Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal @oqdaryo_axborot_xizmati Channel on Telegram

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

@oqdaryo_axborot_xizmati


Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati Adminga murojaat uchun: @AlisherMajidov
Oqdaryo tuman hokimiga murojaat qilish uchun: @Oqdaryo_tuman_hokimi_bot

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal (Uzbek)

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati kanali sizni yangiliklar bilan ta’minlaydi. Bu rasmiy kanal orqali Oqdaryo tumani hokimligining faoliyatiga oid eng so’nggi ma’lumotlardan xabardor bo’lishingiz mumkin. Oqdaryo tuman hokimi bilan bog’lanish uchun kanalda @AlisherMajidov ga murojaat qiling. Shuningdek, tuman hokimiga murojaat qilish uchun @Oqdaryo_tuman_hokimi_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin. Sizga Oqdaryo tumanining islohotlari, yangiliklari va tadbirlari to’g’risida eng so’nggi va aqlli ma’lumotlar taqdim etiladi. Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati kanaliga obuna bo’ling va tuman faoliyatini yaqinroq tanishing!

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Feb, 14:20


Қисқа метражли филм.

📌 Ҳар бир "HETK" ҳодими ушбу видеони кўришини тавсия берамиз.

👉 @Energetika

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Feb, 14:20


Samarqand viloyatidan E-auksion.uz elektron savdo platformasida 214 ta davlat ko‘chmas mulk obektlarini ijaraga olish imkoniyati mavjud.

➡️ Oqdaryo tumanidan 15 ta (ko‘rish)
➡️ Bulung‘ur tumanidan 17 ta (ko‘rish)
➡️ Jomboy tumanidan 4 ta (ko‘rish)
➡️ Ishtixon tumanidan 16 ta (ko‘rish)
➡️ Kattaqo‘rg‘on tumanidan 11 ta (ko‘rish)
➡️ Qo`shrabot tumanidan 1 ta (ko‘rish)
➡️ Narpay tumanidan 2 ta (ko‘rish)
➡️ Payariq tumanidan 13 ta (ko‘rish)
➡️ Pastdarg‘om tumanidan 11 ta (ko‘rish)
➡️ Paxtachi tumanidan 4 ta (ko‘rish)
➡️ Samarqand tumanidan 11 ta (ko‘rish)
➡️ Nurobod tumanidan 5 ta (ko‘rish)
➡️ Urgut tumanidan 1 ta (ko‘rish)
➡️ Toyloq tumanidan 5 ta (ko‘rish)
➡️ Samarqand shahridan 89 ta (ko‘rish)
➡️ Kattaqo‘rg‘on shahridan 9 ta (ko‘rish)

🎞 Video-qo'llanma 👈

🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-36-07 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (77) 735-74-17 ☎️
🤵🏻 "E-AUKSION" vakili (99) 207-26-07 ☎️

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Feb, 03:06


Ob-havo

🌨Bugun, 16-fevral kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Feb, 03:03


🎤 Tonggi tarona

🎼 "Onam kutyapti"

🎬 Asliddin Do‘stov ijrosida.


©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Feb, 02:46


ASSALOMU ALAYKUM

💥BUGUN 16FEVRAL.YAKSHANBA TONGI MUBORAK BO‘LSIN! 🌨

Tongda uyg‘onishning o‘zi bir moʻjiza! Biz buni doim takrorlangani uchun ham uncha his etmaymiz.

🌺 Qalbingiz iymonga
🌺Uyingiz quvonchga
🌺 Yuzingiz nurga
🌺Kuningiz hayrli va solih amallarga to‘la bo‘lsin.


©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

15 Feb, 15:28


2025-yil 14 -fevral kuni Samarqand viloyati  prokuraturasida o‘tkazilgan yig'ilishda  Bosh prokuror o‘rinbosari Sh.Aminov rahbarligida Samarqand viloyatida energetika sohasida sodir etilayotgan korrupsion holatlar hamda tizimni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish bo‘yicha tanqidiy yig‘ilish o‘tkazilgan edi.
Bugun Oqdaryo tuman Elektr ta'minoti hamda “Energosavdo” bo‘linmasi xodimlari tomonidan korrupsion holatlarning salbiy oqibatlarga olib kelish va jazo  muqarrar  ekanligi to‘g‘risida Oqdaryo tuman elektr ta'minoti boshlig'i  Sh Xo'janov va Energo savdo bo'limi boshlig'i B.Ravshanov tomonidan barcha xodimlarga batafsil ma’lumotlar berildi  va xodimlar o‘rtasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish,  ijro va mehnat intizomiga  rioya qilish,  korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik  bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

15 Feb, 14:32


3-sektor hududidagi hokim yordamchilari uchun seminar o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tumani hokimining birinchi o‘rinbosari Elyor Ashurov tumanning 3-sektor hududidagi hokim yordamchilari bilan seminar yig‘ilishi o‘tkazib, mahallada aholi tomorqalari bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari, ishsizlarga ajratib berilgan yer maydonlari va Sayxunobod tajribasi asosidan amalga oshirayotgan ishlari xususida kerakli tavsiya va topshiriqlar berdi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

15 Feb, 14:07


#Mutaxassis_tavsiyasi

Zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan so‘ng to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha mutaxassisdan muhim yo‘riqnoma.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

15 Feb, 14:04


Qishloq xo‘jaligi hayvonlarini emlash ishlari davom etmoqda

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha olib borilayotgan "Dolzarb 90 kunlik emlama" hamda "Quturish kasalligiga qarshi kurashish oyligi" tadbirlari doirasida Oqdaryo tuman Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, insonlarga hayvonlardan yuqadigan o‘ta yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda sifatli o‘tkazishda qishloq xo‘jaligi hayvonlarini Kuydurgi kasalligiga va aholi xonadonidagi itlarni Quturish kasalligiga qarshi tuman hududlarida guruh asosida profilaktik emlash ishlari olib borilmoqda.

©️Kanalga ulanish:

👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

07 Feb, 13:12


Milliyligimiz – Bizning g‘ururimiz!

Respublikamiz bo‘ylab davlat tashkilotlari, boshqarma va muassasalarida milliylikni targ‘ib qilish yo‘nalishida haftaning har juma kunini "Milliy liboslar kuni" sifatida belgilangan.

Shunga muvofiq, Oqdaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 27-umumtaʼlim maktabida "Milliy liboslar - millat qiyofasi" shiori ostida ma'naviy-marifiy tadbir tashkil etildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

07 Feb, 13:11


Milliyligimiz – Bizning g‘ururimiz!

Respublikamiz bo‘ylab davlat tashkilotlari, boshqarma va muassasalarida milliylikni targ‘ib qilish yo‘nalishida haftaning har juma kunini "Milliy liboslar kuni" sifatida belgilangan.

Shunga muvofiq, Oqdaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli 27-umumtaʼlim maktabida "Milliy liboslar - millat qiyofasi" shiori ostida ma'naviy-marifiy tadbir tashkil etildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

07 Feb, 13:04


Milliy qadryatlar - millat ko‘zgusi
 
  Bugun tumandagi 1-umumiy o‘rta ta'lim maktabida she'riyat mulkining sultoni buyuk bobokalonimiz Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari hamda maktabning faol o’quvchi yoshlari ishtirokida "Navoiyxonlik" kechasi tashkil etildi. Qolaversa bugun maktabda milliy qadriyatlar oyligi doirasida “Milliy qadriyatlar - millat ko’zgusi” shiori ostida milliy liboslar ko‘rgazmasi ham o'tkazildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

07 Feb, 11:09


Milliyligimiz – bizning gʻururimiz!

Milliy liboslar, qadimiy san’at, shirin ohangli tilimiz – bularning barchasi bizning bebaho merosimiz! O‘zligimizni asrab-avaylab, zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirish bizning qo‘limizda.

Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi Tug‘ruq majmuasida "Milliy libos - iftixorimiz" mavzusida chellenj o‘tkazildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

02 Feb, 06:04


🟢 Уважаемые граждане!

💪Желаете обеспечить надежную охрану своего дома? В таком случае обращайтесь за подробной информацией по короткому номеру 📞 1131 Главного управления «Охрана».

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

02 Feb, 06:04


🟢 Ҳурматли фуқаролар!

💪 Хонадонингиз дахлсизлигини истасангиз, "Қўриқлаш" бош бошқармасининг
📞 1131 рақамига қўнғироқ қилинг ва батафсил маълумот олинг.

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

02 Feb, 03:39


#Hafta_dayjesti

Oqdaryo hafta ichida

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

02 Feb, 03:20


#Tonggi_tarona

Men umrni ko‘rmay qolibman,
Yonginamdan o‘tib ketibdi.


©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

02 Feb, 03:00


Ob-havo

Bugun, 2-fevral kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

02 Feb, 03:00


2025-YIL ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT YILI

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

02 Feb, 02:58


📜 #Kun_hikmati

"Hech qachon taslim bo‘lmang, chunki aynan oxirgi qadam muvaffaqiyatga olib borishi mumkin."

✍️ Tomas Edison

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

02 Feb, 02:58


⛅️ Assalomu alaykum. Yakshanba
tongi muborak bo‘lsin.

Asl saodat nafas olib turgan
har onimizga shukr qila
olishdir...
Shukr va zikrga boy kun bo‘lsin!

Dam olish kuningiz mazmunli
o‘tsin!

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

01 Feb, 17:56


SAMARQAND YANGILIKLARI | XOTIN - QIZLARNI QO‘LLAB - QUVVATLASH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR SARHISOB QILINDI

1.02.2025-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

01 Feb, 12:55


1-sektor hududidagi hokim yordamchilarining hisobotlari eshitildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov hamda tegishli mas'ullar ishtirokida sektor hududidagi hokim yordamchilarining joriy yilda mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish va shu orqali kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshiradigan ishlari, vazifalari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Mazkur hisobotda hokim yordamchilari o‘z rejalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berishdi. Hisobot davomida sektor rahbari tomonidan hokim yordamchilariga vazifalar yuzasidan muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

01 Feb, 09:49


«Ташаббусли бюджет»нинг 1-мавсуми бугундан бошланади

«Ташаббусли бюджет» жараёнларининг 2025 йилги 1-мавсуми 1 февралдан бошланиб, 20 мартга қадар давом этади. Бунда:
⁃ Лойиҳа киритиш босқичи — 1–20 февраль;
⁃ Саралаш босқичи — 21 февраль–7 март;
⁃ Тарғибот бисқичи — 8–10 март;
⁃ Овоз бериш босқичи — 11–20 март кунлари ўтказилади.

Жорий йилдаги 1-мавсум ғолиблари 21 март — Наврўз байрами куни эълон қилинади.

👉©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

01 Feb, 09:40


🔍Hashar - elga yarashar!

📍Ayni kunlarda tumanimizdagi mahallalarda keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun Oqdaryo tumanining Yangiqishloq mahallalasidagi "Movlom ota" qabristonida keng jamoatchilik ishtirokida hashar tashkil etilib, obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Jan, 12:19


Oqdaryo tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turgan nazoratdagi 20 nafar yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Bugun 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida tuman sektor rahbarlarining sayyor qabuli o’tkazildi. Sayyor qabul davomida Oqdaryo tumani IIB JXX probatsiya guruhi hisobida turgan nazoratdagi 20 nafar yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. O’tkazilgan uchrashuvda ularni qiziqtirgan savollari bo‘yicha tushunchalar berildi, murojaatlarning 6 nafari joyida ijobiy hal qilindi. Bundan tashqari ishsiz bo‘lgan 3 nafar probatsiya nazoratidagi yoshlar ishga joylashtirildi hamda Oqdaryo tumanida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan ham uchrashuv tashkil qilindi.

