SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI @qonun_va_huquq Channel on Telegram

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

@qonun_va_huquq


Samarqand viloyat adliya boshqarmasining telegram kanali.

Бизни кузатинг:
http://youtube.com/channel/UCfrxZAwBsy74sDdZG2OcMMQ

https://www.facebook.com/groups/1845889768777670

Samarqand Viloyat Adliya Boshqarmasi (Uzbek)

Samarqand Viloyat Adliya Boshqarmasi - bu Telegram kanali Samarqand viloyati adliya boshqarmasining rasmiy kanalidir. Kanalda adliya sohasidagi so'nggi yangiliklar, qonun huquqga doir ma'lumotlar va boshqarmadagi voqealar haqida xabarlar paydo qilinadi. Bu kanal orqali aholi adliya sohasidagi eng yangi o'zgarishlardan xabardor bo'lishlari mumkin

Kanalda qonun va huquq sohasi bo'yicha turli videolar va dasturlar ommalashtiriladi. Ularga qiziqqanlar va bu sohada mustaqil fikrlarda bo'lishni istaganlar uchun bu kanal manzum bir manba sifatida faoliyat yuritadi

Kanalga a'zo bo'lib, adliya sohasidagi so'nggi yangiliklar bilan tez va aniq tanishishingiz mumkin. Ularni do'stlaringiz bilan ham ulashishingiz, ular orqali fikringizni bayon qilishingiz hamda adliya sohasidagi yangiliklar bilan xabarlashishingiz mumkin

Samarqand Viloyat Adliya Boshqarmasi kanaliga azo bo'lib, adliya sohasi haqida ko'proq bilim olish va o'z fikringizni bayon etish imkoniyatiga ega bo'ling!
Kanalga a'zo bo'lish uchun quyidagi havolalarni foydalaning: nBizni kuzating: http://youtube.com/channel/UCfrxZAwBsy74sDdZG2OcMMQ nnQo'shimcha ma'lumotlar va munosabatlaringiz uchun esa quyidagi havolaga murojaat qiling: https://www.facebook.com/groups/1845889768777670

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

02 Jan, 07:39


#Bilasizmi

Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to'lanadi.

Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko'proq haq to'lanishi belgilanishi mumkin.

➡️ Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko'ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

📌 Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o'zining xohishiga ko'ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq to'lanadi.

⚠️ Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

01 Jan, 15:22


#2025_йил_1_январь

Барча Самарқандликларни ҳамда меҳмонларини кириб келган 2025 йил билан самимий муборакбод этамиз.

Самарқанд вилоят адлия бошқармаси ва вилоятдаги адлия органлари янги йилда ҳам сиз азизларга ҳуқуқий хизмат кўрсатишга тайёр.

2025 йилнинг илк куни, илк ҳафтаси, илк ойи ҳаётингиз, иш фаолиятингизда фақат зафарлар, қувончларни бошлаб берсин!

👇👇👇
https://t.me/qonun_va_huquq

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

01 Jan, 11:49


#Bilasizmi

Xodimni ish vaqtidan tashqari ishga jalb qilish mumkinmi?

Bu haqida batafsil 👉 videoda

📌 Kanalga ulanish

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

01 Jan, 02:15


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистон халқига Янги йил табриги

Новогоднее поздравление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

31 Dec, 04:00


#Адлия_табриги

Самарқанд вилоят адлия бошқармаси барча юртдошларимизни янги  - 2025 йил билан қутлайди.

Янги йил хонадонингизга тинчлик, фаровонлик, ишларингизга ривож, орзулар рўёби ва қувонч ва шодликлар олиб келсин!

ЯНГИ ЙИЛИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! 

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

30 Dec, 06:22


#adliya_xabari 📣

Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarning rejalashtirgan ishlarini yakunlab olishlari va xalqqa qulaylik yaratish maqsadida bugun soat 15:00 ga qadar ish faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilamiz.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

29 Dec, 15:21


#2025_yil_1_yanvardan

⚡️Qonunchilikka ko'ra:

▪️vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar fuqarolar qabuli va sayyor qabullarni o'tkazishda majburiy tarzda surdotarjimon ishtirokini ta'minlaydi;

▪️vazirlik va idoralar, ularning tizim tashkilotlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalarning fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo'yicha bir nafar xodimi surdotarjimonlik kurslarida o'qitiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

29 Dec, 06:54


#Adliya_loyiha

💬 ai.lex.uz — sunʼiy intellekt javob beradi

📌 Kanalga ulanish

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

28 Dec, 11:48


#2025_йил_1_январдан

✔️ Қонунчиликка мувофиқ, мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ходимларини касбий ривожлантиришнинг қуйидаги тартиби жорий этилади, жумладан:

🔹мактабгача ва мактаб таълими ташкилотлари ходимларини касбий эҳтиёжлари ва малака тоифасидан келиб чиқиб табақалашган таълим дастурлари асосида узлуксиз касбий ривожлантиришнинг вертикал тизими (вазирлик – малака ошириш муассасаси – таълим ташкилоти) йўлга қўйилади;

🔹мактабгача ва мактаб таълими ташкилотларининг ходимлари учун 5 йилда бир маротаба ишдан ажралган ҳолда ўтказиладиган малака ошириш курслари жорий қилинади.

✔️ Шунингдек, педагог ва мутахассис кадрлар касбий ривожланишининг узлуксизлигини таъминлаш мақсадида барча умумий ўрта таълим муассасаларида малака оширишнинг “Касбий ривожланиш соати”, таянч умумий ўрта таълим муассасаларида эса, шунингдек, “Касбий ривожланиш куни” каби шакллари босқичма-босқич жорий этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

27 Dec, 11:01


"Oltin Humo" milliy mukofoti taqdimoti tafsilotlari

"Matonat" hujjatli filmi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

27 Dec, 10:50


#2025_йил_1_январдан

🔖Қонунчиликка кўра:

▪️жиноят ишлари бўйича судга қадар иш юритув даврида процессуал қарорларга санкция бериш масаласи жиноят ишлари бўйича туман, шаҳар судларида алоҳида судьялар – тергов судьялари томонидан кўриб чиқилиши тартиби жорий этилади;

▪️жиноят ишлари бўйича туман, шаҳар судларида тергов судьяси лавозими киритилади;

▪️жиноят ишлари бўйича судга қадар иш юритув даврида тергов судьяси томонидан процессуал қарорларга берилган санкциялар фақатгина апелляция инстанциясида Қорақалпоғистон Республикаси суди, вилоятлар ва Тошкент шаҳар судлари, Ўзбекистон Республикаси ҳарбий суди томонидан якка тартибда қайта кўриб чиқилиши тартиби белгиланди;

▪️тергов судьяларига маъмурий ҳуқуқбузарликлар тўғрисидаги ишларни кўриб чиқиш ваколати берилади;

▪️тергов судьялари томонидан кўриб чиқиладиган маъмурий ҳуқуқбузарлик тўғрисидаги ишларни юқори инстанцияларда қайта кўриб чиқишнинг амалдаги тартиби сақлаб қолинади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

27 Dec, 07:28


#Adliya_xabari

Mukammal kompaniya nomini
Milliynom.uz platformasi orqali tanlang

Savdo, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlariga nom berishni takomillashtirish maqsadida “Milliynom.uz” platformasi yaratilgan. Mazkur platforma fuqarolar ayniqsa, yoshlar orasida yozma savodxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish, o‘zbek tiliga bo‘lgan hurmat va qiziqishni yanada oshirish, uning ijtimoiy mavqeyini mustahkamlash maqsadida ishlab chiqilgan.

Mazkur platformada foydalanish yoshi chegaralanmagan bo‘lib, unda o‘zbek tilida yozishni biladigan barcha xohlovchilar diktant yozish yo‘li orqali imlo savodxonligi bo‘yicha o‘z bilimlarini tekshirib ko‘rish imkoniyatiga ega.

Bundan tashqari firma, xizmat ko‘rsatish obyektlarini nomlashda mazkur platformadan foydalanishingiz mumkin.

Platformaga ulanish:👇
https://www.milliynom.uz

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish 👇👇👇
https://t.me/qonun_va_huquq

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

26 Dec, 15:51


DIYOR YANGILIKLARI | MUROJAAT IJOBIY YECHIM TOPDI



26.12.2024-YIL

#samarqandmtrk

Telegram | Facebook | Youtube |Admin

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 17:27


#Адлия_хабари

❗️Ҳуқуқий тарғибот аълочилари аниқланди

Жамиятда аҳолининг ҳуқуқий онги ва ҳуқуқий маданиятини юксалтиришга муносиб ҳисса қўшган давлат органлари ва ташкилотларнинг бир гуруҳ ходимлари ҳамда жамоатчилик фаоллари “Ҳуқуқий тарғибот ишлари аълочиси” кўкрак нишони билан тақдирланди.

Эслатиб ўтамиз, мазкур кўкрак нишони “Жамиятда ҳуқуқий онг ва ҳуқуқий маданиятни юксалтириш тизимини тубдан такомиллаштириш тўғрисида”ги Президент Фармони асосида таъсис этилган.

Кўкрак нишони Конституция куни арафасида тантанали равишда ўз эгаларига топширилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 13:15


🇺🇿 Konstitutsiya olimpiadasi bo'lib o'tdi!!!

