Til va adabiyot ta’limi @tat_jurnal Channel on Telegram

Til va adabiyot ta’limi

@tat_jurnal


📍 “Тил ва адабиёт таълими” – “Преподавание языка и литературы” – “Language and literature teaching” jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro‘yxatiga kiritilgan.

📍 Murojaat uchun: @TilAdabiyot_bot

Til va adabiyot ta’limi (Uzbek)

Til va adabiyot ta'limi - bu jurnal Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) ro'yxatiga kiritilgan "Тил ва адабиёт таълими" - "Преподавание языка и литературы" - "Language and literature teaching" nomli Telegram kanali. Bu kanalda o'qituvchilar va til fanlarining o'zlarini professional sifatida rivojlantirish, yangi o'qitish metodlarini o'rganish, nutq va yozuvning to'g'ri tuzilishi va izohlanishi haqida ma'lumotlar olishlari mumkin. Agar siz til va adabiyot sohasida o'z bilim va ko'nikmangizni oshirishni istasangiz, ushbu kanal siz uchun eng yaxshi manba bo'lishi mumkin. Kanalga murojaat uchun @TilAdabiyot_bot ga murojaat qiling.

Til va adabiyot ta’limi

08 Jan, 03:07


#xushxabar

☄️ “Til va adabiyot ta’limi” ilmiy-metodik jurnali Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan ajoyib tuhfa tayyorladi!

Jurnalda 1️⃣0️⃣ yil davomida e’lon qilib kelingan 2️⃣0️⃣0️⃣ ga yaqin maqolalardan iborat yopiq kanal tashkil qilindi.

Ulug‘ shoirlar qalamiga mansub asarlar tahlili, mavzuga oid ilmiy tadqiqot, metodik tavsiya va dars ishlanmalari bir joyga jamlandi.

🎯Elektron manba Sizga yanada mazmunli va qiziqarli dars o‘tishingiz, yangi ilmiy tadqiqotlar yaratishingizda asqatishiga ishonamiz.

🧲Bir kitob puliga bir kutubxonalik xazinaga ega bo‘lasiz!

🔜 Kanalimizni kuzatishda davom eting.

📱 Sayt 📱 Telegram 📱Murojaat 📱 Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

07 Jan, 04:47


#kitob

⬇️ O‘zbek harbiy terminologiyasi o‘quv qo‘llanmasini yuklab oling.

🇺🇿 Bu manba Sizga 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida kerak bo‘lishi mumkin.

🚀 Foydali kitoblarni boshqalarga ham ulashing!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

06 Jan, 09:00


#maqola

Ketma-ketlikmi, ketmaketlik – qay biri to‘g‘ri, bizga yechim bering!

❗️"Mutasaddi mas’ullardan so‘raymizki, maktab o‘qituvchisi sifatida bizga qaysi lug‘at amalda ekanligini tasdiqlovchi qaror va amaliy ijro kerak. Eng asosiysi, darsliklar imlosi bitta lug‘at asosida tuzilsin. Bir-birini rad etuvchi imlo lug‘atlar faqat va faqatgina savodsizlikni urchitadi!" deb yozadi Dildor Nurmuhamedova "Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2024-yilgi 12-sonida.

🖥 BATAFSIL

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

05 Jan, 05:09


#qutlov

⁉️ "Til va adabiyot ta’limi" jurnali jamoasining bayram archasini e’tiboringizga havola qilib, kimlarni taniysiz, degan savol qo‘ygandik. Muharrir Nigora O‘ralova hamda dizayner Gulnoza Valiyeva eng ko‘p ovoz to‘pladi. Tabriklaymiz!👏

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

04 Jan, 11:33


#tuhfa

🎄Yangi yil bayrami arafasida "Til va adabiyot ta’limi" jurnali nazdida eng, eng, eng yaxshilarga tabriknomalar yuborgan edik.

📫 "Shonli pochtamizning tezkorligi" tufayli ayrim banderollar hamon yo‘lda...

💌 Ayni kunlarda jurnalimiz do‘stlaridan quvonchli maktublar olmoqdamiz.

Yangi yilning qadami hammamiz uchun qutlug‘ kelsin!🤲

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

04 Jan, 03:08


Qarshidagi koʻchalardan biriga Behbudiy nomi beriladi

Mahmudxoʻja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlashga oid qaror imzolandi.

BATAFSIL

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

03 Jan, 08:59


#tanlov
#karikatura
#tuhfa

💥"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida o‘tkazilgan navbatdagi tanlov shartlari o‘zgartirilib, sovrinlar miqdori oshirilganidan xabaringiz bor.

🥇"Fan" nashriyoti direktori, shoir Elyor Murod g‘oliblar uchun jami 2000 000 so‘mlik kitoblar jamlanmasi va’da qilgan.

Tanlovda uch yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi:
Matn – Nilufar Obidova 500 000 so‘mlik;
Audio – Sevinch Yakubova 500 000 so‘mlik;
Video – Zuhra G'aniyeva esa 1000 000 so‘mlik kitoblar bilan taqdirlanadi.

