Тuronbank matbuot kotibi @turonbankmatbuotkotib Channel on Telegram

Тuronbank matbuot kotibi

@turonbankmatbuotkotib


"Turonbank" ATB matbuot kotibining rasmiy telegram kanali

🔵Telegram-bot: @turon_bank_bot
🔵Facebook: http://bit.ly/2ornvb7
🔵Instagram: http://bit.ly/2mVDLAQ
🔵Sayt: https://turonbank.uz
🔵http://t.me/turonbankotibi_bot
☎️1220

Тuronbank matbuot kotibi (Uzbek)

Turonbank matbuot kotibi is the official Telegram channel of "Turonbank" ATB press office. This channel provides the latest news, updates, and information related to Turonbank, a leading bank in Uzbekistan. With the Telegram-bot @turon_bank_bot, followers can easily access various services and interact with the bank. Additionally, you can stay connected with Turonbank through their Facebook and Instagram pages. For more information, visit their website at turonbank.uz. Join the Turonbank matbuot kotibi Telegram channel today to stay informed and connected with all the latest updates from Turonbank. Don't miss out on important news and announcements. For further inquiries, you can also contact Turonbank at 1220.

Тuronbank matbuot kotibi

06 Jan, 03:11


Фирибгар трейдерлар

Биткоин ва бошқа криптовалюталар нархи юқорилаши билан шу соҳадаги фирибгарлар ҳам фаоллашиб қолишади. Турли йўллар билан, айниқса тез бойиб кетиш мумкинлигини таъкидлаш билан инсонларни алдаб, уларни пулларини ўғирлашга ҳаракат қилишади.

“Ёшлар” канали шундай сохта трейдерлар томонидан амалга ошириб келинаётган фирибгарликнинг янги тури – “Разгон” найранги ҳақида кўрсатув тайёрлабди.

Кўринг ва ўзингиз учун хулоса қилинг.

Тез ва осон бойиб кетаман деб, бор пулингиздан ҳам ажралиб қолманг!

@bankmijoz

Тuronbank matbuot kotibi

04 Jan, 13:08


📖 “Туронбанк” АТБ томонидан Тошкентнинг 10 дан ортиқ маҳалласида кутубхоналар ташкил этилди

Бу ҳақда АОКАда бўлиб ўтган брифингда АТБ “Туронбанк” Ахборот хизмати раҳбари Шоҳрух Қўчқоров маълум қилди.

Бугунги кунда Туронбанк тизимида 1480 нафардан ортиқ ходим меҳнат қилаётган бўлса, уларнинг 35 фоизини ёшлар ташкил этади ва «Ёшлар билан ишлаш бўйича Йўл харита» тасдиқланган.

2024 йил давомида ўтказилган спорт мусобақаларида хусусан, стол-тенниси бўйича 60 нафар, шахмат-шашка ўйинларида 55 нафар, сузишда 60 нафар, футболда эса 200 нафарга яқин ходимлар иштирок этган.

Туронбанк томонидан Ўзбекистон Ёшлар ишлари агентлиги билан имзоланган ҳамкорлик меморандуми доирасида « Ustoz AI » лойиҳаси амалга оширилмоқда ва унга асосан 2 миллиондан ортиқ ёшларимизга замонавий касблар ва фанларни бепул ўргатишни мақсад қилинган.

Ички туризмни ривожлантириш мақсадида 2024 йил давомида 12 маротаба «Янги Ўзбекистон боғи», Тошкент вилоятининг тоғолди туристик масканлари ҳамда Самарқанд, Бухоро, Хива сингари кўхна ва тарихий шаҳарларга банкнинг 600 дан ортиқ ходими учун саёҳатлар уюштирилди.

