SURXONDARYO KADASTR @surxonkadastr Channel on Telegram

SURXONDARYO KADASTR

@surxonkadastr


Ushbu kanalda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yangiliklaridan xabardor bo‘lib borishingiz mumkin..

SURXONDARYO KADASTR (Uzbek)

SURXONDARYO KADASTR kanali Surxondaryo viloyatining kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining yangiliklaridan to‘liq xabardor bo‘lish maqsadida tuzilgan. Kanalda Surxondaryo viloyatining territoriyasida amalga oshirilayotgan kadastr sohasidagi eng so‘ngi yangiliklar, boshqaruv tizimlari va qonun hujjatlari, kadastr ro‘yxatlarining yangilanishi va ko‘p boshqa maqolalar sizga taqdim etiladi. Agar siz Surxondaryo viloyati bo‘yicha kadastr sohasidagi eng so‘ngi ma’lumotlardan xabardor bo‘lishni istasangiz, surxonkadastr kanaliga obuna bo‘ling va yangiliklardan birinchi bo‘lib xabardor bo‘ling!

SURXONDARYO KADASTR

08 Jan, 11:04


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🌎🌎🌎🌎

⭐️Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasining yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan 2025-yil 01-yanvar holatiga viloyat bo'yicha yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish 4 178 ta yoki 670.94 gektar holat aniqlandi.

📢 Quyidagi infografika orqali o'zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlari va maqsadsiz foydalanilayotgan yerlar bo'yicha ma'lumot olishingiz mumkin.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Jan, 10:04


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI
Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirishni tashkil qilish shoʻbasida

🌟 2024-yildaDavlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?

🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?

🎚 Bu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirishni tashkil qilish shoʻbasi boshlig‘i ISOMIDDIN KURBONOV Yerlarni auksionga qadar aniqlash va dasturga joylashtirishni tashkil qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

#Surxonkadastr #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Jan, 09:03


YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Jan, 07:03


➡️Surxondaryoda aholi manfaatlari yo'lidagi sayu harakatlar davom etmoqda jumladan Angor tumani misolida.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman,shahar filial xodimlari bilan birgalikda "Kadastr aholi manfaatlari yo‘lida" tamoyili asosida  kadastr bilan bog‘liq muammolarni hal etish yuzasidan muntazam ravishda «Mahallabay», «Xonadonbay» o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

💠 Xususan, Angor tumani filiali xodimlari tomonidan tumanning Zartepa, Kattaqum, Oqtepa, Guliston, va Qorabog‘ mahallalaridan kelgan murojaatlar qonuniy tartibda o‘rganib chiqilib vakolat doirasidagi murojaatlar ijobiy hal etilgan.

💠Ma'lumot o'rnida, 2024 yil davomida Angor tumani filialiga 170 dan ziyod murojaatlar kelib tushgan bo‘lib murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha jami 178 ta murojaatdan 114 ta ijobiy hal qilingan, 55 ta huquqiy tushunchalar berilgan, 9 ta rad etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Jan, 05:02


Surxondaryo viloyatidagi 2 433 dan ortiq ko‘chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling.

🗺 Oltinsoy tumanidan 115 ta (ko'rish)
🗺 Angor tumanidan 126 ta (ko'rish)
🗺 Bandixon tumanidan 57 ta (ko'rish)
🗺 Boysun tumanidan 118 ta (ko'rish)
🗺 Muzrabot tumanidan 150 ta (ko'rish)
🗺 Denov tumanidan 404 ta (ko'rish)
🗺 Jarqo‘rg‘on tumanidan 67 ta (ko'rish)
🗺 Qumqo‘rg‘on tumanidan 226 ta (ko'rish)
🗺 Qiziriq tumanidan 113 ta (ko'rish)
🗺 Sariosiyo tumanidan 275 ta (ko'rish)
🗺Termiz tumanidan 131 ta (ko'rish)
🗺 Uzun tumanidan 227 ta (ko'rish)
🗺 Sherobod tumanidan 133 ta (ko'rish)
🗺Sho‘rchi tumanidan 220 ta (ko'rish)
🗺Termiz shahridan 71 ta (ko'rish)

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Jan, 04:02


➡️YERGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF QILISH MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIRILDI.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 997-sonli Qonuni qabul qilindi.

🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Qonunining asosiy jihatlari va unda quyidagi o’zgartirish va qo’simchalar kiritilgan ya’ni (Jinoyat kodeksi, Jinoyat protsetsual kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeks, Fuqarolik protsetsual kodeksi, Iqtisodiy protsetsual kodeksi, Davlat boji to’g’risidagi Qonun) xujjatlariga o’zgartirishlar kiritilgan.

➡️ Batafsil

🫥 Asos: 15.11.2024-yildagi O'RQ-997-sonli Qonun

#Surxon_kadastr #bilishingiz_muhim

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Jan, 04:01


8-yanvar -  O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni

1992-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Famoniga asosan Ittifoq qaramog‘idagi O‘zbekiston SSR prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasiga aylantirilgan.

2016-yil 19-dekabrdagi O‘RQ-414-son Qonunga asosan 8-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilangan.

🇺🇿Yurtimizda qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni olib boruvchi barcha jonkuyar, fidoyi prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, mashaqqatli va sharafli vazifalarini amalga oshirishda kuch-quvvat hamda omad tilaymiz!

Qonunga sadoqat va adolatga intilish faoliyatingizda doimo yordamchi bo‘lsin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz huquq posbonlari!

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

07 Jan, 09:40


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Uy olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e'tibor qilish kerak ?


🏠 Xabaringiz bor, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim yangi qurilgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilgan fuqarolarning turli mazmundagi e’tirozlari, jumladan, kadastr hujjatini ololmayotgani bilan bog‘liq murojaatlari e’lon qilinmoqda.

❗️Bu kabi muammoli holatlar nima sababdan yuzaga kelmoqda, aslida yangi kvartira sotib olishda nimalarga e’tibor berish kerak?

▶️ Aholi fikri va mutaxassisdan tavsiyalar batafsil mazkur reportajda

➡️ Videoni yaqinlaringizga yuborishni unutmang!!!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

07 Jan, 09:05


💠 Korrupsiya-taraqqiyot dushmani

🗣 Korrupsiyaga qarshi kurash, tartib-intizom va ishga vijdonan yondashuv masalalarida kadastr sohasida ham doimiy ravishda profilaktik tadbirlar mutasaddilar tomonidan o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur videorolik orqali - halollikka e'tibor qilish kerakligi va qabihlik har qanday insonni tubanlikka chorlashi yorqin aks ettirilgan.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

07 Jan, 08:05


YANGI O‘ZBEKISTON ARMIYASI - MAMLAKAT TAYANCHI, XALQIMIZ FAXRI!

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

07 Jan, 07:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

😞😡😞😕-YIL SARHISOBI
Bino va inshootlar Davlat kadastrini yuritish bo'limida

🌟 2024-yildaDavlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi qanday yutuqlarni qo'lga kiritdi?

➡️ Vazifalar amalga oshirilishi yuzasidan qanday natijalarga erishildi?

🇺🇿2025-yilda qaysi yangi loyihalar va maqsadlar kutilmoqda?

🎚 Bu savollarga Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi yilnoma hisobotlari orqali javob berib boradilar.

🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Bino va inshootlar Davlat kadastrini yuritish bo'limi bosh mutaxassisi MUROD DURSAYEV Bino va inshootlar Davlat kadastrini yuritish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumotlar berdi.

#Surxonkadastr #yilnoma #sarhisob

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

27 Dec, 14:37


Yangi yil bayrami ko'tarinki ruxda kutib olinmoqda.

⚡️ Ayni damda, 5️⃣Respublika aerogeodeziya markazi Surxondaryo hududlararo bo‘linmasi rahbariyatlari yangi yil bayramini ko'tarinki ruxda kutib olishga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

🔷 Unda, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarda eng faol va namunali xodimlar esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

27 Dec, 12:28


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda Yangi yil bayrami ko'tarinki ruxda kutib olinmoqda.

