Zilola💞Psixolog @zilola_psiholog Channel on Telegram

Zilola💞Psixolog

@zilola_psiholog


Biz bilan hayotingizni yaxshi tomonga o’zgartirasiz🟣
Kanalda o’z og’riqli muammolarizga yechimlar topasiz🟢

Adminlar:
@Guli_menejer ✍️

Zilola💞Psixolog (Uzbek)

Zilola💞Psixolog Telegram kanali sizning hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartirishga yordam beradi. Kanalda o'z og'riqli muammolaringizga yechimlar topasiz. Bu kanalda psixologik maslahatlar va qo'llab-quvvatlash maqolalari bilan tanishishingiz mumkin. Zilola💞Psixolog kanali adminlari @Guli_menejer tomonidan boshqariladi. Sizga yordam berish uchun tayyorlar va muammolaringizni hal etishga yordam bera oladilar. Sizning yaxshi yuragingiz va tashqi hayotingiz uchun qulay va foydali tavsiyalar olish uchun Zilola💞Psixolog kanaliga obuna bo'ling va hayotingizni yangilang.

Zilola💞Psixolog

13 Jan, 10:39


Baxtli boʻlmoqni istaysizmi?❤️

✔️- Har orqangizdan gapirganga quloq solmang...

📌 - Har soʻz berganni, soʻzida turadi, deb oʻylamang...

☑️ - Har tanishgan insoningizni oʻzingiz kabi bilmang...

❤️ - Baxtsiz qilganni emas, huzur berganni yonida qoling...

🤗 - Sizni yoqtirmaganlarga tabassum qiling va yoʻlingizda davom eting...

- Boshingizga kelgan yomonliklar uchun sabr, neʼmatlar uchun shukr qiling...

🎁 - Har bir narsani Allohdan va qilgan amallaringizdan deb biling...

✔️ - Insonlardan hech narsa kutmang...

💡 - Olishdan koʻra, berishni koʻproq yaxshi koʻring...

📌 - Pokiza qalbingizda insonlarga nisbatan nafrat va xafagarchilik saqlamang...

Zilola💞Psixolog

13 Jan, 05:47


Mana shu affirmatsiyalar hattoki tasiri borligini ko’rsatgan bu serialda!!!

Amerika bizdan psihologiya bo’yicha 50 yil oldinda kamida!!!

Ular inson psihologiyasini Alloh qanaqa mukammal va qutratli qilib yaratganini ko’rsatib bergan!

Bu serial rus tilida, o’zbek tilida bormi yo’qmi bilmadim.

Zilola💞Psixolog

12 Jan, 07:46


🔥Qachon meditatsiya va affirmatsiyalar sizda zo'r ishlaydi...

🧠 Qachonki ong toza bo'lsa

🟠 O'zingizga e'tibor bering! Negativlar qurshovidamiz yoki
pozitivlik?

Zilola💞Psixolog

12 Jan, 02:54


🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩🤩

💝 Bugun menga sovg'alar keladigan kun..

👑 Men boylik energiyasiga ulanganman..

🎉 Men baxtliman

💖 Har kunim quvonchli

💰 Bugun menga 500$ keladigan kunim

🎆 Men baxtiyor hayotda yashashga loyiqman

😀 Men sayohatlarga ochiqman

💋 Men sevgi muhabbatga to'la hayotga loyiqman..

🌕 Menga sovg'alar kelishiga ruxsat beraman..

Zilola💞Psixolog

11 Jan, 10:34


💕💕 Ilmsiz maqsadga erishish qiyin, bilim bilan esa osson....

💕 Siz qaysi birini tanliysiz?

💕💕 Òzingizga investitsiya qiling!

💕 Har doim yaxshimas vaziyatlarning yechimi - bu bilimdir ....

Zilola💞Psixolog

11 Jan, 08:41


Hassa 🟠

Zilola💞Psixolog

10 Jan, 12:23


🟠 Ayol kishi yaratuvchi hilqat
Ayol kishi ilm olsa oilasi bolalari yori xam rivojlanadi.
Ayol kishi oʻzini baxtli his qilsa oʻsha oilaga baraka olib keladi.


🔴🟠🟠🔴🟠🔴🟠🔴🟠🔴🔴🔴🔴
Orqali muammolaringiz ildizi bilan olib tashlang.


🟠 Siz xam oʻzingizni pullarga sovgʻalarga oching.
Sizni energiyangiz oshgan sari oʻzingiz sevib qadrlanganingiz sari Hayotingiz go'zallasha boradi
Baxt timsoli boʻling

Zilola💞Psixolog

10 Jan, 08:23


🟠 Sizni hozir qiynayotgan muammoni yechimi uchun ikkita yoʻl bor.

1️⃣qadam
Vaqt - u sizga berilgan nemat.Siz uni oʻzingiz hohlagancha sarflaysiz.(U ham hisobli aslida)
Vaqtni muammoni oʻylashga,uni yechimi uchun turli uslublarni qoʻllashga sarflash mumkin.Natija esa vaqt oʻtib bilinadi.

2️⃣qadam
KONSULTATSIYA - (yani Malakali va Tajribali shu sohadagi ekspert bilan masalaga yechim topish)
Sizdagi hozirgi muammoni toʻliq tahlil qilib,aynan siz uchun munosib yechimni topish va keyingi harkatlarni toʻg’ri yoʻnaltirish!

🔴 SIZDA DOIM TANLOV BOR,undan foydalanish sizni ihtiyoringiz…

Zilola💞Psixolog

10 Jan, 02:30


#Juma_muborak

🌙🌹ASSALOMU ALAYKUM
Juma ayyomi muborak bo‘lsin QADRDONLARIM

Aziz dindoshim Jumaning fayzi va barokati sizga bo‘lsin

🌙 Eng yaqin insonim kirib kelgan "Juma" kuni muborak bo‘lsin.

Zilola💞Psixolog

09 Jan, 12:17


#Psixologik_test

📌 Natijalar:

❤️ 10-14 ball:
Yuqori samootsinka. Siz o'zingizga bo'lgan ishonchingiz yuqori, har qanday vaziyatga ijobiy qaraysiz. Fikringizga ishonasiz va boshqa odamlarning fikri sizga tashqari ta'sir qilmaydi.

❤️ 15-18 ball:
O'rtacha samootsinka. O'zingizni hurmat qilasiz, lekin ba'zan tanqid va muvaffaqiyatsizliklar ta'sirida hayotingizga nisbatan ishonchni yo'qotasiz. O'z nuqtai nazaringizni yanada ko'proq ifoda qilishni o'rganing.


❤️ 19-20 ball:
Past samootsinka. Siz boshqalarning fikridan juda qattiq ta'sirlanasiz va o'zingizga ishonchingiz past. O'zingizning qadr-qimmatingizni tushunib, yangi qadamlar tashlashdan qo'rqmang!

Zilola💞Psixolog

09 Jan, 07:03


📌 Bugun bir ajoyib psixologik test yechamizmi?