📌 Батафсил

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Тuronbank matbuot kotibi

04 Jan, 09:12


🏦 "Туронбанк" томонидан ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш борасида амалга оширилаётган ишлар

АОКАда АТБ “Туронбанк” Ахборот хизмати раҳбари Шоҳрух Қўчқоров иштирокида брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

🎸 Брифинг

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Тuronbank matbuot kotibi

04 Jan, 06:18


📢 4 январь, шанба куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинглар:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: "Туронбанк" томонидан ёшларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш борасида амалга оширилаётган ишлар
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Шоҳрух Қўчқоров, АТБ “Туронбанк” Ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Аҳолини электр энергияси билан узлуксиз ва барқарор таъминлаш бўйича олиб борилаётган ишлар
⚫️Вақти: 15:00
⚫️Иштирок этади: Маҳфуза Сувонова, «Ўзбекистон миллий электр тармоқлари» АЖ Электр тармоқларидан фойдаланиш бош бошқармаси муҳандиси
😉😉😉😉😉

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

Тuronbank matbuot kotibi

03 Jan, 19:07


Sport sinovlariga xodimlarni keng jalb etish hamda ular tomonidan qayd etilgan natijalar borasida faollik ko'rsatganligi uchun Sport vazirining tegishli buyrug'iga muvofiq:

🟡O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari-Saydullayev Nodirbek Narzullayevich,

🟡Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank” Boshqaruvi raisi-Irisbekova Kammuna Narinbayevna,

🟡 “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisi o‘rinbosari-Ibragimova Shaxlo Alimbayevna,

🟡 “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisi-Mamatkulov Rustam Uktamovich,

🟡“Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari-Inomjonov Elyor Isroilovich,

🟡“Turonbank” aksiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisi-Mirzayev Chori Sadibaqosovichlar “Jismoniy tarbiya va sport aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube

Тuronbank matbuot kotibi

29 Dec, 19:06


Туронбанкда ёшлар сиёсати ва уларга оид амалга оширилаётган лойиҳалар

👉 https://kun.uz/kr/90130880

Реклама

Тuronbank matbuot kotibi

28 Dec, 05:02


Sport sinovlarini namunali topshirgan Markaziy bank va tijorat banklari xodimlari taqdirlandi

Joriy yilning noyabr oyida Turonbank tizimida faoliyat olib boruvchi 300 nafarga yaqin xodim “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarida faol ishtirok etdi.

27-dekabr kuni Sport vazirligi va Markaziy bank rahbariyati tomonidan sport sinovlarining ixtiyoriy va maxsus talablarini bajarib g’olib bo’lganlarni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirda xodimlarning sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratib ularni qo’llab quvvatlagan rahbarlar “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko’krak nishoni bilan taqdirlandi

Shuningdek sport sinovlarida I, II va III darajani qo’lga kiritgan bankirlarga “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” koʻkrak nishonlari (guvohnomasi) va sport formalari topshirildi.

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
@turonbankmatbuotkotib

Тuronbank matbuot kotibi

19 Dec, 15:59


🏦 “Turonbank" ATB xodimlari hamda Xodimlarni boshqarish (HR) departamenti bilan aloqalar mavzusida" seminar tashkil etildi. Seminarda Turonbank tizimidagi barcha bank xizmatlari markazlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

📈 Ayni transformatsiya jarayonlari faol olib borilayotgan Turonbankda xodimlarni boshqarish yoʻnalishidagi ish jarayonlari avtomatlashtirilishi natijasida samaradorlik oshishiga erishildi.

Jahon banki guruhiga kiruvchi Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan hamkorlik davomida HR menejment bo‘yicha yoʻl xaritalar ishlab chiqilib, xalqaro andozalarga moslashtirildi va bu jarayonda tegishli maslahatchi-konsultantlar bilan ishlar olib borildi. Buning natijasida Xodimlarni boshqarish tuzilmasi o‘zgardi va tegishli me’yoriy hujjatlar, xususan nizomlar ham ishlab chiqildi.

Seminar davomida Turonbank tizimida bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar va amaliyotda yuzaga kelayotgan holatlar yuzasidan muhokamalar ham o‘tkazildi.