💠 Ayni damda, ⭐️ Kadastr agentligi va 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalari boshliqlari ishtirokida xodimlarga yangi yil bayramini ko'tarinki ruxda kutib olishga bag'ishlangan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

💠 Unda, 2024-yilda amalga oshirilgan ishlarda eng faol tuman (shahar) bo'lim filiallari va sohada namunali ishlari bilan faoliyat yuritib kelayotgan xodimlar esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

27 Dec, 05:32


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 OAV BIZ HAQIMIZDA

🗣 Xabaringiz bor, Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlariga yechim topish maqsadida sayyor qabul o‘tkazilgandi.

▶️ Mazkur qabul jarayonida ko‘rilgan murojaatlar va ularning yechimlari haqida "Xorazm" telekanalining "Xorazm 24" informatsion dasturida lavha efirga uzatildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

SURXONDARYO KADASTR

01 Dec, 05:01


Channel photo updated

SURXONDARYO KADASTR

30 Nov, 09:00


#Surxon_kadastr #yashil_makon

🌳 "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.


📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

30 Nov, 08:18


#Surxon_kadastr #yashil_makon

🌱Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik!

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Surxondaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida "Yashil makon"  loyihasi doirasida manzarali daraxtlar ekilmoqda.

🌳"Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

30 Nov, 04:15


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-dekabrdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Kambag‘al oilalar reyestri shakllantiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ “Majburiyatlar reyestri” instituti joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Avtomobillarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha murojaatlar onlayn qabul qilinadi
👉 Batafsil

⚜️Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarga himoya orderi tashabbus tartibida beriladi
👉 Batafsil

⚜️ Xorijga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi
👉 Batafsil

⚜️ Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilarni baholash tizimi joriy etiladi
👉 Batafsil

⚜️ Yangi tayinlanadigan ijtimoiy to‘lovlar, xizmatlar va imtiyozlar “Ijtimoiy karta" AT orqali taqdim etiladi
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

29 Nov, 10:47


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

❗️"KADASTR RAQAMINI BERAMIZ" - DEB ESHIK TAQILLATIB KELGANLARGA PUL BERISH KERAKMI?
❗️O‘ZI XATLOVDA KIMGA TO‘LOV QILISH KERAK?

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov barchasini tushuntirib berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling

SURXONDARYO KADASTR

29 Nov, 09:40


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV JARAYONLARINING SHAFFOF O‘TISHI RAHBARIYAT NAZORATIDA

▶️ Xabaringiz bor, joriy yilning 8-noyabridan boshlab O‘RQ-937-sonli Qonunga muvofiq tasdiqlangan reja-jadval asosida Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining tuman (shahar) filiallari xodimlari tomonidan ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

⭐️Kadastr agentligi direktor o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich, 🌟Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari A.Suyunov boshchiligida kunlik reja-jadval asosida 📍Termiz tumanida olib borilayotgan xatlov jarayonlari nazoratdan o‘tkazildi.

◾️O‘rganish natijalariga ko‘ra joylardagi xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xatlov ishlari amalga oshirilgan xonadon egalarining fikr-mulohazalari o‘rganildi. Muloqot davomida xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad - fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirib o‘tildi.

#Kadastr_agentligi #xatlov #Qonun_937 #termiztuman

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

SURXONDARYO KADASTR

24 Nov, 12:50


Президент Шавкат Мирзиёев “Яшил макон” умуммиллий лойиҳаси доирасида барпо этилаётган янги боққа кўчат экди.

Президент Шавкат Мирзиёев посадил дерево в новом саду, создаваемом в рамках общенационального проекта "Яшил макон".

#Mirziyoyev #Toshkent #Yashilmakon #atrofmuhit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

SURXONDARYO KADASTR

24 Nov, 05:01


👍👍👍 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

✈️ Telegram kanalimizda berilayotgan ma’lumotlarni yanada qiziqarli va foydali qilish maqsadida so‘rovnoma o‘tkazishni rejalashtirdik.
Albatta qatnashing. BU MUHIM.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

23 Nov, 05:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 SURXONDARYODA XATLOV JARAYONLARI

🗓 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

⭐️ Kadastr agentligi va🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

➡️Suratlarda: 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Qiziriq tuman filliali xodimlari ishtirokida "Shodlik” MFY" mahallasida xatlov jarayonlari.