©️Kanalga ulanish:

👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Jan, 12:10


1-sektor hududidagi hokim yordamchilarining hisobotlari eshitildi

Bugun Oqdaryo tuman 1-sektor shtabida sektor rahbari tuman hokimi Sherzod Qudratov ishtirokida sektor hududidagi hokim yordamchilarining joriy yilda mahallalarda yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi daromadini oshirish va shu orqali kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshiradigan ishlari, vazifalari yuzasidan hisobotlari eshitildi.
Mazkur hisobotda hokim yordamchilari o‘z rejalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berishdi. Hisobot davomida sektor rahbari tomonidan hokim yordamchilariga vazifalar yuzasidan muhim topshiriq va tavsiyalar berildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Jan, 10:54


"Savodxonlik bayrami" oʻtkazildi.

Bugun Oqdaryo tumani 1-sektor hududidagi 47-IDUMda joriy yilning sentabr oyida maktab ostonasiga ilk qadam qo'ygan 1-"V" sinf oʻquvchilarining "Savodxonlik bayrami" oʻtkazildi.
Oʻquvchilar bu bayramda oʻzlarining badiiy chiqishlari bilan ota-onalarini xursand etishdi.
Bayram yuqori kayfiyatda, bolajonlarning quvonch va zavqqa toʻla she'r hamda raqslari bilan davom etib, ushbu kun bolajonlar hayotidagi eng chiroyli sahifalardan biri boʻlib qoldi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Jan, 08:32


#Sayyor_qabul

Bugun 14-son Bolalar musiqa va san’at maktabida Oqdaryo tuman sektor rahbarlarining navbatdagi ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi

©️Kanalga ulanish:

👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

23 Jan, 16:34


#Brifing
🔵 Brifing: Qish faslida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarni oldini olish xususida.

❗️Mavzu yuzasidan Oqdaryo tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta inspektori, kapitan Nodir Voxidov axborot beradi.

Kanalga qo‘shiling:
👇👇👇

👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

23 Jan, 15:19


Tibbiyot birlashmasida seminar o‘tkazildi

Bugun Oqdaryo tuman Tibbiyot birlashmasida bosh shifokor Shavkat Jabborov hamda Respublika ixtisoslashgan narkologiya ilmiy amaliyot tibbiyot markazi Samarqand filiali mutaxassislari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi. Tibbiy birigada va oila hamshiralari, ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika hamshiralari va vrachlari ishtirok etgan mazkur seminarda alkogol mahsulotlarga ruju qo‘ygan shaxslar bilan ishlash va bu borada aholi orasida tushuntirish, targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi.

Ushbu seminardan ko‘zlangan maqsad tibbiyot xodimlarini bilim ko‘nikmalarini oshirish orqali aholimiz orasida sog‘lom-turmush tarzini qaror toptirish, oila va xonadonlarda “Zararli odatlardan holi oila”, “Sog‘lom oila yurt tayanchi”  mavzularida targ‘ibot ishlarini o‘tkazish va shu orqali aholi orasida zararli odatlar, spirtli ichimliklarga ruju qo‘ygan fuqarolarni ogohligini oshirish va qaytarishdir.

©️Kanalga ulanish:

👇👇👇
👉 @oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

23 Jan, 14:52


📌 Topganga mukofot!

Fuqaro DJurayev Sherali Abdug‘aniyevich nomiga berilgan haydovchilik guvohnomasi tumanimiz hududida tushirib qoldirilgan. Ushbu hujjatni topib olganlar +998933321751 yoki +998939822087 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishi so‘raladi. Suyunchisi bor.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

23 Jan, 13:12


#SAYYOR_QABUL

Bugun "Dahbed" MFYda Oqdaryo tuman Xalq qabulxonasi mudiri  T.Murtazayev va Oqdaryo tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Sh.Jabborovlar tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 13 ta murojaat kelib tushdi. Ushbu murojaatlarning 8 tasi tibbiyot birlashmasida davolanish uchun yordam, nogironlik belgilash, davolanish uchun order olish masalasida, 1 tasi svetofor o‘rnatish masalasi, 1 tasi qurilish bo‘yicha o‘rinbosarga yo‘lni asfalt qilish masalasi, 1 tasi moddiy yordam masalasida bo‘ldi. 2 ta murojaat bo‘yicha joyida tushuntirildi va qolgan murojaatlar bevosita hal qilinishi uchun ijroga qaratilib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

23 Jan, 13:03


#Dahbed_MFYda_tadbirlar

Bugun Dahbed mahallasida bir qator ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Jumladan, Dahbed mahallasida joylashgan 39-maktab oʻquvchilari tomonidan "Biz vatanni ardoqlaymiz" shiori ostida Vatanparvarlik tadbirlari, mahalla fuqarolari bilan "Kitobxonlik oiladan boshlanadi" deb nomlangan davra suhbati hamda Mahdumi A'zam ziyoratgohida mahalla yoshlari bilan birgalikda "Jaholatga qarshi ma'rifat" mavzusida davra suhbatlari tashkil qilindi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

23 Jan, 12:30


Oila mustahkamligi uchun barchamiz mas’ulmiz!