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
https://t.me/turonbankmatbuotkotib

Тuronbank matbuot kotibi

17 Dec, 15:52


Маҳатма Гандининг расми туширилган нол рақамли купюралар кимлар учун ишлаб чиқарилган?

“Туронбанк” ходимлари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйинининг финал босқичи бўлиб ўтди.

Telegram | Facebook | YouTube | Reklama

Тuronbank matbuot kotibi

17 Dec, 11:50


“Заковат” оммавий-маърифий ҳаракатга айланмоқда

“Туронбанк” ходимлари ўртасида “Заковат” интеллектуал ўйинларининг финал босқичи бўлиб ўтди.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/113927

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/113927

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram Reklama

Тuronbank matbuot kotibi

03 Dec, 14:44


Turonbank xodimi va Jahongir Vohidov o'rtasida o'rtoqlik o'yini o'tkazildi!

Jismoniy mukammallik uchun sport qanchalik muhim bo'lsa, aqliy salohiyat uchun shaxmat shunchalik muhimdir. Bank xodimlariga aqlni doimiy mashq qildirib borish esa ularning faoliyati yanada samarali bo'lishida yordam beradi. Turonbank ham bu jihatlarni inobatga olgan holda xodimlar o'rtasida shaxmat bo'yicha "Rais kubogi 2024" musobaqasini o'tkazdi.

Turonbank xodimlari orasida shaxmatga mehr qo'ygan hamda doimiy tarzda o'z ustida ishlaydiganlar bo'lganligi sababli musobaqa qiziqarli va hayajonli daqiqalarga boy tarzda o'tdi.

🏆Musobaqada 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibi, xalqaro grossmeyster Jahongir Vahidov ham ishtirok etdi va Turonbank xodimlari o'rtasidagi musobaqada g'oliblikni qo'lga kiritgan bankir bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi.

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
@turonbankmatbuotkotib

Тuronbank matbuot kotibi

27 Nov, 13:17


🏠 Turonbankdan foydali aksiya!

🏦 Endi ikkilamchi bozordan xonadon xarid qilish yanada qulay 🤗

"Yangi yilga yangi uy" aksiyasi doirasidagi ipoteka krediti bilan orzungizdagi uy-joyni xarid qilish yanada oson 🏠

Ipoteka krediti shartlari:
🔻Kredit miqdori: Toshkent shahrida uy-joy sotib olish uchun 800 000 000 so'mgacha
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Viloyatlar uchun 500 000 000 so‘mgacha
🔻Kredit foizi: 22%
🔻 Boshlang'ich to'lov: 26%
🔻 Kredit muddati: 10 yildan 20 yilgacha

💻 Batafsil ma'lumot www.turonbank.uz saytida

📱 Savollaringiz bormi, qo'ng'iroq qiling: 1220

Aksiya 30 dekabrga qadar davom etadi 💙

~~~~

🏠 Выгодная акция от Туронбанка!

🏦 Теперь приобрести квартиру на вторичном рынке стало удобнее 🤗

Купить дом своей мечты проще с ипотечным кредитом по акции «Yangi yilga yangi uy» 🏠

Условия ипотечного кредита:
🔻Сумма кредита: до 800 000 000 сум на покупку квартиры в Ташкенте.
До 500 000 000 сум для Республики Каракалпакстан и областей
🔻Процент кредита: 22%
🔻Первоначальный взнос: 26%
🔻Срок кредита: от 10 до 20 лет

💻Более подробная информация на сайте www.turonbank.uz

📱 Если у вас есть вопросы, звоните: 1220.

Акция продлится до 30 декабря 💙

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube

Тuronbank matbuot kotibi

18 Nov, 09:33


🏦 Yangi qurilgan xonadonlar uchun Turonbank Ipoteka kreditini taqdim etadi 🏠

Ipoteka krediti quyidagi shartlar asosida ajratiladi:
📝 Kredit miqdori: Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Viloyatlar uchun 420 000 000 so‘mgacha
📝 Kredit foizi: 17,5%
📝 Boshlang'ich to'lov: 15%
📝 Kredit muddati: 20 yil

💻 Batafsil ma'lumot www.turonbank.uz saytida

📱 Savollaringiz bormi, qo'ng'iroq qiling: 1220

~~~

🏦 На новостройки Туронбанк предлагает ипотечный кредит🏠

📝 Сумма кредита: до 420 000 000 сум по городу Ташкенту, Республики Каракалпакстан и областей
📝 Годовая процентная ставка: 17,5%
📝 Первоначальный платеж: 15%
📝 Срок кредита: 20 лет.

