo'lib qoladi.Chunki parashyutdan sakrashda halok bo'ladiganlarning katta ko'pchilik kasalliklardan emas parashyut ochilmasligidan halok bo'ladi!

4. Mos kiyim-kechak: Qulay va xavfsiz kiyim, shlem, qo'lqop va ko'zoynak.

5. Havo sharoiti: Qulay ob-havo (shamol tezligi va ko'rinish yaxshi bo'lishi zarur).

6. Ruxsatnoma va hujjatlar: Agar sport yoki tijoriy sakrash bo'lsa, maxsus ruxsatlar talab qilinadi.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

23 Nov, 15:23


Bu xabarga shimoliy koreyaliklar ham ishonishmasa kerak)
Qiziq savol tug'iladi 500 ta koreyalikni o'ldirgan Storm Shadow atiga 18 ta rusni jarohatlab o'tgani to'g'rimikan-a?
Bu xabarni g'arbni ajoyib axborot xizmatlari tarqatgan...

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

23 Nov, 13:50


Angola dengiz piyodalarining kunlik mashgʻuloti.

@Uz_AirForce

Uz Air Force

23 Nov, 13:05


Sizlarga ajoyib TELEGRAM kanal tavsiya qilmoqchiman.

NIMA UCHUN BU KANALGA A'ZO BOʻLISH KERAK?

😂Milliy Gvardiya
Mudofаа vazirligi
🅰Ichki ishlar vazirligi
🅰Davlat xavfsizlik xizmati
🔰Favqulotda vaziyatlar vazirligi
🔰Davlat Bojxona qo'mitasi
👮‍♂️Kuch ishlatar tuzilmalariga ishga kirmoqchi bo'lganlar uchun foydali ma'lumotlar
🔥OʻR hududidagi kuch ishlatar tizimlar xodimlari va xarbiylari uchun foydali kanal

Shuningdek ushbu kanalda:
🔰 Аrmiya hayoti
🐴Temurbeklar maktabi
🏢Harbiy OTMga kirish tartiblari
🏃 Harbiy mashg'ulotlar
🎖 Harbiy dediktiv kinolar

Qurolli kuchlarga oid barcha yangiliklarni 𝘾𝙤𝙢𝘽𝙖𝙩.𝙪𝙯 kanalida kuzatib boring va kanalga azo boʻling

@COM_BAT_uz

Uz Air Force

23 Nov, 12:34


1942-yil 23 noyabr kuni o'sha mashxur uchar quymoq ilk parvozini amalga oshirgan ekan)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

23 Nov, 12:32


Ruslarning parad guruhi Xitoyda)

@UZ_AIRFOFCE

Uz Air Force

22 Nov, 19:08


So'ngi kunlarda dunyoyimiz ham keskinlashib bormoqda.Xuddikim uchinchi jahon urushi yoqasiga kelib qolgandekmiz.Putinning Ukrainaga yadro tashuvchi ballistik raketa bo'lmish Oreshnik orqali zarbasi butun dunyoni larzaga solishda davom etmoqda.

Xo'sh hozir ko'rib chiqadigan narsamiz yadroviy zarba berilishidan keyingi qo'llanma:

- Yadroviy zarbalar boshlanganidan so'ng yer yuzida shu lahzaning o'zida tahminan 3-5 mlrd odam halok bo'ladi va keyinchalik nurlanish oqibatida extimol 200mlngacha inson bu hayotdan ko'z yumishi mumkin.

- Yadroviy zarba asoratlari yer yuziga qanday ta'sir qilib qanday alomatlar taqdim qilishi aniq emas lekin ekologiyaga yetarlicha zarar keltiradi va yer yuzi bo'ylab yadroviy qish yaratilishi extimoli baland.

- Agar yadroviy zarbalar berilgan taqdirda yer yuzi nurlanish ichida qoladi va shu sababli ma'lum muddat uydan tashqariga chiqish hayot uchun ancha xatarli bo'lib qoladi(xatto uyda ham).