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi L.Xalmirzayeva hamda Dahbed mahallasi xotin-qizlar faoli G.Fayziyeva hamkorligida institutning oilali talaba qizlarining qaynonalari bilan "Oilada qaynona tarbiyasining o‘rni" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Dec, 15:14


DIYOR YANGILIKLARI | HOKIM VA YOSHLAR UCHRASHUVI O‘TKAZILDI


25.12.2024-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Dec, 14:38


Saxovatpesha insonlar saxovati bilan 11 nafar bolajonlarning xatna to‘ylari o‘tkazildi

Bugun tumanimizda yana bir xayrli tadbir o‘tkazildi. Tumanning Primkent, Istiqlol, Miyonqol, Avazali va Oytamg‘ali mahallalari faollarining tashabbusi hamda xorijda ishlayotgan fuqarolarining homiyligi bilan mazkur mahallalardagi kam ta’minlangan oila farzandlari bo‘lgan 11 nafar bolajonlarning xatna to‘yi nishonlandi.
To‘yga kelgan mehmonlar bolajonlarni tabriklab, dil so‘zlarini izhor etishdi. Mazkur tantanada Oqdaryo tuman hokimi hamda Xalq qabulxonasi mudiri ishtirok etib, to‘y bolalarni tabriklashdi va tashkilotchilarga minnatdorchilik bildirishdi.
To‘y bolalarga homiylarning to‘y sovg‘alari topshirildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

©️Kanalga ulanish:

👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Dec, 14:06


⚡️“Yettilik” faoliyati sarhisob qilindi...

Mahallani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Oqdaryo tuman kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sherzod Qudratov boshchiligidagi kengash tarkibiga kiruvchi «mahalla yettiligi» tashkilotlari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Tanqidiy ruhda o‘tgan muhokamada har bir yo‘nalishlar kesimida yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, faollarga minnatdorchilik bildirildi. Faoliyati qoniqarsiz bo‘lgan mahalla xodimlariga nisbatan belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rilishi zarurligi ta’kidlandi.

Mahallada rais, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, ijtimoiy xodim, profilaktika va soliq inspektorlari bir musht bo‘lib harakat qilishi zarurligi, aks holda ko‘zlangan natijaga erishish mushkul ekanligi bildirildi. Kelgusi vazifalar belgilab olindi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

04 Dec, 02:11


Ob-havo

Bugun, 4-dekabr kuni Samarqand viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi.

——
©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

04 Dec, 02:06


KUN HIKMATI:

Aslida, hayotda birorta maqsad bilan yashashning o‘zi - Baxt. Maqsadsiz yashash shunday ko‘rgilikki, u hech kimning boshiga tushmasin. Kishida maqsad bo‘lsa, unga erishish yo‘lida kurashish, mashaqqat chekish, taʼna dashnomlar eshitib, kuyib-yonib yurish ham baxt.

Erkin Vohidov
________________

КУН ҲИКМАТИ:

Аслида, ҳаётда бирорта мақсад билан яшашнинг ўзи - Бахт. Мақсадсиз яшаш шундай кўргиликки, у ҳеч кимнинг бошига тушмасин. Кишида мақсад бўлса, унга эришиш йўлида курашиш, машаққат чекиш, таъна дашномлар эшитиб, куйиб-ёниб юриш ҳам бахт.

Эркин Воҳидов

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

04 Dec, 02:05


🌧 XAYRLI TONG!

🌷 Assalomu alaykum!
Chorshanba tongi muborak bo‘lsin

Bugungi boshlanayotgan yangi kuningiz fayzli va barokatli bo‘lsin! Siz va yaqinlaringizni yaxshi kayfiyat tark etmasin
.

——
©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

03 Dec, 14:28


Oqdaryo tumanida bo‘lib o‘tadigan  "Oqdaryo tuman hokimi kubogi" shaxmat turniri 5-dekabr kuniga qoldirildi.
Barchani turniriga taklif qilamiz
.

Oqdaryo tuman hokimligi hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi tomonidan aholi va yoshlar orasida shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan turnirda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan barcha yoshdagi shaxmat ixlosmandlari ishtirok etishlari mumkin. G'oliblar tuman hokimining qimmatbaho savg'alari bilan taqdirlanadi.
Buning uchun quyidagi  94-709-60-66 telefon raqami  orqali ro'yxatdan o'tishlari majburiy hisoblanadi. Musobaqa 5-dekabr kuni 9:00 da  Zarafshon MFYda joylashgan Oqdaryo tuman 1-son ixtisoslashtirilgan (Prezident maktabi) maktabda bo'lib o'tadi.
Ro'yxatga olish  boshlandi.

Barcha yoshlarni ushbu turnirda ishtirok etishga taklif qilamiz!

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Kanalga qo‘shiling:
👇👇👇
👉https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

03 Dec, 13:49


FUTBOL MUSOBAQASI O'TKAZILDI

Bugun Sport maktabi "Alpomish" futbol o'yingohida “8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan Sportning Futbol turidan o‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Oqdaryo tumani hokimi oʻrinbosari kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Oqdaryo tuman hokimligi axborot xizmati

Kanalga qo‘shiling:
👇👇👇
👉https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

03 Dec, 13:25


Tuman prokurori ko‘p qavatli uylar qurilish ishlari bilan tanishdi

Bugun Oqdaryo tuman 2-sektor rahbari, tuman prokurori Norsuluv Soyipova va bir guruh mas’ullar ishtirokida Dahbed shaharchasida qad rostlayotgan ko‘p qavatli turar-joylarning qurilishi holati o‘rganildi.

Kuzatilgan muammolar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tegishli tartibda bartaraf etish va uylarda barcha sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
——
©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

03 Dec, 13:14


#inklyuziv_jamiyat
#teng_imkoniyatlar

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni barchamizga hamma uchun imkoniyatlar tengligini ta’minlash va har bir inson qadr-qimmatini hurmat qilishning muhim ahamiyatini yana bir bor eslatadi.


O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi o‘z faoliyatida doimo quyidagi tamoyillarga asoslanadi: shaxsiy salohiyatga ishonch, ijtimoiy g‘amxo‘rlik, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlash — haqiqiy inklyuziv jamiyat barpo etishning poydevoridir.