Zilola💞Psixolog

08 Jan, 14:34


𝑩𝒖𝒈𝒖𝒏 𝒌𝒐'𝒓𝒈𝒂𝒏 𝒍𝒂𝒗𝒉𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊𝒎 𝒊𝒄𝒉𝒊𝒅𝒂 𝒆𝒏𝒈 𝒔𝒉𝒊𝒓𝒊𝒏𝒄𝒉𝒂𝒔𝒊 ⚡️

𝑺𝒊𝒏𝒂𝒃 𝒌𝒐'𝒓𝒂𝒎𝒊𝒛𝒎𝒊 𝒔𝒉𝒖 𝒕𝒓𝒆𝒏𝒅𝒏𝒊 𝒋𝒖𝒇𝒕𝒊𝒎𝒊𝒛 𝒃𝒊𝒍𝒂𝒏? ⚡️

Zilola💞Psixolog

08 Jan, 08:35


#Kun Haqiqati🟠

Zilola💞Psixolog

08 Jan, 06:16


🟠 Biz o'ylayotgan o'y fikrlarimiz va so'zlayotgan so'zlarimizdan tashkil topganmiz. Shunday ekan foydalanayotgan so'zlaringizga e'toborli bo'ling.

🟠 "Menga bo'laveradi" 🔴 emas, "Men eng yaxshisiga loyiqman" 🟠 deng.

🟠 "Charchadim" 🔴 emas, "Dam olishim kerak" 🟠 deng.

🟠 "Aybdorman" 🔴 demang, "Menga tajriba bo'ldi" 🟠 deng.

🟠 "Vaqtim yo'q" 🔴 demang, "Keyinroq qilaman" 🟠 deng.

🟠 "Harakat qilaman" 🔴 emas, "Bajara olaman" 🟠deng.

🟠 "Hammasi yaxshi"🔴ni o'rniga, "Menda hammasi zo'r" 🟠 deng.

Zilola💞Psixolog

08 Jan, 03:15


🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🥰 Men baxtliman

🥳 Men muvaffaqiyatliman

😍 Men omadliman

😚 Men oʻz maqsadimga erishib, oʻzimga boʻlgan ishonchimni yanada mustahkamlayapman

🎶 Men bugun ishlarim oson va tez, qiyinchiliklarsiz bitishiga ishonaman

🛍Men borliq moʻjizalariga tayyorman

🎁 Bugun menga sovgʻalar kelishiga ruxsat beraman

👨‍💻 Daromadim 1000$ dan oshganligi meni xursand qilyapti

😘 Hayotda borligim uchun minnatdorman, oʻzimni va atrofimdagilarni shartsiz sevaman

🥰Qabul qiling bugungi kun yuklamalarini

Zilola💞Psixolog

07 Jan, 02:58


🟠Xayrli tong quyoshlarim!

🟠Barchangizga yangi kun muborak bo'lsin!

🟠Eng chiroyli orzularingizni amalga oshirish uchun shoshiling !

Zilola💞Psixolog

06 Jan, 12:25


💰Maqsadlaringizni aniqlang.
Pulni qanday maqsadlarda ishlatishni istaysiz? Qisqa muddatli va uzoq muddatli moliyaviy reja tuzing. Rejasizlikdan qutulish — pulni to‘g‘ri boshqarishning kalitidir.

💰Xarajatlarni kuzatib boring.
Bir oy davomida barcha daromad va xarajatlarni yozib boring. Bu sizga keraksiz xarajatlarni aniqlashga va ularni kamaytirishga yordam beradi.

💰 Tejashni odatga aylantiring.
Har bir daromadingizning kamida 10-20 foizini tejashga harakat qiling. Bu mablag‘ni darhol alohida hisobga o‘tkazing, shunda uni ishlatish ehtimoli kamayadi.

💰 Moliyaviy savodxonlikni oshiring.
Pulni boshqarish, sarmoya kiritish va boylik yaratish haqida kitoblar o‘qing, treninglarda ishtirok eting. Moliyaviy bilimlaringiz oshgani sayin, pul bilan munosabatingiz ham yaxshilanadi
.


📌E’tiborda bo‘ling: pulga qanday munosabatda bo‘lsangiz, u ham sizga shunday javob beradi!

Zilola💞Psixolog

06 Jan, 10:03


Hayotingizni yaxshi tomonga o'zgartiradigan 7 ta narsa

💋O'zingizga nisbatan halol bo'ling
💋To'g'ri odamlar bilan vaqt o'tkazing
💋O'z baxtingizni birinchi o'ringa qo'ying
💋Hayot saboqlarini qadrlashni boshlang
💋Qiyin vaziyatlarda o'zingizni qo'llab-quvvatlang
💋O'zingizni boshqalar bilan solishtirishni bas qiling
💋Kichik narsaga bo'lsa ham pul tejashni boshlang


O'zingiz seving olib bering nima xoxlasa yangi kiyim atr 😘
Kuyib ketmaydimi barchasi
Siz baxtlar uchun yaratilgan siz
😍

Zilola💞Psixolog

08 Dec, 03:11


🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Bugun meni eng zo‘r kunim boshlandi

⭐️ Men o‘zimga ishonaman

💜 Mening energiyam cheksiz, har bir kun muvaffaqiyat sari olg‘a bormoqdaman

Bugun meni mo‘jizalar kutmoqda

⭐️Men kuchliman

⭐️ Har bir harakatim meni orzularim tomon olib bormoqda

Men muvaffaqiyatliman

🌸 Men omadliman

Zilola💞Psixolog

07 Dec, 13:24


Illohim hamma ayolga yori "Xiiiiishtima" obersin😁

Zilola💞Psixolog

07 Dec, 09:12


💕Omonmisiz, go'zallar?

💕Atrofingizga nazar soling, yaqinlaringiz, ko'zingizga ko'ringan insonlar sizga nima beryapti?

🎀 tanqid;
🎀 ta'qiq;
🎀 nafrat;
🎀 qarg'ish;
🎀 mehr;
🎀 tabassum;
🎀 ishonch;
🎀 muhabbat?

💕Endi o'zingizdan so'rang — men borliqqa nima beryapman? Sizga nimaiki kelmasin, siz kimgadir berganligingiz tufaylidir.

🌈Sevgi xohlaysizmi? Sevgi yuboring! Negativ xohlaysizmi? Nafrat yuboring. Hammasi o'zingizdan boshlanadi!

Kuningiz xayrli bo'lsin.

Zilola💞Psixolog

07 Dec, 05:40


Aynan☝️

Zilola💞Psixolog

07 Dec, 03:00


Shanba kunimizni ham boshlab oldik, hammaga hayrli va barokatli bo’lsin!

Zilola💞Psixolog

07 Dec, 02:39


🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🌕 Men oʻzimni qanday boʻlsam, shundayligimcha muhabbat ila qabul qilaman.

💜 Men oʻzimni sevaman.

⭐️ Mening tanam va qalbim juda goʻzal.

❤️ Men barcha yaxshi narsalarga munosibman.

🪐 Barcha yaxshiliklarga ega boʻlishga oʻzimga ruxsat beraman.

