Poytaxt_adliya @toshadliya Channel on Telegram

Poytaxt_adliya

@toshadliya


Jamiyatdagi voqeliklarning huquqiy tahlili va qonunchilikdagi yangiliklar haqida tezkor ma’lumotlar kanali.

www.toshkent.adliya.uz

https://www.facebook.com/groups/179796339451957/?ref=share

Instagram.com/poytahtadliya

Murojaat uchun:
@Poytaxtadliyabot

Poytaxt_adliya (English)

Are you a fan of crime shows, legal dramas, or true crime stories? Look no further than the Poytaxt_adliya Telegram channel! Poytaxt_adliya, which translates to 'Capital Justice' in English, is a channel dedicated to sharing fascinating and intriguing content related to crime and the legal system. From real-life court cases to fictional crime stories, this channel has it all.

Who is Poytaxt_adliya? Poytaxt_adliya is a Telegram channel created for individuals who have a keen interest in the world of law and order. Whether you are a law student looking to expand your knowledge or simply someone who enjoys a good mystery, Poytaxt_adliya has something for everyone. The channel is run by a team of moderators who are passionate about all things related to crime and justice.

What is Poytaxt_adliya? Poytaxt_adliya is a treasure trove of information for anyone interested in the legal system. The channel regularly posts updates on high-profile court cases, legal news, and interesting facts about crime and justice. You can also find discussions on popular crime shows and movies, as well as recommendations for books and podcasts related to the genre. With Poytaxt_adliya, you can stay informed and entertained while exploring the fascinating world of crime and justice.

Join Poytaxt_adliya today and immerse yourself in a world of mystery, intrigue, and legal drama. Whether you are a seasoned legal professional or simply someone who enjoys a good crime story, this channel has something for everyone. Stay up to date on the latest developments in the world of crime and justice, participate in engaging discussions, and connect with like-minded individuals who share your passion for all things law and order. Don't miss out on the exciting content waiting for you on Poytaxt_adliya!

Poytaxt_adliya

20 Feb, 15:57


#Ziyo_ulash

❗️“Ziyo ulash” loyihasi ko‘lami tobora kengaymoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

📚 Xonanda Vohidjon Isoqov va "VIA Maroqand" guruhi xonandalari “Ziyo ulash” aksiyasida ishtirok etib, Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markaziga kitoblar olib keldi.

📚 Loyihaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir yurtdoshimiz o’ziga yaqin hududdagi davlat xizmatlari markaziga o’zi o’qigan kitoblardan olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar almashinuvi orqali ilm va ziyo tarqatilishiga erishamiz.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

20 Feb, 11:29


#OAV_bilan_hamnafas

📺Joriy yilning 15-fevral kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Abror Raxmatov “Huquqiy alifbo: O‘zbekistonda aholining huquqiy savodxonligi qanday oshirilmoqda?” mavzusida “Milliy” telekanalining “Gapirmasak bo‘lmaydi” telekoʻrsatuvida ishtirok etdi.


Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

20 Feb, 09:43


Fuqarolarning muammolari hal qilinmoqda

Davlatimiz rahbarining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning ko‘plab mahallalarida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholi muammolari o‘rganilmoqda.

Shuningdek, uyma-uy yurish tamoyili asosida murojaatlar o‘rganilib, hududdagi mavjud aniqlangan huquqiy muammolar hal qilinmoqda.

Xususan, Chilonzor tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlarida tumanning Xirmontepa mahallasida yashovchi fuqarolar Zemlyanskiy Viktor va Pinchuk Nadejda 30 yil davomida shar’iy nikoh asosida yashab kelayotganligi, nikohi rasman qayd qilinmaganligini bildirgan.

O'rganish natijasida, fuqarolar Zemlyanskiy Viktor va Pinchuk Nadejdalarning nikohi Chilonzor tuman 1-son FHDY bo‘limi tomonidan qonuniy rasmiylashtirilib, guvohnoma taqdim etildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

20 Feb, 08:08


#Ziyo_ulash

“Ziyo ulash” loyihasi barchani kitob o’qishga chorlaydi


📚 Xonanda Manzura va Ravshan Komilov “Ziyo ulash” aksiyasida ishtirok etib, Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markaziga kitoblar olib keldi.

Аksiya uchun Davlat xizmatlari markazlarida aniq bir vaqt belgilanmagan, loyihada ishtirok etish istagidagi fuqarolar uchun kun mobaynida eshiklar ochiq.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

20 Feb, 04:54


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Yakkasaroy tumani 1-son FHDY bo‘limi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sabab aholiga xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz. 

👉 Shu sababli FHDY bo‘limlari faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga  murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

19 Feb, 12:33


⚡️Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nazarov Xamdam Shuxratovich Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nazarov Xamdam Shuxratovich 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2005-yildan Prokuratura idoralarida boshlab, turli lavozimlarda ishlagan. X.Nazarov 2011-yildan Adliya organlari tizimida turli lavozimlarda o'z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

X.Nazarov 2021-yildan boshlab shu kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi X.Nazarovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

19 Feb, 11:25


#Adliya_tabrigi

Chilonzor tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi mudirasi, 2-darajali yurist Xalimova Etiborxon Safarovna 50 yoshni qarshi oldi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Etiborxon Safarovnani hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!

Etiborxon Safarovna adliya tizimidagi o‘z faoliyatini 2000-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi viloyat FHDY arxividan boshlagan. Chilonzor tumani adliya bo‘limi 1-son FHDY bo‘limi mudirasi vazifasida 2023-yildan beri mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a’zosiga aylangan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi Etiborxon Safarovnani yubiley bilan tabriklab, el-yurt manfaati yo‘lidagi, fuqarolarga xizmat qilishdek sharafli va ezgu ishlarida ulkan yutuqlar doimo hamroh bo‘lishini tilaydi!

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

19 Feb, 10:05


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Mirzo Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilgani bois joriy yilning 19-21-fevral kunlari markaz fuqarolarga mazkur xizmat turini ko’rsata olmasligini ma’lum qilamiz.

👉 Shu sababli davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz bu vaziyatda Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

19 Feb, 06:38


BIR MUROJAAT IZIDAN

Davlatimiz rahbarining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning ko‘plab mahallalarida tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan aholi muammolari o‘rganilmoqda.

Shayxontohur tumanida istiqomat qiluvchi Rustam Aminov pensiyaga chiqqanidan so‘ng 15 yildan ortiq ishlagan davri nafaqasiga qo‘shilmay qolib ketgan.

Shayxontohur tumani adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda ish yurituviga qabul qilingan fuqaro R.Aminovning murojaati o‘rganib chiqilib, natijada adliya bo‘limi xodimlari fuqaroning huquqlarini sud orqali tiklab berishdi va otaxonning pensiyasiga ishlagan davri qo‘shib berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

15 Feb, 13:28


#Ziyo_ulash

🔷“Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Chilonzor tumani adliya bo’limi FHDY bo’limlari tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Bilim” axborot-kutubxona markazi bilan birgalikda yosh nikohlanuvchi kelin-kuyovlar ishtirokida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

🔷 Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlar safini kengaytirish, kelgusida oila deb atalmish muqaddas dargohda kelajak avlodlarga tarbiya borasida intellektual salohiyatini oshirish, yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda yoshlarning huquqiy ongi va bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan test savollari berildi.

🔹 Tadbirda ishtirok etgan 10 nafar kelin va kuyovlar test savollariga javob berdilar va tadbir qizg’in kayfiyatda o‘tdi.

🔹Aksiya doirasida ishtirok etgan yoshlarga esdalik uchun kitoblar sovg’a tariqasida topshirildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

15 Feb, 11:24


#Adliya_aralashgach

Toshkent shahar adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaro foydasiga ish haqi bo‘yicha mulkiy ziyon undirib berildi

👉Batafsil

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

15 Feb, 10:56


#Биласизми

⚡️ Қонунчиликка кўра, аутстаффинг хизмати бу — аутстаффер томонидан ўз ходимларини уларнинг розилиги билан бошқа юридик шахсларга (қабул қилувчи ташкилотга) ушбу ходимлар томонидан аутстаффер ва унинг ходими ўртасида тузилган меҳнат шартномаларида ҳамда жамоа келишувларида белгиланган меҳнат вазифаларини бажариш учун вақтинча юбориш йўли билан кўрсатиладиган хизмат тури ҳисобланади.

📝 Бунда, аутстаффинг хизматлари иш берувчи ва бошқа юридик шахс ўртасида тузилган шартнома асосида кўрсатилади.

🗓 Шунингдек, аутстаффинг шартномаси орқали ходимларни қабул қилувчи ташкилотга юбориш муддати бир календарь йил давомида 9 ойдан ошмаслиги керак.

✔️ Аммо, тарафларнинг келишуви ва ходимнинг розилиги билан мазкур муддат узайтирилиши мумкин.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

Poytaxt_adliya

15 Feb, 07:46


Yolg’iz ayolning ikki nafar farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasi berildi

Sergeli tumani, "Ezgulik" mahallasida istiqomat qiluvchi to‘rt nafar farzandning onasi Nilufar Sharopova yillar davomida yechimini topmay kelayotgan muammosi hal etildi.

Hozirda boquvchisi yo‘q bo‘lgan oilaning ikki nafar voyaga yetmagan qizi Rossiya Federatsiyasida tug‘ilgani sababli tug‘ilganlik guvohnomalarini olmagan.

Ushbu masala bo‘yicha ayol Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Adliya bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda murojaat qilgan edi. Murojaat tegishli mutasaddilar tomonidan ko‘rib chiqilib, muammo ijobiy hal etildi va ayolning farzandlariga FHDY bo’limi tomonidan tug‘ilganlik guvohnomalari berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

14 Feb, 15:46


Poytaxtda yangi davlat xizmatlari markazi binosi ochildi

Bugun, Shayxontohur tumanida yangi davlat xizmatlari markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni adliya vaziri Akbar Toshqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Bino milliy va zamonaviy meʼmorchilik anʼanalarining uygʻunligida qurilgan bo’lib, yorug’ va shinamligi, xizmat ko’rsatish uchun qulayligi bilan e’tiborni tortadi.

Markazga keladigan fuqarolar uchun ko‘plab qulayliklar yaratilgan boʻlib, bu yerda bolalar maydonchasi, ovqatlanish burchagi (kafe), Wi-Fi zonasi tashkil etilgan, shuningdek, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uchun zamonaviy infokiosklar oʻrnatilgan.

Zamonaviy sharoitlarga xos markazda bir kunda 1500 nafarga yaqin fuqaro 410 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bu esa aholiga vaqt va resurslarini tejash imkonini beradi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

08 Feb, 10:33


#Ziyo_ulash

Ziyo ulash” loyihasi qizg’in pallaga kirmoqda

Adliya vaziri Akbar Toshqulov “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida bugun poytaxtning Yashnobod va Mirobod tuman davlat xizmatlari markaziga borib, kitoblar sovg’a qildi.

Aksiya boshlangandan buyon ko’plab yurtdoshlarimiz, el tanigan mashxur insonlar xayrli ishga o’z hissalarini qo’shish maqsadida “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblar olib kelib, barchani kitobxonlikka targ’ib qilishmoqda.

Siz ham safimizga qo’shiling va Ziyo ulashishda hamjihatlikda davom etamiz!

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

08 Feb, 08:14


Adliya xodimlari mahallalarda

🔸Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash maqsadida mahallalarda sayyor qabullar hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

🔸Tadbirlar davomida fuqarolarning turli masalalarda murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

🔸Shuningdek, tadbir davomida “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan mahallalar aholisiga jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan huquqiy maslahatlar berildi hamda aholini firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish, ularni bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va ularni sodir etish usullari haqida ogoh qilish yuzasidan tayyorlangan infografikalar tarqatildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

08 Feb, 07:33


#Amal_qiling

🔖Qonunchilikka ko'ra, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlab ko'p bo'lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo'natish, shuningdek ularni ko'p bo'lmagan miqdorda qonunga xilof ravishda o'tkazish 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

⚠️ Shuningdek, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o'tkazish maqsadini ko'zlamay, qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, egallash, tashish yoki jo'natish BHMning 50 baravarigacha miqdordagi jarimadan tortib 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha bo'lgan jazo bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Poytaxt_adliya

07 Feb, 10:27


#Ziyo_ulash

⚽️ Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Chilonzor tumanidagi davlat xizmatlari markaziga kitoblar olib keldi.