🏛 Samarqand viloyati yuridik texnikumida O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bag'ishlab "Konstitutsiya olimpiadasi" tashkil etildi.

🔰Unda ishtirokchilar amaldagi konstitutsiyamiz doirasida tuzilgan 50 talik test orqali bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.

📌 Yakuniy natijalarga ko'ra
🥇 Tolibboyev Shoxruh 201-guruh
🥈 Zaripova Ruhshona 203-guruh
🥉Muhammadiyev Ulug'bek 201-guruh

♻️ Natijalar bilan batafsil yuqorida tanishishingiz mumkin.

〰️〰️〰️
Biz kuzatib boring.
@smslofficial

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 13:15


🏛 Samarqand viloyat yuridik texnikumida “Eng yaxshi Konstitutsiya targ'ibotchisi” tanlovi o'tkazildi.

🥇Ushbu tanlovning “Konstitutsiya haqida eng yaxshi ommabop maqola” yo'nalishida 202-guruh o'quvchisi Jumayev Firdavs Begzodovichning maqolasi eng yaxshi deb topildi.

〰️〰️〰️
Kanalga ulanish:👇
🏛 Samarqand viloyati yuridik texnikumi
@smslofficial

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 13:15


🏛 Samarqand viloyat yuridik texnikumida “Eng yaxshi Konstitutsiya targ'ibotchisi” tanlovi o'tkazildi.

🥇Ushbu tanlovning “Konstitutsiya haqida eng yaxshi infografika” yo'nalishida 202-guruh o'quvchisi Omonova Ruxshona Raximjon qizining infografikasi eng yaxshi deb topildi.

〰️〰️〰️
Kanalga ulanish:👇
🏛 Samarqand viloyati yuridik texnikumi
@smslofficial

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 13:15


🏛 Samarqand viloyat yuridik texnikumida “Eng yaxshi Konstitutsiya targ'ibotchisi” tanlovi o'tkazildi.

🥇Ushbu tanlovning “Konstitutsiya haqida eng yaxshi videorolik” yo'nalishida 201-guruh o'quvchisi Muhammadiyev Ulug'bek Jaloliddin o'g'lining videoroligi eng yaxshi deb topildi.

〰️〰️〰️
Kanalga ulanish:👇
🏛 Samarqand viloyati yuridik texnikumi
@smslofficial

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 13:15


🏛 Samarqand viloyat yuridik texnikumida “Eng yaxshi Konstitutsiya targ'ibotchisi” tanlovi o'tkazildi.

🥇Ushbu tanlovning “Konstitutsiya haqida eng yaxshi plakat” yo'nalishida 201-guruh o'quvchisi Sobirova Zarina Quvondiq qizining plakati eng yaxshi deb topildi.

〰️〰️〰️
Kanalga ulanish:👇
🏛 Samarqand viloyati yuridik texnikumi
@smslofficial

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 13:00


#Adliya_xabari

📣📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Ertaga, 4-dekabr kuni AOKAda Yangi tahrirdagi Konstitutsiyani amalga oshirish doirasida qilingan ishlarga bagʻishlangan matbuot anjumani tashkil etiladi. Unda davlat organlari va tashkilotlarning vakillari jamoatchilikka axborot beradi.

Ishtirok etadi:
Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari Ikrom Muslimov;
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov;
Bosh prokuror oʻrinbosari Svetlana Artikova;
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari Turgʻun Kuchkarov.

Qachon
4-dekabr, 12:00

Qayerda
AOKA binosi (Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-38

📎Matbuot anjumaniga savollarni @Rasmiy_aloqabot ga jo‘natishingiz mumkin.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📌 Kanalga ulanish

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 12:47


💡Yoqilgʻi-energiya resurslaridan oqilona foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha samarali ishlar tashkil etilmoqda. Shunga koʻra, yoqilgʻi-energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mazmun-mohiyatini aholiga va tadbirkorlik subyektlariga tushuntirish bilan bir qatorda adliya organlari va muassasalari tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ham energiyadan oqilona foydalanishini taʼminlash, bu borada energiya tejamkor qurilmalarni oʻrnatishni qoʻllab-quvvatlash yuzasidan alohida vazifa belgilangan.

