𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕 (@umid_fayzullaev)の最新投稿

𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕 のテレグラム投稿

𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕
𝐇𝐮𝐪𝐮𝐪𝐬𝐡𝐮𝐧𝐨𝐬𝐦𝐚𝐧:

𝐔𝐙 - 𝐄𝐔 - 𝐔𝐒𝐀

𝐃𝐚𝐯𝐥𝐚𝐭 𝐛𝐨𝐬𝐡𝐪𝐚𝐫𝐮𝐯𝐢;
𝐊𝐨𝐫𝐩𝐨𝐫𝐚𝐭𝐢𝐯 𝐡𝐮𝐪𝐮𝐪;
𝐈𝐦𝐦𝐢𝐠𝐫𝐚𝐭𝐬𝐢𝐲𝐚 𝐡𝐮𝐪𝐮𝐪𝐢;
𝐒𝐨𝐠’𝐥𝐢𝐪𝐧𝐢 𝐬𝐚𝐪𝐥𝐚𝐬𝐡 𝐡𝐮𝐪𝐮𝐪𝐢.

Based in America 🇺🇸

Murojaat uchun: @huquqshunos_uz_bot
2,533 人の購読者
76 枚の写真
2 本の動画
最終更新日 06.03.2025 13:02

類似チャンネル

Sirojiddin's fresh (2023-2024)
5,541 人の購読者
a vida de Ifeekkhan
1,010 人の購読者

𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕 によってTelegramで共有された最新のコンテンツ

𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

09 Dec, 15:16

6,888

Assalomu Alaykum!

Har yillik majburiy malaka oshirish…”, “farzandning kasal bo’lganligi tufayli qatnasha olmaslik…”

Hozir ushbu masalani huquqiy tahlil qilamiz.
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

07 Dec, 17:06

6,593

Ushbu holatda O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi 79-modda birinchi va ikkinchi qismlari - “ Ota-onalik huquqidan mahrum qilish

Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda:

ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa;

uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa…” asosida hududingizdagi tuman yoki tumanlararo Fuqarolik sudiga ariza kiritishingiz lozim.

Arizada yuqorida sanab o’tgan barcha holatlaringizni bayon etasiz va sudda mahalla fuqarolar yig’ini a’zolari, qo’shnilaringizni guvoh tariqasida jalb etasiz. Yana ishga aloqador har qanday ma’lumotlar va dalillarni ham sudda ko’rib chiqish uchun taqdim etishingiz zarur.
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

07 Dec, 17:01

7,057

Assalomu Alaykum!

Bugun shu murojatga javob izlaymiz!
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

03 Dec, 16:50

9,569

Siz belgilangan muddatda davlatni tark etsangiz, deport qilinmaysiz.

Deportatsiya- chet el fuqarosini mahalliy qonunlarni buzgan mamlakatdan majburan chiqarib yuborish jarayoni.

Koʻpincha deportatsiya AQSh chegarasini noqonuniy kesib oʻtgan yoki AQShda qonuniy viza muddati tugagan immigrantlarga tahdid soladi. Shuningdek, quyidagi vaziyatlarda siz deport bo’lishingiz mumkin:

✔️ Viza va boshqa hujjatlar bilan bog’liq firibgarlik;
✔️ Viza dasturi bo'yicha huquqlarning buzilishi (mamlakatda qonuniy bo'lish muddatidan oshib ketish, noqonuniy ishga joylashish);
✔️ Green karta olish uchun soxta nikohdan o’tish;
✔️ Siyosiy boshpana so'rashda yolg’on ma’lumotlar berish;
✔️AQSh immigratsiya xizmatini har qanday tarzda aldash;
✔️AQSh fuqaroligini yolg'on vakillik qilish/da'vo qilish;
✔️Har qanday davlat yordamini olish maqsadida soxtalashtirilgan, oʻzgartirilgan hujjatdan foydalanish.
✔️Milliy xavfsizlik bilan bog‘liq ma’lumotlarni uzatish.⠀
✔️Bir qator jinoyatlar, garchi hammasi bo'lmasa ham, AQShdan deportatsiyaga olib kelishi mumkin. Toʻliq roʻyxat uchun Immigratsiya va fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunning 237(a) boʻlimiga yoki I.N.A (8 USC § 1227) ga qarang.

Eslatib o‘tamiz, deportatsiya jarayoni mamlakatga qonuniy yo‘l bilan kirgan va hatto Green Cardga ega bo‘lganlar uchun ham amalga oshirilishi mumkin.


@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

03 Dec, 16:45

9,769

Komissiyada siz o’zingizning xatoyingizni tan olib, yana imkon berishlarini so’rang, har xolda chetlashtirilishdan ko’ra yangi imkon olish(reinstatement to the student status) - kelajagingiz uchun foydaliroq.