🗣Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

21 Nov, 11:11


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 SURXONDARYODA XATLOV JARAYONLARI

🗓 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

➡️Suratlarda: 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Uzun tuman filliali xodimlari ishtirokida "Yangiroʻzgʻor ” MFY" mahallasida xatlov jarayonlari.

🗣Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

21 Nov, 08:58


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yetim bolalarga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari uchun davlat boji undirilmaydi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

Asos: 29.04.2022-yildagi PQ-230-son Qaror

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

21 Nov, 07:10


#huquq #bilasizmi

⚡️Xususiy mulk huquqini himoya qilish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:

💠xususiy mulk huquqini tan olish;

💠xususiy mulk huquqi buzilishidan oldingi holatni tiklash va xususiy mulk huquqini buzadigan yoki uning buzilishi xavfini tug‘diradigan harakatlarning oldini olish;

💠bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;

💠davlat organining va boshqa organning hujjatini haqiqiy emas deb topish;

💠xususiy mulk huquqini mulkdorning o‘zi himoya qilishi;

💠burchni aslicha (natura) bajarishga majbur qilish;

💠zararning o‘rnini qoplash, neustoyka undirish, maʼnaviy ziyonni qoplash;

💠xususiy mulk huquqi munosabatlarini tartibga solishda qonunchilik barqarorligini taʼminlash;

💠davlat organining va boshqa organning qonunga zid bo‘lgan hujjatning sud tomonidan qo‘llanilmasligi;

💠mol-mulkning ayrim turlariga bo‘lgan xususiy mulk huquqining vujudga kelganligini, o‘zgarganligini va bekor qilinganligini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

🌐Telegram 💬Facebook 📸Instagram 📹YouTube

SURXONDARYO KADASTR

21 Nov, 05:10


Xatlov-2024: Angor tumani

🇺🇿Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Angor tumanining "Navbahor” MFY hududida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

21 Nov, 04:10


❗️Egalik huquqi eʼtirof etilmagan yer uchastkalarini qaytarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi

🇺🇿«O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, huquqlar eʼtirof etilmagan, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini qaytarish hamda ularda binolar va inshootlar qurish bilan bog‘liq qonun buzilishlarini bartaraf etish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

🗣Manba: O‘RQ-937-son, 28-modda
#qonunchilikdagi_yangiliklar

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

20 Nov, 13:41


Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис Қонунчилик палатасининг Бош вазир лавозимига номзодни кўриб чиқиш ҳамда Вазирлар Маҳкамасининг яқин ва узоқ истиқболга мўлжалланган ҳаракатлар дастури муҳокамасига бағишланган мажлисида иштирок этди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в заседании Законодательной палаты Олий Мажлиса по рассмотрению кандидатуры на должность Премьер-министра и обсуждению программы действий Кабинета Министров на ближайшую и долгосрочную перспективу.

#Mirziyoyev #majlis #Qonunchilikpalatasi #VazirlarMahkamasi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

SURXONDARYO KADASTR

20 Nov, 11:43


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kirgan "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun bo‘yicha yer uchastkalarini ijaraga berishning muddatlari haqida infografika orqali bilib olishingiz mumkin.

#Kadastr #Qonun_937

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

20 Nov, 11:28


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi 🗺 Davlat kartografiya-geodeziya fondi tomonidan Kartografiya-geodeziya davlat kadastrini yuritish hamda geodeziya punktlarini ro'yxatdan o'tkazish va hisobga olish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisobotin infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

SURXONDARYO KADASTR

20 Nov, 11:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺 SURXONDARYODA XATLOV JARAYONLARI

🗓 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirganidan xabaringiz bor.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari o'tkazilmoqda.

⭐️ Kadastr agentligi va🌟 Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlari nazoratdan o‘tkazildi.

➡️Suratlarda: 🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman filliali xodimlari ishtirokida "Navbahor” MFY" mahallasida xatlov jarayonlari.

🗣Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

15 Nov, 07:36


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli Qonun mazmun-mohiyati bilan quyidagi havolalar orqali tanishib oling.

✔️ Qonunning 4-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 5-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 6-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 7-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 8-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 9-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 10-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 11-moddasi haqida;
✔️ Qonunning 12-moddasi haqida


#Kadastr_agentligi #937_son_qonun #qonun_haqida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

SURXONDARYO KADASTR

15 Nov, 05:51


😀😃😄😆😊

Egalik huquqi kim tomonidan e'tirof etiladi?


📃 O'RQ 937-sonli Qonuniga ko'ra, yer uchastkasiga ijara huquqi hamda undagi bino-inshootlarga mulk huquqi viloyat Kengashlarining qarorlari bilan eʼtirof etiladi.

🫥 Asos: 05.08.2024-yildagi O'RQ 937-sonli Qonun

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

14 Nov, 09:05


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

✍️ E-Yer nazorat AAT
Surxonkadastr

⭐️ Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi va tuman (shahar) bo'limlari tomonidan Joriy yilning 10 oyi mobaynida aniqlangan 3 346 ta holatda, 604.93 gektar yer maydonlari Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ✔️ o'zboshimchalik bilan egallab olinganligi bo'yicha toifalar kesimida ma'lumot olishingiz mumkin.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

14 Nov, 08:55


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

▶️ DIQQAT E’LON!

⭐️🌟 Kadastr agentligining “Ko‘chmas mulk-3” va “Ko‘chmas mulk-4” ma’lumotlar bazalarida profilaktika ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2024-yil 15-16-noyabr kunlari tizimlarni ishlashida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishini ma'lum qilamiz.

◼️ Yuzaga kelishi mumkin bo'lgan noqulayliklar uchun yurtdoshlarimizdan uzr so'raymiz.

#DavKadastrPalata #profilaktika #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

14 Nov, 06:45


Xatlov-2024: Muzrabod tumani

🇺🇿Qonun kuchga kirishi munosabati bilan kadastr mutаxassislari tomonidan joylarda mahallalar kesimida xatlov ishlari boshlab yuborilgan.

📍Ayni kunlarda Muzrabod tumanining"Shaffof MFY" MFY hududida mutaxassislar tomonidan xatlov ishlari olib borilmoqda.

❗️Xushyor bo‘ling, ular sizlarnikiga ham boradi.

#OʼRQ_937 #xatlov

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

14 Nov, 05:30


#kadastr_Infografika.
📊2024-yil 10 oyi davomida Surxondaryo viloyatida auksion savdolariga chiqarilgan yer uchastkalari bo'yicha ma'lumot Infografika ko'rinishida.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

13 Nov, 10:10


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

➡️XATLOV JARAYONLARIGA TO'G'RI VA XOLIS YONDASHISH SHART!

🇺🇿 Ma'lumki, 8-noyabrdan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi va soha mutaxassislari tomonidan barcha hududlarda xatlov ishlari boshlab yuborildi.

⭐️Kadastr agentligi hamda🌟Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari tomonidan joylarda amalga oshirilayotgan xatlov ishlarida nazoratdan o‘tkazilmoqda.

💠 Nazorat davomidan xatlov ishlariga jalb qilingan xodimlarning korrupsiya va boshqa salbiy holatlarga yo‘l qo‘ymasliglari, jarayonga to‘g‘ri va xolis yondashishlari yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

💠 Ayni damda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq Muzrabot tumanning "Shaffof MFY" da Korrupsiyaga qarshi kurash bo’limi mutaxassislari boshchiligida xatlov jarayonlari qizg'in davom etmoqda.

#937_Qonun #xatlov_boshlandi

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

09 Nov, 09:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣Xatlov ishlari davom etmoqda!

▶️ 2024-yilning 8-noyabridan “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun kuchga kirdi.

⭐️ Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida xatlov jarayonlari davom etmoqda.

Foto: Surxondaryo viloyatidagi xatlov ishlaridan.
#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Nov, 13:08


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

XATLOV BOSHLANGAN MAHALLALAR JADVALI

⭐️ Kadastr agentligining tasdiqlangan reja-grafigi asosida O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-sonli Qonuniga binoan xatlov ishlari boshlangan.