📚 Loyihaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir yurtdoshimiz o’ziga yaqin hududdagi davlat xizmatlari markaziga o’zi o’qigan kitoblardan olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar almashinuvi orqali ilm va ziyo tarqatilishiga erishamiz.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

07 Feb, 05:43


#Bilasizmi

🔖 Mahalla profilaktika inspektorlari tomonidan aniqlangan ma'muriy huquqbuzarliklar uchun ma'muriy qamoqqa olish jazosi qo'llangan shaxslarni maxsus qabulxonalarga olib borish vazifasini amalga oshiruvchi tumanlararo ma'muriy konvoy guruhlari tashkil etiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Poytaxt_adliya

06 Feb, 12:29


87 yoshli onaxonning hujjatlaridagi xatoliklar bartaraf etildi

Yunusobod tumani “Bo’zsuv” mahallasida istiqomat qiluvchi 1938 yilda tug’ilgan Muhabbat Xodjayeva eski pasportidagi xatolik sabab ID karta olishda muammoga quch kelayotgan edi.

Yunusobod tuman 1-son FHDY xodimlarining yordami bilan onaxonning 1957 yilda qayd etilgan nikoh guvohnomasiga o’zgartirish kiritilib, pasport rasmiylashtirish uchun yangi guvohnoma berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

06 Feb, 09:11


#Bu_muhim

“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 35-moddasida har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan tashkilotlar belgilangan.

Xo‘jalik yurituvchi subyektning majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortishi mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

05 Feb, 13:22


#Ziyo_ulash

Kitoblar sayohatga chiqadi, bilim ulashadi va oʻzining yangi egalarini topadi. Adliya vazirligining “Ziyo ulash” loyihasi “bukkrossing” tamoyillari asosida davom ettirilmoqda.

Endilikda davlat xizmatlari markazlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDY organlari va “Madad” NNT byurolarida tashrif buyuruvchilar kitoblarni olib ketishlari va oʻz navbatida boshqa kitoblarni qoldirishlari mumkin, bu esa bilimlar aylanishini yuzaga keltiradi.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblar javonda chang bosib yotgandan koʻra, odamlarga foyda keltirgani maʼqul. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish

Poytaxt_adliya

05 Feb, 08:08


#Bilasizmi

📌Qonunchilikka ko'ra, ma'muriy sudlar faoliyatiga quyidagi tartiblar joriy etiladi:

🔹qarori, harakati (harakatsizlik) ustidan shikoyat qilinayotgan davlat organi mansabdor shaxsi yoki uning vakili sud majlisida majburiy ishtirok etishini ta'minlash;

🔹ma'muriy sud ish yurituvida ishlarning tezkor va sifatli ko'rib chiqilishini ta'minlashga hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga o'z huquqlarini himoya qilish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan dastlabki eshituv institutini joriy etish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Poytaxt_adliya

25 Jan, 09:12


#2025_yil_1_fevraldan

✔️Qonunchilikka ko'ra, og'ir hayotiy vaziyatda va yaqin qarindoshlari ko'magisiz qolganligi natijasida farzandini tarbiyalashdan voz kechmoqchi bo'lgan onalar, shu jumladan, homilador ayollar uchun bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmati yo'lga qo'yiladi.

🌐“Onalar maskani”da:

▪️og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalar va ularning bolalari (4 yoshga to'lmagan) 1 yilgacha bo'lgan muddatga ijtimoiy shartnoma asosida vaqtincha boshpana bilan ta'minlanadi;

▪️og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko'rsatiladi, ularda onalik va kasbiy ko'nikmalar shakllantiriladi;

▪️"Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari og'ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan onalarning kasb-hunar egallashi va bandligini ta'minlashga ko'maklashadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

Poytaxt_adliya

24 Jan, 14:57


#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 23-24-yanvar kunlari poytaxtning Yashnobod va Yunusobod tumanlarida seminar tadbirlari tashkillashtirildi.

Shuningdek, qarorning mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Yashnobod va Yunusobod tumanlaridagi mahallalarda joyiga chiqqan holda tushuntirishlar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

24 Jan, 04:18


#Adliya_xabari

Joriy yolning 22-23-yanvar kunlari tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirish, ulardagi muammolarni oʻrganish, sohaga oid muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish va takliflar ishlab chiqish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda 200 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

23 Jan, 14:27


Mahallalarda aholi murojaatlari o‘rganilmoqda


📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

23 Jan, 10:31


#Siz_hisobot_topshirdingizmi?

➡️O‘zNNTMa majlislar zalida Toshkent shahar Аdliya boshqarmasi, O‘zNNTMАning Toshkent shahar hududiy bo‘linmasi bilan birgalikda hududiy NNTlar vakillari uchun "Siz hisobot topshirdingizmi" aksiyasi doirasida tadbir tashkil etildi.

➡️Tadbirda nodavlat notijorat tashkilotlarning 2024-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) orqali elektron shaklda taqdim qilish tartibi va ularning muddatlari bo‘yicha ishtirokchilarga batafsil maʼlumot berildi.

➡️Shuningdek, hisobotlarni vaqtida topshirmaganlik uchun qonunda belgilangan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida NNTlar xabardor qilindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

22 Jan, 10:25


#Qonunchilikdagi yangiliklar

❗️Kriminogen vaziyat og‘ir mahallalar bilan yangicha ishlash mexanizmlari joriy etiladi

Qarorga muvofiq:

📣“Har bir mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish” ustuvor vazifa etib belgilandi

📣Tuman (shahar) sektor rahbarlari, Milliy gvardiya va ichki ishlar mas’ullariga kriminogen mahallalar nomma-nom biriktiriladi

📣Profilaktika kichik inspektori faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

📣Mahalla huquq-tartibot maskanlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

📣Milliy gvardiya qo ‘riqlash bo ‘linmalarining naryadlari xizmat olib borishi tashkil etiladi


📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

22 Jan, 10:24


#Qonunchilikdagi yangiliklar

❗️Huquqbuzarliklarning ijtimoiy profilaktikasi samaradorligi oshiriladi

Qarorga muvofiq:

Ijtimoiy profilaktikani samarali amalga oshirish uchun:

📣ma’muriy huquqbuzarlik “E-ma’muriy ish”da ro‘yxatdan o‘tganda huquqbuzar (jabrlanuvchi)larga avtomatik ijtimoiy profilaktikani amalga oshirish bo‘yicha xulosa ijroga qaratiladi;

📣har bir xulosa ijrosi ustidan kunlik nazorat o‘rnatiladi;

📣“mahalla yettiligi” va ko‘maklashuvchilarning faoliyati (KPI) ijtimoiy profilaktika natijalari asosida baholanadi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

22 Jan, 05:39


Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig’i otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan suhbatlashdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

13 Jan, 06:51


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo‘limi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sabab aholiga xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz. 

👉 Shu sababli FHDY bo‘limlari faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga  murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

13 Jan, 03:58


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Bugun 13-yanvar kuni M.Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazi binosida ta’mirlash ishlari davom etayotgani sababli fuqarolarga xizmat ko’rsata olmasligini ma’lum qilamiz.

Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan holda, davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham davlat xizmatlari ko’rsatilishini eslatib o’tamiz.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

11 Jan, 13:37


#muhim_eslatma!

📢 Nodavlat notijorat va diniy tashkilotlar diqqatiga!

Adliya vazirligi ogohlantiradi.

O‘zbekiston Respublikasining "Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g'risida"gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori talablariga asosan nodavlat notijorat tashkilotlari har yili 1-fevralgacha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi adliya organlariga o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlar taqdim etishlari shart.

Hisobot shakli Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan.

Hisobotlarni taqdim qilish Nodavlat notijorat tashkilotlari elektron portali (e-ngo.uz) orqali amalga oshiriladi.

Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 239-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi mansabdor shaxslarga jarima solishga sabab bo‘ladi.

📌 Kanalga ulanish

Poytaxt_adliya

11 Jan, 10:45


Endilikda shaxsiy hujjatlarning elektron shakli ham tan olinadi

Bu jarayon qanday amalga oshirilishi haqida Olmazor tumani Adliya bo’limi xodimlari “Bu kun” informatsion dasturi orqali tushintirish berishdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

11 Jan, 05:00


#FHDY_xizmatlari
O’tgan 2024-yil davomida Toshkent shahridagi FHDY organlari tomonidan 75 820 ta tug‘ilish holati qayd etildi.

Shundan, 39 070 nafari o‘g‘il bolalar va 36 750 nafari qiz bolalardir.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

10 Jan, 09:22


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! M.Ulug‘bek tumani Davlat xizmatlari markazi binosida ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli markaz ertaga 11-yanvar shanba kuni fuqarolarga xizmat ko’rsata olmasligini ma’lum qilamiz.

👉 Shu sababli davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

08 Jan, 14:22


📚 "UY" – bugunimizga oyna tutgan animatsion film! 🌟


🎬 Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi "Uy" animatsion filmini taqdim qildi.

Film zamonaviy dunyoning eng muhim muammolaridan birini ko'tarib chiqib, insonni o‘z "uyini" tartibga solishga undaydi.

O'zgacha voqealar rivoji, mazmunli ishoralar va jonli tasvirlar har bir tomoshabinni o'z odatlarini qayta ko'rib chiqishga majburlaydi.

Tafakkur qiling: "Uyingiz"ni nima bilan to'ldirmoqdasiz?

🎬 Rolikni yaqinlaringiz bilan bo‘lishishni unutmang.

© Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Poytaxt_adliya

08 Jan, 12:19


#Eslatma:

Qonunchilikka ko‘ra, nodavlat notijorat tashkilotlari (shu jumladan, diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralgacha o‘tgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etishi belgilangan. (https://lex.uz/docs/2356876#2357069)

📃 Tashkilotlar belgilangan hisobot shakllari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishi mumkin:
🔹 Nodavlat notijorat tashkilotlari uchun — havola.
🔹 Diniy tashkilotlar uchun — havola.

Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun www.e-ngo.uz portali ishga tushirilgan.

❗️Eslatma: MJtKning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, o‘z faoliyati to‘g‘risida bila turib noto‘g‘ri ma'lumotlar taqdim etishi BHMning 15 baravaridan 30 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

07 Jan, 13:44


#OAV_biz_haqimizda
#yil_sarhisobi
Maxsus reportaj | Aholi murojaatlari bilan ishlashda yangicha yondashuvlar


📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

07 Jan, 06:45


70 yoshli ayolga sayyor davlat xizmati ko’rsatildi

Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqaro Chilonzor tumani, 16-mavzeda istiqomat qiluvchi opasi Svetlana Guz uyini ijaraga berishi uchun unga elektron raqamli imzo kerakligini bildirgan.

Ammo 70 yoshli ayolning yurish imkoniyati cheklangani va 1-guruh nogironi bo’lgani sabab markazga kela olmasligini aytgan.

Davlat xizmatlari markazi xodimlari fuqaroning murojaati yuzasidan Svetlana Nikitichnaning yashash xonadoniga borib, elektron raqamli imzo kaliti ochishda sayyor tartibda amaliy yordam berishdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

07 Jan, 05:40


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Yakkasaroy tumani davlat xizmatlari markazi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli fuqarolarga xizmat ko’rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.

👉 Shu sababli davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

06 Jan, 12:53


O’tgan yilda poytaxtda qancha yangi tadbirkorlar ish boshladi?

Statistik ma’lumotlarga ko’ra 2024 yilda Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 39 317 nafar jismoniy va yuridik shaxs (subyekt)lari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
Bular:
21 748 та Yakka tartibdagi tadbirkor;
419 та Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona;
724 та Oilaviy tadbirkorlik subyekti;
504 та Xususiy korxona;
15 539 та Mas’uliyati cheklangan jamiyat va boshqa turdagilari 383 tani tashkil etadi.

Shuningdek, 2024 yil davomida 38 645 nafar jismoniy va yuridik shaxs (subyekt)lari qayta ro’yxatdan o’tkazilgan.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

04 Jan, 12:50


Yosh juftliklar oilaviy hayot oldidan o’qitilmoqda

Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tuman FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda yosh oila quruvchilarga oilani mustahkamlash masalasida huquqiy, tibbiy, diniy, ma’naviy va psixologik darslar o‘tildi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish, sog‘lom ma‘naviy-ahloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida ham suhbatlar olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 25 nafar juftlikka sertifikatlar topshirildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTuben

Poytaxt_adliya

31 Dec, 14:01


Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi xalqimizni kirib kelayotgan 2025-yil bilan qutlab, Yangi yil yurtimizga tinchlik va farovonlik, xonadonlarga fayz va baraka olib kelishini tilaydi!

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

31 Dec, 10:15


Toshkent shahar adliya boshqarmasi yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan Yangi 2025-yil bilan samimiy tabriklaydi!