🔥 Samarqand viloyat adliya boshqarmasi ,shahar tuman bo'limlari xodimlari tomonidan uyma-uy yurgan holda, aholi gavjum joylarda olib borilayotgan targʻibot tadbirlari davomida mavzuga aloqador tarqatma materiallari tarqatilmoqda. Shu bilan birga davlat xizmatlari markazlariga kelgan fuqarolarga ham aniq va sodda tartibdagi maʼlumotlar aks ettirilgan bukletlar orqali tushuntirilmoqda.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

03 Dec, 12:23


“Konstitutsiya va yoshlar”

🔥  Konstitutsiya fuqarolarning huquq va majburiyatlari majmuasidir. Konstitutsiyamizning muhim jihatlarini yoshlarga o‘rgatish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir.
Bugun Toyloq tumanida o‘tkazilgan tadbir ham aynan shu maqsadga qaratildi. Tuman hokimligi, yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamda adliya bo‘limi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirda yoshlar yetakchilari hamda mahallalarning uyushmagan yoshlari ishtirok etishdi.
“Konstitutsiya - erkin va farovon hayot garovi” shiori ostida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida tuman adliya bo‘limi YXKM bosh yuristkonsulti I. Boymurodov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati haqida va shu bilan birga, yoshlar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar to'g'risida hamda “Huquq maktabi” mobil ilovasi hamda “Huquq ta’limi” telegram kanali haqida ham ma'lumotlar berildi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

30 Nov, 10:20


Maxsus reportaj | Aholiga tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda
#30nov #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

30 Nov, 09:12


#Диққат_танлов

🔰"Ҳуқуқ билимдонлари - Умуммиллий Конституция имтиҳони" 2-босқич иштирокчилари аниқланди.

Имтиҳонда барча ҳудудларидан, шунингдек хорижий давлатларда бўлиб турган жами 37 764 нафар фуқаролар иштирок этишди.

❇️ Танловнинг 1-босқичи 7 ноябрдан 25 ноябрга қадар давом этди. Ҳар ҳафта рейтингда энг юқори 1 – 100 ўрингача бўлган (натижалар бир хил бўлганлиги сабабли 110-киши саралаб олинди) иштирокчилар 2-босқичга йўл олди.

⏱️ 2-босқич test.adliya.uz сайтида жорий йилнинг 30 ноябрь куни соат 18-00 дан 20-00 гача ўтказилади.

➡️Унда қатнашчилар тест саволларига жавоб беради. Ҳар бир иштирокчига 20 та тест саволлари тақдим қилиниб, уларни ечиш учун 15 дақиқа вақт берилади. Ҳар бир берилган тўғри жавобга 5 балл берилиб, саволларга энг тез ва тўғри жавоб берганлар ғолиб бўлади.

🖥 Тест саволлари янги таҳрирдаги Конституция ва “Ҳуқуқий ахборот” каналида берилган контентлар асосида тузилади.

Энг кўп балл тўплаган 10 нафар иштирокчи 3-босқичга ўтади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

29 Nov, 14:20


#адлия_ва_ёшлар

Самарқанд туман адлия бўлими давлат хизматлари маркази ходимлари томонидан тумандаги 38-умумтаълим мактабида Бош Қомусимиз - Конституция қабул қилинганлигининг 32 йиллиги муносабати билан "Заковат" интеллектуал ўйини ўтказилди.

Мактабнинг 9, 10, 11-синф ўқувчилари ичидан танланган ўқувчилар 3 тагуруҳга "Адолат", "Қонун" ва "Давлат" гуруҳларига бўлиниб беллашди. Тадбир сўнгида фахрли ўрин олган жамоалар ва фаол иштирокчиларга эсдалик совғалари топширилди.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

29 Nov, 14:11


#Bugun

Bugun Payariq tumani hokimligi apparat xodimlari hamda tuman korxona va tashkilotlar rahbarlari uchun navbatdagi "O‘quv siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi.

✍️"O‘quv siyosiy-ma’rifat soati"da bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalarida joriy yilning 18-19-20-noyabr kunlari o‘tkazilgan yig‘ilishlardagi ma’ruzalari haqida ma’lumot berib o‘tildi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

29 Nov, 13:11


🇺🇿O'zbekiston respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan ochiq dars tashkil etildi.

🏛Samarqand viloyati yuridik texnikumi yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'rinbosari J.Otaqulov tomonidan yangi tahrirda qabul qilingan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi mazmun-mohiyatiga bag'ishlangan ochiq dars tashkil etildi.

🔰Ochiq dars davomida yangi tahrirda qabul qilingan O‘zbekiston respublikasi konstitutsiyasiga kiritilgan yangi normalarning mohiyati atroflicha tushuntirildi.

🔰Shuningdek texnikum axborot resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga bag‘ishlangan burchak ham tashkil etildi.

〰️〰️〰️
Kanalga ulanish:👇
🏛 Samarqand viloyati yuridik texnikumi
@smslofficial

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

23 Nov, 16:48


#Adliya_xabarlari

🔻Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha sayyor qabul tafsilotlari

Batafsil videolavhada 👆

Kanalga ulanish:👉https://t.me/qonun_va_huquq

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

23 Nov, 11:37


#Adliya_xabari

Payariq tuman 1-son FHDY bo‘limi 25-noyabrdan tuman Davlat xizmatlari markazida faoliyat yuritadi


Avval ham FHDY bo‘limlari fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida DXM binolariga joylashtirilayotgani haqida xabar bergandik.

Endilikda Payariq tuman 1-son FHDY bo‘limi ham tuman Davlat xizmatlari markazi binosida ish boshladi. Tug‘ilish, nikoh, o‘lim va ajrim bilan bog‘liq masalalarda endi fuqarolar markaz binosiga borishlari kifoya.

🔸Bitta binoda faoliyat yuritayotgan adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi, FHDY bo‘limi, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi huquqiy muammolari bilan kelayotgan aholiga ushbu to‘rt organ xizmatlaridan bir vaqtning o‘zida foydalanish imkonini tug‘diradi.

Sizga qulaylik yaratishdan mamnunmiz!

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

23 Nov, 11:26


#Jarayon

🌿Qo‘shrabot tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari qizg‘in ruhda uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

🌳Hududlarni yashil maskanlarga aylantirish bo‘yicha manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlarida tuman Adliya bo‘limi xodimlari ham faol ishtirok etishmoqda.

Unda, 500 tup manazarali qayrag‘och ko‘chatlari ekildi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

23 Nov, 09:39


#Adliya_xabari

HUQUQIY MAHALLA


O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Samarqand viloyatining  Samarqand tumani, "Konigil" mahalla fuqarolar yig'inida “Huquqiy mahalla” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha doirasida adliya boshqarmasi hamda Samarqand tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan mahallada uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud muammolari so'rovnoma asosida o'rganilib, aniqlangan muammolarni bartaraf qilish choralari ko'rilmoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar bilan individual tarzda shugʻullanilmoqda hamda tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlanib, fuqarolarga tibbiy va boshqa xixmatlar koʻrsatilmoqda.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

22 Nov, 10:38


12:00  22.11.2024

ADLIYA FUQAROLAR MANFAATLARINI HIMOYA QILMOQDA

#Samarqand

muxbir: Mo‘tabar Nurmuhammedova

https://t.me/zamon_lavhalar

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Nov, 14:36


Akbar Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga ma`qullandi

Veb-sayt| Telegram |Facebook |  YouTube| Instagram| X| ParlamentTV_RADIO

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Nov, 13:58


#Intellektual_mulk

Tadbirkorlarga intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam koʻrsatilmoqda

Ma'lumki, adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” xodimlari intellektual mulk obyektlarini muhofaza va himoya qilish boʻyicha joyiga chiqqan holda amaliy yordam koʻrsatmoqda. Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida o‘tgan uchrashuv ham viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari, hunarmandlar va ishbilarmon doiralari vakillari tovar belgisiga ega boʻlishning afzalliklari uchun sermazmun bo‘ldi.

Mutaxassislar intellektual mulk obyektlari, tovar belgilari va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish tartibi to‘g‘risida mashg‘ulot oʻtkazdi. Intellektual mulk obyektlarini himoya qilish uchun murojaat qilish, tovar belgilariga nisbatan huquqbuzarlik holatlarida javobgarlik choralari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.

Kunning ikkinchi yarmida bir qator tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishildi va huquqiy tavsiyalar berildi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Nov, 04:52


#Huquq_sinfi

Samarqand shahar 54-umumiy o'rta ta'lim maktabidagi "Huquq sinfi"da Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi A.Baratov hamda Samarqand shahar Yuridik xizmat ko'rsatish markazi boshlig'i A.G'aforov ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda o‘quvchilar bilan huquqiy savol-javoblar o‘tkazilib, yoshlarni qiziqtirgan huquqiy mavzularda suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyati, unda yoshlarga oid kiritilgan moddalar haqida ma'lumot berildi.

Kanalga ulanish:👉https://t.me/qonun_va_huquq

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

20 Nov, 15:57


#Амал_қилинг

Тунги вақтда (соат 23.00 дан 06.00 гача) фуқароларнинг осойишталиги ва нормал дам олишини бузиш, яъни баланд овоз билан қўшиқ айтиш, мусиқа чалиш, товуш сигналлари бериш, хонадонларда, турар жойларнинг йўлаклари ва эшикларида, кўчаларда овози баланд қилиб қўйилган телевизорлар, радиоприёмниклар, магнитофонлар ва овоз чиқарувчи бошқа аппаратуралардан фойдаланиш, турар жой биноларида ва улардан ташқарида жуда зарур бўлмагани ҳолда шовқин чиқарувчи ишлар қилиш, қуйидаги миқдорда жарима солишга сабаб бўлади:

🔹фуқароларга БҲМнинг учдан бир қисми;

🔹мансабдор шахсларга БҲМнинг учдан бир қисмидан иккидан бир қисмигача.