⭐️ Men oʻzimga ishonaman va doim toʻgri qarorlarni qabul qilaman.

🌜 Istagan barcha maqsadlarimga erishishimga ishonaman.

⭐️ Men uchun barcha qobiliyatlarim qadrli.

💵 Men oʻz kelajagim yaratuvchisiman.

💜 Men fikrlarimni oʻzimga boʻlgan katta ishonch bilan ifodalay olaman.

💜 Oʻzimga boʻlgan ishonchim kun sayin ortib bormoqda.

🌕 Men oʻzimga faqatgina mehr-muhabbatga toʻla munosabatdaman.

Unutmang, bugun siz oʻzingizga nimani ravo koʻrsangiz, ertangi kuniz xuddi shunday boʻladi...

Zilola💞Psixolog

06 Dec, 08:25


#sizuchun

Miyasi mayda-chuyda orzularga to‘la odamlar bilan uzoq suhbat qurmang. Ular sizning katta orzu-maqsadlaringizni cho‘ktiradi;

Hayotdan alamzada va norozi insonlar bilan muloqot qilmang. Undaylar sizning hayotga bo‘lgan qiziqishingizni, umidingizni so‘ndiradi;

Juda ham ehtiyotkor va qo‘rqoqlarni fikrlariga quloq solmang. Ular tufayli tavakkalga qo‘l urolmaysiz;

Dangasa, ishyoqmaslar bilan do‘stlashmang. Aks holda sizning miyangiz ham ularnikiga o‘xshab hayotda o‘sish uchun imkoniyatlar emas, ko‘proq uxlash uchun sabablar izlay boshlaydi.

Katta orzular qiling, maqsadlar qo‘ying. Unga yetish rejasini tuzing va bu yo‘lda siz bilan yelkama-yelka muammolaringizni hal qiluvchi, quvonchingizga sherik bo‘luvchi do‘stlar orttiring!

Zilola💞Psixolog

05 Dec, 12:47


#TAVSIYA

📗Qog'ozga kun davomida sizga uchrashi mumkin bo'lgan narsa, inson yoki voqea-hodisalarni yozib chiqing. Kamida 30 ta.

Sizga yoqmagan narsalarga umuman e'tibor bermang.
Bor diqqatingiz bilan shukur qilish mumkin bo‘lgan narsalarni qidiring(oddiy narsa bo‘lsa ham) va kun davomida shu fikrlarni hayolizda ushlab yuring.

💜 Albatta o‘zingizda ijobiy o‘zgarishni sezasiz. Maqsadingiz sari imkoniyatlar o‘z-o‘zidan kelaveradi.

🕰 Sizdan ketadigan narsa 10 daqiqa vaqt va bir marta sinab ko‘rish imkoniyati.

Zilola💞Psixolog

25 Nov, 10:39


❗️ Agar biror muammoni eʼtiborsiz qoldirsangiz...

➡️➡️➡️

😊 ☹️ Muammo va vaziyatlar siz oʻsib rivojlanishingiz uchun beriladi

👍Hammasi oʻz qoʻlingizda

💌 Konsultatsiya oling
💌Yozilish uchun @Guli_menejer ga yozing

Zilola💞Psixolog

25 Nov, 07:58


💲💲💲

Pul bu energiya- IJOD ENERGIYAsi.

💲Siz qachon ijod qila olasiz faqat sevimli ishizni bajarganda. Bunda sizni ongiz yuqori olam bilan ulanadi chunki sevgi chastotalari yuqori olamga tegishli.

💲Va sizga idealar kela boshlaydi insonlarga shu sevimli ishiz orqali nimadir ulashishga yordam beradigan idealar. Aynan shunday vaziyatda siz pul oqimiga ulana olasiz.

💰 Hozir sizda pul yo'q bo'lsa, kayfiyatingizni tushurmang. Yaratuvchi shu orqali sizni haqiqiy vazifangizga olib boradi ya'ni man aytayotgan sevimli ishizga!

E'tibor berganmisiz oʻz kasbini chindan yaxshi koʻruvchi insonlarga pul tez va oson keladi

Qalb kasbini topganlarda pullar barakali boʻladi

Zilola💞Psixolog

25 Nov, 05:12


#Affirmatsiya

➡️Men borliq imkoniyatlaridan keng foydalanmoqdaman

➡️Men oʻzim uchun ideal ayolman

➡️Katta pullar oqimiga ochiqman

➡️Ishlarim tez va oson bitmoqda

➡️Oʻzimga boʻlgan baho va ishonchim kun sayin ortmoqda

➡️Hayotim chiroyli sarguzashtlarga boy kechmoqda

Zilola💞Psixolog

24 Nov, 13:03


*️⃣*️⃣*️⃣
Hayot kitoblarda bitilgan rivoyatlarga o‘xshaydi. Har kuni yangi sahifa…

🎶Bir beti mahzun kechsa, keyingi sahifasi quvonchga to‘la bo‘ladi…

❤️ Shunday ekan, xavotir olmang! Qorong‘ulikdan keyin yorug‘lik, musibatdan keyin albatta omad keladi...

🎶Hayot sahifalarini varaqlayvering-da, ishingizni Allohga tavakkal qiling. O‘zi shundoq ham hayot qisqa, nazaringiz go‘zalliklarda bo‘lsin, ulardan zavqlanib yashang!

🔣 Raskopka amaliyoti shunchaki amaliyot emas, uni anglaganga sehrli terapiya

🔣 O'tmishdagi bloklarni yechishda, hayotni chiroyli o'tkazishda, pullarga ochilishda, karyerada muvaffaqiyatlarga erishishda, farzandli boʻlishda samarali amaliyot

Zilola💞Psixolog

24 Nov, 06:03


🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

💎 Men dunyodagi eng baxtli ayolman

😜 Menga kelayotgan pullar uchun shukronalik keltiraman

💜 Men katta pullarga loyiqman.

🩷 Men eng yaxshi munosabatlarga loyiqman

🪷 Men eng zo'r hayotga loyiqman

🦋 Mening orzularim tez va oson amalga oshadi

💞 Men dunyodagi eng omadli va sevgiga to'la ayolman

❤️ Qabul qiling azizlarim

Zilola💞Psixolog

24 Nov, 05:17


Channel photo updated

Zilola💞Psixolog

24 Nov, 04:46


Xayrli kun🌺❤️

Zilola💞Psixolog

23 Nov, 08:57


Uy bekalari uchun ajoyib taktika.

Siz vaqtingizni unumli o'tkazmoqchi bo'lsangiz unda ushbu taktika siz uchun

Erta turing.
Bir kun oldin qogozga yozib oling iloji bo'lsa vaqti bilan nimalar qilishingizni.

📌 Shu tartibda bajaring. Iloji bo'lsa vaqtga qo'yib bajaring.

⚠️ Barcha ishni bajarib bo'lib o'zingizni ragbatlantiring. Raqsga tushing ashula ayting. Kichik bo'lsa ham shkalad yoki yaxshi ko'rgan eng kichik narsangizni oling.
Albatta har bir bajargan ishingiz oldiga
qo'yib boring.

