Ishtirokchilar harbiy qism hayoti bilan yaqindan tanishishdi, harbiy texnika va qurol-yarog‘ ko‘rgazmalarini tomosha qilishdi. Shuningdek, ular uchun ekstremal sharoitlarda omon qolish, psixologik chidamlilikni oshirish, jamoaviy ishlash va liderlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlarga tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirilib, madaniy dasturlar va sport musobaqalarida qatnashish imkoniyati yaratildi.
Bizning sahifalarimiz: