𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕 (@umid_fayzullaev)の最新投稿

𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕 のテレグラム投稿

𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕
𝐇𝐮𝐪𝐮𝐪𝐬𝐡𝐮𝐧𝐨𝐬𝐦𝐚𝐧:

𝐔𝐙 - 𝐄𝐔 - 𝐔𝐒𝐀

𝐃𝐚𝐯𝐥𝐚𝐭 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐫𝐮𝐯𝐢;
𝐊𝐨𝐫𝐩𝐨𝐫𝐚𝐭𝐢𝐯 𝐡𝐮𝐪𝐮𝐪;
𝐈𝐦𝐦𝐢𝐠𝐫𝐚𝐭𝐬𝐢𝐲𝐚 𝐡𝐮𝐪𝐮𝐪𝐢;
𝐒𝐨𝐠’𝐥𝐢𝐪𝐧𝐢 𝐬𝐚𝐪𝐥𝐚𝐬𝐡 𝐡𝐮𝐪𝐮𝐪𝐢.

Based in America 🇺🇸

Murojaat uchun: @huquqshunos_uz_bot
2,533 人の購読者
76 枚の写真
2 本の動画
最終更新日 06.03.2025 13:02

類似チャンネル

Abdurazzoq’s notes
10,733 人の購読者
Havro
9,536 人の購読者
Yupiterlik Markayeva
7,355 人の購読者

𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕 によってTelegramで共有された最新のコンテンツ

𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

16 Dec, 18:57

13,562

"Oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida xotin-qizlarning ta’lim olishlarini qo‘llab-quvvatlashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga asosan, tijorat banklari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan joylashtiriladigan depozit mablag‘lari hisobidan ta’lim kreditlarini 14 foiz stavkada ajratiladi. Ushbu mablag’lar, talaba o’qishni bitirgan kundan so’ng 6 oy o’tgach 7 yil davomida qaytariladi.

Talabaning ta’lim krediti bo’yicha foiz stavkalari Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg’armasi tomonidan tijorak banklariga to’lab beriladi.

Uni rasmiylashtirish uchun doimiy daromadga ega bo’lgan oila a’zosi yoki boshqa shaxs kafil bo’lishi mumkin.

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning xotin-qizlariga ajratiladigan ta’lim kreditlari uchun garov va kafilliklar talab etilmaydi.

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

16 Dec, 18:03

11,241

Xotin-qizlar uchun foizsiz ta’lim krediti berilishi haqida bilasizmi?

Hozir shu haqida, qonuniy asos bilan, sizlarga ma’lumot beraman.

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

15 Dec, 18:21

11,346

O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 96-moddasiga muvofiq, Ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta’minot berishga majbur. Ushbu ta’minot miqdori Kodeksning 99-moddasi va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq belgilanadi.

Sizlar uchun ushbu summani hisoblovchi bot faoliyati ham yo’lga qo’yilgan. @huquqshunos_uz_bot

Chet davlatda ishlayotgan shaxsdan aliment undirishda, agar u qonuniy ishlayotgan bo’lsa 2 ta farzand uchun daromadining uchdan bir qismi miqdorida, chet el valyutasining markaziy bank kursi asosida hisoblanadi.

Chet davlatda noqonuniy ishlayotgan bo’lsa, ishsiz sifatida aliment undiriladi, ya’ni ikki nafar farzand uchun 1 523 236 soʻm.

Ushbu holatda tumanlararo yoki tuman Fuqarolik sudiga davo arizasi bilan murojaat qilishingiz lozim. Shunda sud ishni bir tomon ishtirokida ko’rib chiqadi va Hal qiluv qarori chiqaradi. Ota O’zbekistonga kelgan kunda hal qiluv qarori chiqqan kundan boshlab o’tgan muddat uchun aliment undiriladi.

Agar kelganida to’lashdan bosh tortsa, O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 47 prim 4-moddasiga binoan javobgarlikka tortiladi. Shundan keyin ham to’lamasa Jinoyat kodeksi 122-modda asosida javobgarlikka tortiladi.

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

15 Dec, 17:30

7,925

Assalomu Alaykum!

2 ta bola uchun aliment miqdori qancha ?
Ota boshqa davlatda bo’lganida aliment undirish imkoniyati mavjudmi?


Hozir murojaatchi muammosiga huquqiy masalada ko’mak beraman!