💻 Более подробная информация на сайте www.turonbank.uz

📱Есть вопросы? Звоните: 1220

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube

Тuronbank matbuot kotibi

18 Nov, 03:41


18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun!

🇺🇿 Bugun, ya'ni 18 noyabr sanasida «O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinganiga 33 yil to‘ldi.

Turonbank jamoasi nomida bayrog‘imizda aks etgan moviy osmon, ezgu tilak, serhosil tabiat va hayotiy kuch-quvvat sizning hayotingizda ham aks etishini tilab qolamiz!🎉

~~~

🇺🇿 Сегодня, 18 ноября, исполняется 33 года со дня принятия Закона «О Государственном флаге Республики Узбекистан»

Желаем иметь в жизни всё, что отражает наш флаг: голубое небо, доброе пожелание, благодатную природу и жизненные силы!🎉

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube

Тuronbank matbuot kotibi

08 Nov, 14:44


🏦 "Turonbank" ATB Bosh ofisida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan uchrashuvda “Turonbank” ATB Boshqaruvi raisi hamda hududlardagi barcha Bank xizmatlari markazlari va ofislaridan xodimlar ishtirok etishdi.

Hozirgi kunda, dunyo shiddat bilan o‘zgarib, raqamli dunyoga tobora sho‘ng‘ib boryapmiz, deyarli barcha ishlarimizni elektron qurilmalar orqali bajarishimiz mumkin, hatto ta’lim olish jarayoni ham onlayn, bank xizmatlaridan ham masofadan foydalanish mumkin. Ammo shu bilan bir qatorda insoniyatning taqdiri hamda kelajagiga tahdid solayotganxavf-xatarlar kuchayib borayotganini va xalqaro maydonda ziddiyatlar avj olayotganiga ham afsuski guvoh bo‘lyapmiz.

Tadbir davomida ayni shu masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi maslahatchisi Ilhom Ma’rupov bugungi kunda globallashuvning shiddatli tus olishi dunyo miqyosida g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlarning tobora avj olishiga zamin yaratayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, muqaddas dinimizning asl mohiyati tinchlik, farovonlik va ma’rifat dini ekanligi chuqur tahlil qilib berdi.

Shunday bir vaziyatda barqarorlikni saqlashda ma’naviyat va ma’rifatga e’tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda: “Biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni, albatta, yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir..."

Hozirgi kunda yoshlar orasida uchrayotgan turli oqimlarga bilmasdan qo‘shilib ketish holatlari, Vatanimiz ravnaqiga putur yetkazmoqchi bo‘lib turgan diniy ekstremizm va terrorizmning salbiy oqibatlari, ularni oldini olish, dinlar o‘rtasida o‘zaro ishonch, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi insonlar o‘rtasida o‘zaro hurmat, teng huquqlik, tinchlik va totuvlikni targ‘ib qilish asosiy maqsadlarimizdan biri ekanligiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
https://t.me/turonbankmatbuotkotib

Тuronbank matbuot kotibi

31 Oct, 09:11


🏦 31-oktabr Butunjahon jamg'arish kuni!

Mablag'larni jamg'arish ham ma'lum bir qoidalar va reja bilan ish tutishni talab etadi. Aynan Butunjahon jamg'arish kunining asosiy maqsadi ham odamlarni jamg'arishga undash, moliyaviy savodxonlikni oshirish va shaxsiy moliyaviy rejalashtirishga e'tibor qaratishdan iboratdir.

Daromadingizning ma'lum bir qismini jamg'arish kelajakda moliyaviy barqarorlikni ta'minlashda yordam beradi.

Mablag'laringizni Turonbank omonatlari yordamida foyda bilan jamg'arishingiz mumkin 💙

~~~~

🏦 31 октября – Всемирный день сбережений!