Marhamat va adolatga asoslangan milliy davlatchilik madaniyatimiz hamda an’analarimizning mustahkam ildizlari jamiyatda inson manfaatlarini eng oliy qadriyat sifatida e’tirof etadi. Agentlik mazkur qadriyatlarga sodiqligi va vorisligi holda, ijtimoiy to‘siqlarni bartaraf etish va har bir inson o‘zini muhim, qo‘llab-quvvatlangan hamda himoyalangan his etishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratish ustida doimiy ish olib bormoqda.

Millatimizning qiymatlisi bo‘lgan Paralimpiyachilarimiz matonat, sabr va iroda timsoli sifatida jamiyatimizga buyuk ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishini ham e’tirof etish kerak. Ularning xalqaro maydonlardagi yutuqlari imkoniyatlarni chegaralaydigan me’yorlar shartli ekanini yana bir bor isbotlaydi va jamiyatda tenglik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Yangi O‘zbekiston — bu barcha uchun teng imkoniyatlar, adolatli va munosib hayot mamlakati!

📝 telegram    💻 instagram  
📝 facebook   🐧 xcom
🎞 youtube     🎖 ihma.uz

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

03 Dec, 12:30


Ko‘p qavatli uylardagi muammolar joyiga borib o‘rganildi

Bugun Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov tegishli mas’ullar ishtirokida Paxtaobod va Bozorjoy mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uy-joylarning obodonlashtirish holati va oqova tizimi borasida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi. Tuman rahbari o‘rganish davomida mavjud kamchiliklarni tez fursatda bartaraf etish borasida mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berdi. Shuningdek, mazkur uylarda yashovchi fuqarolarga tumanda tashkil etilgan “Boshqaruv serves kompaniyasi” bilan hamkorlikda muammolarni hal etib borish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
——
©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Nov, 10:42


#Bayroq_33_yil🇺🇿
#Bayrogʻim_gʻururim🇺🇿

⚡️O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan, Oqdaryo tuman 20-IDUM maktabida   “Bayrogʻim mening faxrim" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Nov, 10:38


#Yashil_makon

🌱Oqdaryo tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

🌴Tumandagi korxona va tashkilotlar, mahallalar tashabbus ko‘rsatib o‘z bog‘lariga daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda, bunda avvalo katta yo‘l yoqalari, dala chetlariga mevali hamda manzarali daraxt nihollari ekilmoqda.

☘️Xususan, tumandagi Xalq banki va Mikrokreditbank xodimlari ham Mustaqillik mahallasida o‘zlariga biriktirilgan hududga daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Nov, 09:43


🟢 Yongʻin xavfsizligi oyligida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi masʼul xodimi polkovnik U.Xamdamov, Oqdaryo tuman FVB xodimlari bilan Oqdaryo tumanida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda hududlarda keng ko‘lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari tomonidan  aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar, maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, oliy taʼlim muassasasi va aholi yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berilib, eslatmalar tarqatildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

16 Nov, 08:10


🌳Daraxt ekish – ezgu amal

🌱Bugun mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga har qachongidan ham katta e’tibor qaratilmoqda.

🌴Shunday ezgu maqsadlar ko‘zlangan holda mamlakatimiz bo‘ylab tashkil etilayotgan yashil makonlar orqali manzillar obod bo‘lmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasidan ko‘zlangan maqsad ham aslida ana shu. Bir so‘z bilan aytganda, yurt obod – ko‘ngil obod.

☘️Xususan, bugun Oqdaryo tuman Soliq inspeksiyasi xodimlari o‘zlariga biriktirilgan hududga daraxt ko‘chatlarini ekishmoqda.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

12 Nov, 12:57


Шавкат Мирзиёев COP29да глобал иқлим ўзгариши оқибатларини енгиб ўтиш бўйича қатор ташаббусларни илгари сурди

- Ўзбекистон глобал иқлим ўзгаришлари оқибатларини биргаликда бартараф этишда ўзининг амалий ҳиссасини кенгайтириш ниятида, - деди Президент.

Биринчидан, ривожланаётган мамлакатларга иқлим хатарларини аниқлаш учун етакчи давлатлар ва халқаро институтларнинг техник кўмагини кенгайтириш долзарбдир.

Бу борада Иқлим туфайли йўқотиш ва зарарларни баҳолаш бўйича халқаро марказ таъсис этишни таклиф қиламиз.

Иккинчидан, трансчегаравий сув ресурслари ифлосланишининг олдини олиш ва барқарор биохилма-хиллигини сақлашда ягона ёндашувлар зарур.

Минтақамиз мисолида айтиб ўтмоқчиманки, бир авлод кўз ўнгида Орол денгизининг бутунлай йўқолиши сайёрамиз миқёсидаги фожиага айланди. Шу ўринда биз Бирлашган Миллатлар Ташкилоти шафелигида Дарё экотизимларининг бутунлиги ва экологик хавфсизлигини таъминлаш бўйича мажбуриятлар тўғрисидаги декларацияни ишлаб чиқиш тарафдоримиз.

Учинчидан, кўп томонлама етакчи тузилмалар иштирокида ўсимликларнинг иқлим ўзгаришларига чидамлилигини ошириш учун Генетик ресурсларнинг минтақавий банкини ишга туширишни режа қилганмиз.

Денгизга чиқиш имкони бўлмаган давлатлар учун юртимизда Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг инновацион агросаноат хабини яратиш ташаббусини илгари сурамиз.

Тўртинчидан, иқлим ўзгаришларидан зарар кўраётган мегаполис ва шаҳарларнинг барқарор ривожланиши бўйича илғор билим ва амалиётлар трансфери учун Жаҳон иқлим пойтахтлари альянсини ташкил этишни ва унинг биринчи форумини Тошкентда ўтказишни таклиф қиламиз.