Keyin ko'rasiz. Vaqtiz unumli va tez. O'zingiz ham zavq bilan bajarasiz. Albatta o'zingizga ham vaqt yetadi bu taktika da. Yana eng muhimi siz bu ishlarni ko'rsatsangiz qaynonajonizga shuncha ish qilganiz uchun qoyil qoladi.😉

📌 Shu taktikani 21 kun bajarib ko'ring keyin odat tusiga aylanib siz vaqtni unumli taqsimlab bajarasiz va hammasiga Ulgurgan bo'lasiz.

🆕 Agarda bundanda qiziq taktikalar kerak bo'lsa bizdan uzoqlashmang.

Zilola💞Psixolog

23 Nov, 05:09


Turmush o’rtog’im eslatdilar ✍️😭😍♥️

Zilola💞Psixolog

23 Nov, 05:08


Kecha turmush o’rtog’im sovg’a qildilar 😍
Juda xohlagandim, olganlarga havas qilgandim ☺️

Yana kecha psihologlar kuni ekan, aynan shu kunga to’g’ri kelibdi ♥️

Zilola💞Psixolog

23 Nov, 05:01


Siz bilan bir xursandchiligim bilan bo’lishmoqchiman 😍

Zilola💞Psixolog

23 Nov, 04:41


Assalomu alaykum

Zilola💞Psixolog

23 Nov, 04:41


#Bismillah

Zilola💞Psixolog

22 Nov, 06:48


🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

🔢 cheksiz ilohiy pullar oqimiga ulanganman

Hayotimdagi barcha ehtiyojlarim uchun pullar oson kirib kelmoqda

har kunlik daromadim 500 $ ga chiqmoqda

💛 baxt, sevgi doim men bilan

Zilola💞Psixolog

22 Nov, 04:34


Bacstage, ish jarayonida kadr ortidan lavhalar

Zilola💞Psixolog

14 Nov, 03:47


Kunlik o’qiladigan duolar .

1.Subxanalloh. - 100
2.Alhamdullilah. - 100
3.Allohu Akbar. - 100
4.La ilaha illolloh. - 100
5.La xavla vala quvvata illa bilahi aziyiyul azim. - 100
6.Astag’firullox. - 100
7.Allohumma solli ala sayyidina Muhammad. - 100
8.Subhanallohi va bihamdihi. -100
9.Subhanallohil azim. - 100
10.La ilaha illa anta subhanaka inni kuntu min az-zolimin. - 100
11.Xasbinallohu va nimal vakil. -100

💫Allohimni zikir qilish bn birga xayotimizani yanada go’zallashtiramiza inshaalloh
❤️

Zilola💞Psixolog

13 Nov, 06:46


#Mulohaza

🇺🇿 To'rt kishi borki, ularni hayotingda yo'qotib qo'yishdan ehtiyot bo'l:

🤩. G'azablanganingda sening gap-so'zlaringga chidagan insonni;

🤩. Yo'qligingda seni g'iybat, haqorat va boshqa narsalardan himoya qilgan insonni;

🤩. Siqilgan paytingda seni xursand qilishga uringan insonni;

🤩. Mag'lub bo'lganingda senga yordam bergan insonni.

🎆 Har birimizning hayotimizda jarlikda bo'lganimizda chiqara oladigan, qo'llaydigan.
Ko'klarga chiqqanimizda esa yerga tortib olib, kibrimizni tiyishimizni tushuntira oladigan haqiqiy,samimiy do'stlarimiz bor bo'lsin!

Zilola💞Psixolog

13 Nov, 03:46


🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠🔠

Bugun meni eng zo‘r kunim boshlandi

⭐️ Men o‘zimga ishonaman

💜 Mening energiyam cheksiz, har bir kun muvaffaqiyat sari olg‘a bormoqdaman

Bugun meni mo‘jizalar kutmoqda

⭐️Men kuchliman

⭐️ Har bir harakatim meni orzularim tomon olib bormoqda

Men muvaffaqiyatliman

🌸 Men omadliman

Zilola💞Psixolog

12 Nov, 14:40


🖤 Keling siz bilan bir PRAKTIKA bajaramiz!

🔣🔣Muammoyingizni varoqqa yozib chiqing va 2ta savol bering muammoyingizga.
Masalan, meni pulim yoʻq: buni siz oʻylab topganmisiz yoki haqiqatanam endi hechqachon pulingiz bo'lmaydimi. Yozib chiqqaningizdan keyin bu muammolar aslida yoʻqligini tushunib qolasiz! Chunki siz buni oʻylab topgansiz ya'ni uni ko'paytirgansiz. Har qanday muammoning aslida yechimi bor, yechimsiz narsa faqat oʻlim hisoblanadi, yechim uchun faqat toʻgʻri harakatni amalga oshirishingiz kerak.


🔜Endi mana shu muammolaringizni yechish uchun siz qanday toʻgʻri harakatni amalga oshirganingizni oʻylab koʻringchi? Aslida biz muammolarni koʻpaytirganmiz!

Zilola💞Psixolog

12 Nov, 08:53


Oʻzingiz istagan hayotga erishishni istasangiz komfort zonadan chiqing

Azizlar, quyida komfort zonadan chiqish bosqichlarini keltirdik⤵️⤵️

💥Agarda mana shu bosqichlarni bosib oʻtsangiz gʻalaba siz tomonda boʻladi!

😊 Komfort zona:

1. Xavfsiz va nazoratda
2. Kam risk, kam mukofot, xech qanday gʻalabasiz

😊 Qoʻrquv zonasi:

1. Oʻziga ishonmaslik
2. Bahonalar topish
3. Boshqalar fikridan ta'sirlanish

😊 Oʻrganish zonasi:

1. Qiyinchiliklarga duch kelish
2. Muammolarni yechish
3. Yangi bilimlar egallash
4. Komfort zonani kengaytirish

😊 Rivojlanish zonasi:

1. Maqsadni aniqlash
2. Orzular bilan yashash
3. Yangi maqsadlar belgilash
4. Maqsadlarni zabt etish

Azizlar, komfort zonadan chiqing

Toʻgʻri bu holat bir qarashda tinch, qulay xotirjam, yaxshi koʻrinadi, lekin sizni bir joyda qotirib qoʻyadi🙇‍♀️

Bu holatdan chiqish esa gʻalabaga tengdir!💃💃💃

🔜🔜🔜🔜🔜🔜

Oʻzingizni qaysi bosqichda ko'rdingiz?

🤗 Reaksiyalarda bildiring!

1- 👍
2- 🥰
3- 🔥
4- ❤️

Zilola💞Psixolog

12 Nov, 06:59


Baxtli bo'lishni istaysizmi?

🔸Qachonki ortiq chidash kerak bo'lmagan narsaga chidashni to'xtatganingizda..

🔸Boshqa insonlarning orzularini ro'yobga chiqarish uchun yashashni to'xtatganingizda..

🔸O'zingiz uchun, ichki holatingizni tinglash uchun vaqt ajratganingizdagina..

Qarshingizda eng muhimi namoyon bo'ladi. Bu esa sizning yo'lingizdir. Sizni farovon va go'zal hayot sari eltuvchi yo'lingiz.

Buning uchun jasorat kerak, o'zligingizcha bo'lish jasorati.
Ilm olish jasorati...

Zilola💞Psixolog

11 Nov, 15:07


#Sevgi

Zilola💞Psixolog

11 Nov, 09:03


🔖 O'Z USTIDA ISHLASH

🗯 Yaratgan sizga foydalanish uchun qandaydir xislatlarni bergan.
Shuning uchun berganki, ular sizga kerak.
Xudodan go'zallikni olibsizmi - foydalaning. U sizga kerak.

🗯 Aqlni olganmisiz - o'zingiz va odamlarning baxt-saodati uchun ishlating.

🗯 Sizga biror narsa berilgan bo‘lsayu, boshqalarda
bu narsa bo'lmasa, bu shuni bildiradiki, Xudo ularga sizda
bo'lmagan boshqa narsani bergan.

🗯 Xar bir kishi óz olamida
yashaydi. Xar kim o'z xayot yo'lini bosib o'tadi. Va xar bir odam
o'zicha ajoyib.

🗯 Axloqsiz va yaramas odamlardan qutulishni istaysizmi -fikrlaringizni o'zgartiring.

🗯 Ayblash va xazar qilishni,
dunyoni yaxshi va yomonga ajratishni bas qiling👇🏼

Zilola💞Psixolog

11 Nov, 06:02


🌺Ruhiy salomatlikni mustahkamlash bo'yicha maslahatlar

Ilhom izlang
Bu foydali kitoblar, videolar, filmlar yoki audio yozuvlar bo'lishi mumkin. Asosiysi, siz bundan ilhom olasiz va maqsadlaringiz sari olg'a intilasiz.

Fikrlaringizni yozib oling📝
Kundalikni tuting yoki eslatma oling. Fikrlaringizni, his-tuyg'ularingizni, tajribalaringizni, yangi g'oyalaringizni yozing. Bu miyani katta hajmdagi ma'lumotlardan tushirishga yordam beradi.

Zilola💞Psixolog

11 Nov, 03:43


Assalomu alaykum
Munavvar kun muborak go'zallarim😘

Alloh sizni yangi kun, yangi imkoniyat va yangi ishtiyoq bilan siylagan kunda insonlarga hayr ulashishdan charchamang ...

Zero dunyoni yaxshilik qutqaradi.

Mehringizdan, kulgungizdan butun olam yorishishini unutmang!
Sizning jozibangiz va quvnoqligingiz esa qalblarga quyoshdir😊

Zilola💞Psixolog

10 Nov, 15:32


Shunaqa yomg’ir yog’moqda hozir
🌧️🌧️🌧️🌧️🌧️🌧️🌧️🌧️🌧️🌧️⚡️⚡️⚡️
Subhanolloh 😍

Zilola💞Psixolog

10 Nov, 14:48


Sog'ligingizni asrang!

🔸Mahzunlik — oʻpkaning zaiflashishiga sabab boʻladi.

🔸Asabiylik — yurak va aqlning zaiflashishiga sabab boʻladi.

🔸Bezovtalik — oshqozonning zaiflashishiga sabab boʻladi.

🔸Gʻazab — jigarning zaiflashishiga sabab boʻladi.

🔸Qoʻrquv — buyrakning zaiflashishiga sabab boʻladi.

🔸Barcha yomon hislardan qoching! Chunki, yomon hislar — oxir-oqibat oʻlimga sabab boʻladi.

Zilola💞Psixolog

10 Nov, 06:38


Kundalik odatlariz bilan bo’lishing deb so’raganlar uchun ❤️

Zilola💞Psixolog

10 Nov, 05:26


Allohga shukur 💙

Zilola💞Psixolog

10 Nov, 03:19


☀️ Assalomu alaykum!
Yakshanba muborak bo‘lsin!

🤲 Sog‘–salomat uyg‘otgan Robbimizga hamdlar bo‘lsin!

Asl saodat nafas olib turgan har onimizga shukr qila olishdir...
Shukur va zikrga boy kun bo‘lsin!

Zilola💞Psixolog

09 Nov, 13:05


Bo'ldi, hozircha takror keluvchi savollar shular edi.

Endi navbat sizga)))

#savol

Bugun sizning oxirgi kuningiz ekanligiga amin bo'lsangiz, nima qilgan bo'lardingiz?

Zilola💞Psixolog

09 Nov, 05:38


Jamiyatimiz muammolarga toʻlib ketganidan xafa boʻldim!

Savollarimga 🥲 reaksiyasi bildirganlar ko'p ekan!


🔜Sizga savol qachongacha shunday yashamoqchisiz?
Kuchsiz, zaif, pulsiz…
Gapirsam hali gap koʻp
Charchamadingizmi hayot bilan kurashib yashab?

Zilola💞Psixolog

04 Nov, 10:01


😍Kun tavfsiyasi:

😆Har bir o'ylayotgan fikrlaringizni filtrdan o'tqaza oling. Har bir tilga chiqmagan yomon o'y hayol 50% amalga oshar ekan.
😆Tilga chiqgan yomon fikr esa 100% amalga oshar ekan.
Hayollarimizda faqat yaxshi fikrlar aylansin.

Zilola💞Psixolog

04 Nov, 06:16


Baxt siri⬇️

Kamroq o'ylang, ko'proq seving va xursand bo'ling.
Ko'pincha bizning barcha muammolarimiz tinchlana olmaydigan va doimo o'ylaydigan, o'ylaydigan va o'ylaydigan notinch ong tufayli paydo bo’ladi. Siz hech bo'maganda bir muddat AqIni qo'yib yuborishga qodir bo'lishingiz kerak😉

Zilola💞Psixolog

04 Nov, 02:26


Zikrlar

" ASTAG‘FIRULLOH"

🤲🏼 Har bir qilgan gunohim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Har bir tark qilgan farzim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Har bir insonga qilgan zulmim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Har bir solih insonga qilgan jafolarim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Kechiktirgan har bir yaxshiligim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Zolimga do‘st bo‘lganim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Nasihatchini mensimaganim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Maqtalgan kishini malol ko‘rganim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Gapirgan har bir yomon so‘zim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Haqni zoye qilganim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Botilga ergashganim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Behuda o‘tkazilgan vaqtim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Vijdonni halok qilganim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Fosh qilgan har bir sirim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿 "Astag‘firulloh"

🤲🏼 Ishonchli kishini aldaganim uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh"

🤲🏼 Xilof qilgan har bir va’dam uchun buyuk Allohga istig‘for aytaman.
📿"Astag‘firulloh.

Zilola💞Psixolog

03 Nov, 14:05


Energiyaga toʻyinish usullari

💫 Baʼzida biz ayollar hech nima qilgimiz kelmay qoladi va oʻzimizni qoʻlidan hech nima ish kelmaydigandek tasavvur qilamiz.
Shu paytda insonda energiya kamayib ketadi. Uni yana joyini toʻldirish uchun esa oʻzingiz uchun nimadir qiling.