‼️Қонунни билмаслик жавобгарликдан озод қилмайди...

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

20 Nov, 09:02


#Huquqiy targ'ibot kuni
20.11.2024-yil.

Urgut tuman adliya bo’limi YXKM va DXM xodimlari tomonidan “Huquqiy targ’ibot kuni” doirasida Urgut tuman "Mug'ol", "Uzun" mahallalarida, Urgut tuman 131- va 91- umumta'lim maktablarida fuqarolar bilan sayyor uchrashuv bo'lib o'tdi va uyma uy yurgan holda fuqarolar bilan uchrashilib huquqiy targ’ibot tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari mavjudligi o’rganildi. Sayyor uchrashuv jarayonida fuqarolarning pasport, uy-joy kadast, mulkka nisbatan meros masalalari, ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo'yicha huquqiy muammolari aniqlandi.

Uyma uy yurish davomida fuqarolarga my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “adviche.uz portallaridan foydalanish tartibi va bepul koʻrsatiladigan davlat xizmatlari turlari haqida tushuntirish berildi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

28 Oct, 13:12


Ўзбошимча эгалланган ер майдонлари қандай шартларда эътироф этилади?

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ерлар ва у ерда қурилган объектларни давлат рўйхатидан ўтказиш, яъни қонунийлаштириш кўпчиликни қийнаётган муаммолардан бири эди.

———-

Oʻzboshimcha egallangan yer maydonlari qanday shartlarda eʼtirof etiladi?

Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yerlar va u yerda qurilgan obyektlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, yaʼni qonuniylashtirish koʻpchilikni qiynayotgan muammolardan biri edi.

Batafsil: 👉 https://zarnews.uz/kxpf

Каналга қўшилинг: 👇

Telegram | Facebook | Youtube

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

28 Oct, 13:00


📣 📣 Maktablarda kuzgi ta’til 4-noyabrdan boshlanadi

Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 4-noyabrdan boshlanib, 10-noyabrgacha davom etadi.

❗️II chorak dars mashg‘ulotlari 2024-yil 11-noyabrdan boshlanadi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

28 Oct, 11:43


#Huquq_time

Ўзбошимчалик: Қарздорнинг телефони, паспорти ёки машинасини олиб қўйиш қонунийми?


⚖️ Ўзбошимчалик, яъни ўзининг ҳақиқий ёки назарда тутилган ҳуқуқини фуқароларнинг ҳуқуқларига ёки қонун билан муҳофаза этиладиган манфаатларига, давлат манфаатлари ёки жамоат манфаатларига жиддий зарар ёки зиён келтирмаган ҳолда ўзбошимчалик билан амалга ошириш —

🔸фуқароларга БҲМнинг учдан бир қисмидан бир бараваригача,

🔸мансабдор шахсларга эса — бир бараваридан уч бараваригача миқдорда жарима солишга сабаб бўлади.

Каналга уланиш:👉https://t.me/qonun_va_huquq

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

28 Oct, 10:46


Bulung’ur tuman FHDY hamda Oila va xotin-qizlar bo’limlari tomonidan “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash”  kursining navbatdagi o’quv darslari tashkil etildi.

Unda psixolog tomonidan yosh oila vakillari turli interaktiv o‘yinlar tashkil etildi. Mas'ullar tomonidan yosh oila quruvchilarni, shu jumladan, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash ularning porloq kelajagi va baxtli hayotlarini kafolatlovchi omil ekanligi to’g’risidagi tushunchalar berildi.

Kurs tinglovchilariga sertifikatlar topshirildi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

28 Oct, 09:15


Restorandami? Kafedami? Yoki shifoxona?! Qayerdaligimizdan qatʼi nazar sogʻligimiz xavf ostida boʻlishi mumkin!

📲 Lekin endi biz my.gov.uz portali orqali istalgan tashkilotning sanitariya meʼyorlariga mosligini masofadan turib tekshira olamiz.

📝 Buning uchun tashkilot STIR raqamini kiriting va natijalarni kuzating:

🔴 Qizil - Xavfdan
🟡 Sariq - Ehtiyot boʻlishdan ogohlantiradi.
🟢 Yashil esa xavfsizlikdan darak beradi.

💻 Sogʻligingizni oʻylang! My.gov.uz portalidan foydalaning va faqat xavfsiz joylarni tanlang!