- Oziq ovqat maxsulotlari shu jumladan ichimlik maxsulotlari ham yaroqsiz xolga kelib qolishi tahmin qilinadi.Agar g'amlash kerak bo'lsa qadoqlangan yopiq konservalar hamda artezian(quduq va shunga o'xshashlar)ning suvlarini ancha muddat saqlash mumkin.Shaxsan aytadigan bo'lsam artezianlar ancha uzoq muddat sifatini yo'qotmas ekan).

- Dastlab yadro zarbasi paytida devor va derazalardan uzoqroqda yorug'lik yo'q bo'lgan yopiqroq joyda yuz ko'zlaringizni yopib yerga uzala tushib yotish talab qilinadi.Bunga sabab radiatsiya havo orqali tanaga singadi nurlanish teringizni kuydiradi yoki ko'zingizni ko'r qiladi!

- Keyinroq Deraza-eshiklar iloji boricha yelim qog'ozlar(skotch) bilan yopishtirilib chiqiladi va ma'lum muddat uy ichkarisida sabr qilinadi!

- Darhol radiatsiya changini bartaraf etish uchun issiq suv qabul qilinadi!

- Tashqaridagi har qanday narsalar ichkariga kiritilishi yomon ahvolga olib kelishi mumkin.Bu masalaga qisman yechim issiq suv orqali maxsulotlarni chayish deb o'ylayman)

- Radiatsiya sabab insonda qon quyilib bosh og'riqi holatlari bo'lishi tabiiy bu narsani hammamiz yoz oylarida magnit bo'ronlari sabab yaxshigina xis qilganmiz.Shu sababli ichimlik zaxiralarini va dori darmonlarni yaxshigina g'amlash talab etilinadi.

- Zarurat bo'lmasa umuman ko'chaga chiqish mumkin emas.Chunki dastlabki 48 soat ichidagi radiatsiya darajasi juda baland bo'ladi!

- Evakuatsiya uchun ommaviy axborot vositalariga e'tibor qaratiladi har qanday qurilma uchun bir necha kunlik zaryad saqlanishi kerak!

Albatta bularning bari tahminiy lekin reallikka yaqin faktlar.Zarurat bo'lgani uchun uyqudan kechib yozib chiqdim)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

22 Nov, 14:57


Xitoydagi AviaShouda qatnashayotgan J-20 Chengdu samolyotlari!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

22 Nov, 08:30


Rossiya-Ukraina urushiga 1000 kun to'lgani munosabati bilan Ukrainalik futbolchilar)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

22 Nov, 08:28


Xo'sh nima haqida post qilaylik?
Harbiy-Siyosiy mavzudan chetga chiqmagan holda faqat)


@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

21 Nov, 16:07


Ukrainada yana bir shaxar qamalga tushishga tayyorlanmoqda.Menimcha har ikki taraf ham muzokaralarga tayyor lekin hech biri buni ochiq oydin tan olishmaydi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

21 Nov, 16:05


Airshow China-2024da YAK-130M ham ko'rinish berdi.Bu samolyotga hozircha Hindi-Xitoy davlatlari qiziqmoqda xolos!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

21 Nov, 13:40


1994 yil 21 noyabrda NATO samolyotlari ushbu tashkilotning Yevropadagi eng yirik operatsiyasini amalga oshirib, Serbiya mintaqasidagi Udbina aerodromini bombardimon qildi. Bu NATO samolyotlarining sobiq Yugoslaviya hududidagi jangovar harakatlardagi birinchi muhim ishtiroki edi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

21 Nov, 12:26


🇺🇿 Ҳарбий ҳаётга қизиқасизми? Унда бизга қўшилинг!

🔹 Энг сўнгги ҳарбий янгиликлар
🔹 Ўзбекистон Қуролли Кучларининг ривожланиш янгиликлари
🔹 Марказий Осиёдаги мудофаа ва хавфсизликка оид таҳлиллар

Ҳаммаси бир жойда – UZ Harbiy Kanal!
Янги маълумотлар, қизиқарли фактлар ва фойдали контентни ўтказиб юборманг!

👇 Обуна бўлинг ва биринчилардан бўлиб билинг:
https://t.me/uz_harbiy_kanal

Ҳарбий ҳаётга яқинроқ бўлинг! 🇺🇿

Uz Air Force

20 Nov, 17:16


Kanalimizni chapani admini va mustaqil tahlilchisi tomonidan yozilgan postcha.O'qib chiqishni tavsiya qilamiz!