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

30 Dec, 12:41


Adliya xodimlari bolajonlarga quvonch ulashishda davom etmoqda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari M.Ulug’bek tumanida bo’lishib, bolajonlarga bayram sovg’alarini tarqatishdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

30 Dec, 08:58


Bolajonlarga mehr ulashib

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari 30-mehribonlik uyida bo’lishib, bolajonlarni kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklab, bayram sovg’alarini ulashishdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

29 Dec, 12:12


Bolajonlarga Yangi yil sovg’alari ulashilmoqda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi qoshidagi 1-son Muruvvat nogiron bolalar uyida bo’lishib, bolajonlarga qorbobo sovg’alarini ulashishdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

27 Dec, 08:02


🎊 Bolajonlarga bayram sovg’alari ulashilmoqda

🎄Yunusobod tumanida joylashgan 87-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilarini bayram bilan tabriklash maqsadida bugun tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari bolajonlar oldiga borishdi.

🎁 Yangi yil sovg’alari ulashilar ekan bolajonlar qalbi quvonchga to’lib, markaz xodimlarining shirin so’zlaridan ulkan mehrni his etishdi.

🎉 Toshkent shahar adliya boshqarmasi bolajonlarga Yangi yil sovg’alarini ulashib, ularni xursand qilish maqsadida bugun turli manzillarga otlanishgan.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

26 Dec, 12:29


Adliya xodimlari aholi murojaatlarini o'rganishmoqda

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi doirasida poytaxtning M.Ulug’bek va Yakkasaroy tumanlari adliya xodimlari joylarga chiqib, aholi murojaatlarini o'rganishmoqda.

Aholi xonadonlari, xizmat ko'rsatish nuqtalari va aholi gavjum joylarda fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar haqida murojaatlarni qabul qilishmoqda hamda shu joyning o'zida huquqiy maslahatlar ham berib borishmoqda.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

04 Dec, 13:08


“Yashil makon” umummilliy loyihasi katta hududlarni egallamoqda

♻️ Bugun Poytaxtning Bektemir tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent shahar hokimligi va Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, shu jumladan Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan kuzgi ko’chat ekish ishlari amalga oshirildi.

♻️ Hududlarni ko’kalamzorlashtirish va eko tizimni tiklash borasida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbus doirasida bugun tumanning “Nurli yo’l” mahallasida 400 dan ortiq manzarali daraxt ko’chatlari ekildi.

♻️ Bunday keng ko‘lamli tashabbuslarning amalga oshirilishi natijasida, hududlardagi yashil maydonlar kengayib, ekologik vaziyat yaxshilanib boradi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

04 Dec, 10:39


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan “Toshkent shahridagi mahalla raislarini o’qitish bo‘yicha reja-grafik”ka asosan mahalla raislari ishtirokida har haftaning payshanba kuni o’quv seminarlarini o’tkazish yo’lga qo’yilgan.

Navbatdagi seminar “Fuqarolarning o‘zini o’zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o’quv kurslari” bilan hamkorlikda o'tkazildi. O’quv seminari davomida mahalla raislari o‘tgan hafta davomida qabul qilingan muhim va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar bilan tanishtirildi.

Shuningdek, ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni mazmun-mohiyatini tushuntirilib, Konstitutsiyada belgilangan konstitutsiyaviy huquqlar va majburiyatlar haqida tushuntirishlar berildi hamda qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga javob berib o'tildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

04 Dec, 09:45


Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida “Xotin-qizlar – e'tibor va ehtiromga loyiq!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi.

Ichki ishlar vazirligi, xalqaro tashkilot vakillari,deputatlar va FHDY bo‘limi xodimlari yurtimizda xotin-qizlarga berilayotgan e‘tibor va ularning huquqlari himoyasi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritishdi.

Tadbir davomida “Sharqshunos lider qizlar klubi” taqdimoti o'tkazildi hamda “Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka barham berish kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan 3 ta tanlovning g‘oliblariga esdalik sovg'alari topshirildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

04 Dec, 05:06


Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz!

9-dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
munosabati bilan Yangihayot va Yakkasaroy tuman adliya bo'limlari tomonidan tadbirlar tashkil etildi.

Unda tumandagi davlat idora va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida aytib o’tilib, korrupsion holatlarning oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tumanda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar mas'ul xodimlariga o'zlarining faoliyati ochiqligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ko’rsatma va tavsiyalar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

03 Dec, 09:31


#OAV_biz_haqimizda
Axborot 24 | Yoshlarga oid davlat siyosati amalda

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

03 Dec, 06:51


Aholiga davlat xizmatlarini ko’rsatishda qulayliklarni oshirish ko’zda tutilmoqda

Toshkent shahar adliya boshqarmasida Davlat xizmatlari markazi direktorlari, bo'lim boshliqlari va mas'ul xodimlari ishtirokida tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va qayta davlat ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan xodimlar uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Ma’lumot o’rnida Toshkent shahri bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida aholiga 1 576 148 ta davlat xizmatlari ko’rsatilgan. Bu esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 23,12% ga ko’p degani.

Shuningdek, 779 075 ta holatda fuqarolar davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanishgan. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, onlayn xizmatlar soni ham o’tgan yilning shu davriga nisbatan 42,78% ga oshgan.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

21 Nov, 11:29


Voyaga yetmaganlarning mulkiy huquqlari himoyasida notariuslar ishtiroki

Toshkent shahri va respublikamizda faoliyat yuritayotgan notariuslar uchun Adliya vazirligi tomonidan “Voyaga yetmaganlar bilan bog‘liq bitimlarni rasmiylashtirish amaliyoti” yuzasidan seminar tashkil etildi.

Seminarda mavzuga oid tushuntirishlar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularga yechimlar yuzasidan muhokamalar o’tkazildi. Shuningdek, notariuslarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, sohaga oid qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ham ko‘rib chiqildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

21 Nov, 04:31


Adliya xodimlari mahallalarda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan „Adliya kuni“ tadbirlari doirasida poytaxtning Shayxontohur tumani „Gulobod“ MFYda aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 30 ga yaqin fuqarolar ishtirok etishib, ulardan 10 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Shundan 3 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 2 ta murojaat bo'yicha sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi. Qolgan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Jumladan, meros rasmiylashtirilmagan va bugungi kunga qadar mulk huquqi e‘tirof etilmagan 6 nafar fuqaroning murojaati yuzasidan notarius tomonidan huquqiy tushintirish berilib, merosni rasmiylashtirish boyicha fuqarolarning arizalari qabul qilindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

20 Nov, 14:44


Toshkent shahar adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari ko'rsatilishi ustidan nazorat qilish sho'basi tomonidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'lim boshqarmasi hamda tuman maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari va mas'ul xodimlari uchun ZOOM platformasi orqali o'quv seminari o'tkazildi.