Бешинчидан, келгуси йили 15 май – Халқаро иқлим кунида Оролбўйи минтақасида ўтказиладиган Рақамли “яшил” ташаббуслар глобал ёшлар фестивалида давлатларингиз вакилларини кутиб қоламиз.

@Zarnews_uz

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

12 Nov, 12:39


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Боку шаҳрида ўтаётган БМТнинг Иқлим ўзгариши бўйича конференцияси (COP29)да нутқ сўзлади

"Биз Ўзбекистонда углерод нейтраллигига эришиш бўйича кенг миқёсдаги ислоҳотларни қатъий олиб бораяпмиз. 2030 йилгача ҳавога исcиқхона газлари чиқарилишини 35 фоизга камайтиришни режа қилганмиз. Бу мажбуриятни 2050 йилга қадар янада кенгайтиришга тайёрмиз.

“Яшил” энергетика улушини 40 фоизгача оширамиз. Электромобиль ва “яшил” водород кластерлари, қуёш ва шамол генерация хабларини яратаяпмиз. “Яшил макон” дастуримиз доирасида кўкаламзор ҳудудларни кескин кўпайтиряпмиз",
деди Президентимиз.

@Zarnews_uz

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

12 Nov, 12:30


#jarayon

👫 Pichoqchi mahallasida xavfsiz va zamonaviy piyodalar o‘tish joyini barpo etish ishlari amalga oshirilmoqda.


🚧 YHXB va tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi tomonidan Pichoqchi mahallasi hududidagi 30-maktab oldiga "qavariq" piyodalar o‘tish joyi o‘rnatildi. Mazkur piyodalar o‘tish joyi yevropa tajribasidan andoza olingan bo‘lib, sutkaning qorong‘i vaqtida nur qaytarish xususiyatiga ega bo‘lib, haydovchilarga oldinda piyodalar o‘tish joyi borligini ko‘rishi uchun qulaylik yaratadi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

12 Nov, 12:23


🔰 Tuman Kambag‘allik va bandlikka ko‘maklashish bo‘limida tumandagi korxona va tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan “Har bir davlat xizmatchisi — ma’naviyat targ‘ibotchisi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy ishlar sohasini rivojlantirish hamda ish yuritish hujjatlarining Davlat tilida, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida, imloviy xatolarsiz yuritilishi yuzasidan seminar mashg‘uloti tashkil qilindi.
Seminarda tumandagi barcha korxona va tashkilotlarning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Oqdaryo tumani hokimligi axborot xizmati

Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

12 Nov, 11:00


Ijtimoiy soha obyektlari faoliyati o‘rganildi

Tuman hokimi o‘rinbosari Charos Ortiqova mas’ullar ishtirokida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, issiqlik tizimi va oziq-ovqat sifati yuzasidan o‘rganish olib bordi, mas'ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va ishni sifatli tashkil etish borasida muhim topshiriq va tavsiyalar berdi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

12 Nov, 09:28


#Yashil_makon
#bugun_jarayon

Oqdaryo tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan "Yashil makon" umummilliy dasutiri asosida boshqarma balansida bo‘lgan "Kultepa" qabristoni hududidagi bo‘sh yer maydoniga  800 tupdan ortiq terak, qayrag‘och va tol ko‘chatlari ekildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

29 Oct, 08:57


#Jarayon

Bugun Oqdaryo tumani hokimi Sherzod Qudratov Boshdarxon mahallasida joylashgan sanoat korxonalarini obodonlashtirish holatini ko‘zdan kechirdi. O‘rganish davomida korxonalar hududini obodonlashtirish, bo‘sh joylarga “Yashil makon” loyihasi asosida manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish borasida mas’ullarga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

29 Oct, 07:15


Siyosiy-ma’rifat soati

⚡️Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari, jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan voqea-hodisalar haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy-ma’rifat soati” bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Oqdaryo tuman bo'linmasi hamda DIQB bosh mutaxassisi A.Nasimov bilan hamkorlikda tumandagi
SEO va JSB tashkilot xodimlari ishtirok etishdi.

🗣 Siyosiy-ma’rifat soatida yurtimizda hamda xorijda ro‘y berayotgan ahamiyatga molik voqealar tafsiloti, mutolaa vaqti rukni, huquqiy savodxonlik (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) haqida ma'lumotlar berildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

29 Oct, 07:06


⚡️Dolzarb masalalar muhokama markazida

Bugun Oqdaryo tumani hokimligida tuman hokimi Sherzod Qudratov rahbarligida hokim o‘rinbosarlari, hokimlik apparat xodimlari va tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida amalga oshiriladigan dolzarb vazifalar yuzasidan muhokama o‘tkazildi. Muhokama davomida ijro intizomi, “edo.ijro.uz” elektron tizimi orqali kelgan hujjatlar va topshiriqlar ijrosini ta’minlash, bandlik, tumandagi issiqxonalarni o‘rganish va samarali ishlashini ta’minlash, M-37 magistral yo‘li yoqasini obodonlashtirish, yo‘l yoqasidagi xizmat ko‘rsatish obyektlarida fuqarolar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sharoitlarni yaxshilash, noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, “Yashil makon” loyihasi bo‘yicha joylarda tadbirlar olib borish, kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni undirish, aholiga ko‘mir tarqatish ishlarini jadallashtirish kabi masalalar muhokama etilib, mas’ullarga muhim topshiriqlar berildi.

👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

29 Oct, 04:21


"Zarafshon" gazetasining 2024-yil 29-oktabr kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda.

Bugungi sonda:

- Saylovda samarqandliklar ham faol boʻldi;

- Oqdaryo paxta terish mashinalari
tuman hayotidagi shu kabi ayrim yangi raqamlar va faktlar haqida suhbat;

- Bir marta mashina haydagan oʻquvchi darsdan koʻra rulni koʻproq oʻylaydi;

- "A+B" koʻcha sanʼati emas.