Qizlar haqidagi va har qanday kulguli postlar sohibi tomonidan yozilgan seryozniy post)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

20 Nov, 16:02


Xabarlarga ko'ra Rossiya 48 soat ichida yangi katta miqyosdagi havo zarbalariga tayyorlanmoqda.Hozir Ukrainaliklarni aytishi bo'yicha 4 ta TU-95MS havoga ko'tarilgan!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

20 Nov, 12:32


Fransiyaning Dassault Aviation kompaniyasi Peru mudofaa vazirligiga 24 ta Rafale F4 ko‘p maqsadli qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha dastlabki taklifni kiritdi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

20 Nov, 12:31


Daniya Ukrainaga oltita F-16 qiruvchi samolyotini topshirdi, yana 13 tasi keyinroq topshirilishi kutilmoqda, dedi seshanba kuni Kiyevda bosh vazir Mette Frederiksen muddati o‘tgan samolyot bilan qo‘shma matbuot anjumanida!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

20 Nov, 12:30


Oddiygina reaktiv zirhni portlashi sabab ham ekipaj o'lishi va mashina pachoqlanishi mumkin!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

19 Nov, 11:45


A-10
Eurofighter Typhoon
Saab Jas-39C Gripen
uchoqlari Ukraina harbiy havo kuchlari safida bo‘lganida qanday kamifulyajda bo‘lishi mumkin edi ?
Batafsil suratlarda.


@Uz_AirForce

Uz Air Force

19 Nov, 06:00


R-36P
Sovet qitʼalararo, strategik balistik raketasi. Raketa 70 yillarda xizmatga kiritilgan va sovuq urush davrida yadroviy kuchlar uchun muhim ahamiyatga ega edi.
Raketa shaxtaga joylashtirilgan, 10 ming km dan ortiq masofani bosib oʻtishga qodir edi.


@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

19 Nov, 05:36


Memetime
Kayfiyat uchun😁

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

14 Nov, 18:34


Qo'shimcha ravishda qo'lga tekkan vaziyatni hamda qizil kartochkamizni ham berishmadi.Nima bo'lsa ham vaqt o'tib FIFAdan chetlatilinsa kerak Qatar terma jamoasi va milliy jamoalari!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

14 Nov, 18:27


Terma jamoamizni Qatarga qarshi o'yinini ko'rganlar bormi?
Ko'rmaganlar bo'lsa Qatar pullari orqali yana bir bor g'alabani bizdan ilib ketdi hakam qatar uchun 6+ daqiqani 12+ daqiqaga aylantirib Qatar gol urguncha kutdi!

Nima bo'lsa ham yigitlar mag'lubiyatga loyiq emasdi afsuski!
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

14 Nov, 14:41


Qatar armiyasiga qarashli LEOPARD 2A7Q va Gepard.Darvoqe qatar armiyasida qo'shimcha tarzda F-15EX samolyotlari hamda hududida Turk va AQSH harbiy kontigentlari xavfsizlikni taminlaydi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

14 Nov, 14:38


Kurskda ham o'zgarishlar unchalik katta emas)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

14 Nov, 14:31


Xerson va Kuraxova yo'nalishlari bo'yicha joriy holat!

P.S:Kanalda PMni joyiga tushirish uchun ochiq kunlar qilinib turibdi bu degani kanal o'lib ertasi kuni ko'mildi degani emas!
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

12 Nov, 18:53


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu videoda Xitoydagi shou doirasida oʻz chiqishini amalga oshirayotgan 5-avlod Su-57 tasvirlangan. Video tezlashtirilgan. Agar montaj boʻlmasa, Su-57 ajoyib xarakteristikaga egaligi koʻrinib turibdi.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

12 Nov, 13:10


1952 yil 12 noyabr.