🎡 Bundan tashqari, shoir o‘ziga yoqqan boshqa ishlarni ham qo‘shimcha ravishda rag‘batlantirishga qaror qildi:
* Dilshoda Bozorova
* Islombek Mirzaqulov
* Ozoda Abdullayeva
* Dilnoza Hakimova
* Sardorbek Yo'ldoshev
* Umidaxon Sohibjon qizi
* Zulhayo Mingboyeva
* Quvonchbek Hayitboyev
* Parizoda Ro‘ziboyeva
* Hamdam Muhiddinov
* Ahadjon Alijonov

🚀 G‘olib va sovrindorlar @Doniyor_Fan ga manzilini yozib yuborishi lozim. Sovrinlar tez orada egalariga yetkaziladi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

31 Dec, 19:11


#qutlov

Yangi yil qutlugʻ boʻlsin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

31 Dec, 03:30


#qiziq
#savol

Aytgancha, suratda kimlarni tanidingiz? Izohda yozib qoldiring👇

Til va adabiyot ta’limi

31 Dec, 03:08


#qutlov

Yangi 2025-yilda ham “Til va adabiyot ta’limi” jurnali jamoasi Siz aziz ustoz-muallimlar bilan ijodiy hamkorlikni davom ettirishdan mamnun.
 
Sevimli jurnalingiz yangi yildan yangi dizaynda, yangidan-yangi rukn va loyihalar bilan qo‘lingizga yetib boradi.
  
Hamisha qaddingiz tik, qadringiz baland bo‘lsin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

30 Dec, 04:23


#elektronjurnal
#Filologiya_Pedagogika

"Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnalining 2024-yilgi 4-soni bilan tanishing.

📌Elektron jurnal Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi "Til va adabiyot ta’limi" davlat korxonasi muassisligida nashr etiladi.

🏛 “Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 365/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

2024-yil 4-son

📥Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

28 Dec, 04:38


#sana
#ErkinVohidov88

28-dekabr – Erkin Vohidovning (1936-2016) tugʻilgan kuni.

Ayol xatosidan kulgan xatodir,
Tortishgan undan ham ulkan xatodir.
Ayol hech bir bahsda yengilmas tilsim,
Uni faqat sevib qilurlar taslim.

Erkin Vohidov

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

27 Dec, 04:31


#adiblar
#karikatura

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

Sharjda qaysi adib aks etgan? Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring. 👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

25 Dec, 06:11


#kitob

📥 Ijtimoiy-siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug‘atini yuklab oling.

📲 Foydali kitoblarni boshqalarga ham ulashing!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

24 Dec, 06:11


#tanlov
#karikatura
#tuhfa

💥"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida o‘tkazilgan navbatdagi tanlovda Mohlaroyim Rizoyeva g‘olib bo‘ldi.

🥇Shoira Mehrnoz Abbosova g‘olib muxlis uchun 3 ta kitobga dastxat yozib berdi. Sovrin tez orada egasiga yetkaziladi.

🌈"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida har hafta juma kuni tanlov e’lon qilinadi. Faol boʻling! Nabvatdagi kitob Sizga nasib etishi mumkin!

🚀 Yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

23 Dec, 03:08


#sana

📌23-dekabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtorning (1920–1997) tug‘ilgan kuni.

Asqad Muxtor haqida gap ochilsa, shoir va nosirligidan tashqari, albatta, muharrirligi ham eslanadi.

🗞"Matbuot ma’rifiy inqilob qurolidir. U jamiyatni doimo ichdan yorita olishi kerak! Davlat siyosati kaltabinlik qilganda, matbuot uzoqni ko‘ra bilsin!"


Asqad MUXTOR

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

20 Dec, 08:49


#tezkor

💥💥💥Sovrin keskin oshirildi. Shoirning ilhomi qaynadi, tantiligi tutdi. Hozirgina biz bilan bog‘lanib, tanlovimizga 2 000 000 so‘mlik mukofot tikdi.

📍 Tanlov shartlarini kengaytiramiz:
1. Shoir she'rlaridan birining matnini shu postning izohlar bo‘limiga ulashib, eng ko‘p layk yig‘gan ishtirokchiga 500 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi;
2. Shoir she'rlaridan birini ovozlashtirib, shu postning izohlar qismiga ulashib, eng ko‘p layk yig‘gan ishtirokchiga 500 ming so‘mlik kitoblar jamlanmasi;
3. Shoir she'rlaridan birini videolashtirib, shu postning izohlar qismiga ulashib, eng ko‘p layk yig‘gan ishtirokchiga 1 000 000 so‘mlik kitoblar jamlanmasi taqdim etiladi!

📚 Sovringa uncha-muncha emas, eng sara kitoblar beriladi!

Tanlov shoirning tug‘ilgan kuni, 23-dekabr (dushanba) soat 16:00 gacha davom etadi. Dam olish kunlaridan unumli foydalaning. Qancha erta kirishsangiz, imkoniyatingiz shuncha ko‘p bo‘ladi. Tanlovda qatnashibg, YUTQAZMAYSIZ!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

20 Dec, 06:11


#adiblar
#karikatura
#tanlov

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi shoir aks etgan? Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga shoir dastxati bilan kitob sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

18 Dec, 06:11


#tanlov
#karikatura
#tuhfa

💥"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida o‘tkazilgan navbatdagi tanlovda Muhayyo Jabborova g‘olib bo‘ldi.

Yozuvchi Javlon Jovliyev "Qo‘rqma" romaniga dastxat yozib berdi. Sovrin tez orada egasiga yetkaziladi.

🌈"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida har hafta juma kuni tanlov e’lon qilinadi. Faol boʻling! Nabvatdagi kitob Sizga nasib etishi mumkin!

Yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

17 Dec, 04:09


#jurnal
#mundarija

"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2024-yil 12-soni mundarijasi bilan tanishing.

Muqova va mundarijaning pdf fayli izohda qoldiriladi👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

16 Dec, 04:53


#kitob

📥 O‘zbek tilining orfoepik lug‘atini yuklab oling.

📲 Foydali kitoblarni boshqalarga ham ulashing!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

15 Dec, 06:11


#video
#qiziq

⁉️ Siz ham o‘quvchilaringizni ovozidan taniysizmi? 🥰

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

15 Dec, 04:09


#Xabar

IELTS'dan 5,5 va undan yuqori ball toʻplaganlar bu yil 52 ming 706 nafarni tashkil qildi. Solishtirish uchun, 2020-yili 10 mingdan oshiqroq koʻrsatkich qayd etilgan.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

14 Dec, 06:11


#adiblar
#karikatura

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi shoir aks etgan?  Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga shoirning kitobi sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

13 Dec, 10:33


#xushxabar
#elektronjurnal
#Filologiya_Pedagogika

“Filologiya va pedagogika” elektron jurnali OAK ro‘yxatiga kiritildi

📗“Filologiya va pedagogika” ilmiy-metodik jurnali Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-noyabrdagi 365/5-qarori bilan 10.00.00 – Filologiya va 13.00.00 – Pedagogika fanlari bo‘yicha doktorlik dissertatsiyalari (PhD, DSc) asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan milliy ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritildi.

🏫 Ilmiy-metodik jurnal O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi “Til va adabiyot ta’limi” davlat korxonasi muassisligida nashr etiladi.

🏛 “Filologiya va pedagogika” elektron jurnalini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi 2024-yil 19-avgustda 360240-raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan, elektron davriy nashr sifatida ISSN 3060–4885 xalqaro standart tartib raqami berilgan.

📥 Maqolalar maxsus bot orqali qabul qilinadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

12 Dec, 09:14


#sana

📌Bugun, 12-dekabr – shoir Hamid Olimjon (1909–1944), yozuvchi Chingiz Aytmatov (1928–2008), olim Naim Karimovning (1932–2023) tug‘ilgan kuni.

💐Har yurakning bir bahori bor,
Har bir qalbga
ishq bo‘lar mehmon.
Har yurakda gullar muhabbat,
Bo‘ston etar uni begumon...


🖌Hamid Olimjon

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

10 Dec, 06:11


#kitob

📥 O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘atini yuklab oling.

📲 Foydali kitoblarni boshqalarga ham ulashing!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

10 Dec, 02:07


#sana
#qutlov

🇺🇿 10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun qutlug‘ bo‘lsin!

‼️ Milliy madhiyamizni yapon yigiti Tomoki Ogava kuylayapti. U o‘ziga o‘zbekcha ism-familiya ham qo‘yib olgan – Odiljon Ogaev! Bir yarim yilda o‘zbek tilini shu darajada o‘rganibdi.

Vatan qo‘shig‘ini Siz ham kuylang! O‘quvchilaringizni madhiyani aytishdan uyalmaydigan avlod qilib tarbiyalang. Shunda millat qudratiga qudrat qo‘shiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

09 Dec, 10:15


#elektronjurnal
#Filologiya_Pedagogika

"Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnalining 2024-yil 3-soni bilan tanishing.

📌Elektron jurnal Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi "Til va adabiyot ta’limi" davlat korxonasi muassisligida nashr etiladi.

🏛 Ilmiy-metodik jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil 19-avgustda 360240-raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Davriy nashr sifatida ISSN xalqaro standart tartib raqami (3060-4885) olgan.

2024-yil 3-son

📥Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

02 Dec, 06:11


#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @MaqolaTanlovBot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi. Eng yaxshi materiallar jurnal sahifalarida chop etiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

01 Dec, 06:11


#video

Biror dono gap yozmoqchi bo‘ldim-u... yaxshisi, ko'ring va o‘zingiz xulosa qiling!

Fikrlaringizni izohda yozib qoldiring.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

30 Nov, 06:11


#savol

Kimlarni tanidingiz? Izohda yozib qoldiring.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

29 Nov, 06:11


#adiblar
#karikatura
#tanlov

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi shoir aks etgan? Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga shoir dastxati bilan kitob sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

27 Nov, 06:11


#tanlov
#tuhfa

💥"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida o‘tkazilgan navbatdagi tanlovda ishtirokchilar ko‘p bo‘lgani inobatga olinib, uch kishi g‘olib deb topildi. Ularni shoir Najmiddin Ermatovning o‘zi tanladi.

🔜 Hasan Sanayev, Sardorbek Yo‘ldoshev, Parvinani g‘alaba bilan qutlab, sovrinlar tez orada yetkazib berilishini ma’lum qilamiz.

🌈"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida har hafta juma kuni tanlov e’lon qilinadi. Faol boʻling! Nabvatdagi kitob Sizga nasib etishi mumkin!

Yaqinlaringizga ham ulashib qoʻying!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

27 Nov, 03:08


#xushxabar

📚Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi dissertatsiyalaridan bepul foydalanish imkoniyati yaratildi

https://diss.natlib.uz/ saytiga o‘tib, tadqiqot ishi mavzusi, kalit so‘zlari, annotatsiya yoki UDK raqami orqali qidirish mumkin.

