Bugun 29-dekabr kuni Shimoliy Jeolla viloyatiga tegishli Muan Xalqaro aeroportidagi aviahalokat natijasida kamida 179 kishi halok bo'lgani xabar qilinmoqda. O't o'chirish xizmati xodimlarining ma'lum qilishicha, samolyotda 173ta koreys, 2ta Tailand fuqarolari va 6ta ekipaj a'zolari bo'lishgan. Ushbu Jeju Airga tegishli samolyot Tailanddan soat kechki 1:30da uchgan va tonggi 8:30ga Muan Aeroportiga qo'nishi kerak bo'lgan.
Muan Aeroportiga yetib kelgan samolyot birinchi urunishda qo'nishni amalga oshira olmagan, so'ngga ikkinchi qo'nish jarayonida qo'nish yo'lagidan chiqib ketgan va chetdagi devor to'siqqa urilgan va soat 9:03da yong'in kelib chiqqan.
Samolyot halokatiga qo'nish moslamalaridagi nosozlik yoki qushlar bilan to'qnashuv sabab bo'lganligi tahmin qilinmoqda.
14:38 โ 96 kishi halok bo'lgan, qolgan 83 kishi ham o'lgani tahmin qilinmoqda, 2kishi qutqarilgan.
16:15 โ 125 kishi halok bo'lgani tasdiqlandi, qolganlar ham halok bo'lgani tahmin qilinmoqda, 2 kishi qutqarilgan
17:11 โ 167 kishi halok bo'lgani tasdiqlandi, 2 kishi qutqarilgan, qolganlarning shaxsi tasdiqlanib o'rganilmoqda.
21:57 โ 179 kishi halok bo'lgani, 2 kishi tirik qolgani to'liq tasdiqlandi.
๐@misterberd๐