Masalan, kiyim sotib oling, salonga boring, bozor aylaning. Eh, biz ayollar erimiz yoki farzandimizga nimadir sotib olsak ham energiyaga toʻlib toshamiz. Energiyaga toʻyinish uchun pul sarflash shart emas! Shunchaki oʻzingiz uchun choy yoki issiqqina kofe damlab oling-da, mazza qilib ichib telefon titkilang yoki televizor koʻring.

🌟 Bu usullarni albatta sinab koʻring! Koʻrasiz natija sizni uzoq kuttirmaydi. Natijalarni esa albatta biz bilan boʻlishing. Aslida bu ham sizga ancha energiya beradi.

https://t.me/Zilola_psiholog

Zilola💞Psixolog

03 Nov, 09:24


Biror bir ishni boshini tutishingizga nima halal beradi?

Biznes qilmoqchisiz. Ishlamoqchisiz. Hunaringizdan daromad topmoqchisiz. Sherikchilikda qaysidir ishni boshini tutmoqchisiz, ammo boshlay olmayapsiz. Sababi nima?

Yaqinlaringizning ta'qiqimi?
Qo'rquvingizmi?
Bilimsizligingizmi?
Tajribasizligingizmi, nima???

Agar siz sharmanda bo'lishdan qo'rqib yangi ishni sinab ko'rishdan qo'rqsangiz, turgan o'rningizda qotib qolasiz.

Qo'ying, ana sinab ko'rdingiz-u, eplolmadingiz, qo'lingizdan kelmasligiga ishonch hosil qildingiz, nima bo'ldi?

Tajriba shakllandi. Nima qilsa to'g'ri bo'lishini tushundingiz.

"Za-to" foydangizga hal bo'ldi.
Sizga mavhum, sirli tuyulgan, "qolganlar qanday qilarkin?" deb o'ylantiradigan qorong'ulikni ichiga kirib chiroq yoqishingiz uchun O'ZINGIZGA BO'LGAN ISHONCH kerak.


Ishonch esa tashqarida emas, ichingizda bo'lishi lozim. Ichki olamingizdan izlab ko'ring-chi, ishonch qayerda joylashgan ekan?

Zilola💞Psixolog

03 Nov, 06:24


Loyiqlik hissi ayolni samootsenkasini belgilaydi.😉

Zilola💞Psixolog

03 Nov, 04:03


🍳

Zilola💞Psixolog

03 Nov, 03:46


Yakshanba dam olish kuningiz mazmunli o'tsin 🥰🙂🙂🙂

Zilola💞Psixolog

03 Nov, 03:46


#Bismillah

Zilola💞Psixolog

02 Nov, 11:18


Konsultatsiya kimlar uchun?

- O‘zini holsiz xis qilayotgan

- Asabiylik, doimiy charchoqdagilar

- Xiyonat, kamsitilish, mensilmaslikdan azoblanayotganlar

- Baxtni his eta olmayotganlar

- Pul topishda qiynalayotgan

- Hayotda o‘z o‘rnini topa olmagan

- O‘zini baxtsiz xis qilayotgan

- Maqsadlariga tezroq erishmoqchi bo‘lgan

- Atrofdagi insonlar bilan munosabatini yaxshilamoqchi bo‘lgan

- Pul oqimini oshirmoqchi bo‘lgan

- Salomatlik bilan bogʻliq muammolarda

- O‘zini anglamoqchi, o‘zini topmoqchi bo‘lgan insonlar uchun


♦️Sizda yuqorida aytilgan muommolardan qaysilari bor ?
Bular barchasiga konsultatsiya orqali yechim topasiz.

♦️HAYOTINGIZNI OʻZGARTIRISH OʻZ QOʻLINGIZDA! MEN FAQAT SIZGA YECHIMLAR VA ANGLASHLAR BERAMAN. VA SIZ ALBATTA NATIJAGA CHIQASIZ

Zilola💞Psixolog

02 Nov, 06:47


Texnikalar mening oddiy tilimda aytganda ong osti mashqlari!
Xohishlaringizni har xil usulda izhor qilasiz va ularni magnitday oʻzingizga tortasiz🤨

Zilola💞Psixolog

02 Nov, 03:30


Bugun zavtrkka qovoqli, guruchli kasha (guruchni qovoq pishishiga yaqin solaman).

Uyda bo’lgan vaqtim kashalar pishirishga harakat qilaman.

Zilola💞Psixolog

01 Nov, 08:36


Qalblarim Konsultatsiya olish va keyingi natijalarga erishish haqida oʻylab koʻrganmisiz?

Mendan konsultatsiya olish uchun sizni nima toʻxtatib turibdi?

Zilola💞Psixolog

01 Nov, 06:23


Sizni Alloh sevgi bilan yaratgan, siz ham borliqqa sevgi bering, hayotingizni tizim boʻyicha harakatlantiring, oʻshandagina hayotingizga siz xohlagan pullar kirib keladi va oʻzingiz xohlagan qalb xotirjamligidagi komfort hayotda yashay boshlaysiz😊

Zilola💞Psixolog

29 Oct, 15:40


Uyingizda hotirjamlik oʻrnatish uchun🥰💚

Zilola💞Psixolog

29 Oct, 11:02


Bizga xohishlarimiz — orzularimiz ijobat bo'lmasligidan manfaat bor.

G'alati gap bo'ldi-a? To'g'ri-da, hozir 5 xonali kvartirangiz, zamonaviy avtomashinangiz, hovlingiz, ko'p pullaringiz bo'lishini xohlayotganligingizni tilingiz bilan tan olsangiz, shunga erishish uchun vaqtingizni, kuchingizni sarflashingizni o'ylaysiz-u, e-qo'y, hozir ham hammasi yaxshi-ku, deb qo'l siltaysiz.

Turmush o'rtog'im boy bo'lib ketsin, millionerni ayoli bo'lay degingiz keladiyu, "pul erimni o'zgartirsa-chi, menga befarq bo'lsa-chi" deb shubhalanasiz.

Komfort zona — o'zingiz yashab turgan sharoit, turmush tarziga moslashganligingiz sabab yangicha hayotga o'tish, chegaralarni buzish sizga mashaqqatdek tuyuladi.

Aslida, siz astoydil xohlasangiz, bo'lgani. Qolgani avtomatik tarzda ro'y beraveradi.

Muzqaymoq xohlasangiz-u, uni ortidan tomoq og'rig'ini o'ylamasangiz, yo'lingizda totli, yoqimli muzqaymoqlar uchraydi.

Guldasta xohlasangiz-u, uni ko'tarib uyga kirgach tergov qilinishni o'ylamasangiz, tasodifan gullar tutqazib ketishadi.

Iphone telefoni xohlasangiz-u qimmatligini o'ylamasangiz, ishoning, shu telefon hatto sovg'a bo'lib hayotingizga tekinga kirib kelishi mumkin.

Shunday qilib, qalbimizning xohishiga quloq tutsak bo'lgani. U qimmat, noyob, ilojsiz narsani istamaydi. Bizni xursand qiladigan, yashashga undaydigan, birovga zarari yetmaydigan xohishlarni xohlaydi, xolos.