Seminar davomida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-iyuldagi 380-sonli qarori bilan Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentiga kiritilgan o`zgartirish va qo’shimchalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek onlayn muloqot davomida seminar ishtirokchilari tomonidan berilgan savollar yuzasidan huquqiy tushintirishlar ham berib o‘tildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

20 Nov, 09:26


#Foydali

📎Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova

Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!

Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?

Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.

💡Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!

Ilovani IOS va Android orqali yuklab olish mumkin.

📌 Kanalga ulanish

Poytaxt_adliya

20 Nov, 07:02


Adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlarning muammolari o’rganilib, hal etish choralari ko’rilmoqda

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

20 Nov, 04:22


Xotin-qizlar masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda

Sergeli tuman adliya bo'limi, tuman Xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida ayollarning murojaatlari tinglanib, muammolarini hal etish choralari ko’rildi.

Shuningdek, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, sog‘lig‘ini saqlash, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish bo’yicha ham hamkorlikdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

19 Nov, 10:32


#Diqqat_tanlov

📣📣 Sovrinlarning umumiy qiymati 40 mln soʻmlik tanlov!

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi va TDYUning Maqsadli kapital (Endowment fund) jamoat fondi hamkorligida “Huquq bilimdonlari — Umummilliy Konstitutsiya imtihoni” oʻtkaziladi.

Tanlov shartlari bilan batafsil 👉bu yerda tanishing.

📎Tanlovda ishtirok etish uchun @huquqbilimdonibot Telegram botini ishga tushirishingiz lozim.

Gʻoliblar quyidagi miqdorda ragʻbatlantiriladi:
3️⃣-oʻrin 8 mln soʻm;
2️⃣-oʻrin 12 mln soʻm;
1️⃣-oʻrin 20 mln soʻm.

Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan oʻtkazing va gʻolib boʻling!

📌 Kanalga ulanish

Poytaxt_adliya

19 Nov, 05:11


Oila muqaddas qurg‘ondir

Yakkasaroy tumanida
yangi hayotga qadam qo‘ygan yosh kelin-ko‘yovlar uchun “Oila muqaddas” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir, avvalambor, oila institutini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni asrash va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.

Tadbir doirasida yoshlar uchun nazariy-amaliy mashg‘ulotlar, mahorat darslari va seminar-treninglar tashkil etildi. Ushbu o‘quv jarayonlari yosh oilalarni bilimli va mas’uliyatli qilish, erta ajrimlarning oldini olish, shuningdek, oilaviy farovonlikka erishish uchun amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratildi.

Tadbir yakunida yosh oilalarga sertifikatlar topshirildi. Bu nafaqat ularning hayotidagi muhim hodisa, balki ulkan mas’uliyat hamdir.

Zero, oila har bir insonning saodati, farovonligi va jamiyat ravnaqining poydevori hisoblanadi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

16 Nov, 14:36


Davlat xizmatlari markazida navbatchilik asosidagi ishlar o’rganildi

Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Meliyev Shayxontohur tumani davlat xizmatlari markazida bo’lib shanba kuni navbatchilik asosida aholiga davlat xizmatlari ko'rsatilishi bilan tanishdi.

Vazir o’rinbosari jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni hamda sifatini ko‘zdan kechirdi hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Shunindek, binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

16 Nov, 12:37


#yashil_makon
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tumanlardagi xodimlar ishtirokida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida navbatdagi ko’chat ekish tadbirlari o’tkazildi.

Loyiha doirasida Yunusobod tumanining “Hasanboy” mahallasiga 150 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

16 Nov, 07:52


Adliya vaziri o’rinbosari fuqarolarga ko’rsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev poytaxtning Yakkasaroy va Yunusobod tuman Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi.

Vazir o’rinbosari tuman adliya organlari ish faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayoni hamda sifatini ko‘zdan kechirdi.
Shu bilan birga aholiga xizmat ko‘rsatishda imkoniyatlardan unumli foydalanish hamda fuqarolarga qulayliklar yaratish borasida o‘z taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Aholini uyma-uy yurib muammolarini o'rganish bo'yicha berilgan topshiriqlarning ijrosini to'liq ta'minlash, "Adliya kuni" tadbirlarini o'tkazib borish bo'yicha adliya bo'limi mas'ul xodimlariga ko'rsatmalar berildi.

Shunindek, binolarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar bilan ham tanishildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

15 Nov, 11:50


#Adliya_va_yoshlar

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 30 nafardan ortiq yoshlar uchun Toshkent politexnika muzeyiga sayohat tashkil etildi.

Poytaxtning Mirobod, Yunusobod hamda Yakkasaroy tumanlaridan kelgan otaliqqa olingan yoshlar ushbu ekskursiya davomida texnikalar tarixiga oid qiziqarli bilimlarga ega bo’lishdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

15 Nov, 04:23


Poytaxtda 4 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

☑️ Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi.

➡️ Chilonzor tumani U.Ubaydullayev 1 oy muddatga 15.11.2024-yildan;

➡️ Yunusobod tumani M.Norova 1 oy muddatga 14.11.2024-yildan;

➡️ Yakkasaroy tumani Sh.Ismailov 1 oy muddatga 13.11.2024-yildan;

➡️ Yashnobod tumani E.Mamedova 6 oy muddatga 16.11.2024-yildan;

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTubei

Poytaxt_adliya

14 Nov, 06:02


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazida haydovchilik guvohnomalarini rasmiylashtirishda texnik nosozliklar kuzatilgani bois fuqarolarga mazkur xizmat turini ko’rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.

👉 Shu sababli davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz bu vaziyatda Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

13 Nov, 11:44


Adliya xodimlari mahallalarda

Poytaxtning M.Ulug’bek tumani „Katta yalang‘och" MFYda tuman adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda „Madad“ NNT xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayor qabulda 30 nafar fuqarolar ishtirok etishdi. Ularning murojaatlari tinglanib, joyida hal etish choralari ko‘rildi. Murojaatlar asosan meros masalasi, uy-joyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ajrim va pasport masalalari yuzasidan bo’ldi.

Sayyor qabul davomida fuqarolarga shu joyda davlat xizmatlari ham ko’rsatilib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

13 Nov, 06:06


Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda

Sergeli tuman adliya bo'limi xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasi ya’ni atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish, ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish ishlariga o’z hissalarini qo’shishmoqda.