➡️ Xushxabarni tadqiqotchilarga ulashing!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

26 Nov, 06:10


#jurnal
#maqola

"Til va adabiyot ta’limi" jurnali o‘zbek lug‘atshunosligi muammolariga bag‘ishlangan maqolalarni berishda davom etadi. Nashrning 2024-yil 10-sonida Qarshi davlat universiteti dotsenti, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Munira Nabiyevaning "Bulduruqmi yoki bulduriq? – Bir so‘z imlosi izidan yoxud adabiy tilda ortogrammalarning mutlaqlashuvi" maqolasi e’lon qilindi:

“O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari”ning “Asos va qo‘shimchalar imlosi” bandida quyidagi qo‘shimcha eslatma bor: “undosh bilan tugab, tarkibida u unlisi bor fe’lga -uq qo‘shiladi: uz – uzuq, yut – yutuq kabi. Lekin uvushiq, burushiq, uchuriq (shuningdek, bulduriq) kabi so‘zlarning uchinchi bo‘g‘inida i aytiladi va shunday yoziladi” [2: 12]. Xuddi shu imlo lug‘atining o‘zidayoq bu fikr inkor etilgan holda bulduriq so‘zi bulduruq tarzida beriladi. Ayni bir imlo kitobimiz o‘z-o‘zini inkor etishi kitobxon uchun achinarli hol emasmi?

👉 BATAFSIL

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

25 Nov, 10:59


#jurnal
#mundarija

"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2024-yil 11-soni mundarijasi bilan tanishing.

Muqova va mundarijaning pdf fayli izohda qoldiriladi👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

25 Nov, 06:11


#kitob

O‘zbek tili frazeologik lu‘atini yuklab oling.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

23 Nov, 06:11


#savol

⁉️Qaysi qardosh tilda yozilgan? Namoyishchilar nima demoqchi?

Fikringizni izohlarda qoldiring👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

22 Nov, 04:31


#tanlov
#adiblar
#karikatura

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi yozuvchi aks etgan?  Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga yozuvchi dastxati bilan kitob sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

21 Nov, 06:11


#elektronjurnal
#Filologiya_Pedagogika

"Filologiya va Pedagogika" ilmiy-metodik elektron jurnalining 2024-yil 1- va 2- sonlari bilan tanishing.

📌Elektron jurnal Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi "Til va adabiyot ta’limi" davlat korxonasi muassisligida nashr etiladi.

🏛 Ilmiy-metodik jurnal O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2024-yil 19-avgustda 360240-raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Davriy nashr sifatida ISSN xalqaro standart tartib raqami (3060-4885) olgan.

2024-yil 1-son
2024-yil 2-son

📥Maqolalar @FilologiyaPedagogikaBot orqali qabul qilinadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

20 Nov, 06:11


#tanlov
#tuhfa

"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida o‘tkazilgan navbatdagi tanlov sovrini Qo‘qon shahriga yetib bordi.

"Sevimli jurnalim – "Til va adabiyot ta’limi"da e’lon qilinayotgan har bir maqola, ayniqsa, tanlovlar doimo kishini o‘ziga tortadi. Nashrda ko‘tarilayotgan mavzular chuqur mushohadaga undaydi.

Jurnalning telegram kanalida muntazam o‘tkazib kelinayotgan tanlovlardan birida g‘olib bo‘lganimdan mamnunman. Sevimli shoirim
Faxriyorning dastxati bilan yuborilgan she’riy to‘plami hamda "Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 9-soni uchun tahririyat ijodkorlariga o‘z minnatdorligimni bildiraman.

Hurmat bilan Muzayyana Sobirova".


"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida har hafta juma kuni tanlov e’lon qilinadi. Faol bo’ling! Nabvatdagi sovrin Sizga nasib etishi mumkin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

19 Nov, 09:14


#kitob

Kimyo atamalari izohli lug‘atini yuklab oling.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

19 Nov, 06:11


#maqola

Ona tilini saqlab qolish uchun kurash o‘zbek xalqining keyingi asrlardagi hayotida doimo kun tartibida bo‘lib keldi.

"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2024-yil 10-sonida filologiya fanlari nomzodi Nilufar Namozovaning “... Hanuz jiddiy tadbir ko‘rolmadik” maqolasida o‘zbek tili uchun bir yarim asrlik kurash tarixiga qisqacha nazar tashlanadi.

"...Ibrohim Rahim “Guliston” jurnaliga muharrir bo‘lgach, “revolutsiya” – “inqilob”, “redaksiya” – “tahririyat”, “avtor” – “muallif”, “poeziya” – “nazm” yoki “she’riyat”, “proza” – “nasr”, “filosofiya” – “falsafa” tarzida ruscha so‘zlarning o‘zbekchasi muomalaga kiritiladi. Bu, albatta, “rus tiliga nisbatan qo‘pollik” deb qabul qilinib, jurnal bosh muharriri Ibrohim Rahim millatchi tamg‘asi bilan ishdan olinadi..."

BATAFSIL

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

18 Nov, 10:00


#xabar

703 ta kon nomi o‘zbekchaga almashtirildi

Vazirlar Mahkamasining "Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi ayrim geografik obyektlarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida"gi qarori (15.11.2024 yildagi 766-son).