Zilola💞Psixolog

29 Oct, 06:01


💗Bahona qilishni bas qiling!

➡️ Pulingiz kammi? - Koʻproq topib, kamroq sarflashni oʻrganing.

➡️Vaqtingiz yo'qmi? - Bekorchi videolar tomosha qilishni toʼxtating va televizorni oʼchiring.

➡️ Bilim yetarli emasmi? - Kitob oʼqing.

➡️ Bir ish qiyin koʼrinyaptimi? - Birinchi qadamni qoʼying va kichikroq harakatlardan boshlang.

➡️Koʻrinishingiz yoqmayaptimi? - Sport bilan shugʻullaning, parhez qiling.


Sizga hech kim yordam bermaydi, oʻzingizdan boshqa!

Zilola💞Psixolog

28 Oct, 10:29


🔤🔤🔤🔤🔤🔤
🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤🔤

So'zlar⬇️

Yaxshiyam borsiz,
Eng beminnat yordam beradigan insonim sizsiz,
Har qanday holatda ham sizning yoningizdaman,
Siz bilan faxrlanaman,
Yana qayta tanlov berilsa ham sizni tanlardim.

Bu so'zlarni uzoq davom ettirish mumkin...

Eng muhimi so'zlaringiz qalbdan chiqsin😊

Zilola💞Psixolog

28 Oct, 08:24


Abet vaqtida o’zimni xursand qildim.

Ishxonam yonida bir joy bor, juda chiroyli va shinam.

Ishlashni boshlaganimdan beri xech ham kirib ovqatlanmaganman bu joyda.

Bugun o’zim uchun bu joyni kashf qildim va bu joy judayam yoqdi.

Bazan imkoniyat bo’lsa ham o’zimizga ruxsat bermaymiz, qo’rqamiz. Bu holat o’zimda ham bo’lib turadi.

Bugun o’zim qilishni hohlagan lekin ruxsat bermayotgan joyimga kirdim…

Sizda qanday muammolar bo’ladi shunday masalalarda? Yozing …

Zilola💞Psixolog

28 Oct, 06:34


Har bir erishilgan natija ortida yordam beruvchilar bo’ladi va ular bizning sahna ortidagi qahramonlarimizdir…

Fikrimga qo’shilasizmi?

Sizni natijalarizga erishish uchun yordam beruvchilar kimlar…?

Zilola💞Psixolog

28 Oct, 05:03


Hayotda hamma masalliqlar berilgan (majoziy ma’noda), undan nima pishirish o’zingizga bog’liq!

Zilola💞Psixolog

27 Oct, 12:23


Bu kurslariyizga qatnashdim!Siz o'rgatgan hamma vazifalarni bajardim!Xudoga shukur hozir judayam baxtliman Alhamdulillah!Hamma hammasi avvalo Allohdan, lekin bandasi sababchi boʻladi deyishadi.Shu rost ekan .Siz sababli men har taraflama hamma xavas qiladigan baxtga erishdim.Rahmat kattakon sizga!💋😘🥰😍❤️

Zilola💞Psixolog

27 Oct, 12:23


Assalomu aleykum inson qiyofasidagi farishtam, quyoshdek ilm nurini sochib, yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi ham opam ham dugonam eng qiziqarlisi hali hayotda ko'rmagan bo'lsam ham 40yillik qarddonimdek qadrli insonim.Sizga rahmat kattakon hamma hammasi uchun 😘!Alloh sizdan rozi boʻlsin ilohim 🤲

Zilola💞Psixolog

27 Oct, 08:43


#ibrat

Bir kuni bir tikuvchi Allohning do‘stlaridan bo‘lgan valiy bir zotga shunday savol berdi:

— Payg‘ambarimiz sallolloxu alayxi vasallamning: “Alloh taolo gunohkor qullarining tavbasini joni chiqqunga qadar qabul qiladi”, degan hadisi shariflari haqida nima deysiz?

Valiy zot esa tikuvchiga javob berishdan avval undan so‘radi:

— Kasbing nima?
— Tikuvchiman, kiyim tikaman.

— Tikuvchi uchun eng oson ish nima?
— Qaychini ushlab matoni kesish.

— Necha yildan beri bu ishni qilasan?
— O‘ttiz yil bo‘ldi.

— Joning chiqadigan paytda matoni kesa olasanmi?
—  Yo‘q, kesolmayman.

Shundan so‘ng valiy zot maqsadga o‘tdi va shunday dedi:

—  Bir muddat zahmat bilan o‘rgangan va o‘ttiz yildan beri qo‘lingni o‘ynatib qilayotgan bu ishingni jon chiqar payti qila olmas ekansan,
umringda hech qachon qilmagan tavbangni qanday qilmoqchisan?

Bugun kuching borida tavba qil!
Jon chiqar payti balki tavba qila olmassan...

Zilola💞Psixolog

26 Oct, 14:41


Oilaviy 9yilligimizni nishonlashga keldik

Zilola💞Psixolog

26 Oct, 03:10


Xayrli Tong Malikalarim!

Ertalabdan sizga Energiya beryapman tezroq oling..

💸 PULLARNI ZARYADLASH

Sizlarga ajoyib qiziqarli bir amaliyotni o'rgatamiz!

💶 Qo'lingizga biror bir pul birligini oling, uni hidlang,his qiling. Bu amaliyot huddi shu tarzda boshlanadi davomini o'qishga👇

Pullaringizni qo'lingizga oling ularga mehr bilan qarang, sevgi bering maqtang minnatdorchilik bildiring.

😍 Mening yoqimli pullarim, Rahmat sizlarga. Sizlar sababli meni hayotim chiroyli ,farovon va qulay. Men sizlarni har doim sevgim bilan qabul qilaman va saxiylik bilan sarflayman.deb pullarni silab siypalang. Sizlarga g'alati tuyulyaptimi?🧐 Men ham boshida hayron bo'lganman va ishonmasdan nomiga bajarganman. Lekin jarayonni o'zi sizga kayfiyat bag'ishlaydi.

Amaliyot shartlari!!!

O'zimni chiroyli pullarim. Sizlarni biram yaxshi ko'raman hozir sizlarni ehtiyojimga sarflayman va yana qaytib ko'payib kelishlaringni iltimos qilaman. O'zingiz bilan birga akalarini, amakilarini AQSh dagi DODA lariniyam chaqirib kelilar ho'o'p.😘

Zilola💞Psixolog

25 Oct, 06:55


Ayol muloyimligi — bu nafaqat tashqi ko‘rinish, balki ichki go‘zallik va ruhiy salomatlikni ham o‘z ichiga oladi. Muloyim ayollar o‘zlarini qulay his qiladilar, boshqalar bilan munosabatlarida samimiy va mehribon bo‘lishadi.

Muloyimlik, birinchi navbatda, sabr-toqat, ehtirozlar va ichki tinchlik bilan bog‘liq. Bu sifatlar ayolning hayotidagi har qanday muammolarni yengishida yordam beradi. Muloyimlik, shuningdek, ayollarning boshqalarga nisbatan mehribonligi va g‘amxo‘rligida namoyon bo‘ladi.