Agar siz chetlashtirilsangiz va SEVIS bekor qilinsa, siz yashayotgan shtat qonunchiligidagi muddatda, davlatni tark etasiz: ba’zi shtatlarda 15 kun, ba’zilarida 60 kun… ba’zilarida esa siz o’qib turgan semestr oxirgi kuniga qadar. Buni o’qishdan aniqlashtirsa bo’ladi…

Deport ham amalga oshiriladimi? ❤️

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

03 Dec, 16:41

10,337

Assalomu aleykum. Bugun shu mavzuda savol kelibdi: o’qishdan chetlashtirilsam, AQShdan deport qilinamanmi?

Mavzu ko’pchilikka aloqador emas, lekin musofirlikda boshiga tashvish kelgan yurtdoshimizni savollarini befarq qoldira olmadim.
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

21 Nov, 15:19

12,485

Shuningdek, ayrim tezkor xizmat xodimlarining sud qarorisiz shaxsiy telefoningizni tekshirib koʼrish uchun taqdim etishingizni talab qilishlari va yoki kuch ishlatib tortib olishlari ham yuqoridagi daxlsizlik huquqingizning buzilishi sifatida qaraladi. Telefon apparatini olib qoʼyilishi sizga tegishli bo’lgan shaxsiy yozishmalarning sir saqlanishi shubha ostida qolishiga yoki oshkor boʼlishining real  xavfining yuzaga kelishiga sharoit yaratib berilishidir.

Shaxsiy daxlsizlik- sizning Konstitutsiyaviy huquqingiz… Buni bilish sizga faqat manfaat keltiradi…

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

21 Nov, 15:11

13,034

Sizdan savol keldi: Shaxsiy telefonimni kimdir mening ruxsatimsiz tekshirishga haqqi bormi?

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31-moddasida shunday belgilangan:

“Har bir inson shaxsiy hayotining daxlsizligi, shaxsiy va oilaviy sirga ega bo‘lish, o‘z sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega.
Har kim yozishmalari, telefon orqali so‘zlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanishi huquqiga ega. Ushbu huquqning cheklanishiga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yo‘l qo‘yiladi”

Shaxsiy telefoningiz sizning shaxsiy hududingizdir: uyerdagi ma’lumotlarni sud qarorisiz tekshirish mumkin emas.

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

16 Nov, 17:49

12,597

⚫️ Siz bu holat bo‘yicha o‘sha tashkilot joylashgan hududdagi Adliya yoki prokuratura organlariga murojaat qilib, “Mehnat kodeksining 119 – moddasiga xilof ravishda homiladorligimni bila turib vaj qilib rad etyabti” deya murojaat qilasiz hamda tanlovdan o‘tganligingizni, siz bilan birga tanlovdan o‘tgan xodimlar hozirda ishlayotgani, tashkilot sizga ancha muddatdan buyon tibbiy ko‘rikka yo‘llanma bermayotganini ularga bayon etasiz. Ular bu vaziyatni o‘rganib chiqib, sizni ishga qabul qilish bo‘yicha tezlashtirilgan tartibda ishlar olib boradi.

⚫️ Oldindan ish joyingizni band qilib qo‘ya olmaysiz. Ammo ishga qabul qilinganingizdan so‘ng bir hafta yoki ma’lum muddat ishlab homiladorlik va bola parvarishlash ta’tiliga (dekret)ga chiqib ketsangiz bo‘ladi.

#mehnat_munosabatlari #mehnat

@umid_fayzullaev
𝐔𝐌𝐈𝐃 • 𝐅𝐀𝐘𝐙𝐔𝐋𝐋𝐀𝐄𝐕

16 Nov, 17:44

12,434

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 122 – moddasiga ko‘ra ishga qabul qilish bosqichlariga ko‘ra ish beruvchi bilan sizning o‘rtangizda suhbat yoki imtihonlar olib borilgan.

Mehnat kodeksining 360 – moddasiga ko‘ra majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi shart bo‘lgan xodimlar toifasi bor ya’ni mehnat sharoiti noqulay bo‘lgan yoki zararli og‘ir sharoitda bo‘lganligi uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishga majbur hisoblanasiz.

Siz o‘sha ish beruvchi tashkilotga ishga qabul qilish hujjatlarini barchasini taqdim etgansiz ular sizga tibbiy ko‘rikdan o‘tish bo‘yicha yo‘llanma beradi, tibbiy ko‘rikdan o‘tganingizdan so‘ng siz bilan mehnat shartnomasi tuziladi.

O‘zbekiton Respublikasi mehnat qonunchiligiga ko‘ra tanlov natijalariga ko‘ra qancha muddatda ishga olinishi ko‘rsatib o‘tilmagan. O‘sha tashkilotning nizomiga ko‘ra sizni qancha muddatda ishga qabul qilinishingizni tartibga solinadi ammo hamma kursdoshlaringiz siz bilan bir paytda hujjat topshirib hozirda ishlayotganligini hisobga olsak, ular sizni homiladorligingizni vaj qilib ataylab muddatni uzaytirib yuboryabdi garchi ular sizga buni ochiqdan – ochiq aytolmayotgan bo‘lsa ham asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

@umid_fayzullaev