▶️🔍https://youtube.com/shorts/ri2sq2UnkLo?feature=share

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

28 Oct, 04:05


Samarqand tumani adliya bo'limi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi bilan hamkorlikda 21-umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash" shiori ostida "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi.

Uchrashuvda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, inson huquqlarini ta’minlash, aholi farovonligi yo‘lida olib borilayotgan xayrli ishlar, yosh avlodning kelajagi yo‘lida barpo etilayotgan bunyodkorlik ishlari, ijobiy natijalar haqida so‘z bordi hamda keksa avlod vakillari boy hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Taʼkidlash lozimki, oʻrta va kichik avlod vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlarda odatda samimiyat va maslahatlar ustuvorlik qiladi. Shu asnoda o‘tgan uchrashuvda ham ustoz-shogird anʼanalari uygʻunlashib, keksalarning boy tajribalari yosh avlodga hayot maktabi sanaldi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

27 Oct, 07:02


Айрим фуқароларга электр энергияси ва табиий газ учун компенсация берилади

Қарорга кўра, иситиш мавсумида (ноябрь – февраль ойларида) эҳтиёжманд оилаларга 270 минг сўм миқдорида бир марталик моддий ёрдам ўтказиб берилади.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

26 Oct, 13:42


DIYOR YANGILIKLARI | SAYLOVOLDI TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA


24.10.2024-YIL

#samarqandmtrk

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

26 Oct, 12:32


Комбайн оёғини кесиб кетган аёл таслим бўлмади. У қандай қилиб ойига 25 миллион топяпти?

Реал воқеаларга асосланган фильм

📽 Фильмни бу ерда томоша қилинг

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

26 Oct, 10:25


📣E’lon!

⚙️ Soliq qo‘mitasi veb-resurslari faoliyatini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining yuklamalarni qabul qilish imkoniyatini oshirish maqsadida 26-27-oktabr kunlari profilaktika ishlari o‘tkaziladi.

📱 Shu sabab my.gov.uz portalidagi soliq va soliqqa tortish borasidagi ayrim elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkinligini ma’lum qilamiz.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

26 Oct, 07:42


Elektr energiyasini tejab ishlatish - bugungi davr talabi!

https://t.me/SamTvr

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

26 Oct, 06:26


#Сайлов_2024

🚫Қонунчиликка кўра, Сайлов куни ва овоз беришга бир кун қолганида ташвиқотга йўл қўйилмайди.

🔍 Сайловолди ташвиқоти — сайлов кампанияси даврида амалга ошириладиган ва сайловчиларни номзодни ёки сиёсий партияни ёқлаб овоз беришга ундашга қаратилган фаолиятдир.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

25 Oct, 11:08


⚡️"Mening birinchi ovozim" targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🏛Samarqand viloyati yuridik texnikumining “Adliya qanotlari” targ'ibotchilari tomonidan joylarda yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida saylov qonunchiligiga oid muhim normalarning mazmun-mohiyati yuzasidan “Mening birinchi ovozim” shiori ostida targ'ibot tadbirlari tashkil etib borilmoqda.

📨
Navbatdagi bunday tadbir Toyloq tuman 2-son Kasb-hunar maktabida tashkil etildi. Unda ilk marotaba ovoz berayotgan yoshlarga ilk marta yangicha tartibda o‘tayotgan saylov tizimi, birinchi marta ovoz berayotgan yoshlarning huquq va burchlari, ovoz berish tartibi, nomzodlarni tanlashda e'tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar, saylov qonunchiligi bo‘yicha tushintirish ishlarini olib borildi.

⚡️Tadbir doirasida saylovga oid savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

25 Oct, 10:30


Jomboy tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 31-sonli maktabda “Zakovat” intellektual o'yini tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari va maktab ma'muriyati bilan hamkorlikda o'tkazildi.
 
Musobaqada maktabning 8, 9, 10, 11-sinflaridan tashkil topgan "Smarts", "Markaz", "Aflotun", "Jadidlar" hamda "Madadkor" nomli 5 ta jamoa ishtirok etishdi.

Ushbu intellektual o'yin 2 bosqichda olib borilib, har bosqichda 10 ta savoldan jami 20 ta savol o‘ynaldi. Savollar ketma-ketlikda e’lon qilinib, har biri uchun bir daqiqadan vaqt ajratildi.
Musobaqa yakunida "Smarts" jamoasi 1-o'rinni egalladi, tashakkurnoma va tegishli esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Boshqa jamoalarga ham esdalik sovg'alari berilib, kelgusi musobaqalarda muvaffaqiyatlar tilandi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

25 Oct, 07:39


Битта ҳам дарахтни кесмасдан қоғоз олиш мумкин!