Tu-95 strategik bombardimonchi prototipining birinchi parvozi amalga oshirildi!
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

12 Nov, 09:04


Kanal rasmini almashtirmoqchimiz agar rasm bo'yicha takliflar bo'lsa chatga tashlaverishingiz mumkin!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

12 Nov, 07:52


Assalomu aleykum hurmatli obunachilar sizlarga juda ham zoʻr yangiligim bor Hullas chorshanba kunga Harbiy Uchuvchi bilan ovozli chat (voice chat) Oʻtkazishni rejalashtirib qoʻydim. Ovozli chat mavzusi: "Oliy harbiy aviatsiya bilim yurtiga kirish tartibi" haqida maʼlumot olishingiz mumkin. Eslatib oʻtaman mavzudan tashqari savol berish mumkin emas. Faqat mavzuga oid savollar berishingizni soʻrab qolaman. Iloji boʻlsa savollaringizni hozir shu kommentda yozib qoldiring iloji boricha ularga birinchi javob berishga harakat qilamiz.

Rasm shunchaki qoʻyildi holos.


👉🏻 HARBIY AVIATSIYA

Uz Air Force

12 Nov, 07:47


Z-20 qanday vertalyot deganlar uchun)
Albatta UH-60 bilan birga...

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

11 Nov, 17:53


SU-57 va Z-20 uchuvchilari)

Z-20=UH-60
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

11 Nov, 15:09


Rheinmetall va ICEYE konsernlari Germaniya hukumati nomidan Ukrainani sunʼiy yoʻldosh tasvirlari bilan taʼminlamoqchi.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

11 Nov, 13:29


Molniya va Zenit raketalari. Sovet davri ishlanmalari.
Lextusi, Leningrad
.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

11 Nov, 09:42


Xitoyda 6-avlod samolyoti konsepsiyasi ko'zga tashlanibdi deyabdi katta kanallar...
Qizig'i bu 6-avlod emas 4-avlod SU-34 O'rdakboyga ko'proq o'xshab ketyabdi extimol shudir chunki bundan bir necha yil oldin qayerdadir ko'rganimda Xitoy ham SU-34ni o'ziga moslab ishlab chiqarishga harakat qilayotgandi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

10 Nov, 18:31


Ukraina armiyasida qanday texnikalar xizmat qilmoqda degan savolga qisman javob.Bu yerda to'liq tavsif mavjud emas lekin tushunish uchun yetarli bari!
Albatta bularni ayrimlari eski bo'lishi mumkin lekin shuni anglash mumkinki Ukraina armiyasi Pyotr Poroshenko davridan beri g'arb standartiga o'tkazilmoqda)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

10 Nov, 18:05


Beriev A-50 haqida takrorlanmas ta'rif)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

10 Nov, 17:10


Erondagi O'zbeklar!
Dunyo bo'ylab O'zbek millati 50mlndan oshiq kishini tashkil etishi manbalarda qayd etilgan)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

10 Nov, 10:49


Hizbulloh Isroilning oldingi mojarolardagi ilgarilash sur'ati bilan hozirgi vaziyat solishtirilgan video e'lon qildi. Unda 1982-yili Isroil kuchlari Bayrutga 7 kun, 2006-yili esa Vadi al-Hujayrga 33 kunda yetib borgani, biroq yangi bosqindan 40 kun o‘tganiga qaramay, isroilliklar hanuz chegaraoldi qishloqlarda jang olib borayotgani urg'ulanadi.

Hizbullohning qarshilik ko'rsatish qobiliyatini pastga urmagan holda, bu muvaffaqiyat ko'rsatkichi emasligini tan olish lozim. Boisi Isroil o'tgan urushlardagi xatolarini takrorlamaslik uchun ham ildam harakatlanmayapti. Aks holda yo'qotishlar sur'ati keskin oshib ketgan bo'lardi.

@bayroqdor

Uz Air Force

08 Nov, 14:54


Britaniyaning Fairford Movements veb-sayti ma'lumotlariga ko'ra, Qo'shma Shtatlar Buyuk Britaniyadagi Fairford havo bazasiga yana bir B-52H Stratofortress strategik bombardimonchi samolyotini joylashtirdi.

Avvalroq, Luiziana shtatidagi Barksdeyl havo kuchlari bazasidan ikkita B-52H samolyotidan iborat ishchi guruhi yetib kelgan edi.‌‌

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

08 Nov, 09:30


Lansetni ishga tushirish!