Сбор средств также требует определенных правил и плана. Основная цель Всемирного дня сбережений — побудить людей экономить, повысить финансовую грамотность и сосредоточиться на личном финансовом планировании.

Откладывание части вашего дохода поможет обеспечить финансовую стабильность в будущем.

Накопить свои средства вы также можете с помощью вкладов Туронбанка 💙


📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube

Тuronbank matbuot kotibi

30 Oct, 15:51


Birozdan so‘ng, ya’ni soat 21:00da O‘zbekiston24 telekanali orqali efirga uzatiladigan o‘zbek tilidagi "Axborot" dasturida Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida Turonbank moliyaviy ko‘magi yordamida amalga oshirilayotgan Brokkoli super loyihasi haqida tayyorlangan lavhani tomosha qilishingiz mumkin.

Unda brokkoli mahsulotini yetishtirish, yoshlar va dehqon xo‘jaliklari uchun ajratilgan yerlardan samarali foydalanib yuqori daromad olish maqsadida qilinayotgan ishlar haqida so‘z yuritiladi

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
https://t.me/turonbankmatbuotkotib

Тuronbank matbuot kotibi

25 Oct, 14:09


👍👌😎🫡

Диққат фейк, фирибгарлардан огоҳ бўлинг!

Бугунги кунда фирибгарлар мессенжерлар орқали фуқароларга Марказий банкнинг рамзий белгилари туширилган сохта ҳужжатлар юбориб, уларнинг мобиль қурилмаларига зарарли иловаларни ўрнатишга уринишмоқда.
Мазкур сохта ҳужжатларда гўёки фуқаронинг маблағлари хавфсизлигини таъминлаш учун “молиявий хавфсизлик бўйича мутахассис” томонидан айрим амаллар бажарилиши тўғрисидаги ёлғон ахборот кўрсатилган.

Бу орқали “мутахассис” ниқоби остидаги фирибгар фуқаронинг мобиль қурилмасига зарарли иловани (хусусан, “Безопасность” номли) ўрнатиш орқали ушбу қурилмадаги расм ва ҳужжатлар, SMS-хабарлар ва қўнғироқлар ҳақидаги маълумотларни яширин тарзда қўлга киритади.

Юқоридаги каби ҳолатларга дуч келсангиз, фирибгарларнинг алдовларига асло ишонманг, иловаларни эса мессенжерлар орқали эмас, балки расмий Google Play ва App Store дўконларидан ўрнатинг.

———

Внимание фейк, остерегайтесь мошенников!

В настоящее время мошенники рассылают гражданам поддельные документы с символикой Центрального банка через мессенджеры и пытаются установить вредоносные приложения на их мобильные устройства.

В поддельных документах содержится ложная информация о том, что якобы «специалист по финансовой безопасности» будет выполнять определенные действия для обеспечения сохранности денежных средств гражданина.

Таким образом, мошенник под видом «специалиста» тайно устанавливает вредоносное приложение (в частности, под названием «Безопасность») и получает доступ к данным об изображениях, документах, SMS-сообщениях и звонках на мобильном устройстве гражданина.

Если вы столкнетесь с подобной ситуацией, не поддавайтесь уловкам мошенников. Устанавливайте приложения только из официальных интернет-магазинов Google Play и App Store.

#kiberxavfsizlik #кибербезопасность

🌐Web 🔝 Telegram 🔝 Twitter 🔝 Facebook 🔝 Instagram 🔝 Youtube 🔝 Linkedin

Тuronbank matbuot kotibi

23 Oct, 12:55


🏦 Navoiy viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda!