Республикамизда 2024 йил 25 октябрда “Қоғозсиз бир кун” республика эко-акцияси ўтказилиши белгиланган. Мазкур акция Вазирлар Маҳкамасининг “Республикада қоғозни тежаш ва ундан оқилона фойдаланишга доир қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги 2010 йил 22 июлдаги қарори тарғиботига бағишланади.

Батафсил 👉 Ўқиш

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

25 Oct, 07:39


Товарнинг кафолат муддати қачондан ҳисобланади?

Товарнинг кафолат муддати товар харидорга сотилган кундан бошлаб ҳисобланади. Агар товарнинг сотилган кунини аниқлаш мумкин бўлмаса, ушбу муддат товар тайёрланган кундан бошлаб ҳисобланади.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

25 Oct, 06:07


#Adliya_tabrigi

Hurmatli ichki ishlar organlari xodimlari!

Sizlarni, 25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan samimiy qutlaymiz.

Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta'minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas'uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo'lsin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/huquqiyaxborot_lotin

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

25 Oct, 05:48


Yangi saylov tizimining o'ziga xos xususiyatlari tushuntirildi

Urgut tumani mahalla yoshlar yetakchilari uchun "Yangi saylov tizimining o'ziga xos xu
susiyatlari" mavzusida o'quv-amaliy seminar bo'lib o'tdi.

Bunda "Yangi O'zbekiston"ning yangi saylov tizimining mohiyati tushuntirilib, saylovda 18 yoshdan oshgan har bir fuqaro o'zining burchini his qilgan holda ishtirok etishi kerakligi ta'kidlandi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning 27-oktabr kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va xalq deputatlari kengashlari deputatlari saylovi kuni.
@urgut_xabarlar

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

22 Oct, 18:26


"Mening birinchi ovozim!"

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

22 Oct, 12:21


Imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslar uchun yaxshi yangilik!

📱 my.gov.uz da joriy qilingan yangi xizmat tufayli endi nogironligi boʻlgan shaxs va uning oila aʼzolariga elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi.

👉 Buning uchun quyidagi mezonlarga javob berish kerak:

⏺️Oxirgi 12 oy davomida oʻzi yoki oila aʼzolari nomida yashash uchun moʻljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud emasligi;
⏺️Yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlishi;
⏺️Qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari boʻyicha nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan, shuningdek, tegishliligi boʻyicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan boʻlishi.

💰Bir martalik toʻlov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi boʻlgan shaxslar sonidan qatʼi nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ajratiladi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 13:47


"Mening birinchi ovozim!"

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 10:07


📢 Yangi xizmatlar!

🔰 Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-oktabrdagi 679-son qaroriga muvofiq, quyidagi hujjatlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va «Litsenziya» axborot tizimi orqali elektron tarzda olishingiz mumkin bo‘ladi:

✈️ Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma;
✈️ Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati;
✈️ Fuqaro havo kemasini ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi;
✈️ Uchishga yaroqlilik sertifikati;
✈️ Shovqinlarga oid sertifikat;
✈️ Radio jihozlar sertifikati;
✈️ Texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati;
✈️ Uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa.

Ma’lumot uchun, ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach (2025-yil 15-yanvar) kuchga kiradi.

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 09:16


Савол: 2 нафар ўғил ва 1 нафар қиз фарзандим бор. Номимда бўлган уй-жойни ўғилларимдан бирига унинг оиласини сақлаб қолиш мақсадида ҳадя қилган эдим. Ҳозирда ўғлим келиним билан мени уйдан чиқариш ниятида. Мен ҳадя шартномасини бекор қила оламанми?

Эсперт: Булунғур туманида хусусий амалиёт билан шуғулланувчи нотариус Элёр Абдураҳмонов жавоб берди.

Каналга уланиш👉 https://t.me/qonun_va_huquq

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 07:42


Меҳнатга ҳақ тўлаш: муҳим 8 саволга жавоб

Иш ҳақининг асосий (базавий) қисми ушбу иш берувчида амалда бўлган меҳнатга ҳақ тўлаш тизими асосида белгиланади ва меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдоридан кам бўлмаслиги керак.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official

SAMARQAND VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI

21 Oct, 07:42


Ўриндошлар ҳам  “декрет пули” олишадими?

Соғлиқни сақлаш муассасаси томонидан берилган меҳнатга лаёқатсизлик варақасининг белгиланган тартибда тасдиқланган нусхаси ўриндошлик асосидаги иш жойидан нафақа олиш учун асос ҳисобланади.

Батафсил 👉 Ўқиш

Каналга уланиш 👉 @hudud24official