@UZ_AIFORCE

Uz Air Force

08 Nov, 09:29


M-MASKIROVKA

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

29 Oct, 16:29


Flaktower
Ikkinchi jahon urushi davrida fashistlar germaniyasi tomonidan bir necha strategik shaharlarga qurilgan mudofaa inshoatlari, ya'ni flaktowerlar. Suratdagi minora Vena shahrida qurilgan. Minoralar asosan ittifoqchi kuchlar havo hujumlarini toʻsish uchun ishlatilgan. Minorada 4 ta 120 mm lik flak toʻplari, 35 va 20 mm lik zenit toʻplar va 300 ta atrofida harbiy xodimlar joylashtirilgan. Favqulodda vaziyatlarda minoradan bunker sifatida ham foydalanilgan.


@Uz_AirForce

Uz Air Force

29 Oct, 16:02


🇷🇺SHTORM CLASS PROJECT-23000E
Bu class aviatashuvchisi Admiral Kuznetsovdan anchayin katta bo'lib Kuznetsovning sherigi Liaoning bilan solishtirishingiz mumkin tasvirda.
Loyixa 2017-yilda ishlab chiqarishga berilishi kerak edi lekin maqullanmadi va keyinga qoldirildi.
Loyixa qiymati 5.5mlrd dollar bo'lib tahminan 10 yil davomida qurilardi.
Agar bu aviatashuvchi qurilsa rus samolyotlari dengizda to'liq bak va to'liq qurollanish bilan uchadi.

🔷Xususiyatlari

Uchoqlar soni:100ga yaqin
Vazni:90.000-100.000 tonna
Uzunliki:330.1m
Eni:40m
Balandliki:41m
Yadroviy reaktorga ega:RITM-200-400
Tezliki:46-56km
Mudofaa tizimi:4 ta S-400
2 ta uchish qo'nish yo'lagi va 2 ta elektromagnit katapulta bilan jihozlanadi.

🔷Uchoqlar
SU-33(katta extimol bilan)
MIG-29K
SU-57
YAK-44E(Elektron urush samolyoti)
KA-27(AntiSubmarin)

@Uz_AirForce

Uz Air Force

29 Oct, 12:29


Rossiya sudi Google korporatsiyasini Rossiyaning 17 ta telekanali akkauntlarini Youtube platformasida bloklagani uchun 2 undesillion — 2 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 000 rubl jarimaga tortdi.

Agar ruxsat ochilmasa, bu jarima miqdori kundan kunga ko‘payaveradi.

👉 @kunonline

Uz Air Force

29 Oct, 11:03


Chechenistonning Gudermes shahridagi Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus amaliyot qo‘shinlari universitetiga dronlar hujumi uyushtirildi.

Bu Chechenistonga ukrain dronlarining ilk hujumi. Dronlar 800 km masofa bosib kelgani aytilmoqda.

👉 @kunonline

Uz Air Force

29 Oct, 04:16


Xayrli kun bugun nima mavzuda post yozamiz?

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

28 Oct, 16:07


Nomi:Dushman Hududida
Yili:2022
Til:O'zbek

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

28 Oct, 14:39


Bu kitobda ko'p narsa aniq tarzda yozilganini g'arbni va SSSRni ikki yuzlamachilikini oddiygina yaxudiylar misolida ifodalanganini endilikda anglab yeta boshladim.Zamon va Makon o'zgarishi mumkin lekin Ssenariylar bir xil yuradi!
Bu kitobda yozilgan gaplarning barchasi hozirgi davr siyosatiga o'xshab ketadi!
Afsuski Kitobni bu kanalga joylay olmayman chunki mualliflik huquqi mavjud lekin
boshqa kanalga joyladik)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

28 Oct, 10:37


Ugledar yo'nalishidagi 2 kunlik harakatlar.Rossiya armiyasi frontda katta tezlikda ildamlay boshladi.O'sha eski gap:G'arb Ukrainani yolg'on g'oyalariga chippa chil ishontirib endilikda shunchaki tashlab ketmoqda.Endilikda Ukraina frontni o'z tizginiga bo'ysundirish uchun professional armiya ham qurollar ham yetarli emasdek ko'rinyabdi.
O'zi bunday tezlikda frontni sinishini Zalujniyning ketishi bilan bog'lashayotgandi lekin Zalujniyning davrida ham mudofaa sekin sekin yemirilib kelayotgandi shu sababli frontning yemirilishdan sinishga o'tishi Sirskiyning davriga to'g'ri kelib qoldi!