🌟 Mazkur videoinfografika orqali 2024-yil, 8-noyabrdan respublika boʻyicha xatlov ishlari tuman/shaharlarning qayshi mahallalarida boshlangani toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

▶️ Siz ham oʻz mahallangiz reja-grafikka asosan xatlovdan qachon oʻtkazilishini bilishni istasangiz Kadastr.uz sayti orqali aniqlashingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #xatlov2024

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

08 Nov, 12:30


Bugundan Surxondaryoda kadastr xatlovi boshlanadi

8-noyabrdan boshlab, kadastr xodimlari quyidagi mahallalarga xatlov ishlarini amalga oshirish uchun borishadi.

💠 Angor tumani Navbahor MFY
💠 Bandixon tumani Bandixon MFY
💠 Boysun tumani Gaza MFY
💠 Denov tumani Sanoatchilik MFY, So'fiy Ollohyor MFY
💠 Jarqo‘rg‘on tumani Qo'ldovli MFY, Nurli-Diyor MFY
💠 Muzrabod tumani Shaffof MFY
💠 Oltinsoy tumani Bo'ston MFY
💠 Qiziriq tumani Shodlik MFY
💠 Qumqo‘rg‘on tumani Yangi shahar MFY, Bog'ora MFY
💠 Sariosiyo tumani Konchilar MFY, Feruz MFY
💠 Sherobod tumani Katta xayot MFY
💠 Sho‘rchi tumani Tamsho'sh MFY, Xayrabod MFY, G'amaqo'rg'on MFY
💠 Termiz shahri Jayxun MFY, Abdulla-Avloniy MFY, Bo'ston MFY,Farxod MFY, Turon MFY
💠 Termiz tumani Soliobod MFY,
💠 Uzun tumani Yangiro'zg'or MFY

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Nov, 11:42


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminar o'tkazildi


Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni e'lon qilinganidan so'ng keng jamoatchilikka targ'ib qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan Qonunning mazmun-mohiyati yuzasidan barcha hodimlar ishtirokida seminar o'tkazildi.

✔️ Seminar davomida, tegishli tashkilot va idoralar mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga Qonun bo‘yicha aniq javoblar berildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

08 Nov, 10:42


📢Surxondaryo viloyatida qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali sotib oling.

🔔Eslatma:
Bo'lib to'lash imkoniyati orqali xam olishingiz mumkin


✍️ Jami savdoda turgan yer uchastkalari 5708 ta ko'rish

1 ▪️Angor tumani 170 ta ko'rish
2 ▪️Bandixon tumani 530 ta ko'rish
3 ▪️Boysun tumani 362 ta ko'rish
4 ▪️Denov tumani 140 ta ko'rish
5 ▪️Jarqurg'on tumani 504 ta ko'rish
6 ▪️Qiziriq tumani 614 ta ko'rish
7 ▪️Qumqurg'on tumani 527 ta ko'rish
8 ▪️Muzrabot tumani 349 ta ko'rish
9 ▪️Oltinsoy tumani 165 ta ko'rish
10▪️Sariosiyo tumani 185 ta ko'rish
11▪️Termiz tumani 1102 ta ko'rish
12▪️Termiz shahri 140 ta ko'rish
13▪️Uzun tumani 303 ta ko'rish
14▪️Sherobod tumani 369 ta ko'rish
15▪️Sho'rchi tumani 248 ta ko'rish

☎️(99) 203-00-30 Surxondaryo viloyat vakili

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram |

SURXONDARYO KADASTR

08 Nov, 10:37


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

01 Nov, 12:28


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2023-yil may oyida “Cert international”
tashkiloti tomonidan 🌟Kadastr agentligiga ISO 37001:2016 xalqaro sertifikati taqdim etilgan edi.

➡️Joriy yilning 17-18-oktabr kunlari “Cert international” tashkiloti mutaxassislari tomonidan Agentlikda xalqaro standartlar bo'yicha auditorlik o'rganishlar o'tkazildi.