Loyiha doirasida tumanning "Qo'shqo'rg'on" mahallasi hududiga adliya xodimlari tomonidan 350 ta manzarali daraxt koʻchatlari ekildi. Hududlarda yashil maydonlar soni oshirishga qaratilgan kuzgi daraxt ekish ishlari davom etmoqda.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

12 Nov, 10:17


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Sergeli tumani FHDY bo‘limi binosida internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sabab aholiga xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz. 

👉 Shu sababli FHDY bo‘limlari faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga  murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram |Facebook | Veb sayt | Instagram

Poytaxt_adliya

12 Nov, 10:08


77 yoshli onaxonga sayyor davlat xizmati asosida elektron kalit berildi

M.Ulug‘bek tumani „Oloy“ mavzesida istiqomat qiluvchi Sanobarxon Marupova Davlat xizmatlari markaziga qo‘ng‘iroq qilib, xorijga davolanish uchun ketayotgani va elektron kalit olishi zarurligi haqida murojaat qilgan.

Ammo onaxon sog‘lig‘idagi muammolar sabab markaziga bora olmasligini bildirgan. Onaxonning iltimosiga ko‘ra markaz xodimlari ularning uyiga sayyor davlat xizmatlarini tashkil etishdi.

77 yoshli fuqaroga o‘z uyida elektron kalit rasmiylashtirib berildi. Eslatib o‘tamiz nogironligi bor va keksa fuqarolar uchun Davlat xizmatlari markazi tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

12 Nov, 08:53


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Olmazor tumani FHDY bo‘limi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sabab aholiga xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz. 

👉 Shu sababli FHDY bo‘limlari faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman FHDY bo‘limlariga  murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram |Facebook | Veb sayt | Instagram

Poytaxt_adliya

11 Nov, 10:20


Joriy yilning 8-noyabr kunidan boshlab «Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar
va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida»gi Qonun rasman kuchga kirdi.

Yaʼni, shu kundan boshlab tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlandi.

🔖Ushbu jarayonlarga oid eng muhim 7 ta tavsiyalar:

1️⃣ shoshmashosharlik bilan kadastr yoki hokimiyatga murojaat qilmang;

2️⃣ hujjatsiz yerlarga nisbatan tegishli hujjatlarni pul evaziga turli yoʻllar bilan rasmiylashtirib berishni taklif etadigan “firibgarlar”ga aldanib qolmang, bu kabi holatga duch kelgan taqdiringizda huquqni muhofaza qiluvchi organlariga darhol xabar bering;

3️⃣ mahallalarda xatlov oʻtkazish boʻyicha reja-jadval bilan tanishib chiqing hamda sizning mahallangizda xatlov oʻtkaziladigan sana haqida xabardor boʻling;

🖥 Reja jadval bilan Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali https://kadastr.uz/uz/etirof-etish-reja-jadvali?region=1726&district=1726277 tanishishingiz mumkin.

4️⃣ xatlov oʻtkaziladigan kunlarda imkon qadar xonadoningizda boʻlishga harakat qiling hamda vakolatli tashkilotlarning xodimlariga joyiga chiqib oʻrganishda shart-sharoit yaratib bering;

5️⃣ maʼlumotlar jamoatchilikka eʼlon qilinganda ular bilan tanishib chiqing hamda eʼtirozingiz mavjud boʻlganda 1 oy muddatda tegishli tashkilotlarga shikoyat qiling;

6️⃣ yer va mulk soligʻi boʻyicha qarzdorligingiz mavjud boʻlsa, ularni toʻlash choralarini koʻring;

7️⃣ Sizga oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va binolarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etish maqsadga muvofiq deb topilganligi toʻgʻrisida xabarnoma kelgandan soʻng, belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bir martalik toʻlovlarni toʻlang.

Poytaxt_adliya

11 Nov, 05:37


#Adliya_tabrigi

Hurmatli kasaba uyushmalari xodimlari va faollari!


Sizlarni 11-noyabr — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz.

Mamlakatimizda xodimlarning huquq va manfaatlarini taʼminlash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va mehnatini muhofaza qilish, bu orqali esa hayotimizda ijtimoiy adolat yanada mustahkam qaror topishida kasaba uyushmalari faoliyati alohida eʼtirofga loyiq.

Mana shunday masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar hamisha yor boʻlsin. Xonadoningizdan tinchlik, qut-baraka arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi


📌 Kanalga ulanish

Poytaxt_adliya

08 Nov, 13:09


Adliya xodimlari aholi muammolarini o'rganishmoqda

Poytaxtning M.Ulug’bek tumani „Bahor" MFYda Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

Sayor qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ulardan 10 dan ortiq arizalar qabul qilindi. Murojaatlar asosan pensiya masalasi, uy-joyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bolani bog‘chaga joylashtirish va uy-joyga subsidiya olish masalalari yuzasidan bo’ldi.

Murojaatlarning 6 tasiga sayyor qabul paytida huquqiy tushuntirish berilib, muammoni joyida hal qilish choralari ko‘rildi. Qolgan murojaatlar ish yurituviga olinib, hal qilish choralari ko’rilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida tumanning "Xo'ja-uchqun" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo'lmagan Kurganboyevlar oilasining huquqiy masaladagi muammosi hal etildi.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

08 Nov, 12:50


#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 4—7-noyabr kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish

Poytaxt_adliya

02 Nov, 04:37


Toshkent shahar adliya boshqarmasi, M.Ulug‘bek tumani adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi, FHDY va “Madad” NNT xodimlari ishtirokida “Minglola” va “Nodirabegim” mahallasi aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda mahallalardan 40 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etishdi. Ular kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, turar joy shirkatlaridan asossiz qarzdorlik, yosh shifokorlarga ustama to‘lovlari, bolalarni bog‘chaga joylashtirish hamda bandlik masalalari yuzasidan murojaat qilishdi.

Adliya xodimlari tomonidan har bir murojaatga alohida eʼtibor qaratilib, mavjud muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

01 Nov, 14:51


AKT xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi majlislar zalida davlat xizmatlari markazlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha masʼul xodimlarga, boshqarmaning raqamlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchisi tomonidan “Axborot hamda kommunikatsiya tizimlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish” bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida AKT xodimlariga zamonaviy texnologiyalar, tarmoq tizimlari va undagi yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

01 Nov, 13:10


#Mehr_ulash
🩸Qon topshir — hayot inʼom et!

👉 Unutmang, sizning qoningiz kimningdir umrini saqlab qolishi mumkin!