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

27 Oct, 18:55


AQSHning US News talqiniga koʻra hozirgi paytda eng kuchli armiyalar reytingi. Reyting juda baxsli Isroil Xitoydan ham kuchli qilib koʻrsatilgan. Uning ustiga Karib havzasidagi Salvador mamlakati ham baxsli oʻrinda na armiyasida biror tank yoki qiruvchi samalyot boʻlmagan mamlakat uzoq yillik urush tajribasiga ega Ozarbayjondan kuchli qilib koʻrsatilgan. Yevropadagi eng tez qurollanayotgan Polsa esa Oʻzbekiston va Qozogʻistondan ham zaif deyilgan. Oʻzingiz reyting qay darajada adolatli tuzilganiga baxo berishingiz mumkin.

@Uz_AirForce

Uz Air Force

27 Oct, 17:01


A: exxx, bu avtomatda gazli ichimliklar qimmat ekan. Pulim kamroq.
Sotuvchi: bemalol, ular siz uchun tekin. Xohlaganingizcha ichishingiz mumkin. Istasangiz sotib olishingiz uchun pul beraman
🥶

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

27 Oct, 15:26


1982 yil 27 oktyabrda Eron-Iroq urushi paytida Iroqning Mi-25 uchuvchisi to'qnashuv kursida dushmanning F-4 Phantom II samolyotini UB-32 podlaridan S-5 raketalarini otib urib tushirgandi)

Biroq, hozircha, bu havodagi jang tasdiqlanmagan.‌..
@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

27 Oct, 07:23


MI-35M yoxud MI-24P

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

26 Oct, 14:36


Afsuski Shaxmatga qiziqmayman degan variant qolib ketibdi)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

26 Oct, 14:31


Sovuq urush (1947–1991) – AQSh va Sovet Ittifoqi o'rtasidagi geosiyosiy, iqtisodiy va ideologik raqobat davri bo'lib, 20-asrda dunyoning ko'p qismini ikki qarama-qarshi lagerga ajratgan global mojaro edi. "Sovuq" deb atalishi urushning to'g'ridan-to'g'ri janglar bilan emas, balki qo'rqinch, qiziqishlar to'qnashuvi, qurollanish poygasi va davlatlararo vositachilik orqali davom etganini anglatadi.

Sovuq Urushning Sabablari

Sovuq urushning asosiy sabablari quyidagilardan iborat edi:

1. Ideologik tafovutlar: AQSh kapitalistik bozor iqtisodiyotini va demokratik boshqaruv tizimini qo'llab-quvvatlagan bo'lsa, Sovet Ittifoqi sotsialistik tizimni va kommunistik mafkurani himoya qildi.

2. Ikkinchi Jahon Urushidan so'nggi kuch taqsimoti: Urush tugagach, Evropada kuchli vakolatli davlatlar yo'qligidan foydalanib, AQSh va Sovet Ittifoqi o'z ta'sir doiralarini kengaytirishga intildilar.

3. Qurollanish poygasi: Ikkala davlat o'rtasida yadroviy qurollanish poygasi boshlandi. Atom bombasining yaratilishi va keyinchalik vodorod bombasining ishlab chiqarilishi har ikki davlat o'rtasida kuchli tahdid yaratdi.

Sovuq Urush Davridagi Asosiy Voqealar

1. Berlin muammosi (1948–1949): G'arb davlatlari va Sovet Ittifoqi o'rtasida Berlin shahri taqsimlanib, Berlin devori qurildi. Bu shaharni ikki lager o'rtasidagi nizo markaziga aylantirdi.

2. Koreya urushi (1950–1953): Shimoliy Koreya (SSSR tomonidan qo'llab-quvvatlangan) va Janubiy Koreya (AQSh tomonidan qo'llab-quvvatlangan) o'rtasidagi mojaro Sovuq urush davridagi qo'g'irchoq urushlardan biri sifatida qaraladi.