Shuningdek, ushbu sonda siyosiy partiyalarning saylovoldi tashviqot materiallari chop etilgan.

Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

29 Oct, 04:17


TABIIY GAZ ISTE’MOLCHILARI DIQQATIGA!

“Ziraduloq’’ magistral gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan “Yangiqo‘rg‘on” Gaz taqsimlash stansiyasining aholi tarmo‘iga o‘rnatilgan shaybani almashnirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, “Yangiqo‘rg‘on” Gaz taqsimlash stansiyasining aholi tarmo‘iga o‘rnatilgan toraytiruvchi qurilmalarni mavsumiysiga almashnirish ishlari olib borilishi munosabati bilan, “Yangiqo‘rg‘on” Gaz taqsimlash stansiyasidan 2024-yil 29-oktabr kuni soat 10:00 dan 16:00 gacha Yangiqo‘rg‘on, Galaravot, Sug‘onchi, Yangihayot, Oytamg‘ali, Turon, Amir Temur, Loyish, Navro‘z, Mustaqillik MFYlariga tabiiy gaz ta‘minoti vaqtinchalik to‘xtatilishini ma‘lum qilamiz.
Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

“Oqdaryotumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi

Kanalga qo‘shiling:

👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

29 Oct, 02:10


Ob-havo

Bugun, 29-oktabr kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0-5, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

26 Oct, 02:22


FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

26 Oct, 02:20


Ob-havo

Bugun, 26-oktyabr kuni Samarqand viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

26 Oct, 02:19


KUN HIKMATI

Eng muhimi – qalbingda tartib o‘rnatish. Uchta narsaga amal qilamiz: nolimaymiz, ayblamaymiz, o‘zimizni oqlashga urinmaymiz.

✍️ Bernard Shou

__________

КУН ҲИКМАТИ

Энг муҳими – қалбингда тартиб ўрнатиш. Учта нарсага амал қиламиз: нолимаймиз, айбламаймиз, ўзимизни оқлашга уринмаймиз.

✍️ Бернард Шоу

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

26 Oct, 02:17


#Xayrli_tong

• Hech qachon o‘zingizdan qanoatlanmang!
• Qachonki o‘zingizdan qanoatlanishni boshlar ekansiz, rivojlanishdan qola boshlaysiz.
• Katta sivilizatsiyalarning tanazzuli ham ayni shu nuqtada boshlangan.
• Inson butun umr o‘zini tanqid qilib, ishlaridan ko‘ngli to‘lmay yashashi kerak.
• Bugungi kuningiz kechadigan yaxshi bo‘lmasa, demak siz yutqazyapsiz.
• Hech qachon o‘zingizdan qanoatlanmang!

🌤Boshlagan yangi kuningiz xayrli boʻlsin!

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇 
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Oct, 14:53


#Brifing
🔵 Brifing: Tumanda xotin-qizlar salomatligini saqlash maqsadida sport-sog
lomlashtirish ishlarining borilishi

❗️Mavzu yuzasidan Oqdaryo tumani hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Yulduz O‘roqova axborot beradi.

Kanalga qo‘shiling:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Oct, 14:07


Tuman prokurori Azizbek Vaxabov bilan

MATBUOT ANJUMANI OʻTKAZILDI
Ming afsuski, koʻzlangan natijalarga hali toʻliq erishmadik. Ayrim mansabdor shaxslarning oʻz shaxsiy manfaatini jamiyat manfaatidan ustun qoʻyishi islohotlar yoʻliga gʻov boʻlayotganligi ham ayni haqiqatdir. Taassufki, tumanimizda 2024-yilning 9 oyi davomida 31 nafar mansabdor turli xil koʻrinishdagi korrupsiyaviy jinoyatlarni sodir etganligi uchun javobgarlikka tortildi.

Bugun tuman prokurori Azizbek Vaxabov bilan “Oqdaryo ovozi” gazetasi jurnalistlari va ijtimoiy tarmoq vakillari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish” mavzusi yuzasidan boʻlib oʻtgan navbatdagi matubot anjumanida ana shular haqida maʼlumot berildi.
Batafsil:
https://oqdaryoovozi.uz/tu/57374-f.html

@oqdaryoovozi1931

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Oct, 13:32


Favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish yuzasidan targ‘ibot ishlari olib borildi

Bugun Samarqand Agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutida viloyat FVB boshlig‘i o‘rinbosari U.Axrorov tomonidan o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Unda kuz-qish davrida tuman hududida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlar va yong‘inlarni oldini olish yuzasidan tushuncha berilib targ‘ibot ishlari olib borildi. Seminar ishtirokchilariga eslatma materiallari tarqatildi.

©️Kanalga ulanish:

👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Oct, 10:16


🎞 Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh soha vakillari taqdirlandi

————

🎞 В честь Дня сотрудников органов внутренних дел награждена группа представителей сферы




👉 YouTube: https://youtu.be/cmLWhq-VAzI

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

25 Oct, 09:58


⚡️Oqdaryodagi 29 ta umumta’lim maktablari interaktiv doskalar bilan ta’minlandi

Zamonaviy bilimlarni egallashda elektron vositalarning ahamiyati katta. Ayniqsa, bugungi kunda o‘quvchilarga interaktiv elektron doskalardan foydalanish orqali mavzularni tushuntirish ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Oqdaryo tumanidagi 55 ta umumta’lim maktablarning 26 tasida bugungacha zamonaviy elektron doskalari mavjud edi. Hududdagi interaktiv doskalari mavjud bo‘lmagan yana 29 ta umumta’lim maktablariga yangi elektron doskalar topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda tuman hokimi Sherzod Qudratov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Shahzod Eshonqulov hamda ta’lim tizimi faollari ishtirok etishdi.