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

01 Nov, 12:39


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan «Tengdoshimga huquqiy yordam» tadbirlari doirasida Ichki ishlar bosh boshqarmasiga yoshlar uchun ekskursiya tashkil etildi

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

01 Nov, 11:17


#Mehr_ulash

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari bugun “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etishdi.

Respublika qon quyish markaziga boshqarma xodimlaridan 27 nafari donor sifatida qon topshirishdi.

Mazkur aksiya doirasida olingan qon preparatlari Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar va shoshilinch tez yordam markazlari bemorlari uchun beg‘araz yordam sifatida yuboriladi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

01 Nov, 04:20


Yoshlar muammolari hal etilmoqda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari Sergeli tumani “Shukrona” MFYda yoshlar uchun sayyor qabul o’tkazdi.

Uchrashuvda 15 nafardan ortiq qizil, sariq va yashil toifaga kiritilgan yoshlar ishtirok etishib, o’zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.

Yoshlar asosan ta‘lim olish uchun kontrakt masalalarida yordam, ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikni yo’lga qo’yishda kredit olish va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar so’rashdi.

Har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, muammoni hal etish choralari ko‘rildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTubek

Poytaxt_adliya

30 Oct, 13:44


#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi” 6-respublika rasmlar tanlovi va shaxmat boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Bugun, 30-oktabr kuni “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolalar uchun rasm chizish tanlovi va shaxmat musobaqasi oʻtkazildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish

Poytaxt_adliya

30 Oct, 04:39


📣 Tadbirkorlar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlarga o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari va intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berish hamda tovar belgisini va geografik ko‘rsatkichlarni ro‘yxatdan o‘tkazish istagini bildirgan tadbirkorlarning talabnomalarini qabul qilish bo‘yicha sayyor xizmatlar ko‘rsatiladi.

Sayyor qabul joriy yilning 1-noyabr kuni soat 10-30 da Chilonzor tuman adliya bo‘limi binosida (manzil:Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G-uy, Novza masjid yonida) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Siz ham o'z brendingizni patentlangan yoki patentlanmaganligi haqida ma'lumotga ega bo'lishni xohlaysizmi?
Unda ushbu sayyor qabulda ishtirok eting!

Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 99 913-33-64

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

29 Oct, 10:45


Yangihayot tumani adliya bo'limida "Mamlakat kelajagiqonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan" g'oyasi asosida yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Unda oliy ta'lim muassasasi talabalari o'quvchi yoshlarning huquq va burchlari, yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berishdi. Shunigdek, huquqshunoslik kasbi va yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg'ularini shakllantirish haqida fikrlar ilgari surildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

29 Oct, 06:42


#Muhim

Giyohvandlikdan qanday tuzalish mumkin? Shifokor bilan suhbat


Giyohvandlik qanday kasallik, uni uy sharoitida davolash mumkinmi, “o‘tirib qolish” qancha davom etadi, undan davolanish uchun nega maqbul fursat qachon, an’anaviy narkotik moddalarga qaraganda zamonaviy “tabletka”lar xavfsiz, ulardan qutulish osonmi, nima uchun yoshlar bu kasallikka moyil bo‘lmoqda, giyohvand moddalar bevosita ichki organlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi, bemorlar qanday davolanadi? Shu va shu kabi savollarga Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o‘rinbosari Furqat Bahromov javob berdi.

To‘liq video: 👉 https://youtu.be/B4eEYm7FL54

📌 Kanalga ulanish

Poytaxt_adliya

29 Oct, 04:30


Ish beruvchi xodimni majburiy tarzda ishdan bo‘shatishi mumkinmi?

Yashnobod tumanida ingliz tili fani o‘qituvchisi majburiy tarzda ishdan bo‘shatilgani yuzasidan tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

O‘qituvchining huquqlari qanday himoya qilingani yuzasidan Yashnobod tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish bosh yuriskonsulti Dilmurod Aʼzamov "Darakchi" gazetasi orqali maʼlum qildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

28 Oct, 13:28


Davlat xizmatlari markazida yaratilgan sharoitlar xorijlik mehmonda katta qiziqish uyg‘otdi

Oʻzbekistondagi Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga saylovlarni kuzatishga kelgan Rossiya Davlat dumasi raisi oʻrinbosari Vladislav Davankov bugun Chilonzor tumani davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev markazda V. Davankov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Tomonlar fuqarolarga muhim masalalarni tez va qulay hal qilishga koʻmaklashadigan raqamlashtirilgan, proaktiv va kompozit xizmatlarni joriy etish masalalarini muhokama qildi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

28 Oct, 09:55


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Yakkasaroy tumani davlat xizmatlari markazi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli fuqarolarga xizmat ko’rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.

👉 Shu sababli davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

28 Oct, 09:41


#Adliya_sarhisob

Qanday mahsulotlar eng koʻp soxtalashtiriladi: 2024-yil 9 oylikda intellektual mulk sohasi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

28 Oct, 07:54


#tezkor
⚡️Diqqat e’lon

‼️ Hurmatli fuqarolar! Ayni vaqtda Sergeli tumani davlat xizmatlari markazi binosida elektr tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli fuqarolarga xizmat ko’rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.

👉 Shu sababli davlat xizmatlari markazi faoliyati fuqarolarning doimiy (vaqtincha) ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’iy nazar, boshqa tumanlarda ham xizmat ko’rsatilishi belgilangan.

📍 Siz Toshkent shahridagi boshqa tuman davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz mumkin. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

26 Oct, 11:43


Axborot 24 | Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

25 Oct, 11:49


Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.

Tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi o'qituvchisi Zafarjon Raxmonov saylov qonunchiligidagi o'zgarishlarga oid maruzasi bilan ishtirok etdi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube

Poytaxt_adliya

24 Oct, 08:10


Mahallalarda „Adliya kuni“ tadbirlari

„Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning M.Ulug’bek va Shayxontohur tumanlarida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" tadbirlari o’tkazildi.

Mahalla aholisi uchun o’tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolarning uy joy, meros, ijtimoiy yordam, tadbirkorlikni tashkil etish kabi turli masalalardagi murojaatlari eshitilib, belgilangan tartibda huquqiy maslahatlar berilishi ta'minlandi hamda ularning murojaatlari tegishliligi bo'yicha ish yurituviga qabul qilindi.

📍 Bizning rasmiy sahifalarimizga quyidagi havolalar orqali obuna bo‘ling👇

Telegram | Facebook | Veb sayt | Instagram | YouTube