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 sentyabrdagi PQ 312 sonli “Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash” kompleks dasturini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida Turonbank hamda Navbahor tumani hokimligi bilan hamkorlikda "Qiziltepa", "Yosh kuch" hamda "Mehnat" mahallalarida istiqomat qiluvchi aholi va tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazildi.

Uchrashuvda tumandagi tadbirkorlar faoliyatini rivojlantirish, ko'proq ish o'rinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi va imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
https://t.me/turonbankmatbuotkotib

Тuronbank matbuot kotibi

23 Oct, 09:34


🏦 Turonbank rahbariyati tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda!

Turonbank Boshqaruvi Raisining birinchi o'rinbosari Navoiy viloyati Navbahor tumanidagi "Arabsaroy" MFYda tadbirkolik subyektlari bilan uchrashuv o'tkazdi.

Mazkur uchrashuvning asosiy maqsadi bank va tadbirkorlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, tadbirkorlar o'z faoliyati davomida duch kelayotgan muammolarini hel etishga ko'maklashishdan iborat bo‘ldi.

Muloqot davomida bank tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun taklif etilayotgan kredit mahsulotlari haqida ham maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari kichik biznesni rivojlantirish va o'z faoliyatini endi bo'shlayotgan tadbirkorlarga bank kreditlaridan foydalanish borasida ko'rsatmalar berildi.

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
https://t.me/turonbankmatbuotkotib

Тuronbank matbuot kotibi

21 Oct, 05:36


21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni 🇺🇿

"Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir." –Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Bugun O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi nishonlanmoqda. Turonbank jamoasi nomidan sizni ushbu ajoyib bayram bilan tabriklaymiz, sizga tinchlik va farovonlik, shuningdek, yangi marralar va imkoniyatlarni tilab qolamiz!

Ona tilimiz mangu yashasin 🇺🇿

〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️〰️

21 октября – День праздника узбекского языка 🇺🇿

"Узбекский язык, один из древних и богатых языков мира, является для нашего народа символом национального самосознания и государственной независимости, огромной духовной ценностью." – Шавкат Мирзиеев Президент Республики Узбекистан.

Мы от всего сердца поздравляем вас с этим чудесным праздником, желаем вам мира и благополучия, а также новых открытий и возможностей!

📨 Telegram 👨 Facebook

🖼 Instagram 👍 YouTube

Тuronbank matbuot kotibi

19 Oct, 08:01


🏦 Ayni dam Turonbank xodimlari o’rtasida o’tkazilayotgan Zakovat o’yinlarining navbatdagi bosqichi o’tkazilmoqda.

📚Aqlni charxlashga, mantiqiy fikrlashni yanada rivojlantirishga, jamoa bo‘lib ishlash va maqsad sari hamjixatlikda harakat qilishga yordam beradigan Zakovat intellektual o’yinlarining navbatdagi bosqichida Farg’ona va Namangan bank xizmatlari markazlari xodimlari ishtirok etmoqda

O’yinlar Abdurasul Abdullayev boshchiligida o’tkazilyapti!

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
https://t.me/turonbankmatbuotkotib

Тuronbank matbuot kotibi

15 Oct, 14:38


“O‘zko‘rgazmamarkaz”da zamonaviy bank faoliyatiga bag‘ishlangan “Banks&Business Expo 2024” tadbiri bugun o'z ishini boshladi.

🔥 17-oktabr sanasiga qadar davom etadigan ko'rgazmada banklar va xalqaro moliya institutlari ishtirok etmoqda.

🏦 Turonbank ham mazkur tadbirda o'zining innovatsion mahsulotlari hamda biznes vakillariga mo'ljallangan qulay va foydali bank xizmatlari bilan qatnashmoqda.

Ko'rgazmaga tashrif buyurib bankimiz tomonidan taklif etilayotgan so'nggi yangiliklardan boxabar bo'ling hamda o'zingiz uchun foydali xizmatlarimizdan foydalaning.

👇Sahifamizga obuna boʻling👇
https://t.me/turonbankmatbuotkotib