Til va adabiyot ta’limi

18 Nov, 02:07


#video
#sana

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Afg‘onistonlik o‘zbek bolasi milliy ramzimiz haqida o‘zi ham to‘lqinlanib, boshqalarni ham to‘lqinlantirib she’r o‘qibdi.

O‘zbekiston bayrog‘i dunyodagi jamiki o‘zbeklarning iftixoridir. Chunki jahonda o‘zbek xalqining O‘zbekistondan boshqa davlati yo‘q!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

17 Nov, 06:11


#sana

18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

Milliy bayrog‘imiz tarixi turli ramzlar va qiziq faktlarga to‘la.

Agar buyuk ajdodlarimiz ko‘targan tug‘lar ma’lum tartibda taxlansa, xuddi suratdagi kabi bugungi o‘zbek bayrog‘i hosil bo‘ladi.

Batafsil 👉 O‘ZBEK BAYROQLARI TARIXI

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

16 Nov, 06:11


#video

Qirq yildan beri o‘qituvchilik qilib kelayotgan Muzaffar Ismoilov “TikTok” platformasiga foydali va qiziqarli videolar qo‘yib boryapti.

Ushbu videoda Muzaffar muallim bir kuni o‘qituvchilar qadri yuksalajagidan umidvor bo‘lib she’r o‘qigan.

Bir kun kelar domlalar qadri
Tog‘ bo‘ladi, osmon bo‘ladi...

Bir kun kelar, muallim sho‘rlik
Sanab yurmas tiyinlarini...

Faqat
bitta "lekin"i bor: hurmatli ustozlarimiz qachonlardir oshib-toshib oylik maosh olsalar ham, pulni boshqalar kabi yengil hoy-u havaslarga sarflamasinlar🙏

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

15 Nov, 06:11


#tanlov
#adiblar
#karikatura

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi yozuvchi aks etgan?  Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga yozuvchi dastxati bilan kitob sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

14 Nov, 07:32


#video
#nazm

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida ozarboyjonlik adabiyotshunos va shoir Akif Bag‘irni qabul qildi.

Akif Azalp taxallusi bilan tanilgan shoir Naxichevonda tug‘ilgan, ammo asosan O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan. U ozarboyjon xalqini o‘zbek adabiy muhiti bilan yaqindan tanishtirib kelmoqda. Keyingi paytda Akif Bag‘ir, ayniqsa, "O‘zbek kelayotir" qasidasi bilan tilga tushdi.

Yo‘l bo‘shat, dillarda muzlagan armon!
Yo‘l bo‘shat, mensimay xor qilgan nodon!
Yana ming yillikning tongotaridan,
Yo‘l bo‘shat, zamona! Yo‘l bo‘shat, jahon!
O‘zbek kelayotir tarix qa’ridan!


Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

13 Nov, 08:51


#sana

Hamid Olimjon tergovchiga Usmon Nosir haqida nimalar degan edi?

Maishiy prizmadan qarab yozilgan maqola-yu risolalar adabiyot tarixini alg‘ov-dalg‘ov qilib yuborishiga, adabiy jamoatchilik ta’biricha, buyuk bevalarning og‘zaki va yozma ijodiy faoliyati misolida bot-bot guvoh bo‘lmoqdamiz.

Voqelikka munosabat bildirishda qarindosh-urug‘chilik mezonlari birinchi o‘ringa chiqib ketishi, o‘zimiznikilar hamisha oppoq farishta-yu, begonalar qop-qora iblisga aylantirilishi tendensiyasini sog‘lom aql bir qarashda anglab, haqni nohaqdan ayirib oladi, albatta. Ammo omma orasida “dedi-dedi”lar tezroq tarqaladi. Hatto bundaqa kir, chirkin gap-so‘zlarni asosan ziyolinamo kaslar xotirada asrab-avaylab yuradilar, teshik quloq topildi deguncha og‘izdan moy tomib, mishmishga moyil miyalarga quya boshlaydilar...

BATAFSIL

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

13 Nov, 06:11


#tanlov
#tuhfa

"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida o‘tkazilgan tanlov g‘olibi, Nizomiy nomidagi pedagogika universiteti o‘qituvchisi Hulkar Rajabova tahririyatga kelib, o‘ziga ajratilgan sovrinni olib ketdi.

"O‘qituvchilar qatorida yosh tadqiqotchilarni ham qo‘llab-quvvatlab kelayotgan "Til va adabiyot ta’limi" jurnali tanlovida g‘olib bo‘lganimdan mamnunman, – deydi u. – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Erkin A’zam dasxati tushirilgan kitob nafaqat menga, shu bilan birga, kitobxon talabalarimga ham katta tuhfa bo‘ldi. Tanlov sharti,  maqsadi va, albatta, ahamiyatini o‘zim misolimda targ‘ib qilib, talaba yoshlarni ham ushbu jarayonga yo‘naltirishni o‘zim uchun burch deb bildim.  Tahririyat ijodkorlariga tashakkur. Hamisha muxlislar e’tirofi sizga qanot bo‘lsin!

"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanalida har hafta juma kuni tanlov e’lon qilinadi. Faol bo’ling! Nabvatdagi sovrin sizniki bo‘lishi mumkin!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

12 Nov, 06:11


#kitob

Diplomatik terminlar izohli lug‘atini yuklab oling.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

12 Nov, 06:06


#конкурс

Журнал «Til va adabiyot ta’limi» – «Преподавание языка и литературы» – «Language and literature teaching
» объявляет о начале конкурса «Лучший материал 2024 года».

