✅ Maqolangiz sarlavhasining noto'g'ri tanlanishi maqolangizni darhol rad etishga olib kelishi mumkin. Sarlavhangiz maqolangiz nima haqida ekanini aniq ko'rsatishiga ishonch hosil qiling.
✅ Maqolangiz annotatsiyasini noto'g'ri yozish ham maqolangizni rad etishga olib keladigan yana bir muammodir. Annotatsiyadagi natijalar va xulosalar maqola bilan bir xil ekanligiga ishonch hosil qiling.
✅ Kirish qismining to'liq yozilmasligi maqolani ko'rib chiqish jarayonidagi asosiy muammolardan biri sifatida qabul qilinadi. Maqolangiz ahamiyatini oshirish uchun kirish qismi to'liq bo'lishi juda muhimdir.
✅ Mualliflar ko'pincha o'zlarining metodologiyasini barcha maqolalarida takrorlashga moyildirlar. Ilgari yozilgan maqolangizdagi material va usullarni takrorlash, agar u to'g'ri keltirilmagan bo'lsa, o'z-o'zidan plagiat deb hisoblanadi. Metodologiya maqolangizdagi joriy tadqiqotni aks ettirish uchun moslashtirilgan bo'lishi kerak. Ba'zi usullar yangi texnika yoki texnologiyalar natijasida eskirib qolgan bo'lishi mumkin.
✅ Natijalar bo'limidagi xatolar ham eng ko'p uchraydigan odatiy holdir. Mualliflar jurnal tomonidan belgilangan so'z chegarasini to'ldirish uchun maqolaning muhim natijalaridan uzoqlashadilar. Bu holat ham maqolani rad etishga olib kelishi mumkin.
✅ Mantiqsiz muhokamalar qo'lyozmani to'g'ridan-to'g'ri rad etishga olib keladigan yana bir xatodir. Eng ko'p uchraydigan xatolarga g'oyalar uzviyligining buzilishi, noxolis qarash va boshqa tadqiqotchilarning asosiy natijalarini e'tiborsiz qoldirish kiradi.
✅ Maqolangizni sohasi mos bo'lmagan nashriyot jurnallariga topshirish muharrir tomonidan maqolaning rad etilishiga olib kelishi mumkin. Jurnal saytidagi mualliflar uchun ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib chiqing va maqolangiz jurnal sohasi bo'yicha mos kelishiga ishonch hosil qiling. Shuningdek, muharrir sizning maqolangizga mos keladigan boshqa jurnallarni ham taklif qilishi mumkin.
✅ Plagiat yoki o'z-o'zini plagiat qilish sizning maqolangizni rad etishga olib keladigan jiddiy axloqiy qoida buzarlikdir.
✅ Ilmiy maqolalar yangi va original bo'lishi kerak. Jurnal talablariga javob bermaydigan har qanday maqola nashr uchun ko'rib chiqilmaydi.
✅ Ilmiy va yozma etikaga qoidalariga rioya qilmaslik sizning maqolangizni rad etishga olib kelishi mumkin. Mualliflar mas'uliyatli bo'lishlari va o'zlarining sohalaridagi belgilangan axloqiy ko'rsatmalarga rioya qilishlari kerak.
✅ Jurnal tomonidan belgilangan ko'rsatmalarga rioya qilmaslik sizning maqolangizni nashr etilishining kechikishiga yoki jurnal muharriri tomonidan to'g'ridan-to'g'ri rad etilishiga olib kelishi mumkin.
✅ Maqola strukturasidagi kamchiliklar jurnallar tomonidan rad etilishining yana bir asosiy sababidir.
✅ Gramatik jihatdan noto'g'ri yozilgan maqolalar(noto'g'ri til, grammatika, so'z tanlash, zamon, yozuv uslubi) ham maqolaning rad etilishiga olib kelishi mumkin.