Unda soha mutaxassislari tomonidan mazkur elektron doskalarning an’anaviy doskalardan farqli jihatlari, ularning afzalliklari to‘liq tushuntirib berildi.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

21 Oct, 05:54


🔸OQDARYODA MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDAGI MUAMMOLARNI BARTARAF ETISH YUZASIDAN YIG‘ILISH O‘TKAZILDI

⚡️ Oqdaryo tumanida viloyat hokimi o‘rinbosari H.To‘xtayev, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Z.Jo‘rayev, tuman hokimi o‘rinbosari hamda ta’lim mas’ullari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirishni tashkil etish,ish hujjatlarining yuritilishi, ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yuzasidan viloyat hokimligi ishchi guruhining xulosalari tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga qat’iy vazifalar berildi.

Shuningdek, qamrab olinmagan 6 yoshli bolalarni 2024-2025-o‘quv yilida qamrovini tashkil etish bo‘yicha ishlar ahvoli, oilaviy nodavlat MTTlariga metodik ko‘maklashish, “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimida guruhlashni tashkil etish va boshqa masalalar bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

21 Oct, 04:14


QADRING BALAND BO'LSIN ONA TILIM!

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

21 Oct, 04:07


#hozir
“Kuz-qish mavsumi shtabi” mas’ullariga muhim topshiriqlar berilmoqda


Ayni paytda Oqdaryo tuman hokimi Sherzod Qudratov kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tuman hokimligida tashkil etilgan "Kuz-qish mavsumi shtabi"da shtab a’zolari bilan dolzar masalalar yuzasidan muhokama olib bormoqda. Muhokama davomida tuman rahbari shtab a’zolariga aholiga sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish, elektr-energiya, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni oldini olish, "Yashil makon" loyihasi doirasida joylarda tadbirlarni tashkil etish, bajarilgan ishlar yuzasidan shtabga kunlik axborot berib borish, korxona va tashkilotlarda, aholi xonadonlarida energiya tejovchi uskunalarni joriy etilishi kabi masalalar ko‘rib chiqilib, muhim topshiriqlar berilmoqda.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

21 Oct, 03:58


Davlat tili kuni muborak bo‘lsin!

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

21 Oct, 03:32


21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

21 Oct, 03:04


⛅️ "Oʻzgidromet"  - Bugun, 21-oktabr kuni Samarqand viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 13-18 metrgacha kuchayishi mumkin.

Kechasi  10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq boʻladi.
——
©️Kanalga ulanish:
👇👇
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

21 Oct, 03:04


KUN HIKMATI

Dunyoda har ishning o‘z hisob-kitobi bor. Har bir aytilgan so‘zning javobi bo‘ladi. Dunyodan ko‘z yumib ketguncha hisob-kitob qilib qo‘yish kerak. Aytilgan gapga javob berib qo‘yish kerak.

✍️Said Ahmad


____________

КУН ҲИКМАТИ

Дунёда ҳар ишнинг ўз ҳисоб-китоби бор. Ҳар бир айтилган сўзнинг жавоби бўлади. Дунёдан кўз юмиб кетгунча ҳисоб-китоб қилиб қўйиш керак. Айтилган гапга жавоб бериб қўйиш керак.

✍️Саид Аҳмад

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

21 Oct, 03:03


#Xayrli_tong

🌱Assalomu alaykum! Haftaning dushanba tongi muborak bo‘lsin! 😊

Oilangizni baxt, omad hech qachon tark etmasin.
Boshlangan yangi kun, barchamizga omadli kelsin!


©️Kanalga ulanish:
👇👇
https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

20 Oct, 17:18


Ғулом Ахмедов хотираси қалбимизда абадий яшайди (1970-2024)

Жорий йилнинг 20 октябрь куни таниқли шифокор Ғулом Ахмедов 54 ёшида вафот этди.

Ғулом Ахмедов 1970 йилнинг 20 ноябрда Нуробод туманида туғилган.

Бутун умри давомида санитария эпидемиологик осойишталик ва жамоат соламатлиги йўлида хизмат қилиб келган Ғулом Ахмедов 1987-1994 йилларда Тошкент давлат медитцина институтида ўқиган.

1994-1995 йилларда Самарқанд вилоят ДСЭНМда врач энтераратура, 1995-2015 йилларда марказнинг комунал гигиена бўлими санитария врачи, бўлим мудири вазифасида фаолият юритган.

2020-2023 йилларда Санэпид қўмита Самарқанд вилоят бошқармасининг санитария гигиена бўлими мудири лавозимида ишлаган.

Ғулом Ахмедов 2023 йилдан Оқдарё туман бўлимининг зарарсизлантириш бўлими мудири вазифасида ишлаб келаётган эди.

Санэпидқўмита Самарқанд вилоят бошқармаси марҳумнинг оиласи ва яқинларига ҳамдардлик билдиради.

Жаноза эртага, 21 октябрь куни соат 12:00да Нуробод тумани Анжирли маҳалласида ўқилади.

@Samarqand_live

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

20 Oct, 08:54


— Molu-davlatni topgaysan, ota-onang topilmaydi...

— Keyin bunday noyob gavhar, durdonang topilmaydi...

— Unutma avvalo, ota-onangni holini so‘rmoqni...

— Judo bo‘lgach, o‘zing oqlashga bahonang topilmaydi...


Bu qo‘shiqni ma’nosini hamma ham tushuna olarmikin? 🥺

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati

Oqdaryo tuman hokimligi | Rasmiy kanal

20 Oct, 08:50


Samarqand viloyati Oqdaryo tumani "To'rt mo'jiza" maktabi o‘quvchilari tomonidan "21-oktabr O‘zbek tiliga  Davlat tili maqomi berilgan kun" munosabati bilan tayyorlagan videolavha.

©️Kanalga ulanish:
👇👇👇
👉 https://t.me/oqdaryo_axborot_xizmati