Номинации конкурса:
1. «Лучшая статья»;
2. «Лучшая разработка урока»;
3. «Лучшая методическая рекомендация»;
4. «Лучший анализ произведения (на основе учебников)».

Победители конкурса будут награждены ценными призами – ноутбуками, планшетами, мобильными телефонами.

К участию в конкурсе принимаются статьи на узбекском, русском и английском языке, отправленные до 10 декабря 2024 г. через @MaqolaTanlovBot.

Мероприятие по определению победителей пройдёт в январе 2025 года. Лучшие материалы будут опубликованы на страницах журнала «Til va adabiyot ta’limi» – «Преподавание языка и литературы» – «Language and literature teaching».

❗️▶️ Требования к конкурсным работам

Сайт | Телеграм | Обращение | Обсуждение

Til va adabiyot ta’limi

08 Nov, 06:11


#adiblar
#karikatura

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi shoir aks etgan?  Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga shoirning kitobi sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

06 Nov, 06:11


#tanlov
#savol

⁉️ “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovi yuzasidan ko‘p berilayotgan savollarga javoblar

1. Tanlovga qanday mavzulardagi materiallar qabul qilinadi?

2. Tanlov uchun materiallar qaysi manzilga va qanday formatda yuborilshi kerak?

3. Avval e’lon qilingan materiallarni ham tanlovga topshirish mumkinmi?

🎯 Javoblarni o‘qing!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

05 Nov, 06:11


#kitob

Bank-moliya terminlarining oʻzbek tilidagi izohli lug‘atini yuklab oling.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

04 Nov, 06:11


#tanlov

“Til va adabiyot ta’limi” jurnali “Yilning eng yaxshi materiali” tanlovini e’lon qiladi!

Tanlov yo‘nalishlari:
1. “Eng yaxshi maqola”
2. “Eng yaxshi dars ishlanma”.
3. “Eng yaxshi metodik tavsiya”.
4. “Eng yaxshi asar tahlili” (darsliklar asosida).

Tanlov g‘oliblari noutbuk, planshet, mobil telefon kabi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Tanlovga materiallar o‘zbek, rus yoki ingliz tilida shu yilning 10-dekabrigacha @MaqolaTanlovBot orqali qabul qilinadi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi 2025-yil yanvar oyida o‘tkaziladi.

Eng yaxshi materiallar "Til va adabiyot taʼlimi" hamda "Filologiya va pedagogika" jurnallarida chop etiladi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

03 Nov, 06:11


#video

Shekspir nega buyuk yozuvchi?

Stendapchi qiz imperializmning madaniy mustamlakachilik siyosati haqida yaxshi hazil qilibdi.

Erkin tarjimasi:

⁉️"Ishonchim komilki, Shekspir yaxshi yozuvchi. Ammo uni buyuk adibga aylantirgan omil nima edi?

🎙️Menda zoʻr nazariya bor. Madomiki mikrofon kaminada ekan, gapimni eshitasiz.

🌍Ha, men  yaxshi yozuvchi boʻlganman. XVII asr oxirida vafot etganimdan keyin mamlakatim sayyoraning yarmini bosib oldi.

🇬🇧Va ular hammani ingliz tilini oʻrganishga majbur qilishdi. Innankeyin ingliz tilidagi taʼlim tizimini joriy etishdi.

🧑‍🏫 Innankeyin oʻrta maktabni bitirish uchun barcha piyesalarimni oʻqib chiqishni shart qilib qoʻyishdi...

‼️Qarabsizki, men buyuk  yozuvchiman!.."

Buyuk davlatchilik va buyuk adabiyot bir-birini taqozo etishi bor gap lekin.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

01 Nov, 09:14


#adiblar
#karikatura

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi yozuvchi aks etgan?  Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga yozuvchining kitobi sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

01 Nov, 06:11


#tanlov
#tuhfa

"Til va adabiyot ta’limi" jurnali telegram kanali tanlovida gʻolib boʻlgan Shodiyor Po‘latovga sovgʻa sifatida pochta orqali Xurshid Davron imzosi bilan kitob yuborganimizni xabar qilgan edik.

Gʻolib muallim kecha sovgʻa yetib borganini bildirdi:

"Assalomu alaykum, tahririyat xodimlari va telegram kanali maʼmurlari. Rahmat, atoqli adib Xurshid Davron dastxati tushirilgan kitob va sevimli jurnalim – "Til va adabiyot taʼlimi"ning 9-soni qo‘limga tegdi. Hammangizga katta rahmat.

Mana shunday tanlovlar ko‘proq o‘tkazilsa, o‘qituvchilarga o‘z ustida ishlash uchun katta turtki, rag‘bat bo‘lardi. Ozgina e'tibor ham kelajakdagi ulkan yutuqlar debochasi bo‘lsa, ajabmas.

Sevimli adibimiz Xurshid Davronga ham barakali ijod tilayman. Yana bir bor KATTAKON RAHMAT!"

Bugun yana bir karikatura e’lon qilinadi. Faol bo’ling! Imkoniyatni qo’ldan boy bermang!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

31 Oct, 06:11


#jurnal
#mundarija

"Til va adabiyot ta’limi" jurnalining 2024-yil 10-soni mundarijasi bilan tanishing.