3. Kubadagi raketa inqirozi (1962): Sovet Ittifoqining Kubaga yadro raketalarini joylashtirmoqchi bo'lishi bilan AQSh va SSSR yadroviy urush yoqasiga kelib qoldi. Inqiroz diplomatlar orqali hal qilindi.

4. Vetnam urushi (1955–1975): Kommunistik Shimoliy Vetnam va AQSh tomonidan qo'llab-quvvatlangan Janubiy Vetnam o'rtasidagi urush edi. Vetnam urushi AQShda ichki noroziliklarni keltirib chiqardi va AQShning Vetnamdan chiqib ketishiga sabab bo'ldi.

Texnologiya va Kosmosdagi Musobaqa

Kosmik poyga Sovuq urushning eng muhim tomonlaridan biri bo'lib, 1957-yilda Sovet Ittifoqi birinchi sun'iy yo'ldosh, Sputnik 1, ni orbitaga chiqarish bilan boshlangan edi. AQSh esa bunga javoban 1969-yilda insonning Oyga qo'nishi orqali kosmosda yetakchilik qilishga intildi.

Qurollanish Poygasi

Yadroviy qurollar Sovuq urushning asosiy omili bo'lib, ikkala tomon ham ulkan yadroviy arsenal yaratdi. Bu o'zaro yo'q qilish kafolati (mutual assured destruction) doktrinasi asosida amalga oshdi, ya'ni yadro urushi boshlansa, ikkala tomon ham yo'q qilinish ehtimoli bor edi.

Sovuq Urushning Tugashi

Sovuq urushning oxiri 1980-yillarda boshlanib, 1991-yilda Sovet Ittifoqi qulagach yakunlandi. Sovet Ittifoqi rahbari Mixail Gorbachyovning "qayta qurish" (perestroika) va "ochiqlik" (glasnost) siyosati natijasida, Sovet Ittifoqi ichida iqtisodiy va siyosiy o'zgarishlar yuz berdi. Bu o'zgarishlar oxir-oqibatda kommunistik davlatlar tuzilishini yemirishga olib keldi.

Sovuq Urushning Oqibatlari

Global ta'sir: Dunyoda ikki kuchli blok mavjud bo'lganligi sababli, ko'plab davlatlar ularning tarafida yoki qarshisida bo'lishga majbur edi.

Harbiy ittifoqlar: NATO va Varshava shartnomasi tashkilotlari Sovuq urush davridagi harbiy ittifoqlar bo'lib, ular bir-birlariga qarshi blok sifatida xizmat qildi.

Yadroviy xavfning oshishi: Sovuq urush davrida yadro qurollarining ko'payishi global xavfsizlikka katta tahdid yaratdi va yadroviy qurollarni nazorat qilish bo'yicha bir qancha bitimlar imzolandi.

Iqtisodiy va texnologik o'sish: AQSh va SSSR o'rtasidagi raqobat iqtisodiy va texnologik rivojlanishning tezlashishiga olib keldi, jumladan, kosmik dasturlar va kompyuter texnologiyalarining rivojlanishi ham ushbu davrga to'g'ri keladi.

Sovuq urush nafaqat AQSh va SSSR uchun, balki butun dunyo uchun chuqur ta’sir ko'rsatgan davr edi. Dunyoda qoldirgan izlari va o'rgatgan saboqlari bugungi xalqaro munosabatlarda ham o'z aksini topmoqda.

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

26 Oct, 13:07


Xitoy harbiy havo kuchlariga qarashli Z-10 hujumkor vertalyoti va uning uchuvchisi)

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

26 Oct, 11:44


Kuraxovani shimolidagi Kuraxovka qishlog'i ham allaqachon yarim qamal holatiga tusha boshladi...

@UZ_AIRFORCE

Uz Air Force

26 Oct, 03:49


🇮🇱🇮🇷 Исроил Эронга ҳужум бошланганини маълум қилди.

Исроил Эронга қилинган ҳужум ниҳоясига етганини маълум қилди.

Manba:Gorizont
@UZ_AIRFORCE