Bugungi kunda muloyimlikni saqlash va rivojlantirish, stress va tezkor hayot sharoitida ayniqsa muhimdir. Har bir ayol o‘zining muloyimligini kuchli tomon sifatida qabul qilishi, shuningdek, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga harakat qilishi zarur.

Ayol muloyimligi jamiyatni yanada go‘zal va samimiy qilishga xizmat qiladi. Bunday sifatlar bilan jamiyatda yaxshilik va tinchlikni tarqatish mumkin.

Zilola💞Psixolog

25 Oct, 03:43


Kecha to’yimiz bo’lgan kun edi …

9yil birgamiz…

Allohimga behisob shukurlar bo’lsin…

Oilada har xil vaziyatlar bo’ladi, turib berish esa yangi darajalarga olib chiqar ekan…

Zilola💞Psixolog

25 Oct, 03:05


#kayfiyat_time

😊 Biroz kayfiyatni ko'taramiz go'zallarim.

Zilola💞Psixolog

24 Oct, 12:52


Dangasalikdan qutulish uchun 6 ta yapon texnikasi:⤵️⤵️⤵️

1. IKIGAI. Hayotdagi asl maqsadingizni toping. Sizni har kuni uyg'onishga majbur qiladigan sababni izlab toping.

2. KAIZEN. Hamma narsani birdaniga qilish o'rniga har kuni kichik-kichik o'zgarishlar qilishga odatlaning.

3. POMODORO texnikasi. Chalg'ishlarsiz 25 daqiqa ishlang, 5 daqiqa tanaffus oling va shu jarayonni yana takrorlang. Bu texnika qisqa vaqtda ko'p ishga ulgirishga yordam beradi.

4. HARA HACHIBU. Juda ham to'yib ovqat yemang. 80% ga to'yganingizda, yeyishni to'xtating. Bu sizni energiyangizni oshiradi.

5. SHOW SHEEN. Har bitta ishga huddi yangi boshlayotgan odamdek kirishing. Har bir vazifangizni ish boshida bo'ladigan yuqori ishtiyoq bilan bajaring.

6. WABI SABI. Har bir detal va jarayondan stresga tushish o'rniga nomukammallikni qabul qiling. Mukammal narsalarni kutib o'tirishdan ko'ra harakatda davom etish yaxshiroq

Zilola💞Psixolog

24 Oct, 10:16


Katta pullar - katta mas’uliyat talab qiladi !

Oxirgi paytlarda ózimdan anchayin katta daromaddagi insonlar bilan kóp muloqotda bólyapman,

Ular bilan suhbat qilish choğida shunday xulosaga keldim,

Katta pullar - katta mas’uliyat talab qiladi !

Ular ózini va boshqa insonlarni vaqtini qadrlaydilar,

Aytilgan gaplariga, tuzilgan rejalariga amal qiladilar,

Katta moliyaga chiqish eng avvalo uni mas’uliyatini óz zimmamizga olishdan boshlanar ekan,

Inson qisqa vaqtda bunday darajaga kelishi albatta imkonsiz holat hisoblanadi,

Mas’uliyatni ham qismlarga bólish mumkin:

- Mulk beruvchi zot oldida
- Biznes oldida
- Davlat oldida
- Oila oldida
- Xodimlar oldida
- Mijozlar oldida
- Jamiyat oldida
Va hk.z …

Mas’uliyatli bólish kónikmasi insonni ósishiga, óz hayoti, orzu - havaslariga befarq bólmaslikga, hayotda nimalargadir erishishga undaydi,

Mas’uliyatli bo’lish eng avvalo - Risklar uchun javobgarlikni zimmamizga olishdan boshlanadi,

Oson yóli ham bor, mas’uliyatni boshqa insonlarga yuklab qóyish orqali, biz rivojlanish, shaxs sifatida ósish, moliyaviy ósishdan tóxtashimiz ham mumkin !

Hayotimizda sodir bólgan voqea hodisalarga boshqalarni aybdor qilish, kimlardandir nimalarnidir kutib yashab, umrimizni sarflab, natijada ular sabab, ular ayibdor degan qarash bilan, qandaydir natijalarga erishib yashaymiz,

Bunday hayot tarzi sizga tanishmi !

Shunday mas’uliyatlar borki, uni o’zingda olib qolasiz, yana shundaylari ham borki ularni boshqalarga berish orqali natijalarga erishish mumkin.

Katta pullar - katta mas’uliyatni o’z zimmasiga ola olgan insonlarga keladi !

Zilola💞Psixolog

24 Oct, 06:38


Hamma narsa kichik qadamlardan boshlanadi…

Osmondan birdaniga butun bo’lib tushib qolmaydi…

Bola ham ona qornida 9oy bo’lib keyin tug’iladi…

Zilola💞Psixolog

24 Oct, 06:02


Nima bo'lishidan qat'iy nazar, bugun ijobiy bo'lishingizni tilayman. Har bir vazifa zavq keltirsin. O'zingiz bilan faxrlaning va doimo ko'proq narsaga intiling. Muvaffaqiyatlaringiz, birinchi navbatda, sizni xursand qilsin!

Zilola💞Psixolog

24 Oct, 02:47


Qalbi go‘zal insonni.....
       😊tabassumi xam yorugʻ bo‘lar
          ekan....
Sizni tabassumingiz kabi...

Xayrli kun Azizlarim.

Zilola💞Psixolog

23 Oct, 12:08


“Xaqiqat Yoʻq. Adolat yoʻq. Oylik maoshim kam. Uchastkam yoʻq. Avtomobilim yoʻq. Yoshligim oʻtib ketdi. Orzularim amalga oshgani YOʻQ......”.

Baʼzan shunday oʻz xayotidan noliydigan, koʻngli toʻlmagan insonlarga duch kelamiz.
Ammo ular bilmaydilarki Bu roʻyxatni yana davom ettirish mumkin.

Tuzalmas Kasalingiz YOʻQ.
Nogironlik yoʻq.
Befarzandlik YOʻQ,
Million Qarzingiz Yoʻq,
Urush Yoʻq,
Ocharchilik Yoʻq,
Aslida Koʻp Qaygʻularingiz Yoʻq.


ALLOX bizga Beminnat shunchalar koʻp Yaxshi narsalarni berganki, Baʼzan Bittagina yomonni topib qolgan Yaxshilarini unutamiz. Agar nimadandir koʻnglingiz toʻlmasa YOʻQ muammolaringiz roʻyxatini yozib chiqing. Shunda Kayfiyatingiz tezda koʻtariladi va Qalbingizda Shukronalik Paydo boʻladi

Zilola💞Psixolog

23 Oct, 05:46


Hayot qonuni!

Zilola💞Psixolog

23 Oct, 04:53


Umrimiz shu yo’lday gap…

Uni o’zgalarni gapiga, hayotiga qarab o’tkazib yubormaylik…
♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️♥️