Muqova va mundarijaning pdf fayli izohda qoldiriladi👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

29 Oct, 06:11


#kitob

Axborot texnologiyalari izohli lug‘atini yuklab oling.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

28 Oct, 06:11


“Tajohilul orif” – Barcha jonkuyar ustozlarga bagʻishlanadi!

Sheʼrni muallif Bobur Elmurod o‘qigan.

Videoni Oyina.uz portali sunʼiy intellekt yordamida tayyorlagan.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

26 Oct, 06:11


#qiziq

Amerikalik tadbirkor va o‘gli O'zbek tili bayramida sahnaga chiqib, o'zbekona lutflar bilan so‘zlab, hammani qoyil qoldirdi. O‘g‘li Toshkent shahridagi o'zbek maktabida o‘qir ekan. U o‘ziga o'zbekcha Elyor deb ism tanlaganini aytmaysizmi?! Otasi o‘g‘liga qarab: "E-e, otangga rahmat!" deb qo‘yishlari-chi😄

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

25 Oct, 06:11


#adiblar
#karikatura

Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan?

⁉️ Sharjda qaysi shoir aks etgan? Uning qanday asarlariga ishora qilinmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🎉Eng to‘g‘ri va to‘liq javob egasiga shoir dastxati bilan kitob sovg‘a qilinadi.👇

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

23 Oct, 05:10


#Sana

23-oktabr – jahon bolalar yozuvchisi Janni Rodari tug‘ilgan kun (1920, Italiya).

Adibning "Vaqtni qo‘yib yuboring" hikoyasini tinglang.

Umid Ali tarjimasi. Shahnoza Rahmonova ovozlashtirgan.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

22 Oct, 13:18


Dunyoni oʻzbekcha koʻrmoq orzusi!

Yoshlar ishlari agentligining "1000 kitob" loyihasi oʻzbek tilini zamonaviy ilm-fan tiliga aylantirish yoʻlidan bormoqda.

Til qancha tushunchani ifoda qila olsa, shuncha boy va qudratli sanaladi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

22 Oct, 05:10


#maqola

“Til va adabiyot ta’limi” jurnalining 2024-yil 8-sonida lug‘at qonunchiligi va o‘zbek me’yoriy lug‘atchiligi muammolariga bagi‘shlangan maqola chop etilgandi.

📌Tahririyat dolzarb mavzuni yana davom ettirib, yangi 9-sonida O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori, filologiya fanlari doktori, professor Nizomiddin Mahmudovning “Til, alifbo va imlo tanosibi” maqolasini e‘lon qildi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

21 Oct, 11:48


#xushxabar

O‘zbek tili o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyevning bayram tabrigida maʼlum qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili o‘qituvchilariga maoshining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq to‘lanadi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

21 Oct, 07:12


#kitob

Bugungi bayram bilan barcha mushtariylarimizni yana bir bor qutlab, O'zbek tili izohli lug‘atining 6 ta jildi pdf fayllarini taqdim etamiz.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

21 Oct, 05:10


#onatilimfaxrim
#nazm

…Qadim ohanglardan men seni topdim,
Izladim tafakkur osmonlaridan.
Bir buyuk xalq bo‘lib chiqib kelding sen,
“Go‘ro‘g‘li”, “Alpomish” dostonlaridan…

…Sen – tilim tagida turgan achchiq tosh,
Sensiz men hech kimman, yo‘qdirman, bildim!
Sen – tirik xazina, sen – tirik afsun,
Seni angladim-u, dunyoga keldim!

Qisinib-qimtinib yurmayman chetda,
Kibr yo manmanlik emas falsafam.
O‘zbek kalomida Iymon, Nomus, Or
Va ikki dunyoning saodati jam!

Sen – muhabbat tili hamda erk tili,
Sen borki, Haq bilan sirlashamiz biz!
Sen – jasorat tili va mardlik tili,
Sen borki, xalq bo‘lib birlashamiz biz!

Zebo Mirzo
"Ona tiliga qasida" she’ridan parcha

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

21 Oct, 03:08


#sana

21-oktabr – Oʻzbek tili bayrami kuni qutlugʻ boʻlsin!

🇺🇿 1989-yili 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgani xalqimizning mustaqillik yo‘lidagi dadil qadamlaridan biri bo‘lgan.

🌏 O‘zbek tili jahon tillari orasida munosib nufuzi va nufusiga ega. Bugun dunyo bo‘ylab 50 milliondan ortiq inson o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bu jihatdan turkiy tillar orasida 2-yirik til hisoblanadi.

🚀 Tilning qudrati – Elning qudrati! Davlatimiz kuchli bo‘lsin desak, ona tilimizni kuchaytiraylik! Vatanimiz rivojlansin desak, ona tilimizni rivojlantiraylik! Bolalarimiz baxtli yashasin desak, ona tilimizni yaxshi o‘rgataylik!

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

20 Oct, 09:14


#onatilimfaxrim

Mening tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim,
Bahaybat to‘g‘on tushib,
Yo‘li to‘silgan tilim.

Qushning unut patiday
To‘kilgan unut jonim,
Kitoblarning qatida
Rangi-ro‘yi somonim.

"Eski o‘zbek tili"mas,
Dedilar eskirgan til,
Qo‘rqib chiqarmoqqa sas,
Sandiqlarga kirgan til.

Senda bodom isi bor,
Senda bobom isi bor,
Bolam na rus, na o‘zbek,
Arosat belgisi bor.

Besh yuz yillar avvalgi
Xatni men anglayman, bas,
Men bugun aytganimni
Bolam ba’zan tushunmas.

Ko‘kragimda dod qotgan,
Yaqinlashar katta xavf,
O‘z tilini yo‘qotgan
Xalq bo‘lmasmi yerdan daf.

Oldga, safarbarlikka
Qanday yaraydi bolam,
Ortidagi jarlikka
Qanday qaraydi bolam.

Uni kim qilib qo‘ydim,
Kim bo‘ldi og‘am-inim,
Tomir-tomirim kuydi,
Sindi bo‘g‘in-bo‘g‘inim.

Guli unut xalq bo‘ldik,
Yo‘li unut xalq bo‘ldik,
Ommaviy gunglik sodir,
Tili unut xalq bo‘ldik.

Umrimning shom, kechiga
Shu o‘y sanchilib turib,
"Lug‘otit-turk" ichiga
Yoshim tomchilab turib
Dedim: Tig‘ tilgan tilim,
Mening kesilgan tilim.

Halima Xudoybеrdiyeva

Til va adabiyot ta’limi

20 Oct, 05:10


#sana

20-oktabr – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning tug‘ilgan kuni (1927, Qozogʻiston - 2009, Toshkent).

...Keling, Amerika janubidagi oqtanli bag‘ritosh fermerlarni eslaylik. Ular paxta dalalarida ishlashni xohlamay, o‘z xotinlari va bolalarini ana shu inson bolasi chidab bo‘lmaydigan mehnatdan xoli etib, Afrikadan necha yuz minglab negrlarni kishanband etib olib kelgan edilar. Ammo, adolat yuzasidan shuni ham eslashimiz kerakki, o‘sha paxta dalalarida ishlashni xohlamagan va o‘z bolalarini bu og‘ir mehnatdan xalos etgan o‘sha qahri qattiq fermerlar qullardan sog‘lom, ishga yaroqli nasl olish maqsadida ularni obdon to‘ydirishgan. Shunday qilib, bo‘yi ikki metrli qora tanli polvonlar tug‘ildiki, ularning avlodlari hozir Amerika sportining va Amerika san’atining gultojidir.

Xo‘sh, bizning qishloqdagi bolalarimiz-chi?..

Moskvani titratgan nutqidan

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

19 Oct, 06:11


#onatilimfaxrim
#nazm

Men o‘ylayman:
hayot yo‘lida
Izlasa, ko‘p tarjimada sir.
Necha yildir o‘zbek tilida
So‘zlayotir, mana, Shekspir.

Shunday san’at bo‘lmasa agar,
Ko‘z o‘ngida qorong‘u dunyo –
Biz bilmasdik, goh shams, goh qamar
Bosh ustida – Tolstoy bobo.

Bular yaxshi. Bir narsa chatoq:
O‘zbekning ham bor shirin gapi.
Tarjimada lekin tumtaroq,
Tarjimaning yo‘qdir maktabi.

Dunyo hamon bilmaydi, do‘stlar,
Navoiyning dardini tugal,
Mashrab qaysi ohangda bo‘zlar,
Nodiradan qolgan ne g‘azal.

O‘lkamizda, ko‘rsangiz, shuncha
Madaniyat, shuncha maorif,
Chiqmapti deb tarjimam uncha,
Kuyar ammo Abdulla Orif.

Birov mumkin ochsa menga bahs,
Men baribir bu borada haq:
Kimdir kelib ko‘tarib qo‘ymas,
O‘z-o‘zini ko‘tarmasa xalq...

Omon Muxtor


Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

18 Oct, 13:44


#tanlov

“Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi gʻoliblari

 Poytaxtimizdagi 5-maktabda “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Tanlovning respublika bosqichi yakunlariga koʻra: 1-oʻringa – 20 mln soʻm pul mukofoti; 2-oʻringa – monoblok; 3-oʻringa – noutbuk topshirildi. Faol ishtirokchilar turli nominatsiyalar boʻyicha ham taqdirlandi.

Oʻzbek tili fani yoʻnalishida:

1-oʻrin – Nasiba Kubayeva (Zomin tumanidagi 60-maktab),

2-oʻrin – Sarvinoz Doniyorova (Buxoro shahridagi 13-maktab),

3-oʻrin – Iroda Yoʻldosheva (Urganch shahridagi 15-maktab);

ona tili fani yoʻnalishi boʻyicha:

1-oʻrin – Baxodir Joʻrayev (Fargʻona shagʻridagi 19-IDUM),

2-oʻrin – Oʻgʻiloy Abduraimova (Jizzax shahridagi 29-maktab),

3-oʻrin – Iqboloy Yusupova (Amudaryo tumanidagi 40-maktab) g‘olib bo‘ldi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

Til va adabiyot ta’limi

18 Oct, 13:30


#tadbir

Bugun Alfraganus nodavlat oliy ta’lim muassasasida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, hajvchi shoir Abdurazzoq Obro‘y, “Til va adabiyot ta’limi” hamda “Sharq yulduzi” jurnallari tahririyati vakillari qatnashdi.

Sayt | Telegram | Murojaat | Muhokama

2,125

subscribers

681

photos

105

videos