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

11 Dec, 17:19

9,666

O’zbekiston Republikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 46 prim 2-modda ga muvofiq:
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish

Shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish….

-fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari (2.310.000 so’m), mansabdor shaxslarga esa — ellik baravari (16.500.000 so’m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.”

Ma’lumot o’rnida, sizning telefon raqamingiz ham shaxsga doir ma’lumot hisoblanadi. Sizga nisbatan ushbu turdagi huquqbuzarlik sodir etilsa 102 (IIB) raqamiga telefon qilib vaziyatni tushuntirishingiz kerak.

Huquqingizni talab qilishga o’rganing!

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

11 Dec, 17:11

7,530

Telefon raqamingizni sizning ruxsatingizsiz tarqatishsa sizning huquqingiz qanday qilib himoya qilinishini bilasizmi?

Hozir shu mavzuda yozaman…

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

10 Dec, 17:16

7,814

O’zbekiston Republikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi 185 prim 1-modda ga muvofiq:
“Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi:

Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish

huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”. Ya’ni, 1.650.000 ming so’mdan 6.600.000 so’mgacha jarima solinadi.

Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy javobgarlikka tortilganidan so’ng takroran sodir etilsa, yoki o’g’irlashtiruvchi holatlarda sodir etilsa Jinoyat kodeksi 250 prim 1-moddaga muvofiq javobgarlikka sabab bo’ladi.
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

10 Dec, 15:47

6,618

Assalomu Alaykum!

Yangi yil bayrami ham yaqinlab qolmoqda. Shu munosabat bilan paqildoq, salyut kabi pirotexnika vositalaridan foydalanish holatlari ko’p uchraydi oramizda.

Qonunchilikda bu masalaga qanday yondashiladi? Pirotexnika vositalaridan foydalanganlik uchun javobgarlik bormi?
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

09 Dec, 15:34

7,365

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 6-bandiga ko‘ra, quyidagi pedagog xodimlar navbatdagi majburiy attestasiyaga jalb etilmaydi:



pedagogik faoliyat bo‘yicha 3 yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar;

homilador ayollar, ular homilador bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin

1 yil davomida;

homiladorlik va tug‘ish hamda bolani parvarish qilish ta’tillarida bo‘lgan ayollar, ular ta’tilda bo‘lgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin 1 yil davomida;

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanayotgan uch yoshgacha bolasi bor ayollar;

respublika va chet el davlatlariga o‘qishga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog kadrlar;

Agar siz yuqoridagi asoslarga javob bersangiz, sizni majburiy navbatdagi attestatsiyaga jalb qilish mumkin emas.
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

09 Dec, 15:23

6,350

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra attestasiya 2 turga bo‘linadi.

Navbatdagi majburiy attestasiya – attestasiyaning bu turi har besh yilda bir marta o‘tkaziladi. Bunda malaka toifasining muddati tugagan yoki tugashi yaqin attestasiya topshirish muddati kelgan pedagog kadrlar majburiy jalb qilinadi.

Navbatdan tashqari attestasiya – bu attestasiyada qatnashish to‘liq ixtiyoriy bo‘lib, unga hech bir pedagog majburiy jalb qilinmaydi.

Ushbu attestasiyalarning oqibati ham bir biridan farq qiladi. Misol uchun:

Navbatdagi majburiy attestasiyada qatnashgan pedagog belgilangan ballni to‘plolmasa, uning malaka toifasi tushiriladi.

Navbatdan tashqari attestasiyada qatnashgan pedagog belgilangan ballni to‘plasa, uning toifasi ko‘tariladi. Biroq u attestasiyadan o‘ta olmasa, unda uning toifasi tushirilmaydi.

Attestasiyaning bu turi jazolovchi emas, rag‘batlantiruvchi xususiyat kasb etib, pedagoglarni o‘z ustida ishlashga va muddati kelmasdan oldin ham yuqori malaka toifasini berish imkoniyatini beradi.

Shuningdek, yuqoridagi nizomning 44-bandiga ko‘ra navbatdan tashqari attestasiyaga jalb etilgan pedagog kadrlar attestasiyadan o‘ta olmagan taqdirda, ularning malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi hamda ular lavozimiga muvofiq emas deb hisoblanmaydi.

Qoidaning mazmuniga ko‘ra, navbatdan tashqari attestasiyadan o‘ta olmagan pedagog ishdan bo‘shatilmaydi.