O'tkazilgan tekshiruvlar natijalariga ko'ra 🌟Kadastr agentligi ISO 37001:2016 xalqaro sertifikatiga loyiqlik darajasi yana bir bor e'tirof etildi.

#Kadastr_agentligi #iso_37001_2016

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

SURXONDARYO KADASTR

01 Nov, 11:30


#kadastr_Infografika.

🫥 Surxondaryo viloyatining 2024 yil 1 yanvar holatiga 2 009 911 gektar umumiy yer maydoni mavjud 8 ta fond bo‘yicha toifalarga bo‘linishi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube

SURXONDARYO KADASTR

01 Nov, 09:05


Республика топонимика хизмати бошқармаси томонидан 2024 йил 9 ойи давомида бажарилган ишлар ҳамда нотўғри талқин қилиниб, кўп танқидга учрайдиган номлар

АОКАда Давлат кадастрлари палатаси Республика топонимика хизмати бошқармаси бошлиғи Дилноза Камолова иштирокида брифинг бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали томоша қилишингиз мумкин:

Брифинг

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк

SURXONDARYO KADASTR

01 Nov, 09:05


😀😃😄😆😊

937-qonun haqida bilishingiz muhim


🗓 2024-yil 8-noyabrdan kuchga kiruvchi "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'RQ-937-sonli Qonun haqida bilishingiz muhim boʻlgan alohida jihatlar qisqa maʼlumotlarimizda berib boramiz.

👉 Qiziqqanlarga tarqating va bizni kuzatib boring!

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

01 Nov, 05:50


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🗂🗂🗂🗂

⌛️ Qonunning kuchga kirishiga 7 kun qoldi.

📌 O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O‘RQ-937-son QONUNning kuchga kirish sanasi 2024-yil 8-noyabr.

Qonunga ko'ra qanday o'zboshimchalik bilan qurilgan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqi e'tirof etiladi?

🔘2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar yakka tartibdagi uy-joy qurgan holda o‘zboshimchalik bilan egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘 2018-yil I-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko'rsatilgan maydondan ortiqcha egallagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘"Bir martalik aksiya" doirasida huquqlarni e'tirof etish oxiriga yetmagan yer uchastkasi hamda unda qurilgan bino va inshootlarga;
🔘2021-yil 8-iyungacha tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer uchastkalariga;
🔘 Bog'dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yer uchastkasiga;
🔘 Davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga;
🔘 Hokim qarori bilan mulk huquqi e'tirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasiga.

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

SURXONDARYO KADASTR

01 Nov, 05:00


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari tomonidan yer va kadastr nazorati tadbirlari davom etmoqda:

Qoraqalpog'iston Respublikasi;
Andijon viloyati;
Jizzax viloyati;
Qashqadaryo viloyati;
Navoiy viloyati;
Namangan viloyati;
Samarqand viloyati;
Surxondaryo viloyati;
Toshkent viloyati;
Farg'ona viloyati;
Toshkent shahar.

⚠️ Eslatma: O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuniga asosan, 2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurish orqali o'zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan huquqlarni e’tirof etiladi.

📩Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube   
|
📩 Facebook       | 📩 Web-sayt

SURXONDARYO KADASTR

01 Nov, 03:09


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun 8-noyabrdan kuchga kiradi!

🇺🇿 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ-937-son, 05.08.2024-y.).

📃 Batafsil: https://www.lex.uz/uz/pdfs/7049383

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

SURXONDARYO KADASTR

31 Oct, 11:31


🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi Qonun yuzasidan huquqiy seminarlar o'tkazildi


Xabaringiz bor, O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O'RQ-937-sonli Qonuni e'lon qilinganidan so'ng keng jamoatchilikka targ'ib qilish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.

⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi mas'ul xodimlari tomonidan Qonunning mazmun-mohiyatini tegishli tashkilot va idoralarning mas'ul hodimlari ishtirokida seminar o'tkazildi.

✔️ Seminar davomida, tegishli tashkilot va idoralar mutaxassislari tomonidan berilgan savollarga Qonun bo‘yicha aniq javoblar berildi.

📩Telegram 📩Facebook 📩Instagram 📩YouTube