Toyloq tumanidagi "Dilshodjon-Dilmurodjon Ishonch" fermer xo‘jaligining dala maydonida to‘qsonbosti usulida ekin ekish hamda “Yashil makon” umummilliy loyihasii doirasida dala chetlariga daraxt ko‘chatlarini ekish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi. Unda viloyat fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi vakili, tuman xokiming Qishloq va suv xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari Sh. Haydarov, agrofirma va ilg‘or fermer xo‘jaliklari rahbarlari, qishloq xo‘jaligiga aloqador tashkilot rahbarlarii va xodimlari ishtirok etishdi.
Seminar davomida bu yilgi qulay ob-havo sharoitida kech kuzgi dehqonchilik ishlarini bajarish har tomonlama manfaatli ekanligi ta’kidlandi. Har qarich yerdan, xususan, bog‘ qator oralari, dala chetlari va bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish va xaridorgir mahsulotlar yetishtirish bo‘yicha ishtirokchilarga zaruriy tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt